forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Zamiraxon 03 Dekabr 2010, 16:35:43

Nom: Hayot nima?
Yuborildi: Zamiraxon 03 Dekabr 2010, 16:35:43
                                                               
                                                                     :bs1:
                                                            :as:

Sizning nazdingizda Hayot tushunchasi qay tarzda talqin qilinadi?
Bu mavzuda barcha forum ahli fikrlari jamlansa, Hayot tushunchasining asl mohiyatini bilib olamiz, inshaAllah.

Shu o'rinda buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoyning "Iqrornoma" kitobidan olingan satrlarni keltirib o'tmoqchiman:

"Insoniyat donolari hayot haqidagi savollarga bergan bevosita javoblari bu turur:

"Jismning hayoti yovuzlikdan va yolg'ondan iborat. Shuning uchun ham bu jism hayotini mahv etish ne'matdir, biz shu ne'matni tilamog'imiz darkor", deydi Suqrot.

"Hayot shunaqa narsaki, uning boridan yo'g'i yaxshiroq bo'lardi. Hayot - yovuzlik, yovuzlikdan hechlikka ko'chish hayotdagi birdan-bir ne'matdir", deydi Shopengauer.

"Dunyodagi hamma narsa - hamoqat ham, donolik ham, boylik ham, qashshoqlik ham, shod-hurramlik va qayg'u-alam ham, hammasi behuda va arzimas narsalardir. Inson o'ladi va undan hech narsa qolmaydi. Bu bema'nilikdir", deydi Sulaymon payg'ambar.

Ana shu katta aql egalari aytgan narsalarni ularga o'xshash million-million odamlar ham aytgan, o'ylagan, his etgan. Men ham shunday o'ylayman va shunday his qilaman. O'zni laqillatishning hojati yo'q. Hammasi - behuda! Tug'ilmagan odam baxtiyor, o'lim hayotdan yaxshi; shuning uchun hayotdan xalos bo'lmoq kerak".

Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: UzMuslim 04 Dekabr 2010, 16:58:36
Naqadar Dono So'zlar...
Hayot BU-Alloh Tomonidan Berilgan Bir NE'matdir.Hayot BU Oxirat UchuN Imtixondir.Hayot bu-O'zlikni anglash...
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: yoqutxon 04 Dekabr 2010, 21:08:55
 :as:
Menimcha inson  hayotni hayotida bo'layotgan vaziyatlarga qarab turli paytda turli  xil tassavur qilsa kerak.VaAllohu al'am!
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: JeeS 04 Dekabr 2010, 21:56:49
 :bsm:
 :as:

Ey odam bolasi aslida sen kunlardan iboratsan. Agar bir kuning o'tsa, sening bir bo'laging ketibdi.

Bu dunyo uch kundan iborat:

1) Kechagi kun, o'tib ketib bo'ldi;
2) Ertangi kun, sen unga yetmasliging mumkin;
3) Bugungi kun, u seniki sen unda amal qilib qol.


HASAN BASRIY

Hayot bu...

Alloh tomonidan bizga berilgan bir ne`mat va shu bilan birga "sinov maydoni" deb bilaman. Bu ne`matdan biz bandalar unumli foydalanishimiz lozim.
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Abdumuhaymin 04 Dekabr 2010, 23:09:42
 :bs1:
(Ey, Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi bir suv kabidirki, Biz uni
osmondan yog'dirgach, (bahorda) u sababli yer o'simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur,
so'ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur. Alloh hamma narsaga qodir
zotdir. (Kahf 45)
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Abu Muso 05 Dekabr 2010, 03:23:35
 :bsm:

Билингки, албатта, бу дунё ҳаёти сйин, кснгил срмаги ва зеб-зийнатдан, сзаро фахрланишдан,
мол-мулкни ва бола-чақани кспайтиришдан иборатдир. Худди ссимлиги деҳқонларни ажаблантирган
ёмғирга схшайдир. Кейинроқ бу ссимликлар қурийдир ва сарғайганини ксрасан. У сснгра хас-чспга
айланиб кетадир. Охиратда сса қаттиқ азоб бор, Аллоҳдан мағфират ва розилик бор. Бу дунё ҳаёти
ғурурга кетгазувчи матодан сзга ҳеч нарса смас.
(Ҳадид сураси, 20-ост)
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Bek aka 05 Dekabr 2010, 10:41:33
Iqtibos
"Dunyodagi hamma narsa - hamoqat ham, donolik ham, boylik ham, qashshoqlik ham, shod-hurramlik va qayg'u-alam ham, hammasi behuda va arzimas narsalardir. Inson o'ladi va undan hech narsa qolmaydi. Bu bema'nilikdir", deydi Sulaymon payg'ambar.

