forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumchilar blogi => Mavzu boshlandi: T.Yusupov 14 Oktyabr 2010, 00:56:21

Nom: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 14 Oktyabr 2010, 00:56:21
Bu manam bitta blog ochib qo'yay.

Rosa forumni sog'inibman.

Ana endi Habrni to'liq ochyapti Chrome brauzerim.
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 14 Oktyabr 2010, 00:59:15
Hozirda kompyuterni tanigan odam antivirus deb dod soladi. Jonga tegdi viruslaringam, antiviruslaring ham. Tushirma, shu savil qolgurdan.
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: studentcha 14 Oktyabr 2010, 01:13:19
ajoyibku
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 14 Oktyabr 2010, 01:13:43
Twitter deganlari balo. Medvedov ham, Arnold Schwarzenegger ham, Bill Gates ham, men ham twitterga yozib boramiz.
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: BelleQizcha 14 Oktyabr 2010, 05:12:26
LOL, zo'r blog.
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: useruz 14 Oktyabr 2010, 06:44:16
Ilhom parilarining eng dahshati studentlik paytida kelarkanmi..
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Akbarjоn 14 Oktyabr 2010, 07:08:10
Twitter deganlari balo. Medvedov ham, Arnold Schwarzenegger ham, Bill Gates ham, men ham twitterga yozib boramiz.

Menimcha esa sizni uardan ustun joyiz bo'lsa borki kam joyingiz yo'q

Aytmoqvchi bloglar muborak bo'lsin
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 14 Oktyabr 2010, 08:10:54
Oldin sotkalarimizni domlalar ko'rib qolsa, biz xuddi jinoyat ustida tushib qolgan bo'lardik, hozir esa noutbugimizni ko'rib qolishsa . . .

Lekinchi, baribir rivojlanayapmiz, magistratura bo'lgani uchunmi, noutbuklardan bemalol foydalanamiz. Kecha darsda MacBookimni ochib, ishlab o'tirsam, bir talaba, bu netbukmi deydi. Yo'q, "Olmasevar"larning noutbugi dedim. Mundoq qarab, operatsion sistemaning chiroyliligini ko'rib, shu dasturni flashkamga yozib berolmaysizmi deydi :))
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 14 Oktyabr 2010, 12:34:06
Cafedamiz. Tushlik qilyapmiz. Yemakdan ko'ra, temir-tersak ko'p. iPod, iPhone, iPad va MacBook. Eee bitta iMac yetishmadida.
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: yoqutxon 14 Oktyabr 2010, 15:41:04
Assalom aleykum.
T.Yusupov nickini yana qayerda ko'rganman desam twitterda ko'rgan ekanman......
Blog muborak bo'lsin.
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Chustiy 14 Oktyabr 2010, 16:59:30
Assalom aleykum.
T.Yusupov nickini yana qayerda ko'rganman desam twitterda ko'rgan ekanman......
Blog muborak bo'lsin.

wa alaykum assalam
T.Yusupov inet olamida eng mashxur userlardan ishanavering ;)

Blog egasiga:
To'lqinboy bloglar moro bo'sin...
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Nоdirbek 14 Oktyabr 2010, 17:49:01
Kecha darsda MacBookimni ochib, ishlab o'tirsam, bir talaba, bu netbukmi deydi. Yo'q, "Olmasevar"larning noutbugi dedim. Mundoq qarab, operatsion sistemaning chiroyliligini ko'rib, shu dasturni flashkamga yozib berolmaysizmi deydi :))
Flashkasini olib,  bitta screenshot olib, joylab bermabsizda :) Litseyga o'qishga kirgan paytlarimda kompyuter bilan tanisha boshlagan edim. Informatika darsida katta kursdagi bolalar, Nfs porsche o'ynini o'ynashardi va chiqib ketishda o'yinni yashirib qo'yishardi. Bir kuni darsga kirib, qarasam, ish stolida yarlik turibdi. Xursand bo'ldimda, kissamdan 3,5 A diskini oldim va diskovodga solib, yarlikni copy, paste qildim va o'zimcha ana endi uyga borib, kompyuterimda mazza qilib o'ynayman dedim. Uyga kelib, diskni solsam yarlik turipti, lekin ochilmadi :) :) :)
Blog muborak bo'lsin!!!
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: studentcha 14 Oktyabr 2010, 17:57:49
Domla dars o`tyapti, boshqalar odnoklassniki.ru da o`tiribdi...

Domla: Yig`ishtir hammang!!!
Student: Domla, siz ham leksiyani o`sha yerda o`ting! hamma o`sha yerda!!!!
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Chustiy 14 Oktyabr 2010, 18:23:24
Cafedamiz. Tushlik qilyapmiz. Yemakdan ko'ra, temir-tersak ko'p. iPod, iPhone, iPad va MacBook. Eee bitta iMac yetishmadida.

