forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Fikr va mulohazalar => Mavzu boshlandi: Shoxruh Mirzo 22 Avgust 2010, 17:45:38

Nom: Nima BU?
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 22 Avgust 2010, 17:45:38
Bismillohir rohmanir rohiym!
AlamdulILLAHI Robbil'alamin va solatu va salamu ala hoyri holqihi Muhammad va ala alihi va sohbihi ajmai'yn! Ama'bad...

Hurmatli forumdosh birodarlar, aka-ukalar va forum muslimalari opa singillar, ushbu mavzuni ochishimga sabab, Kaminani anchadan buyon o'ylantirib kelgan ayrim postlardir.

Balkim bu ko'z ilg'amasdek bo'lib tuyilishi mumkin lekin biz musulmon va muslimalarga bunday qilish yarashmas?! Vallohua'lam.

Hullas, yozmoqchi bo'lganlarim quyidagilar:
-Ayrim birodarlarimizning o'z salomlarini A.a.; V. alaykum; wr. wb. qilib yozishlari meni chuqur o'ylantirib qo'ydi.

Nima bu? Salomni yozishga erinishmi? Yoki salom berishlik ahli Islom uchun shunchalik malol keltiradimi?

Nima bu? ALLOHning huzuridan bo'lgan salom berishlik biror bir fizik kattalik emasku, A.a. deb yozsak, yoki biror bir o'lchov belgisi emasku?

Agar salom bergingiz kelmasa umuman yozmay qo'yavering, qadrdonim...

Radio, tv, orqali umuman butun kundalik hayotimizni qamrab olgan, dunyoviy gaplarni yozish bilan, charchamaymizu, lekin ALLOH huzuridan bo'lgan kalomni aytishga kelganda...yozishdan bo'yin tovlasak?

Xalqimiz orasida avvallari bir ertakomuz gap bo'lardi:
"Bir odam yalmog'izni oldiga borib salom bersa, yalmog'iz:
-Agar saloming bo'lmaganda bir yamlab yutvorardim degan ekan."

Endi o'zimizga bir savol berib ko'raylik-a? Shu paytgacha yalmog'iz bizni nechi yamlab yutardi?

Gaplarim kimnidir ranjitgandur, kimnidur ko'ngliga qattiq botgandur, lekin haqiqat achchiq bo'ladi, birodar...

Bu mavzuda qancha gapirsakda kam, lekin men o'z so'zimni quyidagi oyat va Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislari bilan yakunlamoqchiman:

"Qachon uylarga kirsangizlar bir-birlaringizga ALLOH huzuridan bo'lgan muborak pokiza salomni aytinglar, (ya'ni As-salamu alaykum va rohmatullohu va barokotuhu deng)" (Nur surasi 61 oyat)

Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda RasulALLOH sollallohu alayhi va sallam dedilar:"Iymon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysizlar, bir-biringizni yaxshi ko'rmaguningizcha mo'min bo'lmaysizlar. Agar uni qilsangiz bir-biringizni yaxshi ko'rib qoladigan amalga sizlarni yo'llab qo'yaymi? Orangizda salomni fosh ya'ni oshkor qilinglar."

Sharh:
Salomlashish Islom ummatining shiorlaridan biri. ALLOH taolo salomlashishni musulmonlar orasidagi ko'rishish va musulmonning musulmon birodari ustidagi haqlarning bittasi qildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam salomni odamlar orasida baland ovoz bilan oshkor qilish jannatga olib borishi va musulmonlar orasidagi muhabbatga sabab bo'lishidan xabar berdilar. Bugungi kunda salomni oshkor qilishni qo'ying, salom berishning o'zi yo'qolib ketmoqda, berilsa ham faqat tanishlarga beriladi, bu ham  sunnatga xilof bo'lib, qiyomatning alomatlaridan biri.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam tanigan va tanimaganlarga barobar salom berishga buyurganlar. Saxobalar (ALLOH rozi bo'lsin ulardan) odamlarga salom berib, ajr olish uchun atay bozorlarga chiqishar edi.

ALLOH taolo hammamizni bir-birimizga salomni oshkor qiladigan muhabbatli mo'minlardan qilsin!

As-salomu alaykum va rohmatullohu va borokatuhu!
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: Margiloniy 22 Avgust 2010, 17:59:24
100% qo'shilaman. Ayniqsa forumda yozishdan oldin  ": as :" deb yozishsayam to'liq  ":as:" deb yozilarkan shu usulni hamma qisqartirib salom berishni hohlovchilarga o'rgatish kerak...
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 23 Avgust 2010, 14:45:17
100% qo'shilaman. Ayniqsa forumda yozishdan oldin  ": as :" deb yozishsayam to'liq  ":as:" deb yozilarkan shu usulni hamma qisqartirib salom berishni hohlovchilarga o'rgatish kerak...

