forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Xorijdagi o'zbeklarim => Mavzu boshlandi: Shoxjahon12 06 Oktyabr 2010, 16:11:22

Nom: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 06 Oktyabr 2010, 16:11:22
Assalomu alaykum, aziz forumdoshlar. Hozirda Koreya respublikasining sanoatlashgan shahri bo'lmish Ansan shahridaman. Ishlar yaxshi.
Ollox nasib aylaa shu yerdan turib forumimiz uchun kerakli va foydali ma'lumotlar, maqolalar yuborib turishga harakat qilaman. To'g'risini aytaman: O'zbekistonimni, oilamni, ota-onamni juda sog'indim. Kelganimga endigina 10 kun bo'ldi.  Koreyaga uchishimdan 1 hafta avval tug'ilgan qizim - Gulsanamni, 2 yarim yoshdan oshib, tillari burro bo'lib qolgan o'g'lim - Muzaffarbekni  cheksiz sog'indim. Sizlarni ham, aziz forumdoshlar!
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Sakiina 06 Oktyabr 2010, 21:11:59
endi shundoq uzoq yolga ketdiez chidab ishlang , soginch yomon narsa  :2kup bolalar tashlab kelishadi  10 yil burun  kompyotorlarda gaplashish yog edi uega telefon qilish qimatga tushardi (yani adashmasam 5 minuti 5000 won edi) hozir ancha rivojlangan uega gaplashisham arzon, 3,4 oeda organib ketsangiz kerak kein bemalol bolib olasiz
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Sakiina 06 Oktyabr 2010, 21:19:26
ishlab qaetib keguningizcha nasib bosa asal qizchaeiz oldiezdan yougurub chiqadi ( demoqchimanki sizni kutgani  :)ogulchaeiz hozir tilchasi buro bogan bosa siz kelganingizda esa dadjon endi manga velosiped obering dedigon boladi nasib bosa hudo hohlasa
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: indira82 11 Oktyabr 2010, 13:15:32
Men esa ota onamni qarindoshlarni sogindim bormaganimga 2 yil boladi
 :(
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Ibrohim_jon 11 Oktyabr 2010, 16:24:16
Sizlar migration dan ketganmisizlar yoki boshqa saytdanmi?
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: yoqutxon 11 Oktyabr 2010, 20:35:21
Assalomu aleykum. Men Koreada bo'lmasam ham jondan aziz dadajonim hozir Koreadalar. Dadam Koreaga ketganidan so'ng koreys halqi va davlatiga bo'lgan qiziqishim ortdi.Ayniqsa koreys haqining milliy taomlariga bo'lgan qiziqishim katta. Har doim dadam bilan gaplashganimda turli tuman taomlar haqida so'rab bilib olaman. Dadam Korea haqida gapirib, tasvirlab beradilaru lekin rasm jo'natishga kelganda biroz erinadilar :D Shohjahon aka mavzuni Koreadan yozamiz va ko'rsatamiz deb ochibdilar, iltimos Koreadagi forumdoshlar bizga korea haqida ko'proq malumot berib, rasmlarni ham joylashtirishni unutmanglar.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 07 Noyabr 2010, 10:38:16
Kecha Koreyaning Chungbuk viloyatidagi Chongju shahriga yetib keldim.  Ansandan 1,5 soatlik yo'l. Kechasi tuman tushib, anchagina sovuq edi. Bugun biroz iliq. Ko'chalar gavjum. Dam olish kuni bo'lgani uchunmi yoshu qari saylga chiqqan. Imkon topib, rasmlardan ham joylashga harakat qilaman.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 07 Noyabr 2010, 10:43:31
Musofir bo'lmaguncha, musulmon bo'lmaysan, deganlaridek, musofirchilikda  ko'rib, ham shukrlar qilasan, ham fikrlar qilasan ekan. Sog'inchlar butun vujudingni qamrab olganda, hamma narsaning qadriga yetar ekansan.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: yoqutxon 08 Noyabr 2010, 22:10:50
Kecha Koreyaning Chungbuk viloyatidagi Chongju shahriga yetib keldim.  Ansandan 1,5 soatlik yo'l. Kechasi tuman tushib, anchagina sovuq edi. Bugun biroz iliq. Ko'chalar gavjum. Dam olish kuni bo'lgani uchunmi yoshu qari saylga chiqqan. Imkon topib, rasmlardan ham joylashga harakat qilaman.
:as:
Ansanga yaqin joyda ekansizda. Meni dadam hozir Ansandalar. Rasmlarni kutib qolamiz. Musofirchilikda yurganlarni barchasi Ollohga omonat boshlaring omon bo'lsin.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 26 Noyabr 2010, 23:29:29
Kecha Koreyaning Chungbuk viloyatidagi Chongju shahriga yetib keldim.  Ansandan 1,5 soatlik yo'l. Kechasi tuman tushib, anchagina sovuq edi. Bugun biroz iliq. Ko'chalar gavjum. Dam olish kuni bo'lgani uchunmi yoshu qari saylga chiqqan. Imkon topib, rasmlardan ham joylashga harakat qilaman.
:as:
Ansanga yaqin joyda ekansizda. Meni dadam hozir Ansandalar. Rasmlarni kutib qolamiz. Musofirchilikda yurganlarni barchasi Ollohga omonat boshlaring omon bo'lsin.
Men o'zim Ansandaman. Ukam Chongjuda edi.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: yoqutxon 07 Dekabr 2010, 21:30:14
 :as:
Zo'rku menni dadam bilan bitta shaxarda ekansizlarda unda.Balki ko'rishib ham qolarsizlar :)

Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 31 Dekabr 2010, 17:05:33
Kuni kecha Koreyaning MBC telekanalida bir ko'rsatuv bo'ldi. Ko'rsatuv qaxramoni 85 yoshga to'lgan bir kampir. Ismi - Kuksinyo ekan. O'zbek tiliga ma'nosi:Kuksi qiz. Reportyor kampirdan so'rayapti:
-Nega ismingiz Kuksinyo (Kuksi qiz)?
Kampir aytapti:
-Men tug'ilgan paytda yurtimizda juda qiyinchilik va ocharchiliklar bo'lgan davr ekan. O'lim ko'p bo'lgan. Mendan avval tug'ilgan akam va opam olamdan erta o'tgan ekan. Shuning uchun ota-onam mening umrim kuksidek uzun bo'lsin,deb Kuksi qiz deb qo'yishgan ekan.


Darhaqiqat, kampir 85 yoshdan oshayotgan bo'lsa ham anchagina tetik va bardam ko'rinardi.

IZOX: Kuksi - koreyscha taom. Menimcha, forumchilarimiz orasida ham ko'pchilik tatib ko'rgan.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: GRAND 31 Dekabr 2010, 17:10:55
Kuksi yeb ko'rmaganmani lekin uni qanday ko'rinishga ega ekanligini  ko'rganman qaysidur kinoda o'zimini roltoni makoroni uziniga o'xshidi. 
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Muhsin Umarov 08 Yanvar 2011, 21:03:33
kimchi salati va ramyonlariga gap yuq...
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: yoqutxon 20 Yanvar 2011, 23:37:57
 :as:
Barcha koreyadagi forumdoshlarga savolim bor edi .Koreyada ham sheva bormi masalan bizga o'xshagan Xorazm,Andijon shevalari deganlariday?
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Sakiina 21 Yanvar 2011, 20:13:25
ha bor har qaesi shahri har hil gapirishadi
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 21 Yanvar 2011, 20:28:54
:as:
Barcha koreyadagi forumdoshlarga savolim bor edi .Koreyada ham sheva bormi masalan bizga o'xshagan Xorazm,Andijon shevalari deganlariday?
Albatta,bor. Poytaxt Seul shevasi adabiy til qilib belgilangan.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Sadulla 10 Aprel 2011, 06:44:14
 :as:

Shoxjahon aka bizda koreys tilini bilish darajasi bo'yicha imtixon bor ,Koreyaning o'zida ham shu narsa bormi,yoki koreyaliklarning o'ziga bu narsa kerak emasmi,vaqtingiz bo'lsa shu narsa haqida bir qiziqib ko'rsangiz.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: azizbek_mx 10 Aprel 2011, 08:09:30
Аимага снги постлар куринмаспти?
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 09 Oktyabr 2011, 11:52:27
Men koreys yoshlarining bitta xarakteriga umuman tushunmayman: birorta chet ellik odamning oldida bir-birlari bilan inglizcha gaplashmoqchi bo'lishadi. Inglizchada "okey" va "good" kabi oson so'zlardan bor-yo'g'i 5-6ta bilishadiyu, tag'in chet ellikni oldida o'zini ko'rsatmoqchi bo'lishadi. Boya metroda Seuldan kelarkanman 3ta maktab o'quvchisi ro'paramda o'tirib kelishdi. O'z tillarida pichirlab gaplashishyaptiyu, ora-sira ataylab menga eshittirib inglizcha gapirib qo'yishadi. Go'yoki, mendan "Vo, inglizchani zo'r bilarkansizlar. Qoyil",degan maqtovni kutishyotgandek. Men esa bir ensam qotadi, bir kulgim qistaydi, bir jaxlim chiqadi...
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 09 Oktyabr 2011, 11:54:28
:as:

