Bu shuncha o'limni eslashdagi tasavvur.
I> play...
(mast-alast)
- Hullas oyim tong saharlab:
O: Bolam, paltoni kelasi oyga ola qolgin. Nazira singlingni davolatgani ancha pul ketadi shekli.
- VOOOOY NMALAR DIYAPSIZ AHIR....MODADAN QOGAN degan laqab olaymi?
O: Singlingniham o'ylada, keyin ahvoli og'irlashib ketsa....?
- OG'RLASHIB KETADI? hech narsa bo'lmaydi. NAZIIII ! Buyoqqa kel.
N: Ha akajon, chaqirdizmi.
- Menga qara, sog'ppa -sog'sanku, shundaymi?, ayt oyimga, ayt...ahvolim yahshi degin.
- Ko'zimga faqat olmoqchi bo'lgan narsam ko'rinar edi. Singlim esa...
Agar shu narsalar haqida bir hayolga berilib, insonlarni yaxshi tomonga o'zgartirish mumkin bo'ganda, barcha va'z-nasihatlar shulardan iborat bo'lgan bo'lar edi....
Hayotga real qarang, nima qilasiz qabrdagi insondan intervyu olib...
Hayolga berilmay, hayotdagi bo'layotgan real narsalarni yoritib berin undan ko'ra... o'sha siz aytgan narsa va hodisalarni oldini olish chora - tadbirlarini yozing
بسم الله الرحمن الرحيم
وَإِذَا سَمِعُواْ مَا أُنزِلَ إِلَى الرَّسُولِ تَرَى أَعْيُنَهُمْ تَفِيضُ مِنَ الدَّمْعِ مِمَّا عَرَفُواْ مِنَ الْحَقِّ يَقُولُونَ رَبَّنَا آمَنَّا فَاكْتُبْنَا مَعَ الشَّاهِدِين
Rasul (Muhammad)ga nozil qilingan narsa (Qur'on)ni eshitganlarida, uning haqligini anglayotganlaridan ko'zlari yoshga to'layotganini ko'rasiz. Aytadilar: "Ey, Rabbimiz! Imon keltirdik. Bizni shahodat ahli bilan birga yozgin!
(Moida surasi, 83-oyat)
بسم الله الرحمن الرحيم
وَقَضَى رَبُّكَ أَلاَّ تَعْبُدُواْ إِلاَّ إِيَّاهُ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا إِمَّا يَبْلُغَنَّ عِندَكَ الْكِبَرَ أَحَدُهُمَا أَوْ كِلاَهُمَا فَلاَ تَقُل لَّهُمَآ أُفٍّ وَلاَ تَنْهَرْهُمَا وَقُل لَّهُمَا قَوْلاً كَرِيمًا * وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُل رَّبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا
Rabbingiz, Uning O'zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Ey, inson, agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga "uf" demagin va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so'z ayt!
Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik aanotini past tut va (duoda): "Ey, Rabbim! Meni (ular) go'daklik chog'imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin", - deb ayt!
(Al-Isro surasi, 23-24-oyatlar)
بسم الله الرحمن الرحيم
إِنَّا أَنذَرْنَاكُمْ عَذَابًا قَرِيبًا يَوْمَ يَنظُرُ الْمَرْءُ مَا قَدَّمَتْ يَدَاهُ وَيَقُولُ الْكَافِرُ يَا لَيْتَنِي كُنتُ تُرَابًا
(Ey, Makka kofirlari,) darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin(da voqe bo'ladigan) azobdan ogohlantirdik. U Kunda (har bir) kishi o'zi qilib o'tgan narsani (ya'ni barcha yaxshi-yomon amallarini) ko'rar va kofir kimsa: "Eh, koshki edi tuproq bo'lsam", - der.
to Javik_0770_litto ko'plab masjidlarda bo'lgansiz, amru- ma'ruflar eshitgansiz. biror marta bo'lsa ham imom domla "qabrdan intervyu" deb yoki "bir hayolga berilaylik, mana shunaqa, mana shunaqa ..." dib amru-ma'ruf qilganlarini eshitganmisiz...?