Albatta...
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: Chustiy 23 Avgust 2010, 15:37:56
Bunaqa hollalar odatda sms yozishda boladi, shahsan o;zim ham smsda as.al.vr.vb deb yozaman, mangayam ko;pchilik shunday yozishadi va bundan illat izlamiy, kelgan qisqartirma salomlani o;qishda to;liq qilib o;qiyveraman...

Mavzuni o;qib, bir paytlar bir forumda,
Sizga Allohning salomi, rahmati va barakoti bo;lsin deb salom berganimda, bir kishi buni nimasi, bunday salom berish bida;t, har bir bida;t zalolatdir, deb e;tiroz bildirgani esimga tushib ketti...
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 23 Avgust 2010, 16:40:26
Hech kim illat izlagani yuq!

Demak A.a. vr. vb qilib yozish bid'atmas ekanda?
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: Chustiy 23 Avgust 2010, 17:16:42
Hech kim illat izlagani yuq!

Demak A.a. vr. vb qilib yozish bid'atmas ekanda?


Har bir narsani, hatto mazhabu, tasbehlaniyam bida;tga chiqazuvchila uchun albatta harom bida;t...
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 23 Avgust 2010, 18:01:52
Hech kim illat izlagani yuq!

Demak A.a. vr. vb qilib yozish bid'atmas ekanda?


Har bir narsani, hatto mazhabu, tasbehlaniyam bida;tga chiqazuvchila uchun albatta harom bida;t...

I? bu mavzuga mazhab, tasbehlarni nima aloqasi bor? Keyin mazhab va tasbehlarni kim bid'at deb aytdi?

Men shunchaki salomshashishni qisqarib, yuqolib borayotganligi haqida aytgandim, keyin bu mening gapim ham emas, shariatni hukmi!

Men shunchaki birodarlarga eslatmoqchi bo'ldim holos.

Forumda mendan ko'p bo'lgansiz va mendan ko'p kuzatgansiz, bunaqa salomlashishlar smslarda emas, aynan forumda borligini o'zingiz ham yaxshi bilasiz!

Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: BelleQizcha 25 Avgust 2010, 03:14:19
Yozib turaman, Yozishadi ham, o'qiganda to'liq oqiyman... Bu mavzuni ochib yaxhsi qibsiz.. zora insof berib bunaqa yozadiganla kamaysa.. Bugundan tugatamiza
'
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: shirin_a 25 Avgust 2010, 05:41:22
 :bs1:
 :as:
Man bunaqa yozishlani ko`p kuzatganman va ulagayam gapirganman qancha, lek ilmim yetmaganidanmi..... bilmadim 1 2 og`iz gap bn jim qilib qo`yishardi mani. Haqiqatdan ham yaxshi mavzu ochilibti endi shu mavzuni o`sha dindoshlarimizga yetqazishimiz bizani bo`ynimizada. InshaAlloh bulani o`qib to`g`irlab yozishadigan bo`lishadi. : )
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: lolo 31 Avgust 2010, 11:40:06
ko'pincha odamni voqti kamro bo'ladi to'liq qilib yozishga, ayniqsa telponda yozsa ancha vaqt ketadi, shunda qisqa yozsa gunoh emas, eng muhimi xatni o'qigan odam uni salomligi anglashida. Lekin forum va boshqalada bemalol vaqt bn o'tirgan odamla shunaqa narsalani, ayniqsa Alloh ismlari va Unga etilvatgan hamdlani qisqartirp yozganini ko'rsam rosa g'ashmga teyadi, masalan: alh.
Hullas, mani fikrimcha bu kishi bir-birini malomat qiladigan masalamas, dp o'yliman.
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: Chustiy 31 Avgust 2010, 12:08:29
Hullas savolni boshqacha qoyamiz,

Forumda savol beradi ammo forumga telefon orqali kirgan, u har bir harf terib chiqquncha, schyotidan pul ketadi, imtiyoz ham cheklangan, shunday holda nima qiladi?

