forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumdoshlar hayoti => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 10:01:58

Nom: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 10:01:58
Assalamu alaykum!

2010 yil www.ziyouz.com portali va forum.ziyouz.com uchun birqancha xayrli yangiliklarga boy bo'ldi.
Portalimiz haqida O'zbekiston matbuti va internetida birqancha iliq maqolalar paydo bo'ldi.

Ayni paytda www.ziyouz.com portali o'zbek tilidagi eng katta manbalar xazinasi bo'lib qolmoqda.
www.uz ma'lumotlariga ko'ra, portalimizga kuniga 1500 kishi tashrif buyurmoqda. Ichki statistika ma'lumotlariga ko'ra esa, bu ko'rsatgich 10000-12000 kishini tashkil etmoqda.

2010 yilda forumumizda 11 millionga yaqin sahifa o'qildi. Bu borada rekord ko'rsatkich joriy yilning mart oyida kuzatildi. Shu oyda forumda 1,5 milliondan ortiq sahifa o'qildi. Jami o'qilgan sahifalar soni esa 23 millionga yaqinlashdi.

Ayni paytda forumimizda 277000 xabar mavjud.
O'zbekistpon forumlari reytingi (http://voydod.uz/forum.php)da forum.ziyouz.com 11-o'rinni egallab kelmoqda. Sof o'zbek tilidagi forumlar reytinggi tashkil etilsa, forumimiz yuqori o'rinlarni egallashi shubhasizdir.

Titan-Uzning ma'lumotlari (http://)ga ko'ra, forum.ziyouz.com sof milliy o'zbek forumlari ichida 1-o'rinni, umumiy (o'zbek va chet tillari aralashgan) forumlar orasida 2-o'rinni egalladi.

Ayni paytda forumga a'zo bo'lganlar soni 4442 tani tashkil etmoqda. Forumda 4381 mavzu, 84 bo'lim mavjud.
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 10:04:53
2010 YIL XUSHXABARLARI

2010 yili o'qishga kirgan forumchilar:

Zamiraxon - O'zbekiston Milliy universitetining kimyo fakultetiga eng katta ball bilan kirdilar.
Nodirbek - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutiga kirdilar.

2010 yili turmush qurgan forumchilar:

Muhammadiy - 9 may kuni boshlarini ikkita qildik.
Muhammad Amin va Mahdiyah - 30 may kuni ikkovlarinming boshlari birlashdi.
AbdulAziz - 1 iyun kuni boshimiz ikkita bo'ldi.
Ikbaljohn - 27 iyun kuni boshlarini ikkita qildik.
Abdurahmon - 8 avgust kuni boshlarini ikkita qildik.
Akbarjon - 16 sentabr kuni boshlarini ikkita qildik.
Registon - 25 oktyabr kuni boshlarini ikkita qildik.

2010 yili unashtirilgan forumchilar:

Muhseena - Baxt-saodat, xotirjamlik va xayrli turmush tilaymiz.
Muqaddas - Baxt-saodat, xotirjamlik va xayrli turmush tilaymiz.

2010 yili farzandli bo'lgan forumchilar:

Ummatiy Ummatiy - 12 yanvar kuni Muzayyanaxonga ota bo'ldilar.
Habib - 6 may kuni Mubinaxonga ota bo'ldilar.
Kapalak - 13 iyun kuni jiyanimiz Abdulaziz Ensarga ona bo'ldilar.
Dimu - 24 iyun kuni Salohiddinga ota bo'ldilar.
Shoxjahon12 - 20 sentyabr kuni Gulsanamxonga ota bo'ldilar.
Mo'min Mirzo - 18 oktabr kuni kichkina Umarga ota bo'ldilar.
Muhammad Sohib - 12 noyabr kuni kichkina Abu Bakrga ota bo'ldilar.

2010 yili buvi bo'lgan forumchilar:

Lu'lu' - taxminan 20-21 dekabrlarda kichkina Fotimaxonning buvisi bo'lganliklarini e'lon qildilar.

2010 yili bo'lgan uchrashuvlar:

05.01.2010 - Abdulhafiz tashabbuslari bilan Namangandagi forumchilar yig'ilishi.
29.01.2010 - Chustiyning qarorgohidagi Toshkentdagi forumchilar oshxo'rlik masjlisi.
19.03.2010 - Chustiyning qarorgohidagi Toshkentdagi forumchilar kabobxo'rlik masjlisi.
25.03.2010 - Namanganlik forumchilarning Chustdagi oshxo'rlik majlislari.
09.05.2010 - Muhammadiyning nikoh to'yi munosabati bilan Rishtonda bo'lgan uchrashuv.
14.05.2010 - Abu Muso aka tashabbusi bilan Toshkentda uchta zemlyaklar (Abu Muso, Foniy, Abu Nasriddin) yig'ilishdi.
22.05.2010 - Forumdoshimizning maslahat oshlari munosabati bilan Toshkentdagi forumchilar uchrashishdi.
30.05.2010 - Muhammad Amin va Mahdiyahning nikoh to'ylari munosanari bilan Toshkentdagi forumchilar uchrashuvi.
10.07.2010 - Namanganning so'lim Kosonsoyida vodiylik forumchilarning 1-uchrashuvi bo'lib o'tdi.
04.08.2010 - Vodiylik forumchilarning sersoy, sersoya Vodildagi 2-uchrashuvlari.
19.08.2010 - Iftorlik munosabati bilan Toshkent shahrida yig'ilgan forumchilar uchrashuvi.
03.10.2010 - Hazrat Chustiy tashkil etgan Moskvadagi forumchilar uchrashuvi.
03.11.2010 - Poytaxti azim Toshkent] shahridagi forumchilar uchrashuvi.
14.11.2010 - Mo'min Mirzoning o'gillari Umarbekning aqiqasi munosabati bilan Chinobodda o'tgan 3-vodiyliklar uchrashuvi.
28.11.2010 - Viktorina g'oliblarini taqdirlash marosimiga bag'ishlangan Toshkentdagi uchrashuv. Forum tarixida eng ko'p - 21 ishtirokchi yig'ilgan uchrashuv.