Oshxonada o'tirimman, ovqatdan ko'ra idish tovoq ko'p, qozon, o'choq, lagan, kastrilka, bitta tandir yetmayopti holos ;D
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Akbarjоn 14 Oktyabr 2010, 20:45:58
Kecha darsda MacBookimni ochib, ishlab o'tirsam, bir talaba, bu netbukmi deydi. Yo'q, "Olmasevar"larning noutbugi dedim. Mundoq qarab, operatsion sistemaning chiroyliligini ko'rib, shu dasturni flashkamga yozib berolmaysizmi deydi :))
Flashkasini olib,  bitta screenshot olib, joylab bermabsizda :) Litseyga o'qishga kirgan paytlarimda kompyuter bilan tanisha boshlagan edim. Informatika darsida katta kursdagi bolalar, Nfs porsche o'ynini o'ynashardi va chiqib ketishda o'yinni yashirib qo'yishardi. Bir kuni darsga kirib, qarasam, ish stolida yarlik turibdi. Xursand bo'ldimda, kissamdan 3,5 A diskini oldim va diskovodga solib, yarlikni copy, paste qildim va o'zimcha ana endi uyga borib, kompyuterimda mazza qilib o'ynayman dedim. Uyga kelib, diskni solsam yarlik turipti, lekin ochilmadi :) :) :)
Blog muborak bo'lsin!!!

Menda shuni sal boshacharog'i bo'lgandi, NFS  o'yinini WinRarda 3.5 mb lik qilib arxivlab flopikda rosa toshigandim, oxiri uddalaganman, ishlaganu xech qancha o'ynamagandim :)
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: UzMuslim 14 Oktyabr 2010, 21:11:14
Ajoyib Blog Ochilibdiyu Ko'rmey Qolibmiz..Qullug' Bo'lsin T.Yusupov..Qatdadur Ko'rganman Yana SHu nickni....Eslolmadim..
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Akbarjоn 14 Oktyabr 2010, 21:23:33
Ajoyibligi to'g'ri :)

biz ham IT va kompiyuterga daxldor qiziqarli voqealar bolsa qo'yib borsak bo'ladimi :)

Kollejda dars berib yurgan vaqtlarimda kompiyuterlarni tuzatish bo'yicha ancha nom chiqarayotgandim, addel kaderimiz bir kuni kelib mendan kompiyuterimini ko'rib berishni iltimos qildi. Fleshkamda ataylabdan olib qo'ygan bir dastur bor edi, bu dasturni ustiga bosilsa rus tilida "Eto virus, vam kones," degan yozuvlar chiqib o'z o'zidan ekran o'chib ketoverad xamda xar xil shokka tushuruvchi, kompiyuterini kelajagi xaqida voximali gaplar yozilaveradi. Ancha maromiga yetganidan keyingina kompiyuter ishlab ketadi :-)
xullas shuni Pusk> pragrammi>avtozagruska deganni ichiga solib qo'ydim. Kompiyuter o'chirib yoqilganida birinvhi bo'lib shu programma ishga tushadigan qilib :-)
keyin uyga ketdim, bularni xammasi esimdan chiqib ketgan edi. ertasiga kollejda xamma yoqda vohima, qandaydir virus taqaganligi kompuyuterni rasvosini chiqarayotganligi xaqida, keyin AddelKadir meni ko'rib qolib iltimos kompiyuterimni yana bir ko'rib bering deb ko'zida yosh bilan bir axvolda muntazir bo'olib qarab turibdi. O'zimni qilgan ishimdan uyalib ketdim, keyin asta bo'lgan voqeani tushuntirib berganmdan keyin xammamiz mazza qilib kulishib oldik. Bir ikki xafta kulib yurdik eslab
Nom: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 15 Oktyabr 2010, 00:10:31
Rahmat, azizlarim. Sizlargayam muborak bo'lsin. Sizlar ham bemalol axborot texnologiyalariga, jumladan, kompyuter, internet, temir-tersaklarga oid xohlagan voqealar, hodisalar, qiziqarli va esda qolgan, hayratlantiruvchi va ajablantiruvchi ma'lumotlaringiz bo'lsa, shu yerga jamlashingiz mumkin. Balkim kelajakda "Internet hoshiyasidagi bitiklar" degan kitobcha chiqararmiz :) Orzuga ayb yo'q.

Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 15 Oktyabr 2010, 00:13:46
(http://img.uz/d/2010/10/4cb7561577be2.jpg)
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 15 Oktyabr 2010, 00:18:19
Orzuda ayb bor oka eng kotta ayb shu Orzuda...