Hayot haqidagi eng to'g'ri xulosalardan biri shu bo'lsa kerak. Hayot - bema'nilikdir.
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Lobar AZIZ 06 Dekabr 2010, 16:45:55
Hayot bu - bozor. Kimdir nimanidir(kimnidir) sotish bilan, kimdir olish bilan band. Qizig`i shundaki, haridor va sotuvchilardan tashqari dallollar ham yetarlicha...
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Ansora 06 Dekabr 2010, 18:02:20
Hayot-xozirgi 30 dan oshgan yoshimda:

bolamni mas'uliyati;

ho'jayinimni xizmati;

ibodatimni qo'limdan kelgunicha bajarish tashvishi;

ekan...

Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Nurdinboy 17 Yanvar 2011, 00:40:49
Hayot - aslida mo'min bandalar uchun sinov ko'prigi.
Hayot - yaxshi nom qoldirish, ota onaga solih farzand bo'lish, o'zidan solih va soliha farzandlar qoldirishdir.
Ad dunyoya, mazra'utul-ohira.
Ya'ni ma'nosi budir: bu dunyo u dunyoning polizidir.
Polizga har kim o'z ekinini ekadi. Ayrimlar odamlarga foydali, ayrimlar esa yovvoyi alaflaru, tikanaklarni ekadilar. Hayot kurash. Savob va gunohlarning kurawi.
Nom: Hayot... nima u o`zi??? Imtihonmi yo ...????
Yuborildi: Notanish_balki_tanish 02 Iyul 2011, 00:32:11
Hayot... nima u o`zi??? Imtihonmi yo ...????
Nom: Re: Hayot... nima u o`zi??? Imtihonmi yo ...????
Yuborildi: Муслимшухрат 02 Iyul 2011, 06:24:14
Hayot... nima u o`zi??? Imtihonmi yo ...????
A'uzu billahi minash shaytonir rojiym.
 Tabarokallazi biyadihil mulku va huva ala kulli shayin qodiyr.Allazi holaqol mavta val hayata liyabluvakum ayyukum ahsanu amalaa ,va huval azizul hakim.

Sodaqolloh.
Nom: Re: Hayot... nima u o`zi??? Imtihonmi yo ...????
Yuborildi: Ислoмбек 02 Iyul 2011, 08:46:08
Hayot... nima u o`zi??? Imtihonmi yo ...????
A'uzu billahi minash shaytonir rojiym.
 Tabarokallazi biyadihil mulku va huva ala kulli shayin qodiyr.Allazi holaqol mavta val hayata liyabluvakum ayyukum ahsanu amalaa ,va huval azizul hakim.

Sodaqolloh.
Akahon o'zbekcha yozig, yokiy Arabcha yozig. Hato qilib qo'yishingiz moumkin. Uzur
Nom: Re: Hayot... nima u o`zi??? Imtihonmi yo ...????
Yuborildi: Mirоlim 02 Iyul 2011, 10:57:44
Hayot... nima u o`zi??? Imtihonmi yo ...????
A'uzu billahi minash shaytonir rojiym.
 Tabarokallazi biyadihil mulku va huva ala kulli shayin qodiyr.Allazi holaqol mavta val hayata liyabluvakum ayyukum ahsanu amalaa ,va huval azizul hakim.

Sodaqolloh.

:bsm3:
1. Qo'lida mulk bo'lgan U zot ulug', muqaddas bo'ldi. U barcha narsaga qodirdir.

2. U o'lim va hayotini sizlarning qaysilaringiz amalda yaxshiroq ekanligingizni sinash uchun yaratgandir. U aziz va o'ta mag'firatlidir. (Mulk surasi)

(O'limni eslagan odam  unga tayyorgarlik ko'radi va o'lgandan so'ng sharmanda bo'lmaslik uchun o'zini yaxshi ishlarga safarbar qiladi.)

