forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:46:43

Nom: Munavvar qori Abdurashidxonov. Tajvidul Qur'on
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:46:43
Assalomu alaykum!
Ushbu forumimizda "Tajvidul-Qur'on" kitobidan darslarni berib borishga harakat qilayapmiz. Ushbu kitob muallifi Munavvarqori bobomizda Alloh rozi bo`lsin.
Ushbu mavzu Arabic Windows kodirovkasi asosida tuzilgan.

Mundarija

1-dars. Qur'oni karim harflari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11009#msg11009)
2-dars. Iste'lo va iste'fola harflari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11010#msg11010)
3-dars. Iste'fola harflari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11011#msg11011)
4-dars. Harakat, sukun, sukunlik nun, tanvin (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11012#msg11012)
5-dars. Izhor (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11013#msg11013)
6-dars. Iqlob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11014#msg11014)
7-dars. Idg'om (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11015#msg11015)
8-dars. G'unnalik va g'unnasiz idg'om (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11016#msg11016)
9-dars. Ixfo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11017#msg11017)
10-dars. Sukunlik mim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11018#msg11018)
11-dars. Qalqala harflari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11019#msg11019)
12-dars. Mad va harfi mad (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11020#msg11020)
13-dars. Sabab mad (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11021#msg11021)
14-dars. Madning xillari va tabiiy mad (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11022#msg11022)
15-dars. Mad muttasil (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11023#msg11023)
16-dars. Mad munfasil (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11024#msg11024)
17-dars. Mad lozim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11025#msg11025)
18-dars. Mad oriz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11026#msg11026)
19-dars. Mad lin lozim va mad lin oriz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11027#msg11027)
20-dars. “Alloh” lafzi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11028#msg11028)
21-dars. Tafximlik re harfi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11029#msg11029)
22-dars. Tarqiqli re harfi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11030#msg11030)
23-dars. Harflarning mahrajlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11031#msg11031)
24-dars. Idg‘om mislayn (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11032#msg11032)
25-dars. Idg‘om mutajonisayn (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11033#msg11033)
26-dars. Idg‘om mutaqoribayn (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11034#msg11034)
27-dars. Idg‘om shamsiya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11035#msg11035)
28-dars. Idg‘om qamariya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11036#msg11036)
29-dars. Vaqf (to’xtash)  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11037#msg11037)
30-dars. Sakta (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11038#msg11038)
31-dars. Ta’avvuz, basmala (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11039#msg11039)


1-DARS. QUR'ONI KARIM HARFLARI

Savol: Qur'oni karimda necha harf bor?

Javob: 29 harf bor.

Savol: Ular qaysilar?

Javob: ء ا ب ت ث ج ح خ د ذ ر ز س ش ص ض ط ظ ع غ ف ق ك ل م ن و ه ي
(hamza, alif, be, te, se, jim, he, xe, dol, zol, re, ze, sin, shin, sod, zod, itqi, izg`i, ayn, g`ayn, fe, qof, kof, lom, mim, nun, vov, hoyi havvas, yo)
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:47:05
2-DARS. ISTE'LO VA ISTE'FOLA HARFLARI

Savol: Ushbu 29 ta hatf nechaga bo`linadi?

Javob: Ikkiga bo`linadi: iste'lo va iste'fola harflariga.

Savol: Iste'lo harflari qanday harflar?

Javob: Og`izni to`ldirib, ovozni yuqori ko`tarib o`qiladigan harflar.

Savol: Iste'lo harflari nechta va ular qaysilar?

Javob: 7 ta: خص ضغط قظ
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:47:25
3-DARS. ISTE'FOLA HARFLARI

Savol: Iste'fola harflari qanday harflar?

Javob: Og`izni yoyib, ovozni ingichka qilib o`qiladigan harflar.

Savol: Iste'fola harflari nechta va ular qaysilar?

Javob: Qolgan 22 ta harfning hammasi.
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:48:07
4-DARS. HARAKAT, SUKUN, SUKUNLIK NUN, TANVIN

Savol: Harakat deb nimaga aytiladi?

Javob: َ(fatha), ِ (kasra),  ُ (zamma)

Savol: Sukun deb nimaga aytiladi??

Javob: Harakatsiz harflar ustiga qo`yiladigan ushbu belgiga: ْ

Savol: Sukunlik nun nima?

Javob: Ikki zamma ٌ, ikki fatha ً, ikki kasra ٍ

Savol: Sukunlik nun va tanvinda nechta qoida bor?

Javob: 4 ta: izhor, iqlob, idg`om, ixfo.
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:48:33
5-DARS. IZHOR

Savol: Izhor harflari nechta?

Javob: 6 ta: ء ه ع غ ح خ

Savol: Izhor nima?

