forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: Zamiraxon 26 Avgust 2010, 21:04:47

Nom: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 26 Avgust 2010, 21:04:47
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
Ona tilimizda qancha-qancha iboralar bor, birini eshitganmiz, birini yöq. Iboralar tilimizga özgacha bir gözallik baxsh etadi, rang-baranglashtiradi.
Iboraning aynan kitobiy qoidasi esimda yög'u, lekin ma'nosi bir nechta sözlar jamlanmasining bir sözni ifoda etishi iboradir.
Keling, ona tilimizni gözallashtirib turgan iboralarni keltiramiz, yonidan ma'nosini ham yozsak yaxshi bölardi.
Özim boshlab beraman:
Tomdan tarasha tushganday - kutilmaganda, qöqqisdan.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Ansora 26 Avgust 2010, 21:09:25
Tarvuzi qo'ltig'idan tushdi - bir inson bir ishning natijasini yomon ko'rgandagi holat, bo'shashib qolishi, hafsalasi pir bo'lishi (bu ham ibora lekin)
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: UzMuslim 26 Avgust 2010, 21:18:27
Ey Yo'q Be Yoq' -hech narsaga etibor bermey gapini boshlab ketgan odamga qarata aytiladigan Ibora..
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 26 Avgust 2010, 21:27:23
Ey Yo'q Be Yoq' -hech narsaga etibor bermey gapini boshlab ketgan odamga qarata aytiladigan Ibora..
faqat gapini emas :)
köpincha bu ibora menimcha söramasdan, bemaslahat  biron ish qilgan odamga qaratilsa kerak.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 26 Avgust 2010, 21:32:28
To'nini teskari kiymoq - bu ibora har doim yaxshiyu, bugun gaplari boshqalarnikiga ters, bir narsa gapirsang jerkib tashlaydigan odamga qaratiladi. Töldiruvchilar bölsa marhamat.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 26 Avgust 2010, 21:38:19
Kim köp maqol biladi mavzusida bir forumdoshimiz ibora yozib qöygandilar adashib, bu Suv bossa töpig'iga kelmaslik - judayam beg'am, odamlar bilan ishi yöq odamga qaratiladi.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: As-Samarqandiy 26 Avgust 2010, 21:47:48
Bismillohir rohmanir rohiym!

1). Oyog'ini qo'liga olib chopmoq - shoshilmoq, shoshmoq, tez yugurib ketmoq.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Shokir 26 Avgust 2010, 21:50:26
Kim köp maqol biladi mavzusida bir forumdoshimiz ibora yozib qöygandilar adashib, bu Suv bossa töpig'iga kelmaslik - judayam beg'am, odamlar bilan ishi yöq odamga qaratiladi.
Yana boshqacha aytilishiyam bor mana bu.

Dunyoni suv bossa ördakka ne g'am .
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: As-Samarqandiy 26 Avgust 2010, 21:52:09
Bismillohir rohmanir rohiym!

1). Suvga tushgan mushukday - shalvirab
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 26 Avgust 2010, 21:55:38
Kim köp maqol biladi mavzusida bir forumdoshimiz ibora yozib qöygandilar adashib, bu Suv bossa töpig'iga kelmaslik - judayam beg'am, odamlar bilan ishi yöq odamga qaratiladi.
Yana boshqacha aytilishiyam bor mana bu.

Dunyoni suv bossa ördakka ne g'am .
Bu maqol emasmi, Shokir?
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Shokir 26 Avgust 2010, 21:58:29
Kim köp maqol biladi mavzusida bir forumdoshimiz ibora yozib qöygandilar adashib, bu Suv bossa töpig'iga kelmaslik - judayam beg'am, odamlar bilan ishi yöq odamga qaratiladi.
Yana boshqacha aytilishiyam bor mana bu.

Dunyoni suv bossa ördakka ne g'am .
Bu maqol emasmi, Shokir?
Bilmadim  :5
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: UzMuslim 26 Avgust 2010, 22:00:45
Bitta Gap Kamlig Qiladi ikttasi Ortiqcha-Gapirmasa  bo'meydi Lekin Gapirsa Jaxl Qiladigan odamlar uchun..
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 26 Avgust 2010, 22:01:50
Bismillohir rohmanir rohiym!