Balkim, "birodarlar bu dunyoda yaxshi amal qilaylik, u dunyoda yomon amallarimizga javob beramiz,... ,...." va hkz la deb va'z-nasihat qiladilar, to'g'rimi.
Endi, kim nima haqida o'ylaydi u narsa o'ziga...
Abu Muslim bu o`zizni fikrlarizmi yoki birorta yerdagi maqolami?
Juda tasirli va real mavzu ekan, hamma maqtaganini o'qirdim-u lekin hech o'qib ko'rmagan ekanman.. oldinroq o'qisam yaxshi bo'lardi afsuus..
Abu Muso Aka sizga kotta rahmat, bu zamonga yaniy bizadaka go'r, sodda yoshlaga yarashaydigan mavzulardan biri ekan... hali beri forumga kirib unaqa tasirli narsa o'qimagandim.. Sizga Kotta rahmat, umrizdan baraka toping..
P.S: BU mavzuga qarshi userlar, yaniy bu mavzuni yurib ketishga qarshi userlar iltimos, bu mavzuga kirmey qo'yila... Sila o'qishi hohlamsela oqiydiganla bor. Rahmat
Siz ham o`sha domlalarning ma'ruzalarin eshitganmisiz? umuman eshitishni hoxlaysizmi? menimcha yo`q. Bilmadim, balki bu maqoladagi ayrim holatlar sizga tanish va shu sabab qalbizda qo`rquv yonib, AbuMuslimni to`xtatishga h-t qilayotgandirsiz. Unutmang, hammamiz adashamiz, mening nazarimda siz hattoki shu tanqidiz uchun ham tavba qilishiz kerak! Boshdan o`tganni ko`z ko`rar deydilar. Boshiz devorga urilganda kech bo`lishini anglatib, sizni ogohlikka da'vat qilinmoqda. Bu so`zlarni aytishimga, boshim devorga urilib ko`zim ochilgani majbur qildi. faqat bu mavzuda emas. Sizga ham ezgulik tilab qolaman, va... AbuMuslimdan uzr so`raysiz degan umiddaman. Ranjigan bo`lsangizda uzr so`rayman, lekin haqiqat shunaqa, achchiq bo`ladi.... ;)
Menga yoqmagani, intervyu qahramoni bo'lmish ko'cha bolasi yonini ogandek bo'ldiniz. Axir bunday nokaslar yurtimizda ham kammi?
Yaqinda TVda bir jinoyat izidan ko'rsatuvida ko'rib roldim: Samarqandlik uch aka-uka bir bokira, go'zal, endi balog'at yoshiga yetgan qizning uyiga pul uchun bostirib, qizniyam, uning 10 yoshli ukasiniyam (eslasam haliyam achinib ketaman) so'yib ketishibdi.
Hayronman nega ochilmadi ekan, menda ochilayapti. U yerda qabr azobini keltiruvchi sabablar haqida malumotlar bor edi.
Siz ham o`sha domlalarning ma'ruzalarin eshitganmisiz? umuman eshitishni hoxlaysizmi? menimcha yo`q. Bilmadim, balki bu maqoladagi ayrim holatlar sizga tanish va shu sabab qalbizda qo`rquv yonib, AbuMuslimni to`xtatishga h-t qilayotgandirsiz. Unutmang, hammamiz adashamiz, mening nazarimda siz hattoki shu tanqidiz uchun ham tavba qilishiz kerak! Boshdan o`tganni ko`z ko`rar deydilar. Boshiz devorga urilganda kech bo`lishini anglatib, sizni ogohlikka da'vat qilinmoqda. Bu so`zlarni aytishimga, boshim devorga urilib ko`zim ochilgani majbur qildi. faqat bu mavzuda emas. Sizga ham ezgulik tilab qolaman, va... AbuMuslimdan uzr so`raysiz degan umiddaman. Ranjigan bo`lsangizda uzr so`rayman, lekin haqiqat shunaqa, achchiq bo`ladi.... ;)
Asosiy manba Quro'ni Karim va Hadislarda qabr haqidagi savol-javoblar haqida aytilgan. Tafsirchilarimiz tafsir qilib tushuntirib berishgan. Shular turganda nima keragi bor ortiqcha narsalarni...