Javob: Sukunlik nun yoki tanvin ushbu 6 harfning biriga yo`liqqan vaqtda nunni bildirib o`qimoq.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: غَاسِقٍ إِذَا وَقَبَ  (g'osiqin iza vaqob), يَوْمَئِذٍ عَنِ النَّعِيمِ (yavmaizin 'anin na'iim), وَأَمَّا مَنْ خَفَّتْ مَوَازِينُهُ ( ma amma man xoffat mavazinuhu)
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:49:09
6-DARS. IQLOB

Savol: Iqlob harflari nechta?

Javob: 1 ta: ب (be) harfi

Savol: Iqlob nima?

Javob: Sukunlik nun yoki tanvin be harfiga yo`liqqan vaqtda nunni mimga almashtirib, dimog` bilan o`qimoq.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: مِن بَعْد (mim ba'di).
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:49:48
7-DARS. IDG'OM

Savol: Idg'om nima?

Javob: Bir harfni ikkinchi harf ichiga kirgizib, singdirib o`qish.

Savol: Idg'om necha xil bo`ladi?

Javob: Ikki xil: g'unnali idg'om va g'unnasiz idg'om.

Savol: G'unna nima?

Javob: Dimog'dan chiqadigan ovoz.

Savol: G'unnali idg'omning harfi nechta?

Javob: 4 ta. ي م ن و harflari.

Savol: G'unnasiz idg'omning harfi nechta?

Javob: 2 ta. ل ر harflari.
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:50:17
8-DARS. G'UNNALIK VA G'UNNASIZ IDG'OM

Savol: G'unnalik idg'om nima?

Javob: Sukunli nun yoki tanvin ي م ن و harflarining biriga yo`liqqan vaqtda nunni u harfning ichiga kirgizib, dimog' bilan o`qish*.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: لَهَبٍ وَتَبَّ (lahabiv vatabb), مِّن مَّسَد (mim masad), فِي تَضْلِيلٍ وَأَرْسَلَ (fiy tazliiliv va arsala)

Savol: G'unnasiz idg'om nima?

Javob: Sukunlik nun yoki tanvin ل ر harflarining biriga yo`liqqan vaqtda nunni u harfning ichiga kirgizib, g'unnasiz o`qish.

Savol: Misoli qanday?

Javob: هُمَزَةٍ لُّمَزَة (humazatil lumazah), عِيشَةٍ رَّاضِيَةٍ ('iyshatir roziyah)


*Sharh. دُّنْيَا kabi kalimalardagi sukunlik nunlar ي م ن و harflariga yo`liqqan bo`lsa-da, kalimalarning o`rtasida kelganligi uchun idg'om qilmasdan, izhor qilib o`qiladi. (dunya deb)
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:50:32
9-DARS. IXFO

Savol: Ixfo harflari nechta?

Javob: 15 ta: ك ق ف ظ ط ض ص ش س ز  ذ د ج ث ت

Savol: Ixfo nima?

Javob: Sukunlik nun yoki tanvin ushbu 15 harfning biriga yo`liqqan vaqtda nunni u harf chiqadigan yerga yashirib, ozgina dimog` bilan o`qiladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: مَّرَضٌ فَزَادَهُمُ (Marozu(v) fazadahum), نَارًا ذَاتَ (naaro(n) zata), هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ (hum 'a(n) solaatihim)
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:51:02
10-DARS. SUKUNLIK MIM

Savol: Sukunlik mim da nechta qoida bor?

Javob: 3 ta. G'unnalik idg'om mislayn, ixfo shafaviya, izhor shafaviya.

Savol: G'unnalik idg`om mislayn nima?

Javob: Sukunlik mim mim ga yo`liqqan vaqtda mim ni mim ning ichiga kirgizib dimog` bilan o`qish.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: عَلَيْهِم مُّؤْصَدَةٌ ('alayhim mu'sodah)

Savol: Ixfo shafaviya nima?

Javob: Sukunlik mim be ga yo`liqqan vaqtda mim ni be ning chiqadigan yeriga yashirib ozgina dimog` bilan o`qish.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: تَرْمِيهِم بِحِجَارَةٍ (Tarmihim bihijaroh)

Savol: Izhor shafaviya nima?

Javob: Sukunlik mim mim va be dan boshqa harflarga yo`liqqan vaqtda mim ni bildirib o`qimoq.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: لَكُمْ دِينُكُمْ (Lakum dinikum)
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:51:26
11-DARS. QALQALA HARFLARI

Savol: Qalqala harflari nechta?

Javob: 5 ta. د ج ب ط ق

Savol: Qalqala nima?

Javob: د ج ب ط ق harflaridan biri sukunlik bo`lgan vaqtda sukunni zammaga o`xshatibroq o`qimoq. Sukunlik harfni sakratib talaffuz qilinadi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ (huvallohu ahad(u)), هُوَ الْأَبْتَرُ (huval ab(u)tar)
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:51:59
12-DARS. MAD VA HARFI MAD

Savol: Mad nima?