1). Gapirmaslar olami - qabriston, mozor
Bu tasviriy ifoda, Samarqandiy.
Masalan, oq oltin deb paxtani aytamiz, qora oltin deb neft yoki kömirni.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: UzMuslim 26 Avgust 2010, 22:18:01
Ja Oshirvordinku-Juda ham Bo'rtirib Gapiriladigan Gapga qarata Ishlaatiladi,,
Nom: Re: S?zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 27 Avgust 2010, 00:14:51
''Qosh qo'yaman deb ko'z chiqaribdi''- biror bir maqsad bilan ish boshlagan lekin ishini ohiri umuman boshqacha tugagan odamga qarata aytiladi.
Nom: Re: S?zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 27 Avgust 2010, 00:20:42
'' Suvga oborib, sug'ormay keladi''- va'da berib, aldab-sildab gapiga ishontirib lekin amalda hech nima qilmaydigan odamlarga aytiladi.
Nom: Re: S?zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 27 Avgust 2010, 00:25:57
''Tepa sochi tikka bo'ldi''- jahli chiqqan odamga aytiladi
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AbdulAzim 27 Avgust 2010, 02:58:40
"Boshi osmonga etdi" — juda hursand bo'ldi.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AbdulAzim 27 Avgust 2010, 02:59:21
"Xamirdan qil sug'urgandek" — Bir ishni juda oson bitirganlikni ifodalaydi.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AbdulAzim 27 Avgust 2010, 03:00:04
"Yog' tushsa yalagudek" — biror joyning juda toza holatda ekanligini bildiradi.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AbdulAzim 27 Avgust 2010, 03:03:14
"Og'zida talqoni bordek" — sukutni ifodalash uchun ishlatiladi.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AbdulAzim 27 Avgust 2010, 03:03:49
"Bir yoqadan bosh chiqarib" — Biror ishni hamjihatlikda bajarishni bildiradi.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AbdulAzim 27 Avgust 2010, 03:04:49
"Qo'li — qo'liga tegmay" — biror ishning tezlik bilan amalga oshganini ifodalaydi.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: BelleQizcha 27 Avgust 2010, 03:43:31
Gapirmaa- Ha qo'shilaman degani.

Chap tarafing bilan turdingmi?-jahli chiqib tursa

Qani yoril!- Qani hammasini gapirib berchi

Besh tasha!- gapinga qo'shilaman, yokiy t'ri qilding

Mazzasi og'zimda qoldi!- juda mazzali, yokiy unutilmaydigan narsalaga etiladi

Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: shirin_a 27 Avgust 2010, 03:49:56
Ihm- ihm  kirish mumkunmi digani  ;)
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: BelleQizcha 27 Avgust 2010, 03:51:39
uhum-uhum- sho'ttaman digani
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 27 Avgust 2010, 04:07:29
Tuyaning dumi yerga tekkanda - hech qachon.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 27 Avgust 2010, 04:08:47
Qizil qor yoqqanda - hech qachon.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 27 Avgust 2010, 04:11:56
Forumdoshlar, boshqa tildagi (ingliz, rus va boshqalar) iboralarni bilsanglar yozinglar.
Nom: Re: S?zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 27 Avgust 2010, 04:58:34
''The girl next door''-begona qiz, qo'shni qiz ma'nolarida keladi
Nom: Re: S?zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 27 Avgust 2010, 05:01:26
''Любопс‹тнас Варвара''- qiziquvchan odamlarga aytiladi
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: BelleQizcha 27 Avgust 2010, 06:34:21
''The girl next door''-begona qiz, qo'shni qiz ma'nolarida keladi
hususan guzal va blondlarga aytiladi,.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: BelleQizcha 27 Avgust 2010, 06:52:18
My foot- (oy'g'im)yolg'on gap bo'lsa ishonmayman digani..

yangi iboralar ham chiqyapti ulardan biri
lady gaga - boshqacha va g'alati odamlarga aytililadi,
Fits like a glove(qulpoqday sig'adi)- biron narsa baravar kelsa, aniq razmer.

Leave it- Hech qisi yo'q, qo'yaver.

Trash talk- g'iybat, yokiy odamni orqasidan gapirganda aytiladi,

To be in the same boat-uzbekchada manimcha, kemaga tushgani joni bir bo'lsa kerak.

Wasted- o'zlarini yo'otib qoyganlarni shunaqa diyishadi.

