forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumchilar blogi => Mavzu boshlandi: Robiya 03 Oktyabr 2010, 15:05:18

Nom: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Robiya 03 Oktyabr 2010, 15:05:18
 :as:

Ushbu blogni "Boshimdagi tojim - onam!" blogining egizagi sifatida ochdik.. :)

Ushbu mavzuda Siz aziz forumdoshlar o'z otangiz haqlarida, otangiz bilan bo'lgan qiziqarli suhbatlar, u kishining tarbiya usullari, o'ziga xos xislatlri haqidagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

Blog uchun umumiy qoidalar egizak blog qoidasidek, faqat qaysi rangda post qilinishining ahamiyati yo'q.. :)

Blogimizga xush kelibsiz..!
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Hadija 04 Oktyabr 2010, 11:18:54
Mehribonim, suyanganda ko'targuvchi suyangan tog'im, uyimizning ko'rki, to'ridan joy olguvchi, mehrlari bilan qattiq qo'lliklari yuvib yuborguvchi, har qayerda faxr va iftixor bilan kerilib yura oladiganim, suyukli, hamisha o'rnak olishni istagan Otajonim. Ilohim umriz chinordek uzun, martabangiz bundanda ulug' bo'lsin!
Har safar sizga o'hshatishganda, faxr va Baxt uchqunlari yuzimda aks etadi.
Yaxshi yomonimni berkitib kam-u ko'stimni kechirganingiz uchun sizga ming tashakkur! Siz va Onajonimni boshimda ko'tarsam ham KAM!!!
Otajonim, duoingizga hamisha muhtojman, Baxtimni tilagan, o'zidanda ko'proq oilasini sevib asragan Otajonim, Ilohim ikki dunyo Baxt-saodatiga erishing!...
Qani edi hamma Otalar ham sizdek bo'lsa...
Sizni jonidanda ortiq ko'rgan erka qizingiz...
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Habib 04 Oktyabr 2010, 11:34:16
Mehribonim, suyanganda ko'targuvchi suyangan tog'im, uyimizning ko'rki, to'ridan joy olguvchi, mehrlari bilan qattiq qo'lliklari yuvib yuborguvchi, har qayerda faxr va iftixor bilan kerilib yura oladiganim, suyukli, hamisha o'rnak olishni istagan Otajonim. Ilohim umriz chinordek uzun, martabangiz bundanda ulug' bo'lsin!
Har safar sizga o'hshatishganda, faxr va Baxt uchqunlari yuzimda aks etadi.
Yaxshi yomonimni berkitib kam-u ko'stimni kechirganingiz uchun sizga ming tashakkur! Siz va Onajonimni boshimda ko'tarsam ham KAM!!!
Otajonim, duoingizga hamisha muhtojman, Baxtimni tilagan, o'zidanda ko'proq oilasini sevib asragan Otajonim, Ilohim ikki dunyo Baxt-saodatiga erishing!...
Qani edi hamma Otalar ham sizdek bo'lsa...
Sizni jonidanda ortiq ko'rgan erka qizingiz...

Baraka toping. Otangizga rahmat!
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: AL_laziz87 05 Oktyabr 2010, 16:53:42
Mehribonim, suyanganda ko'targuvchi suyangan tog'im, uyimizning ko'rki, to'ridan joy olguvchi, mehrlari bilan qattiq qo'lliklari yuvib yuborguvchi, har qayerda faxr va iftixor bilan kerilib yura oladiganim, suyukli, hamisha o'rnak olishni istagan Otajonim. Ilohim umriz chinordek uzun, martabangiz bundanda ulug' bo'lsin!
Har safar sizga o'hshatishganda, faxr va Baxt uchqunlari yuzimda aks etadi.
Yaxshi yomonimni berkitib kam-u ko'stimni kechirganingiz uchun sizga ming tashakkur! Siz va Onajonimni boshimda ko'tarsam ham KAM!!!
Otajonim, duoingizga hamisha muhtojman, Baxtimni tilagan, o'zidanda ko'proq oilasini sevib asragan Otajonim, Ilohim ikki dunyo Baxt-saodatiga erishing!...
Qani edi hamma Otalar ham sizdek bo'lsa...
Sizni jonidanda ortiq ko'rgan erka qizingiz...

Juda xam baxtli ekansiz! Otajonimga bo'lgan erkaligim qalbimda qolgan.....Boshingda Otang bo'lmasa qishda xam oftob urar ekan. Baxtizga Otajoniz sog' bo'lsinlar
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Robiya 05 Oktyabr 2010, 16:59:03
:as:

Otam haqlarida gapirish..... Men uchun oson emas...

Nazarimda har qadamda nigohlari ila kuzatadilar....

Hayot yo'limning yorituvchisi...
Maqsadlarimning ifodachisi...
Beminnat maslahatgo'y...
Xafa bo'lganida ko'nglimni og'ritmay chiroyli tushuntiradigan do'st...
Kezi kelganda ayamasdan tanbeh beradigan boshliq...
...

Otajonimni hamisha shunday suyanch qilaversin...

Hali ko'p yozaman, otajonim, Sizga aytajak so'zlarim bisyor qalbimda... InshaAlloh...
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Shukrona 07 Oktyabr 2010, 08:42:27
Assalomu alaykum.
Payg'ambarimiz s.a.v aytdilar:"Anta va moluka li abika".Ma'nosi:"Sening o'zing ham,moling ham otangga tegishlidirsizlar".
Hayotimiz ustuni bo'lgan otalarimiz hamisha baxtimizga sog' bo'lishsin,ularni duolarini olib,rozi qilib yurishni Alloh barchamizga nasib etsin. :amn:
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: AL_laziz87 07 Oktyabr 2010, 14:15:52
Kechalari uxlamay
Yulduzlarga yig'layman
Tong otguncha nomingiz
yuragimdan kuylayman
Ba'zan Sizni sog'inib
Dunyolardan toyarman
Yig'lab g'arib boshimni
Qabringizga qio'yarman
O'rningizga Dadajon
O'zim borsam bo'lardi
Shunda opam Singlim xam
Yig'lamasdan yurardi.
Qilsak to'y-yu tamosha
Endi Sizni ko'rmaymiz
Tunda o'g'il qizingiz
Qo'shilishib yig'laymiz!
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Ansora 07 Oktyabr 2010, 16:05:30
 :as:

Robiyaxon, juda yaxshi mavzu ochibsiz. Alloh rozi bo'lsin.
Onalarimiz haqida juda chiroyli ta'riflar berishimiz osonroq, lekin otalarimizga atalgan so'zlarimizni "chertib-chertib" tanlashimiz kerakligini his qilamiz.
Dadamlar haqida doimo bir xotiram esimga kelaveradi.
Nizomiyga kirgan yilim...Natijani bilish uchun dadam, ukam va amakimni o'g'li bilan borgandik. Butun talabalikka nomzod yoshlar, imtihon natijalarini kutib turibmiz. Maydon gavjum, hammani ko'zida hayajon...
Dadam meni o'qishga kirib kirmaganimni bilish uchun nomerimni Nizomiyda domla bo'lgan biriga beribdilar. U kishi shoshilishda nomerimni ko'ra olmasdan, dadamga "afsus yo'q" debdi:( meni bundan xabarim yo'q. Dadamni kayfiyatlari umuman yo'q edi.
Hullas o'qishga kirgan 50 kishini nomeri o'qila boshlandi. Bizni "O'zbek tili va adabiyoti" bo'limiga 50 kishi olinayotgandi. Nomerim shuncha yil o'tgan bo'lsa ham esimdan chiqmadi: 0060870. Nomerim 27 chi bo'lib o'qilganda men hayajondan yerga o'tirdim. Dadamga qayrilib qarasam ko'zlarida yosh... "Qizim, yuzimni yerga qaratmading, o'z kuching bilan kirdin, rahmat", dedilar ovozlari titrab....
Odatda biz juda ko'p O'zbek oilasida bo'lganiday ota-onalarimizga tuyg'ularimizni aniq ayta olmaymiz:(
O'sha kuni huddi tushdagiday uchib yurdim, eng xursand bo'lgan tarafim esa, ota-onamni xursand qilganim, ularni ishonclarini oqlaganim, hayir duolarini olganim edi...

Rabbim butun otalarga farzandlarini yaxshi kunlarini ko'rishni nasib qilsin...

"Otangga rahmat"ni eshitish barchamizga nasib bo'lsin azizlar...
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Robiya 07 Oktyabr 2010, 19:05:17
:vslm:

Opajon, haqiqatda ham otajonlarimiz haqlarida juda kam gapirar ekanmiz.. Bunga blogning ilk posti ham misol..

Onalarni jo'shib kuylagan qalb otalarga kelganda hiyla to'xtab qoladi.. Nimagadir.. Nimadandir.. Buning nimaligini aytish ham unga dushvor.. Hayiqishdir ehtimol.. Hayodir balki.. Bilmadim..

Tilaklarning eng ezgusi qadrli padari buzrukvorlarimizga...
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Ansora 07 Oktyabr 2010, 19:35:49
Qaynotam-jonim otam  : )

Qiz bola vaqti kelib, Yaratganning taqdiri bilan turmushga chiqadi. Otasini qanchalik yaxshi ko'rsa ham bir kuni boshqa bir otaga-qaynotaga o'rganishga to'g'ri keladi. Hali turmushga chiqmasdan qaynona haqida ko'p gapiriladi-yu lekin qaynota mavzusida hech to'htab o'tilmaydi.
Rabbim barcha qizlarga otalaridan mehribon, ularni yo'qliklarini qo'ldan kelguncha kam his ettiradigan qaynotalar nasib etsin iloyim.
Qaynotamdan Alloh rozi bo'lsin, ilk kundan menga otaday muomala qildilar. Doimo shafqat bilan yondoshdilar.
İsmim pasportda Zamiraxon, deb yozilgani uchun men haqimda gapirar ekanlar:
"Xonlar Xoni", der ekanlar : )
U kishi shunday muomala qilganliklari uchun ishoning men ham o'zimdagi juda ko'p qoniqarsiz odatlarni tashladim, chunki inson uyalarkan...
Oilani huzurli bo'lishi eng birinchi navbatda kattalarga bog'liq. Chunki bizni tajribamiz yetmasligi, yangi oilada o'zimizni begonaday his qilishimiz mumkin.
Qaynotam menga "Qizim" deganlari uchun u kishini o'z otamdan hech ayirmadim...
Farzandli bo'lganimda ham juda tashvishlanibdilar, qaynonamga "Kelinim o'zini o'nglab olarmikan-a" deb necha marta jon kuydirib gapiribdilar. Ko'zlaridan yosh kelib, tuzalib ketishim uchun duo qilibdilar...
İnson bolasi shirin so'zni gadosi, men uchun jon kuydirganliklari uchun ularga bo'lgan mehrim yana ham oshdi...
Bekorga-Ota, deyishmagan, to'g'rimi?
Ota degani nazarimda faqat mehr-shafqat degani:) 
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: siddiqa 08 Oktyabr 2010, 09:35:01
 :as:

Yoshligimizdan hozirgacha dadamning qo'llaridan palov ,kabob yiyishni yahshi ko'ramiz ,qizlar onaga yaqin deyishadiku lekin dadajonimning erktoyi bo'lish bundan ham suyikliroq .

akam uzoq davlatga o'qishga ketib xat yozganlarida o'qidilar hursand bo'ldilar ,
opacham ham o'qishga ketib ,xat yozardilar ,oilaga bitta xat va alohida dadamga degan bitta xat .dadam bildirmasdan yig'lardilar ,o'shanda va buvijon vafotlarida ko'rdim ko'zyoshlarini .

dadajonim ,Sizga bo'lgan mehrimni faqat erkatoy deb chaqirganingizdagi  o'sha qarashlarim isbotlay oladi ,va shu mehrli ovozni har doim hayotimning yahshi va yomon kunida ham eshitib turishni hohlayman .
dada salom pul tamom diganimdayam ko'proq pul berib turing ))))))))))))))))))))


Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Robiya 11 Oktyabr 2010, 11:06:11
 :as:

ОҚ ОЛМАЛАА  ЛИШГААДА

Отам Умматқул Худойбердиевнинг
ёрқин хотирасига багишлайман


Отагинам!
Сиз кетдингиз, қолди кетмону пахта,
Лаймонангиз шунча срта тслишини билмабман.
Куз келмасдан илдизига болта теккан дарахтдай
Сслишини билмабман.
А­симда бор: сочингизга илк оқ тола тушган чоқ
Қайғурибман, отам срта қарисптилар чоғи.
Аогоҳ, сизни йсқотдим мен оқ олмалар пишган чоқ,
Дилдан кетмагай доғи.
Оқ олмалар пишган кунлар босди-ку қора ғамлар,
Тополмадим мен отамни боғ айланиб, ёш тскиб.
Ҳар йилгидай тикланса-да саф-саф пичан ғарамлар,
Уни сзи тиклолмади, кетган бслса-да скиб.
Ташвиши ксп сди ҳали, пичан пишиб далада,
Шохлардаги унга мустар оппоқ олмалар қолди.
Отагинам, оқ олмани севардингиз боладай,
Сизга олма терар қслим бу кун термасдан толди.
Оқ соқолли боболарни тавоб қилардим-ку мен,
Оқлик ксриб изида.
Сизга, отам мсйсафидлик умрин тилардим-ку мен,
Тилакларим тсзиди.
Билардингиз, услибми, боқолмасдим сизга тик,
Тсйиб қаролмагандим.
Тирикчилик кунингизга ризқи тскин фарзанддек
Ҳали сролмагандим.
«Ота мерос» уйни қуриб, тснғич сғилни уйлаб,
Узатмоқчи сдингиз-а сндигина оёқни.
Бугун кезар сканман мен танҳо олмазор бсйлаб,
А­зиламан кстарганча армон деган зил тоғни.
Гарчанд умр сснгигача инсонга сермеҳнат йсл,
Билмадингиз Сиз дунёда борми унинг адоғи.
Ксз олдимдан стаётир у чапдаст, сертомир қсл
Ва кафтларнинг счмас муҳр — танга-танга қадоғи.
Қорайган сахий тупроқнинг ранги акс стар унда,
Минг кишилик давраларда бслсангиз ҳам топардим.
Ўша қслингиздан таниб топар сдим, оҳ, шунда,
Гсдаклигим соғинчию зори билан спардим.
Саманингиз турар сша қозиғида депсиниб,
Акам миниб, балки бир кун сиздай чавандоз бслар,
Ҳаёт қизиқ, ссар скан сснгсиз йиллар спкини,
Чавандозлар кетар скан, чавандозлар туғилар.
Аммо «тойлар от бслгунча юраклар лат бслар», деб,
Онам йсқлар йсқловларда, сиз ёдига тушганда.
Йиллар оша укаларим такрорлаб юрар мендек:
«Биз отамдан айрилганмиз оқ олмалар пишганда»...
1971 йил 18 сентсбрь

Халима Худойбердиева
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Robiya 11 Oktyabr 2010, 11:20:34
 :as:

Yuqoridagi kabi she'rlarni o'qiganda qalbimda bir boshqacha his tuyg'u uyg'onadi... Go'yoki otajonim o'lib qoladigandek... Xayolan buni tasavvur qilaman... Dahshat....

Allohim, hayotimda o'zgacha darajadagi qiymatga ega OTAJONIMni jonlarini hamisha omonda saqlagin... Hayotimizda maslahatgo'yimizning chiroyli va'z-nasihatlarini takror va takror eshittiravergin...

Ularga sarkashlik qilishdan O'zing saqla, ya Rabbim!

Ota rozi - Alloh rozi deganlaridek, hamisha u kishini rozi qilish nasib etaversin!

Baxtimizga otajonlarimiz sog'-salomat bo'lishsin!
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Hadija 18 Oktyabr 2010, 16:17:37
Ey birodar ota-onang g`animat!

Hayot karvonini tortib o`tamiz
Umrni sarhisob qilib o`tamiz
Kimnidir dunyoda aldab o`tamiz
Bu dunyoda bormi o`zi diyonat
Ey birodar ota-onang g`animat

Inson yashar yolg`on kunning ostida
Inson yashar qil ko`prik ustida
Inson yashar ko`cha-ko`yning qo`ynida
Topgan boylik molu-dunyong xiyonat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Ba`zan do`stdan chiqib qolar dushmaning
Ko`zlab urar yashnab turgan chamaning
Agar bo`lsa sevgan yoring yomoning
Ota-onang yonidasan xijolat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Otang hayot xonadoning charog`on
Onang hayot baxting to`kis farovon
Ular borki bosgan qadaming ravon
Har ne borki saqlay olgin qanoat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Mehr bergin ayolingga, gulingga
Mehr bergin ,farzandlaring yo`lingga
Mehr bergin jigaring-u qoshningga
Atrofingda yaqinlaring tumonat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Farzand uchun yemagan-u yedirgan
Dilband uchun kiymagan-u kiydirgan
Qaro ko`zim kam bo`lma deb o`stirgan
Ular uchun qilolmasak inoyat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Yashayapsan bu dunyoda kimni deb
Olomasang duosini onam deb
Tiriklikda yo`qlolmasang otam deb
O`tgandan so`ng qilma bekor dod —faryod
Tushun axir ota-onang g`animat


www.sherlar.uz
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: AL_laziz87 20 Oktyabr 2010, 18:20:59
Dadajon! Ilik bor maktabga borganimda darsdan qochib kelganimda tanbix sifatida ayitgan mana bu gaplariz xali xam yodimda. O'g'ilim buna betarbiyalik qilsaiz kelajagda katta bo'lib meni qanaqilib boqasiz. Sizdan umidim katta edi.
-Dadajon Siz xoxlagandek o'g'il bo'ldimmi bilmadim... lekin nima uchun meni  bu dunyada erta tashlab ketdiz. Xech bo'lmasa go’dak qalbimdagi erkaliglarim tugaguncha, bu xayotdi achchiq va noxaq kunlarini anglagunimcha yonimda bo’lsangiz bo’lmasmidi Otajon.
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Hadija 21 Oktyabr 2010, 11:47:20
Alloh sabr bersin!
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Hadija 26 Oktyabr 2010, 09:49:08
3 yoshga to’lmagan go’dakning Onaizoridan qilgan iltijosi"¦