Javob: Tovushni choi`zib o`qimoq.

Savol: Harfi mad nima?

Javob: Cho`zib o`qiladigan harf.

Savol: Harfi mad nechta?

Javob: 3 ta: و ا ي

Savol: Vov qachon mad harfi bo`ladi?

Javob: Vov sukunlik bo`lib undan avvalgi harf zammalik bo`lgan bo`lgan vaqtda harfi mad bo`ladi. 

Savol: Misoli qaysi?

Javob: رَسُولٌ (Rosuulun)dagi vov

Savol: Yo qachon harfi mad bo`ladi?

Javob: Yo sukunlik bo`lib undan avvalgi harf kasralik bo`lgan bo`lgan vaqtda harfi mad bo`ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: فِيهَا (fiiha) dagi yo.

Savol: Alif qachon harfi mad bo`ladi?

Javob: Alif sukunlik bo`lib undan avvalgi harf fathalik bo`lgan bo`lgan vaqtda harfi mad bo`ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: وَمَا (va maa) dagi alif.
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:52:24
13-DARS. SABAB MAD

Savol: Sabab mad nima?

Javob: Harfi madlarni bir alif dan ortiq cho`zilishiga sabab bo`lgan narsa.

Savol: Sabab mad nechta?

Javob: 2 ta: hamza, sukun.

Savol: Sukun necha xil bo`ladi?

Javob: Ikki xil. Sukuni lozim va sukuni oriz.

Savol: Sukuni lozim qanday sukun?

Javob: Avvaldan bor bo`lib, doimo turadigan sukun. 

Savol: Misoli qaysi?

Javob: ق (Qoooof)dagi fe ning sukuni kabi.

Savol: Sukuni oriz qanday sukun?

Javob: Harakatlik harfda to`xtash sababidan harakatning o`rniga paydo bo`lgan sukun.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: نَسْتَعِينُ (Nasta'iin) dagi nun ning sukuni kabi.
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:52:52
14-DARS. MADNING XILLARI VA TABIIY MAD

Savol: Mad necha xil bo`ladi?

Javob: 7 xil: tabiiy mad, mad muttasil, mad munfasil, mad lozim, mad oriz, mad lin lozim, mad lin oriz.

Savol: Mad qachon tabiiy mad bo`ladi?

Javob: Harfi mad kelib, so`nggidan sabab mad kelmasa tabiiy mad bo`ladi.

Savol: Tabiiy mad qancha cho`ziladi?

Javob: bir alif miqdorida cho`ziladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: مَغضُوبِ (Mag`zuubi), إِيَّاكَ (Iyyaaka)
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:53:18
15-DARS. MAD MUTTASIL

Savol: Mad qachon mad muttasil bo`ladi?

Javob: harfi mad so`nggidan sabab mad hamza bo`lib, ikkisi bir kalimada kelsa mad muttasil bo`ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: جَاء (jaaaa'a)

Savol: Bunda nima qilinadi?

Javob: To`rt alif miqdorida cho`ziladi.

Savol: To`rt alif miqdorida cho`zishning hukmi nima?

Javob: Mad muttasilda vojib.
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:53:42
16-DARS. MAD MUNFASIL

Savol: Mad qachon mad munfasil bo`ladi?

Javob: Harfi mad so`nggidan sabab mad hamza bo`lib, boshqa kalimada kelsa mad munfasil bo`ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: إِنَّا أَعْطَيْنَا (Innaa a'toynaa)

Savol: Mad munfasil necha alif cho`ziladi?

Javob: Bir alifdan to`rt alifgacha cho`zish joiz.
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:54:06
17-DARS. MAD LOZIM

Savol: Mad qachon mad lozim bo`ladi?

Javob: Harfi mad so`nggidan sabab kelgan sabab mad sukuni lozim bo`lsa, mad lozim bo`ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: المص (Alif laaaam miiiim sooood), وَلَا جَانٌّ (va laa jaaaann)

Savol: Mad lozim necha alif cho`ziladi?

Javob: To`rt alif cho`zish vojib.
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:54:39
18-DARS. MAD ORIZ

Savol: Mad qachon mad oriz bo`ladi?

Javob: Harfi mad so`nggidan sabab kelgan sabab mad sukuni oriz bo`lsa, mad oriz bo`ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: تَعْبُدُونَ (ta'buduun), تَضْلِيلٍ (tazliil)

Savol: Mad oriz necha alif cho`ziladi?

Javob: Ikki alifdan to`rt alifgacha cho`zish joiz.
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:55:03
19-DARS. MAD LIN LOZIM VA MAD LIN ORIZ

Savol: Harfi lin nechta?

Javob: Ikkita. Sukunlik vov va sukunlik yo.

Savol: Bular qachon harfi lin bo‘ladi?