Kimni uchratmay IT shnik usta 4 tomon qibla bo'sa agar shu 4 ta tomonda ham IT ustalari...  :1 ;) :D ;D

Siz it ustasi bo'lmangda . . . :-)))

Siz it ustasimas, AKTM bo'ling.

P.S. AKTM - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 15 Oktyabr 2010, 00:23:34

IT ustalariga ommabop savol sizga bir kliyent symbian os 40 ustanovka qilngan mobil telefon bilan keldi uni gapi bo'yicha mobilida virus bor emush.

Siz u klientga nima degan bo'lardiz...

TITAN-UZ, ajoyib savol topasizda, nima deyishim uning kimligiga yoki (!) cho'ntagiga bog'liq bo'lardi.

TITAN-UZ, bu blogni savol-javob bilan to'ldirib tashlamaylik. Bu blog boshqa maqsadda ochilgan.
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 15 Oktyabr 2010, 12:29:26
Apple kompaniyasi o'zining iMac va MacBooklari uchun chiqaradigan operatsion tizimi MacOSX ning nomlari ajoyibda.

Mushuksimonlar oilasi a'zolarining nomlari:
    * 10.0 Cheetah (Gepard) — 2001 yil.
    * 10.1 Puma — 2002 yil.
    * 10.2 Jaguar (Yaguar) — 2003 yil.
    * 10.3 Panther (Panterra) — 2004 yil.
    * 10.4 Tiger (Yo'lbars) — 2005 yil.
    * 10.5 Leopard (Leopard) — 2007 yil.
    * 10.6 Snow Leopard (Qor barsi, Irbis) - 2009 yil.

Shu kunlarda har xil mish-mishlar yuribdi. 10.7 versiyasining nomi Lion (Sher) bo'larkan deb. Bunga sabab Apple kompaniyasi 20 oktyabrda konferensiya o'tkazmoqchi. Nomi "Macga qaytish". Lekin qanday yangiliklar bo'ladi, bunga oid hech qanday ma'lumot bermagan, faqat quyidagi rasmdan tashqari.

(http://www.3dnews.ru/_imgdata/img/2010/10/14/600182/Apple_1.jpg) 

Meni yanada ajablantirayotgan narsa bu, Sher (Lion) dan keyin qaysi mushuksimonlarning nomini qo'yisharkin a? :-))
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Ansora 15 Oktyabr 2010, 13:35:00
 :as:

Mavzuingiz hayirli bo'lsin. Men internetdan asosan yozuvlarni o'qish uchun foydalanaman. Na kompyuterni yaxshi bilaman, nada internetdan "chuqur" xabarim bor ;D
"Lekin yaxshiyam borsan-İnternet deganlardanman" : )
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 15 Oktyabr 2010, 15:06:28
Apple разослала приглашенис на конференяию, которас пройдёт 20 октсбрс в Сан-Франяиско. Своебразное название вс‹глсдит амбияиозно. Что-то сродни: «Лосмотрели на Widows phone 7? Ау хорошо. А теперь возврас‰айтесь назад к папочке — он покажет, как сто делаетсс!»

Hahah. Shu HabraHabrdagilarga doim qoyil qolganman, bundan keyin ham qoyil qolsam kerak, ham gapga chechan, ham IT sohasida rosa ildam ular . . .
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Akbarjоn 15 Oktyabr 2010, 22:46:58
Bir vaqtlar narigi forumda bir voqeani yozgandim, shularni shu yerga kopy qilib qo'ysam ruhsatlariz bilan:

Kompiyuter masalasida yana bir narsa esimga tushib ketdi :)
bilmiyman buni sizlarga kulgulik qilib yetkaza olamanmi yo'qmi, amo o'sha vaqtda rosa mazza qilib kulgandim, xatta osha voqea guvohlari xam mazza qilib kulishgandi :D

Xullas bilasizlar Kollejda Classter kompiyuterlar bo'ladi, yani bir sinfda Set ga ulangan 12 ta kompiyuter bo'ladi, Bitta Programma bor xuddi Mail. agent.ru ga o'xshiydi faqat internetdan emas Set dan SMS yuboriladi, xullas shunaqa programma o'rnatilgan xamma kompiyuterlarga
u vaqtlar kompiyuter xaqid tasavurlar xozirgu kundagiday emas, kompiyuterdan xamma faqatgina yozish uchungina foydalanadi, boshqa funksiyalarini umuman bilishmiydi

