forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Adolat.Net 25 Avgust 2010, 23:07:39

Nom: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 25 Avgust 2010, 23:07:39
Biz – bir guruh malakali yuristlar hamkorlikda Adolat.Net (http://www.adolat.net/) huquqiy portalini ochishga qaror qildik. Maqsadimiz O'zbekistonda adolat va qonun ustuvorligini ta'minlashga o'z hissamizni qo'shish, huquqiy maslahatga muhtoj insonlarga bepul yuridik xizmat ko'rsatish hamda O'zbekiston Respublikasi qonunlari, huquqiy-normativ hujjatlari jamlanmasini yaratishdan iborat.

Biz qonun ustuvorligini asosiy mezon deb bilamiz. Qonun bor joyda adolat qaror topishiga ishonamiz. O'zbekiston bir guruh amaldorlar qo'lidagi boshboshdoqlik hukm surayotgan jamiyat emas, balki o'z qonunlariga ega mamlakat ekanini ko'rsatishni istaymiz.

Buni amalda ta'minlashda fuqarolarimizning yuridik savodxonligini oshirishni eng muhim vazifa deb bilamiz. Adolat.Net (http://www.adolat.net/) O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini adolat uchun o'z haq-huquqlarini talab qilishga va buning uchun qonuniy yo'l bilan kurashishga da'vat etadi.

Qonun ustuvorligi ta'minlangan kuchli fuqarolik jamiyatini bardo etish uchun huquqiy bilimlarni oshiribgina qolmasdan, amalda ularning ijrosiga erishish, tegishli qonuniy tartibda haq-huquqlarni talab qilib chiqish, bu yo'lda hatto jonfidolik qilish kerak bo'ladi.

Chunki ertangi kun uchun, kelajak avlod uchun qonun ustuvorligi ta'minlangan jamiyatni meros qoldirishni istasak bu biz uchun bugun suv bilan havodek zarur vazifa bo'lishi lozim.

Adolat.Net (http://www.adolat.net/) portali bu yo'lda sizlarni birinchilardan bo'lishga chaqiradi.
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 25 Avgust 2010, 23:09:01
SAVOLLARGA KIM JAVOB BERADI? (http://www.adolat.net/?p=87)

Ismingiz: Anonim
Savolingiz: O’zi kim javob beradi savollarga?

Javob: Saytga yo’llangan savollarga oliy ma’lumotli, malakali yuristlar javob beradi. Berilgan savollarga javoblar qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqiy madaniyatni oshirish va fuqarolarni huquqiy yordam bilan ta’minlashga hissa qo’shish maqsadida Adolat.net sayti orqali qo’yib boriladi. Xizmatlar uchun hech qanday haq olinmaydi.

MEHNAT SHARTNOMASINING NOQONUNIY BEKOR QILINISHI USTIDAN DA’VO QILISH TARTIBI (http://www.adolat.net/?p=136)

Ismingiz: Oynisa
Savolingiz: 2 ta qizning onasiman. Turmush o’rtog’im yo’q. Toshkentdagi tekstil fabrikalarining birida ishlar edim. 2 oy oldin boshlig’imiz boshimdagi ro’molimni yechishim kerakligini, bo’lmasa ishdan ketishimni aytishdi. Shuncha yil ishlaganimga qaramasdan, ro’moldan voz kechmaganim uchun meni ishdan haydashdi. Shu holat bo’yicha kimga murojaat qilishim mumkin?

Javob: Xodimni diniy e’tiqodi bois ro’mol o’rashi munosabati bilan ishdan bo’shatish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mutlaqo zid holat. Ro’mol o’rash, ya’ni hijobda bo’lish ayol kishining e’tiqodiga tegishli holat bo’lib,  O’zbekiston Respublikasi fuqarolari e’tiqodidan qat’i nazar boshqa fuqarolar qatori bir xil huquqlarga ega bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mazkur  konstitutsiyaviy prinsip quyidagicha mustahkamlangan:
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=136)

HIJOB O’RASH JINOYATMI? (http://www.adolat.net/?p=170)

Ismingiz: Sohiba
Savolingiz: Aytishlaricha bu yildan maktablarga ro’molda kelgan qizlarning ota onalarini Jinoyat Kodeksidagi qaysidur statya bilan qamashar ekan. Shu rostmi?

Javob: O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksida  hijobda yurganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish haqida modda mavjud emas. Bunday qoida mavjud bo’lishi ham mumkin emas, chunki bunday norma O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonun, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va boshqa qator qonunlarga zid hisoblanadi.  O’zbekiston Respublikasi qonunchligiga ko’ra hech bir huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining ayollarni va maktab o’quvchi qizlarni ro’mol o’raganligi uchun qamab qo’yishga haqqi yo’q. Tabiiyki, hijobli qizlarning ota-onalariga dahl qilish ham noqonuniy hisoblanadi.

Mavzuga yaqin savolga quyida batafsil javob berilgan:
Maktab ichki nizomlarida hijobga ta’qiq qo’yish qonuniymi? (http://www.adolat.net/?p=160)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Abu Muso 25 Avgust 2010, 23:22:27
 :as:

Boshlagan ishlaringizni Alloh xayrli qilsin!

Off: Linklarni to'g'irlab qo'yish kerak, xatolik bor.
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Musannif Adham 26 Avgust 2010, 02:41:46
Assalomu Alaykum.

Garchi bu qonunlar shariat doirasida bo'lmasa-da, bugungi hayotimiz shu qonunlar ustiga qurilgan ekan, bizga mana shu qonunlar haqida ma'lumot berib, qonun buzilish holatlari haqidagi bilimlarimizni oshirishga, bizning shikoyat qilish huquqimiz borligini eslatishga qo'l urgan ekansiz, Alloh bu ishlaringizda O'zi madadkor bo'lsin.

Savol - javoblarni iloji bo'lsa, mana shu forumlarda ham qo'yib boringlar.
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 26 Avgust 2010, 09:53:18
HIJOBLI QIZNING ABITURIENT BO’LISHGA HAQQI YO’QMI?

Ismingiz: Shahlo
Savolingiz: Men shu yil kollejni tugatdim. Birga o’qiydigan dugonam hijobda edi, biz birga institutga hujjat topshirishga borganimizda dugonamni qabul qilishmadi. Qabul komissiyasida o’tirganlar ularning institutiga hijobli qizlarni olmasligini, agar hijobimni o’qishga kirganimdan keyin yechaman, agar yechmasam o’z xohishimga ko’ra o’qishdan haydashingiz mumkin, deb tilxat yozib bersa, hujjatlarini qabul qilishi mumkinligini aytdi. Dugonam yo’q, men hijobimni o’qishga kirsam ham yechmayman, desa, unda boshqa institutga hujjat topshiring, bizda hijoblilar o’qishi mumkin emas, deyishdi. Meni hujjatlarimni qabul qilishdi, chunki men hijobda emasman. Dugonam boshqa institutga ham hujjatlarini olib borganda xuddi shunday jabob berib, hech kim hujjatlarini qabul qilmabdi. Xullas, dugonam o’qishga topshirmadi, men esa hujjat topshirganim bilan o’qishga kira olmadim. Mening opam ham hijobli, men ham yaqinda hijobga kirmoqchiman, Xudo xohlasa. Ammo kelasi yil o’qishga topshirmoqchi bo’lsam, mening hujjatlarimni ham birorta institut qabul qilmasligidan qo’rqayapman. Shu narsa to’g’rimi? Agar shunday bo’lsa, nima qilay?
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=181)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 27 Avgust 2010, 01:54:50
NIKOHDAN AJRATISHDA QANDAY QILIB FARZANDLARNI OTA QARAMOG’IDA QOLDIRISH MUMKIN?

Ismingiz: Lola
Savolingiz: Assalomu alaykum, quyudagi savolimga javob bersangiz. Er-xotin ajrashish jarayonida qanday qilib ikkala farzandni ham ota tomonga hal qilish mumkin? (Farzandlarning kattasi uch yosh, kichigi bir yosh). Javobingiz uchun rahmat.

Javob: O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra nikohdan ajralish ishlari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida (FHDYO) yoki er yoki xotindan birining da’vo arizasi bilan fuqarolik sudlarida ko’rib chiqiladi. Agar er va xotin o’rtasida voyaga yetmagan farzandlar  hamda mulkka oid da’volar bolmasa, ular  FHDYO da nikohni bekor qilishi mumkin. Biroq sizning savolingizga ko’ra, er va xotin o’rtasida ikki nafar voyaga yetmagan farzand borligi uchun bu ish, albatta, sudda ko’riladi.

Da’vo arizasi kim tomonidan berilishiga qarab sud joylashgan tuman tanlanadi. Masalan, agar xotin nikohni bekor qilish bo’yicha da’vo qilayotgan bo’lsa, unda da’vo arizasi turmush o’rtog’i doimiy ro’yxatda turadigan manzilga qarab fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo sudga topshiriladi.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=191)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 28 Avgust 2010, 02:43:10
NIKOHDAN AJRATISHDA MOL-MULK QANDAY TAQSIMLANADI?

Ismingiz: Odiljon

Savolingiz: Nikohdan ajratishda mol mulk qanday taqsimlanadi? Masalan, erning nomidagi uy, mashina va h.k. Rahmat!

Javob: O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 23-moddasiga ko’ra, er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulki, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar bo’lajak er-xotinnning umumiy mablag’i hisobiga olingan mol-mulk, agar qonun va nikoh shartnomasida boshqacha hol ko’rsatilmagan bo’lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1998-yil 11- sentabrdagi «Sudlar tomonidan nikohdan ajratish haqidagi ishlarni ko’rishda qonunlarni qo’llash amaliyoti to’g’risida» gi Qarori  23-bandi, 2-qismida er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulki jumlasiga er va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyati natijalairdan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek, maxsus maqsadga mo’ljallanmagan boshqa pul to’lovlari kirishi qayd etib o’tilgan.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=201)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 02 Sentyabr 2010, 01:47:04
FIRMAGA ADASHIB O’TKAZILGAN PULNI QANDAY QAYTARIB OLISH MUMKIN?

Ismingiz: Усмонхон

Savolingiz:
Мен ишлайдиган ишлаб чикарувчи  ташкилот "œЗИЛОЛ" фирмасига шартнома асосида 800 000 сум маблаг утказиб берган сди. Лекин орадан 2 кун утгач, "œЗИЛОЛ" фирмаси шартномани бажара олиш имкони йуклигини тушуниб  у маблагни кайтариб берди. Лекин биз  адашиб сна уша фирмага съни "œЗИЛОЛ" фирмасига 800 000 сум маблагни утказиб юборибмиз. Ушбу маблагни кайтаришини сураб "œЗИЛОЛ" фирмасига мурожаат килсак у бу суммани кайтаришни хохламаспти. Биз пулни кандай килиб кайтариб олсак булади? Олдиндан рахмат.

Javob: Agar siz ishlayotgan ishlab chiqarish tashkiloti va "œZILOL" firmasi o’rtasida tuzilgan shartnoma yoki alohida tarzda hakamlik bitimi tuzilgan bo’lsa, unda mazkur muammoni hakamlik sudida hal qilish mumkin. Hakamlik bitimi bu taraflarning nizoni hakamlik sudiga hal qilish uchun topshirish haqidagi kelishuvidir. Sizning tashkilotingiz hamda "œZILOL" firmasi o’rtasida ana shunday kelishuv bo’lmagan taqdirda sizning tashkilotingiz nizoni hal qilihni so’rab xo’jalik sudiga murojaat qilishi kerak bo’ladi.


O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik Protsessual Kodeksining 24-moddasi xo’jalik sudi tomonidan hal etiladigan nizolar deb nomlanib, ushbu moddaning 1-bandida tuzilishi qonunda nazarda tutilgan shartnoma yuzasidan chiqqan kelishmovchiliklar xo’jalik sudida hal etilishi belgilab qo’yilgan.

Ushbu holatda, Xo’jalik Protsessual Kodeksining 112-moddasiga ko’ra, xo’jalik sudiga yozma da’vo arizasi bilan murojaat etish kerak. Ariza da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Da’vo arizasida quyidagilar ko’rsatilishi lozim:
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=209)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 04 Sentyabr 2010, 09:00:16
TERGOV JARAYONIDA QIYNOQQA SOLINISHNI QANDAY ISBOT QILISH MUMKIN?

Ismingiz: Ikrom

Savolingiz: Assalomu alaykum,

Tergov jarayonida pitka (qiynoq) sodir etilsa, buni qanday isbot qilish mumkin?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonun hujjatlari inson sha’ni va qadr-qimmatini har qanday tazyiq va tajovuzlardan himoya qiladi hamda ushbu himoyani kafolatlaydi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksi 17-moddasida quyidagilar belgilangan:

"Sud’ya, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ishda qatnashayotgan shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari shart. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo’ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas".

Demak, agar tergov jarayonida insonni qiynoqqa solish bu, avvalo, konstitutsiyaviy prinsipning, qolaversa, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksining 17-moddasi talablarining buzilishi deb baholanadi. Qiynoqqa solingan shaxs, agar qiynoq tergov jarayonida sodir etilib, tergov hali tugamagan bo’lsa, Respublika Bosh Prokuroriga shikoyat bilan murojaat qiladi. Shikoyatni qiynoqqa solingan shaxs nomidan advokati taqdim qilishi ham mumkin.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=221)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 04 Sentyabr 2010, 11:00:39
VEB-SAYTINGIZ RO’YXATDAN O’TGANMI?

Ismingiz: Bahodirbek

Savolingiz: Sizning saytingiz rasmiy registratsiyadan o’tganmi O’zbekistonda? Har ehtimolga qarshi so’radim lekin"¦ Va sizning saytingizdagi savol-javoblardan muammo yuzaga kelgan joylarda foydalansa bo’ladimi? Mana shunaqa-shunaqa, bu noqonuniy ekan, deya?

Javob: Adolat.net (http://"http://www.adolat.net/") portali .uz domenida ochilmagan va shuning uchun O’zbekistonda ro’yxatga olinmagan. Veb-saytning ro’yxatga olinishi hech qanday rasmiy huquq yoki maqomni ifodalamaydi. Bu veb-sayt nomini sotib olish davomida amalga oshiriladigan qayddan boshqa narsa emas.

Adolat.net (http://www.adolat.net/) portali ro’yxatdan o’tkazilgan biror tashkilot yoki advokatura xizmatiga tegishli emas.  Ushbu veb-sahifa mustaqil axborot manbasi bo’lib, unda O’zbekiston oliy yuridik ma’lumotiga ega malakali huquqshunoslarning fuqarolar yuridik savodxonligini oshirishga qaratilgan maslahatlari chop etib boriladi.

Albatta, siz bu yerda berib boriladigan maslahat va ma’lumotlardan huquqingizning poymol etilishiga qarshi foydalanishingiz mumkin. Veb-portalni ochishdan maqsadimiz ham shu. Biz savollarga javob berishda faqat O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga tayanamiz hamda savollar va voqealarga yondashuvda to’la xolislikni ta’minlab, xususiy talqin va munosabatlardan tiyilishni ishimizning asosiy prinsipi deb bilamiz.
Davomi... (http://"http://www.adolat.net/?p=228")
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 05 Sentyabr 2010, 07:53:41
YETARLI DALILSIZ JAZO QO’LLANILISHI MUMKINMI?

