forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: As-Samarqandiy 06 Fevral 2011, 02:34:20

Nom: Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?
Yuborildi: As-Samarqandiy 06 Fevral 2011, 02:34:20
 :bsm:

Bulsa, egizak bulsin! Nima dedingizlar? "Oxirgi marta qachon kuldingiz?" mavzusiga egizak bulib, sherigidan bir necha soatlar keyin dunyo yuzini kurgan, yangi mavzu "Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?" sizning e'tiboringizda.

Halqimiz og'zida "Kup kulgan, bir yig'laydi" degan naql bor. Bu naql naqadar tug'ri, qanchalik haqiqatga yaqin, buni hayot kursatadi.

Tabassum ulashish mo'min uchun  sadaqa berganday gap. Kulgu, tabassum, bular urtaida juda katta farq bor.

Tug'ri inson kup kuladi, ammo kamdam kam yig'laydi. Kamnoma bulsa ham, hayotingiz mobaynida hech yig'laganmisiz, oxirgi marta qachon yig'ladingiz?

Mandan surasangiz, oxirgi marta kecha kuzimga yosh keldi. Sababi yakkayu yagona Allahgayu va menga ayon. Yig'lash ne'mat! Yig'lab turing, ruhingiz engillashadi. Ammo bu dunyo yig'lashingizga arzimaydi.
Nom: Re: Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?
Yuborildi: birborekan 06 Fevral 2011, 03:25:53
"Meni yig'latgan holat" mavzusi borku

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2999.0
Nom: Re: Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?
Yuborildi: BelleQizcha 06 Fevral 2011, 05:38:12
HOzirrrginaaa ko'zlarimdan yoshlar oqdi.. to'xtovsiz...
ko'zimga dori tomizvotganimda.......
Nom: Re: Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?
Yuborildi: Hanifaxon 06 Fevral 2011, 08:21:29
 :as:
kecha yig`lagandim mundo qarasam bu dunyo ichiga kirib borvommiz o`zimmi qaytarib ancha payt iymonga berildim ko`nglim bo`shab  rosa yig`labman
Nom: Re: Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?
Yuborildi: _IYMONA_ 06 Fevral 2011, 09:20:27
Qur'on o'qiganimda ham qo'rqinch va o'z holim ne kechishin o'ylab ko'p yig'layapman. O'limdan keyingi hayotim qanday bo'lishin o'ylab ko'nglim cho'kib qoladi. Oxirgi paytlar har kuni yig'layapman... Amalimdan, gunohlarimdan...
Nom: Re: Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?
Yuborildi: BelleQizcha 06 Fevral 2011, 19:52:13
Yana ko'zlarimdan shoshqotar yoshlar oqdi..
bu sapar..
abeddagi ko'z dorimi tomizdim..
lol ..
samarqandiy uzur mahvzuziyam yangi yil archasi qivordim...
Nom: Re: Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?
Yuborildi: Zamiraxon 06 Fevral 2011, 20:04:08
 :as:
Biroz noqulay qachon yig'laganimizni aytish menimcha :)
Ibodat mahal...
Nom: Re: Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?
Yuborildi: Oy 31 Mart 2011, 11:35:54
Yig'lay olsangiz, demak... Tiriksiz. demak, sizning yuragingiz urmoqda. Ko'z yoshlari  insonni yaratganga yaqinlashtiradi. A.Oripovning "Malomat toshlari" she'rida ham yaxshi fikrlar bor. O'qib ko'ring.
Nom: Re: Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?
Yuborildi: Ansora 31 Mart 2011, 12:22:37
Turkiyaning Kayseri viloyatida 2 yil oldingi Ramazon hayitida yo'qolgan 3 bolakayni ko'milgan suyaklari topilganini eshitib juda qattiq dard torttim, yig'ladim siqtadim. Psixologiyam buzildi...

Duo qildim: Allohim insonlarga insof tavfiq ber, farzandlarimizni panohingda asra...
Nom: Re: Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?
Yuborildi: _IYMONA_ 31 Mart 2011, 16:56:47
Assalamu alaykum. Tushimga har safar bujonim kirsalar yig'lab olaman. Dunyodagi eng mehribon buvijonim har safar tushimda meni qattiq bag'rilariga bosayotgan bo'ladilar. Balki hayotlik chog'larida oxirgi marta hayrlashayotganimizda shu tarzda hayrlashganimizgami bilmadim hali ham tushlarimda duo qiladilar xuddi tiriklik chog'larida duo qilganlaridek... :2
Jannat bog'larida diydor ko'rishishlik nasib qilsin.
Nom: Re: Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?
Yuborildi: Абдурроҳман 31 Mart 2011, 17:19:35
Январнинг срталарида уйда хеч ким йсқлигида  сзим ва Аллоҳимдан бошқаси билмайдиган гуноҳларимни сътироф стиб, А оббимга истиғфор айтиб йиғладим. Ортидан ёд олган сураларимни такрорлаб -  уларни тадаббур қилиб йиғладим.