Xullas bir VayeniyRuk domla bor edi katta letinant yoshlari xam katta
Shu desangiz, xonaga kirsam shu kishi o'yin o'ynab o'tiribdi
boshqa kompiyuterga borib o'tirdimda, u kishining kompiyueriga SMS yozdim, Salom Shovkat aka deb
keyin boshqa ishlarimni qilib turovirdim, diqqatim shu kishida, men o'yladimki shu jpydan menga xam qaytarib SMS  yuborsa kerak deb, ammo kuzatib turibman u kishi jimib qoldi qimirlamayabdi. keyin kompiyuterni yaxshiroq tushunadi dedimi mening oldimga kelib, menga qarab qarang manabu kompiyuter mani tanirkan desa boladimi, menga qarab salom beryabdi deydi :)
Men esa bosh kelmasdan, bilmasam xozir kompiyuterlar rivojlanganku, balki shunaqadir dedim
Keyin u kishi yana qaytib joyiga borib o'tirdi. Men yana "Shovkat aka ishlariz yaxshimi, bugun Ped savetda nima gaplar bo'ldi" deb yozib yubordim. Shunda Shovkat aka iye deb yubordi va xayratlanganligidan so;kinvordi (Voyeniy odam og'zi salgina buzug'roq edi :) )
Keyin men yana "So'kinishga uyalmiysizmi" deb SMS yubordim. Bu safar u tomonda xech qanaqa ovoz eshitilmadi, sukunat
yana bir SMS yubordim: "Aka yoshiz xam bir joyga borib qolibdi Hudodan qo'rqmiysizmi so'kinishga" deb. :)
shundan keyin xaligi kishi asta o'rnidan turdida tashqariga chiqib ketdi. Me avva xayron qoldim orqasidan chiqaychi deb chiqsam uni o'zining xonasiga kirib ketdi deyishdi, Asta bilmaganlikka solib o'zimni orqasidan kirdim, kirsam o;ziga yaqin odam bilan gaplashib o'tiribdi, ikalasi tortishishayotgan ekan, narigi she'rigi meni ko'rib qolib oldimga yugurib keldida: "Akbarjon o'ziz ayting kompiyuterda xech qanday aql bolmiydi a, Shovkat aka kompiyuter bilan gaplashdim deyabdi," deydi. Kulvorishimga sal qoldi, Kasbim yuzasidan  o'zimni Emotsiyamni boshqara olaman, bo'lmasa baqirvorardim kulgudan :)
Men yana nima boldi tinchlikmi desam Shovkat aka menimcha bu Xudo yoki Farishtalar bo'lsa kerak, men ular bilan gaplashdim dedida, bitta Baklashkada suv olib tashqariga chiqib ketdi.
Sherigidan nimaga bunaqa qilayotganligini so'rasam, u gunohlarim ko'payib ketganiga Xudo menga xabar yubordi, endi taxorat olib nomoz o'qimasam bo'lmiydi deb taxorat olgani ketdi dedi. Bu men uchun bir tomondan yaxshi edi, ammo u kishi yana shuni aytdiku Shovkat akaning sog'ligi uncha yaxshi bo'lmaganligi uchun sal narsadan fil yasayabdi, tasirchan bo'lib qolgan, u kishini yuragi sanchib turadi dedi
Endi esam men rostaamiga qo'rqa boshladim, shu xazilim sabab bo'lib bir kishini Narigi dunyoga yuborvormay ishqilib deb. Keyin Shovkat akaning orqasidan yugurib chiqib xammasini yotig'i bilan asta tushuntirdim.
Dastlab u menga shunday qaradiki ... :) tasavvur qilaolmaysiz. Menga qarab nima deyishni bilmiydi. baqirib XAX!!! dedida kulvordi,
buni iloji boricha boshqa kishilarga aytmaslikka xarakat qildim, Ammo shu 3 kishi yig'ilib qolsak mazza qilib kulamiz eslab
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 16 Oktyabr 2010, 00:29:35
Menga manbunaqa tushlik qilish yoqarkan . . .

Bir o'zim, iPodda yaxshigina, kayfiyatni kutaruvchi qo'shiq, ko'pincha Lafasiyning Qur'oni Karim tilovatini eshitib, WiFili joyda MacBookni ochvolib, Habrdagi yoki Google Readerdagi siyosiy yangiliklarim bo'limini o'qib turgan holda, issiqqina sabzavotli (Овос‰ное жаркое) ovqat bilan muzdakkina kola ichib tushlik qilish . . .

Oxirgi marta bugun shunaqa tushlik qildim.
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: BelleQizcha 16 Oktyabr 2010, 06:29:38
Manimcha... enternetdagi eng zo'r holat, telfon jirring etib qimirlasala-r va forumdan SIZGA YANA HABAR KELDI digan oyncha ochilsa... eng zo'ri shu-de
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 16 Oktyabr 2010, 08:36:01
BelleQizcha, buning yo'li oson. :)

Xullas, pochtamga agar yangi xat kelsa, o'sha zahoti sotkamga sms keladi. Sizga falonchidan bunaqa mavzuli xat keldi deydi.

