forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: Ansora 27 Avgust 2010, 13:57:10

Nom: Allalarimiz
Yuborildi: Ansora 27 Avgust 2010, 13:57:10
 :bs1:
 :as:

Azizlar, ma'naviy qadriyatlarimizdan biri- Allalarimizni bir mavzuda jamlashga nima deysizlar.

Alla-onaning nolasi, umidi, niyyati, duosidir...

Rabbim butun bolalarga Alla eshitib katta bo'lishni, barcha qiz-ayollarimizga ham alla aytishni nasib qilsin inshalloh...

Nom: Re: Allalarimiz
Yuborildi: Ansora 27 Avgust 2010, 14:03:33
Alla

Xalq ohangida

İkki ko'zim aymog'i-yo allla,
Yuragimning qaymog'i-yo alla,
Qosh farishta beshigingni qo'rg'asin,
Xudo bergan chirog'im-o, alla,
Kaklikchaday sayrog'im-o, alla.

Tulki bola uxlar qiyoq bolishda,
Turna uxlar-belanchagi qamishdan,
Oynako'lda baliq mudrar kumushda,
Chin bahmalda minorim-o, alla-yo,
Ro'molimda tumorim-o, alla.

Gul bargiga chirildoqlar belandi,
Rayhonlardan atru-anbar elandi,
Hayotimga qizil gulning payvandi,
Bog'imdagi qizil lolam, alla-yo,
Kissamdagi mayiz bolam, alla.

Shamol tindi, shaqildog'i-yonboshda,
Oy berkindi to'lqinlarga taloshda,
Uyqu bosib mudraydi tog'u, toshda,
Yangi chiqqan oyim bolam, alla-yo,
İpakdan ham mayin bolam, alla.

Til uchimda halvoyitar beroyin,
Kadining bog'i uzilsin-o, ko'royin,
Kelincha bo'lib suzilsin-o, ko'royin,
Xudo bergan chirog'im-o, alla-yo,
Yuragimning qaymog'i-yo, alla.

Oydin Hojiyeva. "Panohim" 1992.
Nom: Re: Allalarimiz
Yuborildi: AbdulAziz 11 Noyabr 2010, 08:13:54
Alla

Alla aytay, jonim bolam,
Quloq solgin, alla.
Shirin allam tinglab asta
Uxlab qolgin, alla.

Yuzlaringga tomga suvga
Hayron bo’lma, alla-yo,
Baxtimga sen katta bo’lgin
Xazon bo’lma, alla.

Istiqboling porloq sening
Jajjiginam, alla-yo,
Baxtimga sen katta bo’lgin
Xazon bo’lma, alla.

Sevganimdan yodgorimsan
Oltin qo’zim, alla-yo,
Men sho’rlikday to’kilmagin
Ko’rar ko’zim alla.

Alla-yo, alla.
Nom: Re: Allalarimiz
Yuborildi: AbdulAziz 11 Noyabr 2010, 08:14:07
Yana bir alla matni:

Alla aytay, jonim bolam, orom olgin, alla,
Qo'zichog'im, tinglab nolam, uxlab qolgin, alla.
Onang so'zin tingla bolam, quloq solgin, alla,
Mayli, olim bo'lma, ammo odam bo'lgin, alla.

Ko'zim nuri, ko'zlarimni nurin olgin, alla,
Baxtimga tez katta bo'lgin, omon bo'lgin alla.
Mehrim senda, kamolingni tinglar qalbim, alla
Buloqdek jo'sh, maysalardek tez ulg'aygin, alla.

Onang ko'zi ko'zlaringga ziyo bo'lsin, alla,
Otang so'zi so'zlaringga dunyo bo'lsin, alla.
Toqatli bo'l, otangdayin mard o'g'lon bo'l, alla
Yurtingni sev, xalqing uchun qalqon bo'lgin, alla.
Nom: Re: Allalarimiz
Yuborildi: Ansora 14 Avgust 2011, 13:10:39
Forumdoshlar, alla namunalaridan kutib qolamiz:)
Nom: Re: Allalarimiz
Yuborildi: BelleQizcha 14 Avgust 2011, 18:43:55
Alabatta.. Bu kaminini Allasi, jiyanimizga to''qigandik....

