forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 23 Noyabr 2010, 16:26:00

Nom: Forumni juda sog'indim...
Yuborildi: Muhammad Amin 23 Noyabr 2010, 16:26:00
Assalamu alaykum!!!

Men qaryib 4 oy mobaynida forumfa kirmadim. Shu vaqt ichida forumning
men uchun qanchalik qadirli bo'lib qolganini his qildim. Undagi barcha forumdoshlarni ham sog'indim.
Har oy yig'ilishlar, fikr almashishlar hamma hammasini so'indim. InshaAlloh bu yog'iga hammasi avvalgidek bo'ladi degan umiddaman INSHAALLOH!!! :1 :7 :13 :D
Nom: Re: Forumni juda sog'indim...
Yuborildi: Abdulhafiz 23 Noyabr 2010, 17:30:56
Vaalaykum assalam!
Xush kelibsiz forumga...:))
Sizni yana ko'rib turganimizdan xursandmiz, yana avvalgidek faollikni davom ettirasiz degan umiddamiz, xayrli qilsin!
Nom: Re: Forumni juda sog'indim...
Yuborildi: Abu Muso 24 Noyabr 2010, 03:40:38
Men qaryib 4 oy mobaynida forumfa kirmadim.

 :as:

4 oy deganda, ruxsat tegibdida... ;D

Xush kelibsiz, qadrdon forumimizga!
Nom: Re: Forumni juda sog'indim...
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2010, 10:26:09
Va alaykum assalom!
Xush kelibsiz, yana bir marta.
Ha, qishloqqa borvoliiib, tog'ning havosidan erkin nafas oliiiib, archazoru qo'y-qo'zilarning quloqqa yoqarli ma'rashlariga oshufta bo'liiib, ancha qolib ketdingiz, lekin. : )

Necha marta telefon qilib ham tushib bo'lmadi. Viktorinadan ham qolib ketdingiz. Mayli, dam olishlar yaxshi o'tdimi? Uydagilarning diydoriga, ular sizning diydoringizga to'yishdimi?

Ha, mana, inshaalloh, shu kelayotgan yakshanba bir uchrashuv uyushtiryapmiz. Inshaalloh, shunda do'stlaringiz bilan ko'rishib, yana forum ruhiyatiga qaytib olasiz!