Endi siz ham ZiyoUz forumidagi moslamalar orqali forumda har qanday harakatni pochtangizga yuborish funksiyasini yoqib qo'ysangiz bo'ldi. Barcha uvedomleniyalar pochtangizga boradi, pochtangizdan telefoningizga ketadi. Telefoningiz sms jiringi jaranglaganda qaraysiz, ehaa forumdan xat deysizde, forumga kirasiz. :)
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: BelleQizcha 16 Oktyabr 2010, 09:15:13
BelleQizcha, buning yo'li oson. :)

Xullas, pochtamga agar yangi xat kelsa, o'sha zahoti sotkamga sms keladi. Sizga falonchidan bunaqa mavzuli xat keldi deydi.

Endi siz ham ZiyoUz forumidagi moslamalar orqali forumda har qanday harakatni pochtangizga yuborish funksiyasini yoqib qo'ysangiz bo'ldi. Barcha uvedomleniyalar pochtangizga boradi, pochtangizdan telefoningizga ketadi. Telefoningiz sms jiringi jaranglaganda qaraysiz, ehaa forumdan xat deysizde, forumga kirasiz. :)
vayyyyy rahmat, maslahatla uchun,
lekin manda internet VIP deee man porumga to'liq accesim bor, o'shanchun sms kemasayam bolardi-de/...
Nom: Kitob mutolaa qilganda…
Yuborildi: T.Yusupov 16 Oktyabr 2010, 09:28:18
1. Hammasini o'qishga shoshilmang. Qancha ko'p tushuna boshlasangiz, shuncha kam yodda saqlashga urinasiz.

Yuzaki o'qimang. Tanaffus qiling va o'ylab oling. Agar kitobda sizga savol berilgan bo'lsa, uni e'tibordan chetda qoldirmang. Tasavvur qiling, kimdir sizga haqiqatda savol bilan murojaat qilyapti. Muammoning yechimini topishga o'zingizni qanchalik chuqur majbur qilsangiz, shunchalik ko'p ehtimollik ila, mavzuni eslab qolasiz va o'zlashtirasiz.

2. Mashq va topshiriqlarni bajaring.

Kitobda berilgan mavzuga oid mashq va topshiriqlarni albatta bajarishga harakat qiling. Yuzaki qaramang. Mashqlarni harakat qilib bajaring, masalan qalam bilan qog'ozda yoki kompyuteringizda kerakli dasturlardan foydalangan holda yozib bajaring. Ko’pgina dalillarga asoslanadigan bo’lsak, o'rganayotgan vaqtingizda jismoniy faollik o'zlashtirish samaradorligini oshiradi.

3. Uyqudan oldin kitob o'qimang. Hech bo'lmaganda, bilim olish maqsadida kitob o'qimang.

O'qigan ma'lumotlaringizni o'zlashtirish, «hazm qilish» jarayoni (ayniqsa uzoq muddatli xotirangizda o'rganganlaringizni saqlash) aynan kitobni yopganingizdan keyin boshlanadi. Demak, siz kitobni o'qiganingizdan keyin miyangizga barcha o'qiganlaringizni qayta ishlash va esda olib qolish uchun vaqt kerak bo’ladi. Bu vaqtda yana yangi informatsiya qo'shsangiz, oldingilarining bir qismi yo'qolishi mumkin.

4. Suv iching, Ko'p suv ichib turing.

Miyangiz suyuqlik muhitida yaxshi ishlaydi. Quruqlashishi (bunday holat hattoki chanqoqni his qilishingizdan oldin ham ro'y berishi mumkin) esda olib qolish funksiyasini pasaytiradi.

5. Ovoz chiqarib o'qing. Balandroq ovozda o'qing.

Nutq faoliyatiga miyangizning alohida boshqa qismi javob beradi. Agar nimanidir tushunishni yoki eslab qolishni xohlasangiz, baland ovozda o'qing. Yanada yaxshisi, uni kimgadur tushuntirishga harakat qiling. Natijada o'zlashtirishingiz tezlashadi, balki o'qishingiz davomida e'tibor bermagan yangi jihatlar sizga namoyon bo'lishi mumkin.

6. Miyangizga quloq soling.

Miya ma'lumotlarga to'lib qolmasin. Agar o'qiyotganingizda xayolingiz boshqa joyga keta boshlasa yoki hozirgina o'qiganingizni eslay olmasangiz, unda dam olish vaqti keldi. Qayta-qayta va ko'proq o'qishingiz bilan ko'p ma'lumotga ega bo'lish orqali siz tez o'zlashtira olmaysiz. Balki, o'zlashtirish jarayoniga zarar yetkazishingiz mumkin.