PS. Qolib ketganlari bo'lsa, to'ldirarsizlar.
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 10:52:15
Endi 2010 yilning "eng-eng-eng"lari taqdimot marosimini boshlaymiz:

2010 yilning eng yaxshi kitobi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_kitob.jpg)

Ushbu nominatsiya bo'yicha 18 ta nomzod ko'rsatilgan edi. 11 ta ovoz bilan ushbu sovrin Safiyyurrahmon Muborakpuriyning "Rahiyq-ul maxtum" kitobi uchun taqdim etildi.
Ahmad Lutfiy Qozonchining "Hazrati Umar ibn Hattob" va Tohir Malikning "Odamiylik mulki" kitoblari 6 tadan ovoz yig'ib, ikkinchi o'rinni band etdilar.
2010 yilda kiritilgan kitoblar orasida Bobur Mirzoning "Boburnoma" kitobi eng ko'p ovozga sazovor bo'lganlar orasida 3-o'rinni band etdi.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Rohiyq al-maxtum. Safiyyurrahmon Muborakpuriy    - 11 (23.4%)
Hazrati Umar ibn Hattob. Ahmad Lutfiy Qozonchi    - 6 (12.8%)
Odamiylik mulki (Axloq kitobi). Tohir Malik    - 6 (12.8%)
Boburnoma. Zahiriddin Muhammad Bobur    - 4 (8.5%)
Men - sensiz, sen - mensiz (qissa). Xurshid Do'stmuhammad    - 3 (6.4%)
Shum bola (qissa). G'afur G'ulom    - 3 (6.4%)
Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman)    - 2 (4.3%)
Sadriddin Ayniy. Sudxo'rning o'limi (qissa)    - 2 (4.3%)
Yulduzlar mangu yonadi (qissa). Tog`ay Murod    - 2 (4.3%)
Bankir (roman). Lesli Uoller    - 2 (4.3%)
Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati (qissa). Erkin A'zam    - 1 (2.1%)
Iblis devori (qissa). Tohir Malik    - 1 (2.1%)
Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor    - 1 (2.1%)
Mehrobdan chayon (roma). Abdulla Qodiriy    - 1 (2.1%)
Momo yer qo`shig`i (qissa). Tog`ay Murod    - 1 (2.1%)
Oxirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov    - 1 (2.1%)
G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin    - 0 (0%)
Mashaqqatlar girdobi (roman). Zulfiya Qurolboy qizi    - 0 (0%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 10:58:17
2010 yilning eng off-topchi foydalanuvchisi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_off-top.jpg)

Off-topchi deganda ko'pchilikning yuragi zirqiraydi. Aslida bu judayam unchalik yurakni zirqiratadigan unvon emas. Faqat ba'zida foydalanuvchilarimiz hayajonlangandanmi yoki qalblarida to'lib ketghan gaplarini qayerga qo'yishni bilmasdanmi mavzudan tashqari gaplarni ham yozaib yuboradilar.
Xuddi shunday yuzerlarning tanlovida TITAN-UZ 20 ta ovoz bilan bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
BelleQizcha bu sovrin egasi bo'laman deb qancha harakat qilmasin, 3 ta kam ovoz bilan 2-o'rinni band etdi.
Xorazm shevasini qiyib qo'yadigan Abu Zufar va goh qashqadaryocha, goh toshkancha, gohi ingliz, gohi tushunib bo'lmaydigan allaqanday tillarda yozuvchi Chehmiklar 8 tadan ovoz to'plab, 3-o'rinni egallashdi.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

TITAN-UZ    - 20 (32.3%)
BelleQizcha    - 17 (27.4%)
Abu Zufar    - 8 (12.9%)
Chehmik    - 8 (12.9%)
Marg'iloniy    - 5 (8.1%)
Zero Hero    - 4 (6.5%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 11:12:05
2010 yilning eng yaxshi yangi ishtirokchisi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_yangi_yuzer.jpg)

2010 yilda forumimiz bir qancha yangi yuzerlarni kashf etdi. Ularning ishtiroklari mavzularning o'qishliligi va qiziqarliligini ta'minladi.
So'rovnoma natijalariga ko'ra, ushbu nominatsiyada 21 ta ovoz bilan forumimizning eng yosh va talabchan uzerkasi Yoqutxon bosh sovringa ega bo'ldi.
O'zining aytishiga ko'ra, forumga 2008 yili Qur'on musobaqasi sabab a'zo bo'lgan, lekin ancha payt kirmay 2010 yili haqiqiy a'zoga aylangan Mo'min Mirzo 13 ta ovoz bilan 2-o'rinni band etdilar.
Yaqinda a'zo bo'lganiga qaramay, forumchilarning hurmatlariga sazovor bo'lgan, ibratli postlar muallifi Iymona 11 ta ovoz bilan 3-o'rinni band etdilar.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Yoqutxon    - 21 (26.6%)
Mo'min mirzo    - 13 (16.5%)
Iymona    - 11 (13.9%)
Lobar Aziz    - 8 (10.1%)
Mirolim    - 8 (10.1%)
Aqoid    - 5 (6.3%)
Azizbek_mx    - 3 (3.8%)
Gabriela    - 3 (3.8%)
Lu'lu'    - 3 (3.8%)
Jasur.best    - 2 (2.5%)
Saliha    - 2 (2.5%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 11:22:20
2010 yilning eng ko'p rahmat aytuvchi ishtirokchisi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_rahmat.jpg)

Forumning rahmat funksiyasi tashkil etilgandan buyon ancha-muncha off-toplar yo'qoldi va forumchilarning bildirgan fikrlariga nisbatan samimiy minnatdorlik izhor etish xizmati joriy qilindi.
Bu nominatsiya bo'yicha forumimizning eng jonkuyar yuzerkasi Kapalak opa bosh sovrinni qo'lga kiritdilar. Opamiz deyarli barcha mavzularga kirib chiqadilar. Forumdoshlarning fikrlariga nisbatan o'z munosabatlarini bildiradilar.
O'zi ko'p fikr bildirmasa-da, lekin mavzularni kuzatadigan, yetti o'lchab bir kesib mulohaza bildiradigan Muallim eng ko'p rahmat aytuvchilar orasida ikkinchi bo'ldi.
Uchunchi o'rin AbdulAzizga nasib etdi. Kamina ham uncha ko'p post qoldirmasamda. o'zimga manzur bo'lgan mavzulardagi forumchilar mulohazalarini hurmat qilaman.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Kapalak    - 15 (34.9%)
Muallim    - 9 (20.9%)
AbdulAziz    - 7 (16.3%)
Habib    - 5 (11.6%)
Abdulhafiz    - 3 (7%)
Robiya    - 2 (4.7%)
Hadija    - 1 (2.3%)
Ziyovuddin    - 1 (2.3%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 11:31:53
2010 yilning eng yaxshi avatar sohibi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_avatar.jpg)

2010 yildagi eng yaxshi avatarlar nominatsiyasi bo'yicha Robiyaning avatarlari 9 ta ovoz bilan bosh sovringa ega chiqdi:
(http://forum.ziyouz.com/index.php?action=dlattach;attach=349;type=avatar)

2-o'rinni quvnoq bolakayni tarannum etgan Habibning avatari egalladi:
(http://forum.ziyouz.com/index.php?action=dlattach;attach=2047;type=avatar)

Bu safargi avatarlar jangida bolakaylar yuqori o'rinlarni egallamoqda. 3-o'rin egasi AbdurRohmanning avatarida ham shiringina bolakay tasvirlangan:
(http://forum.ziyouz.com/index.php?action=dlattach;attach=794;type=avatar)

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Robiya    - 9 (15.5%)
Habib    - 7 (12.1%)
AbdurRohman    - 5 (8.6%)
Chustiy    - 4 (6.9%)
Iymona    - 4 (6.9%)
Muhammad Sohib    - 4 (6.9%)
Abdulloh    - 3 (5.2%)
Muallim    - 3 (5.2%)
Muhseena    - 3 (5.2%)
Zulfina    - 3 (5.2%)
UmmatiY_MuhammadiY    - 3 (5.2%)
Hadija    - 3 (5.2%)
Braupov    - 2 (3.4%)
Saliha    - 1 (1.7%)
Titan-UZ    - 1 (1.7%)
UzMuslim    - 1 (1.7%)
Jees    - 1 (1.7%)
Lobar Aziz    - 1 (1.7%)
Huseyn    - 0 (0%)
Mahdiyah    - 0 (0%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 11:39:32
2010 yilning eng yordamsevar ishtirokchisi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_yordam.jpg)