Tashqaridan qaragan ilmli inson kulishi mumkin, "qanday qilib jurnalist qabran intervyu olishi mumkin" deb..
Xop mayli, shunchaki bir hayolga berilish bo'sa qachongacha shunaqa hayollarga berilib yuramiz.. Mundoq hayotga real qaraylik. Qanchadan qancha o'zgarishlar bo'lyapti, bu o'zgarishlar jarayonida, manfaatlar to'qnashuvi jarayonida turli razilliklar, qirg'inbarodlilklar va hokazolar bo'lmoqa.. Shunaqa xayollarga berilib yuraversak, bizni ustimizdan bosib hukmron bo'lib olishadiku ayrimlar...
Sizlarga aytsam, bizni birinchi kamchiligimiz, shunaqa ko'p hayollarga berilib yurishimizdir. Chet-el davlatlari nega bizdan oldinga o'tib ketgan, sababi ular amalda ko'p bajaradilar.. To'g'ri ular bizda man qilingan narsalarda ham oldinga chiqib ketganlar(buni inkor qilmayman) Lekin, ular yaratgan telefonni ishlatamiz, mashinasida yuramiz va hokazo...
Bizlar ham shu narsalarniu yaratsak bo'ladiku.. Ulardayam bor kalla bizdayam bor, ularda ham 2 ta qo'l bizda ham ikkita qo'l. Nimamiz kam ulardan!? Bizda faqat shu: bironta odam direktor yoki boshlig' bo'pqosa darrov tagiga suv quyib, ig'vo bo'xtonlar ishlatib yo'qotamiz .. Bizga shu kerak "yog'li" joylarda faqat tanish bilishimiz, yoki qarindosh urug'larimiz bo'lishi kerak xolos, begona kerak emas...
O'zimizcha turli balo ofatlardan aziyat chekkanlarga, nogiron insonlarga hamdardliklar bildiramiz-u, amalda esa survoramiz... "Bizni ota-bobolarimiz dunyoda taraqiyotni boshlabergan" deymiz, ko'ksimizga urib maqtanamiz... Lekin , shu ota-bobolarimizni asarlarini, kitoblarini, qoldirgan yodgorliklarini o'rganib chiqqan zo'r kadrlarimiz kam, yo'q disa ham bo'ladi(dindagi bobolarimiz haqida aytayotganim yo'q albatta)..
Masalan: mana yaqinda Ibn Sino bobomizni tavallud ayyomlariga nishonlab forum o'tkazildi. Qanchadan qancha davlatlardan turli olimlar kelishdi, bobomizni kitoblarini ko'rib, o'qib, olib ketishdi.Ular nima qiladi deng: tib ilmidagi barcha bobomiz qoldirga dori-darmonlarni o'zlari ishlab chiqarib, qaytarib bizga sotishadi. Biz esa o'sha dorilarni palon pulga sotib olamiz..
O'zimiz o'sha dorilani ishlab chiqaradigan texnolgoyalarni yaratsak bo'ladiku... Bunga imkoniyatlar ham ko'pku.
Qisqasini aytadigan bo'lsam, hozirgi globallashuv jarayonida bizni vatanimizga bo'layotgan turli sohalardagi, turli ta'sirlar domida aldanib qolmaylik , ba'zi dinni niqob qilib gapiradiganlarning gaplariga ko'r-ko'rona ergashib ketavermaylik(bu borada Abu Muslim. ni nazara tutganim yo'q), doimo hushyor bo'laylik dimoqchi edim. Turli hayollarga berilib, bu to'qnashuvlardao'zimizni yo'qotib yoki birovlarga qul bo'lib qolmaylik dimoqchi edim aziz do'stlar...
p.s. bu mavzuni to'xtashiga man qarshiyam emasman, qarshilik ham ko'rsatmayman...