forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Mavzu boshlandi: Ansora 31 Dekabr 2010, 16:18:47

Nom: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: Ansora 31 Dekabr 2010, 16:18:47
 :as:

Azizlar, bu mavzuda murabbo tayyorlash haqidagi fikr-mulohazalaringizni, turli xil murabbo ta'riflarini yozasiz, degan umiddaman.

Baribir uyda tayyorlangan murabbolar: sifatli, mazali, barakatli eng asosiysi ishonchli bo'ladi, nima deysizlar:)
 


(http://s49.radikal.ru/i124/1012/ae/b067a94d350d.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: Saliha 31 Dekabr 2010, 16:56:30
Kapalak rahmat yahshi mavzu bo'bdi... rosdan insonni ta'bi tortmidi tashqaridan toyyorlanganlani sotib olishga..
manam hozir qishdi kunida ko'p bolgan..Kivi murobbosini tayorlanishini yozib o'tsam..
KIvi murobbosiga masallula..
1 kg Kivi..
1 kg shakar..
1 dona limon suvi..
kivini tozalab, kubik shakilda to'remiz va shakarni sepib..1 kecha suvi chiqishini kutamiz..1 kechadan keyin olovga qo'yib qaynab chiqqandan keyin ust ko'piglarini olib... qiyom rangiga kelgandan keyin limon suvini quyib 5-6 daqiqa qaynatamiz..tayyor va mazali..
Nom: Re: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: muxlisa 31 Dekabr 2010, 17:38:03
 :vslm:

Kapalakhonim mavzu un raxmat. Rostan ham Salihahonim aytganlaridek, uyda tayyorlangan narsalar o'zinig pokizaligi va ishonchliligi bilan afzal bo'ladi.  Men ham shu mavzuda bu yil tayyorlagan murabboimni retseptini yozmoqchiman. Bu murabboni asosan shamollagan paytda  choyga qo'shib ichilsa, foyda bo'ladi deb eshitganman. O'zim ham shu murabboli choyni ichishni yaxshi ko'raman.
 Bu muraboni deyarli ham uy bekalari bilishadi:)

Malina bn shponka (shonkani o'zbekcha nomini bilmayman) murabbosi:

1kg malina bn shonkaga taxminan
800 gr shakar solaman.
Mevalarning suvi chiqqandan keyin juda past olovga qo'yaman.
Murabbo qaynab chiqqan zahoti shisha idishlarga yopib qo'yaman.

(http://s45.radikal.ru/i107/1012/31/df15acc88779.jpg)
Nom: Re: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: BelleQizcha 31 Dekabr 2010, 18:28:37
Sabzini murabossiyam chotkiiy chiqadi lekin.
Nom: Re: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: Saliha 31 Dekabr 2010, 20:44:45
Muhlisabonu, rosdan ham Malina gripga, shamollashga judayam foydali..mangayam malina rosa yoqadi..man boshqacha tayorleman..
masalan:kg ram malinaga, kg ram shakarni qo'shib qo'lda yahshilab eziladi va elim idishlaga qo'yib holodilnikda saqlanadi..qaynatilgandan bu usuli sveji va ta'mi o'zida qoladi..
Nom: Re: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: Ansora 05 Yanvar 2012, 17:24:11
 :asl3:

(http://s56.radikal.ru/i154/1201/81/823e7190d3a5.jpg) (http://www.radikal.ru)

Behi murabbosi, tayyorlanishini yozaman inshalloh.
Nom: Re: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: azizbek_mx 05 Yanvar 2012, 17:25:55
:asl3:

(http://s56.radikal.ru/i154/1201/81/823e7190d3a5.jpg) (http://www.radikal.ru)

Behi murabbosi, tayyorlanishini yozaman inshalloh.
mana shu murabbo jon dilim. Juda yaxshi köramanda, keyin tarvuzdan qilinganiyam juda boshqacha böladi
Nom: Re: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: Ansora 12 Yanvar 2012, 13:39:13
Behi murabbosi

Masalliqlar:

5 dona yirik behi va danaklari

5 stakan suv (1 kg)

1 kg shakar

3-4 tomchi limon suvi

Tayyorlanishi:

Behilarni po'stini archib, bir sovuq suvni ichiga kubik shaklida  to'g'rang.

5 stakan suvni qaynating, suvni ichidagi behilarni suzib oling. Danaklari bilan birgalikda qaynayotgan suvni ichiga soling.

Behilar yumshaguncha o'rta olovda qaynating.