Ushbu nominatsiya bo'yicha anjanlik ukamiz Javikboy 11 ovoz bilan bosh sovrinni qo'lga kiritdilar. Bundan keyin ham hech kimdan yordamingizni ayamang. Mo'min Mirzo akangizga ham yordam berib qo'ying. Keyingi safar sizga ham ovoz beradi :)
Bir qo'li kapgirda yana bir qo'li klaviatura, bir qulog'i qozonning vaqir-vuquridayu, yana bir qulog'i telefonda bo'lgan butun o'zbek forumlari oshpazi Chustiy yordamsevarlar orasida ikkinchi o'rinni band etdi.
Uchinchi o'rinni 8 tadan ovoz bilan Kapalak va AbdulAziz egallashdi. Kapalak opamizga ta'rif uchun gap yo'q. Iloji bo'lsa, shu kamida shahar hokimi bo'lsalar-dsa, hammaning muammosini yechib bersalar.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Javik    - 11 (21.6%)
Chustiy    - 9 (17.6%)
Kapalak    - 8 (15.7%)
AbdulAziz    - 8 (15.7%)
Robiya    - 5 (9.8%)
Habib    - 3 (5.9%)
G_u_l_i    - 2 (3.9%)
Hadija    - 1 (2%)
Lolo    - 1 (2%)
Muxlisa    - 1 (2%)
Yoqutxon    - 1 (2%)
Zamiraxon    - 1 (2%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 12:02:15
2010 yilning eng yaxshi ayol ishtirokchisi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_ayol.jpg)

Bu nominatsiyada mutloq g'oliblik yana Kapalak opamizga nasib etdi.
Orada bir kamnamo bo'lib, yana forumchilar safiga qaytgan Hadija 8 ta ovoz bilan 2-o'rinni band etdilar.
Doimo kimlargadir yaxshilik qilish umidida yelib-yuguiradigan uzerkalarimizdan Robiya 7 ta ovoz bilan uchinchi o'rinni band etdilar.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Kapalak    - 13 (22%)
Hadija    - 8 (13.6%)
Robiya    - 7 (11.9%)
G_u_l_i    - 5 (8.5%)
Yoqutxon    - 5 (8.5%)
Zamiraxon    - 4 (6.8%)
Iymona    - 4 (6.8%)
Lolo    - 4 (6.8%)
Lu'lu'    - 3 (5.1%)
Mahdiyah    - 2 (3.4%)
Munira xonim    - 2 (3.4%)
Siddiqa    - 2 (3.4%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 12:13:34
2010 yilning eng yaxshi erkak ishtirokchisi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_erkak.jpg)

Yilning eng yaxshi erkak ishtirokchisi nominatsiyasida eng ko'p uchrashuvlarga borgan va oxirgi uchrashuvda nega bizni aytmadingiz deya janjal qilgan Muhammad Sohib 11 ovoz bilan bosh sovrinni qo'lga kiritdilar. Shunday, o'rtoqlar, ko'proq uchrashuvlarga boringlar va sizni aytishmasa, janjal qilinglar, shunda siz ham sovringa ega bo'lasiz :)
Ikkinchi o'rinni tinib-tinchimaslar Habib va Chustiy egallashdi. Habib bilan Muallim hayotda ham qalin do'stlar. Lekin forumda ularni ajratuvchi ikki jihat bor. Muallim obdooon o'ylab, so'ng yozadi. Habib esa ba'zida dab-durustdan yozadi-da, so'ng o'zining notog'ri o'ylaganini ham tan oladi. Ikkalasini birlashtiradifan jighat esa, ko'p rahmat aytishida va deyarli barcha mavzularni kezib chiqishlarida :)
3-o'rin Javikboy va Abdulazizga nasib etdi. Malades Javikboy :) Qozonga yaqin yursang qarosi yuqar. Yonimizda yuravering. :)

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Muhammad Sohib    - 11 (14.3%)
Chustiy    - 10 (13%)
Habib    - 10 (13%)
AbdulAziz    - 8 (10.4%)
Javik    - 8 (10.4%)
Abu Muso    - 6 (7.8%)
BRaupov    - 5 (6.5%)
Muallim    - 4 (5.2%)
Chehmik    - 3 (3.9%)
Abdulhafiz    - 2 (2.6%)
Ummatiy Muhammadiy    - 2 (2.6%)
AbdurRohman    - 1 (1.3%)
Akbarjon    - 1 (1.3%)
Hassan    - 1 (1.3%)
Muhammad Amin    - 1 (1.3%)
Musannif Adham    - 1 (1.3%)
Shoxruh Mirzo    - 1 (1.3%)
UzMuslim    - 1 (1.3%)
Ziyovuddin    - 1 (1.3%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 12:33:43
2010 yilning eng yaxshi imzo sohibi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_imzo.jpg)

Yilning eng yaxshi imzosi sifatida AbdulAzizning imzosi qayd etildi:

Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

2-o'ringa Hadijaning imzosi sazovor bo'ldi:

Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas.
Ali ibn Abu Tolib

3-o'rinni Mirolimning imzosi egalladi:

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Bas, kim zarra og'irligida yaxshilik qilsa ham ko'radir.
Va kim zarra og'irligida yomonlik qilsa ham ko'radir.
("œZalzala"-surasi 7-8-oyatlar)
(Yaxshilikning ham, yomonlikning ham katta-kichigi bo'lmaydi. Hammasining hisob-kitobi bo'ladi, qiyomatda javob berish kerak. Har doim yaxshilikni qilib, agar u ko'zga ko'rinmas zarra miqdorida bo'lsa ham yomonlikdan qochish kerak.)

3-o'rinni Habibning imzosi egalladi:

Дунё Абу Бакрга боқмади, Абу Бакр ҳам дунёга боқмади.
Дунё Умарга боқди, аммо Умар унга қиё ташламади.
Биз сса дунёга ботиб қолдик.