Ismingiz: Ikrom

Savolingiz: Sudlanuvchi «aybi»ni bo’yniga olmasa va tergovchida yetarli dalil-isbot bo’lmasa ham sud qamoq jazosi qo’llashi mumkinmi? Bunday holda nima qilish kerak?

Javob: Sudlanuvchi jinoyat ishida aybini inkor etishga to’la haqli, lekin u rostdan ham sodir qilgan deb ayblanayotgan jinoyatni sodir qilganligi dastlabki tergov organlari tomonidan dalillar bilan to’la, asosli tarzda isbot qilinishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksining 26-moddasiga ko’ra, sud faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanib hukm chiqaradi, ya’ni tergovchi yoki prokuror to’plagan dalillar, albatta, sudda tekshirilishi kerak.

Agar sud protsessida sudlanuvchini jinoyat ishida aybli deb topish uchun yetarli asos mavjud bo’lmasa, unda sudyaning qarori bilan ish qo’shimcha tergovga qaytarilishi yoki oqlov hukmi chiqarilishi kerak. Agar siz birinchi instansiya sudi chiqargan hukmdan norozi bo’lsangiz, hukm chiqqan kundan boshlab o’n kunlik muddat ichida yuqori turuvchi sudga appelyatsiya shikoyati bilan murojaat qilishingiz lozim, lekin o’n kunlik muddatni o’tkazib yuborgan bo’lsangiz, hukm chiqarilgan kundan boshlab bir yillik muddat ichida kassatsiya shikoyati bilan yuqori instansiyadagi sudga shikoyat qilishingiz kerak.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=236)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 08 Sentyabr 2010, 07:47:34
TASHKILOT NIZOMLARI QONUNLARGA ZID KELSA NIMA QILISH KERAK?

Ismingiz: Ikrom

Savolingiz: Bir tashkilot, idora, o’quv muassasasi o’z doirasida ichki qonunlarini ishlab chiqib, konstitutsiya kodekslarga zid kelishi mumkinmi? Zid kelganda nima qilish kerak (masalan, hijob masalasi, meditsina institutlarida talaba formada bo’lishi kerak, ya’ni kalpachok-xalat, bu institutning ichki qonuni)?

Javob: Ichki tartib qoidalarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda asosiy qonunlarga zid kelishi haqida avvalgi savollarda ham ko’p to’xtaldik. Bunday hollarda Konstitusiya moddalari hamda asosiy qonun moddasi qo’llaniladi, ichki tartib, qoida va nizomlar emas. O’zbekiston Respublikasi "œNormativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida"gi qonuning 5-moddasiga binoan O’zbekiston Respublikasida quyidagi normativ-huquqiy hujjat turlari mavjud va ular yuridik kuchi jihatidan pog’onali tarzda keltirilgan:

a)     O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

b)     O’zbekiston Respublikasining qonunlari;

c)     O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;

d)     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;

e)     O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

f)     Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining hujjatlari;

g)     Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=242)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 09 Sentyabr 2010, 07:00:07
ҲАА БИЙ ХИЗМАТГА КИМЛАА  ЯА ОҚЛИ?

Ismingiz: Umar

Savolingiz: Ukam o’tgan yili bir yillik armiya xizmatiga borish uchun o’tkaziladigan tibbiy ko’rikdan o’ta olmadi. Tibbiy komissiya barmog’i qiyshiq, degan xulosa bergan. Ukamning o’zi xizmat qilishni juda istagandi.
Ammo bu yil tuman harbiy komissari yana chaqiriuv qog’ozi orqali chaqirib, endi 1 oylik xizmatga borishi majburligini aytmoqda.
O’tgan yili tibbiy komissiyadan o’tolmagan desak, bir yillik xizmat bilan bir oylik xizmat farq qiladi, borishga majbur demoqda.
Bilasiz, bir oylik xizmat pullik bo’lib hammaning ham sharoiti ko’tarmaydi.
Bu narsa harbiy komissarga tushuntirilganda, unday bo’lsa xizmatga yaroqsiz deb harbiy bilet uchun harajat qilasiz. 200 ming so’m berasiz degan.
Bunday holatda biz pora bermaslik uchun nima qilishimiz kerak?  Bir yillik harbiy xizmatga berilgan tibbiy xulosa bir oylik uchun ham o’tadimi?
Bizning bir oylik emas, bir yillik xizmatni tanlash huquqimiz bormi?
Shu narsalarni qonunda qanday yozilganlari bilan keltirsangiz juda yaxshi bo’lardi.
Rahmat!

Javob: O’zbekiston Respublikasida harbiy xizmatni o’tashga doir masalalar "œMudofaa to’g’risida"gi, "œUmumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida"gi qonunlar hamda bir qancha nizomlar bilan tartibga solinadi.

Bir yillik harbiy xizmat hamda bir oylik safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmat uchun tibbiy ko’rik bir xil bo’ladi. Amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra, bir yillik harbiy xizmat uchun o’tkazilgan tibbiy ko’rik xulosasida jiddiy asos bilan, masalan, barmog’i qiyshiq, degan asosli xulosa berilgan bo’lsa, ushbu shaxs harbiy xizmatga yaroqsiz deb topiladi.

Ukangizning holatida, agar komissiya bir oylik safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga borishini aytishayotgan bo’lsa, siz ushbu komissiyaga bir yillik harbiy xizmat uchun o’tkazilgan tibbiy ko’rik xulosasini taqdim etgan holda, ukangiz tibbiy komissiya tomonidan allaqachon harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganligini bildirib ariza bilan murojaat qiling.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=265)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 10 Sentyabr 2010, 06:58:38
SHAXSNING VAFOT ETGANLIGINI QANDAY TASDIQLASH MUMKIN?

Ismingiz: Zaynab

Savolingiz: Bir tanishimiz 2003-yilda Rossiyaga ishlagani ketgan. 2004-yilda o’ldi, degan spravka keldi, pasport bilan. Lekin bu spravka hech qayoqqa o’tmayapti. Ya’ni ZAGS va boshqa davlat idoralari bu spravkani tan olishmayapti. Masalan, o’sha odam nomidagi uyni ayoli o’z nomiga o’tkaza olmayapti. Qiz chet elga chiqmoqchi, otasini roziligisiz chiqa olmaydi va hokazo. Iltimos, nima qilish kerakligi haqida maslahat bering.

Javob: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 36-moddasi fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish deb nomlanadi. Mazkur moddaga ko’ra, agar fuqaroning qayerda turganligi haqida uning yashash joyida uch yil moboynida ma’lumot bo’lmasa, basharti u o’lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok bo’lgan deb taxmin qilish uchun asos bo’ladigan vaziyatlarda bedarak yuqolgan bo’lib, uning qayerdaligi haqida olti oy mobaynida ma’lumotlar bo’lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud uni vafot etgan deb e’lon qilishi mumkin.

Demak, vafot etganligi haqida ma’lumotnoma kelgan shaxsning yaqinlari uni, masalan ayoli erini vafot etgan deb e’lon qilinishi uchun fuqarolik sudiga murojaat qilishi kerak bo’ladi. Chunki ayoli yuqoridagi moddada keltirilgan manfaatdor shaxslardan biri hisoblanadi. Sud arizachining arizasini ko’rib chiqib, erini vafot etgan deb e’lon qilish haqida hal qiliv qarori qabul qiladi. Mazkur shaxsning ayoli taqdim etadigan erining vafot etganligi haqidagi ma’lumotnomaga asoslanib sud ayolning erini shu ma’lumotnomada vafot etgan deb ko’rsatilgan kunida vafot etgan deb qaror chiqarishi mumkin. Sudning ushbu qarori vafot etgan shaxsning ayoli hamda farzandlari uchun ma’lum muammolarga sabab bo’layotgan holatlarda ayol uchun erining, farzandlar uchun esa otasining vafot etganligini tasdiqlovchi asosiy hujjat bo’lib hisoblanadi.
Davomi... (http:////www.adolat.net/?p=285)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 17 Sentyabr 2010, 02:41:39
O’ZBEKISTONDA QANDAY QILIB QIRG’IZISTON PASPORTI BILAN YASHASH GUVOHNOMASI OLSA BO’LADI?


Ismingiz: Nodirbek

Savolingiz: O’zbekistonda qanday qilib Qirg’iziston pasporti bilan vid na jitelstvo (yashash guvohnomasi) olsa boladi? Qanaqa hujjatlarni to’plash lozim? Rahmat.

Javob: Agar siz Qirg’iziston Respublikasi fuqarosi bo’lsangiz, u holda siz O’zbekiston hududida chet el fuqarosi (xorijiy fuqaro) degan huquqiy maqomga ega bo’lasiz.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli farmoniga 2-ilova, ya’ni "œXorijiy shaxsga O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi bo’lmagan shaxsga O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi va fuqaroligi bo’lmagan shaxs guvohnomasi to’g’risida"gi nizomning 3-bandiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi quyidagilarga beriladi:

-       O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga — ular 16 yoshga to’lganlarida;

-       ushbu Nizomda belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash uchun ruxsatnoma olgan shaxslarga, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasiga qaytib kelgan va qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxslarga;
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=370)
Nom: Re: Adolat.Net - bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: yoqutxon 17 Sentyabr 2010, 05:30:49
HIJOBLI QIZNING ABITURIENT BO'LISHGA HAQQI YO'QMI?

Ismingiz: Shahlo
Savolingiz: Men shu yil kollejni tugatdim. Birga o'qiydigan dugonam hijobda edi, biz birga institutga hujjat topshirishga borganimizda dugonamni qabul qilishmadi. Qabul komissiyasida o'tirganlar ularning institutiga hijobli qizlarni olmasligini, agar hijobimni o'qishga kirganimdan keyin yechaman, agar yechmasam o'z xohishimga ko'ra o'qishdan haydashingiz mumkin, deb tilxat yozib bersa, hujjatlarini qabul qilishi mumkinligini aytdi. Dugonam yo'q, men hijobimni o'qishga kirsam ham yechmayman, desa, unda boshqa institutga hujjat topshiring, bizda hijoblilar o'qishi mumkin emas, deyishdi. Meni hujjatlarimni qabul qilishdi, chunki men hijobda emasman. Dugonam boshqa institutga ham hujjatlarini olib borganda xuddi shunday jabob berib, hech kim hujjatlarini qabul qilmabdi. Xullas, dugonam o'qishga topshirmadi, men esa hujjat topshirganim bilan o'qishga kira olmadim. Mening opam ham hijobli, men ham yaqinda hijobga kirmoqchiman, Xudo xohlasa. Ammo kelasi yil o'qishga topshirmoqchi bo'lsam, mening hujjatlarimni ham birorta institut qabul qilmasligidan qo'rqayapman. Shu narsa to'g'rimi? Agar shunday bo'lsa, nima qilay?
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=181)
Assalom aleykum. Avallambor juda hayrli ish boshlabsiz rahmat. Ayniqsa yuqoridagi savolga berilgan javoblarni ko'rib mamnun bo'ldim. Ohirgi kunlarda mana shu mavzu bo'yicha O'z.Res Konstitutsiyani o'qib chiqmoqchi bo'lib yurgandim. Javobingizda hammasini huquqiy tarafdan ibotlab, nima nimaga asoslanganini aniq qilib yozibsiz. Ko'pchilik o'z huquqlarini bilmagan muslimalarga as qotadi Inshaalloh.
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 18 Sentyabr 2010, 07:41:43
FARZANDIM IKKI DAVLAT FUQAROLIGINI OLISHI MUMKINMI?

Ismingiz: Gulhayo Dellal

Savolingiz: Men turk fuqarosiga turmushga chiqqanman. Oilam bilan Turkiyada yashayman. O’zim O’zbekiston Respublikasi fuqarosiman. Bitta qiz farzandim bor. Qizim Turkiyada tug’ildi va Turkiya fuqaroligini oldi. Men O’zbekiston fuqarosi bo’lganligim uchun qizim ham O’zbekiston fuqaroligini olib, ikki davlat (ham Turkiya, ham O’zbekiston) fuqarosi bo’lishi mumkinmi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o’rnatiladi. Demak, O’zbekiston Respublikasida ikki fuqarolikka yo’l qo’yilmaydi.

"O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g'risida"gi qonunning 14-moddasiga ko’ra, ota-onasining fuqaroligi har xil bo’lib, ulardan biri bola tug’ilgan paytda O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lgan bo’lsa, agar bu vaqtda ota-ona O’zbekistondan tashqarida doimiy istiqomat joyiga ega bo’lgan bo’lsalar, O’zbekiston Respublikasidan tashqarida tug’ilgan bolaning fuqaroligi ota-onasining yozma tarzda ifodalangan kelishuvi asosida belgilanadi. Demak, keyingi farzandlaringiz tug’ilganda ularning O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lishini xohlasangiz, farzand tug’ilgan vaqtda buni turmush o’rtog’ingiz bilan yozma tarzda ifodalangan kelishuv asosida rasmiylashtirishingiz mumkin.

Turkiya fuqaroligiga ega farzandingizni O’zbekiston fuqaroligiga o’tkazishni xohlasangiz, ‘‘O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g'risida"gi qonunining 17-moddasiga asosan, ota-onasidan biri, ya’ni siz O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo’lganligingiz uchun farzandingizning Turkiya fuqarolidan voz kechganligi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tan olishini ifodalab, O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini so’rab Turkiyada joylashgan O’zbekiston diplomatik vakolatxonalariga yoki konsullik muassasalariga murojaat qilishingiz kerak. Arizaga Turkiya fuqaroligidan voz kechganlikni isbotlovchi Turkiya davlati tomonidan berilgan hujjat ilova qilinishi kerak.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=391)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Ansora 18 Sentyabr 2010, 13:19:03
 :as:

Shu yerdan ham savol bersak bo'ladimi?
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: ibrohim 18 Sentyabr 2010, 15:06:07
Biz — bir guruh malakali yuristlar hamkorlikda Adolat.Net (http://www.adolat.net/) huquqiy portalini ochishga qaror qildik. Maqsadimiz O'zbekistonda adolat va qonun ustuvorligini ta'minlashga o'z hissamizni qo'shish, huquqiy maslahatga muhtoj insonlarga bepul yuridik xizmat ko'rsatish hamda O'zbekiston Respublikasi qonunlari, huquqiy-normativ hujjatlari jamlanmasini yaratishdan iborat.

Biz qonun ustuvorligini asosiy mezon deb bilamiz. Qonun bor joyda adolat qaror topishiga ishonamiz. O'zbekiston bir guruh amaldorlar qo'lidagi boshboshdoqlik hukm surayotgan jamiyat emas, balki o'z qonunlariga ega mamlakat ekanini ko'rsatishni istaymiz.