Diva- Hamma taraflama, yutgan odamlarga shunaqa etiladi,

Down to earth- kambag'al sippat, doim mehribon odamlarni shunaqqa chaqirishadi,

On track- hammasi joyda ketoyatganda.
 Chicks-Qizlar digani

Nom: Re: S?zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 27 Avgust 2010, 07:17:33
"Лойди туда! Ае знаю куда. Лриниси то! Ае знаю что"-  Eplovsiz odamlarga  aytiladi.
Nom: Re: S?zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 27 Avgust 2010, 07:21:14
''Аем как рс‹ба''-Sir saqloladigan, kamgap
Nom: Re: S?zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 27 Avgust 2010, 07:51:54
''Even if the sky is falling down''- Osmon uzilib yerga tushsa ham ya'ni hech qachon.                        '' brand new''- новенкий с иголочки ya'ni yangigina.          '' chap, guy''- o'g'il bola
Nom: Re: S?zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 27 Avgust 2010, 07:52:02
''Even if the sky is falling down''- Osmon uzilib yerga tushsa ham ya'ni hech qachon.                        '' brand new''- новенкий с иголочки ya'ni yangigina.          '' chap, guy''- o'g'il bola
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Ansora 27 Avgust 2010, 13:04:51
 :as:

Barchangizga Hayirli Jumalar tilayman. Ruhsat bersangiz, ibora haqidagi ma'lumotlarni bersam. İbora-tilshunoslikda Frazeologiya deyiladi.

FRAZEOLOGIYA

Tilning lug‘at tarkibini tashkil etuvchi birliklardan yana biri iboralardir. Ibora ikki va undan ortiq so‘zlardan tarkib topgan lug‘aviy birlik bo‘lib, xuddi so‘z kabi lug‘aviy ma’noni anglatadi. Masalan, Xamirdan qil sug‘urganday iborasi «osonlik bilan», «qiyinchiliksiz» ma’nosini, ko‘ngil bermoq iborasi «sevmoq» ma’nosini, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan iborasi «yuvosh» ma’nosini bildiradi.
Xuddi so‘z kabi yaxlit bir ma’noni anglatadigan bunday til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi.

Ibora — frazema frazeologik birlik sifatida frazeologiya bo‘limida o‘rganiladi. Ibora tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmasiga o‘xshab ketsa ham nutq birligi sanalgan bunday birliklardan tamoman farq qiladi. U so‘z birikmasi kabi har gal nutqning o‘zidagina yuzaga kelmaydi. Til birligi sifatida nutqqacha tayyor holda mavjud bo‘ladi. Shunga ko‘ra iboralarni tilshunoslikda turg‘un so‘z birikmasi deb ham yuritiladi. Masalan, katta gapirmoq, gapni bir joyga quymoq, tirnoq orasidan kir izlamoq, tomdan tarasha tushganday, aravani quruq olib qochmoq.

So‘z birikmasining tarkibidagi so‘zlar o‘z leksik ma’no mustaqilligini saqlagan bo‘ladi. Iboraning tarkibidagi so‘zlar esa o‘z leksik ma’nosi bilan qatnashmaydi, ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi. Ba’zan ibora so‘z birikmasi bilan shaklan teng kelib qolishi mumkin. Bunday holatda ibora turg‘un birikma sifatida erkin birikma bilan omonimik holatda bo‘ladi.
Quyidagi gaplar tarkibida kelgan turg‘un va erkin birikmalarni qiyoslang: 1.Qiyiq ro‘moli bilan belini mahkam bog‘lab olgan yigit ishga kirishdi. 2.Ish og‘ir. Belni mahkam bog‘lamasangiz, qiyin bo‘ladi (O.Yoqubov). 3.Bola qoqilib yiqildi, u labini tishlab oldi. 4.Xadicha xola gapni qo‘zgashga qo‘zg‘adi-yu, lekin o‘g‘lining avzoyi buzilganini sezib, labini tishladi (H.Nazir).


Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Ansora 27 Avgust 2010, 13:05:32
Iboralar ham so‘zlar kabi ifoda va ma’no butunligiga ega. So‘zning ifodaviy tomonini tovushlar tashkil etsa, iboraning ifoda tomonini esa so‘zlar tashkil etadi. Qiyoslang: Farzand — ko‘zining oqu qorasi, ulug‘lamoq — ko‘kka ko‘tarmoq.
Ibora o‘ziga xos ma’no tomoniga ham ega. Iboradan anglashiladigan ma’no uning tarkibidagi so‘zlardan anglashiladigan ma’nolarning oddiy yig‘indisi bo‘lmay umumlashma, obrazli, ko‘chma ma’no sifatida gavdalanadi.