Муовис ибн Абу Суфён

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

AbdulAziz    - 11 (19.3%)
Hadija    - 7 (12.3%)
Habib    - 6 (10.5%)
Mirolim    - 6 (10.5%)
Ummatiy Muhammadiy    - 5 (8.8%)
Robiya    - 4 (7%)
Lobar Aziz    - 3 (5.3%)
Mahdiyah    - 3 (5.3%)
Yoqutxon    - 3 (5.3%)
Aqoid    - 2 (3.5%)
Kapalak    - 2 (3.5%)
Braupov    - 2 (3.5%)
DilafruzZ    - 1 (1.8%)
Jees    - 1 (1.8%)
Samarqandiy    - 1 (1.8%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 12:43:46
2010 yilning eng yaxshi so'z ustasi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_suz.jpg)

Yuqorida biz ta'kidlagan allambalo tillar, qochirimlar, ko'pnuqtalar ila postlarini bezaydigan Chehmik bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Chehmikning ukasi, Chustiyning matbuot kotibi, "Zakovat"chi ukamiz, ayniqsa ovqat bilan bog'liq masalalarda so'zlarni qiyib tashlaydigan Y_U_R_I_S_T ukamiz 2-o'rinni egalladilar. Shu hech nikingizni yozishga o'rganolmadim-da... :)
Kapkirlari taraqlaydi Chustiyning
Qozonlari varaqlaydi Chustiyning...
3-o'rin muborak.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Chehmik    - 19 (32.8%)
Y_U_R_I_S_T    - 13 (22.4%)
Chustiy    - 11 (19%)
Lolo    - 8 (13.8%)
Lobar Aziz    - 4 (6.9%)
Hadija    - 3 (5.2%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 12:54:40
2010 yilning eng yaxshi nik sohibi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_nik.jpg)

Ushbu nominatsiya bo'yicha birato'la uch nomzod birinchilikni qo'lga kiritdi:
Iymona - menimcha ismlarini ham shu nomga o'zgartirsalar kerak.
Abdulloh - shu ukamiz juda kamnamo bo'lib qoldi-da.
AbdulAziz - bizning ezgu niyatimiz bor: inshaalloh farzandimizni shunday nomlaymiz.

Siddiqa ismi ko'p tarqalmagan ismlardan. Bu ismli uzerkamiz 2-o'rinni egalladilar.

AbdurRohman - Alloh va Rasuli uchun sevimli ismlardan. Inshaalloh farzandlaringizga shunday go'zal ismlar bering.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

AbdulAziz    - 8 (12.5%)
Abdulloh    - 8 (12.5%)
Iymona    - 8 (12.5%)
Siddiqa    - 6 (9.4%)
Abdurrohman    - 5 (7.8%)
Muhammad Sohib    - 4 (6.3%)
Lobar Aziz    - 3 (4.7%)
Mahdiyah    - 3 (4.7%)
Mufazzala    - 3 (4.7%)
Muhammad Amin    - 3 (4.7%)
Kapalak    - 2 (3.1%)
Chustiy    - 2 (3.1%)
Foniy    - 1 (1.6%)
Gabriela    - 1 (1.6%)
MaHfiYa    - 1 (1.6%)
Musannif Adham    - 1 (1.6%)
Muslim    - 1 (1.6%)
Nurdinboy    - 1 (1.6%)
Oishanur    - 1 (1.6%)
Robiya    - 1 (1.6%)
Salihatun    - 1 (1.6%)
Jasur.best    - 0 (0%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 13:20:58
2010 yilning eng ibratli mavzusi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_ibrat.jpg)

2010 yilning eng ibratli mavzusi sifatida ko'pchilikni kitob titkilashga majbur qilgan, xayrli ilmlar olishga undagan Biz Islomni bilamizmi? viktorinasi mavzusi baholandi.
Bugungi kunning o'y-xayollari, quvonchu tashvishlari haqidagi Bugungi kun mulohazalari 2-o'rinni band etdi.
Abu Muso akamizning Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...i 3-o'ringa muvofiq topildi.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Biz Islomni bilamizmi? viktorinasi    - 10 (15.2%)
Bugungi kun mulohazalari    - 9 (13.6%)
Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...    - 8 (12.1%)
Haftalik ibratli postlar yettiligi!    - 5 (7.6%)
Jannatda birga bo'lmoq istadim    - 5 (7.6%)
Siz o`limni qachon eslaysiz?    - 5 (7.6%)
Umar, sen bizga keraksan!    - 5 (7.6%)
Nega bizdan qo'rqasiz?    - 4 (6.1%)
Men bugun yod olgan hadis    - 3 (4.5%)
Meni yig`latgan holat    - 3 (4.5%)
Oxirgi marta o'qigan kitobingiz    - 3 (4.5%)
Qabrdan intervyu    - 3 (4.5%)
Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar    - 3 (4.5%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 13:26:21
2010 yilning eng qiziqarli mavzusi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_qiziq.jpg)

So'z ustasi Chehmikning Xayolga sig'magan xayollari 2010 yilning eng qiziqarli mavzusi deya e'tirof etildi.
Registonning Mavzuga sig`magan mulohazalari 2-o'rinni egalladi. Aslida bu mavzu off-topxona tarzida ochilgandi. Voajab, offtobxonani ham xayrli mavzularga bag'ishlasa bo'larkan.
Biz Islomni bilamizmi? viktorinasi ham 2-o'rinni egallagan bo'lsa, forumning eng ko'p tashrif buyurilgan mavzusi ZiyoUz BukToPuHaCu qiziqarli mavzular orasida 3-o'rinni band etdi.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Xayolga sig'magan xayollar!    - 9 (13%)
Mavzuga sig`magan mulohazalar    - 7 (10.1%)
Biz Islomni bilamizmi?    - 7 (10.1%)
ZiyoUz BukToPuHaCu    - 6 (8.7%)
O'zimiz tayyorlagan taomlar!    - 5 (7.2%)
Salomatlik haqida savol-javob    - 4 (5.8%)
Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?    - 4 (5.8%)
Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!    - 4 (5.8%)
Forumdoshga gapim bor!    - 4 (5.8%)
Mening Kitob Javonim    - 4 (5.8%)
Bizning fotogallereya    - 3 (4.3%)
Bir-biridan shirin paypoqchalar    - 2 (2.9%)
Bugungi kun mulohazalari    - 2 (2.9%)
FKG    - 2 (2.9%)
Hikmatlar shodasi    - 2 (2.9%)
Mendan oldingi user yoki forumchilarga ta'rif! II-qism    - 2 (2.9%)
Qiziqarli mantiqiy savollar    - 2 (2.9%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 13:33:05
2010 yilning eng kamnamo ishtirokchisi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_kamnamo.jpg)

Ushbu nominatsiya g'olibi bir paytlart forumni rosa gullatgan, eng postlar muallifi bo'lgan, qariyb bir yildan beri forumda kamnamo bo'lgan Shoir bo'ldi.
O'zining o'tkir ilmi, fasohatli postlar muallifi bo'lgan Shokirbek akamiz kamnamolik borasida ikkinchi o'rinni egalladilar.
Qo'qonlik ЖАМШИДЖОА ukamizning markazdagi do'konlari buzilib ketganidan so'ng anchayin kamnamo bo'lib qoldilar.
Munira xonim va Chehmik 3-o'rinni band etdilar.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Shoir    - 9 (13%)
Shokirbek    - 6 (8.7%)
ЖАМШИДЖОА    - 6 (8.7%)
Munira xonim    - 5 (7.2%)
ChehMik    - 5 (7.2%)
Mahdiyah    - 4 (5.8%)
Muhammad Amin    - 4 (5.8%)
Y_U_R_I_S_T    - 4 (5.8%)
Dimu    - 3 (4.3%)
Zubair    - 3 (4.3%)
Afifa    - 2 (2.9%)
Nodirbek    - 2 (2.9%)
Twister    - 2 (2.9%)
Uzboy    - 2 (2.9%)
HMF    - 2 (2.9%)
Imlaah    - 2 (2.9%)
Foniy    - 1 (1.4%)
Ixlos    - 1 (1.4%)
Muhseena    - 1 (1.4%)
Muhyiddin    - 1 (1.4%)
Muslima.bgm    - 1 (1.4%)
Musannif Adham    - 1 (1.4%)
Samarqandiy    - 1 (1.4%)
Shoxjahon12    - 1 (1.4%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 13:38:37
2010 yilning eng quvnoq ishtirokchisi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_quvnoq.jpg)