OTA

Ertalab tursam Otam yo’q hovlimiz motamsaro,
So’radim hayron bo’lib, "œOnajon Otam qani?",
So’radim giryon bo’lib, "œOnajon Otam qani?",
Ishga ketgan dedingiz, ishdan nega kelmaydilar?!
Nega aldaysiz meni, mehribon Otam qani?!
Ursalar ham, so’ksalar ham, yonimda tursalar bas!
Yig’laganni kulduruvchi shodimon Otam qani?!
Na gunoh qildim Xudo, uch yoshga to’lmay man yetim!...
Yig’laganni bildiruvchi g’amgizor Otam qani?!
Ranjitib qo’ydimmikan, yoki Otamni bilmadim?
Yig’laganni kulduruvchi shodimon Otam qani?!
Do’stlariga mehribon g’amgizor Otam qani?!
Vaqt yetib bir kun menam, Onajonimni qo’yib yer ostiga
Ey Xudo kimdan so’rarman Onajon Otam qani?!
Ey Muhammad, gar Otangni qimmatini bilmasang,
Yig’lama do’zaxda giryon Onajon Otajonim qani?!
Ranjitib qo’ydimmikan yoki Otamni bilmadim?!
Yig’laganni kuldiruvchi mehribon Otam qani?!...

Isoqjon"¦
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Abdulhafiz 06 Dekabr 2010, 01:19:35
Каламимга гариб сузлар жойланган,
Мехринг таъриф айламокка йук имкон.
Согинч дилга чуккан куюк ок туман,
Дийдор киёматга колган Отажон!

Йиллар аро ишонмадим руёга,
Бир кун сени кайтар дедим дунёга,
Куз олдимда йиллар утди пиёда,
Дийдор киёматга колган Отажон!

Тиззангга бош урмай кетдим уйимдан,
Ачик ёшлар хотирадир туйимдан,
Сен утганда кичик сдим углимдан,
Дийдор киёматга колган Отажон!

Уша куни билдим ота кадрини,
Келин булган отасизлар дардини,
Курсанг сди юрагимнинг рангини,
Дийдор киёматга колган Отажон!

Укинч нима мен биламан, армон не,
Суйиб, сийлаб ташлаб кетиш ёмон-сй,
Етти ховли тулди сендай инсон-сй,
Дийдор киёматга колган Отажон!

Жойинг билдирмай деб гам чекди онам,
Аммо оталиклар килганда байрам,
Айтгин, нечун менга килмасин алам,
Дийдор киёматга колган Отажон!

Чарклатиб ёкдик ортингдан чирок,
Етим смас, Онам бизни килди тог,
Мухаббатдан сралганмиз кукси бог,
Дийдор киёматга колган Отажон!

Киёматга биздай мушток сна ким,
Жойнамозда дуойим бор куну-тун,
Жойинг жаннатларда булсин илойим,
Дийдор киёматга колган Отажон.


Dilsora Fozilova

PS: she'r boshqa mavzudan ko'chirildi
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Sevdo 06 Dekabr 2010, 08:47:02
Alloh mukofotlasin bloklariz juda ajoyib opajonim.Otajonim bahtimizga sog' bulsin,u kishi bilan bush vaqtlarida uqigan kitoblarimiz borasida fikr mulohaza qilamiz,hoh tarixiy,hoh diniy kitob bulsin.Men va otajonim asosan tarixiy kitoblani sevib uqimiz,ba'zan kitobdgi voqealar haqida tortishib ham qolamiz,shunda otam voqea yozilgan betni ham behato aytib beradilar.Turkiy tildagi kitoblani kup uqiydilar.Ba'zan kuchada birga yursak manabu kishi Alloh rozi bulsin kasbini halol qilgan deb yonidagi ayoliga otajonimni mahtashganda,hursand bulib ketaman.Uzlari ham haromdan asrasin,baribir bir kun ziyoni yetadi didilar.Bizni shunchalik ustirganlari uchun Allohim u kishiga 2 dunyo saodatini nasib etsin ilohim. 
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Мuslim 06 Dekabr 2010, 10:45:53
To`yimda sizni izladim otajon

Yaqinda bir akamiz uylangandi. To`yi kuni hamma qarindoshlari yonida, lekin akamizni ko`ngli nimadandur hursand emasdi, yuzida qandaydur mahzunlik bor edi. Yonida turar ekanman, chuqur ho`rsindi, ha aka desam, Otam to`yimda bosh bo`lmadilar, Doim to`yingda bunday qilamiz, bunday qilamiz derdilar. mana o`zi yo`qlar deb ho`rsindi. Ko`nglini ko`tardimda. Stolga borib o`tirar ekanman. Ota -onamiz biz uchun naqadar g`animatligini sezdim. Lek baribir qalbimdagi "Otajon -sizni yahshi ko`raman " so`zni otamga ayta olmaganman.  
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: yoqutxon 07 Dekabr 2010, 20:31:06
 :as:
 :bs1:

Otajonim......
 men bu yurug' dunyonni ko'rib, Hazrati Inson bo'lib yashash baxtiga  musharraf bo'lishimga Olloh aynan  sizni sababchi qilgannidan Haq taolloga ming ming bora shukrlar bo'lsin.
Otajon men bu sizman!!....
Dunyoda qanchalar ko'p insonlar yashaydiya dadajon  6 mlrddan ortiq.Shuncha insonlar orasida men sizning bir bo'lakingiz, joningizning  bir bo'laki bo'lib yashashdan qanchalar fahrlanaman dadajon . Tomirlarimda oqayotgan qon sizniki bilan bir xil ekanligidan shunchalar hursand bo'lamanki. 
Olloh nasib qilsa balki yillar o'tib yuzlarimga ajin tushar, qo'llarimga qaltiroq tushib, sochlarim oqarar.Ona, buvi bo'larman.Lekin  100 ga kirgan mushtipar kampir bo'lgan paytlarimda ham dunyoda bir inson uchun ,  dadajon siz uchun  jajjigina , shiringina qizalog'ingiz bo'lib qolaveraman......
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: yoqutxon 07 Dekabr 2010, 20:35:57
Mana shu blogga qanchadan beri yozaman deb qalbimdagi tuyg'ullarni oqga ko'chira olmay yurgandim. Hozir dadajonimni qattiq sog'inganimdan so'zlar quyilib kela boshladi.... Hammamizni baxtimizga boshingiz omon bo'lsin dadajon. Sizga rahmat olib keladigan qizingiz bo'lishga harakat qilaman.
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: AL_laziz87 07 Dekabr 2010, 20:40:23
Mana shu blogga qanchadan beri yozaman deb qalbimdagi tuyg'ullarni oqga ko'chira olmay yurgandim. Hozir dadajonimni qattiq sog'inganimdan so'zlar quyilib kela boshladi.... Hammamizni baxtimizga boshingiz omon bo'lsin dadajon. Sizga rahmat olib keladigan qizingiz bo'lishga harakat qilaman.
Qishda xam oftob urar ekan agar boshingda otang bp'lmasa! :2
Baxtli ekansiz!
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Mirоlim 07 Dekabr 2010, 21:07:38
:bsm:

 :as:

Ota- qande ulug' zot. Qancha ta'rif bersek, shunda ham chandon- chandon kam.

Otajon-  sizni mehnatingiz, tarbiyangiz tufayli shu darajadaman,

Namozni onam o'rgatmadi, siz o'rgattiz, Masjidga yetaklagan ham siz,

ilmgohga yetaklagan ham siz, inshaAlloh bu mehnatlar samarasini beradi,

InshaAlloh qiyomatda boshingizga Toj kiydiraman, inshaAlloh :'(.

Siz borsizki oila but, bo'lib otam

Siz borsizki halovattadur onam

Siz bor bo'ling bobo desin bolam

Sizla bu olamda bo'ldim odam


Mehnatingiz samarasin berar bir kun

Yeme ichme, ishlab xatto qorong'u tun

Haqdan so'rab duodasiz bizga har kun

Izlab, o'qib sizga olib, berib rahmat

inshaAlloh Toj kiydiraman kun Qiyomat   :2.
 
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: UzMuslim 12 Yanvar 2011, 14:22:24

Bola edim, yelkangizga o'tirgan paytlarim,
 Siz bilan qolsam rohatlanardi jon.
 Bugun daftarimda dardli qaydlarim:
 Tushlarimga kirib turing, otajon.
***
 Ahvolim so'rang qishda qor bo'lib,
 Diydoringiz sog'inganimda har on.
 Mashaqqatli yo'limda ham bor bo'lib,
 Tushlarimga kirib turing otajon.
***
 Bugun to'yim, xalq gavjum...
 Ko'z yoshlarimni bekitishga qasam!
 To'y ostonasida yo'qsiz, xurjum...
 Quvonchimni kuzatib turing, otam.
***
 Siypalib, yiqilib tushdi o'g'lim,
 Betiga yorug' nur bilan urdi osmon.
 Qo'lidan ko'tarib g'ashdur ko'nglim,
 Beg'uborligim esga soldim, otajon.
***
 Bola edim yelgangizga o'tirgan paytlarim,
 Endi durkun yigitman, o'sdi bo'yim.
 Sizsiz daftarimda dardli qaydlarim,
Sizsiz  humrayib qotgan uyim...   
                                                                                                                                                           
TEMURMALIK
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: AL_laziz87 18 Iyul 2011, 20:18:23
Дардларимга дардкш йук...Отажон! Хечким сиздек булолмади. Отажон!
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: azizbek_mx 18 Iyul 2011, 20:24:45
Hayot past-balandligidan toliqqanimda, jigarlarim jigarim tilganda, döstlarim nazarga ilmay ketganda, özimni eng g'arib, eng yolg'iz sezganda Otamning nazari daldadir menga... (c)
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Elcom 18 Iyul 2011, 20:27:48
OTA duosi  Ulug`,  !!!
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Shoxjahon12 19 Iyul 2011, 07:02:57
Саждагоҳимсиз, отам   (Чои  Хи Су)

(ҳикос)





Биринчи фарзандим слик туғилган сша дақиқалардан буён мен учун ҳаёт маъносини йсқотди. Бунинг устига сримнинг аччиқ ва аламли йиғиси юрагимга сқдек қадалди. Ўғлим бир сонис бслса-да, бу олам ёруғлигини ксролмасдан, ота-она меҳрига тсёлмасдан мени ташлаб кетди.

Болам учун сотиб олган жажжи кийимчаларга тикилиб, ксзларимда ёш қалқийди. Ҳар доим нималарнидир хаёл сурадиган, паришонхотир бслиб қолдим. Ич-ичимдан зил кетиб, охир-оқибат тсшакка михланиб қолдим. Кечаси тушларимга нуқул стган йили оламдан стган онам, кечагина айрилганим фарзандим кириб, алахсираб чиқдим. Ксзимни очсам, тепамда срим стирибди.

-Аима бслди?- деди срим маъюс нигоҳ ташлаб. Кейин ичимдагини уқди, шекилли, қсшиб қсйди:

- Ксп сзингни сиқаверма.

А азм солиб қарасам, отам ҳам келибди. У сшик сқинидаги қийшиқ стулчада базср стирибди. Мени сйлаб, қалбан қийналаётгани, ёрдам беришга ожизлигидан нима қилишни билмай хайронлиги юзидан сезилиб турарди.

- Ўзингни қслга ол,- деди у бир нуқтага тикилганча. Лекин гап менга тегишли сканлигини сездим...