Buni amalda ta'minlashda fuqarolarimizning yuridik savodxonligini oshirishni eng muhim vazifa deb bilamiz. Adolat.Net (http://www.adolat.net/) O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini adolat uchun o'z haq-huquqlarini talab qilishga va buning uchun qonuniy yo'l bilan kurashishga da'vat etadi.

Qonun ustuvorligi ta'minlangan kuchli fuqarolik jamiyatini bardo etish uchun huquqiy bilimlarni oshiribgina qolmasdan, amalda ularning ijrosiga erishish, tegishli qonuniy tartibda haq-huquqlarni talab qilib chiqish, bu yo'lda hatto jonfidolik qilish kerak bo'ladi.

Chunki ertangi kun uchun, kelajak avlod uchun qonun ustuvorligi ta'minlangan jamiyatni meros qoldirishni istasak bu biz uchun bugun suv bilan havodek zarur vazifa bo'lishi lozim.

Adolat.Net (http://www.adolat.net/) portali bu yo'lda sizlarni birinchilardan bo'lishga chaqiradi.

O'zingiz haqingizda ma'lumot bersangiz...

o'sha bir guruh malakali yuristlar haqida ham , sertifikat ruhsatnoma,

qayerda o'qishgan , hozirda nima ishlar qilmoqdasizlar, qanday , qanaqa treninglar, uchrashuvlar o'tkazgansizlar, sizlarni qayerdan topsak bo'ladi (adress va hkz)...

va khzlar haqida ma'lumotlar besangiz....

juda ham hursand bo'lardik ishlaringizga OMAD
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 18 Sentyabr 2010, 21:12:36
Shu yerdan savol bersangiz ham bo'laveradi. Ammo sayt orqali berganingiz xavfsizroq, chunki biz har doim forumga kirib turmasligimiz mumkin.
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 22 Sentyabr 2010, 22:47:29
OILANING BOQUVCHISIZ QOLISHI JAZONI YENGILLASHTIRUVCHI HOLAT BO’LA OLADIMI?

Ismingiz: Gavharoy

Savolingiz: Mening turmush o`rtog`im biz yashab turgan joyda odamlarni Rossiyaga olib borish bilan shug`ullanar edi. O`sha vaqtlarda biz bilgan ikki odam puli yo`qligi tufayli turmush o`rtog`imdan olib borishligini,  ular esa pul topishlari bilan ularga haqini to`lashlarini aytgandi, lekin turmush o`rtog`im odamlarni faqat manzillariga yetkazish bilan shug`ullangan. Ish bilan ta’minlashni zimmasiga olmagan. O`sha ikki odam Rossiyaga yetib borgan va o`zlari topgan ishlarida ishlab haqlarini ololmasdan qaytgan. Lekin xalq orasida erimni aybdor qilib, erimni sudga berishdi. Sud hech qanday dalil-isbotsiz erimni jinoyat kodeksi 135-modda bilan 5 yil 6 oy muhlatga ozodlikdan mahrum qildi. Mana 2 yildirki erim Chirchiqda turmada, biz shu ishni qayta ko`rishlari uchun nima qilishimiz mumkun? Shu ishda yordam bersanglar yaxshi bo`lar edi, iltimos. Meni 3 qizim bor, hali birortasi turmushga chiqmagan. 2 tasi voyaga yetib turmushga chiqadigan bo`lib qolgan. Sud shularni ham hisobga olishi kerakku, axir. Bizni o`g`limiz bo`lmasa, 3 ta qizni kim uzatadi? Bitta boquvchimiz shu kishi edi!

Javob: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksiga binoan jinoyat ishi bo’yicha sud hukmi chiqgach, chiqarilgan hukmdan norozi bo’lgan taraflar quyidagi shaklda yuqori turuvchi instansiyalarga ishni qayta ko’rish yoki boshqa e’tiroz yoki talablarini ifodalab shikoyat qilishlari mumkin:

Apellyatsiya shikoyati. Jinoyat Protsessual Kodeksining 497-4-moddasiga asosan, birinchi instansiya sudining hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlari va protestlari hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran o’n sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shunday muddat ichida berilishi mumkin. Belgilangan muddatdan keyin berilgan shikoyat yoki protest oqibatsiz qoldiriladi, bu haqda ularni bergan shaxslarga xabar qilinadi.


Turmush o’rtog’ingiz ikki yildan beri jazoni o’tash joyida ekan, sizda apellyatsiya shikoyatini berish muddati o’tib ketgan.

Kassatsiya shikoyati. Bu shikoyat turi agar apellyatsiya shikoyati berilmagan bo’lsa, sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan boshlab, ya’ni sud hukmi chiqganidan so’ng o’n kundan  keyin qabul qilinadi.

Jinoyat Protsessual Kodeksining 500-moddasiga ko’ra, sudning hukmini kassatsiya tartibida qayta ko’rib chiqish haqida sud hukmi qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil ichida shikoyat berish mumkin.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=414)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 23 Sentyabr 2010, 18:19:45
DAN XODIMI HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASINI OLIB QO’YISHI MUMKINMI?

Ismingiz: Nurali

Savolingiz: Assalomu alaykum. Iltimos, GAI xodimlari bilan bo’ladigan rasmiyatchiliklar tartibi haqida ma’lumot bersangizlar. Ya’ni, masalan, siz qoidani buzdingiz va GAI xodimi sizni to’xtatdi. Shunda haydovchilik guvohnimasini olib qo’yish qonuniymi yoki o’sha joyning o’zida jarima to’lashga haqqimiz bormi? Xullas, shunga bog’liq qonun-qoidalarni keltirib o’tsangiz. Haydovchilarga juda foydali bo’lardi.

Javob: O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2000-yil 23-aprelda 87-son bilan tasdiqlangan "œYo’l harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko’rib chiqishni tashkil etish haqida"gi yo’riqnomada quyidagilar belgilangan:
"œ2. Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish
2.1. Qoidalarni buzgan shaxslarga nisbatan Davlat Yo’l Harakati Xavfsizligi Xizmati xodimi ma’muriy bayonnoma (1-ilova) rasmiylashtiradi.
Izoh: Harakatni tartibga solishga vakolatli bo’lgan va xizmat vazifasini o’tayotgan militsiya xodimi (DYHXX xodimi tomonidan tashqari), harbiy avtomobil nazoratining mansabdor shaxsi va harakatni tartibga solishga vakolati bo’lgan boshqa mansabdor shaxlar xizmat vakolatini amalga oshirishga mo’ljallangan bayonnoma varaqalaridan foydalanadilar. Unda ishni to’liq hal etish uchun zarur ma’lumotlarni ko’rsatishlari shart.
2.2. Qoidaning buzilishiga doir ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomada quyidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi:
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=426)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 26 Sentyabr 2010, 08:06:15
ISHSIZ ODAM HAM ALIMENT TO’LASHGA MAJBURMI?
[/B]

Ismingiz: Abdullo

Savolingiz: Assalomu alaykum. Sayt ochilganiga juda xursand bo’ldik. Qilgan ishlaringizdan Alloh rozi bo’lsin, jazakollohu xoyron!
Menga aliment to’g’risida yangi qonunlar kerak, aliment to’layapman. Agar men hozir hech qayerda ishlamasam bir nafar farzandimga qancha aliment to’lashim kerak? Sud ijrochilari O’zbekiston bo’yicha o’rtacha ish haqini 4 dan birini to’laysiz deyapti, o’ylab ko’ring, agar odam ishlamasa, bu pulni qayerdan oladi? Masalan, hozir O’zbekistonda o’rtacha ish haqi 280000 so’m bo’lsa, shuning 4/1 qismi, ya‘ni 75 ming so’m ishlamagan odam uchun yoki davlat mussasalarida ishlamasdan o’z kasbidan oyligi 200000 so’m bo’lgan odam uchun bu juda katta pul, axir. O’zimni oilam ham bor, farzandim bor. Shuning uchun hozirgi kunda ishlamayotgan yoki daromadi o’zgaruvchan odam uchun aliment miqdori qancha? Iltimos, shuni batafsil tushuntirib beringlar. Andijondan Abdullo.

Javob: O’zbekiston Respublikasining aliment to’g’risidagi qonun normalari O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 5-bo’limida keng yoritilgan.
Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga aliment to’lash tartibi haqida O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 98-moddasida batafsil ma’lumot berilgan bo’lib, unga ko’ra, ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish uchun aliment to’lash tartibini o’zaro kelishgan holda belgilashga haqlidirlar. Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish uchun aliment to’lash tartibi va shakli haqida ota-ona o’rtasidagi kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid bo’lmasligi kerak.
Oila Kodeksining 99-moddasiga ko’ra, agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o’rtasida kelishuv bo’lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onasining har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — to’rtdan bir qismi; ikki bola uchun — uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to’lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvoli va boshqa e’tiborga loyiq holatlar hisobga olingan holda sud tomonidan kamaytirlishi yoki ko’paytirilishi mumkin.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=473)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 01 Oktyabr 2010, 17:26:10
OQLOV HUKMI NIMA?
[/B]

Ismingiz: Laziz
Savolingiz: Oqlov hukmi haqida ma’lumot bersangiz.

Javob: Oqlov hukmi jinoyat ishlari bo’yicha sudning chiqargan qonuniy hukmi bo’lib, jinoyat protsessial jarayonida jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning ustidan uning aybsizligi haqidagi hukmdir. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 469-moddasiga ko’ra, oqlov hukmining tavsif qismi quyidagicha:
"œOqlov hukmining tavsif qismida quyidagilar ko‘rsatiladi: sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblovning mohiyati; sud aniqlagan ish holatlari; sudlanuvchining aybsizligi to‘g‘risidagi sud xulosasini tasdiqlovchi dalillar; sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybi bor deb da‘vo qilishga asos bo‘lgan dalillarni sud nima uchun ishonarli emas yoki yetarli emas deb hisoblashi yoki nima uchun sud jinoiy hodisaning o‘zi yuz bermagan yoxud sudlanuvchi sodir etgan qilmishni jinoyat emas deb hisoblashi; fuqaroviy da‘voga oid qarorning asoslari"œ.
Kodeksning keyingi moddasi talabiga ko’ra, oqlov hukmining qaror qismida quyidagilar ko’rsatilishi shart:
1) sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi;
2) sudlanuvchini jinoyat sodir etilishida aybsiz deb e‘tirof etish va uni oqlash to‘g‘risidagi qaror;
3) sudlanuvchiga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror; basharti ehtiyot chorasi sifatida u qamoqda saqlanayotgan bo‘lsa, oqlangan shaxsni darhol, sud majlisi zalining o‘zida ozod qilish to‘g‘risidagi qaror;
4) qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da‘voni qanoatlantirish rad etilgan bo‘lsa, da‘voni ta‘minlash uchun ko‘rilgan choralarni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror;
6) oqlangan shaxsning unga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash hamda ma‘naviy va boshqa ziyon oqibatlarini ushbu Kodeksning 304 — 313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda bartaraf qilish huquqini e‘tirof etish.
Kodeksga binoan, ayblov hukmining ham, oqlov hukmining ham qaror qismi, Jinoyat Protsessual Kodeksning 468 va 470-moddalarida ko‘rsatilgan masalalardan tashqari, quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
1) qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da‘vo yoki sudning tashabbusi bilan ziyonni qoplash to‘g‘risida ushbu Kodeksning 283 — 289-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror;
2) ashyoviy dalillar hamda ishga ilova qilingan boshqa narsalar va hujjatlar to‘g‘risida ushbu Kodeksning 289-moddasiga muvofiq qabul qilingan qaror;
3) protsessual chiqimlar to‘g‘risida ushbu Kodeksning 320-moddasiga muvofiq qabul qilingan qaror;
4) hukm ustidan ushbu Kodeksning tegishlicha 497-3, 497-4, 499 va 500-moddalarida nazarda tutilgan apellyatsiya va kassatsiya shikoyati berish, protest bildirish tartibi, muddatlari.
Jinoyat kodeksining 77-moddasiga asosan oqlov hukmi chiqarilgan shaxs sudlangan hisoblanmaydi.
www.adolat.net (http://www.adolat.net)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 02 Oktyabr 2010, 21:09:22
JINOYATDA NOHAQ AYBLASH JINOYATMI?

Ismingiz: Abdulaziz

Savolingiz: Qo’rqitish uchun javogarlik bormi? Masalan, davlat ishida ishlovchi yuridik shaxs o’z mansabidan foydalanib jismoniy shaxsga hazillashib, "œSizning ustingizdan jinoiy ish qo’zg’atildi", desa, mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy javobgarlik bormi? Jismoniy shaxs boshqa jismoniy shaxsni shunday qo’rqitsa, unga nisbatan qaysi modda qo’llaniladi? Shunday hollarda birinchi kimga murojaat qilish kerak?

Javob: Savolda yozilgan "œdavlat ishida ishlovchi yuridik shaxs" tushunchasiga oydinlik kiritaylik. Fuqarolik huquqiga ko’ra, shaxslar ikki guruhga bo’linadi: yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bu shaxslar tushunchasini qonunan quyidagi tarzda asoslaydi:
"œ16-modda. Fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlar fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tushuniladi.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo’lmasa, ushbu Kodeksning qoidalari barcha fuqarolarga nisbatan qo’llaniladi".

Bu normativ qoidadagi fuqaro so’zidan keyin qavs ichiga jismoniy shaxs deb yozilishi jismoniy shaxs va fuqaro tushunchalari bir ma’noni anglatishini bildiradi. Demak, jismoniy shaxslar yuqorida ta’rifi keltirilgan fuqarolardir.
Fuqarolik kodeksining 39-moddasiga ko’ra, o’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishlari kerak.
Keyingi moddaga asosan O’zbekiston Respublikasida yuridik shaxslarning ikki turi: tijorat tashkiloti va notijorat tashkiloti kabi turlari mavjud.
Bundan ma'lum bo'ladiki, berilgan savolda ''davlat ishida ishlaydigan yuridik shaxs'' atamasi noto’g’ri ishlatilgan. Yuridik shaxs davlat ishida ishlay olmaydi, chunki yuridik shaxsning o'zi tashkilotdir. Faqat jismoniy shaxslar davlat ishida ishlashi mumkin. Davlat organlarida xizmat qiluvchi shaxslarning ayrimlari mansabdor shaxs deya yuritiladi. O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 15-moddasi ikkinchi bandiga ko'ra, mulk shaklidan qat'i nazar, korxona, muassasa, tashkilotda muayyan mansabni egallab turgan shaxs, basharti unga rahbarlik, tashkiliy, farmoyish berish, tekshiruv-nazorat vazifalari yoki moddiy boyliklar harakati bilan bog'liq bo'lgan vazifalar yuklatilgan bo'lsa, mansabdor shaxs deb hisoblanadi.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=482)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Ansora 06 Oktyabr 2010, 16:34:04
 :as:

Javoblaringiz uchun katta rahmat. Meni savolim quydagicha:

Meni OVİR vizamni muddati tugaganiga 3 yildan oshdi. Turkiya fuqarosiga turmushga chiqqanman, hali Turkiya Vatandoshligiga (fuqaro)o'tmadim. Keyingi yil O'zbekistonga borish niyyatimiz bor. Kirishda OVİR so'ramasliklarini bilaman, lekin chiqishda yana bu vizani olgan bo'lishim shartmi?