Demak telda qisqa qilib as.al.wr.wb deb yozsa gunoh emasu, forumda yozish gunoh va bida;tmi?  ::)

Sila salom bergangamas, alik olmaganga ko;pro e;tibor bersela ko;proq yaxshi bolarmidi, ato qancha qancha salomlar aliksiz qop ketmoqda, nafaqat forumda balki hayotda ham ::)
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: lolo 31 Avgust 2010, 12:26:30
ha, salomla aliksiz qoladi, ayniqsa kotta odam birinchi salom berip qosa yosh odam undan alik olish o'rniga unga boshqattan salom beradi, natijada ikta salom aliksiz qoladi. Kichkinala kottalaga birinchi bb salom berish kk, degan tushunchani miyyadan chiqarib tashlash kk.
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: yoqutxon 31 Avgust 2010, 21:52:56
ha, salomla aliksiz qoladi, ayniqsa kotta odam birinchi salom berip qosa yosh odam undan alik olish o'rniga unga boshqattan salom beradi, natijada ikta salom aliksiz qoladi. Kichkinala kottalaga birinchi bb salom berish kk, degan tushunchani miyyadan chiqarib tashlash kk.
ha, salomla aliksiz qoladi, ayniqsa kotta odam birinchi salom berip qosa yosh odam undan alik olish o'rniga unga boshqattan salom beradi, natijada ikta salom aliksiz qoladi. Kichkinala kottalaga birinchi bb salom berish kk, degan tushunchani miyyadan chiqarib tashlash kk.
Assalomu aleykum. Hurmatli lolo Aliksiz qolayotgan salomlar haqidagi fikringizga qo'shilaman siz aytganday holatlar avallo salomlashish odobini bilmaslikdan kelib chiqadi.Payg'ambarimiz (s.a.v) " Salomga alik olishlik farz, kim salomga alik olmasa gunohkor bo'ladi" deganlar. Salomga alik olinmasa birinchi navbatta o'rtadagi mehr oqibatga dars ketadi nazarimda.
Kattalarning o'zlaridan kichiklarga salom berishligi haqida ham quyidagi muttafaqun alayh bo'lgan hadis bor.

Anas (r.a) yosh bollalar yonidan o'tdi va ularga salom berib, "Rasululloh(s.a.v) shunday qilar edilar"  dedi.Yana
"O'zidan kichiklarga salom berish qalbdagi kibrni o'ldiradi" dedilar.


Lekin menimcha kichiklar ham o'zidan katta insonni hurmat qilib tavozze  bilan chiroylli salom berishsa javobiga albatta chiroyli alik eshitishadi.
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 15 Sentyabr 2010, 22:08:06
...Esiz shuncha yozganing ba'zida havoga ketsa...
         ...O'qigan odam o'ziga ibrat olmasa...
                                 ...ALLOHdan ularga insof so'rab duo qilishdan boshqa chorang yo'q ekan...
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 15 Sentyabr 2010, 22:40:48
Iqtibos
.Payg'ambarimiz (s.a.v) " Salomga alik olishlik farz, kim salomga alik olmasa gunohkor bo'ladi" deganlar.

Salomga alik olish vojib, bunga Niso surasining quyidagi 86- oyati misol:


وَإِذَا حُيِّيْتُم بِتَحِيَّةٍ فَحَيُّواْ بِأَحْسَنَ مِنْهَا أَوْ رُدُّوهَا إِنَّ اللّهَ كَانَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ حَسِيباً


Қачонки сизга бир саломлашиш ила салом берилса, сиз ундан ксра схшироқ алик олинг ёки худди сзидек жавоб беринг. Албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсанинг ҳисобини олувчи зотдир. ( Исломдаги саломлашиш снг гсзал ва снг маъноли саломлашишдир. Исломда танигангаю танимаганга салом бериш суннатдир. Саломга алик олиш сса, вожибдир.)


P/S: Hadisni roviylarini yozmabsizda?
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: yoqutxon 16 Sentyabr 2010, 04:22:49
Iqtibos
.Payg'ambarimiz (s.a.v) " Salomga alik olishlik farz, kim salomga alik olmasa gunohkor bo'ladi" deganlar.

Salomga alik olish vojib, bunga Niso surasining quyidagi 86- oyati misol:


وَإِذَا حُيِّيْتُم بِتَحِيَّةٍ فَحَيُّواْ بِأَحْسَنَ مِنْهَا أَوْ رُدُّوهَا إِنَّ اللّهَ كَانَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ حَسِيباً


Қачонки сизга бир саломлашиш ила салом берилса, сиз ундан ксра схшироқ алик олинг ёки худди сзидек жавоб беринг. Албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсанинг ҳисобини олувчи зотдир. ( Исломдаги саломлашиш снг гсзал ва снг маъноли саломлашишдир. Исломда танигангаю танимаганга салом бериш суннатдир. Саломга алик олиш сса, вожибдир.)