Javob: O‘zlaridan avvalgi harf fathalik bo‘lgan vaqtda harfi lin bo‘ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: الْقَوْم (alqovmi), عَلَيهِ (‘alayhi) dagi vov va yo.

Savol: Qachon mad lin lozim bo‘ladi?

Javob: Harfi lin sukuni lozimga yo‘liqqan vaqtda mad lin lozim bo‘ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: حمعسق (haa miiiim, aayyin, siiin qooof) dagi aynning yo si.

Savol: Mad lin lozim qancha cho‘ziladi?

Javob: 4 alif miqdorida cho‘zish vojib.

Savol: Qachon mad lin oriz bo‘ladi?

Javob: Harfi mad sukuni orizga yo‘liqqan vaqtda mad lin oriz bo‘ladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: وَالصَّيْفِ (vas soyiif), مِّنْ خَوْفٍ (min xovuuf).

Savol: Mad lin lozim qancha cho`ziladi?

Javob: Ikki alifdan 4 alifgacha cho‘zmoq joiz.
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:55:25
20-DARS. "œALLOH" LAFZI

Savol: Alloh lafzining lomida nechta qoida bor?

Javob: Ikkita. Tafxim va tarqiq.

Savol: Tafxim nima?

Javob: Yo‘g‘on o‘qimoq.

Savol: Tarqiq nima?

Javob: Ingichka o‘qimoq.

Savol: Alloh lafzining lomi qachon yo‘g‘on o‘qiladi?

Javob: O‘zidan avvalgi harf zammalik yoki fathalik bo‘lsa yo‘g‘on o‘qiladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: عَلَى اللَّهِ (‘alallohi), رَّسُولُ اللَّهِ rosululloh).

Savol: Qachon  ingichka o`qiladi?

Javob: O‘zidan avvalgi harf kasralik bo‘lsa ingichka o‘qiladi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: للّهِ (lillahi), بِاللّهِ (billahi).
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:55:46
21-DARS. TAFXIMLIK RE HARFI

Savol: Re harfida nechta qoida bor?

Javob: Ikkita. Tafxim va tarqiq.

Savol: Qanday re lar tafxim bo`ladi?

Javob: 6 ta joyda re tafxim bo`lib yo‘g‘on  o‘qiladi.

Savol: Birinchisi?

Javob: Re zammalik yoki fathalik bo`lsa. Misoli: كَفَرُو (kafaruu), الرَّحِيمِ (Ar-rohiim).

Savol: Ikkinchisi?

Javob: Re sukunlik bo`lib, o`zidan avvalgi harf zammalik yoki fathalik bo`lsa. Misoli:  أَرْسَلَ ursila), وَالْأَرْضَ (val-arzo).

Savol: Uchinchisi?

Javob: Re sukunlik bo‘lib, so`ngidan harf harfi iste’lodan bo`lsa. Misoli:  مرصاد (mirsood)
 
Savol: To‘rtinchisi?

Javob: Re sukunlik bo`lib, o`zidan avvalgi harf kasralik bo`lib, kasrasi oriziy (keyin paydo bo`lgan) yoki kalimada bo`lsa. Misoli: اَرْجعْ (arji’)

Savol: Beshinchisi?

Javob: Sukun bilan to`xtalgan re dan avvalgi harf iste’lo harflarida bo`lib, u ham sukunlik bo`lsa.  Misoli: وَالْعَصْر (val-‘asr).

Savol: Oltinchisi?

Javob: Sukun bilan to`xtalgan re dan avvalgi harf iste’lo harf ham sukunlik bo`lib, undan avvalgi harf zammalik yoki fathalik bo`lsa.  Misoli: خُسْر (xusr), بِالصَّبْر (bis-sobr).
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:56:12
22-DARS. TARQIQLI RE HARFI

Savol: Qachon re tarqiqlik bo`ladi?

Javob: 4 ta joyda re tarqiqlik bo`lib,  ingichka  o‘qiladi.

Savol: Birinchisi?

Javob: Re kasralik bo`lsa. Misoli: رِجَالٌ (rijaalun).

Savol: Ikkinchisi?

Javob: Re sukunlik bo`lib, o`zidan avvalgi harf kasralik. Misoli:  وَاغْفِر (vag‘fir).

Savol: Uchinchisi?

Javob: Sukun bilan to`xtagan re dan avvalgi harfi lin bo`lsa. Misoli:  خَيْرٌ (xoyrun)
 
Savol: To‘rtinchisi?

Javob: Sukun bilan to`xtalgan re dan avvalgi harf ham sukunlik bo`lib undan avvalgi harf kasralik bo`lsa. Misoli: حِجْرٍ (hijrin).
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:56:34
23-DARS. HARFLARNING MAHRAJLARI

Savol: Mahraj nima?

Javob: Harflarning og`izdan chiqish joyi.

Savol: Harflarning mahrajlari nechta?