7. O'qiganlaringizni his qilishga harakat qiling.

Biror bir mavzuni o'qidindizmi? Uni his qiling. Qanday qilib? O'qigan ma'lumotlaringizni jonlantiring. Ularni qandaydir syujet orqali sahnalashtiring. Olgan ma'lumotlaringiz qayerda, qanday asqotishini o'ylang.

8. Me'yorga doim amal qiling.

Doim va barcha narsada me'yorga amal qiling. Hayotingizni yengillashtiring. Hech bir narsaga mukkasidan ketmang. O'rtahollik bu samaradorlik garovi. Chunki siz hech qachon o'sha narsadan zerikib qolmaysiz, ko'nglingiz qolib ketmaydi. Kitob o'qib bo'lib, hordiq chiqaring (yoki dam oling). Bir narsa yodingizdan chiqmasin, ilm olish ham ibodat. Ibodatdan hech qachon ko'nglingiz qolmasin.
Nom: AKT izohli lug'ati
Yuborildi: T.Yusupov 16 Oktyabr 2010, 09:34:01
(http://webdot.uz/uploads/images/00/00/01/2010/09/23/75095b.jpg)

21 sentyabrda bo'lib o'tgan AKT Sammitida ICTP (BMT Taraqqiyot Dasturi va O'zbekiston Respublikasi hukumati o'rtasidagi qo'shma «O'zbekiston Respublikasi hukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko'mak» loyihasi) tomonidan «Axborot-Kommunikatsiya Texnologiyalari Izohli Lug'ati» tarqatildi. O'shbu lug'at joriy yilda 2-nashridan chiqdi. To'g'risi, o'zbek tilida sifatli, rangli rasmlar bilan, krill alifbosidagi kitobni ko'rib, odam quvonmasdan qolmadi. Nahot, bizdayam shunaqa kitob bor, deb kitobni varaqlashga tushdim.
Mazkur kitob:
lardan tarkib topgan. Kitobni ICTPning saytidan yuklab olishingiz (http://ictp.uz/downloads/publications/glossary2010.pdf) mumkin.
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 16 Oktyabr 2010, 16:32:05

 - Agar Moskvada 12.00 bo'lsa, AQShda soat nechchi bo'ladi?
 - Googledan sizni ban qilishdimi?
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 18 Oktyabr 2010, 12:16:45
10 yildan so'ng. Men har doimgiday kompyuterda, internetda ishlab o'tiribman.
O'g'lim so'rayapti. "Dada, tashqarini qarang, rosa zo'r ob-havo bo'lyapti".
Men brauzerda http://pogoda.uz ni ochib ko'rib, "Ha o'g'lim, havo yaxshi. Bulutli va quyoshli. 30 gradus".
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Abdullоh 18 Oktyabr 2010, 22:41:53
Ikki karra blog muborak! (Abdullajon va Inomjon)

Kecha Internetdan Windows 7 uchun Mac tema olgandim. Ko'rsatmalarga qarab o'rnatdim (explorer.exe, shell32.dll kabi fayllarni o'zgartirdim). Restart... Natija - Burchakdagi Microsoft logosi o'rniga, tishlangan olma chiqdi xolos. Qilgan ishlarimni ortga qaytradim. Restart... Natija - laptopim avvalgidan tezroq ishlaganday tuyulmoqda!
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Abdullоh 18 Oktyabr 2010, 22:44:33
10 yildan so'ng. Men har doimgiday kompyuterda, internetda ishlab o'tiribman.
O'g'lim so'rayapti. "Dada, tashqarini qarang, rosa zo'r ob-havo bo'lyapti".
Men brauzerda http://pogoda.uz ni ochib ko'rib, "Ha o'g'lim, havo yaxshi. Bulutli va quyoshli. 30 gradus".

O'sha payt www.infoman.uz dan aksiyalaringiz narxini kuzatayotgan bo'lsangiz ham ajab emas!!!
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: BelleQizcha 19 Oktyabr 2010, 01:59:00
Bitta joyda o'qigandim..
Kamputirim meni oilam, mishka otam bo'sa keyboard onam, ikkita speakerlar bo'sa egizak ukam...
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 19 Oktyabr 2010, 10:25:40
(http://webdot.uz/uploads/images/1/61d72549b5.jpg)
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: studentcha 19 Oktyabr 2010, 16:50:45
Chatda kunini o`tkazadigan erga xotini:
- adasi, qo`shni o`tib qolibdi
- LOL!
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 21 Oktyabr 2010, 14:32:47
Hozir O'zbekistonda FaceBook ochilmayapti.