O'zining quvnoq postlari bilan, ayniqsa, so'nggi ochgan "porumchilar" haqidagi mavzusi bilan ko'pchilikka quvonch bag'ishlagan BelleQizchaga mamnuniyat bilan bosh sovrinni topshiramiz.
Bosh oshpazimiz Chustiy juda quvnatishga biron gap topilmasa, oziq-ovqat mahsulotlaridan binnarsalar yasaydilar-da, bizni kuldirib qo'yaveradilar. 2-o'rin muborak.
Chustiyning bosh administratori, ma'muri, matbuot kotibi, agenti Yurist quvnoqlik bo'yincha ham 3-o'ringa loyiq deb topildi.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

BelleQizcha    - 18 (34%)
Chustiy    - 12 (22.6%)
Y_U_R_I_S_T    - 8 (15.1%)
ChehMik    - 6 (11.3%)
TITAN-UZ    - 4 (7.5%)
Nurilla    - 3 (5.7%)
Marg'iloniy    - 2 (3.8%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 13:45:59
2010 yilning eng yaxshi oshpazi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_oshpaz.jpg)

Aslida anau kuboqning o'rniga pichoqmi, kapgirmi, cho'michmi qo'yish kerak edi. Mayli boshqalardan kam bo'lishmasin deya shunday qoldirdim. Hali bayon etganimdek butun o'zbek forumlarining bosh oshpazi Chustiyxo'ja bu yil ham eng yaxshi oshpaz nominatsiyasi g'olibi deya e'lon qilindi.
Bir qo'lda bola, bir qo'lda kitob, bola uxlaganda kapgir, kitobdan zerikkanda komputer, komputerdan zerikkanda fotoapparat tutgancha, eng yaxshi ayol oshpaz nominatsiya g'olibi Kapalak opamiz bo'ldilar.
Shirin, go'zal lekin fotolari sifatsiz bo'lgan ovqatlar muallifi Yoqutxon 3-o'rinni egalladilar. Yaratgandan tilagimiz, sizga tezroq yaxshi fotoapparat nasib qilsin!

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Chustiy    - 23 (33.8%)
Kapalak    - 17 (25%)
Yoqutxon    - 8 (11.8%)
Oyshanur    - 5 (7.4%)
G_u_l_i    - 4 (5.9%)
Iymona    - 2 (2.9%)
Mahdiyah    - 2 (2.9%)
Robiya    - 2 (2.9%)
Saliha    - 2 (2.9%)
BelleQizcha    - 1 (1.5%)
Munavvara    - 1 (1.5%)
Muxlisa    - 1 (1.5%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 13:51:16
2010 yilning eng yaxshi suratchisi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_surat.jpg)

Eng yaxshi surat mualliflari sifatida Kapalak opa va AbdulAziz e'tirof etildi.
O'zining eng go'zal taomlari rasmi ila bizlarni, ta'mi ila buyuk davlatlar rahbarlarini va xo'randalarni mamnun etib kelayotgan Chustiy 2-o'rinni egalladilar.
Qashqadaryo vohasi tabiati, odamlari, ziyoratgohlari haqida birqancha fotoetyudlar bilan bizni mamnun qilgan Abu Muso akamiz 3-o'rin sohibi bo'ldilar.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

AbdulAziz    - 12 (23.5%)
Kapalak opa    - 12 (23.5%)
Chustiy    - 8 (15.7%)
Abu Muso    - 6 (11.8%)
Azizbek-mx    - 3 (5.9%)
G_u_l_i    - 3 (5.9%)
Nodirbek    - 3 (5.9%)
BelleQizcha    - 2 (3.9%)
Jamilaxon    - 1 (2%)
Yoqutxon    - 1 (2%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 13:55:57
2010 yilning eng yaxshi blogi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_blog.jpg)

Bolajonlarning hayoti, turfa qiliqlari, gapirishlari, kulishlari... haqidagi AbdulAzizning "Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!" blogi ushbu nominatsiya g'olibi bo'ldi.
Abu Muso akaning falsafiy, ibratli mushohadalarga boy "Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar..." blogi 2-o'rinni egalladi.
Robiyaning padari buzrukvorlarimizni ulug'lovchi "G'animatim -otajonim!" blogi 3-o'ringa loyiq topildi.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

AbdulAziz -    "Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!"    - 16 (23.5%)
Abu Muso - "Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar..."    - 11 (16.2%)
Robiya - "G'animatim -otajonim!"    - 10 (14.7%)
Muhammad Sohib - "Jannatda birga bo'lmoq istadim"    - 9 (13.2%)
Chehmik - "Xayolga Sig`magan Xayollar"    - 9 (13.2%)
Chustiy - "Oshxonaga marhamat!"    - 6 (8.8%)
Kapalak - "O'zbekiston haqida savol bor!"    - 3 (4.4%)
Mutaallimah - "Kundalik"    - 3 (4.4%)
Nodirbek - "Nodirbekâ„¢"    - 1 (1.5%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 14:00:32
2010 yilning eng yaxshi tashkilotchisi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_tashkilotchi.jpg)

Ushbu nominatsiya g'olibi Abdulaziz deya baholandi.
O'zi bizlardan necha ming millar uzoqda bo'lsa-da, har bir uzerga telefon qilib, uchrashuvlar, turli tadbirlar tashkil etishdan zerikmaydigan Chustiy 2-o'rinni band etdi.
Biz Islomni bilamizmi viktorinasi munosabati bilan o'tgan uchrashuvda va iftorlik uchrashuvida xizmat qilgan Habib 3-o'ringa loyiq deb topildi.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

AbdulAziz    - 16 (31.4%)
Chustiy    - 11 (21.6%)
Habib    - 9 (17.6%)
Y_U_R_I_S_T    - 6 (11.8%)
Robiya    - 5 (9.8%)
Iymona    - 2 (3.9%)
Yoqutxon    - 2 (3.9%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 14:08:49
2010 yilning eng odobli ishtirokchisi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_odobli.jpg)

