forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Yangiliklar => Futbol => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 04 Fevral 2011, 17:13:56

Nom: Futbol haqida savol bor
Yuborildi: AbdulAziz 04 Fevral 2011, 17:13:56
Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda futbol haqidagi bilmagan savollaringizni (intellektual savollar emas) qoldiring.
Javobini kim bilsa, yozib qoldirsa, biz ham bahramand bo'lardik.

Demak, o'zim boshlasam:

1. Futbol musobqalari boshlanishida ikki terma jamoa chiqqanda ular bilan birgalikda yosh bolalar ham chiqadi? Ular kim? Futbolchilarning bolalarimi? Agar unday bo'lsa, ular orasida uylanmaganlari ham bor-ku? Agar tanishi bo'lmasa kim ular? Qanday tanlanadi ularni?

2. Futbol transferlaridagi pullar kimga kelib tushadi? Masalan, Odil Ahmedovni "Anji" 1 million yevroga sotib oldi? 1 million yevro kimning hisobiga tushadi? "Paxtakor"ningmi yoki O.Ahmedovningmi? Agar "Paxtakor"ga tushsa, O.Ahmedovga qancha foiz tegadi? Futbolchining keyingi oyligi shuning ichida bo'ladimi? Yoki alohida oladimi?
Nom: Futbol haqida savol bor
Yuborildi: UmmatiY_MuhammadiY 07 Fevral 2011, 15:00:23
:bsm:

Аввалом бор бу мавзуни очганликларни учун форум админстраторига миннатдорчилик билдираман. Қслдан келганча саволга жавоб беришга ҳаракат қилиб ксраман.

1.  Болалар ҳар хил танланади купрок викторина асосида масалан уефа танлов утказилиб унда ютган болалар ота-онаси билан уйинга келади. Мисол учун бизда кспроқ Лахтакор академиссидаги болалар терма жамоа сйинларига чақирилади.

2. Клуб ҳисобига тушади. Футболчига қанча тегиши клуб билан уйинчининг шартномасидаги келишувга (қанча фоизи тегиши) боғлиқ. Ойлиги алоҳида бслади.