Javob: Ko`p ulamolar nazdida 17 mahrajdan chiqadi.

Savol: 1-mahraj qaysi?

Javob: Xalqum (bo`g`iz) bilan og`iz orasidagi bo`shliq.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: Harfi mad bo`lgan ي و  ا   chiqadi.

Savol: 2-mahraj qaysi?

Javob: Xalqumning eng yuqori tomoni.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: ء  ه chiqadi.

Savol: 3-mahraj qaysi?

Javob: Xalqumning o`rtasi.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: ع  ح chiqadi.

Savol: 4-mahraj qaysi?

Javob: Xalqumning eng oldi.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: غ  خ chiqadi.

Savol: 5-mahraj qaysi?

Javob: Tilning eng yuqori tomoni bilan uning to`g`risidagi tanglay.

Savol: Bundan qaysi harf chiqadi?

Javob: ق harfi chiqadi.

Savol: 6-mahraj qaysi?

Javob: Qof mahrajining biroz oldirog`i.

Savol: Bundan qaysi harf chiqadi?

Javob: ك harfi chiqadi.

Savol: 7-mahraj qaysi?

Javob: Tilning o`rtasi bilan uning to`g`risidagi tanglay.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: ج  ش  ي harflari chiqadi.

Savol: 8-mahraj qaysi?

Javob: Tilning o`ng yoki chap yonlari bilan ost-ust oziq tishlarining oralari.

Savol: Bundan qaysi harf chiqadi?

Javob: ض harfi chiqadi.

Savol: 9-mahraj qaysi?

Javob: Tilning o`rtasidan boshlabuchigacha usti bilan tanglayni oldingi sakkiz tishga qo`shilgan joylari.

Savol: Bundan qaysi harf chiqadi?

Javob: ل harfi chiqadi.

Savol: 10-mahraj qaysi?

Javob: Tilning uchi bilan oldingi ikki yuqori tishning ich tomoni.

Savol: Bundan qaysi harf chiqadi?

Javob: G`unnasiz ن harfi chiqadi.

Savol: 11-mahraj qaysi?

Javob: Tilning uchi bilan tanglayning o`rtasi.

Savol: Bundan qaysi harf chiqadi?

Javob: G`unnasiz ر harfi chiqadi.

Savol: 12-mahraj qaysi?

Javob: Tilning uchi bilan oldingi ikki ust tishning tubi.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: G`unnasiz ت د  ط harflari chiqadi.

Savol: 13-mahraj qaysi?

Javob: Tilning usti bilan oldingi ikki yuqori tishning tepasi. Tilning uchi oldingi ikki ost tishni ich milkiga yopishib turadi.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: G`unnasiz ز س ص harflari chiqadi.

Savol: 14-mahraj qaysi?

Javob: Tilning uchi bilan oldingi ikki ost-ust tishlarining oralaridir.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: G`unnasiz ث ذ ظ harflari chiqadi. ظ da tilning uchiga ham biroz qo`shiladi.

 Savol: 15-mahraj qaysi?

Javob: Oldingi ikki ust tish bilan ostki labning ich tarafi.

Savol: Bundan qaysi harf chiqadi?

Javob: ف harfi chiqadi.

Savol: 16-mahraj qaysi?

Javob: Ikki labning orasi.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: ب م و harflari chiqadi.

Savol: 17-mahraj qaysi?

Javob: Xayshum, ya’ni dimog`dir.

Savol: Bundan qaysi harflar chiqadi?

Javob: Gu`nnalik tanvin, mim, nun chiqadi.
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:57:12
24-DARS. IDG‘OM MISLAYN

Savol: Idg‘om mislayn nima?

Javob: ismda va mahrajda bir bo‘lgan ikki harf bir-biriga yo`liqib, avvalgisi sukunlik bo`lganda avvalgisini keyingisining ichiga kirgizib o`qish.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: رَبِحَت تِّجَارَتُهُم  (Robihat tijarotuhum)dagi te kabi.
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:58:15
25-DARS. IDG‘OM MUTAJONISAYN

Savol: Idg‘om mutajonisayn nima?

Javob: Ismda boshqa maxrajda bir bo’lgan ikki harf bir-biriga yo’liqib, avvalgisi sukunlik bo’lgan vaqtda, avvalgisini keyingisining ichiga kirgizib o’qish.

Savol: Bunday harflar nechta mahrajga bo’linadi?

Javob: 3 ta mahrajga bo’linadi.

Savol: Birinchisi qaysi harfning mahraji?

Javob: ط د  ت (te, dol, to)larning mahraji.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: لَئِنْ بَسَطْتَ مَا وَعَدْ تُمْ (Laim basatta, va’attum).

Savol: Ikkinchisi qaysi harflarning mahraji?

Javob: ث ذ ظ (se, zol, zo)larning mahraji.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: اِذْ ظَلَمُوْا يَلْهَثْ ذَالِكَ (Izzolamuu, yalhaz zalika).