Masalan, Yo‘qlab kelibsan, boshim osmonga etdi (A.Muxtor). Bu gapdagi boshi osmonga etmoq iborasining «xursand bo‘lmoq» ma’nosi bosh, osmon, etmoq so‘zlari anglatadigan ma’nolarning oddiy yig‘indisi emas, balki xursandchilik tuyg‘usini ifodalashga asoslangan obrazli umumlashma ko‘chma ma’nodir. Bu jihatlar iboraning so‘z bilan yonma — yon turadigan, unga nisbatan murakkab bo‘lgan lug‘aviy birlik ekanligini ko‘rsatadi.

Lug‘aviy birlik bo‘lganligi uchun frazeologizmlar xuddi so‘zlar kabi gapda bir bo‘lak vazifasida keladi. Masalan,

1. Aravani quruq olib qochish evi bilan-da, avval burningni artsang-chi ... (S.Abdulla). 2. Elchibek bu xabardan terisiga sig‘may ketdi (A.Muxtor). 3. Sirkasi suv ko‘tarmas dadasining bunchalik «olijanoblik» qilishi juda g‘ayritabiiy, Azizaning aqliga sig‘mas edi (Shuhrat). 4. Hamma narsani miridan sirigacha qoldirmay gaplashdik (H.Nazir)Yuqorida keltirilgan gaplardagi frazeologizmlar birinchi gapda ega, ikkinchi gapda kesim, uchinchi gapda aniqlovchi, to‘rtinchi gapda hol vazifasida kelgan.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Ansora 27 Avgust 2010, 13:06:29
       
          Iboraning turlari


Frazemalar ikki turga bo‘lib o‘rganiladi: 1) frazeologik butunlik,      2) frazeologik chatishma.

I. Ma’nosi tarkibidagi so‘zlarning ma’nolari asosida izohlanib, umumlashgan ko‘chma ma’no ifodalaydigan frazemalarga frazeologik butunliklar deyiladi. Masalan, 1. Bilib quying. Ish og‘ir. Belni mahkam bog‘lamasangiz, qiyin bo‘ladi (O.Yoqubov). 2. Ayol kishiga qo‘l ko‘tarish erkakning ishi emas (R.Fayziy). 3. Bu maydon yog‘ tushsa yalagudek ozoda ... (A.Muxtor). 4. La’lixonning sha’niga bir gap aytdi, hammaning tepa sochi tikka bo‘ldi (S.Ahmad).

II. Ma’nosi tarkibidagi so‘zlarning leksik ma’nolari bilan bog‘lanmaydigan, ular asosida izohlanmaydigan frazemalarga frazeologik chatishmalar deyiladi.

Masalan, 1. Qishki sessiyani yaxshi yakunladik, lekin bu hali — xamir uchidan patir (P.Qodirov). 2. Odamlar qo‘ltig‘idan tarvuzlari tushib, qishloqqa qaytishdi (M.Ismoiliy). 3. Butun gavdasi qizlik latofati bilan yashnagan chog‘da boyvachcha uni ko‘z tagiga olib qo‘ygan edi (Oybek). 4. Matluba olam-olam shodlik baxsh etgan shu bir parcha qog‘ozni olib, oyog‘i olti qo‘li etti bo‘lib direktor kabinetiga yugurdi (S.Abduqahhor).
Frazeologizmlarning eng asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Ansora 27 Avgust 2010, 13:07:13
1. Frazemaning tarkibida ikki yoki undan ortiq leksema qatnashgan bo‘ladi.

2. Frazema yaxlit bir lug‘aviy ma’noni ifodalaydi.

3. Frazemaning tarkibidagi so‘zlar o‘z leksik ma’nolarini yo‘qotgan bo‘ladi.

4. Frazema turg‘un birikma sifatida erkin birikma bilan faqat omonimik holatda bo‘ladi.

5. Frazemani faqat yaxlitligicha almashtirish mumkin.

6. Frazema gapning tarkibida yaxlitligicha bir sintaktik vazifada keladi.

7. Frazemani boshqa tilga so‘zma-so‘z tarjima qilib bo‘lmaydi, yaxlitligicha tarjima qilinadi.

Manba: "O‘ZBEK TILI PRAKTIKUMI".
M. Asqarova, R. Yunusov, M. Yo‘ldoshev,
D. Muhamedova


Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Ansora 27 Avgust 2010, 13:23:54
Boshi qotmoq- bir ishni qanday bajarishga qaror bera olmaslik.