P/S: Hadisni roviylarini yozmabsizda?
Assalomu aleykum. Bu hadisni qaysidir kitobda o'qigandim. Hozir esimga kelmayapti aynan qaysi ekanligi.Inshaalloh topsam albata hadis roviylarini ham keltirib o'taman.Lekin bu hadisning sahih ekanligiga shubha paydo bo'ldi menada.Qur'ondan dalil keltirib yahshi qilibsiz Olloh rozi bo'lsin sizdan.Nima bo'lganda ham maqsad bitta chiroyli salomlar berib, chiroyli aliklar qaytarishlik bilan Islomda eng qadrlanadigan chiroyli hulq egasiga aylanishdir.
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 16 Sentyabr 2010, 08:46:54
Va alaykum assalom! JazakALLOH!
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: Nurilla 16 Sentyabr 2010, 15:03:55
Alloh taolo Nur surasining 27-oyatida shunday deydi: "Ey mo''minlar, o'z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so'ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz".
 
61-oyatida esa "Qachon uylarga kirsangizlar bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo'lgan muborak pokiza salomni aytinglar, (ya'ni "Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokotuh deng)".
 
Muttafaqun alayh bo'lgan hadisda Abdulloh ibn Amr razillohu anhuma shunday deydi: Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan
- Islom amallarining qaysinisi yaxshi? dedi.
- "Miskinlarga taom berishingiz va tanigan va tanimagan odamga salom berishingiz", dedilar.
 
Muttafaqun alayh bo'lgan boshqa bir hadisda Baro ibn Ozib roziyallohu anhu shunday dedi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizni yetti narsaga buyurdilar: bemorni ziyorat qilish, janozalarga ergashish, - agar birov aksirsa va "alxamdulilllah" desa unga - "yarhamukalloh" deyish, zaiflarga yordam berish, mazlumlarga ko'maklashish, salomni oshkor qilish va qasamni oqlash (ya'ni agar qasam ichsa qasamini  bajarish)", dedilar.
 
Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Iymon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysizlar, bir-biringizni yaxshi ko'rmaguningizcha mo''min bo'lmaysizlar. Agar uni qilsangiz bir-biringizni yaxshi ko'rib qoladigan amalga sizlarni yo'llab qo'yaymi?! Orangizda salomni fosh ya'ni, oshkor qilinglar".
 
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan muttafaqun alayh hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Alloh taolo Odam alayhis salomni yaratgach unga bor - ana u o'tirgan bir jamoa farishtalarga - salom ber va senga nima javob berishlarini eshit, ana shu sening va zurriyotlaring salomi dedi. - Odam alayhis salom farishtalarga borib: "Assalamu alaykum" dedi. Farishtalar: "Assalamu alayka va rohmatulloh" deyishdi, ular "va rohmatulloh" ni ziyoda qilishdi", dedilar.
 
Imom Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan hadisda Imron ibn Husayn roziyallohu anhu shunday deydi: Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga kelib: Assalamu alaykum dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam alik oldilar, so'ngra u o'tirdi. Rasululloh: o'nta -ya'ni o'nta xasanot yozildi- dedilar. Keyin boshqa odam kelib: Assalamu alaykum va rohmatulloh dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga ham alik qaytarib "yigirmata" dedilar. Yana boshqa bir odam kelib: Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokaatuh dedi, alik olganlaridan keyin o'tirdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam "o'ttizta"", dedilar.
 
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: Nurilla 16 Sentyabr 2010, 15:04:42
Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Anas ibn Molik shunday dedi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam menga:
"Ey bola, agar uyingga kirsang ahlingga salom ber, senga va ahli baytingga baraka bo'ladi", dedilar.
 
Miqdod ibn Amr roziyallohu anhu rivoyat qilishicha, Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam agar tunda uyga kirsalar, uxlayotganni uyg'otib yubormaydigan, uyg'oq odam eshitadigan qilib berardilar. Imom Muslim rivoyati.
 
Muttafaqun alayh bo'lgan hadisda Anas roziyallohu anhu yosh bolalar oldidan o'tdi va ularga salom berib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday qilar edi, dedi.
 
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan muttafaqun alayh hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Otliq piyodaga, piyoda yurgan o'tirganga va ozchilik ko'pchilikka salom beradi", dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatida: "Kichik kattaga salom beradi", dedilar.
 