Savol: Uchinchisi qaysi harflarning mahraji?

Javob: ب م  (be, mim)larning mahraji.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: يٰبُنَيَّ ارْكَبْ مَعَنَا (Yaa bunayyarkam ma’anaa).
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:58:39
26-DARS. IDG‘OM MUTAQORIBAYN

Savol: Idg‘om mutaqoribayn nima?

Javob: Ismda yoki maxrajda bir-biriga yaqin bo’lgan ikki harf bir yerda kelib,  avvalgisi sukunlik bo’lgan vaqtda, avvalgisini keyingisining ichiga kirgizib o’qish.

Savol: Ismda bir-birlariga yaqin bo’lgan harflar qaysilar?

Javob: ق ك (qof, kof) harflari.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: اَلَمْ نَخْلُقْكُمْ (Alam naxlukkum).

Savol: Maxrajda bir-birlariga yaqin bo’lgan harflar qaysilar?

Javob: ل ر (lom, re) harflari.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: قُلْ رَبِّي  (Qur robbiy).
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:59:08
27-DARS. IDG‘OM SHAMSIYA

Savol: Idg‘om shamsiya nima?

Javob: Alif lom ل ا dan keyin 14 ta shamsiya harflarining biri kelganda lomni keyingi harfning ichiga kirgizib o’qish.

Savol: 14 shamsiya harflari qaysilar?

Javob: ت ث د ذ ر ز س ش ص ض ط ظ ل ن (to, so, dol, zol, ro, zo, sin, shin, sod, zod, itqi, izg’I, lom, nun).

Savol: Misoli qaysi?

Javob: اَلتَّوبَةُ اَلثَّنَاءُ اَلدُّنيَا الذِّكْرُ اَلرَّحْمٰنُ اَلزَّيْتُونُ اَلسَّمِيعُ
 اَلشَّمْسُ اَلصَّيْفُ اَلضَّلاَلُ اَلطُّورُ اَلظُّلْمُ اَللَّيلُ اَلنُّورُ

(Attavbatu, Assanaau, Addunya, Azzikru, Arrohmanu, Azzaytunu, Assamiy’u, Ashshamsu, Assoiqu, Azzolalu, Atturu, Azzulmu, Allaylu, Annuru).
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 06:59:53
28-DARS. IDG‘OM QAMARIYA

Savol: Izhor qamariya nima?

Javob: Alif lom ل ا dan keyin 14 ta qamariya harflarining biri kelganda lomni bildirib o’qish.

Savol: 14 qamariya harflari qaysilar?

Javob: ابْغِ حَجَّكَ وَ خِفْ عَقِيمَهُ degan kalimadagi harflar.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: اَلْاَزَلُ اَلْبَلَدُ اَلْغَنِيُّ اَلْحَجُّ اَلْجُمَلُ اَلْكَلاَمُ اَلْوَلِيُّ
 اَلْخَوْفُ اَلْفِيلُ اَلْعِلْمُ اَلْقَمَرُ اَلْيَدُّ اَلْمُلْكُ اَلْهِلاَلُ

(Al-anzalu, Al-baladu, Al-‘g’oniyyu, Al-hajju, Al-jumalu, Al-kalamu, Al-valiyyu, Al-xavfu, Al-fiylu, Al-ilmu, Al-qomaru, Al-yaddu, Al-mulku, Al-hilalu).
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 07:00:43
29-DARS. VAQF (TO’XTASH)

Savol: Vaqf deb nimaga aytiladi?

Javob: Oyatlar orasida to’xtab, nafas olishga.

Savol: Qanday joylarda vaqf qilinadi?

Javob: Ushbu (http://ziyo.pochta.ru/tajvid/vakfa.gif) alomatlaridan biri bo’lgan yerda vaqf qilinadi.

Savol: Vaqf necha xil bo’ladi?

Javob: 3 xil: Sukunlik hoyi havvaz, alif va sukun bilan bo’ladi.

Savol: Qanday joylarda sukunlik hoyi havvaz bilan vaqf qilinadi?

Javob: Vaqf qilinadigan kalimaning oxirida hoyi havvaz suratida yozilgan te bo’lsa, hoyi havvaz bilan vaqf qilinadi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: ~ۚ وَ اَقِمِ الصَّلواةَ ~ۚ نَارٌ حَامِيَةٌ (Naarun hamiyah, Va aqiymus solaah).

Savol: Qanday joylarda alif bilan vaqf qilinadi?

Javob: Vaqf qilinadigan kalimalarning oxirida fathalik tanvin yoki alif bo’lsa, alif bilan vaqf qilinadi.
 
Savol: Misoli qaysi?

Javob: ~ۚ عُقْبَيهَا ~ۚ بَصِيرً (Basiroo, ‘Uqbahaa).