Кечга сқин бош кстара олмайдиган даражада ётиб қолдим... Болам юклаган қайғу мени адойи тамом қилаёзган сди. Отам қслида аллақандай дори билан кириб келди. А ангсизланиб қолган пиёлада илиқ сув ва дори тутди:

- Мана шуни ичиб ол, болам.

Ўлган фарзандимни юрагимга ксмган, шунинг учун негадир бсғзимга йиғи тиқилаверар сди. Жонхолатда дори ва пиёлани ирғитиб юбордим:

-Ичмайман!!! Ичмайман!!! Ичмайман!!!

Ашлигимдан менинг сркаликларимга ксникиб қолган отам индамай қсс қолар сди. Бу сафар негадир қаҳрли сткир нигоҳ билан қаради.

- Ўғлингнинг орқасидан кетмоқчимисан!!!- деди бақириб. Мен отамни бунақа ҳолатда умуман ксрмагандим. - Аима мен сйламаспманми сғлингни... Сенга сғлинг керак, биламан... Лекин сен ҳам менинг фарзандимсан. Менгасм сен кераксан, тушундингми? Сен мени ҳам сйла... Ўрнингга мени қсйиб кср...

Бир ссз демай сзимни отамнинг бағрига отдим. Болалигимда отам мени кстарганда димоғимга куйган ёғ ҳиди урилар сди. Ҳозир ҳам "қадрдон ҳид"ни туйдим.

- Мени сйла, болам... Сенинг қийналаётганингни ксриб, томошабин бслиб туролмайман,- бу сафар отам юмшади. - Сиқилма. Ҳали бағринг болаларга тслиб кетади. Болаларингга сзим бувалик қиламан...

Кснглим бузилиб кетди. Отамнинг елкасига бош қсйиб, юм-юм йиғладим.

- Отажон!!!

Шу кундан бошлаб, тушларимда отамнинг сша қаҳрли қиёфаси намоён бсладиган, мени кснглимни кстарадиган бслди.

"Аима бслса ҳам мени сйлайдиган отажон! Сиз менинг саждагоҳимсиз! Сиз олтиндан-да бебаҳо керагимсиз!"


Отабек Йслдошев таржимаси
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Muhammad Yusuf 19 Iyul 2011, 10:39:09
Har qancha qadrlab qadrlab
Asl qadringiz bilolmadim.
Bizlarga mehr berdingiz
Sizdek mehribon bo'lolmadim.
Barchadan ko'proq suydingiz
Sizdek chiroyli suyolmadim. . .

Olloh bergan ne'matlarning eng azizlaridan biridir ota. U sababli biz dunyoda bormiz. Insholloh duo qilsalar , rozi bo'lsalar jannatda ham bormiz.
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: BilmasOY 19 Iyul 2011, 15:19:17
    Haqiqatan ham shu paytgacha onalarimiz haqida ko'p yaxshi gaplarni aytibmizu lekin otalarimizga kelganda negadir jimmiz... Nimadan bu? Balki Payg'ambarimiz (s.a.v.) eng birinchi "onangga" deb aytganlaridanmi??? Lekin kech bo'lsa ham esga keldi alhamdulillah, to'rtinchi martasida "OTANGGA" deganlari...
   Dadajonim...  Shu kungacha bor mehringizni berdingiz, hayotda qoqilganimda dalda berdingiz, tog'ri yo'l ko'rsatdingiz, nimaiki topsangiz eng yaxshisini birinchi navbatda opamga, akalarimga, menga tutdingiz, bizni doimo eng go'zal so'zlar bilan chaqirdingiz, eng katta boyligimiz - namoz o'qishni o'rgatdingiz... Bizning yutuqlarimizdan ko'zingizga yosh keldi, qayg'ularimizga bizdan ko'ra ko'proq qayg'urdingiz. O'zingiz otasiz o'sganingiz sababmi, bizga eng yaxshi ota, o'rnak bo'ldingiz. InshaAlloh, oxirigacha shunday bo'ladi. Baxtimizga Robbim sizni doim o'z panohida saqlasin biz uchun...
SIZ MEN UCHUN DUNYODAGI ENG YAXSHI OTASIZ!!!
 Butun urimiz davomida siz bilan faqatgina faxrlanib keldik, InshaAlloh, oxirigacha shunday bo'lajak... Ollohim siz boshchiligingizda butun oilamizga ikki dunyo saodatini nasib etsin :amn3:
   
                   Shodligimsiz suyangan tog'im
                   Gullarimni asragan bog'im
                   Talpinaman sog'ingan chog'im
                   Mehri daryo OTAJONIMSIZ!!!
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: AL_laziz87 22 Oktyabr 2011, 14:42:12
O'shanda bor edi boshimda Otam,
O'shanda bormidi mendayin xotam..
Gar qo'lim yetgudek qayga uzatsam,...
Baxor qaytib keldi...........
Baxor qaytib kelar takror va takror...
...............................................
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Muhammad Yusuf 14 Noyabr 2011, 21:04:59
ne'matning qadri u yo'qolganda bilinadi. Eng ulug' va aziz ne'matlardan biri bo'lgan otamizni qadriga yetiwlik barchamizga nasib etsin.
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: MUSLIM_uz 06 Yanvar 2012, 19:03:59
Assalomu alaykum v.r v.b
mana Dadomlani kurmganimgayam qancha buptiyu ulani juda sog'indim.
Bundan 3 yil oldin azgna shuhlik bilan tergovchi quliga tushib qolgandim ushanda  tergovchi bilan Dadam gaplawkanlarda keyin tergovchi mani oldimga krib bir gap gapirgandi
shu gapimmi esingdan chqarmagin ukam''bu dunyoda sanga otangda boshqa hechkim dust bulmaydi san otangni sotishing mumkun ammo otang he4qa4o seni sotmaydi''u ishla hal buldi man ushanda bildim dadomlani manga qanchali mehribonliklarini. mani bir kunlik quvonchim uchun kerak bulsa barcha quvonchlarini berishka tayyor ekanla.
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: missy_google 12 Yanvar 2012, 02:36:41
Oqshom g'animatu nahor g'animat. Kuy qo'shiq g'animat alyor g'animat. Dil taftin dil olar degan hikmat bor. Bu foniy dunyoda diydor g'animat
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Ansora 29 Yanvar 2012, 14:02:08
ДАДАМАИ СОҒИАИБ

Сизнинг дунёнгизга сиғмайман, дсстлар,
Ҳафталаб уйимдан чиқмайман, дсстлар.
Кулгили туюлар балки ҳолатим —
Дадамни соғиниб йиғлайман, дсстлар.

