forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Mavzu boshlandi: Chustiy 06 Oktyabr 2010, 18:48:21

Nom: Тарвузли бутерброд :)
Yuborildi: Chustiy 06 Oktyabr 2010, 18:48:21
Ассаламу алайкум.

Бу Чустий сна тарвузни калака килспти деб уйлашиз аник :)
Буни хозир бошка бир форумдан топдим, кизикарли скан бир тайёрлап куриш керакмикан а? :)

"Tarvuzli" buterbrod

Yozning issiq pallasida tarvuzning yoqimli ta'mi chanqog'izni bosadi va yaxshi kayfiyat ulashadi. Tarvuzni ajoyib tarzda dasturxonga tortish sizning qo'lingizda. Biz tavsiya qilayotga tarvuzli buterbrod yozda ham, qishnng sovuq pallasida ham tayyorlanishi mumkin. uydagi barcha a'zolarni befarq qoldimaydi.

(http://files.servers.doira.uz/medium/001/132b077e-1bb7-4af3-a21b-0d608cfeac71.png)

Masalliqlar:

Oq noning bo'lagi

Pomidor

1 dona ko'k bolgar qalampiri

1 bo'lak pishloq

1 dona zaytun mevasi (maslina) danaksiz

20g saryog'

Salat barglari yo'ki kashnich shoxlari bezak uchun

Tayyorlanishi:

1. zaytun mevasini mayday bo'lakchalarga kesamiz.

Bolgar qalampiri va pishloq bo'lakchani ikkita bir xil bo'lak qilib kesamiz va ularni tarvuz bo'lakcha shaklida taxlaymiz.

2.shu shakliga mos keladigan pomidorni tanlab, uni ham tarvuz bo'lakcha shaklida kesamiz.

3. tarvuzning pishloq bo'lakchalari ustiga mos shaklda pomidorni taxlaymiz. Tayyor bo'lgan zaytun bo'laklarni pomidir ustiga tarvuzning danagi shaklida taxlaymiz. Tayyor buterbrodni likopcha ustiga salat barglani qo'yib dasturxonga tortamiz.

Tarvuzli buterbrodni choy bilan nonushtaga bersangiz ham boladi.