Ushbu nominatsiyaning g'olibi deya Mo'min Mirzo va AbdulAziz e'tirof etildi. Mo'min Mirzo hayotda ham, forumda ham odoblari, tavozelari bilan ko'pchilikning hurmatini qozongan uzerlardan. Kam gapirganidan uyanchan shekilli deb o'ylaydi, kishi. Lekin ba'zida shiddatli gap gapiradigan payt kelganda hech kimni ayab o'tirmaydi.
2-o'rinni Kapalak opa va Ziyovuddin band etishdi. Ziyovuddin juda kamtar bo'la. Hamma aytgandek uyatchan emas. Istalgan mavzuda suhbat qursangiz, sizga yaxshi suhbatdosh bo'la oladi.
Uchinchi o'rin Abu Muso aka va Muallimga nasib etdi. Abu Muso aka bilan bir marta telefonda gaplashish nasib etdi. Muallim bilan ikki marta uchrashdik. Ochiq chehrali, yaxshi hamsuhbat.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Mo'min Mirzo    - 11 (12%)
AbdulAziz    - 11 (12%)
Kapalak    - 9 (9.8%)
Ziyovuddin    - 9 (9.8%)
Abu Muso    - 8 (8.7%)
Muallim    - 8 (8.7%)
Robiya    - 6 (6.5%)
Mirolim    - 4 (4.3%)
Braupov    - 4 (4.3%)
Abdulhafiz    - 3 (3.3%)
G_u_l_i    - 3 (3.3%)
Iymona    - 2 (2.2%)
Muhammad Amin    - 2 (2.2%)
Musannif Adham    - 2 (2.2%)
Shokir63    - 2 (2.2%)
Siddiqa    - 2 (2.2%)
Ummatiy Muhammadiy    - 2 (2.2%)
Yoqutxon    - 2 (2.2%)
Zamiraxon    - 1 (1.1%)
Hadija    - 1 (1.1%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 14:15:23
2010 yilning eng yaxshi moderatori

(http://www.ziyouz.com/images/cup_moderator.jpg)

Moderatorlik - og'ir yumush. Hammaga birdek muomala qilish, topib gapirish, bo'limni adolatli boshqarish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi.
Demak, g'oliblar:
Chustiy - eng ko'p tashrif buyuriladigan Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar bo'limi moderatori
Javik - yaqindagina ochilganiga qaramay, bo'limni ajoyib ensiklopediya ko'rinishiga keltirgan Salomatlik bo'limi moderatori.
Tikuvchilik, Pazandalik bo'limlarini doimo yangiliklar bilan to'ldiradigan Kapalak opamiz 2-o'rinni band etdilar.
Ma'rifat, Oila va jamiyat kabi ma'rifiy, ibratli bo'limlar moderatori Robiya 3-o'ringa munosib topildilar.

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Chustiy - Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar bo'limi moderatori    - 10 (17.5%)
Javik - Salomatlik bo'limi moderatori    - 10 (17.5%)
Kapalak - Tikuvchilik, Pazandalik bo'limlari moderatori    - 8 (14%)
Robiya - Ma'rifat, Oila va jamiyat bo'limlari  moderatori    - 7 (12.3%)
Foniy - Umumiy, Madaniyat bo'limlari moderatori    - 6 (10.5%)
Shoxjahon12 - Yangiliklar, Futbol bo'limlari  moderatori    - 4 (7%)
Y_U_R_I_S_T - Intellekt bo'limi moderatori    - 4 (7%)
Abu Muso - Yigitlar bo'limi moderatori    - 3 (5.3%)
Muhammad Sohib - Salomatlik bo'limi moderatori    - 3 (5.3%)
Musannif Adham - Yangiliklar bo'limi  moderatori    - 2 (3.5%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 14:20:14
2010 yilning eng qiziqarli uchrashuvi

(http://www.ziyouz.com/images/cup_uchrashuv.jpg)

Men ushbu nominatsiya bo'yicha Vodiyliklarninmg birinchi uchrashuvi - Kosonsoydagi yig'ilish birinchi o'rinni olarmikan deb umid qilgandim. Eh, Toshkandegilar-ey, sizlar bizninfg qanday maza qilganimizni ko'ziylar bilan ko'rmadinglar-da. Ko'rganiylarda albatta bizga ovoz berardiylar. :)
Xullas, 1-2-o'rinlar Toshkent uchrashuvlariga nasib etdi.
Inshaalloh keyingi safar vodiy, voha uchrashuvlari sovrinni qo'lga kiritamiz-a? Nima dedinglar :)

So'rovnomaning yakuniy natijalari:

Toshkent uchrashuvlari: 28.11.2010    - 13 (31%)
Forumdoshlar uchrashuvi: Toshkentda (iftorlik)    - 10 (23.8%)
Vodiyliklarning 1-uchrashuvi. Kosonsoy    - 6 (14.3%)
Toshkent uchrashuvlari turkumidan navbatdagisi    - 5 (11.9%)
Vodiyliklarning 2-uchrashuvi. Vodil    - 4 (9.5%)
Vodiyliklarning 3-uchrashuvi. Chinobod    - 3 (7.1%)
Moskvadagi forumchilar uchrashuvi    - 1 (2.4%)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 27 Dekabr 2010, 15:00:05
Diqqat!
Ushbu nominatsiya g'oliblari imzolariga administrator tomonidan g'oliblik belgisi tushirildi. Hayron bo'linmasin!

2010 yilning eng yaxshi yangi ishtirokchisi - Yoqutxon

2010 yilning eng ko'p rahmat aytuvchi ishtirokchisi - Kapalak

2010 yilning eng yaxshi suratchisi - Kapalak

2010 yilning eng yaxshi ayol ishtirokchisi - Kapalak

2010 yilning eng yaxshi avatar sohibi - Robiya

2010 yilning eng yordamsevar ishtirokchisi - Javik

2010 yilning eng yaxshi erkak ishtirokchisi - Muhammad Sohib  

2010 yilning eng yaxshi so'z ustasi - Chehmik

2010 yilning eng yaxshi nik sohibi - Abdulloh va Iymona

2010 yilning eng kamnamo ishtirokchisi - Shoir  

2010 yilning eng quvnoq ishtirokchisi - BelleQizcha

2010 yilning eng yaxshi oshpazi - Chustiy  

2010 yilning eng odobli ishtirokchisi - Mo'min Mirzo

2010 yilning eng yaxshi moderatori - Chustiy va Javik
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: Saliha 27 Dekabr 2010, 15:01:25
Allah hayirli qilsin...
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: JaviK 27 Dekabr 2010, 15:19:59
Assalamu Alaykum

Taqdimot marosimiga uzoq yaqindan tashrif buyurgan forum a`zolari va mehmonlar. Taqdimot yig`ilishimizga hush kelibsizlar. Mana Alloh nasib aylab yilning nihoya kunlarida shu taqdimotlar topshirilish guvohi bo`ldik. Avvalambor forumni tashkil qilgan Davron akaga rahmat. Shu forum orqali ancha do`stlar, akalar, maslahatchi opalar bilan tanishdik. Forumni rivoji uchun jon kuydirgan hamma user va userkalarga rahmat. Alloh ilmli mo`min, mo`minalardan qilsin. Eng qiziqarli uchrashuv nominatsiyasi bo`yicha ikki o`g`iz so`z. Hudo hohlasa 2011 yil yoz oylarida barcha toshkenliklarni yig`ib Vodiyning biror So`lim joyida Ostidan suv o`qib turgan so`rilarda mehmon qilsek 2011 Yilning eng qiziqarli uchrashuvi degan naminatsiyaga Vodiydagi uchrashuvga qanday qilib ovoz berishganini bilmay qoladi  ;D
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: Hadija 27 Dekabr 2010, 16:48:04
G'oliblarni va nomzodlikda ishtirok etgan user va userkalarni chin qalbdan muborakbod etaman. Alloh hayirli va ziyoda qilsin... Nomlari zikr qilinmagan userlar kelasi yilda faolroq b-b naminatsya g'oliblari bo'lmoqlik nasib qilsin...
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: muxlisa 27 Dekabr 2010, 16:52:25
 :as:

G'olib va g'olibalarni tabriklayman! Alloh muborak qilsin!
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 27 Dekabr 2010, 16:58:17
Yaxshi, ajoyib o'tibdi so'rovnoma. Shu faqat bironta oltin ololmaganim yomon bo'ptida... :7

Ammo natijalardan nolisak ham uyat bo'lar.

www.oshxona.uz rasmiy saytining xabar berishicha Chustiy hamda uning prodyusseri Y_U_R_I_S_T so'rovnomalarda 2 ta oltin, 6 ta kumush, 2 ta bronza - jami 10 ta medal olib, umumjamoa hisobida (o'zi bizdan boshqa jamoa bo'lmasa kerak :7) 1-o'rinni egallashdi :7

Barcha-barcha forumdoshlarni g'alabalar bilan va muvaffaqiyatli o'tgan 2010-yil bilan tabriklayman.

Kirib kelayotgan yangi 2011-yil bu yilgidan ham muvaffaquyat va omadlarga boy bo'lsin. Forumdoshlar oilasida tug'ilgan kichkintoylar katta yigit, katta qiz bo'lishsin. 2011-yilda yana ko'plab forumdoshlar oilasida chaqolaqlarning "inga-ingasi" eshitilsin...

Forumdosh abiturientlarga talaba bo'lish nasib qilsin...

Bu yil oliy o'quv yurtini tugatoyatganlar esa osongina "diplomlarini" himoya qilib olishsin.

Forumimiz ravnaqi yanada oshib, reytinglarda doimo yuqori o'rinlarda yuraversin. Xayrli tadirlar yanada ko'plab o'tkazilsin.

Ilm olish yo'lida charchamasdan yurgan barcha forumdoshlarimiz har doim Ziyouzning ilm ziyosidan bahramand bo'lib yurishsin...
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: Ansora 27 Dekabr 2010, 17:27:11
 :as:

Aziz forumdoshlar, mana sizlar bilan 1.5 yil ham birga o'tibdi.

Shu vaqt oralig'ida Ziyouzdan o'zimga kerakli ancha ma'lumot oldim.

Do'stlar, opa-singillar, ukalar ortirdim.

Quvonchim, shodligimni, qayg'ularimni sizlar bilan baham ko'rdim.

Men uchun qilgan duolaringizni his qildim.

Mana 1 yillik sarhisobni ham ko'rdik, Alloh rozi bo'lsin meni ham bazi sohalarda loyiq ko'ribsizlar.

Bu sovrinni oldim, degani buni 100% haq etdim, degani emas. Chunki men ham qulman, o'zimga yarasha kamchiliklarim bor.

Qani endi, vaqt bo'lsa Ziyouz uchun yana ham ko'proq, hammaga foydasi tegadigan ishlar qila olsak.

Kelgusi yilda ham Rabbim nasib etganichalik sizlar bilan do'stona munosabatda bo'lishga, saytdan foydalangan holda ilm olishga harakat qilaman nasib bo'lsa.

Barchangizga sog'liq-sihhat yor bo'lsin. Allohni panohida bo'linglar din qardoshlar.

Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: UzMuslim 27 Dekabr 2010, 17:55:51
Albatta Opajon Siz Forum UchuNJUda ham Katta IShlar qildiz...Hammasi OQilona Bo'ldi.G'oliblarni Chin Ko'ngildan Tabrikleyman....
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2010, 11:13:22
"Eng qiziqarli mavzu"gayam biror narsa qo'yib qo'ying,Abdulaziz (:

Deyilmishku, Mullo Sunnatillo :)
2010 yilning eng qiziqarli mavzusi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5444.msg288634#msg288634)
Nom: Kapalak opa va Abdulaziz Ensar - Yil odami!
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2010, 11:17:16
Yaxshi, ajoyib o'tibdi so'rovnoma. Shu faqat bironta oltin ololmaganim yomon bo'ptida... :7

www.oshxona.uz rasmiy saytining xabar berishicha Chustiy hamda uning prodyusseri Y_U_R_I_S_T so'rovnomalarda 2 ta oltin, 6 ta kumush, 2 ta bronza - jami 10 ta medal olib, umumjamoa hisobida (o'zi bizdan boshqa jamoa bo'lmasa kerak :7) 1-o'rinni egallashdi :7

Kapalak opaga prodyuser qiladiganlar yo'qmi?
Aniq birinchi o'rin bo'lardiylar, lekin  : )
Eng ko'p nominatsiyalarda nozmzodlik qilgan - Kapalak opa.
Eng ko'p oltin, kumush va bronzalar sohibi - Kapalak opa.

Shunday ekan, ZiyoTime jurnali Kapalak opani yil odami deya e'lon qiladi.

(http://www.ziyouz.com/images/ziyotime.jpg)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: Abdulhafiz 28 Dekabr 2010, 11:28:30
:as:
Barcha sovrindorlarni chin qalbimizdan muborakbod etamiz..!
Alloh :jl: bundanda ziyodasini bersin..!
PS: nomzodi ko'rsatilgnu g'olib bo'lolmaganlarga ham biror nimarsa bormu.? :))
PS2: O'tgan yil bunaqa sovg'alaram yo'g'idi... :((
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2010, 12:17:29
mde mde mani kubogim qani!

Ana :)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: Ummu Muslima 28 Dekabr 2010, 20:50:37
 :as:
hamma mukofot olgan forumdoshlarni ,ayniqsa birvarakayiga 3 ta  sovrin olgan Kapalakhonimni chin ko'ngildan muborakbod etaman ,
ALLOH ikki dunyoda bahtlik omadlik bandalaridan qilsin .

hammadanam Ziyo Time ajoyib bo'pti qoyil,Abdulaziz jiyanimizga sovgachalari bram yarashib turibdiki,birinchi mukofotlari bn jiyanimizzi ham tabriklaymiz, ALLOH panohida asrasin, onajonlarini javratmaydigan aqillik bola bo'p yursinlar  :7
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: Dilafruza 28 Dekabr 2010, 21:15:13
 :as:  Hamma g'oliblarni chin qalbdan tabrikliman!
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: Shoxjahon12 29 Dekabr 2010, 17:59:00
Barcha g'oliblarga kuboklar muborak bo'lsin!
Yangi 2011 yilda ham ulardan ana shunday yuqori notadagi faollikni kutamiz.
Shaxsan o'zim 2010 yilgi forumdagi ishtirokimdan qoniqmadim. Yangi yilda bir qator rejalar bor. Olloh shu kunlarni nasib etsin!
Shu qatorda barcha forumchilarga kirib kelayotgan yangi yillarda sog'liq-salomatlik, baxt-saodat va oilaviy totuvlik hamdam bo'lsin!
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: BelleQizcha 29 Dekabr 2010, 22:09:02
HAyot qiziq ean o'rtasi chiziq ekan diganlari rost... yugurganiniki mas buyurganikiyam diganlariyam rost..
shuncha yugurib O'zim hohlagan naminatsiyani olomadim endi shuni sotishvotti..
titon qanchaga sotasiz?
malumotlarni 123-456-789 nomeriga qolidirishizi soriyman .. eng yaxshisi pm qivorarsiz..
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdurRohman 30 Dekabr 2010, 11:47:10
 :as:

Hammasi juda ajoyib bo'libdi. manga faqat 3-o'rinlar nasib qilgan bo'lsa ham juda xursandman. InshaAllah keyingi yillarda 1-o'rinni egallarmiz :D

Barbir bizni forum boshqacha :)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: Mirоlim 30 Dekabr 2010, 16:40:28
:bsm:

 :as:

Barcha g'oliblarni muborakbod etaman.