Oldindan rahmat.
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Ansora 06 Oktyabr 2010, 17:25:20
Yana bir savol, 4 farzandi uchun aliment to'lamagan odamga qanday jazolar bor?
Bolalar hali voyaga yetmagan.
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 06 Oktyabr 2010, 18:50:34
Yana bir savol, 4 farzandi uchun aliment to'lamagan odamga qanday jazolar bor?
Bolalar hali voyaga yetmagan.

Kapalak, savollaringiz qabul qilindi.
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 07 Oktyabr 2010, 23:19:08
ISMIMNI O’ZGARTIRMOQCHIMAN

Ismingiz: Qosimjon

Savolingiz: Chet elda yashayman, lekin O'zbekiston fuqarosiman. Ismimni osonlashtirish maqsadida o'zgartirmoqchiman. Kimga murojaat qilishim kerak va bu qanday amalga oshiriladi? Rahmat.

Javob: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 19-moddasiga asosan fuqaro o’z ismini o’zgartirishi mumkin. Ismini o’zgartirishga bo’lgan huquqni fuqaro to’la fuqarolik layoqatiga ega bo’lganidan so’ng, ya’ni 16 yoshga to’lganidan so’ng amalga oshira oladi. Fuqaroni o’z ismini o’zgartirishi avvalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish yoki o’zgartirish uchun asos bo’lmaydi. Ismini o‘zgartirgan fuqaro o‘zining avvalgi ismiga rasmiylashtirilgan hujjatlarga o‘z hisobidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini talab qilishga haqli. Fuqaro o’zgartirilgan ismini fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish uchun belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazishi kerak. Demak, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi o’z ismini o’zgartirmoqchi bo’lsa, doimiy ro’yxatdan o’tgan yashash joyidagi Fuqarolik holati dalolatnomalari yozish (FHDYO) organlariga bu haqda ariza va tegishli hujjatlar bilan murojaat qilishi lozim. Ismini o’zgartirmoqchi bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi  chet elda bo’lsa, FHDYO organlari vazifasini bajaruvchi fuqaro yashaydigan chet davlatdagi O’zbekiston Respublikasi konsullik idoralariga ariza va tegishli hujjatlar bilan murojaat qilish lozim. Tegishli tarzda FHDYO yoki konsullik idorasiga murojaat qilingach, ushbu organlar tomonidan ariza asosli deb topilsa, ismni o’zgartirishga bo’lgan huquq amalga oshadi. Ismni o’zgartirish haqidagi arizaning asosli deb topilish shartlari quydagi qoidalarda belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qaroriga 1-ilova sifatida tasdiqlangan "œFuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari"da ismni o’zgartirish qoidalari ham belgilangan bo’lib, ismni o’zgartirishga aloqador bo’lgan barcha bandlarni quyida keltirib o’tamiz:
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=512)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 10 Oktyabr 2010, 08:51:49
HIJOB IBODAT LIBOSIMI?
Noaniq yuridik atamalarni sharhlash yoxud qonunlar noqonuniyligi ustidan shikoyat qilish tartibi haqida

Hijob haqida qonun bormi?
Saytimizga oxirgi paytlarda hijob haqida ko’plab savollar kelmoqda. Ularda, asosan, hijob o’rash O’zbekistonda qonuniymi, qonunchilikda bu haqda nima deyilgan, mutasaddilar tomonidan hijobga qarshi harakatlar sodir etilganda nima qilish kerak, kabi masalalar so’ralyapti. Bu haqda bir necha savolga alohida javob ham yozdik. Lekin mavzu, nazarimizda, yana biroz tahlilga va sharhga muhtoj. Chunki qonunchilikda ibodat libosi haqida band bor. Mavzuni to’la o’rganishimiz uchun, avvalo, shu qonun normalarini to’g’ri tushunishimiz kerak bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining "œVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida"gi qonunining 14-moddasi 5-bandida shunday norma belgilangan:
"œO’zbekison Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo’l qo’yilmaydi".
Xuddi shu qoida O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 184-1-moddasida ham o’z aksini topgan:
"œO’zbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari — eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarichaga miqdorda jarima solishga yoki o’n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo’ladi".
Yuqoridagi qonun normalaridan ma’lum bo’ladiki, O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari taqiqlanadi va bu harakat tegishli javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Bu moddalarda tilga olingan ibodat libosi nima? Unga hijob ham kiradimi? Buni qayerdan bilamiz? Agar hijob shu moddada taqiqlangan ibodat liboslari qatoriga kirsa, bu vijdon erkinligi prinsipiga zidmi yoki buni asoslaydigan boshqa qonun normalari bormi? Quyida shu savollarga javob topishga harakat qilamiz.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=526)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 12 Oktyabr 2010, 05:40:39
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/10/inheritance.jpg)
MEROS QANDAY TAQSIMLANADI?

Ismingiz: Abu Abdulloh

Savolingiz: Assalamu alaykum. Yaqinda mening otam vafot etdi. Otamning nomlarida bitta 3 xonali kvartira va 6 sotix yer uchastkasi (bo'm-bo'sh, uy qurish uchun berilgan) bor edi. Otamning 1-turmushlaridan 2 ta farzandlari bor, lekin ular 30 yildan beri Rossiyada, shu davlat fuqarosi, ular bilan aloqa uzilib ketgan, adreslari ma'lum emas. 2-turmushidan 3 ta farzandlari bor. Ular O’zbekistonda. 3-turmushidan 1 ta farzandlari bor - men. Yuqorida ko'rsatilgan meros qanday tartibda taqsimlanadi? Agar barcha aka-opalarim rozi bo'lishsa, men ushbu mulklarni qanday qilib o'zimning nomimga o'tkazib olishim mumkin? Assalamu Alaykum.

Javob: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1112-moddasiga ko’ra, vorislik vasiyat va qonun bo’yicha amalga oshiriladi. Qonun bo’yicha vorislik, agar vasiyat mavjud bo’lmasa yoxud vasiyat butun merosning taqdirini belgilamasa, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan boshqa hollarda amalga oshiriladi. Otangizning qoldirgan uy va 6 sotix yer to’g’risida vasiyatnomasi mavjud bo’lmasa, ushbu holatga nisbatan qonun bo’yicha vorislik amalga oshiriladi.
Meros taqsimlanishi, kimningdir nomiga o’tkazilishi uchun avvalambor meros ochilishi kerak. Fuqarolik kodeksining 1116-moddasiga ko’ra, meros fuqaroning o’limi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi oqibatida ochiladi. Otangiz vafot etgan ekan, demak, otangizning qoldirgan meroslari ochilishi, ya’ni otangiz qoldirgan mulk taqsimlanishi mumkin. Fuqarolik kodeksining 1117-moddasida merosning ochilish joyi haqidagi norma o’rnatilgan bo’lib, unga ko’ra meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashab turgan joyi merosning ochilish joyi hisoblanadi. Sizning holatingizda esa otangiz doimiy ro’yxatdan o’tgan yashash joyi merosning ochilish joyi hisoblanadi.
Qonun bo’yicha vorislikka ko’ra, Fuqarolik kodeksining 1134-moddasida ifodalanganidek, meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tug‘ilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar. Bundan ma’lum bo’ladiki, otangizning nechinchi turmushidan bo’lishidan qat’i nazar, barcha farzandlari, vafot etgan payti qonuniy nikohda turgan xotini va agar ota-onasi yoki ulardan qaysi biri tirik bo’lsa, barchasi qonunan vafot etgan otangizning merosidan teng ulushlarga ega bo’ladi.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=645)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 12 Oktyabr 2010, 20:26:41
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/10/standing-on-line.jpg)
NOGIRONLIK NAFAQASINI DOIMIYLIKKA O’TKAZISH MUMKINMI?

Ismingiz: O'lmasvoy

Savolingiz: O’n yildan oshdiki 2-guruh nogironiman. Bunga qattiq jarohatlanish sabab bo’lgan. Har yili nogironlik nafaqasini olish uchun poliklinikadagi analizlar, tekshiruvlar, VTEK, so’ng SABEZlarga o’tib, ancha holdan toyaman, shu bilan anchagina chiqimdor bo’lamiz.
Yaqinda bir doktor "œQonunga ko’ra 5 yildan ortiq nogironlikda bo’lgan odam nogironligini doimiylikka o’tkazishga haqli" dedi. Shu to’g’rimi? Nogironlik nafaqasini doimiylikka o’tkazish mumkinmi?
Nafaqa (Pensiya)lar haqidagi qonunlar bilan batafsil tanishtirsangiz.

Javob: O’zbekiston Respublikasi "œFuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi qonuninning 47-moddasi b-bandiga muvofiq, nogironlik pensiyasi agar nogironlik belgilangan kundan boshlab uch oy ichida pensiya so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, TMEK nogironlikni belgilagan kundan e‘tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun tayinlanadi. 60 yoshdan oshgan erkak va 55 yoshdan oshgan ayol nogironlarga — nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanadi. Ana shu nogironlarni qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 175-son "œTibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarishtuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni takomilllashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori bilan tasdiqlangan 3-ilova "œTibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida fuqarolarni tibbiy tekshirishdan o’tkazish va nogironlikni belgilash tartibi to’g’risida"gi nizomning 30-bandiga ko’ra, oranizm organlari va tizimlari nobarqaror, tiklanadigan morfologik o‘zgarganda va funktsiyalari buzilganda davolash samaradorligi va reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish, sog‘liqning holati va ijtimoiy moslashish darajasini kuzatish maqsadida bir yoki ikki yilda bir marta nogironlar qayta tibbiy tekshirishdan o‘tkaziladi.
Nogironlik navbatdagi qayta tibbiy tekshirish tayinlangan oyning birinchi kunigacha belgilanadi.
Qayta tibbiy tekshirishni belgilangan muddatlardan oldin o‘tkazish salomatlik va mehnatga layoqat darajasi o‘zgargan yoki TMEK qarorining asoslanmaganligi hollari aniqlangan taqdirda yoki, agar TMEK qarori qalbaki hujjatlar asosida chiqarilgan hollarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Muddatsiz nogiron deb hisoblangan shaxslar ham ko‘rsatib o‘tilgan muddatlarda qayta tibbiy tekshirishdan o‘tkazilishi mumkin.
Ushbu nizomnign 31-bandi ikkinchi qismiga muvofiq esa, organizm organlari va tizimlari funktsiyalari barqaror, qaytarib bo‘lmas morfologik o‘zgarishlar va buzilishlarga uchraganda, amalga oshirilgan reabilitatsiya chora-tadbirlarining samarasizligi oqibatida kasallikning kechishi va tiklanish, ijtimoiy moslashish mumkin bo‘lmaganda nogironlik belgilangan tartibda tasdiqlangan kasalliklar va anatomik nuqsonlar ro‘yxatiga muvofiq qayta tekshirishdan o‘tkazish muddati ko‘rsatilmasdan belgilanadi.
Chernobil AESidagi avariyani tugatish oqibatlari munosabati bilan nogiron deb e‘tirof etilgan shaxslarga I-II guruhlar nogironligi muddatsiz belgilanadi, III guruh nogironlikda qayta tekshirishdan o‘tkazish muddati 5 yil. Nogironlikning sababi ko‘rsatiladi: "œCHAESdagi avariya tufayli kelib chiqqan".
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=656)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 13 Oktyabr 2010, 18:18:21
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/10/prison.jpg)

QAMOQXONADA NAMOZ O’QISH MUMKINMI?

Ismingiz: Alisherali
Savolingiz: Qamoqxonalarda namoz o’qigan insonni namoz o’qimagin, deb kaltaklayotgan ekan qamoqxona nozirlari. Qamoqxona nozirlarining shunday ish qilishga haqqi bormi? Namoz o’qigani uchun kaltaklangan inson qayerga shikoyat qilsa bo’ladi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi jinoyat-ijroya kodeksining 12-moddasiga ko’ra, mahkumlarning vijdon erkinligi ta’minlanadi. Barcha mahkumlarga vijdon erkinligi kafolatlanadi. Mahkumlarga diniy rasm-rusumlarni ado etishga, ibodat uchun kerakli narsalardan va diniy adabiyotlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Diniy rasm-rusumlarni ado etish ixtiyoriy bo‘lib, bu narsa jazoni ijro etuvchi muassasaning ichki tartib qoidalarini buzmasligi, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitmasligi lozim.
Qamoqxona nozirlarining mahbuslarning namoz o’qishlariga to’sqinlik qilishlari va shu vaj bilan kaltaklashlari noqonuniy harakat hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga ko’ra, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Jinoyat-ijroya kodeksining 9-moddasida mahkumlarning qator asosiy huquqlari sanab o’tilgan bo’lib, ular orasida jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma‘muriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalariga o‘z ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish; o‘z taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish kabi huquqlar belgilangan. Mahkumlarning namoz o’qish orqali o’z vijdon erkinligi huquqlarining qamoqxona nozirlari tomonidan poymol etilishi va mahbuslarning noqonuniy kaltaklanishi yuzasidan mazkur mahbuslar shikoyat bilan jazoni ijro etish muassasasi rahbari nomiga, qolaversa, Bosh prokuror va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili ombudsman institutiga murojaat qilishlari lozim.
Jinoyat-ijroya kodeksining 17-moddasida belgilanishicha, jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta‘sir choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
Kodeksning 40 va 79-moddalariga muvofiq, mahkumlarning yozishmalari senzuradan o’tkaziladi, ammo O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) bilan yozishmalari bundan mustasno. 79-moddaning oxirgi bandiga ko’ra, prokuror nomiga yo‘llangan taklif, ariza va shikoyatlar ko‘zdan kechirilmaydi hamda bir sutkalik muddat ichida tegishliligi bo‘yicha jo‘natiladi.
Bunday hollarda mahbuslar jazoni ijro etish muassasasi rahbarini, Bosh prokurorni va ombudsmanni yuqoridagi noqonuniy harakatlardan ogoh etgan holda, o’z haq-huquqlarini ketma-ket talab qilishlari lozim.
Manba (http://www.adolat.net/?p=661)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 14 Oktyabr 2010, 17:38:55
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/10/marriage-rings.jpg)
UYLANISH UCHUN HARBIY BILET KERAKMI?