Мени Яратгандан тортиқ билади,
Хатто отасидан ортиқ билади.
Астиқдошим смас, ёстиқ билади,
Дадамни соғиниб йиғлайман, дсстлар.

Қирқ ёшдан стдиму дард ста қолмас,
Ксксимга муз боссам, совута олмас,
Бугун мени онам овута олмас —
Дадамни соғиниб йиғлайман, дсстлар.

Ҳурматим жойида, иззат жойида,
Улуғ устозларим ссзи — қоида.
Халқимнинг бошида, пошшо пойида
Дадамни соғиниб йиғлайман, дсстлар.

Кснглимга келганни қайтармай ёзиб,
Кснгилларда қсноқ бслдим муносиб.
Кснгилчан сғлимни бағримга босиб,
Дадамни соғиниб йиғлайман, дсстлар.

Ҳасратимга қулоқ солиб тургандир,
Теран хаёлларга толиб тургандир.
Менга жаннатдан жой олиб тургандир,
Дадамни соғиниб йиғлайман, дсстлар.

Iqbol Mirzo.
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Muhammad Sanjar 30 Yanvar 2012, 00:08:27
Sen otangga har na qilding yaxshilik,
Kut bolangdan yaxshilikka yaxshilik.

(Ahmad Donish)
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: UzMuslim 31 May 2012, 13:07:26
Uzatilayotgan qizga otaning duosi.

Izlaringiz bo'lsin amin gul ila rayhon qizim
Ham muborak qutli bo'lsin siz borar oshyon qizim.
Keldilar o'z hojangiz menga omonat edingiz
Topshirurman qo'lariga tinch sihat omon qizim.
Har ayolga er turur mavqeda Allohdan keyin
Hohi qul hohi qarol hoh bo'lsin u sulton qizim.
Endi hojangiz hududi bo'ldi qalbu jismingiz
Husningizni qilmagaysiz elga dasturhon qizim.
Hovlingizda chiqmagaysiz hojangizdan beizn
Sog'inib hatto onangiz bo'lsa ham giryon qizim.
Egningizga kiydirarman sabru toqat to'nini
Besabrga nafsidin shayton qo'yur qopqon qizim.
Qoldi ota uyingiz bundan buyon shu hojangiz
Go'ja yesa go'ja yeng talqon yesa talqon qizim.
Hojangiz sizga libosdir hojangizga siz libos
Yechmagaysizki ilohiy ikki bul chakmon qizim.
O'tsa gap ro'zg'orchilik avval uzr sizdan bular
Shunda bulgay beodob shayton dili vayron qizim.
Ozmi-ko'pmi topganiga shukur eting, sabr eting
Bandasiga katta boylik aslida - iymon qizim.
Deydilar: Yahshi ayol saqlar haromdan juftini
''Ho'p'' degaysiz bo'lsa qancha to'gri so'z farmon qizim.
Chorlasa o'choq boshida bo'lsangiz ham tez kelin
Tongmi peshinmi azr yo hoh bo'lar hufton qizim.
InshaAlloh uyingizdan keltirursiz yahshi gap
Achchig'in yerga ko'mib uyda qiling gumdon qizim.
Har ayoldan eri rozi bo'lsa - Alloh rozidur
Berilur unga mukofot- Jannati rizvon qizim.
Hojangiz izni ila har qo'shnidan oling habar
Hoh taom hoh yahshi so'z harna qiling ehson qizim.
Yahshilarga yahshilik aylab Allohni qarz qiling
Hoh musofir hoh yo'lovchi hoh bo'lsin mehmon qizim.
Ba'zi hotunlar kabi bo'lmang havas mol jinnisi
Pul topay deb hojangiz ko'p bo'lmasin sarson qizim.
Qo'shdirib qo'ydim sepingizga bahosiz mullk- kitob
Molingiz but bo'lmadi deb qilmayin armon qizim.
Qodiriy Mashrab Navoiy ham Huvaydo sizgadir
Boburu Rumiy Buhoriydan hadis Qur'on, qizim.
Sizga bu pand o'n maoshin sep berganimdan yahshidur
Ikki dunyo bahtin ko'zlab yuringiz jayron qizim.
Siz birovni hasmisiz osh-non umid qilmam sira
Tinch omon sog' bo'lsangiz- bas boshimiz osmon qizim.
Otangiz pandi yozildi Marhabo ilki ila
Bu o'tinchni yodingizda saqlagaysiz jon qizim.
yahshi borgaysiz va bizdan rozi bo'lgaysiz onam
Mushfiqim jonim jigarbandim mening biyron qizim.

Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Хадича 13 Iyul 2012, 12:48:11
Otajon...
Naqadar sabrlisiz... Naqadar mehribonsiz... Turib turib goho o'zim hayron qolaman. Alloh mani qanchalik suyarkan... Alloh manga qanchalar mehribon. MashaAlloh.sizdek Otani menga Ota qilib berdi. Qanchalar Baxtliman... Eh, Otama... Ishda neki yuzxotirliklar ötgan taqdirda, uyda tabassum bilan, xushmuomala ,shirin so'zsiz... Kuzatsam, nechi yildan beri uzingizga yengi kiyim olmabsiz. Faqat Opami to'yida yengi kiyim oldiz. Ushandayam "Qudalar oldida qizimni yuzi yorug' busin"dib, quldan kelgancha barcha seplarini yubordingiz. Yoningizda o'zimni Malikadek xis qilaman. Shunchalar e'tiborli, shunchalar g'amxörsizki,uzingiz uchun 1ta oyoq kiyim oliwga qizg'anasizu,bizni hamma istaklarimi bajo keltirishda naqadar saxiysiz... Bizni kezi kelganda sabrga o'rgata olgan Jannatiy Otajonimsiz... Biror yeringiz og'rib, do'ktor qayta qayta qabuliga chaqirgandayam ishni bohona qilib,ortga surib, xonadonimiz barakasi uchun yelib yugurman Panohkorimsiz... Ovqat mahali zimdan sezdirmasdan jigaringizni og'rig'ini bosib, bizga kulib turaverasiz... Naqadar Sabrlisiz... Kimnidur bolasini Oilasi buzilgani,yo notinchligini ewitsangiz,xuddi uz farzandingizday qayg'urasiz " Nega Ota Onasi suriwtirmabdi,nega befarq qarashdi"deb. Xarxashalarimizga joningizni berib chidaysiz... Naqadar Yaxshisiz,naqadar Mehribon... Sizdek Otam borligi bu Baxtimni charog'on yog'dusidir... Yaqinda buladigan, ishxonada hamma boradigan  " Obro'lilar"  o'tiriwiga ,faqatgina siz, aroq quyilarkan,deya bormayotgan Otam-a... Usha dunyo ne'matiyu, ulfatlardan vos kechib Oila davramizni afzal ko'rgan Mehribonim, Iymonligim Otam-a... Kitob o'qi,deya tanbeh beradigan,hamda orastalikni sevadigan Pokvijdonim Otam-a.... Kunlari Oila ro'zg'or, machit orasida o'tib ketayotgan, G'animatim Otam.... Bizni o'zaro hurmatga urgatgan, Oqibatni uyg'otgan G'amxo'rim Otam... So'kinishlarni uyimizga yo'latmagan,ko'cha ko'yga o'rgatmagan Oilaparvar Otam-a.... Farzandlil haqqimni ado etmog'im uchun bir umr xizmatingiz qilsamda, duoyingiz qilsamda, hecham uddasidan chiqa olmasman...
Qanchalar Yaxshisiz, Qanchalar G'amxo'r...
Sizni judayam yaxwi kuraman... Robbimdan jannat bog'larida sayr etiwingizni, Robbim marhamatiyu rizoligiga yetishingizni surayman...
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: JeeS 14 Iyul 2012, 03:15:16
DADAM   

Meni tushunasiz har doim o’ziz,
Mehrla boqadi doimo ko’ziz,
Ko’zimga surtishga arziydi iziz,
Bizni deb ishlaysiz, kam olasiz dam,
Farzandim deb o’zni unutgan dadam.
   
Urushsangiz meni hafa bo’lmayman,
Menga yaxshi bo’lsin deysiz bilaman,
Ishonchiz oqlashga va’da beraman.
Katta qildiz meni ko’rsatmasdan g’am,
Farzandim deb o’zni unutgan dadam. 
 
Boshizda ne tashvish, biz bilmaymiz,
Bema'ni ishlar deb, sizni qiynaymiz,
Siz borsiz, bizlar hech g’amni bilmaymiz,
Hayoliz bizdadir, yo’lda bo’lsangiz ham ,
Farzandim deb o’zini unutgan dadam.
   
Qo’ng’iroq qilsam gar, diliz quvnaydi,
Onam ham tinch uyda, sizni o’ylaydi,
Otasiz farzandlar qanday yashaydi,
Suyanchim ham sizsiz, sizsiz do’stim ham,
Farzandim deb o’zni unutgan dadam.
   
Oilangiz baxtiga sog’ bo’ling endi,
Mehnatlariz o’zin mevasin berdi,
O’g’liz ham otam deb ko’kragin kerdi,
Hamma fazilatni o’zda qilgan jam,
Farzandim deb o’zni unutgan dadam .

haqida.uz (http://haqida.uz)
Nom: Re: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Secret 14 Iyul 2012, 07:24:42

 tanish satrlar
     
     * * *

  Shu kun tunda uch chiziqli daftarimga,
  Oro berib katta-katta harflarimga,
  Xira chiroq yorug'ida ko'z ishqalab —
  Dadamga xat yozmoq uchun surdim qalam:

   "œDadajon!"
Men sizni juda sog'indim.
Sog'indim ikkala ko'zim bilan teng.
Kelib qolarmishsiz ertami-indin,
Ayam shunday dedi,
Rostmi shu, ayting?!
Dada,
U kun sizni tushimda ko'rdim.
Oq otda keldingiz,
So'radingiz suv.
Men buni ayamga gapirib berdim.
Dadang keladi, deb aytdi,
Rostmi shu?..

Rustamning akasi urushdan qaytdi,
Qo'ltiqtayog'i bor,
Bir oyog'i yo'q,
Rustam aytib berdi:
Ataka payti
Tizzasidan olib ketgan emish o'q"¦
Hol aka qaytgandi uyga to'satdan,
O'g'li, dadajon, deb chopib kelibdi.
Ota quchay desa desa qo'li yo'q ekan,
Tik turgan joyida yig'layveribdi.
Darsga kelmay qoldi
Tunov kun Tal’at,
Muallim urishsa turaverdi jim.
Dadasidan kelgan ekan qora xat.
Hammamiz yig'ladik,
Hatto muallim"¦
Dadajon!
Sizga o'q tegmasin hecham,
Men uchun ham tezroq qayting salomat,
Buvim aytgan,
Agar men tilak qilsam,
Tilagim bo'lardim doim ijobat.
Rost aytaman,
Sizni juda sog'indim,
Sog'indim ikkala ko'zim bilan teng,
Kelib qolasizmi, ertami-indin?
Kutaman,
Dadajon,
albatta keeling".   E. Vohidov

 Alloh ota - onalarimizdan vafot qilganlarni rahmatiga olsin!  :amn3:

Nom: Javob: G'animatim - otajonim!
Yuborildi: Muxsiya 06 May 2013, 17:06:19
Esimni tanibmanki dadam qizlarini mehmondek avaylab hech qachon qattiq gapirmaydi