forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Abu Muso 15 Sentyabr 2010, 16:39:57

Nom: Shifo uch narsadadir
Yuborildi: Abu Muso 15 Sentyabr 2010, 16:39:57
 :as:

«Шифо уч нарсададир: қон олиш асбоби солишда, асал ичишда ва қиздирилган нарса босишда.
Ва умматимни қиздирилган нарса босишдан наҳий қилурман», дедилар».
Бухорий ривост қилган.


(http://s55.radikal.ru/i147/1009/f2/c8c9192fa109.jpg) (http://www.radikal.ru)

Biz keyingi ummatlar shifoni boshqa narsadan izlab, suratdagi odam kabi bo'lib qolmadikmikan?



Aziz forumdoshlar siz nima fikr bildirasiz?
Nom: Re: Shifo uch narsadadir
Yuborildi: yoqutxon 16 Sentyabr 2010, 04:55:42
Assalom aleykum.  O'zim farmasevtika sohasida ishlayman Shundan kelib chiqib javob beraman. Juda to'g'ri aytasiz Abu Muso aka oldingiga qaraganda hozir odamlarimiz ko'proq dori vositalariga murojaat qilishayapti. Buning sabablari ko'p. Birinchidan ekologiya, atrof muhitning ifloslanishi va hozirda ko'pchilikda kuzatilayotgan stress holati keltirib chiqarayotgan kassaliklar bo'lsa, ikkinchidan dori vositalarining turlari nihoyatta ko'payib ketganligidir. Ko'p bo'lsa ham sifatti har hil. Odamlar ham foydasi bo'ladimi yo'qmi deb turli tuman dorilardan ichib ko'raverishadi. Yana bir sabab doktorga borishga yetarlicha vaqt ajrata olmaganligidanmi yo boshqa sababdanmi kim nimani tavsiya qilsa so'rab surishtirmasdan o'shani ichib ketadiganlar ham ko'p. Nima bo'lganda ham dori ichishga o'ta jiddiy e'tibor berishimiz kerak. Hamma narsa me'yorida bo'lgani yahshi. Avallo Olloh shifo bersin.   
Nom: Re: Shifo uch narsadadir
Yuborildi: yoqutxon 20 Sentyabr 2010, 05:49:27
Pipetkadagi "tushlik"
Isroil universiteti olimlari yaqinda ozishni hohlovchi lekin o'z apetiti bilan kurasha olmaydigan insonlar uchun  BL-3020 nomli yangi dori ishlab chiqdilar. Preparat Hazm qilish organlariga tushganidan so'ng yahshi hazm bo'ladi va qonga o'tib, miyagacha yetib  boradi.Miyaga yetib borgach odamdagi to'qlik hissiga javob beruvchi gormon chiqarish faolligini oshiradi. Dorini qabul qilgan inson to'qlik hissini uyg'otib, ishtahani bo'g'adi.
Amerikanign Solka( Kaliforniya shtati) unversiteti olimlari esa  bundanda g'aroyib dorini ommaga havola qilishmoqchi. Yani sport o'rniga tabletkalar!lekin bu preparat hozircha tajriba sichqonlarida yahshi natija ko'rsatdi. Odamlarda esa hali sinab ko'rishmadi. Bu tabletkalar ko'p harakat qilmasdan, sport bilan shug'ullanmaydigan insonlar uchun, yahshi formada bo'lib o'zlarini huddi sportchilardek his qilishga yordam berar ekan.

Bu malumotlarni shu mavzuda keltirganimning boisi.Menimcha Olimlarning  bunchalar " jon kuyarlik" bilan turli tuman kerak, kerakmas dori darmonlar o'ylab topishlari ham odamlarning  dorilarga ko'proq murojat qilishlariga sabab bo'lib qolmoqda.


Nom: Re: Shifo uch narsadadir
Yuborildi: _IYMONA_ 25 Sentyabr 2010, 11:59:31
 :as: Ман уколдан куркаман. Шу пайтгача уколга ишим тушмаган сди, шамоллаганимда укол олдирдим. Венадан укол килдиришим АЗОБ! Духтир кора терга ботиб кетади. Ойим хам койийдилар. Лекин танамга шу нина кирмасада... Аммо хаетда киз бола укол килишни билиши керак скан, ойим хохласптилар, хамширалик ойлик курс/ида укимокчиман. Томирларни, конни курсам.... Укийверсаммикана? Уддалай олармиканман?...
Nom: Re: Shifo uch narsadadir
Yuborildi: yoqutxon 25 Sentyabr 2010, 13:50:44
:as: Ман уколдан куркаман. Шу пайтгача уколга ишим тушмаган сди, шамоллаганимда укол олдирдим. Венадан укол килдиришим АЗОБ! Духтир кора терга ботиб кетади. Ойим хам койийдилар. Лекин танамга шу нина кирмасада... Аммо хаетда киз бола укол килишни билиши керак скан, ойим хохласптилар, хамширалик ойлик курс/ида укимокчиман. Томирларни, конни курсам.... Укийверсаммикана? Уддалай олармиканман?...
Assalam aleykum. Agar qondan yoki ukoldan qo'rqsangiz sizga hamshiralik kasbini egallamasligizi maslahat beraman. Chunki ukol qilish jarayonida sizni hayajon bosib bemorga hudo ko'rsatmasin zarar yetkazib qo'yishingiz mumkin. Psixologlar ham biror bir kasb kor tanlashdan oldin o'z qiziqish va imkoniyatlaringizga e'tibor berishni maslahat beradilar. Lekin hamshiralik judayam yaxshi kasb.
Nom: Re: Shifo uch narsadadir
Yuborildi: _IYMONA_ 25 Sentyabr 2010, 13:59:36
Тугри гапизда жон бор. Лекин шуни хохласпман. Хаетда турли вазист/га дуч келамиз. Малакали устоз кумагида ургансам агар. Мани узимни касбим бор укол килиш ва 1чи тиббий ердам беришни хар бир аел билиши керак. Кийналсам хам харакат килиб курмокчиман. Аллохдан дуо килиб сураспман.