Ismingiz: Umar

Savolingiz: FHDYO (ЗАГС) idorasiga nikohni qayd qildirish uchun qanday hujjatlar bilan borish kerak? Bu holatda yigitdan harbiy hujjatlar (voyenniy bilet kabilar) talab qilinadimi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qaroriga 1-ilova hisoblanadigan "œFuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari"ga ko’ra, FHDYO organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslarning nikohini qayd etish to’g’risidagi ariza har ikki nikohlanuvchi tomonidan beriladi. Nikohlanuvchilar ariza shakli bilan FHDYO organlari tomonidan ta’minlanadi. Nikohni qayd etish to’g’risidagi arizani qabul qilishda nikohlanuvchilarga belgilangan tartibda tibbiy ko’rikdan o’tish uchun yo’llanma beriladi. Ushbu yo’llanma orqali bo’lajak kelin va kuyov doimiy ro’yxatdan o’tgan manzilidagi tuman shifoxonasida tibbiy ko’rikdan o’tadi. Ushbu yo’llanma to’ldirilgan holatda ariza berilgan kundan boshlab bir oy ichida, ya’ni nikoh qayd etiladigan kunga qadar ariza berilgan  FHDYO organiga topshirilishi kerak.
Nikohga kirish haqida arizani berishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar: passport, harbiy guvohnoma, ofitser yoki praporshikning shaxsiy guvohnomasi ko’rsatilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolaridan nikohni qayd etish uchun boshqa shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab qilinmaydi, xuddi shuningdek, nikohni qayd etish uchun ariza berayotgan yigitlardan ham harbiy xizmatga aloqadorlik to’g’risida biror bir hujjat talab qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi 2240-son Farmoniga 1-ilova "œO‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi" nizomning 2-bandiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lgan barcha fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportiga ega bo‘lishlari shart. Harbiy xizmatchilar bunday pasportsiz yashaydilar.  Harbiy xizmatchilar uchun harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar harbiy xizmatchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
Bundan ma’lum bo’ladiki, harbiy bilet va shaxsiy guvohnomalar FHDYO organlarida nikohni qayd ettirmoqchi bo’lgan harbiy xizmatchilardangina talab qilinadi, chunki harbiy xizmatchilarning harbiy bilet va shaxsiy guvohnomasidan boshqa shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud emas.
Bundan tashqari, ilgari nikohda bo’lgan shaxs FHDYO organiga avvalgi nikohi bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. Bu — nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki sud qarori, erining yoki xotinining o’limi haqidagi guvohnoma yoxud sudning nikoh haqiqiy emas deb topganligi haqidagi qarori bo’lishi mumkin.
Quyidagi linkda bog'lanish uchun O'zbekiston Respublikasi FHDYO organlarining aloqa ma'lumotlarini topasiz:
O'zbekiston Respublikasi FHDYO organlari
Manba... (http://www.adolat.net/?p=672)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 16 Oktyabr 2010, 19:09:51
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/10/graphics-golden-coins-preview-by-dragonart.png)
KONTRAKT ASOSIDA O'QIYDIGANLAR SOLIQDAN OZODMI?

Ismingiz: Abdulaziz

Savolingiz: O‘g‘lim ikkinchi bosqich talabasi bo‘lib, kontrakt asosida o‘qiydi. Xotinim va men shifokormiz. Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarga asosan, biz kontrakt to‘layotganimiz uchun daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozga egamizmi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining  170-moddasida soliq solinadigan baza haqida norma belgilangan bo’lib,
"œSoliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, ushbu Kodeksning 179 va 180-moddalariga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi", deyilgan.
179-moddada jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari ro’yxati keltirilgan. Uning 31-bandi quyidagicha ifodalanadi:
"œ31) fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining:
O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta‘lim olish uchun (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining o‘qishi uchun) yo‘naltiriladigan summalari."
Demak, amaldagi Soliq kodeksi 179-moddasining 31-bandiga binoan jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarda ta‘lim olishi uchun (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarning o‘qishi uchun) yo‘naltirilgan summalari hisoblangan daromadlariga soliq solinmaydi.
Manba... (http://www.adolat.net/?p=706)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 17 Oktyabr 2010, 17:58:05
ENG KAM ISH HAQIDAN KAM OYLIK HAM BORMI?

Ismingiz: Xurram

Savolingiz: Mol bozorida bir tanishim qorovul bo‘lib ishlaydi. Bilishimcha, kechayu kunduz qorovullik qiladi. Bozor boshlig‘i unga 37 ming so‘m oylik beradi. Eng kam ish haqi 40 ming so‘mdan ko‘p. Agarda unga qonunda belgilanganidan kam oylik berilgan bo‘lsa, qolganini undirib olsa bo‘ladimi, kimga murojaat qilishi kerak?

Javob: Mehnat kodeksining 15-moddasiga ko‘ra, mehnat haqqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biror bir tarzda cheklanmaydi.
2010-yil 1-avgustdan boshlab eng kam ish haqi 45215 so ‘m deb belgilangan. Bu yerda ish haqiga oid qonun talabi buzilgan.
Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 128-moddasiga binoan ishning tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o‘rtasidagi kundalik dam olish vaqti va dam olish vaqti bo‘yicha ham qonun talablari buzilgan. Bu borada yuzaga kelgan muammoni hal qilish uchun tuman/shahar prokuraturasiga murojaat qilish lozim.
Manba (http://www.adolat.net/?p=714)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 18 Oktyabr 2010, 21:14:12
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/10/hospitalist.jpg)
FELDSHERGA SOLIQ IMTIYOZI BORMI?
Ismingiz: G’aybullo

Savolingiz: 40 yildan ortiq muddat feldsher bo‘lib ishladim. Menga yer solig‘idan, mulk solig‘idan imtiyoz beriladimi? Shu haqda qisqacha ma‘lumot bersangiz...

Javob: Soliq kodeksining 290-moddasi birinchi qismining 1-bandiga ko‘ra, yaylov chorvachiligining cho‘ponlari, yilqiboqarlari, mexanizatorlari, veterinariya vrachlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilar yer solig‘idan ozod etilgan.
Shuningdek, ushbu kodeksning 275-moddasida mol-mulkiga soliq solinmaydigan jismoniy shaxslarning kategoriyalari keltirilgan. Unda shifokorlar kategoriyasi keltirilmagan.
Demak, sizga shifokorlik kasbingiz vajidan alohida soliq imtiyozlari yo’q.
Manba (http://www.adolat.net/?p=726)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 20 Oktyabr 2010, 22:25:10
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/10/muslim-praying1.jpg)
JAMOAT JOYLARIDA NAMOZ O’QISH MUMKINMI?

Ismingiz: Umidjon

Savolingiz: Jamoat joylarida, davlat idoralarida, nodavlat tashkilotlar binosida  kundalik 5 vaqt namozni yakka holda yoki jamoat bo’lib o’qishga qonunda qanday qulaylik yoki cheklovlar bor? Bir odam katta yo’l chetida namoz o’qib olibdi. Uni ko’rib qolgan huquq tartibot xodimlari ushlab ketishibdi. Yana bir voqea: madaniyat va istirohat bog’ida bir muzey bor, muzey aslida o’tmishda masjid bo’lgan, bir guruh otaxonlar shom namozi vaqti bo’lganda, o’sha masjid sahnida jamoat bo’lib, namozni ado qilishgan va shu sababli IIB xodimlari tomonidan ushlanib, tazyiqqa uchrashgan, natijada katta miqdorda jarima to’lashgan. Ushbu holatlarning qonuniyligi borasida ma’lumot bersangiz.

Javob: O’zbekiston Respublikasi "œVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida"gi qonunining 3-moddasi 2-bandiga ko’ra, fuqaro o‘zining dinga, dinga e‘tiqod qilishga yoki e‘tiqod etmaslikka, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy ta‘lim olishga o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur qonunning 14-moddasida shunday deyiladi:
"œIbodat, diniy rasm-rusumlar va marosimlar diniy tashkilotlar joylashgan manzildagi ibodatxonalarda va ularga tegishli hududlarda, ziyoratgohlarda, qabristonlarda, zarur hollarda fuqarolarning ixtiyoriga binoan ularning uylarida o‘tkaziladi.
Kasalxonalarda, gospitallarda, keksalar va nogironlar uylarida, dastlabki qamoq va jazoni o‘tash joylarida ibodatlar va diniy rasm-rusumlar shu yerdagi fuqarolarning iltimoslariga binoan o‘tkaziladi.
Diniy marosim va ibodat binolaridan tashqarida o‘tkaziladigan ommaviy ibodatlar, diniy rasm-rusumlar va marosimlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi". 
Bu normada ibodat qilish mumkin bo’lgan joylar sanab o’tilgan, ammo qayerda ibodat qilish mumkin emasligi haqida qoida belgilanmangan.  Qonun matnining "œO’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi", deyilgan bandi ostiga "œBatafsil ma‘lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan "œOmmaviy tadbirlarni o‘tkazish" Qoidalariga qarang", deya izoh berilgan.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=746)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 25 Oktyabr 2010, 18:26:42
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/10/queston5.jpg)
KONTRAKTDA O’QIYDIGANLARGA BERILADIGAN SOLIQ IMTIYOZINING TARTIBI QANDAY?
Ismingiz: Botir

Savolingiz: O’ZMUga hujjat topshirdim. Shartnoma asosida o’qishga kirishga muvaffaq bo’ldim. Bundan tashqari ishlayman. O’qish boshlangani uchun ishimni yarim stavkaga qisqartirmoqchiman. Shartnoma asosida ta’lim olayotganlarga o’zining va ota-onasining maoshlaridan shartnoma to’lovi amalga oshirilganda daromad solig’i borasida imtiyozlar borligi haqida eshitdim. Shu haqda  ma’lumot bersangiz.   

Javob: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 2010-yil 24-mart qarori bilan tasdiqlangan "œO’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo’naltiriladigan mablag’larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyozni qo’llash tartibi to’g’risidagi" nizomga binoan 2010-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarida ta‘lim olishga (o’zining o’qishi yoki yigirma olti yoshga to’lmagan farzandlarining ta‘lim olishi uchun) yo’naltiriladigan summalariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i solinmaydi.
 Ushbu Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyoz jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarida o’zining o’qishi yoki yigirma olti yoshgacha bo’lgan o’z farzandlarining o’qishi uchun yo’naltiriladigan summalariga (keyingi o’rinlarda o’qish uchun to’lov deb yuritiladi) kamaytirish (keyingi o’rinlarda soliq chegirmasi deb yuritiladi) ko’rinishida beriladi.
Jismoniy shaxslarga soliq chegirmasi o’qish uchun to’lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
— o’z mablag’lari;
— jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
— yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag’lari (ssudalar).
 — o’zining o’qishi yoki o’z farzandlarining o’qishi uchun to’langanda soliq chegirmasi jismoniy shaxs — ta‘lim oluvchiga, shuningdek, agar o’qish uchun to’lov ta’lim oluvchi yigirma olti yoshga to’lguniga qadar amalga oshirilgan bÒ‘o’sa, uning ota-onalariga beriladi.

To’lov manbaida soliq chegirmasini taqdim etish tartibi

To’lov manbaida soliq chegirmasi ta’lim uchun to’lov quyidagilar hisobiga amalga oshirilganda taqdim etiladi:
— to’langan summalarni jismoniy shaxsning soliq solinadigan daromadlaridan keyinchalik ushlab qolish sharti bilan berilgan ish beruvchining mablag’lari;
— O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtiga yoki tijorat bankiga olingan ta‘lim kreditini qoplash evaziga ish beruvchi tomonidan o’tkazib beriladigan jismoniy shaxsning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=801)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 28 Oktyabr 2010, 06:58:34
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/10/islom_uz.jpg)

ISLOM.UZ SAYTIDAN FOYDALANISH QONUNIYMI?

Ismingiz: Anonim

Savolingiz: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning www.islom.uz (http://www.islom.uz) sayti va boshqa shunga o’xshash ichida terror, davlat siyosatiga qarshi gaplar bo’lmagan sof diniy materiallardan iborat veb-saytlarga kirish, ulardagi materiallardan ta’lim maqsadida foydalanish va saqlash qonun bilan qanday chegaralangan? Buning uchun huquqiy javobgarlik bormi? Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 184-moddasini batafsil tushuntirib, masalaga oydinlik kiritsangiz, shoyadki huquqimizni bilib olsak.

Javob: O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 184-moddasi "œJamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida saqlash" deb nomlanadi:
"œ184-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida saqlash
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da‘vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash —materiallarni hamda ularni tayyorlash va tarqatishning tegishli vositalarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa —yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma‘muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi".
Ushbu modda mazmun jihatidan ikki qismga bo’linadi:
Birinchisi, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash.
Ikkinchisi, ushbu turdagi materiallarni tarqatish maqsadida saqlash.
Mazkur moddaning mazmunidagi jamoat xavfsizligi deganda insonlar hayotiga va mol-mulkiga xavf solishning oldini olish tushuniladi. Jamoat tartibi esa jamoat joylarida shakllangan ijtimoiy munosabatlar tarmog’idir. Bu tarmoqni shakllantirish orqali insonlar mehnat faoliyati, turmushi va dam olishi, shuningdek, ijtimoy axloq, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish talablariga rioya qilish uchun osoyishta vaziyat va qulay sharoit ta’minlanadi. Demak, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallar deganda jamoat joylarida shakllangan ijtimoiy munosabatlar hamda inson hayoti va mol-mulkiga nisbatan xavf soladigan varaqalar, kitoblar, plakatlar, videokassetalar, disklar kabi materiallar tushuniladi. Bu turdagi materiallarni tarqatish deganda, bu kabi materiallarni ommaviy axborot vositlarida e’lon qilish, osib qo’yish, ko’pchilik oldida e’lon qilish, ya’ni bu kabi materiallarning yozma va og’zaki usulda hech bo’lmaganda bir shaxsga oshkor etilishi tushuniladi. Ushbu turdagi materiallarni hatto bir nusxasini saqlash ham ushbu moddada nazarda tutilgan saqlash hisoblanib, javogarlikka tortilishga asos bo’ladi.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=829)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Ansora 29 Oktyabr 2010, 15:05:18
 :as:

Meni savollarimga javob berguningizcha men O'zbekistonga borib-qaytaman shekilli:)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 05 Noyabr 2010, 19:00:16
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/11/ozb-pasporti.jpg)

XORIJDAGI FUQAROLAR KONSULLIK RO’YXATIDAN O’TISHI SHARTMI?

Ismingiz: Compromise

Savolingiz: Chet eldagi O’zbekiston fuqarosi o’zi turgan joydagi tegishli konsullik idorasidan ro’yxatdan o’tmasa, unga nisbatan biror javobgarlik bormi? Ro’yxatdan o’tish majburiymi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining 1997-yil 15-maydagi "œXorijdagi O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish tartibi to’g’risida" gi yo’riqnomasiga binoan xorijdagi O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini ro’yxatga olish munosabatlarini tartibga solish maqsadida quyidagilar belgilangan:
Xorijdagi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari o’sha davlat joylashgan konsullik okrugidagi O’zbekiston Respublikasi konsulligida ro’yxatdan yoki hisobdan o’tadi.
Xorijda doimiy yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari konsullikdan ro’yxatdan o’tadi va ro’yxatdan o’tishni qayd qilish uchun tegishli davlat boji undiriladi.
Xorijda doimiy yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari konsullik ro’yxatidan o’tishda ularning pasportiga hisobga olinganlik to’g’risida ro’yxatga olgan konsullik nomi va manzili, sana va hisobga oluvchi shaxs imzosi yozilgan belgi qo’yiladi.
Xorijda olti oydan ko’p muddat ish yuzasidan yoki shaxsiy tashrif yuzasidan hozir bo’lgan  O’zbekiston fuqarolari konsullik idorasida ro’yxatga olinadi va ushbu shaxslar pasportiga hech qanday belgi qo’yilmaydi.