Behilar yumshagandan keyin shakarni soling va qaynatishga davom eting. 20 daqiqa so'ngra murabboni qo'yiqligini tekshiring.

Qo'yiqligini aniqlash uchun sovuq bir tarelkani ichida qoshiqni uchida soling, tarelkani eging, suvday oqsa demak hali tayyor emas. Tarelkani egishingiz bilan murabbo qo'yiq holda oqsa demak tayyor.

Murabboni qaynatish jarayonida behi va suvi qo'yiq pushti rangga kiradi. Murabbo qo'yiqligidan ko'nglingiz to'lgandan keyin 3-4 tomchi limon suvini soling. 1-2 marta qaynab chiqqandan keyin olovni so'ndiring va sovushini kuting.


Eslatma:
Behining danaklari murabboga gelga o'hshash qo'yiqlik va rang beradi, shuning uchun albatta danagini ham soling. Orada yegan behilaringizni danagini ham yig'ib, murabbo qilganingizda ishlating.


Ha keyin, men qo'shimcha sifatida murabboga 5-6 dona (2 kg murabboga) qalampirmunchoq, Rus.gvozdika, (karanfil Turkchasi) soldim. U ham muraboga xush ta'm va o'ziga xos rang beradi:)

(http://s40.radikal.ru/i088/1201/3a/5eddb2d10393.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: Ansora 24 Yanvar 2012, 13:30:03
(http://s018.radikal.ru/i511/1201/52/d70d362d107a.jpg) (http://www.radikal.ru)

Yangi "mahsulotlardan" biri:)
Nom: Javob: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: Abdulhafizaka 12 Iyun 2013, 10:00:41
Assalomu alaykum.
Qora qorag'atdan murabbo tayyorlash ucun bir kilogramiga qancha shakar qo'shadi biladiganlar bormi.
Nom: Javob: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: Abdulhafizaka 12 Iyun 2013, 11:51:39
Smarodinadan murabbo qilishni biladiganlar yo'qmi  :(
Nom: Javob: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: Ansora 12 Iyun 2013, 12:19:24
Valaykum assalom. Mana bu linklarga qarab koring, uzr vaqtim yoqligi uchun yoza olmadim:


http://www.google.com.tr/#sclient=psy-ab&q=%D1%81%D0%BC%D0%BE%D1%80%D0%BE%D0%B4%D0%B8%D0%BD%D0%B0+%D0%B2%D0%B0%D1%80%D0%B5%D0%BD%D1%8C%D0%B5&oq=%D1%81%D0%BC%D0%BE%D1%80%D0%BE%D0%B4%D0%B8%D0%BD%D0%B0+%D0%B2%D0%B0%D1%80%D0%B5%D0%BD%D1%8C%D0%B5&gs_l=hp.3..0i19l2j0i30i19l2.10609.35550.0.39168.3.3.0.0.0.0.529.901.0j2j5-1.3.0.crnk_timediscountc..0.0.0..1.1j2.17.psy-ab.H41mFwOeVeM&pbx=1&bav=on.2,or.r_qf.&bvm=bv.47810305,d.ZWU&fp=cab6ed38234329f0&biw=1280&bih=699 (http://www.google.com.tr/#sclient=psy-ab&q=%D1%81%D0%BC%D0%BE%D1%80%D0%BE%D0%B4%D0%B8%D0%BD%D0%B0+%D0%B2%D0%B0%D1%80%D0%B5%D0%BD%D1%8C%D0%B5&oq=%D1%81%D0%BC%D0%BE%D1%80%D0%BE%D0%B4%D0%B8%D0%BD%D0%B0+%D0%B2%D0%B0%D1%80%D0%B5%D0%BD%D1%8C%D0%B5&gs_l=hp.3..0i19l2j0i30i19l2.10609.35550.0.39168.3.3.0.0.0.0.529.901.0j2j5-1.3.0.crnk_timediscountc..0.0.0..1.1j2.17.psy-ab.H41mFwOeVeM&pbx=1&bav=on.2,or.r_qf.&bvm=bv.47810305,d.ZWU&fp=cab6ed38234329f0&biw=1280&bih=699)
Nom: Javob: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 10:06:32
Nok va yong'oqli murabbo


Zarur masalliqlar:
1 kg nok, 2 kg
shakar, 5 dona qalampirmunchoq,
4 tayoqcha dolchin va yong'oq.