Boshiga ko'tarmoq -shovqin qilmoq

Ko'z yummoq - ko'rmaslikdan kelmoq
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: UzMuslim 27 Avgust 2010, 19:37:11
Uy zindon-Ko'cha Handon-Oilaviy Suhbatlarda Juda ham Ko'p ishlatiladigan Ibora..
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: UzMuslim 27 Avgust 2010, 19:38:23
Trigidan KO'ra O'ligi Qimmat-Haydovchilar tomonidan Ko'p ishlatiladigan Ibora..
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Dilafruza 27 Avgust 2010, 19:56:26
Kapalagi uchub ketti - cho'chib ketti.
Ishning beliga tepdi - ishni barbod qildi.
Qorasi ko'rindi - uzoqdan ko'rindi.
Qo'li egri - o'g'ri kishiga nisbatan.
tepa sochi tikka bo'ldi - jahli chiqdi.
O'g'zi qulog'iga yetdi - judaham hursand.



Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 27 Avgust 2010, 21:07:27
Arining uyasiga chöp tiqmoq - jaxlini chiqarmoq, jig'iga tegmoq.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: BelleQizcha 28 Avgust 2010, 01:17:48
kuydirgan kalladek-hunuk ravishda tishini korsatib kulmoq bosa kere.
Nom: Re: S?zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 28 Avgust 2010, 08:54:14
Ich etini yeb o'tiribdi- biror narsadan siqillyapgan odamga aytiladi
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Habib 28 Avgust 2010, 10:07:22
-Nima, man sani arpangni hom o'rdimmi? : Men senga nima yomonlik qildim, menda qasding bormi degan ma'noda ishlatiladi ;)
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Habib 28 Avgust 2010, 10:10:01
Boyga balo urarmidi?- Bu ibora biror bir insonga qarata aytilib, uni puli ketsa kamayib qolmaydi, u yo'qotsa yana topadi, uni puli ko'p degan vaziyatlarda ishlatiladi.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AL_laziz87 28 Avgust 2010, 12:52:54
Qishda qor so'rama -Qizg'onchiq xasis insonlarni tariflashda ishlatiladi.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Habib 28 Avgust 2010, 14:10:39
Pihini yorgan- ustasi farang, as, o'sha ishda juda mahoratli va tajribaga ega odamga nisbatan ishlatiladi.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Habib 28 Avgust 2010, 14:12:31
Tishingni oqini ko'rsatma- g'iring dema,tirjayaverma, hiring-hiring qilaverma degan ma'noda ishlatiladi.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Habib 28 Avgust 2010, 14:14:58
Almisoqdan qolgan- juda qadimdan qolgan, anchadan beri, ko'p yillar avval,juda eski narsaga ishlatiladi.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: UzMuslim 28 Avgust 2010, 16:00:23
O'xshatmaguncha Uchratmas-O'xshash Insonlar haqida Gap ketganda Ko'proq Ishlatiladi Bu Ibora.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 29 Avgust 2010, 07:01:40
Qo'y og'zidan cho'p omidi- Birovga yomonlik qilmaydigan odam
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: shirin_a 29 Avgust 2010, 07:07:40
Og`zindagi oshni oldirib qo`ymagin   O`z haqqingni birovga berib qo`yma
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: UzMuslim 29 Avgust 2010, 16:37:14
Og'zi Qiyshiq Busayam Boyyi Bolasi Gapirsin-Ko'p ishlatilatigan Iboralardan biri..
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 29 Avgust 2010, 18:59:23
Kun davomida juda köp iboralarni ishlatar ekanmiz, yaxshilib e'tirob bersak.
Masalan, men kecha dadamga "palon söm pulni tishimning kovagida saqlayapman" dedim. Judayam ehtiyot bölib asrayapman degani menimcha.
Nom: Re: Sözlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: UzMuslim 29 Avgust 2010, 19:07:58
Man Ko'proq Ajoyib Hayolparastga O'xshab Hayol surmagin degan so'zni Ko'p ishlataman O'rtog'larimga Nisnbatan..
Nom: Re: S?zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 16:39:18
''Even if the sky is falling down''- Osmon uzilib yerga tushsa ham ya'ni hech qachon.                        '' brand new''- новенкий с иголочки ya'ni yangigina.          '' chap, guy''- o'g'il bola

Yoqutxon, guy - bu boyning amerikancha varianti, menimcha, bu iboraga kirmaydi.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 16:48:31
Assalomu alaykum

Bir nechta ruscha iboralar:

1. Бежать во все лопатки - juda tez yugurmoq.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 16:49:37
2. Лететь сломс голову - juda tez yugurmoq.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 16:52:26
3. Узнать всю подноготную - butun haqiqatni bilish.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 16:53:42
4. Душа в пстки ушла - qo'rqib ketmoq.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 16:55:08
5. Жить душа в душу - do'stona.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 16:56:44
6. За тридевсть земель - juda uzoq.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 16:57:40
7. В двух шагах - juda yaqin.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 17:25:06
Og'zim ochilib qoldi - juda hayratlandim.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AbdulAzim 30 Avgust 2010, 20:09:59
"To be over the moon" — boshi osmonga etmoq.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AbdulAzim 30 Avgust 2010, 20:11:23
"To break somebody's heart" — birovni hafa qilmoq.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AbdulAzim 30 Avgust 2010, 20:12:04
"To know like the back of hand"  - besh panjadek bilmoq.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 30 Avgust 2010, 22:02:29
''Even if the sky is falling down''- Osmon uzilib yerga tushsa ham ya'ni hech qachon.                        '' brand new''- новенкий с иголочки ya'ni yangigina.          '' chap, guy''- o'g'il bola

Yoqutxon, guy - bu boyning amerikancha varianti, menimcha, bu iboraga kirmaydi.
Hmmmmm. HA to'g'ri. Nimagadur buniyam ibora deb o'ylabman
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 30 Avgust 2010, 22:05:18
Kapalagim uchdi- qo'rqib ketgan odam aytadi
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 30 Avgust 2010, 22:45:38
Глаз как алмаз-ko'zi o'tkir, chamani aniq oladigan
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: UzMuslim 30 Avgust 2010, 23:15:11
Muncha Imillaysan_sekiN Ish qilinganda Ishlatiladigan Ibora/.//
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: munisaxon 30 Avgust 2010, 23:26:22
Og`zindagi oshni oldirib qo`ymagin   O`z haqqingni birovga berib qo`yma
Mana shunga antonim ibora
Yulduzni benarvon uradi
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: munisaxon 30 Avgust 2010, 23:36:38
Oyog`i olti, qo`li yetti bo`lib xizmat qildi.(Juda ham yaxshi sidqildildan degani)
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Ansora 31 Avgust 2010, 16:48:23
Tilimizda inson organlari bilan bog'liq iboralar juda ham ko'p. Jumladan:

Bo'yni yo'g'on -zo'ravon, mushtumzo'r, chapani odam.

Bo'yin bermoq - gapga, so'zga kirmoq.

Bo'yin yor bermadi - o'ziga ep ko'rmadi, bo'ysunmadi.

Bo'yin tovlamoq - ishdan qochmoq.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AL_laziz87 31 Avgust 2010, 17:27:15
Sochi yo'qdan taroq so'rayapsan -Nimagadir muxtoj bo'lib turganimizda shu narsani boshqa bir inson so'raganda, yoki o'zimizda bo'lmagan narsani boshqa inson so'raganda ishlatamiz.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AbdulAzim 31 Avgust 2010, 18:41:05
"Ilon yog'ini yalagan" - shum, makkor insonga nisbatan ishlatiladi.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 02 Sentyabr 2010, 01:10:08
''Oshig'i olcha''- ishlari zo'r ketayotgan odamga aytiladi
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AL_laziz87 02 Sentyabr 2010, 20:08:02
O'zi yemas itga bermas -O'zida bor narsadan foydalanmaydi lekin boshqasi xam foydalanishga imkon bermiydigonlarga nisbatan ishlatamiz
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: siddiqa 03 Sentyabr 2010, 01:01:05
kapalagi uchib ketdi - qo'rqiiib ketdi .
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AL_laziz87 03 Sentyabr 2010, 04:09:42
o'takam yorilay dedi- qo'rqib ketdim.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Zamiraxon 03 Sentyabr 2010, 05:51:16
Son-sanog'i yo'q -judayam ko'p.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: shirin_a 03 Sentyabr 2010, 07:37:47
O` - hoy
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Ansora 03 Sentyabr 2010, 16:01:59
Hang-mang bo'lib qolmoq-hayratga tushmoq.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 03 Sentyabr 2010, 20:30:00
Oyoqni qo'lga olib yugurmoq-shoshib biror joyga juda tez yugurub bormoq.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 07 Sentyabr 2010, 21:48:59
up in the air- hali noma'lum
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 07 Sentyabr 2010, 21:50:50