 Ushbu yo’riqnomada ta’kidlangan xorijdagi doimiy hamda vaqtincha yashovchi O’zbekiston fuqarolarining konsullik ro’yxatidan o’tmasligi hech bir moddiy, fuqarolik, ma’muriy yoxud jinoiy javobgarlik keltirib chiqarmaydi.
Xorijdagi fuqaroni konsullik ro’yxatidan o’tishi u haqdagi ma’lumotning konsullikda saqlanib turishini ta’minlaydi. Ammo  konsullik idorasi xorijdagi fuqaroga konsullik ro’yxatidan o’tmagani uchun biror konsullik xizmatini ko’rsatishdan  yoxud fuqaroning huquqlarini amalga oshirishdan (pasport olish, almashtirish, tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma olish) bosh tortishga haqli emas.
   Konsullik idorasida ro’yxatda turgan xorijdagi fuqarolar konsullik xizmatlaridan foydalanishda ular haqidagi barcha ma’lumotlar konsullik idorasida saqlanganligi bois murojaatlarining tezroq qondirilishiga erishishi mumkin. Shuningdek, konsullik idorasida ro’yxatda turmagan fuqaroning konsullik xizmatlaridan foydalanishida u haqidagi ma’lumotlarning konsullik idorasida mavjud emasligi bois murojaatlarining kechroq qondirilishiga sabab bo’lishi mumkin. Chunki konsullik idorasida ro’yxatda turmagan fuqaro haqidagi ma’lumotlarni surishtirish, yig’ish vaqt olishi mumkin. Konsullik idorasida ro’yxatda turmagan fuqaro konsullik xizmatlaridan foydalanishni so’rab konsullikka murojaat qilganda bir yo’la ro’yxatga olinadi.
 O’zbekiston Respublikasining xorijdagi doimiy yashovchi yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining ro’yxatga olinishi, avvalambor, fuqarolar manfaatlarini ko'zlagan holda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga hisobot berish uchun, O’zbekiston Respublikasi xorijdagi fuqarolari soni/foizini aniqlash uchun, xorijdagi fuqarolarga konsullik xizmatlarini ko’rsatishda yengillik yaratish uchun amalga oshiriladi. Xorijdagi fuqarolar ro’yxatining yurgizilishi O’zbekiston Respublikasida saylovlar o’tkazilayotganda va boshqa shunga o’xshash muhim statistik ma’lumotlar sarhisob qilinayotganda muhim manba hisoblanadi. Shuning uchun xorijdagi O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining konsullik idorasi ro’yxatidan o’tishi qattiq tavsiya qilinadi.
 
Manba (http://www.adolat.net/?p=918)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 08 Noyabr 2010, 05:26:02
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/11/karta-va-pasport.jpg)

DOIMIY MUDDATGA OVIR OLISH MUMKINMI?

Ismingiz: Kapalak

Savolingiz: OVIR vizamning muddati tugaganiga 3 yildan oshdi. Turkiya fuqarosiga turmushga chiqqanman, hali Turkiya fuqaroligiga o'tmadim. Keyingi yil O'zbekistonga borish niyatimiz bor. Kirishda OVIR so'ramasliklarini bilaman, lekin chiqishda yana bu vizani olgan bo'lishim shartmi? Har safar borganda yangi OVIR olmasdan, uni bir marta doimiy muddatga olish mumkinmi?

Javob: O’zbekiston Respublikasining "œO’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida"gi qonuni 6-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan erkak yoki ayolning chet el fuqarosi bilan yoxud fuqaroligi bo’lmagan shaxs bilan nikohdan o’tishi, shuningdek bunday nikohning bekor qilinishi er yoki xotinining fuqaroligi o’zgarishiga sabab bo’lmaydi. Demak, Turkiya fuqarosiga turmushga chiqqan bo’lsangiz ham (agar o’z xohishingiz bilan O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni so’rab murojaat qilmagan bo’lsangiz)  siz O’zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanasiz. Bundan kelib chiqadiki, sizning O’zbekiston Respublikasidan chel elga chiqishingiz hamda O’zbekistonga qaytib kirishingiz kabi masalalarda O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga qanday qoida qo’llanilsa, sizga nisbatan ham shunday qoidalar tatbiq etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "œO’zbekiston Respublikasi fuqarolarining chel elga borishlari tartibi to’g’risida"gi 1995-yil 6-yanvardagi 8-sonli qaroriga 1-ilovaning II bo’lim, 1-bandiga ko’ra, chet elga bormoqchi bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda anketa-arizani to’ldirgan va O’zbekiston Respublikasi pasportini taqdim etgan holda yashash joylari bo’yicha ichki ishlar organlariga murojaat qiladilar. Ichki ishlar organlari fuqarolarning anketa-arizasini 15 kunlik muddatda ko’rib chiqadilar va uning pasportiga chel elga vaqtinchalik borish uchun ikki yil davomida amal qiladigan ruxsat berish yozuvi stikeri (OVIR) ni yopishtiradilar.
Siz birinchi marta Turkiyaga kelishingiz oldidan yuqorida keltirilgan tartib bilan  ikki yil muddat davomida chel elga chiqish uchun ruxsatnoma (OVIR) olgansiz. Ushbu ikki yillik muddat tugab siz O’zbekiston Respublikasiga qaytganingizdan so’ng yana O’zbekiston Respublikasidan chiqish uchun ruxsatnoma (OVIR) olishingiz kerak bo’ladi. Ammo siz O’zbekiston Respublikasining chel elga doimiy yashash uchun ketayotgan fuqarosi sifatida yuqorida keltirilgan ikki yillik chet elga chiqish uchun ruxsatnoma emas, balki chet elga chiqish uchun muddatsiz ruxsatnoma olish huquqiga egasiz. Buning uchun pasportingizni taqdim etgan holda yashash joyingiz bo’yicha (ya’ni pasportingiz bo’yicha O’zbekiston Respublikasidagi manzilingiz) ichki ishlar organlariga murojaat qilasiz. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida keltirilgan qarori 1-ilovasi, 2-bo’limi, 2-qismiga ko’ra, doimiy yashash uchun chet elga ketayotgan shaxslarga ichki ishlar organlari ularning pasportidagi vizalar uchun nazarda tutilgan betga doimiy yashash uchun chel elga borishga ruxsat berish yozuvi stikerini amal qilish muddatini ko’rsatmasdan yopishtiradilar. Doimiy yashash uchun chet elga ketayotgan shaxslar uchun hujjatlarni ko’rib chiqish muddati 30 sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
Demak, siz O’zbekiston Respublikasiga borib, yana Turkiyaga qaytishingiz uchun albatta OVIR olishingiz kerak, lekin siz ikki yillik muddatdagi OVIR uchun emas, balki doimiy yashash uchun chet elga ketayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida muddatsiz OVIR olish uchun murojaat qilishingiz kerak.
Manba (http://www.adolat.net/?p=940)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Ansora 08 Noyabr 2010, 12:48:49
 :as:

Katta rahmat.
Nom: BUZILAYOTGAN UYLARIMIZGA QANDAY ADOLATLI HAQ OLISHIMIZ MUMKIN?
Yuborildi: Adolat.Net 12 Noyabr 2010, 01:59:39
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/11/Buzilayotgan-uylarimizga2.jpg)

BUZILAYOTGAN UYLARIMIZGA QANDAY ADOLATLI HAQ OLISHIMIZ MUMKIN?

Ismingiz: Abu Abdulloh

Savolingiz: Biz taraflarda mahallalar buzilib, o'rniga davlat tomonidan bozor qurilyapti. Odamlar uy-joylaridan ayrilmoqda. Uy-joylarining o'rniga arzimagan pul yoki kvartira (hovlining o'rniga!) berilmoqda. Bu kvartiralar ham shaharning eng chetki, chegara, odam yashamas joylaridan. Xullas, odamlar shahar hokimiyati tomonidan militsiya yordamida majburan, kuch ishlatib ko'chirilmoqda. Insonlar boshpanasiz qolmoqda, kimga murojaat etishga hayron. Ko'proq pul beringlar, boshqa uy-joy sotib olaylik yoki qurib olaylik deyilsa, uy hujjatlarida bir paytlar qayd etilgan oldi-sotti shartnomasidagi uyning bir necha o'n yillar oldingi narxini shu vaqt davomida oshganligini davlat narxida hisoblashib yoki uy planida ko'rsatilgan uyning nimadan qurilganligiga qarab, ularning qiymatini davlat narxida hisoblashib, uning eskirganligi hisobiga qiymatini yanada pasaytirib, arzimagan choy-chaqa berishmoqda. Lekin bu pulga hovli tugul tovuq katagi ham sotib olib bo'lmaydi. "Davlat bahosida" kabi afsonaviy super arzon narxlarda sotiladigan qurilish materilallari yoki uylar qayerda bor? Susambildami? Shirin qovunlar mamlakatidami? O'zi umuman davlat tomonidan aholining uylari buzilishi mumkinmi? Agar buzilsa, o'rniga xuddi shunday uy olib yoki qurib berishi kerak emasmi? Biz kimga shikoyat qilsak bo'ladi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 27-moddasiga binoan yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda mazkur fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek, ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning xohishiga binoan va taraflar kelishuviga ko‘ra barcha qulayliklari bo‘lgan avvalgisiga teng qiymatli uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan sahndagi boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning qiymati to‘lanadi yoxud buzilayotgan uy, boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning qiymati to‘lanadi. Buzilayotgan uyning (kvartiraning) qiymati berilayotgan turar joyning qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 206-moddasiga muvofiq, mulkdorning mol-mulkka bo’lgan huquqi yuqoridagi shartlarga amal qilingan tarzda bekor qilinishi mumkin:
"œDavlat organining mulkdorning mol-mulkini olib qo‘yishga bevosita qaratilmagan qarori munosabati bilan, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki ekinlar joylashgan er uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga qonunlarda belgilangan hollar va tartibdagina yo‘l qo‘yiladi, bunda mulkdorga olib qo‘yilgan mol-mulkka teng mol-mulk beriladi va uning ko‘rgan boshqa zararlari to‘lanadi yoki mulk huquqi bekor qilinishi bilan yetkazilgan zarar to‘la hajmda to‘lanadi.
Mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan qarorga mulkdor rozi bo‘lmagan taqdirda, bu qaror nizo sud tomonidan hal qilingunicha amalga oshirilishi mumkin emas. Nizoni ko‘rib chiqish vaqtida mulkdorga yetkazilgan zararni to‘lash bilan bog‘liq barcha masalalar ham hal qilinadi".
Uy-joy kodeksining 28-moddasiga ko’ra, yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarning mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilganda, mazkur fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek, ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning xohishiga ko‘ra yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida yer uchastkasi beriladi. Bunda yer uchastkasini o‘zlashtirish davrida ikki yilgacha muddat bilan ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berilib, buzilayotgan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning qiymati to‘liq qoplanadi.
Yer kodeksining 27-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun er uchastkalari berish yoki realizatsiya qilish  to’g’risida norma belgilangan bo’lib, unda shunday deyiladi:
"œShaharlar va posyolkalarda, shuningdek qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining egaligidagi yerlar tarkibiga kirmagan qishloq aholi punktlarida doimiy yashab turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har bir oilaga 0,06 gektargacha er uchastkalari beriladi.
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha doirada er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi belgilangan tartibda kim oshdi savdosi asosida realizatsiya qilinadi".
Buzilayotgan uylar o‘rniga turar joyni mulk qilib berish va uylar, boshqa imoratlar, inshootlar hamda dov-daraxtlar qiymatini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-son qaroriga ilova tarzida qabul qilingan "œDavlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida" nizomda quyidagi qoidalar o’rnatilgan:
"œ4. Tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer uchastkasini olib qo‘yish, yer uchastkasida joylashgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlarni, inshootlarni buzish va dov-daraxtlarni ko‘chirib tashlash to‘g‘risidagi tegishli qarorlari nusxalarini bildirishnomaga ilova qilgan holda, buzish boshlangungacha 6 oydan kechikmay, imzo qo‘ydirib uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar mulkdorlarini qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=989)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 14 Noyabr 2010, 05:52:02
ALIMENT TO’LAMAGANLARGA JAZO BORMI?

Ismingiz: Kapalak

Savolingiz:  To’rt nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to'lamagan odamga qanday jazo bor?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 136-moddasiga ko’ra, aliment olish huquqiga ega bo’lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so’ng qancha muddat o’tganligidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to’g’risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
 Mazkur shaxs, nizo bo’lmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to’g’risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli bo’lib, bu ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida ko’rib chiqiladi. Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.
Mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan "œaliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so’ng" iborasi, voyaga yetmagan farzandlar uchun aliment undirishda, masalan, nikohning bekor bo’lishi munosabati bilan, ushbu nikoh davomida tug’ilgan voyaga yetmagan farzandlar kimning qaramog’ida qolsa, ushbu tomonning ikkinchi tarafdan aliment undirish huquqi vujudga kelishini tushunish lozim.
Aliment undirish to’g’rida sudga murojaat qilinganda, agar nizoli holatlar mavjud bo’lsa, sud ishni ko’rib chiqib, aliment undirish to’g’risida hal qiluv qarori chiqaradi. Agar taraflar o’rtasida nizoli holatlar bo’lmasa, aliment undirish to’g’risidagi ish buyruq tartibida ko’rilib, natijada aliment undirish to’g’risida sud buyruq chiqaradi. Har ikki holatda sud tomonidan chiqarilgan aliment undirish to’g’risidagi qaror sud hujjati bo’lib, uning ijro qilinishi majburiy hisoblanadi. Sud hujjati asosida talab qilinayotgan alimentni to’lashdan bo’yin tovlash jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 130-moddasiga ko’ra, taraflar o’rtasida aliment to’lash to’g’risida kelishuv tuzilishi mumkin. Ushbu kelishuv yozma tarzda tuzilib, notarial tasdiqlanadi va ijro varaqasi kuchiga ega bo’ladi. Ya’ni, aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv bo’yicha aliment to’lash ham majburiy bo’lib, ushbu majbiriyatni bajarishdan bo’yin tovlash ham jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida aliment to’lashdan bo’yin tovlashga nisbatan quyidagicha norma o’rnatilgan:
"œ122-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash
Moddiy yordamga muhtoj bo’lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlahdan bo’yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo’lgan mablag’ni jami bo’lib uch oydan ortiq muddat mobaynida to’lamaslik,-
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
O’sha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo’lsa,-
Ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi".
O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining "œSud hujjatlarini bajarishdan bo’yin tovlash va ularning ijro etilishiga to’sqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida"gi 2009-yil 10-aprel qarorining 17-bandiga ko’ra,  sud hujjatining ijro etilishiga to’sqinlik qilish alohida jinoyat tarkibini tashkil etganligi sababli, voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlayotgan shaxsning sud hujjatini ijro etilishiga to’sqinlik qilishi yuqorida keltirilgan Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan birga Jinoyat kodeksining 232-moddasi bilan qo’shimcha kvalifikatsiya qilinadi. Jinoyat kodeksining 232-moddasida quyidagicha norma belgilangan:
"œ 232-modda. Sud hujjatini ijro etmaslik
Muayyan harakatlarni sodir etish yohud sodir etishdan o’zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo’yin tovlashni ma’muriy jazo qo’llanilgandan keyin davom ettirish, shuningdek, sud hujjatining ijro etilishiga to’sqinlik qilish,-
Eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
O’sha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etigan bo’lsa,-
Eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch oydan olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi".
Demak, aliment to’lashdan bo’yin tovlash, farzandlar sonidan qat’i nazar jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi.  Agar aliment to’lovchi sudning aliment to’lashdan to’la yoki qisman ozod etish to’g’rsidagi qarori mavjud bo’lmagan taqdirda, o’zining moddiy ahvoli yomonligini vaj qilib aliment to’lamayotgan bo’lsa ham yuqorida keltirilgan Jinoyat kodeksi moddalari bo’yicha javobgarlikka tortiladi.
Manba: www.adolat.net
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 18 Noyabr 2010, 23:37:29
ODAM SAVDOSI QURBONIMAN: KIMGA MUROJAAT QILAY?