Uxlab qosin Alla-yoo allla...
Nega bu uxlamapayti Alla-yo allla...
Jonga tegding Behazil Alla-yo alla...
Shuncha ishim turibdi Alla-yo Alla...

Hamza tur (ukamni isimi) Onasini  chaqir.. Alla-yo alla..
Hamza Sanga divoman Alla-yo Alla..
Qani tezroq uxla alla-yo alla...
Nima boldi sanga yo- allla-yo allla..

Uxlab qosin alla-yo alla..
Hammaniyam uxlatsin Alla-yo allla..
Hali shuncha ishim bor Alla-yo Alla..
Shuncha darsim turibdi Alla-yo Alla..
Man sanga nimaman Alla-yo Alla..
Uxlaganga o'xshiydi Alla-yo Alla..
Uxlab qobti-yo Alla-yo Alla..

ketdim..
Nom: Re: Allalarimiz
Yuborildi: akula 15 Avgust 2011, 01:44:52
Belleqizchadan  Super kelinchak chiqadi manimcha !
 
 
Nom: Re: Allalarimiz
Yuborildi: Rabella 16 Avgust 2011, 00:10:58
Alla bolam, orom ol, alla-yo alla.
So`zlarimga quloq sol, alla-yo alla

Abdulloh bo`ldi oting ,
Allohga munosib bo`l ,
Millati Ibrohimsan ,
Bu bizga bandalik yo`l.
Allohimning bergani, alla, bolam, alla-yo
Jannat umid qilganim, alla, bolam, alla-yo

Ummati Muhammadsan,
Ummati toabadsan ,
Ikki dunyo obodsan ,
Alla, bolam, alla-yo
Allohimning bergani, alla, bolam, alla-yo
Jannat umid qilganim, alla, bolam, alla-yo

Lafzingda bo`lsa Kalom ,
Poyingda bo`lgay olam ,
Haqqa munosib bolam ,
Alla, bolam , alla-yo .
Allohimning bergani, alla, bolam, alla-yo
Jannat umid qilganim, alla, bolam, alla-yo

Jannatdagi iforim ,
Oqibatim ham orim ,
Qalbimdagi tumorim ,
Alla , bolam, alla-yo
Allohimning bergani, alla, bolam, alla-yo
Jannat umid qilganim, alla, bolam, alla-yo

Alla bolam, orom ol, alla-yo alla.
So`zlarimga quloq sol, alla-yo alla
Nom: Алла айтишни биласизми?
Yuborildi: _IYMONA_ 17 May 2012, 18:31:51

         Алла...

Алла болам, аллаё, жоним болам, аллаё,
Орзуйимнинг нақдини, ширин болам, аллаё.

Аллоҳ берган ҳосилим, бахтли бслгин ол гулим,
Чаккамдаги сумбулим, нуринг билан оқ йслим.

Алла болам, аллаё, жоним болам, аллаё,
Муаттарлар анбари, ширин болам, аллаё.

Ксзларимнинг нурисан, дилгинамнинг қсрисан,
Мунчоқларим дурисан, алёримнинг жсрисан.

Алла болам, аллаё, жоним болам, аллаё,
Ҳаётимга нақш сзинг, ширин болам, аллаё.

Гул умримнинг мадори, дилдорларнинг дилдори,
булбуллларнинг гуфтори, толеимнинг гулзори.

Алла болам, аллаё, жоним болам, аллаё,
Қалбим аро қуёшим, ширин болам, аллаё.

А оббим оромлар берсин, фаришталар тебратсин,
Бир уйқинг-ла тонг отсин, офтоб келиб уйғотсин.

Алла болам, аллаё, жоним болам, аллаё,
Онажонинг бахтига, омон бслгин, аллаё...
Nom: Re: Алла айтишни биласизми?
Yuborildi: _IYMONA_ 17 May 2012, 18:33:44
 Шу сринда бир фикр туғилади:
 Алла айтганмисиз? Аш ота-оналар, алла айтишни биласизми?
Nom: Re: Allalarimiz
Yuborildi: Guliqiz 22 Iyun 2012, 13:11:20
Alla

Kunduzim desam ham oz,
Yulduzim desam ham oz,
Dunyoda nima go'zal -
Bo'lsa, undan o'zing soz,
Orom ol, qo'zim, alla.