Go hand in hand-yonma yon yurmoq, birga mavjud bo'lmoq. Bad luck and poverty go hand in hand
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 07 Sentyabr 2010, 21:52:09
lend a hand-yordam bermoq
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: UzMuslim 10 Sentyabr 2010, 22:02:19
O'zini Go'llikga Somagin-Bir IShni Qilib,uni sodir bo'lmaganini bilmagandek Yurgan Odamga Qarata Aytiladigan Ibora..
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: ibrohim 10 Sentyabr 2010, 23:06:14
Scratch my back and i'll scratch yours - yordam bersen manam yordam beraman (sinonim - Sizdan ugina bizdan bugina)
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: ibrohim 10 Sentyabr 2010, 23:06:44
Ketmoni uchdi- ishi yurishibdi...
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: ibrohim 10 Sentyabr 2010, 23:08:07
Uxladi...
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: ibrohim 10 Sentyabr 2010, 23:09:25
Xoji aka yoki qori aka
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: UzMuslim 11 Sentyabr 2010, 16:54:44
Hozi Tel qvoraman-eng Ko'p uchraydigan Iboralardan biri BO'lib qoldi Hozirgi Kunda..
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: lolo 11 Sentyabr 2010, 17:55:14
Jinniromasmisan
Noto'g'ri ma'noda ishlatilsada, lekin deyarli hamma tez-tez ishlatadigan so'z. Buni to'g'ri ma'nosi esa "So'g'misan?" deganidir.
Aslida "mas" qo'shimchasini optashab "Jinniromisan?" desa to'g'ri bo'ladi.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AL_laziz87 11 Sentyabr 2010, 18:13:56
Tuyog'ingni shiqqillat -Tezda bu yerdan jo'nab qol degan ma'noda ishlatiladi.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: UzMuslim 11 Sentyabr 2010, 19:42:21
Muncha Olayasan-Zimdan Nazar Tashlab Qolgan Insonga Yoki Uzoq Termulub Turgan Insonga Qarata Aytiladi
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AL_laziz87 11 Sentyabr 2010, 20:44:22
"Burningni suqma" -xamma narsaga (aqli yetgan va yetmagan) aralashadigan insonlarga nisbatan qo'llaniladi.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: UzMuslim 11 Sentyabr 2010, 20:53:07
ja Boshqachayu-O'zgalardan (yoki Buyumdan)o'zgacha narsalarga Qarata Aytiladi...
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AL_laziz87 12 Sentyabr 2010, 12:17:51
"O'rmonga o'tin terib kelibmiz-ku!" - Bironta joyga olib borgan narsasi o'sha joyning o'zida juda ko'p bo'lganda qo'llaniladi.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 12 Sentyabr 2010, 23:41:09
" Ho'ja Ali - Ali Ho'ja'' - ikkita bir hil narsa nazarda tutilganda ishlatiladigan ibora
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 12 Sentyabr 2010, 23:46:23
"Osh, qatiq"-munosabatlari yaqin insonlar nazarda tutilganda ishlatiladigan iboralarimizdan
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Habib 13 Sentyabr 2010, 11:36:27
Ali akani iti - bekordan bekorga, biror samarasiz biror narsani payida bo'ladigan, foydasi yo'q ish bilan shug'ullanadigan insonga aytiladigan ta'rif.
Misol:

-Ali akani itiga o'hshab yurarverasanmi sandiraklab ko'chalada? Undan ko'ra uyga kelib menga yordam ber!
-San Ali akani itimisan uni orqasidan ergashib yurgani? Qachon biror ishni boshini ushlaysan?
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Hadija 13 Sentyabr 2010, 15:04:54
Bo'yimdek bo'y topdim-u, ko'nglimdek-ko'ngil topmadim.
Manimcha bu ham ibora bo'lsa kerak. Ortiqcha izohlarsiz ham buni tushunish mumkin.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2010, 14:20:50
Bu mavzuda İboralar bilan argon va jargonlar aralashtirib yuborilyabdi!
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 15 Sentyabr 2010, 15:38:33
Ветер в голове-hali yosh, ko'p narsaga aqlli yetmay, ko'p narsalar haqida o'ylamaydiganlarga aytiladigan ibora
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: yoqutxon 15 Sentyabr 2010, 15:47:19
Bu mavzuda ?boralar bilan argon va jargonlar aralashtirib yuborilyabdi!
To'g'ri aytasiz Kapalak opa .Forumchilardan iltimos tanlagan so'zingiz ibora ekanligiga ishonch hosil qilgandan keyin post qilinglar.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AL_laziz87 27 Sentyabr 2010, 18:19:27
Yer yollimadi yerga kirmadim -buni izoxlashni xojati yo'q bo'lsa kerak. Xech qachon uyatda qolmaylik. Ollox xamisha yuzimizni yoruq qilsin.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Ibrohim_jon 28 Sentyabr 2010, 10:10:04
Hayotta hamma narsa bo'ladi  ko'proq muommoga kirib qolsam shunday iborani ishlataman  :)
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Hadija 04 Oktyabr 2010, 11:48:38
Tana boshqa dard bilmas.