Savol: Qanday joylarda sukun bilan vaqf qilinadi?

Javob: Yuqorida o’tgan ikki o’rindan boshqa hamma o’rinda sukun bilan vaqf qilinadi.

Savol: Misoli qaysi?

Javob: ~ۚ مِنْ قَبْلِكَ ~ۚ   وَالرَّيْحَانِ ~ۚ   مُؤْمِنِينَ ~ۚ يُوقِنُونَ (Yuqinuun, Mu’miniin, Var-royhaan, Min qoblik).

Savol: Bu kalimalar qanday o’qiladi?

Javob: Oxirgi harflarning harakatlari tushirilib, sukun bilan o’qiladi.
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 07:01:00
30-DARS. SAKTA

Savol: Sakta deb nimaga aytiladi?

Javob: Ikki kalima orasida nafas olmasdan biroz to’xtab o’tishga aytiladi.

Savol: Qur’oni karimda nechta joyda sakta bor?

Javob: To’rt joyda sakta bor.

Savol: Qaysi suralarda?

Javob: Kahf, Yosin, Qiyomat, Mutaffifin suralarida.

Savol: Kahf surasida qaysi kalimalar orasida sakta qilinadi?

Javob: Kahf surasinin عِوَجَا va قَيِّمًا kalimalari orasida sakta qilinadi.

Savol: Qanday o’qiladi?

Javob: عِوَجَا ni قَيِّمًا ga ixfo qilmasdan, عِوَجَا deb biroz to’xtab, keyin  قَيِّمًا o’qiladi.

Savol: Yosinda qaysi kalimalar orasida sakta qilinadi?

Javob: Yosinda مِن مَّرْقَدِنَا bilan [size] هَذَا [/size] orasida sakta qilinadi.
 
Savol: Qanday o’qiladi?

Javob: مِن مَّرْقَدِنَا deb biroz to’xtab, keyin [size] هَذَا [/size] o’qiladi.

Savol: Qiyomat surasida qaysi kalimalar orasida sakta qilinadi?

Javob: Qiyomat surasida مَنْ bilan رَاقٍ orasida sakta qilinadi.

Savol: Qanday o’qiladi?

Javob: مَنْ ni رَاقٍga idg’om qilmasdan, مَنْ deb biroz to’xtab, keyin رَاقٍ ni o’qiladi.

Savol: Mutaffifiynda qaysi kalimalar orasida sakta qilinadi?

Javob: Mutaffifiynda بَلْ bilan رَانَ orasida sakta qilinadi.

Savol: Qanday o’qiladi?

Javob: بَلْ ni رَانَ ga idg’om qilmasdan بَلْ deb bir oz to’xtab, keyin رَانَ o’qiladi.
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 07:01:26
31-DARS. TA’AVVUZ, BASMALA

Savol: Ta’avvuz nima?

Javob: اَعُوذُ بِاللهِ مِنَ الشَّيْطٰانِ الرَّجِيمِ (A’uzu billahi minash shaytonir rojim).

Savol: Basmala nima?

Javob: بسم الله الرحمن الرحيم (Bismillahir rohmanir rohim).

Savol: Ta’avvuz aytish qanday amal?

Javob: Qur’oni karim oyatlaridan birontasini o’qiydigan kishiga avvalo ta’avvuz aytish mustahabdir.

Savol: Basmala aytish qanday amal?

Javob: Qur’oni karim suralaridan birini boshlaydigan kishiga basmala aytish sunnat.

Savol: Basmaladagi الرحيمning mimi nechta suraning boshidagi harflarga qo’shilib o’qiladi?

Javob: الرحيمning mimi Qur’oni karim suralaridan 11 suraning boshidagi sukunlik harflarga qo’shilib o’qiladi.

Savol: Ularning 1-si qaysi?

Javob: Fotiha surasi  ( الْحَمْدُ) (Alhamdu)

Savol: 2-si qaysi?

Javob: An’om surasi  ( الْحَمْدُ) (Alhamdu)

Savol: 3-si qaysi?

Javob: Kahf surasi  ( الْحَمْدُ) (Alhamdu)

Savol: 4-si qaysi?

Javob: Anbiyo surasi  ( اقْتَرَبَ لِلنَّاسِ) (Iqtaroba linnasi)

Savol: 5-si qaysi?

Javob: Saba surasi  ( الْحَمْدُ) (Alhamdu)

Savol: 6-si qaysi?

Javob: Fotir surasi  ( الْحَمْدُ) (Alhamdu)

Savol: 7-si qaysi?

Javob: Qamar surasi  ( اقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ) (Iqtarobas sa’ati)

Savol: 8-si qaysi?

Javob: Rahmon surasi  ( الرَّحْمَنُ) (Ar-rohman)

Savol: 9-si qaysi?

Javob: Al-haqqa surasi  ( الْحَاقَّةُ) (Al-haaqqotu)

Savol: 10-si qaysi?