Shoxjahon aka bizda koreys tilini bilish darajasi bo'yicha imtixon bor ,Koreyaning o'zida ham shu narsa bormi,yoki koreyaliklarning o'ziga bu narsa kerak emasmi,vaqtingiz bo'lsa shu narsa haqida bir qiziqib ko'rsangiz.
Uzr,savolingizga juda kech javob beryapman.
Ha, chet davlatlarda, shu jumladan, O'zbekistonda koreys tili darajasi bo'yicha imtixonlar Koreyada ham bir vaqtda o'tkaziladi. O'zbekistondaligimda bilishimcha, taxminan sentyabrlarda bo'lardi.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 09 Oktyabr 2011, 12:23:15
Bir safar qiziq bo'ldi: avtomobil extiyot qismlari magaziniga kirgandim. Bir narsani izlab kirgandim. Sotuvchi koreyschalab biroz kutib turishimni, omborni ko'rib chiqishini aytdi va stul uzatib inglizchalab:"Stand",desa bo'ladimi. Rosa qotibman)
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 17 Dekabr 2011, 16:06:50
(http://s58.radikal.ru/i161/1112/91/c35bea33335f.jpg)

Eski rasmlardan. Koreya manzaralari.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 17 Dekabr 2011, 16:08:20
(http://s017.radikal.ru/i412/1112/30/d74dcff6a8e3.jpg)

Eski rasmlardan. Koreya manzaralari.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 17 Dekabr 2011, 16:09:38
(http://s003.radikal.ru/i204/1112/94/a10942d5cce8.jpg)
Eski rasmlardan. Koreya manzaralari.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 17 Dekabr 2011, 16:12:20
(http://s58.radikal.ru/i160/1112/e7/9868d4e2eefe.jpg)
Eski rasmlardan. Koreya manzaralari.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 17 Dekabr 2011, 16:20:13
(http://s04.radikal.ru/i177/1112/f3/95090c3876b5.jpg)

Eski rasmlardan.Koreya manzaralari.
Uchib ko'rdim. Ostingizda suv oqib tursa, tepadan ancha vaxshatli ko'rinarkan.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 17 Dekabr 2011, 16:23:43
(http://i008.radikal.ru/1112/cf/f54fe3b91df9.jpg)
Eski rasmlardan.Koreya manzaralari.
Disneylendga borish yo'li.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 17 Dekabr 2011, 16:26:09
(http://s003.radikal.ru/i203/1112/77/81e73020f1a0.jpg)
Eski rasmlardan.Koreya manzaralari.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 17 Dekabr 2011, 16:28:04
(http://s004.radikal.ru/i207/1112/fd/83e44e3d001b.jpg)
Eski rasmlardan. Koreya manzaralari.
Ozoda ko'chalar.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 17 Dekabr 2011, 17:16:48
(http://s017.radikal.ru/i435/1112/ce/158ee56732cf.jpg)
Eski rasmlardan. Koreya manzaralari.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Ansora 19 Dekabr 2011, 16:22:13
Shoxjahon, bugun Koreyaliklarni "Keranmari" nonushta yeguligini joylagandim forumga, siz yeganmisiz? Mazasi qanaqa?
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 20 Dekabr 2011, 07:37:07
Shoxjahon, bugun Koreyaliklarni "Keranmari" nonushta yeguligini joylagandim forumga, siz yeganmisiz? Mazasi qanaqa?
Tuxumli taommi? :D
Tuxum jonu dilim.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 20 Dekabr 2011, 07:43:54
(http://s017.radikal.ru/i400/1112/4c/131606758f7f.jpg)
Koreya manzaralari
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Ansora 20 Dekabr 2011, 15:12:57
Koreyada bosh ministr (chamamda) o'libdi, xalqi namuncha yig'lamasa...

Bu manzarani ko'rib, Musulmon bo'lganimga yana shukr qildim, dod faryod urguncha duo o'qi, deydigan odam yo'q...achinarli holat.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 21 Dekabr 2011, 05:22:38
Koreyada bosh ministr (chamamda) o'libdi, xalqi namuncha yig'lamasa...