Asalmisan, qandmisan,
G'azal, muhabbatmisan?
Muncha shirinsan o'zing,
Jonimga payvandmisan,
Uxla, yulduzim, alla.

Oyni olib beraymi,
Gullar terib kelaymi,
Atrofingda o'rgilib
Shamol bo'lib yelaymi,
Uxla, gul yuzim alla.

Oyning shu'lasi suvda,
Hamma narsa uyquda.
Mehrim tovlanib ketib,
Kuylagim kelar juda,
Uxla, qunduzim, alla.

Shoira Saida Zunnunova ijodidan.
Nom: Re: Алла айтишни биласизми?
Yuborildi: Guliqiz 22 Iyun 2012, 13:14:53
Шу сринда бир фикр туғилади:
 Алла айтганмисиз? Аш ота-оналар, алла айтишни биласизми?

Men ona emasmanu, lekin jiyanlarimga qarab turganimda aytardim. Oyim aytganlaridan o'rganib.
Nom: Re: Allalarimiz
Yuborildi: Mufazzala 23 Iyun 2012, 18:41:35
Шу сринда бир фикр туғилади:
 Алла айтганмисиз? Аш ота-оналар, алла айтишни биласизми?

 :asl3:

Men alla aytmagunimcha uxlashmasdi bolalarim.
Alla ayta-aytaa, oxiri uxlab qolardi(k), mazza qilib ;)))


Onam kap-katta bo'p qolganimizdayam alla aytib berardi.
Bolamizni yonida onamni allasini eshitib mazza qilib uxlab qolardik.
Nom: Re: Allalarimiz
Yuborildi: Зайнаб 26 Iyun 2012, 23:50:43
Assalomu alaykum.
Hamma allalarni o'qib chiqdim. Hammasi ham chiroyli, o'zicha joyibali. Belle qizchaniki ham :) Biz ham xuddi shunday,  beshikda bola yotgan bo'lsa  tebratib gaplarimizni alla ohangida aytamiz. Jiyanlarimga men ham alla aytib beshik tebratishni yaxshi ko'raman. Alla bilan uxlagan bola tinch va miriqib uxlaydiganga o'xshaydi.
Yana allalardan yozinglar, orom olaylik :)
Nom: Javob: Allalarimiz
Yuborildi: Muxsiya 29 Dekabr 2013, 22:12:29
Shu mavzuga hech kirmagandim mana endi googledan qidirsam o'zingni forumingda turibdiku deb chiqib turibdi. Bir chekkadan o'qib o'tiribman
Nom: Javob: Allalarimiz
Yuborildi: Lu`lu` 12 Yanvar 2015, 02:22:42
Алхамдулиллах,
2014 йил факат Алла айтиш бн утибди. Энди бу янги йил хам янги мехмонга Алла давомли буладиган булди.
Форумга аскотар деб жойлашни ният килгандим, кам курманглар, форумдошлар.


Жон болам, думбоккинам аллае алла
Ухла кузичогим, аллае алла.

Аллохимни гул хадяси, алла (субхханаллоху ва та'ала)
Росулуллох сулоласи, алла (алейххис солату ваттахийя).
Болагинамни боласи, аллае алла,
Калбимни кумуш толаси, алла.
Аллае алла.

Осмонимни ойисан-о алла,
Иймонига бойимсан-о, алла,
Номусимни орисан-о аллае, алла,
Мехрибоним, боримсан-о, алла.
Аллае алла.

Дадасини кузичоги, алла,
Ойисини кузмунчоги, алла.
Бувисини овунчоги, аллае алла,
Тогасини ок тойчоги, алла.
Аллае алла.

Богимни гулу лоласи, алла,
Кандин уригим донаси.
аллае алла
Полапонимни онаси аллае алла
Келажагин кошонаси, алла.
Аллае алла


Ухла болам, юм-юм кузинг, алла,
Жоним болам, ширин сузим, алла.
Кора кузим, нурли юзим, аллае алла,
Пахлавоним сани узинг, алла.
Аллае алла...
Nom: Javob: Allalarimiz
Yuborildi: Muxsiya 14 Yanvar 2015, 16:46:56
Lulu opa bormisiz 2014 yil ancha maroqli o.tibdida. O'rigidan shirin mag'izga alla aytish bilan