Lekin telefondagi Opera Minidan bemalol kirish mumkin.

Qiziq, chala blockerlar eee, yopsang to'liq yop, bo'lmasa, jim o'tirib, kinoyingni ko'rmaysanmi?

KO'F = Katta O'zbek Fayervoli (BUF = Big Uzbek FireWall)
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: braupov 21 Oktyabr 2010, 14:37:07
Hozir O'zbekistonda FaceBook ochilmayapti.

Lekin telefondagi Opera Minidan bemalol kirish mumkin.

Qiziq, chala blockerlar eee, yopsang to'liq yop, bo'lmasa, jim o'tirib, kinoyingni ko'rmaysanmi?

KO'F = Katta O'zbek Fayervoli (BUF = Big Uzbek FireWall)
:as:
Proxy orqali ochib ishlatvoqin. http://hideme.ru/ (http://hideme.ru/)
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: BelleQizcha 22 Oktyabr 2010, 04:07:07
facebooka balo bomi o'zilani adnakassnikelada o'tturmisilami?
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Nоdirbek 22 Oktyabr 2010, 09:13:52
(http://s52.radikal.ru/i136/1010/1f/db37a286e011.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 22 Oktyabr 2010, 13:50:10
(http://img.uz/d/2010/10/4cc1502287c71.jpg)
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Abdullоh 22 Oktyabr 2010, 20:47:53
Kelajakda faqatgina ikki turdagi kompaniyalar biznes bilan shug'ullanadi: biri internetda biznes qilsa, ikkinchisi esa biznesni tark etadi.

(Bill Geyts)
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 25 Oktyabr 2010, 09:50:19
Google Reader yaxshi narsada, 109 ta saytni bitta shu servis bilan o'qib qo'yaman. Bir kunda maksimum 3000 ga yaqin yangilik va maqolalar yig'iladi. Shundan foydalisi 200-300 tasi, qolganini hech bo'lmasa, sarlavhasini o'qib qo'ya qolaman.
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Bilolchik 26 Oktyabr 2010, 19:38:17
siz kabi aqilli insonlar ko'payaversin,kelajegimiz silarni qo'llarinda ahir.lekin hoshiyezga gap bo'lishi mumkin emas,o'qib odamni havasi kealadi,faqat bir narsa ha mayli buni ham keyinga qoldiraman.
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: T.Yusupov 01 Noyabr 2010, 22:17:49
Xitoyliklar Pentagonning asosiy serverining parolini topishdi. Xitoyliklarning har bir fuqarosi bittadan parolni o'ylab topib, kiritib chiqishdi. Hattoki, yarim xitoyliklarga yetmasdan, parol topildi.
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: UzMuslim 05 Noyabr 2010, 16:07:02
Hamma POstizi O'qiB Chiqdim,Sizdan Ko'p Narsa O'rganish Kereg Ekan.Alloh Nasib Etsa Albatta
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Abdullоh 10 Noyabr 2010, 22:35:22
Xitoyliklar Pentagonning asosiy serverining parolini topishdi. Xitoyliklarning har bir fuqarosi bittadan parolni o'ylab topib, kiritib chiqishdi. Hattoki, yarim xitoyliklarga yetmasdan, parol topildi.

Hazillashyapsizmi???
Nom: Yalqovizm
Yuborildi: T.Yusupov 03 Yanvar 2011, 21:57:42
Yalqovlik - bu mehnat mashaqqatidan qochishdan yoki depressiyaga tushish asnosidagi erinchoqlik holatidan yoki motivatsiya, ilhomning yo'qligidan kelib chiqadigan illat.
 
Keling, bu ta'rifimni asoslab bersam:
1. Mehnat mashaqqatidan qochishdan kelib chiqadigan illat.
 
Siz qaysidur saytda juda qiziq, foydali maqolani o'qib qoldingiz. Afsuski, maqola yoki ingliz tilida yoki rus tilida. O'qidingiz, tushundingiz va faqatgina o'zingiz foyda oldingiz. Kel, shuni boshqalarga ham baham ko'ray demaysiz. Chunki erinasiz yoki juda bo'lmaganda Twitterga, Google Buzzga yoxud mazkur FaceBookka tayyor manzilini tashab qo'yasiz. Voo! Katta ish qildingiz! Rahmatlar aytilishini ich-ichingizdan xohlaysiz. Aslida, siz nomardlik qildingiz. Chunki "Haqiqiy mo'mingina o'zi yaxshi ko'rgan narsasini boshqalarga ham ravo ko'radi" degan amalga rioya qilmayapsiz. Chunki, siz mehnat mashaqqatidan qochdingiz. Tarjima qilib, vaqtimni ketkazgandan ko'ra, 2 ta serial, 1 ta kino ko'rib uxlaganingiz afzalku?! Afsus, bunday emas. Bu Yalqovizm!
 