Bu manzarani ko'rib, Musulmon bo'lganimga yana shukr qildim, dod faryod urguncha duo o'qi, deydigan odam yo'q...achinarli holat.
Shimoliy Koreya raxbari Kim Chen Ir 17 dekabr kuni olamdan o'tdi.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 22 Dekabr 2011, 07:51:33
Har bir tilning o'ziga xos ibora va uslublari bo'ladi. Jumladan,koreys tilining ham.Qaysi mamlakatga borsangiz shu mamlakat tili va madaniyatini o'rgansa foydadan holi bo'lmaydi.
Kecha bir tanishim telefon qildi:
-Aka, birga ishlaydigan bir koreys:"Seni boshingni kesib tashlash kerak",deyapti. Juda qo'rqib ketyapman. Nima qilsam ekan-a, - dedi ovozi qaltirab. U koreys tilini yaxshi bilar, mayda-chuydasigacha emas. Men uning gapidan kulib yubordim.
-Nega kulasiz? Birov o'laman,desa bu kulaman,deydiya...
Qarasam,astoydil xafa bo'lyapti.
-Ukam, san noo'rin xafa bo'lmaginu, sochlaring o'sib ketganmi?- dedim.
-Ha, nimaydi? Buyog'i xavo sovuq, shunga sartaroshxonaga keyinroq bormoqchiman, dedi u.
-O'sha koreys oshnang "Boshingni kesish kerak",degan iborani aytibdi, bu "soching o'sib ketibdi, sochingni kestir",degan ma'noda keladi,ukam,- dedim tushuntirib.
-Eee, men nima ekan debmana. Bekorga xavotirlanib o'tiribmana,- dedi u. Telefon go'shagidan uning xotirjam tortganligini nafas olishidan sezdim.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 25 Dekabr 2011, 01:58:39
Kecha qor yoqqandi. Havo juda sovub ketdi. Bunaqa sovuq havoda tashqariga chiqqing kelmaydi. Dam olish kunlari issiq uyda kino ko'riiiiiiib o'tirganga yetmaydi.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Solihatun 25 Dekabr 2011, 09:03:08
Koreyslar tarixiy kinolari va seriallari bilan faxrlanishsa kerak a? Shu tarixiy kinolarini suratga oladigan mashxur insonlar va aktyorlari kimlar bilmaysizmi?
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: ibnUyayna 25 Dekabr 2011, 09:56:36
Koreyslar tarixiy kinolari va seriallari bilan faxrlanishsa kerak a? Shu tarixiy kinolarini suratga oladigan mashxur insonlar va aktyorlari kimlar bilmaysizmi?
googledan qidirib korin..

 (faxrlanmi olsin shu karsla..ozimizda otmagan seraillarri ozbela korvoti dip faxrlanishsa kerede yana bilmadim..man 2 tasini bilaman Pan Gi Mun va Kim De Jun(o'lib ketgan,joyi malum))
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 25 Dekabr 2011, 13:46:32
Koreyslar tarixiy kinolari va seriallari bilan faxrlanishsa kerak a? Shu tarixiy kinolarini suratga oladigan mashxur insonlar va aktyorlari kimlar bilmaysizmi?

KBS,EBS,MBC kabi kanallarda ko'p qo'yiladi seriallar. Kuzatishlarimga asoslanib aytadigan bo'lsam, MBCda ko'proq tarixiy seriallarni qo'yib turishadi. Seriallarning keti uzilmaydi. Bitta serial tugamasdan turib keyingi oyda qaysi serial navbatda turganligini eslatuvchi reklamalar ko'p. O'zbekiston TVsida oxirgi paytlarda koreyslarning tarixiy seriallarini tarjima qilib qo'yish ko'paygan. Ba'zan Koreya TVsida seriallarni ko'rib o'tirib, o'ylab qolaman:"Yana 2-3 yildan so'ng shu serialni o'zbek tomoshabini o'zbek tilida tomosha qilsa kerak-a"...
Seriallarni yaxshi ishlashadi. Bunga gap-so'z yo'q. Lekin o'zimizning ham milliy seriallarimiz ko'paysa undan ham zo'r bo'lardi. Nimaga Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Mirzo Bobur kabi buyuk sarkardalarimiz haqida tayinli filmlar yo'q? Vaxolanki, ular koreyslarning Jumong, Dejoyong kabi sarkardalaridanda buyukroq bo'lishgan. Yoki bo'lmasa Turkistonning Chor Rossiyasi mustamlakasiga tushib qolmasligi uchun astoydil kurashgan Xiva xoni Sherg'ozixon, Olimqul sarkarda (1865 yili Toshkent uchun janglarda ruslarga qarshi kurashgan qo'shin sarkardasi), yoki yaqin o'tmishimizdagi "bosmachilik" deb noto'g'ri talqin etilgan, aslida  milliy istiqlol kurashchilari bo'lgan Madaminbek,Shermuxammadbek kabi qo'rboshilar haqida mubolag'asiz aytishim mumkinki, 1000 seriyalik filmlar olsak arziydi.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Ansora 25 Dekabr 2011, 13:52:25
 :asl3:

Kecha Turk kanalida Janubiy Koreyani ko'rsatishayotgandi, ovqat sotadigan ko'chalari biraz ozoda. Havasim keldi. Baliqlar judayam chiroyli ko'rinardi:)

Non yo'q, dedi ko'rsatuvni olib boruvchi qiz, non olib keling bu yerga keladigan bo'lsangiz, bug'doy yo'qmi deyman?

Keyin o'zimizni Pashmak, Turkcha "pishmaniye" ga o'hshagan dahshat shirinlgi bor edi, yoshgina bola ustalik bilan xamirni minglab toladay ochdi, asalni qotirib qilisharkan, zo'r edi:) yeganmisiz bundan?

Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: ibnUyayna 25 Dekabr 2011, 13:57:27

 karisla alkashku..ichvolip kochada baqir chaqir qilib yurishadi..
 kochalarini uzbela tozalavoti de shunga toza..
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 25 Dekabr 2011, 13:58:13
:asl3:

Kecha Turk kanalida Janubiy Koreyani ko'rsatishayotgandi, ovqat sotadigan ko'chalari biraz ozoda. Havasim keldi. Baliqlar judayam chiroyli ko'rinardi:)

Non yo'q, dedi ko'rsatuvni olib boruvchi qiz, non olib keling bu yerga keladigan bo'lsangiz, bug'doy yo'qmi deyman?

Keyin o'zimizni Pashmak, Turkcha "pishmaniye" ga o'hshagan dahshat shirinlgi bor edi, yoshgina bola ustalik bilan xamirni minglab toladay ochdi, asalni qotirib qilisharkan, zo'r edi:) yeganmisiz bundan?


Mazasi sal g'alatiroq. Shirinlik jonu dilim. Lekin usti yaltiroq,ichi qaltiroq narsalari ko'p. O'tgan safar sirtiga "cake" deb yozib qo'yilgan "shirinlik"ni falon summaga oldim. (Bu yerda oziq-ovqat ancha qimmat:)). Uyga olib kelib ochib yeb ko'rsam ta'mi taxir... Keyin bilsam u narsani bug'doy unidanmas, guruch unidan tayyorlashgan ekan. Shakar ham solmagan shekilli umuman ta'mi yo'q. O'shandan buyon yegulik olishda ancha extiyotkor bo'lib qolganman. (O'sha guruchli "cake"ni mazasini qo'shnimning buldog iti totib ko'rdi)
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Ansora 25 Dekabr 2011, 14:00:01

 karisla alkashku..ichvolip kochada baqir chaqir qilib yurishadi..
 kochalarini uzbela tozalavoti de shunga toza..

Forumni ilk qoidalaridan biri boshqa millat vakillarini mazah qilmaslik edi shekilli...
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 25 Dekabr 2011, 14:23:09

 karisla alkashku..ichvolip kochada baqir chaqir qilib yurishadi..
 kochalarini uzbela tozalavoti de shunga toza..

Shu yerda shu xalqni orasida nasibamni terib yurgan ekanman, shu xalq haqida yomon fikr ayta olmayman. Tuzini yeb, tuzlig'iga tupurishdek bo'lib qoladi. Azaldan xarakterim shunaqa. Shu bilan birga koreyslardan o'zbek xalqi haqida biron marta yomon fikr eshitmadim. "Qayerliksan?" deb so'rashsa "O'zbekman",deyman. "O, O'zbekiston!!! Good!" deb bosh barmog'ini ko'rsatadi. Mexnatdan qochmaydigan, mexmondo'st xalq deb biladi o'zbeklarni.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 25 Dekabr 2011, 14:45:08
(http://s15.radikal.ru/i189/1112/02/0b4df178621f.jpg)
25 dekabr. Koreya. Poyezd ichidan olingan rasm. :)
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 25 Dekabr 2011, 15:41:06
(http://s45.radikal.ru/i108/1112/bf/5b093cb4007a.jpg)


Hozirgina "KBS News"da:"Koreyalik 102 yoshli ayol Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi",deb xabar tarqatdi. Ma'lum bo'lishicha, Koreyaning Jeju orolida istiqomat qiluvchi Mun Kvi Chun ismli 102 yoshli ayol rak kasali operatsiyasidan muvaffaqiyatli chiqibdi. Bu butun dunyoda rak kasalini yengib chiqqan eng yoshi ulug' odam bo'lib chiqyapti. Shu paytgacha o'tgan yili 99 yoshida rak kasali operatsiyasidan omon chiqqan eng qari odam angliyalik odam edi. Xudoning qudratini qarangki, 102 yoshli koreys onahon ancha tetik ko'rinadi. Olloh barchamizni yomon dardlardan asrasin!
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 30 Dekabr 2011, 01:48:15
KOREYALIK SPORTCHI  ROSSIYALIKKA AYLANDI

(http://s017.radikal.ru/i444/1112/d2/1a7ac7fe185b.jpg)

Koreyalik sportchi An Xyon Su endilikda Rossiya terma jamoasi uchun o'ynaydigan bo'ldi. U 1985 yil Seulda tug'ilgan. An Xyon Su Rossiya fuqaroligini qabul qildi va ismini ham ruschaga moslab Viktor An nomi bilan musobaqalarda Rossiya bayrog'i ostida qatnashadigan bo'ldi. U Torino (Italiya)da o'tgan qishki olimpiadada short-trek bo'yicha 3ta oltin medalga ega chiqqan va 5 marta ketma-ket Jahon chempionligini qo'lga kiritgan. Yaqinlashib kelayotgan 2014 yili Rossiyaning Sochi shahrida tashkil etiladigan qishki olimpiadada An Xyon Su (Viktor An)dan umidlar katta. U keyingi oydayoq Yevropa chempionatida Rossiya termasidagi debyutini nishonlashi mumkin. Va xatto fevralda Moskvada o'tadigan Jahon birinchiligida endilikda sobiq vatandoshlari bo'lgan koreyalik sportchilarga raqiblik qilishi ham mumkin.

