forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: jasur.best 29 Noyabr 2010, 23:58:24

Nom: Hiqqichoq tutsa
Yuborildi: jasur.best 29 Noyabr 2010, 23:58:24
Agar sizni hiqqichoq tutib qolsa, so'rg'ich konfentni og'zingizga soling. Tezda uni bartaraf etadi.
Nom: Re: Hiqqichoq tutsa
Yuborildi: JaviK 30 Noyabr 2010, 01:30:16
bizda buvimlar sabzi archib berardilar.
Nom: Re: Hiqqichoq tutsa
Yuborildi: Zamiraxon 01 Dekabr 2010, 00:18:39
 :as:

Hiqichoq qanday yuzaga keladi, shuni hech o'ylab ko'rganmisiz?

Hiqichoq tutgan insonni qo'rqitsak o'zdan-o'zi to'xtardi :)
Esimda bir marta hiqichoq tutib turganda pochcham "Ha, Zamira nimaga o'g'irlik qilding" desalar, yuragim chiqib ketay degan va shu bilan birga qiynab turgan hiqichoq to'xtagan. VaAllahu A'lam, har narsada hikmat bor, Alloh bilguvchi, hiqichoqni O'zi beradi, O'zi to'xtatadi!
Nom: Re: Hiqqichoq tutsa
Yuborildi: Bek aka 01 Dekabr 2010, 00:54:40
VaAllahu A'lam, har narsada hikmat bor, Alloh bilguvchi, hiqichoqni O'zi beradi, O'zi to'xtatadi!

Man qattiqroq narsa yeganimda (behi yeganimda ko'p bo'ladi) tiqilib hiqichoq tutadi. Suv ichsam, suv to'xtatadi.
Nom: Re: Hiqqichoq tutsa
Yuborildi: jasur.best 01 Dekabr 2010, 19:50:39
:as
Esimda bir marta hiqichoq tutib turganda pochcham "Ha, Zamira nimaga o'g'irlik qilding" desalar, yuragim chiqib ketay degan va shu bilan birga qiynab turgan hiqichoq to'xtagan.
shunga ya'ni o'g'irlik qilding deganiga rostdan ham ishonsangiz, to'xtaydi. Bo'lmasa, to'xtamaydi. Biz ham yoshligimizda hiqqichoq tutganda kattalar shunaqa deyishasa, yig'lab yuborgudek bo'lib ketardim. Keyin sababini bilganman
Nom: Re: Hiqqichoq tutsa
Yuborildi: Sevdo 02 Dekabr 2010, 14:12:32
Chuqur nafas olish yohud suv ichib yuborish ham hiqichoqni tuxtatadi
Nom: Re: Hiqqichoq tutsa
Yuborildi: Ansora 02 Dekabr 2010, 14:26:31
Bizda esa asosan qo'rqitishadi:)
Nom: Re: Hiqqichoq tutsa
Yuborildi: braupov 02 Dekabr 2010, 14:42:56
 :as:
Hiqqichoq tutmaslik uchun eng avvalo Ovqatni shoshmasdan eyish kerak. Chunki Hiqqichoq asosan nafas yo'liga ovqat yoki suyuqlik ketib qolishida vujudga keladi deb eshitganman.
Nom: Re: Hiqqichoq tutsa
Yuborildi: Lobar AZIZ 02 Dekabr 2010, 15:04:15
Chaqaloqlar odatda emizilgandan keyin, yoki sun'iy ovqat so`rg`ichda berilganidan keyin hiqichoq tutib qoladilar. Buni oldini olish uchun bolani ovqatlantirgach, bir muddat ko`tarib(turg`azgan holda) turish lozim. So`ng ozroq qaynatilgan suv berilsa to`htaydi.
Nom: Re: Hiqqichoq tutsa
Yuborildi: Zamiraxon 02 Dekabr 2010, 21:37:32
Hiqichoq tutishining sababi qizilo'ngachning ochilib qolishi va diafragmaning uni yopishga urinishi Vaallahu A'lam.
Nom: Re: Hiqqichoq tutsa
Yuborildi: jasur.best 03 Dekabr 2010, 12:24:08
Biroz nafas olmay turib, suvni katta xo'plasa ham hiqqichoq o'tib ketadi