2. Tushkunlikka tushish asnosida erinchoqlik holatidan kelib chiqadigan illat.
 
O'zi men bemalol aytishim mumkin, XXI asr - "Buyuk Tushkunlik Asri" bo'lyapti. Dunyoning tashvishlari odamni depressiyaga solib qo'yar ekan. Chunki Islomni unutyapmizda! Faqat, ish, pul, mashina, uy, oila, turmush deb yuguramiz. Oylik kechiksa, kutilmagan xarajatlar chiqib qolsa va shunga o'xshash minglab vajlar yuzasidan doim tushkunlikka tushib yuramiz. Shuning uchun yalqovlashib boramiz. Boshqa foydali ishlarga vaqt yoki xohish topmaymiz.
 
3. Motivatsiya, ilhomning yo'qligidan kelib chiqadigan illat.
 
Odam ilhomini yo'qotib qo'ysa yomon bo'larkan. Ayrimlarning misolida ko'rib, shunga amin bo'ldim. Yashashidan maqsadi yo'qdek yuradi. Faqat ishlaydi, gaplashsang, negativ, salbiy energiya olasan. Buyam o'sha ayrimlarning Islomni bilmasligiga bog'layman. Balki bu maqolachani o'qib, jaxllari chiqib, kibrlanib qolishar. Lekin, Islomni doim men motivatsiya manbai deb bilaman. Kuni kecha Ahmad Lutfiyning "Hazrati Umar r.a." degan asarini o'qidim. Ana sizga ilhom manbai. Hayotda ham shunday ijobiy, pozitiv fikrga ega kishilar bilan sihbatlashsang, motivatsiya olasan. Bu bilan yalqovlikning oldini olgan bo'lamiz.
Ilhomning yo'qligidan, jamiyatimizga juda foydasi tegadigan do'stlarim, tanishlarim yalqovizmdan azob yeb yurganidan juda hafaman.
 
P.S. Maqolachadagi xatoliklar uchun uzr so'rayman. Imlo va maqola yozish san'ati bo'yicha ilmim kam.
Nom: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Aqoid 03 Yanvar 2011, 22:12:59
Maqola yozish san'atingiz ancha durust-ku, birodar! Maqolangiz o'rinli  ayni damda juda dolzarb va kerakli bo'libdi.
Nom: Javob: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: OyishaBonU 10 Yanvar 2013, 13:47:29
kompyuter iwlatamanu lek programmalariga tuwunmiman xecham oldinlari biror narsa xaqida ewitib qolsam agar qiziqsam kimdan sorasam ekan db oylardim tortinchoq bulganim uchun sorolmasdim  yaqindan beri google dan qidiraman biror nma ewitsam tuwunmasam darov googlega kiraman birorta savol oqib qolsam xam albatta googleda qidirib koraman))))
[Mirzabek Holmedov qiziqchini bir konsert dasturida ewitgandim toliq esimda yoq lekin chuntriwga xarakat qilaman Bir Podwox Amir Olimxonga May yuvoradi xatida kambagalni boy qilur qoroqni botur qilur db ewitgan boselar kere hozi i netga kirsam wu gaplar esimga kelib kulaman bazi odamlarni korganda)))
Nom: Javob: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 11 Mart 2013, 02:50:47
Cafedamiz. Tushlik qilyapmiz. Yemakdan ko'ra, temir-tersak ko'p. iPod, iPhone, iPad va MacBook. Eee bitta iMac yetishmadida.

Oshxonada o'tirimman, ovqatdan ko'ra idish tovoq ko'p, qozon, o'choq, lagan, kastrilka, bitta tandir yetmayopti holos ;D

Iqtibosga qilingan iqtibosdan kulorib qatib qoldim
Nom: Javob: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 11 Mart 2013, 02:57:42

 - Agar Moskvada 12.00 bo'lsa, AQShda soat nechchi bo'ladi?
 - Googledan sizni ban qilishdimi?

O'lib qolaman kulorib vahahahahah
Nom: Javob: Re: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 11 Mart 2013, 02:59:42
Chatda kunini o`tkazadigan erga xotini:
- adasi, qo`shni o`tib qolibdi
- LOL!

Voooyyyy bilyardddd ;D ;D ;D ;D
Nom: Javob: Internet hoshiyasidagi bitiklar
Yuborildi: Muxsiya 26 Aprel 2013, 12:06:59
nima eri odnoning piri bo'lib ketgan ekanmi