Tayyorlanishi:
1. Qattiqroq noklarni (yumshog'i
jem bo'lib qoladi) sovuq suvda
yuvib, o'rtasidan bo'lib,
urug'laridan tozalang.
Yana 3-4
bo'lakka bo'ling. Ustidan shakar
sepib qo'ying. 30-40 daqiqa
tursin.
2. O'rtacha olovga qo'yib,
ko'piklarini oling. Mudom
aralashtirib turing. 5 daqiqadan
so'ng qalampirmunchoq, dolchin
va yong'oqlarni qo'shing. So'ng
olovni o'chiring. 30 daqiqadan
keyin yana 10 daqiqa qaynating.
Sterillangan bankalarga solib,
mahkamlang.
Nom: Javob: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 10:09:31
Tarvuz po'stidan qiyom

Zarur masalliqlar:
1 kg tarvuz va 0,5 kg shakar.
Tayyorlanishi:
1. Tarvuz po'stini ajratib olib,
somoncha shaklida to'g'rangda,
ustidan shakar sepib qo'ying. 4
soat tursin.
2. Hosil bo'lgan sharbatni
qaynating. Siropni tarvuz po'sti
ustidan quyib, kechasi shu holicha
qoldiring. Ertasi kuni yana siropni
olib qaynating. Shu tariqa 4 marta
shaffof rangga kirguncha
takrorlang.
3. Qaynatilgan po'stloqli siropni
qizib turgan gaz pechida 10
daqiqa quriting. So'ng pechdan
olib, qand upasiga belab,
banjalarga joylang. Suvdan va
muzlatkichdan yiroqda saqlashni
unutmang.
Nom: Javob: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 10:12:03
"Oltin uzum" murabbosi

Zarur masalliqlar:
1 kg dan uzum va shakar, 1
stakan suv, 100 gr maydalangan
yong'oq, vanilin, olcha darahti
bargi.
Tayyorlanishi:
1. Uzumlarni urug'idan ajrating. 1
stakan suvga olcha barglarini solib
qaynating. Keyin shakarni solib,
qiyom tayyorlang.
2. Qiyomga uzumni solib, 10
daqiqa qaynating. Keyin olovni
pasaytirib, 10 daqiqadan qaynatib,
olovni o'chiring. Shu tarzda jami 8
soat davomida qaynating.
Murabbo tayyor bo'lishiga oz
qolganda maydalangan
yong'oqlarni ham soling.
3. Murabboni sterilizatsiyalangan
bankalarga solib yoping.
Nom: Javob: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 10:13:04
Behi va limonli murabbo

Zarur masalliqlar: 1 kg behi va
shakar, 1 dona limon, 1 stakan
yong'oq.
Tayyorlanishi:
1. Behi urug'i va po'stini tozalab
(faqat tashlab yubormang),
to'g'rang. 10 daqiqa qaynagan
suvga solib qo'ying. Yarim kg.
shakar va 1 stakan suv bilan
qiyom qiling va uni behining
ustiga quyib, 3-4 soat qoldiring.
2. Keyin qaynatishga qo'yib, ustiga
qolgan shakarni soling. 2-3 marta
10 daqiqadan qaynatib, o'chirib
qo'ying. Behi po'stlog'ini 1 stakan
suv (behi ivitilgan suvni olsa ham
bo'ladi) bilan 10-15 daqiqa
qaynating. Suzib olib, sovutib
qo'ying.
3. Behi po'stlog'ini murabbo oxirgi
marta qaynatilgan vaqtda
yong'oqlar bilan birga soling.
Limonni ham halqa shaklida
to'g'rab, murabbo tayyor
bo'lishiga 3-5 daqiqa qolganida
soling. Bankalarga solib,
qopqog'ini yoping.
Nom: Javob: Murabbo tayyorlashni bilasizmi:)
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 10:15:38
"Shirintoy" murabbosi

olma va shokolad uyg'unligi
Zarur masalliqlar:
2 kg olma, 1,5 kg shakar, 100 gr
oq shokolad, dolchin, limon
kislotasi va qirindisi, vanilin.
Tayyorlanishi:
1. Olmalarni yuvib, 4 bo'lakka
bo'ling, urug'idan tozalab, yarim
aylana shaklida yupqa qilib
to'g'rang. Shakar sepib, ustini
yopib, 1 kun qo'ying.
2. Ertasi kuni olmani suvi bilan
past olovda qaynating. Olmalar
pishgach, vanilin, dolchin, limon
kislotasi va qirindisini solib, past
olovda qaynatishda davom eting.
3. Shokoladni qirg'ichdan o'tkazib,
uni ham murabboga soling,
yaxshilab yana bir marta
qaynating-da, sterizatsiyalangan
bankalarga solib yoping.
Bankalarni teskari tarafga
to'nkarib qo'ying.