Javob: Alaq surasi  ( اقْرَأْ) (Iqro)

Savol: 11-si qaysi?

Javob: Qori’a surasi  ( الْقَارِعَةُ) (Al-qoori’a)

Savol: الرحيمning mimi nechta surada sukun bilan vaqf qilinib o’qiladi?

Javob: الرحيمning mimi 9 suraning boshida vaqf qilinib, sukun bilan o’qiladi.

Savol: Ularning 1-si qaysi?

Javob: Muhammad (s.a.v.) surasi  ( الَّذِينَ) (Allazina)

Savol: 2-si qaysi?

Javob: Qiyomat surasi  ( لَا أُقْسِمُ) (Laa uqsimu)

Savol: 3-si qaysi?

Javob: Mutaffifiyn surasi  ( وَيْلٌ) (Vaylun)

Savol: 4-si qaysi?

Javob: Abasa surasi  ( عَبَسَ) (‘Abasa)

Savol: 5-si qaysi?

Javob: Balad surasi  ( لَا أُقْسِمُ) (Laa uqsimu)

Savol: 6-si qaysi?

Javob: Bayyina surasi  ( لَمْ يَكُنِ) (Lam yakun)

Savol: 7-si qaysi?

Javob: Takosur surasi  ( أَلْهَاكُمُ) (Alhaakum)

Savol: 8-si qaysi?

Javob: Humaza surasi  ( وَيْلٌ) (Vayl)

Savol: 9-si qaysi?

Javob: Masad surasi  ( تَبَّتْ) (Tabbat)

Savol: Ushbu o’tgan suralardan boshqa suralarning boshida الرحيمning mimi qanday o’qiladi?

Javob: O’tgan 20 ta suradan boshqa suralarning boshida الرحيمning mimi vaqf qilinmasdan kasralik qilib o’qiladi.
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 07 Avgust 2006, 07:02:03
Allohning yordami ila "œTajvidul-Qur’on" darslarini ham nihoyasiga yetkazdik. Kitob muallifi Munavvarqori bobomizdan Alloh rozi bo’lsin! Bilganlarimizga amal qilishlikni Alloh nasib qilsin!

"œQiyomat kunida Qur’on o’quvchi qoriga aytiladi: O’qi va ko’tarilib boraver. Tilovat qil, u dunyoda qandoq o’qigan bo’lsang , oxirgi oyatni o’qigan joyingda sening jannatdagi martabang-manziling bo’ladi"

Ilohim, shunga erishtirsin!
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 19:22:28
Mundarija


1-dars. Qur'oni karim harflari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11009#msg11009)
2-dars. Iste'lo va iste'fola harflari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11010#msg11010)
3-dars. Iste'fola harflari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11011#msg11011)
4-dars. Harakat, sukun, sukunlik nun, tanvin (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11012#msg11012)
5-dars. Izhor (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11013#msg11013)
6-dars. Iqlob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11014#msg11014)
7-dars. Idg'om (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11015#msg11015)
8-dars. G'unnalik va g'unnasiz idg'om (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11016#msg11016)
9-dars. Ixfo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11017#msg11017)
10-dars. Sukunlik mim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11018#msg11018)
11-dars. Qalqala harflari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11019#msg11019)
12-dars. Mad va harfi mad (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11020#msg11020)
13-dars. Sabab mad (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11021#msg11021)
14-dars. Madning xillari va tabiiy mad (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11022#msg11022)
15-dars. Mad muttasil (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11023#msg11023)
16-dars. Mad munfasil (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11024#msg11024)
17-dars. Mad lozim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11025#msg11025)
18-dars. Mad oriz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11026#msg11026)
19-dars. Mad lin lozim va mad lin oriz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11027#msg11027)
20-dars. "œAlloh" lafzi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11028#msg11028)
21-dars. Tafximlik re harfi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11029#msg11029)
22-dars. Tarqiqli re harfi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11030#msg11030)
23-dars. Harflarning mahrajlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11031#msg11031)
24-dars. Idg‘om mislayn (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11032#msg11032)
25-dars. Idg‘om mutajonisayn (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11033#msg11033)
26-dars. Idg‘om mutaqoribayn (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11034#msg11034)
27-dars. Idg‘om shamsiya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11035#msg11035)
28-dars. Idg‘om qamariya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11036#msg11036)
29-dars. Vaqf (to’xtash)  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11037#msg11037)
30-dars. Sakta (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11038#msg11038)
31-dars. Ta’avvuz, basmala (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.msg11039#msg11039)
Nom: Re: TAJVIDUL QUR'ON. Munavvar qori
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:18:23
Tajvidul Qur'on

(http://www.ziyouz.com/images/books/tajvid.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=198)

Muallif: Munavvar qori

Hajmi: 87 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=198)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=510.0)