OTABEK YO'LDOSHEV TAYYORLADI
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 11 Yanvar 2012, 02:19:39
KOREYS  ADABIYOTIDAN


СHONG YONG CHEOL



YOMG’IR
(Hikoya)


Ayolim yomg’irli havoni yoqtiradi.
Tashqarida yomg’ir yog’a boshlasa darrov derazani ochib qo’yadi. Yomg’ir tomchilarining osmondan yerga intilishlarini tomosha qilish maroqli, ammo u yomg’ir tomchilarining toshlarga va tuproqqa urilib chiqaradigan tovushlariga maxliyo. Qizlik paytlarida uyining hovli tomonga qaragan eshigini ochib qo’yib uxlaganligiyu, ertalab yomg’ir tomchilariga jodulanib maktabga borishni unutganliklarini ko’p gapirib beradi.
To’yimizdan keyin idoramizga qarashli furgonda uyga kelgan paytimni eslayman. O’shanda ham osmon ko’z yoshlarini to’kayotgandi. Ayolimni bir xursand qilay, degan xayolda birga uyimizga yaqin joydagi tepalikka olib bordim. Men chaqqonlik bilan mashinaning o’rindiqlarini chiqarib yerga qo’ydim va ikkalamiz chalqqancha yotgancha yomg’ir tomchilari yuzimizni silashiga qo’yib berdik"¦
Qaysidir kafega tushlik qilgani kirganimizda osmon musaffo va tiniq bo’lsa ham yomg’ir yog’ayotgandek tuyulaverdi. Yaxshilab razm solib qarasam, tomdan oqayotgan yomg’irni bir o’zanga solib qo’ygan temir moslama o’rnatilgan ekan. Tomdan sirg’alib tushayotgan yomg’ir tomchilari chilp-chilp etib yerga sakramoqda. Buni ko’rib ayolim to’lqinlanib ketdi:
- Uy qurganimizda xuddi shunaqasidan yasab berishingizni istardim, azizim!
- Albatta. Yigirma to’rt soat yomg’ir tovushi keladigan uy quramiz! - dedim uning yuzidagi quvonchni davomli qilish uchun.
U she’r yozishni yoqtirar, o’rta maktabda o’qib yurgan chog’larida adabiyot muallimasi: "Qalaming o’tkir!" - deb maqtashi ortidan bir qancha daftarlarni to’ldirganligini tabassum bilan eslaydi.
Yillar o’tdi.
Hozir esa"¦ Biz ko’pqavatli uyning 11-qavatida istiqomat qilamiz. Yomg’ir shovullab yog’masa, uning yog’ayotganligini sezish mushkul. Balkonimizga tunukadan yomg’ir tomchilarini yig’ib, jildiratib turadigan bir narsa o’rnatish niyatim yo’q emas. Lekin hozircha bu xayoldan nariga o’tilmayapti. Yom’gir tomchilari bilan birga ayolimning ilhom parilari ham yo’qolib ketgandek, she’r ham yzomay qo’ydi. Men uchun ilgarilari farishtadek ko’ringan ayolim endi oddiy bir ayolga aylanib qolgandek go’yo: ona bo’lib, ovqat tayyorlaydi, idish-tovoq yuvadi, kir yuvadi, uy tozalaydi, bolalarga qaraydi"¦
Avvallari e’tibor bermasdim. Hozir esa yomg’ir yoqqan paytlarda ayolimdagi romantik hissiyotlar qayoqqa g’oyib bo’lganligini bilgim keladi va "œNega bunaqa bo’lib qoldi?" - deb xavotir ham olaman.
Kecha ovqat tayyorlayotgan ayolimni bir zum kuzatdim. Qarasam, ovqat tayyorlash ham oson ish emasga o’xshaydi. Sabzavotlarning sarasini tanlab, suvga solib, yuvib"¦ Eh, hisoblashga vaqtim yetmasa kerak. Bir kunda qancha harakat, qancha energiyasini sarf etarkin-a. She’rxonligu yomg’irga maftunlik nima uchun yo’qolganligini tushungandek bo’lyapman. Shoir Xvang Dong Gyuning she’r to’plamidagi "œSevgi qo’shig’i"da shunday satrlar bor:

Guldek toza sevgisin menga bag’ishlab,
Qip-qizil olma kabi beg’ubor yorim.
Javoban idish-tovoq yuvishga tashlab,
Sevgingni oyoqosti qilgan men — zolim.