Imom Abu Dovud va Termiziy Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Odamlardan Allohning rahmatiga yaqinrog'i salomni birinchi boshlagan kishidir", dedilar.
 
Muttafaqun alayh bo'lgan hadisda Abu Huraya roziyallohu anhu - namozni yomon o'qigan odam qissasida - shunday deydi: Bir kishi masjidga kirib namoz o'qidi, so'ngra Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga kelib salom berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam salomiga alik qaytarib: "qayt, namozingni boshqa o'qi, sen namoz o'qimading" dedi. U kishi qaytib yana namoz o'qidi, keyin kelib payg'ambar sollallohu alayhi va sallamga salom berdi. Mana shu xolat uch marta takrorlandi.
 
Imom Abu Dovud Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Agar birontangiz birodariga yo'liqsa unga salom bersin - ikkovlari ketayotganida- o'rtalarini daraxt, devor yoki xarsangtosh ajratsa, so'ngra yana birlashishsa birodariga salom bersin".
 
Imom Abu Dovud va Termiziy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Agar birontangiz majlis ustidan chiqib qolsa salom bersin. Agar majlisda o'tirgisi kelsa o'tirsin, majlisdan tursa yana salom bersin. Birinchi salom ikkinchi salomdan xaqliroq emas- ya'ni ikkala salomning hukmi barobardir-", dedilar.
 
Nom: Re: Nima BU?
Yuborildi: Muvahhid 24 Dekabr 2010, 17:19:25
Salomni «Assalomu alaykum!» yo «Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!» deb to‘liq aytish kerak. Javobda «Va alaykum assalom!» yo «Va alaykumus-salamu va rohmatullohi va barokatuh!» deyiladi. Javob albatta to‘liq aytiladi, qisqa qilib aytilmaydi. Javob kechiktirilsa, salom beruvchiga eshittirilmasa, farz gardandan tushmaydi.

Bir kishi ko‘pchilik mo‘minlarning oldiga kirsa, bir kishini emas, barchani qasd qilib salom beradi. Ammo ko‘chada va bozorda bir kishini xoslab salom bersa ham bo‘ladi. Agar bir kishi boshqa kishiga birovdan salom aytib yuborsa, o‘rtadagi odam salomni yetkazsa, darhol javob berish vojib. Agar maktubda salom bitilsa, u holda ham javob lozim bo‘ladi.

Salom berishda qo‘l, kaft, bosh bilan ishora qilinmaydi. Bunday qilish makruhdir. Baland ovozda salom beriladi va javob ham salom beruvchiga eshittiriladi. Agar karga yo gungga salom berilsa, ham ovoz chiqariladi, ham qo‘l bilan ishora qilinadi. Agar kar yo gung salom bersa, javobda ham talaffuz, ham ishora bo‘lishi kerak.

Katta kichikka, otliq (har qanday ulovdagi odam) piyodaga, yurgan o‘tirganga, boy kambag‘alga, ozchilik ko‘pchilikka salom beradi. Begona kishi chiroyli xotinga salom bermaydi, agar u salom bersa, javob olmaydi. Xotinlarning ham bir-birlariga salom berishlari sunnatdir va javobi shartdir.

O'n bir holatda salom berish makruh, javobi ham lozim emas:

- hojatxonadagi kishiga;

- junub holatdagi kishiga;

- uxlagan odamga;

- hammomdagi yuvuqsiz kishiga;

- taom yeb turgan kishiga (agar taom og‘zida bo‘lsa, salom bermaydi, taom og‘zida bo‘lmasa, salom joiz va javobi lozim);

- xutba o‘qiyotgan imomga;

- azon yo takbir aytib turgan muazzinga;

- namoz o‘qiyotgan kishiga;

- Qur'on o‘qiyotgan odamga;

- duo qilib turgan kishiga;

- hajga ehrom bog‘lagan odam «Labbayka» aytib turganida.

Musulmon kishi o‘zga dindagi odamga salom bermoqchi bo‘lsa, «Assalomu ‘ala manittaba'al huda» («To‘g‘ri yo‘lda yuruvchiga salom), deydi. Undaylarga xat yuborilsa, maktub oxirida ham salomni shu tariqa yo‘llayli, ammo «Assalomu alaykum», demaydi. Agar g‘ayridin muslimga salom bersa, javobida «Va alaykum»dan boshqa so‘z aytilmaydi.

Xayrlashish vaqtida ham salom sunnatdir.


As-salomu alaykum va rahmatullohu va borakatuhu.