Bir inson his qilgan dard alam qayg'u hursandchilikni huddi shunday tarzda boshqa inson his qila olmaydi. Shunday vaqtda ishlatiladi.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Hadija 04 Oktyabr 2010, 11:50:26
Tirnoq ichidan kir qidirma!

Ko'zga ko'rinmaydigan ishni ham ayb sanaydigan insonga nisbatan sihlatiladi.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Hadija 04 Oktyabr 2010, 11:57:42
"San" ham "Siz" ham bir tildan chiqadi.

ko'pincha suhbatdagi behurmatlik vaqtida ishlatiladi.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Hadija 01 Noyabr 2010, 11:18:32
Birgina Ota-ona 10 yoki undan ortiq farzandni boqib katta qilishi mumkin ammo, 10 farzand 1 ota-onani boqa olmaydi
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Habib 01 Noyabr 2010, 14:36:47
Tursa o'poq, o'tirsa so'poq.

Kimnidir ko'rolmaslik bilan har ishidan ayb qidiraverishga nisbatan aytiladi.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Dilafruza 01 Noyabr 2010, 16:52:29
yog' tushsa yalagudek.
Haddan ziyod toza.
 tili kalimaga kelmay qoldi
juda qo'rqib ketdi.

ko'zi kosasidan chiqib ketay dedi
ko'zini katta ochdi.

yelkasidan tog' ag'darildi
masulyatdan qutildi, tashvishi ketti.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: muxlisa 19 Yanvar 2012, 18:41:08
 :asl3:

Butun vujudim quloq - diqqat bilan tinglayapman degani

Yoqamning kirini ko'ratolmayapman - asablarim tarang,  gaping ortiqchalik qilyapti degani

Kallasi yo'q, muyyasi yo'q - noto'g'ri ish qilganda aytiladi, nodon degani

Tili ikki qarich - gap qaytaradigan, o'l desa, dard deydiganlarga aytiladi


Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: AL_laziz87 19 Yanvar 2012, 20:31:07
:asl3:
Tili ikki qarich - gap qaytaradigan, o'l desa, dard deydiganlarga aytiladi

Belleqizcha desez bo'ldi tushunib olishadi ;D
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: muxlisa 20 Yanvar 2012, 12:33:47
:asl3:
Tili ikki qarich - gap qaytaradigan, o'l desa, dard deydiganlarga aytiladi

Belleqizcha desez bo'ldi tushunib olishadi ;D

Yo'ge, unaqa demang. Hozir BelleQizcha kamgap, odobli kelin ro'lini o'ynayaptilar. Hayot sahnasida:)
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: muxlisa 20 Yanvar 2012, 12:59:26
Og'zing qani desa, qulog'ini ko'rsatadi - bilimsiz, uquvsizlarga aytiladi

hamma yoqni boshiga ko'tardi - to'palon qildi degani

Og'zini tanobi qochdi - xursand bo'ldi

qulog'i ding - hushyor turibdi degani

ko'z tashlamoq - qaramoq degani

quloq tutmoq - eshitmoq degani

yana bitta ibora bor: qubbadek o'rnashib olibsan - yaxshilab, qulay otirib olibsan degani:)


Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: azizbek_mx 20 Yanvar 2012, 14:40:09
alifni kaltak deydi - uquvsiz, savodsiz degani.
Tarvuzi qöltig'idan tushdi - böshashib qoldi, tushkunlikka tushdi.
Boshi osmonda - xursand.
Og'zi qulog'ida - xursand.
Köngli joyiga tushdi - xotirjam böldi.
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Yaratganga shukr 20 Yanvar 2012, 14:47:50
Ko'ziz oydin- yani biror kishishi uzoq safardan kelganlaga etiladi?
Nom: Re: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Shoxjahon12 20 Yanvar 2012, 19:52:35
Oq maykamni qidiryapman - Cho'milayotgan odamning gapi.. ;D
Nom: Javob: So'zlashuvdagi iboralarimiz
Yuborildi: Muxsiya 14 Mart 2013, 10:19:02
Яхши булмаса схшилаб гишт билан ишкалансин кидиришга хожат колмайди