Tog'risi bu tanlov boshlanganida, men hech qaysi so'rovga ham loyiq bo'lmasam kerak degan hayol o'tgan edi,

Allohga shukr shu forumda sal bo'lsada nomimiz bilishar ekan, forumdoshlar tomonida so'rovlarda ishtirok ettik  :)

Bizi ashi so'rovga chiqqanimiz ham katta yutuq  :13 ;D.

Alloh hayrli qilsin!

Ming bor tashakkur shunde forumdoshlarim borligiga Allohga hamdlar bo'lsin.

Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: azizbek_mx 01 Yanvar 2011, 10:10:35
Eh, Mirolim aka, menam shuni aytamanda, a'zo bo'lganimga to'rt oy bo'ldiku, necha yillik faol forumdoshlar qolib mani nomzodim qo'yilganidan hijolatham bb kettim. Shunchalik e'tiborila un tashakkur. Bu yilda ishonchilani allbatta oqlaymiz... Allohim barchamizga xayrlisini bersin
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: Nurilla 01 Yanvar 2011, 10:32:49
Qoyil qoyil. Tabriklayman g'oliblarni. Qaysidir yo'nalishda o'zimni ismimni ko'rib hayron bo'lib qoldim, 6 o'rinni olibman. Rahmat ovoz berganlarga.
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: BilmasOY 01 Yanvar 2011, 18:14:46
 Assalomu alaykum! Hamma g'oliblarni chin  ko'ngildan tabriklayman! Har doim shunaqa faol bo'lib yurishsin!
  Qoyile admin akaga, erinmasdan hamma nominatsiyalarni g'oliblarini aniqlab chiqibdilar, kelasi ishlarigayam rivojlar tilab qolamiz!
  P.S. Bu safar umuman o'rin ololmadim, mayli  keyingi yil o'rin olish nasib qilar, INSHAALLAH! :)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdurRohman 03 Yanvar 2011, 11:14:19
  P.S. Bu safar umuman o'rin ololmadim, mayli  keyingi yil o'rin olish nasib qilar, INSHAALLAH! :)

 :as:

faol bo'lsez albatta o'rin olasiz, inshaAllah :)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: azizbek_mx 04 Yanvar 2011, 11:27:23
Hama faol bo'laversa kamnamo user unvoni kimga qoladi?
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: AbdulAziz 05 Yanvar 2011, 16:24:11
2010-yil nominatsiyalarida g'olib bo'lgan ushbu mavzularga ham g'oliblik belgisi taqdim etildi:

2010 yilning eng yaxshi kitobi - Rohiyq al-maxtum. Safiyyurrahmon Muborakpuriy (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4130.0)

2010 yilning eng ibratli mavzusi - Biz Islomni bilamizmi? viktorinasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2428.0)

2010 yilning eng qiziqarli mavzusi - Xayolga Sig'magan Xayollar... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3539.0)

2010 yilning eng yaxshi blogi - Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun! (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3611.0)

2010 yilning eng qiziqarli uchrashuvi - Toshkent uchrashuvlari: 28.11.2010 (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5237.0)
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: Zamiraxon 10 Yanvar 2011, 23:22:13
 :as:
Judayam chiroyli tashabbus, chiroyli ta'riflar va nominatsiyalar. Alloh davomli qilsin, bizgayam nasib qilsin :) :amn:
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: Abdullоh 12 Yanvar 2011, 22:01:43
Assalomu alaykum ahli forum, qadrdonlarim. Avvalambor, hurmatli adminimiz (yoxud, akamiz) AbdulAziz akaga shundayin ko'rkli, fayzli forumni yaratganligi uchun barcha forum a'zolari nomidan chuqur minnatdorchilik bildiraman. Forumga birinchi bor qadam qo'ygan kunimni (garchi anig'ini eslay olmasamda) menga in'om qilgan rahmati cheksiz Allohga hamd va sanolar aytaman. Bizga "Mo'minlar - birodardirlar" deya ta'lim bergan Payg'ambarimiz Muhammad  :sw: ga Allohning salomlari bo'lsin. Omiyn.

Tan olish kerakki, 2010-yil mazkur forumda sal kamnamoroq bo'ldim. Buning sabablari bor albatta. Jumladan, www.ziyouz.com sayti, T.Yusupov akaning ko'rsatgan yordamlari va Birodar akaning ijodkorligi hamda kaminaning kichik bir mehnati evaziga biz ham www.infoman.uz saytini omma e'tiboriga taqdim qildik. Ko'p vaqtimni ushbu sayt rivoji uchun sarflayapman, shuning uchun ham forum.ziyouz.com ga sal vaqtni kamroq ajratmoqdaman. Buni ahli forum kattalari to'g'ri tushunadi, albatta.

Abdulloh nomimiz yilning eng yaxshi niki bo'lgan egan, bundan biz juda xursandmiz. Barchamizga Allohga sodiq banda bo'lishlik nasib etsin. Omiyn!
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: registan 28 Fevral 2011, 19:10:01
Assalomu alaykum.

O'ho', man yo'g'imda shuncha qiziqarli voqealar sodir bo'libdi, sezmay qolibman-a?!
Ovoz olish u yoqda tursin, ovoz berish ham nasib qilmadi.
G'oliblarni tabriklaymiz, hammaga sog'lik omonlik tilaymiz.
Nom: Re: 2010 yil sarhisobi + Taqdimot marosimi
Yuborildi: registan 28 Fevral 2011, 19:18:37
Registonning Mavzuga sig`magan mulohazalari 2-o'rinni egalladi. Aslida bu mavzu off-topxona tarzida ochilgandi. Voajab, offtobxonani ham xayrli mavzularga bag'ishlasa bo'larkan.


Unaqa demangda endi Odmn aka, mavzu ikkalamiznikiku. ;D

Aslida shundan qiziq mavzu yo'q, turfa qarashlar, turfa fikrlar, rang-barang mulohazalar...

Qisqasi, ovoz berganlarga rahmat, 2 bal yetmay qolibdi, birinchi o'rinni olganda AbdulAziz bilan bo'lishardik. :P