Ismingiz: AbduAziz

Savolingiz: Men, akam va bir necha kishi Belarusga ishlagani borgan edik. Bir o’zbek yigit chaqirtirgan edi. Fermada ishladik, keyin balsam, bizni aldab chaqirgan ekan. Bizni qiynab ishlatdi, 7-8 oylab ishlab qiynalib yurgan yigitlar, ayollar bor. Bitta men u yerdan qochdim, qolganlarga yordam beraman deb va’da berdim. Hozir hujjatsiz Moskvada yuribman, akam va boshqalar o`sha yerda. Oyliksiz, kaltak yeb ishlashyapti. Qanday yo`l tutay, kimga murojaat qilay? Militsiyaga aytgan edik, u ham sotilgan shekilli, hech narsa qilolmayapti. Ular hozir (Belarus Respublikasi Gomel viloyati Lelchitsa tumani Astrajanka qishlog`ida) fermada.

Javob: O‘zbekiston odam savdosiga qarshi kurashishga oid qator xalqaro hujjatlarni, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida"gi Konvensiyasini, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Konvensiyasini to‘ldiruvchi "Odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini oldini olish hamda unga chek qo‘yish va uning uchun jazolash haqida"gi Protokolni ratifikatsiya qilgan, "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida" Qonun qabul qilingan va xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishga doir unga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.
O’zbekiston Respublikasining "œOdam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida"gi qonunida bu mavzuga oid asosiy tushunchalarga quyidagicha ta’rif beriladi:
"œ3-modda. Asosiy tushunchalar
odam savdosiga qarshi kurashish — odam savdosining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo‘yish, uning oqibatlarini minimallashtirish, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat;
odam savdosi — kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki qullikka o‘xshash odatlarni, erksiz holat yoxud inson a’zolari yoki to‘qimalarini ajratib olishni anglatadi;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs — mustaqil ravishda yoki bir guruh shaxslar tarkibida odam savdosi bilan bog‘liq har qanday harakatni sodir etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek o‘z harakatlari bilan odam savdosiga ko‘maklashadigan, xuddi shuningdek, garchi o‘z mansab vakolatlariga ko‘ra to‘sqinlik qilishi va qarshi kurashishi shart bo‘lsa ham, odam savdosiga to‘sqinlik qilmaydigan yoki qarshi kurashmaydigan mansabdor shaxs".
Qonun odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari vakolatlarini belgilaydi va unga ko'ra Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Tashqi ishlar vazirligi faoliyati odam savdosi bo'yicha ishlarda quyidagi sohalarni qamrab oladi:
"œO‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi odam savdosiga qarshi kurashish sohasida:
odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni ochish bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etadi hamda amalga oshiradi, jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazilishini ta’minlaydi;
odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning statistika hisobini tashkil etadi va amalga oshiradi;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, uyushgan guruhlar va jinoiy uyushmalarning faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar hamda boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, uyushgan guruhlar va jinoiy uyushmalar haqida tegishli davlat hokimiyati hamda boshqaruv organlariga axborot taqdim etadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda aholi o‘rtasida keng miqyosda ogohlantirish-profilaktika ishlarini o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasining ikki tomonlama va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan, ichki ishlar organlari vakolatiga kiradigan tadbirlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati odam savdosiga qarshi kurashish sohasida:
xalqaro terrorchilik tashkilotlari va uyushgan jinoiy guruhlarning odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bilan aloqalarini aniqlaydi;
xalqaro terrorchilik tashkilotlari va uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshiriladigan odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv hamda dastlabki tergov o‘tkazadi;
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va odam savdosidan jabrlanganlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tishga urinishlarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=1072)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 29 Noyabr 2010, 08:18:29
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/11/hujjat1.png)

PREZIDENT FARMONLARI QANDAY HUQUQIY MAQOMGA EGA?

Ismingiz: Compromise

Savolingiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "œYuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band bo’lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish to’g’risida"gi Farmoni mavjud va bu farmonga ko'ra bino inshootlar tagida yerlar xususiylashtirilishi rejalashtirilgan edi. Shu farmonni sakkizinchi bandida "œO‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin", deb yozilgan. Bu farmon tavsiya ko'rinishidagi farmonmi yoki majburiy farmonmi? Farmonda aytilgan masalalarni amalga oshirish uchun davlat tomonidan biror-bir chegaraviy muddat qo'yilganmi? Masalan, shu muddatgacha bu farmon bajarilmasa, farmon o'z kuchini yo'qatadi, degan qoida mavjudmi? Bu farmon bekor qilinishi mumkinmi? Bekor qilinishi uchun O'zberkiston Prezidenti tomonidan qanday qaror yoki farmon chiqarilishi lozim?

Javob: O’zbekiston Respublikasining "œNormativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi qonunining 6-moddasida O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari sanab o’tilgan bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
"œNormativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlari hisoblanadi va ular O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlar  hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonun osti hujjatlari hisoblanadi".
Mazkur qonunning 10-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari haqida qoida o’rnatilgan:
"œO‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi".
Demak, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi hamda qonun osti hujjatlar tarkibiga kiradi.
Ushbu qonunning 28-moddasida normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilish muddati to’g’risida qoida belgilangan bo’lib, unga ko’ra:
"œNormativ-huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqa izoh berilmagan bo‘lsa, muddatsiz amal qiladi.
Normativ-huquqiy hujjat amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda unda hujjat (yoki uning qismi) qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar o‘z kuchini saqlab qolishi ko‘rsatilishi zarur.
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ belgilangan muddat tugaguniga yoki hodisa yuz berguniga qadar hujjatning amal qilinishini yangi muddatga, boshqa hodisa yuz berguniga qadar uzaytirish to‘g‘risida yoki hujjatga muddatsiz tus berish haqida qaror qabul qilishi mumkin".
Bundan tashqari, normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) quyidagi hollarda amal qilishdan to’xtaydi:
"œnormativ-huquqiy hujjat (uning qismi) mo‘ljallangan muddat tugaganda yoki hodisa boshlanganda;
normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) qonunda belgilangan tartibda konstitutsiyaviy emas deb topilganda;
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=1142)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 04 Dekabr 2010, 08:53:36
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/12/talaba-ona.jpg)

TALABA ONAGA BOLA PULI BERILMAYDIMI?

Ismingiz: Zilola

Savolingiz: 2007—2009-yillarda men magistratura bosqichida kontraktda o'qir edim, ishlamaganman. Bolamga 2 yoshgacha bo'lgan bola pulini olish uchun mahallaga murojaat qilganimda menga: siz stipendiya olar ekansiz, sizga pul berilmaydi deyishdi. Kontraktda o'qiyman, mana hujjat desam inobatga olishmadi. Buning ustiga diplom himoya qiladigan oyda hujjat yig'dim, ya'ni o'sha oydan boshlab stipendiya olmas edim. Eringiz va sizning stipendiyangiz oshib ketibdi, 8 ming so'm oshiq chiqayapti deb o'tkazishmadi. Hozir ikkinchi bolam 5 oylik bo'ldi. Aspiranturada o'qiyman. Nima qilsam bo'ladi, qanday hujjatlar yig'ay, xo'jayinimning necha oylik ish haqlarini ko'rsatishim lozim, aspiranturaning stipendiyasi ham daromadga kiradimi? Mening o'g'lim ikki tomonlama maymoq tashxisi bilan tug'ilgan. Nogironlik nafaqasini olmoqchi edim, agar nogironlik nafaqasini olsam bir vaqtning o'zida 2 yoshgacha bo'lgan bola pulini ham olsam bo'ladimi yoki bittasi beriladimi?

Javob: Ishlamayotgan va ikki yoshga yetmagan bola tarbiyasi bilan band bo‘lgan onalarga bola parvarishi davrida nafaqa tayinlash va to‘lash masalalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-martda ro‘yxatga olingan "œIshlamayotgan onalarga ikki yoshga yetmagan bolalarini parvarishlash davrida nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomda tartibga solingan. Nizomga ko‘ra, ikki yoshga yetmagan bola tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgan, ishlamayotgan (mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida yollanib ishlamayotgan) shaxs sifatida nafaqa olish huquqiga quyidagilar ega bo‘ladilar:
a) ishlamayotgan onalar yoki ular o‘rnini bosayotgan shaxslar (odatda bolaning otasi, farzandlikka olgan shaxs, vasiy va boshqalar);
b) to‘lov-kontrakt asosida oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limida ta’lim olayotgan ishlamayotgan onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchilar (bola parvarishi bilan bevosita shug‘ullanayotgan shaxslar);
v) yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tartibda tadbirkorlik qilayotgan, yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligida a’zo sifatida ishlayotgan onalar (ularning o‘rnini bosayotgan shaxslar). Nafaqa tayinlashni so‘rab fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga ariza bilan murojaat qilishi lozimligi ko‘zda tutilgan. Qishloq, shaharcha, ovul, mahalla fuqarolar yig‘inining yoki u vakolat bergan komissiyaning nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi qarori nafaqa tayinlanishi uchun asos bo‘ladi.
Nafaqa onaning mehnat staji bor-yo‘qligi, bolalarining sonidan qat’i nazar, 2003-yil 18-yanvardan boshlab 200 foiz miqdorida tayinlanadi. Nafaqa 12 oy muddatga, ammo bola 2 yoshga yetishi muddatidan ko‘p bo‘lmagan davrga tayinlanadi. Nafaqaga muhtojlik saqlanib qolgan taqdirda avval tayinlangan nafaqa to‘lash muddati tamom bo‘lishiga 1 oy qolganda mahalla qo‘mitasiga takroran ariza beriladi va ariza ko‘rib chiqilib, uni tayinlash haqida yangidan qaror qabul qilinadi.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=1193)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: ibrohim 06 Dekabr 2010, 12:01:38
hurmatli Adolat.Net ma'muriyati , sizlarga bir savolim bor edi...

Nega talaba 4 yil davomida kontrakt asosida o'qib kontrakt pulini to'laydi-yu unga 4-kursning oxirgi oyi - avgust oyida stipendiya berishmaydi? Nega..?

oldindan rahmat....
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 15 Dekabr 2010, 06:55:28
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/12/ishdan-haydalish.jpg)
SABABINI KO’RSATMASDAN ISHDAN BO’SHATISH MUMKINMI?

Ismingiz: Alisher

Savolingiz: Men 2006-yildan boshlab shahar kasalxonasida terapevt shifokor sifatida ishlay boshladim va 2010-yil fevral oyigacha shu yerda mehnat faoliyatimni davom ettirdim. 2010-yili fevral oyida mehnat ta’tiliga chiqib oilam bilan Rossiyaninig Samara shahriga to'yga bordik. Bu yerda men muzga yiqilib tushdim va oyog'imni ikki joyidan sindirib oldim. Shu holatda meni Samaraning shahar kasalxonasiga joylashtirishdi. Kasalxonada ikki oy davolanib uyga qaytdim. Bu yerda "œsiz ishga o’z vaqtida kelmadingiz" degan so’zlar bilan meni ish joyimdan bo’shatib yuborishibdi. Hozirgi kungacha kasalxona rahbaryati meni Mehnat kodeksining qaysi moddalari asosida ishdan bo’shatganliklarini tushintirib berishmayapti. Ular meni Mehnat kodeksining qaysi moddalariga asosan ishdan bo’shatishgan bo’lishi mumkin?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 4-bandiga ko’ra, xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi sababli ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzish quyidagi qoidalar asosida tartibga solinadi:
ichki mehnat tartibi qoidalari;
korxona mulkdori bilan korxona rahbari o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;
ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan intizom haqidagi nizom va ustavlar.
Xodimning o‘z mehnat vazifalarini buzishi qo‘pol tusga egaligi yoki ega emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojo‘ya harakatning og‘ir-yengilligiga hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga qarab hal etiladi. Kasalxona ichki mehnat tartibi qoidalari yoki yuqorida keltirilgan hujjatlarning biriga ko’ra, garchi  mehnatga qobiliyatsiz bo’lgan davringizga to’g’ri kelgan bo’lsada ish beruvchini bu haqia xabardor etmagan holda ikki oy davomida muntazam ishga bormaslik mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo’lgan mehnat vazifasini qo’pol ravishda buzish holati hisoblanishi mumkin.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=1245)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 17 Dekabr 2010, 06:58:48
XORIJDA TURIB PASPORTNI ALMASHTIRISH MUMKINMI?

Ismingiz: O'zbegim

Savolingiz: Chet eldagi fuqorolar elchixona orqali pasport almashtirishi mumkinmi? Ko'p hollarda elchixona o'sha fuqoroni o'zi O'zbekistonga borib almashtirishini aytmoqda, fuqoroning chet eldan turib elchixona orqali pasport almashtirish huquqi bormi?

Javob: "œXorijdagi O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga pasport berish va almashtirish Tartibi" ga ko’ra, xorijda doimiy yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari O’zbekiston Respublikasining ular yashayotgan mamlakatdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalaridan yangi pasport olishlari yoki pasportlarini almashtirishlari mumkin.
Pasport olish uchun xorijda doimiy yashovchi O’zbekiston fuqarolari diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:
belgilangan ariza;
oldin mavjud bo’lgan pasport;
tug’ilganlik haqida guvohnoma (16 yoshga to’lib, ilk bor pasport oluvchilar uchun);
35x45 mm o’lchamidagi oq-qora yoki rangli ikkita fotosurat;
zarur hollarda, O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
O’zbekiston Respublikasida o’rnatilgan qonunchilikka ko’ra, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xorijda doimiy yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga yangi pasport berishlari va pasportlarini almashtirishlari lozim.
Agar diplomatik vakolatxona yoki konsullik muasasasi fuqaroga O’zbekistonga borib yangi pasport olishi yoki pasportini almashtirishini aytayotgan bo’lsa, mazkur diplomatik vakolatxona yoki konsullik muasasasida pasport berish va pasport almashtirish yuzasidan muammolar yoki kamchiliklar mavjud bo’lishi mumkin. Pasport berish yoki pasport almashtirishni rad etish sababini ularning o’zidan so’rash lozim. Ammo, shuni ta’kidlash lozimki, xorijda doimiy yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijdan turib O’zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali yangi pasport olish yoki pasportni almashtirish huquqi mavjud.
Manba (http://www.adolat.net/?p=1252)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 19 Dekabr 2010, 04:02:47
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/12/propiskasizlar-Toshkentdan-uy-olishi-mumkinmi-e1292712981956.jpg)

"œPROPISKA"SI YO’QLAR TOSHKENTDAN UY OLISHI MUMKINMI?