Alloh rost so'zlaguvchi.


Nom: Re: Hayot... nima u o`zi??? Imtihonmi yo ...????
Yuborildi: Ansora 02 Iyul 2011, 11:33:20
Assalomu alaykum. Uzr, Zamiraxon, degan qizimiz ham xuddi shunday mavzu ochgandilar, xozir topolmadim. Birlashtirib qo'yish kerak mavzularni.
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Muhammad Yusuf 06 Avgust 2011, 10:44:59
Hayot bu :
Imkoniyat . Ixtiyoriz bilan jannat amallarini qiling , jannatga kiring.
Ixtiyoriz bilan do'zax amallarini qiling, do'zaxga kiring.
Lekin, ixtiyoriz bilan jannat amallarini qilayotganizda ham mag'rurlanmang !
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Humayro 06 Avgust 2011, 19:39:16
Хаёт бу йул, имтихон, синов йули, сизга кандай билет тушса шундаги ролни сабр ва токат билан бажариши шартдир.
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Secret 07 Avgust 2011, 04:41:04
 
   :bsm3:

  Bir kuni DONISHMAND LUQMONU HAKIMDAN SO'RASHIBDI: Siz bunchalik donolikni qayerdan o'rganasiz va kimdan saboq olasiz deb? Shunda LUQMONU HAKIM JAVOB BERIBDI: Men hamma narsani hayotdan o'rganaman chunki hayot o'zi bir hikmatli muallim. Saboqni ham hayotdan olaman chunki hayotda hamma narsa bo'ladi men shularni kuzatib saboq chiqaraman. Men ming yil yashagan bo'lsam ham hayotni to'liq o'rganolmadim chunki hammani hayoti har hil. Ming yil yashagan bo'lsam ham hayotga to'ymagandekman men hali hayotni butunlay tushunolmadim. Bu savolizga hayotni butunlay o'rganib kegin to'lib javob beraman hozir bu savolizga to'liq javob bergani ojizlik qilman.Chunki hayot qanchalik uzun bo'lmasin ko'z yumib ochguncha o'tib ketadi deb javob bergan ekan.
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Best friend 07 Avgust 2011, 11:00:39
Rangin ziynatlarga burkangan dunyo,
Bizni chalg'itmoqqa urinar go'yo. (Xalq og'zida shunga ma'nodosh gap yurardi, muallifiniu bilmiman)
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: azizbek_mx 07 Avgust 2011, 11:11:40
Rangin ziynatlarga burkangan dunyo,
Bizni chalg'itmoqqa urinar go'yo. (Xalq og'zida shunga ma'nodosh gap yurardi, muallifiniu bilmiman)

muallifi shu yerdan ;)
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Ansora 08 Avgust 2011, 13:20:06
Hayot- insonga berilgan eng buyuk in'om.
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: braupov 08 Avgust 2011, 13:54:36
Hayot- bu imtixon maydoni
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: azizbek_mx 08 Avgust 2011, 17:40:25
hayot... Agar u ummon bölsa, men tomchining bir zarrasidekman (c)
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Secret 18 Avgust 2011, 16:47:01


       HAYOT O'ZI SHUNAQA DO'STLAR,
       GOH YIG'LATIB GOH KULDIRADI.
       HAMMASIGA CHIDAY OLSAK BAS,
       U XAMISHA  BAHT KELTIRADI !!!

Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Lu`lu` 31 Dekabr 2011, 04:52:25
"Хаёт мураккаб нарса. Яратган хар кимга хар хил умр берган... Бирок канча сшаганидан катъи назар мансабларни сгаллаб давр сурган булмасин, кай даражада илм сирларини сгаллаб, уз халкига хизмат килиб, катор илмий даражаларга сришган булмасин, дунёдан армонсиз утиб кетспман деёлмайди. Хар кимнинг юрагида кандайдир армонлари булади.
...Бош армонларимдан бири шуки, менинг умрим ХХ асрнинг снг чигал, снг мураккаб даврларига тугри келди. Бутун хаётим хакида уйлар сканман, "Бу бош нималарни курмади, кандай кулфатларни утказмади" деб юборгим келади...
...Юкорида кайд килинганлардан куриниб турибдики, армонларнинг юки анча огир, айрим холларда уйлаб коламан, бу огир юкнинг босимига бу митти жон кандок чидам берди скан ва хулосага келаман:
- Бу митти жоннинг мустахкам тиргаги бор. Бу хаётимни багишлаган "илм куввати". Бу кувват умид киламанки, мени бошка босимлардан хам саклай олади.
Укувчим сезиб турган булса керак, бу ерда мен иккинчи хулосага келаман. Ойимнинг такрор-такрор айтадиган бир сузи бор - уруш деган бало куриб кетсин,-дер сди у.
ХХ асрнинг охири ХХ1 аср бошларида дунёнинг куп бурчакларида кон тукилишлар булди ва булспти. Баъзан бизнинг худудимизда хам зиддистлар руй берди. Аазаримда, бу зиддистларнинг катта кон тукилишига айланишидан Тангрининг узи асради... Бу хол хам армонлар юкининг бир оз енгилланишига асос булди..."

Матёкуб Кушжонов "Армон".
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 31 Dekabr 2011, 10:05:27
Gar hayotdan olmasang ta'lim uni o'rgata olmas hech bir muallim.

Hayot nima degan savolga ulamolar:
''Beshik va tobut o'rtasidagi tor yo'l'' deb javoa berishgan ekan!
 Yaratgan egam ALLOH manashu yo'lda qilayotgan hayrli amallarimizni bardavom qilsin!
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Shuhrat_ 31 Dekabr 2011, 10:48:47
Hayot bu ...
Bir ilm ummoni...
"beshikdan qabrgacha ilm izla"
degani
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Ansora 31 Dekabr 2011, 23:03:42
Hayot bu- senga berilgan juda katta miqdordagi "pul" degani.

Bu "pulni" "sarf qilib" yo Jannatga yoki...-ga "bilet olasan...
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Humayro 03 Yanvar 2012, 10:35:35
Ocha olsang hayot jannatga eshik.
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Safida 03 Yanvar 2012, 15:22:10
Hayot nima deganda ko’z oldimga 2 ta yo’l keladi
Birinchisi.Bu yo’l chiroyli ,o’ziga maftun etadi,yurganda manzilga tez eltib qo’yadigan  yo’lga o’hshedi.Lekin bu yo’lning ohirgi manzili Sarob!
(http://s017.radikal.ru/i418/1201/41/7c6b7a5d2540.jpg) (http://www.radikal.ru)
Ikkinchi yo’l .Bu esa yurganda inson qiynaladi,chang,har-hil to’siqlar ,manzilsiz yo’lga o’hshidi lekin bu yo’lning ohiri biladiki inson Nurli yo’lligini  :)(http://s50.radikal.ru/i129/1201/3f/c431c12d9475.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Hayot nima?
Yuborildi: Muhammad Sanjar 14 Yanvar 2012, 21:51:10
Hayot - o'rmon, tulkisi
Och bo'riga o'xshaydi.
Yo'lbarslari tiz cho'kib
Najot so'rab yig'laydi.

Hayot - karvon, tuyasi
Sahrodan suv so'raydi.
Sabrni kosasiga
O"rgimchak to'r o'raydi...

Hayot - aroq, quyilib
Kayf yarmida tugaydi.
Bag'rlar kabob bo'lib
Kir ko'rada tutaydi.

Hayot - osmon, yulduzi
Armon deydi eskilar.
Shohni ham, gadoni ham
Mehmon deydi eskilar.

Hayot - bekat, keladi
Va ketadi qanchalar.
Kimlar mag'rur yashaydi,
Kimlar ostona yalar!

Hayot - hayot, odamlar
Goh odamga o'xshamas.
Xokisor xor yig'laydi,
Yetim nolon to'xtamas.

Hayot - oqbadan go'zal,
Hech kimga qilmas vafo.
Bandang bilib O'ktamni
Asragin o'zing Xudo!