Endi har xil sovg’alar olib berishlaru muhabbatga to’la issiq nigohlar o’rnini oddiy oilaviy hayot egalladi. She’r yozishlar va yomg’ir tomchilarini avaylab tutadigan nozik qo’llari endi kir buyumlaru idish tovoq yog’laridan sal xiralashib qolgandek go’yo. Nazarimda, sal husnini yo’qotgandek. Lekin baribir u men uchun haqiqiy farishtaning o’zi — bolalarimning onasi.
Yoshlikdagi romantikani ortga qaytarish uchun deraza yonida o’tirib yomg’ir tomosha qilish uchun bir yaxshi kreslo sotib olsammikin-a?!


Koreys tilidan Otabek Yo’ldoshev tarjimasi
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: MUSLIM_uz 11 Yanvar 2012, 09:24:18
Anionhasio ;D
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 23 Yanvar 2012, 14:24:05
"SEULLEND"DAN RASMLI REPORTAJ

(http://s018.radikal.ru/i521/1201/9d/2543c94615e0.jpg)

(http://s017.radikal.ru/i420/1201/87/b58ab6abf78a.jpg)

(http://s59.radikal.ru/i163/1201/26/02674467ae4f.jpg)

(http://s018.radikal.ru/i511/1201/3d/0bd5707ae2bf.jpg)
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 23 Yanvar 2012, 14:29:40
SEULLEND


(http://s018.radikal.ru/i502/1201/3f/539bc14d71d4.jpg)

(http://s018.radikal.ru/i504/1201/8f/141f27e2b6cf.jpg)

(http://s50.radikal.ru/i130/1201/cb/9f123a643ae1.jpg)
(http://s018.radikal.ru/i507/1201/8c/91799e4d7d28.jpg)
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 23 Yanvar 2012, 14:34:03
SEULLEND

(http://s017.radikal.ru/i442/1201/63/1cc2dd343632.jpg)

(http://s15.radikal.ru/i189/1201/2e/13ce6bb91e60.jpg)

(http://s61.radikal.ru/i171/1201/e1/d0a2c9125885.jpg)
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 23 Yanvar 2012, 14:40:02
SEULLEND


(http://s018.radikal.ru/i518/1201/31/cf8a28373f04.jpg)

(http://s005.radikal.ru/i211/1201/99/6ad77568be57.jpg)

(http://s018.radikal.ru/i523/1201/d5/5b5a4c5735a6.jpg)

(http://s018.radikal.ru/i518/1201/2c/2fdb2a58677d.jpg)
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 23 Yanvar 2012, 14:45:55
SEULLEND. BOTANIKA BO'LIMI.

(http://s018.radikal.ru/i513/1201/02/c85d5c806f16.jpg)

(http://s018.radikal.ru/i501/1201/8a/4f67c8a7a936.jpg)

(http://s018.radikal.ru/i500/1201/fe/550488ec0c16.jpg)

(http://s017.radikal.ru/i432/1201/15/a1993569edcc.jpg)
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 06 Fevral 2012, 20:55:25
Koryo Universiteti (Koreya) 8-10fevral kunlari Toshkentda "Orzularni ushaltirgan koreys tili"nomli konferensiya o'tkazadi.Unda Koreya madaniyati va tili haqida fikr yuritiladi.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 07 Fevral 2012, 21:03:07
Kelayotgan 25 fevral kuni Koreyaning Chonju shahrida futbol bo'yicha O'zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 29 Noyabr 2012, 20:28:03
(http://s018.radikal.ru/i511/1211/11/0c28b6d5d6ea.jpg)

Koreyada ko'rib ko'zing quvnaydigan holatlardan biri... Bir katta supermarketda O'ZBEKISTONdan keltirilgan qovun sotilyapti ekan. 1donasi 9800 won!
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2012, 14:02:19
Koreyada ko'rib ko'zing quvnaydigan holatlardan biri... Bir katta supermarketda O'ZBEKISTONdan keltirilgan qovun sotilyapti ekan. 1donasi 9800 won!

Bizning pulga qanchaga to'g'ri keladi?
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 30 Noyabr 2012, 14:53:02
Koreyada ko'rib ko'zing quvnaydigan holatlardan biri... Bir katta supermarketda O'ZBEKISTONdan keltirilgan qovun sotilyapti ekan. 1donasi 9800 won!