Ismingiz: Farruh

Savolingiz: Biz Toshkentdan uy olmoqchimiz, lekin bizni propiskamiz Toshkentda emas, shunday holda biz nima qilsak bo'ladi? Toshkentda propiska bo'lmagan holda Toshkentdan uyni o’z nomiga olishning yo'li bormi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-dekabrdagi "œToshkent shahrida uy-joy sotib olishni tartibga solishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar tog’risida"gi qarori hamda 1999-yil 27-fevraldagi "œXorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasida uy-joy sotib olinishini hamda doimiy yashash uchun Toshkent shahriga kelishni tartibga solish to’g’risida"gi 92-sonli qarorining 2-bandiga ko’ra, xorijiy fuqarolarni, shu jumladan, MDH qatnashchilari bo’lgan davlatlar fuqarolarini, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni va respublikaning boshqa mintaqalaridan kelayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro’yxatdan o’tkazish Ro’yxatdan o’tkazish masalalari bo’yicha maxsus komissiyaning asoslangan xulolasi asosida amalga oshiriladi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi maxsus komissiya respublikaning boshqa mintaqalaridan keladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish masalalarini ham hal etadi, uy-joy sotib olishni xohlovchi fuqarolarga ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorning bir nusxasini beradi.
O’zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalari aholisi uy-joy sotib olayotgan tomon hisoblangan taqdirda uy-joyni sotib olish, ayirboshlash, hadya qilish yoki garovga qo’yish haqidagi bitimlarni notarial tasdiqlash va keyinchalik ularni "œYergeodezkadastr" davlat qo’mitasi organlarida davlat ro’yxatidan o’tkazish faqat Maxsus komissiyaning Toshkent shahrida ro’yxatdan o’tishga ruxsat berish to’g’risidagi qarori taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Demak, yuqorida keltirilgan qarorning 2-bandi 1-qismiga binoan O’zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida, ya’ni boshqa viloyatlarida doimiy yashovchi fuqaro Toshkent shahrida doimiy ro’yxatdan o’tishi uchun Ro’yxatdan o’tkazish komissiyasining asoslangan qarori mavjud bo’lishi talab qilinadi. Bunday komissiyalar Toshkent shahar hokimligi huzurida tashkil etiladi.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=1273)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Ansora 19 Dekabr 2010, 14:59:43
Yana bir savol, 4 farzandi uchun aliment to'lamagan odamga qanday jazolar bor?
Bolalar hali voyaga yetmagan.

 :as:

Juda dolzarb savollarga javob berganingiz uchun katta rahmat. Meni yuqoridagi savolimga ham vaqt ajratsangiz minnatdor bo'lardim...
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 19 Dekabr 2010, 22:06:34
Kapalak, sizning savolingizga javob berilgan. Shu betning o'zida  7 post yuqoriga chiqsangiz javobni ko'rasiz.
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 21 Dekabr 2010, 04:58:00
(http://www.adolat.net/wp-content/uploads/2010/12/Rossiya-fuqaroligidan-chiqish.jpg)

O’ZBEKISTON FUQAROLIGIDAN VOZ KECHGAN ODAM UNI QAYTA OLISHI MUMKINMI?

Ismingiz: Jasur

Savolingiz: Bir oshnam Rossiya fuqaroligini olgan edi, u yana O’zbekiston fuqaroligini olishi mumkinmi?

Javob: "œO’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida" gi qonunning 18-moddasiga ko’ra, ilgari O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan shaxs o‘z iltimosnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklanishi mumkin.
"œO‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qayta tiklash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qayta tiklash to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish va ularni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish uchun yuqorida ta’kidlangan Nizomda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Arizada O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan mahrum bo‘lish sabablari ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari Komissiyasi materiallarni ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qarorlar qabul qilishi uchun takliflar kiritadi.
Davomi... (http://www.adolat.net/?p=1279)
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Ansora 28 Fevral 2011, 18:33:33
Yangi savol-javoblarni kutamiz...
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: AL_laziz87 01 Mart 2011, 20:03:26
Savol: MCHJ Shaklida tashkil qilingan firmadagi o'z ulishini boshqa bir shaxsga xadya qilayotgan bo'lsa, yoki sotayotgan bo'lsa (notariyal idora orqali) soliq to'laydimi? Agar soliq to'lasa, qanday soliq turlari mavjud. Javob uchun oldindan raxmat!
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Ansora 26 Dekabr 2011, 14:52:29
 :asl3:

Adolat, net, yaxshi mavzu edi, "tekinga mushuk ham oftobga chiqmaydida"  :D
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Laziz3003 26 Mart 2012, 16:49:22
Salom alekum mani savolim; firmamizda ishlagan oldingi bosh hisobchi vaqtida to'lovlarni amalga oshirmaganligi sabali direktorimiz ancha jarima to'ladi endi o'sha vaqtdagi bosh hisobchini sudga bermoqchimiz biz kimganima dib qaysi sudga yoki prokroturaga o'zimiz murojat qilib o'zimiz sudag bera olamiz shu haqda batafsil ma'lumot bersangiz oldindan raxmat
Javoblarizni kutaman
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: sherdor 02 Iyun 2012, 12:29:50
Biz — bir guruh malakali yuristlar hamkorlikda Adolat.Net (http://www.adolat.net/) huquqiy portalini ochishga qaror qildik. Maqsadimiz O'zbekistonda adolat va qonun ustuvorligini ta'minlashga o'z hissamizni qo'shish, huquqiy maslahatga muhtoj insonlarga bepul yuridik xizmat ko'rsatish hamda O'zbekiston Respublikasi qonunlari, huquqiy-normativ hujjatlari jamlanmasini yaratishdan iborat.

Biz qonun ustuvorligini asosiy mezon deb bilamiz. Qonun bor joyda adolat qaror topishiga ishonamiz. O'zbekiston bir guruh amaldorlar qo'lidagi boshboshdoqlik hukm surayotgan jamiyat emas, balki o'z qonunlariga ega mamlakat ekanini ko'rsatishni istaymiz.

Buni amalda ta'minlashda fuqarolarimizning yuridik savodxonligini oshirishni eng muhim vazifa deb bilamiz. Adolat.Net (http://www.adolat.net/) O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini adolat uchun o'z haq-huquqlarini talab qilishga va buning uchun qonuniy yo'l bilan kurashishga da'vat etadi.

Qonun ustuvorligi ta'minlangan kuchli fuqarolik jamiyatini bardo etish uchun huquqiy bilimlarni oshiribgina qolmasdan, amalda ularning ijrosiga erishish, tegishli qonuniy tartibda haq-huquqlarni talab qilib chiqish, bu yo'lda hatto jonfidolik qilish kerak bo'ladi.

Chunki ertangi kun uchun, kelajak avlod uchun qonun ustuvorligi ta'minlangan jamiyatni meros qoldirishni istasak bu biz uchun bugun suv bilan havodek zarur vazifa bo'lishi lozim.

Adolat.Net (http://www.adolat.net/) portali bu yo'lda sizlarni birinchilardan bo'lishga chaqiradi.
Assalomu alaykum! hurmatli adolatchilar, savolim shundan iboratki, hozirgi kunda toshkentda doimiy propiska togrisida yangi qonun amalga kirdi, shu yangi qonunga kora men ham toshkent shahrida doimiy propiskaga ota olamanmi. masalan, toshkent shahrida opamni doimiy propiskasi bor, opam orqali onamni propiskadan otkazamiz, yangi qonunning 2-bandi orqali.kn onam orqali men ham otsam boladimi
Nom: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Adolat.Net 11 Iyun 2012, 23:27:13
ADOLAT.NET TALABALARNI AMALIYOTGA TAKLIF QILADI

Adolat.Net loyihasi haqida

Adolat.Net huquqiy sayti bir guruh malakali yuristlar tomonidan O’zbekistonda kuchli huquqiy demokratik davlat qurilishi jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish maqsadida 2010-yilda tashkil etilgan. O’zbekistonda qonun usuvorligini ta’minlash uchun fuqarolarning yuridik savodxonligini oshirish loyiha oldidagi eng muhim vazifa va maqsad hisoblanadi.

Malakali huquqshunos kadrlarni yetishtirish va ularning bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida Adolat.Net loyihasi huquqshunoslik sohasi bo’yicha tahsil olayotgan yoki yaqinda o’qishni tamomlagan talabalarni 2 oylik amaliyot dasturiga taklif etadi.

Amaliyot haqida

Adolat.Net o’z bilim va tajribasini boshqalar bilan baham ko’rishni istaydi. Shu istakni amalga oshirish maqsadida u huquqshunoslik yo’nalishidagi talaba va bitiruvchilarni Adolat.Net bilan amaliyot o’tashga taklif etadi. Amaliyotdan asosiy maqsad talabalar va bitiruvchilarga o’zlari qiziqqan huquqshinoslik sohasi bo’yicha amaliy tajriba orttirishlariga ko’maklashish va shu yo’l bilan ularni professional hayotga tayyorlash. Amaliyotni muvaffaqiyatli o’tagan talaba yoki bitiruvchiga Adolat.Net loyihasida amaliyot o’tagani to’grisida o’zbek va ingliz tillarida shahodatnoma (certificate) beriladi. Shuningdek, o’z sohasi bo’yicha xorijda o’qishni davom ettirish istagida bo’lgan talabalarga xorijdagi oliy o’quv yurtlarini qanday topish, ularga hujjat tayyorlash, topshirish hamda o’qish uchun grant topish masalalarida amaliy yordam ko’rsatiladi.

Amaliyotdagi faoliyat turlari

-       O’zbekiston qonunchiligiga oid axborot va yangiliklarni to’plash va tahlil qilish;

-       Adolat.Net sayti o’quvchilari yo’llagan huquqiy savollarga javob berish;

-       Huquqiy-tahliliy maqolalar yozish; ularni tahrir qilish;

-       Huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;

-       Huquqiy materiallarni tarjima qilish.

Amaliyotda ishtirok etish uchun talab qilinadigan shartlar

-       Huquqshunoslik yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasining kamida 3 yoki 4-bosqichida yoki magistrlik darajasida o’qiyotgan bo’lishi yoki huquqshunoslik sohasidagi o’qishni so’nggi 1-2 yil ichida bitirgan bo’lishi;

-       O’zbekiston huquqiy tizimi haqida yaxshi bilimga ega bo’lish;

-       O’zbek tilini yaxshi bilish. Rus va/yoki ingliz tilini bilish ustunlik hisoblanadi;

-       Talabalar www.lex.uz qonunlar milliy bazasi sayti yoki Pravo, Norma qonunlar to’plami dasturlaridan foydalanishni bilishi kutiladi, ammo shart emas;

-       Internetga ulangan kompyuterga ega bo’lish;

-       Haftasiga 15-20 soat amaliyot uchun vaqt ajratish;

Qo’shimcha ma’lumot

-       Amaliyot o’tash muddati 2 oy. Talaba va Adolat.Net kelishuviga ko’ra amaliyot muddati uzaytirilishi mumkin;

-       Amaliyot uchun haq to’lanmaydi;

-       Adolat.Net O’zbekistondagi yoki xorijdagi biror siyosiy va boshqa guruh, tashkilot yoki muxolifat harakatlariga aloqador emas.

Amaliyot uchun qabul jarayoni

Adolat.Netda amaliyot o’tash istagida bo’lgan va yuqoridagi shartlarga javob beradigan talaba yoki bitiruvchilar o’z rezyumelarini 1-iyulgacha [email protected] elektron pochta manziliga jo’natishlari kerak. Adolat.Net so’nggi bosqichda nomzodlar bilan suhbat o’tkazishi mumkin. Qabul natijalari haqida faqat tanlab olingan talabalarga xabar beriladi.
Nom: Javob: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: Donii 26 Yanvar 2015, 21:34:29
SaLom man chet elga Isroilga PMJ Pastayaniy mesto jitelystva olip ketmoqciydim eshtirimcha 5 yil ichida uzbekistonga qaytsa bolarkan shu togrimi? Man 5 yil ichidi uyoqda o'qib yoki iwlap kelmoqchidim javob un raxmat Oldidan. Juda Zarur iltimos.javob bersangiz yaxwi bolardi.
Nom: Javob: Re: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: shavkatrh 15 Iyun 2018, 10:11:54
Ассалому алайкум.
Мен 2018 йилда ЖИЭМдан озодликка чиқдим.  Ҳозирда менга 1 йил маъмурий назорат ўрнатилган.  Мен шу кунларда  Украинага доимий яшаш учун кетмоқчиман. Ўша ерда Украина фуқаролигига ўтиш истагим ҳам бор.  Бунга ҳуқуқим, имкониятим  борми? Бунинг учун мен қандай йўл тутишим лозим? Кимга мурожаат этишим лозим?  Жавобни [email protected]  га юборсангиз жуда миннатдор бўлардим. 
 Рахмат.
Nom: Javob: Adolat.Net – bepul huquqiy maslahatlar portali xizmatingizda
Yuborildi: levAllaha 27 Avgust 2018, 16:29:21
Oliygohda 4-bosqichman . Yoshligimdan ismim bilan muammo bor . Ya'ni tug'ulganlik guvohnomamga ,talaffuzda qanday eshitilsa shunday yozilgan. Shuning uchun uni o'zgartirishga qaror qildim va o'zgartirdim. Hozirda FHDYO idorasidan yangi ismim yozilgan tug'ulganlik guvohnomasi oldim va yangi passportga ariza tashladim. Hozirgi kunda menda mavjud bo'lgan shaxsiy hujjatlarim ya'ni : mehnat daftarchasi , haydovchilik guvohnomasi , harbiy guvohoma , kollej diplomi , maktab attestadi va.h.k larni ham almashtirim kerak ekan. Sovolim :
Hali oliygohda 4- bosqich o'qishim boshlanmadi. Ismim o'zgargani tog'risida aynan kimga murojat qilaman ,diplomimga qaysi ismim yoziladi . Harbiy guvohnomani almashtirshim uchun qayerga murojat qilaman . Bunga davlat to'lovi qancha ,kutish muddatimchi? Haydovchilik guvohnomamni almashtirishga qancha muddat va qancha miqdorda davlat boji to'layman ? Hullas kelajakda muammo bo'lmasligi uchun nimalarni o'zgartirishim keragu nimalarni o'zgartirish shart emas? Aynan kimlarga mirojat qilishim kerak? Menga to'g'ri to'liq va aniq jovob berishingizni iltimos qilaman!