forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar => Mavzu boshlandi: Shoxruh Mirzo 28 Sentyabr 2010, 16:43:19

Nom: Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 28 Sentyabr 2010, 16:43:19
                                                                                    
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
                                                                                   Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.

                                                                                                                              Alisher Navoiy
Bismillohir rohmanir rohiym!

Mana, necha yillardan buyon 1-oktyabr "O'qituvchilar va murabbiylar kuni" bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Sanoqli kunlardan keyin bu kun yana bizning mehmonimizga aylanar ekan, shu fursatdan foydalanib, forum orqali barcha ustoz va murabbiylarni chin qalbdan muborakbod etmoqchiman.

Albatta forumdoshlar orasida ham, o'qituvchi va murabbiylar bor albatta ularni ham tabriklashni joiz deb bildim.

  Hurmatli ustoz va murabbiylar, bayramingiz muborak bo'lsin!

ALLOHim barchangizga sog'lik-salomatlik, kuch quvvat ato etsin! Ilm o'rgatishda chekayotgan zahmatlaringizga sabr-qanoat ato etsin! Qilayotgan hayrli amallaringizda bardavom qilsin!

O'tgan ustozlarimizni ALLOHim rahmatiga olsin! Qolganlarini panohida asrasin!


Sizdan boshlanadi asli tafakkur,
Munis muallimlar, sizga tashakkur!




Nom: Re: Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
Yuborildi: Mirоlim 29 Sentyabr 2010, 10:31:58
:bsm:

 :as:

Ustoz va murabbiylarimizni kelayotgan bayrami bilan tabrikleman.

Allohim doimo bizga bilim berishgan ustozlarimizni hammasini o'z panohida asrasin.

Holme- tolme doimo bizga va kelajakda bizning farzandlarimizga o'z bilimlarini

beraversin.

Ustozlar.

Doim nur yog'ilib turar,

Yuzingizdan ustrozlar.

Bilim chashma kabi oqar,

So'zningizdan ustozlar.

Maqtov bersam sizga gar,

So'zlar yetmas ustozlar.

O'quvchiz sizni tabriklar,

Aziz va mo'tabar ustozlar.
Nom: Re: Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
Yuborildi: Hadija 29 Sentyabr 2010, 14:50:04
Устод,муаллимсиз колганда замон,
Аодонликдан кора буларди жахон.
А.Жомий

Aziz, munis va mo'tabar ustozlar! Sizlarni kirib kelayotgan 1-oktyabr "Ustoz va murabbiyar kuni" bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Ushbu zahmatli va ulug' kasbingizdan baraka topib, xalq duosida bo'lib yurishlaringiz tilakdoshiman.
Qaysi fan yoki qanday ustoz bo'lishingizdan qat'iy nazar sizlarni hamisha hurmat va e'tiborda e'zozlaymiz!

Aslida-ku, bu dunyoda barcha insonlar ham ustoz ham shogirddirlar...
Nom: Re: Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
Yuborildi: Shukrona 30 Sentyabr 2010, 08:19:23
Assalomu alaykum.Ota - onalarimizdan keyingi aziz va mo'tabar bo'lgan ustozlarimizni kasb bayramlari bilan chin yurakdan tabriklaymiz.Hayyotdan o'tganlarini ruhlari shod bo'lishsin :amn:,hayotlarini umrlari uzoq bo'lib, shogirtlarini ardog'ida yurishsin.Barchalariga Allohdan ikki dunyo saodatini so'rab qolamiz.Shuni ham aytish joizki,shu forumni tashkil qilgan insonlar va uning a'zolari ham bizga ustoz xisoblanishadi.Chunki ulardan ko'p ilmlarni oldik va olmoqdamiz.Ularni ham bayram b-n tabriklab,Alloh roziligini so'rab qolamiz.
Nom: Re: Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
Yuborildi: Ziyovuddin 30 Sentyabr 2010, 10:19:44
Ustozlarimizni kasb bayramlari bilan tabriklaymiz, ularga qancha ta`zim qilsak oz. Ilmli bo'lib shu darajaga yetishishimizda ularning mehnatlari yuksak.

Haq yo'lida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila,
Aylamak bo'lmas ado, oning haqin ming ganj ila.

                                                    Alisher Navoiy
Nom: Re: Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
Yuborildi: Habib 30 Sentyabr 2010, 12:31:13
Bog'cha bolalaridan tortib  universitet talabalarigacha ilm va hayot saboqlarini berayotgan aziz murabbiylarimiz, kasb bayramingiz muborak bo'lsin! Forumdosh-pedagoglar! Sizlarni ham kasb bayramingiz bilan dildan qutlashga ijozat berasizlar.
Ilm gulshani ichra ZIYO tarqatayotgan barcha umri azizlar, ayyomingiz muborak! Mehnat faoliyatingizga yanada yuksaklik, baraka, mazmun tilayman.  Sizlar bo'lmasangiz biz harf tanimasdik!
Doimo omon bo'linglar!
Nom: Re: Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
Yuborildi: JaviK 30 Sentyabr 2010, 12:48:34
Jajji qo`llarimizdan tutib ilk harflarni yozdirgan Birinchi ustozim, O`qishni yozishni o`rgatgan, Fanlarni o`rgatgan uztozlarim barchanggizga bayramingiz muborak bo`lsin!!!

Agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng
sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir.
 

Islom Karimov  


Ustozlar - aziz yurtning eng aziz, eng ulug` va mo`tabar kishilaridir.    

Islom Karimov   
Nom: Re: Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
Yuborildi: UzMuslim 30 Sentyabr 2010, 19:54:47
Aziz Ustozlar Bayramingiz Muborkk BO'lsin,Bog'chadan Maktabga Tayyorlab, Maktabda Oliy O'quv Yurtlarigacha Bo'lgan Qadamimizda Sizlarning Hizmatlaringiz Cheksiz..

OMON BO`LSIN AZIZ BOSHINGIZ,
HILOL BO`LSIN YEGAN OSHINGIZ,
KO`RINMASIN KO`ZDA YOSHINGIZ,
MEHNAT SEVAR AZIZ USTOZLAR.

Bayramingiz Muborak Bo'lsin Aziz Ustozlar...
Nom: Re: Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
Yuborildi: lolo 01 Oktyabr 2010, 00:30:30
HILOL BO`LSIN YEGAN OSHINGIZ

UzMuslim, sherdigi so'zzi HALOL deb to'g'rilap qo'ysez bo'larkan
Nom: Re: Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
Yuborildi: yoqutxon 01 Oktyabr 2010, 06:28:49
Assalam aleykum. Barcha o'qituvchi, mualim degan muqaddas nomga sazovor bo'lgan insonlarni chin qalbimdan bugungi ayyomlari bilan muborakbot etaman.Sizlar bizga inson hayotidagi eng oliy maqsadlardan biri bo'lmish bilim olishni o'rgatdingiz.Bizni haqiqiy  hazrati odam bo'lishimizga hissangiz behisob aziz ustozlar. Ayyomingiz muborak.
Nom: Re: Aziz ustozlar!
Yuborildi: Secret 01 Oktyabr 2012, 08:11:58

 Dedilar: dunyoda asli kim aziz?
 Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.
 Tag'in aytdilarki: aziz shubhasiz
 Ustoz qadriga yetolgan inson.


  (http://s15.rimg.info/4d68b2d99cd5ecb206f52363ef470319.gif) (http://smayliki.ru/smilie-884265159.html)
Nom: Re: Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
Yuborildi: AbdulAziz 01 Oktyabr 2012, 09:39:21
Ustoz va murabbiylarni, shu jumladan forumdagi ustozlarni (Aqoid akani ayniqsa) bayramlari bilan tabriklayman. Doimo salomat bo'lsinlar!
Zahmatli mehnatlarida Alloh madadkor bo'lsin!
Nom: Javob: Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
Yuborildi: jahongir2000 22 Sentyabr 2013, 07:09:10

Bilim katta daryo, siz menga madad,
Shu daryodan o?tish-chun berasiz quvvat.
Zamonlar o?tar, o?tar asrlar,
Siz ustoz tufayli baxtim sarbaland.
Siz mening oftobim, siz mening oyim,
Onamdek erkalab suyasiz doim.
Aqlli bo‘l deysiz, dono bo‘l deysiz,
Siz yo‘lchi yulduzim, orzu osmonim.
Chekkan zahmatingiz hech bolmas zoye,
Xalqimga siz kabi bo‘lgum fidoyi.
Nom: Javob: Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
Yuborildi: Donishmand 01 Oktyabr 2013, 11:38:33
Assalomu alaykum!
Bu dunyoda kim kimgadir ustoz, kimdir kimgadir shogird. Demak, bugun hammamizning bayramimiz!
Azizlar, bugungi Ustoz va murabbiylar kuni bilan barchangizni tabriklaymiz! Tilagimiz Ustozlarimiz bilim o'rgatishdan charchamasinlar, doimo sog'-salomat, shogirdlaridan ko'ngli quvonib yursinlar!
Bayramingiz bilan, aziz Ustozlar!
Nom: Javob: Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
Yuborildi: albatros 01 Oktyabr 2013, 14:14:47
(http://img.uz/d/2013/10/524a921509e42.jpg) (http://img.uz/)

Меҳр нури ёғар доим кўзингиздан,устозлар,
Юрсам дейман бу табаррук изингиздан,  устозлар.
Чин инсонлик китобига бахту ҳикмат битибсиз,
Одоб ила билим олдим сўзингиздан, устозлар.

Қалбингизнинг йўқ ғубори,меҳрибонсиз шунчалар,
Қуёш олмиш ҳароратин юзингиздан, устозлар.
Фан боғининг боғбонисиз, чароғбонсиз кўнгилга,
Минг эҳтиром ўғлингиздан, қизингиздан, устозлар.

Жой олдингиз бир умрга шогирд юрак тўридан,
Мўмин ҳаёт дарсин ўқир ўзингиздан, устозлар
.