:bs1:
:as:
Azizlar, Payg'ambarimiz (S.A.V) "Namoz-dinning tirgagidir" deganlar.
Namoz-Allohning qudratini idrok etgan va azomati qarshisida lol qolgan insonning bu hurmat va lollikni eng munosib so'z va harakatlarla tilga olishidir.
Siz emaski "Musulmonman" degan insonlarimizni ko'pchiligiga namoz o'qish nasib bo'lmagan, zora bizlarni fikrlari sabab namoz o'qish baxtiga muyassar bo'lishsa...
Bazan namozning qanchalik buyuk ne'mat ekanligini doimiy namoz o'qib yurganlarimiz ham idrok etavermaymiz. Bir-birimizga bu haqda eslatsak, nima deysizlar...
Bu mavzuda namoz haqidagi fikr-mulohazalaringiz, namozga oid chioroyli xotiralaringizni yozishingiz mumkin.
Demak insho mavzusi-Namoz...
(http://s014.radikal.ru/i327/1101/25/35af6f00a3aa.jpg) (http://www.radikal.ru)
:bsm:
Benamoz
Qil ibodat Hudog'a, g'ofil bo'lma benamoz,
Mashg'ul bo'l hamdu sanog'a, g'ofil bo'lma benamoz.
Bu dunyodin ketarsan, tor lahadga kirarsan,
So'rsa suol, na dersan? g'ofil bo'lma benamoz.
Munkair- nakir kelg'aylar: "Man Robbuka?"- deb so'rg'aylar,
Gurzi bilan urg'aylar, g'ofil bo'lma benamoz.
Qil oxirat yarog'in, yondur go'ring chirog'in,
Qo'yma ro'za namozin, g'ofil bo'lma benamoz.
O'larda qiyin ko'rarsan, tashna bo'lib o'larsan,
Do'zax ichra kuyarsan, tahqiq bilgil, benamoz.
Tutar dono o'zini, qilmas olam so'zini,
Ko'rmanglar shum yuzini, yuzi qaro benamoz.
Qilib jabr o'ziga, kirib shayton so'ziga,
Qattig' a'zob tanig'a, ravo ko'rma, benamoz.
Otang, onang ketibdur, tor lahadda yotibdur,
Sanga navbat yetibdur, bilgil muni benamoz.
San ham toki o'larsan, tor lahadga kirarsan,
Turluk a'zob ko'rarsan, tavba qilg'il benamoz.
Ey bechora yig'lag'il, Alloh yodin qo'ymag'il,
Nasihatni tinglag'il, bo'lma zinhor benamoz.
(Namoz haqidagi kitobidan)
:bsm:
Qulligim sultonligim.
-Namozga shoshib ketayotgan yigitni do'sti mot qilmoqchi bo'lib:
— Nima uchun namoz o'qiysan? - deya so'rab qoldi.
Yigit garchi shoshib turgan bo'lsada uning savoliga savol bilan javob berdi:
— Illatini bilmoqchimisan yoki hikmatinimi?
Kutilmagan bu javobdan hayron bo'lgan do'sti:
— Bu nima deganing? - dedi.
Yigit savolini quyidagicha tushuntirdi:
— Illat deb haqiqiy sababga, hikmat esa undan kelib chiqadigan foyda va manfaatlarga aytiladi"¦
— Ho'p, u holda namozning illati nima?
— Uning ilohiy amr ekanligida. Ya'ni meni, seni va butun borliqni yaratgan va bizga shuncha ne'matlarni ehson qilgan Alloh buyurgani uchunguna namoz o'qiyman.
— Albatta, insonning har bir ishi qandaydir mantiqqa asoslanadi. Ho'p, Alloh buyurgani uchun namoz o'qiysan ham deylik, lekin bundan maqsad nima?
— Parvardigorimning roziligiga erishish. Senga biror kishi oddiygina bir qalam sovg'a qilsa, unga minnatdorchilik bildirasan, to'g'rimi?
— Ha, albatta, - dedi do'sti ikkilanmay.
— Demak, oddiy qalam uchun minnatdorchilik bildirilar ekan, men ham nega menga qalam yoki qandaydir bir arzimas narsa emas, balki qo'l, oyoq, ko'z, til, yurak kabi bebaho ne'matlarni, ularga jon bag'ishlovchi ruhni, ong bilan birga boshqa maxluqotlardan aziz qilib turuvchi aqlni ham bergan Zotga sajdaqilmay?!
Bu savolga jo'yali javob berolmasligini bilgan do'sti:
— Ho'p, unday bo'lsa, namozning hikmati nima?- deb navbatdagi savolni berdi.
— Sanab adog'iga yetib bo'lmaydi. Hozir esimga tushganini aytib o'tay.
Namoz — jahannam o'tidan saqlovchi zirh, qabr azobidan asrovchi qalqon va jannat eshigini ochuvchi kalitdir. Abadiy saodat uning to mangulikka uzangan mevasi"¦
Namoz- qalbga ozuqa, ruhga shifo, tanaga sihat, vijdonga o'lchov, aqlga istiqomat, irodaga quvvat, xulqqa tarbiya va fe'l atvorga jiddiylik beradi, his-tuyg'ularni qat'iy intizomda ushlab turadi.
Namoz insonning ma'naviy yuksalish omilidir.
Bularning hech biri bo'lmagan taqdirda ham men baribir yana namoz o'qigan bo'lardim. Chunki foydalar o'ziga chorlovchi bo'ladi, ammo hech qachon haqiqiy sabab bo'lolmaydi.
Natijalar odatda ko'zlanmaydi, balki beriladi.
Yigit hech narsa demay o'ylanib qolgan do'stiga yana shularni qo'shimcha qildi:
— Namoz- insonni afsus hamda nadomat botqog'iga botiradigan gunoh va jinoyatlardan saqlaydigan ishonchli kema. U insonga haqiqiy inson va Allohning aziz quli bo'lishni o'rgatishda mukammal darsdir.
Namoz — imon belgisi, Allohga qullik ifodasi, bandaligim e'tirofi, cheksiz ojizligimni cheksiz qudratga, cheksiz orzularimni cheksiz rahmatga yo'llaydigan ma'naviy aloqa vositasidir.
Namoz — dunyomni ham, qabrimni ham, ohiratimni ham yoritadigan so'nmas chiroq. Sajdadagi zillatim bilan haqiqiy izzatimni topdim.
Zero joynamoz taxtim, sajda saltanatim va Unga qulligim sultonligimdir.
Mustafo Ma'murjonov "7 iqlim"dan olindi
:bsm3:
:asl3:
Hozirgi benamoz musulmonlar tuyaqushga o'xshab javob berishadi:
Tuyaqushdan: "Sen tuyasan- ku, nega safarlarda yuk tashimaysan"- deb so'ralsa,
-men qushman, der ekan.
Agar qush bo'sen, nega uchmesan, deyilsa:
-men tuyamanda, der ekan.
(Iqtibos qilindi Sayfullohdan)
:bsm3:
Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo s.a.v:
"Kimiki 5 vaqt namozni jamoat birla o'qisa, unga 5 narsa ato qilinur:
1- dunyoda unga bechoralik yetmagay;
2- ul kishidan Alloh azza va jalla go'r azobini ko'targay;
3- nomai a'moli o'ng tarafdan berilgay;
4- pulsirotdan yashin tezligida o'tur;
5- besh vaqt namozini jamoat birla o'qiganlarni Jannatga hisob- kitobsiz kirgizgay"- dedilar.
"Masobih" & "Majma' ul- Maqsud Maqsudxo'ja ibn Mansurxo'ja"