Bizning pulga qanchaga to'g'ri keladi?
9800 won taxminan 9,5 AQSH dollariga teng.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Абдурроҳман 30 Noyabr 2012, 15:22:15
Korealiklarga O'zbekistondan qanday sovg'a olib borgan ma'qul deb o'ylaysiz?
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 30 Noyabr 2012, 15:39:54
Korealiklarga O'zbekistondan qanday sovg'a olib borgan ma'qul deb o'ylaysiz?
Bejizga Koreya supermarketlarida o'zbek qovuni va Samarqand nonlari paydo bo'layotgani yo'q. (Samarqand nonlari sotiladigan supermarketlarga ham duch keldim. Ularniyam rasmlarini qo'yaman,nasib qilsa). O'zbekistonning tilni yoradigan mevalariyu qovun tarvuzlari, nonlari ta'rifi shu yerlarga ham yetib kelgan. Koreya tomonlarga yo'lingiz tushsa katta va shirin qovun, Samarqand noni va mayiz olib kelsangiz, ishonavering, koreys do'stlaringizni xursand qilasiz.
O'zbekistonimiz Ollohning nazari tushgan joy-da. Buning uchun ming marta shukur qilsak arziydi. Yerga cho'p suqsangiz daraxtga aylanadi. Koreyada iqlim O'zbekistonga qaraganda salqinroq va namlik yuqori. Shundan bo'lsa kerak, ko'p meva va sabzavotlarida o'zingiz izlagan ta'mni topolmaysiz.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Абдурроҳман 30 Noyabr 2012, 16:02:10
Koreaga O'zbekistandan boruvchilarga ho'l meva olib kirishga ruhsat etilmagan deb eshitdim shu rostmi. Agar men qovun olib boradigan bo'lsam u davlatga olib kira olamanmi? Buning uchun nima qilishim kerak?
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Sadulla 01 Dekabr 2012, 07:47:01
 :asl3:

Koreaga O'zbekistandan boruvchilarga ho'l meva olib kirishga ruhsat etilmagan deb eshitdim shu rostmi. Agar men qovun olib boradigan bo'lsam u davlatga olib kira olamanmi? Buning uchun nima qilishim kerak?

 Koreyaga borayotganlar bemalol o'zlari bilan qovun olib ketsalar bo'ladi,O'zbekistondagi aeraportda ham,Koreya aeraportida ham hech qanday muammo bo'lmaydi,ko'pi bilan 2ta qovun olib olish mumkin menimcha.Faqat qovunni yuklar orasiga joylamasdan o'zingiz bilan olib olishingiz kerak.Chunki qovunni yuklar orasiga joylasangiz qovun ezilishi mumkin.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 01 Dekabr 2012, 14:36:48
To'g'ri,Sadulla. Bilishimcha, meva-chevalarga ta'qiq yo'q. Go'sht maxsulotlari olib kirish mumkin emas, deb eshitgandim.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 02 Dekabr 2012, 15:28:39
Koreys tilidagi iboralar asl ma'nosini bilmasangiz ba'zi so'zlardan ham hayrat,ham qo'rquvga tushishingiz mumkin. Bu haqda avval ham aytganman. Koreyaning chekka qishloqlaridan biridagi kafening nomi e'tiborimni tortdi:"Halmoni ppyo hejanguk".To'g'ridan to'g'ri ma'nosi:"Buvimning suyagidan tayyorlangan sho'rva". Nahotki, buvisining suyagidan ovqat tayyorlashsa deb o'ylashingiz mumkin. Avloddan avlodga o'tib kelayotgan kafe,oshxonalarga shunday nom berilishi odat tusiga kirgan. Demak, "Buvimning suyagidan tayyorlangan sho'rva" degan nom yomon ma'noda emas, balki uzoq tarixga ega, ajdodlardan qolgan oshxonaga nisbatan ishlatiladi.
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 19 Dekabr 2012, 19:11:28
Bugun Koreyada prezidentlik saylovlari o'tdi. Taxminlarga ko'ra, Park Keun Xe Janubiy Koreyaga kelayotgan 5 yillikda raxbarlik qiladiganga o'xshaydi. Janubiy Koreya tarixida dastlabki ayol prezident!!!
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Ansora 19 Dekabr 2012, 21:01:56
 :asl3:

Gangam stile rostdan ham mashurmi juda:) bu yerlarda har xil ashulalari chiqib ketdi, 1 milyard marotaba tomosha qilinganmishmi yoki mubolagami:)
Nom: Re: KOREYADAN YOZAMIZ VA KO'RSATAMIZ!
Yuborildi: Shoxjahon12 19 Dekabr 2012, 21:12:31
To'g'ri.Juda mashhur. Xattoki repper Ssai BMT bosh kotibi Pan Gi Mun (bilasiz,bu kishi ham janubiy koreyalik) ham shu qo'shiqqa raqsga tushgan videolar chiqdi. Koreya kanallarida tinimsiz aylandi bu qo'shiq. Yaqinda o'zimizda "Ganga stayl" deb o'zgartirib qo'shiq chiqarishsa ham ajablanmayman.