O'ktam Tojiboyev
Nom: Javob: Hayot nima?
Yuborildi: Muxsiya 06 Iyun 2013, 14:32:18
Hayot bu tug'ilishdan toki o'limgacha bo'lgan yo'l. kimdir uni juda qisqa masofalarda bosib o'tadi, kimdir esa uzun. Kimdir oson o'tadi, kimdir qiyinchiliklar bilan. Hammaning bu yo'ldagi taqdiri har xil bo'lishiga qaramay yo'lning boshi va yakuniy manzil bir joy. Eng muhimi esa mana shu yo'lda qanday yurishlikda
Nom: Javob: Hayot nima?
Yuborildi: IRFON-2012 16 Iyun 2013, 21:08:58
Hayot - tiriklik, yashamoq deganidir! Bu dunyo hayoti va Oxirat hayoti mavjud. Uning orasida o'lim va qabr mavjud. U vaqtda ham ruh hayotdir, jism esa hayot emas. Oxiratda jismlar ham qayta hayotga (tiriklikka) qaytadi, hatto barmoqdagi chiziqlargacha o'z o'rniga qaytadi, deyilgan Allohning kalomida! Bu dunyo hayoti o'tkinchidir, hammamiz vafot etamiz va bu dunyodagi hayotimiz yakunlanadi. Ammo oxirat hayoti abadiydir. Bu dunyoda amal bor-u xisob yo'q, oxiratda xisob bor-u amal yo'q. Demak oxirat hayotida faqat xisob-kitob va taqdirlanish bo'ladi.

Insonlar hayot haqida uch xil tushunchada yashaydilar:
1. Foniy dunyonigina tan olganlar. Ular uchun oxiratni qizig'i yo'q. Bu dunyoda baxtli, bekam-u ko'st yashashsa bo'lgani. Ko'pincha ishlari yurishib, haqiqatda maqsadlariga yetganini ko'ramiz. Bu dunyoda hammasi joyida, bor iqtidorini faqat shu hayotini obod qilishga harakat qiladi va erishadi ham. Lekin afsuski, ular uchun oxiratda hech qanday yaxshilik yo'q.
2. Tarkidunyo qilganlar. Bunday insonlar o'zlarini faqat oxirat uchun ibodat qilishlarini va foniy dunyodan butunlay yuz o'girganlarini davo qiladilar. Ular uchun bu dunyoda hech qanday obro', boylik, rohat-farog'at kerak emas. Umidlari faqat oxiratdan! Bir qarashda judayam ulug' ish bo'lib ko'rinadi. Zoxidlik, parxezkorlikning yuqori darajasi. Lekin juda ko'plab oyat va xadislar bunga qarshi chiqadi. Bu dunyo va undagi ne'matlar insonlar uchun berilgani, nikohlanish sunnatligi, halol narsalarni o'ziga xarom qilish mumkin emasligi kabi mazmunda ta'limotlar ko'p. Demak, tarkidunyo qilganlar foniy dunyo yaxshiliklaridan voz kechgani bilan oxiratda darajalari yuqori bo'lmasligi mumkin. Chunki farz va vojiblardan so'ng, sunnatga ham amal qilish lozim!
3. Vasatiyani lozim tutganlar! Bular bu dunyodan ham oxirat yaxshiliklaridan ham bebaxra qolmaydilar. Aksincha, avvalgilardan ko'proq nasibaga ega bo'ladilar. Foniy dunyoga muhabbat qo'ymaydi, ammo undan manfaatli miqdorda foydalanadi. Tarkidunyochilarga teskari o'laroq, nikohlanish, oilani boshqarish, farzandli bo'lish, ta'lim-tarbiya, nochorlarga yordam berish, xalqiga xizmat qilish, vatani el-yurti ravnaqi uchun xissa qo'shish kabi savobli amallarga erishadilar. Vafot etganidan so'ng ham, ortidan farzandlari, shogirdlari va undan yaxshilik ko'rgan har bir inson uning haqqiga duo qiladi. Hatto duo qilishmasa ham, u tarqatgan ilm-ziyo davom etar ekanki qabri nurga to'laveradi. Ular naqafat o'ziga, balki butun jamiyatga foyda keltiradilar.

Mana ko'rib turibmizki, hayot haqidagi eng to'g'ri, eng mo'tadil, eng afzal, eng manfaatli tushuncha Vasatiyadir! "Vasatiya - hayot yo'li" degan kitobni o'qishni hammaga tavsiya qilaman. Alloh vatanimiz hayotini bundanda go'zal qilsin!