Кейин соатга қарасам бир соатча йиғлабман. Қалбимдан ана мен Аллоҳ учун БИА  соатга сқин ксз ёш тскдим деган нарса стди. А­нди менга дсзаҳ сти ҳаром бслди деб ҳотиржам бсла бошладим. Сснгра сзимга-сзим баҳо бериб қсйганимни англаб. Аима, менга чексиз неъматларни берган А оҳманга қилган арзимас амалимни миннат қилдимми дес сна йиғлай бошладим. Йиғлайверидим, йиғлайвердим. Қанча йиғладим билмайман. Йиғлаб-йиғлаб ухлаб қолибман.

Яқинда ота-онам ва синглимга Аллоҳдан ҳидост беришини ссраб йиғладим.

P.S. А иёга схшаб қоларкан... А­ҳтимол бу постимни ҳам кимгадир фойдаси тегиб қолар...
Nom: Re: Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?
Yuborildi: Bonuxon 01 May 2011, 09:35:51
Ke4a yig'lagandim. . . Sog'in4dan
Nom: Re: Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?
Yuborildi: azizbek_mx 01 May 2011, 17:18:50
Kecha bir yosh ota-onaga, sabr-tavfiq evaziga Jannat va'da qilindi...

O'tgan kuni otday, xursand holida maktabga chopqillab ketgan 8 yoshli jiyanim(qarindoshim), jigarimni kecha shifoxonadan ko'tarib kelishdi... :'(

jasadni ko'rdimu..... Qay ahvoldaligim yolg'iz Ungagina ayon, o'zim ham anglolmadim... Oyoqlarim bo'ysunmaydi, kuch madorim qolmagandi...

Bir ibrat bo'ldi har birimizga... :(
Nom: Re: Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?
Yuborildi: Mas'ud 01 May 2011, 18:08:27
Yig’lamoq — tavbadir,
Yig’lamoq alam,
Ko’z yosh — tazarrudan yaralgan chashma.
Quvonchmi, shodlikmi, qayg’umi yo g’am,
Odam zoti azal yig’iga tashna"¦

Yig’lang,
 Armon hecham rahna solmasin,
Tashqari chiqarib bor g’uborlarni,
Yig’lang,
Kiprig’ingiz qurib qolmasin,
Eslab, nadomatu, afsus, zorlarni"¦

Yig’lang, o’ksib-o’ksib,
Tavbalar aylab,
Gunohlar to’kilib ketgunga qadar.
Pushaymonlik hissin ko’ngilga joylab,
Duo ijobatga yetgunga qadar

Yig’lang,
Yig’layvering,
Qadringiz sabab,
Qimmatingiz yerga urilgani chun.
Milyon yo’lga kirib,
Adolat so’rab,
Haqdan panoh topib olganingiz kun

Yiglang,
To’yib-to’yib, mayli olmay tin,
Yukdan holi bo’lib qolguncha gardan.
Yaratgan umrimiz holi aylasin,
Yig’lashni bilmagan bag’ritoshlardan.

Yig’lang,
Ko’z yoshiga to’lib ketsin qalb,
Ko’ngil dunyosiga yoyilsin behad.
Titrasin avflarni so’raguvchi lab,
Ruhingiz o’shanda olarkan rohat"¦

Yig’lang,
Boshingizni qo’yib sajdaga,
Niyatni pok etib, ma’zurlar aytib,
Yaxshiga yondoshib, yomondan qaytib,  
Ko’z tikib Allohdan kelar mujdaga,

Yig’lang,
Bag’ringizga to’lganida qon,
Dunyo tashvishidan bo’lganda xijil,
Ziyoga intilish to’xtagani on,
G’alat talvasani tuyganida jon,
Chorasiz qolganda begunoh inson,
Razolatga botib qolganda jahon,
G’uborga oshino bo’lganda imon,
Vijdon qiynoqlardan chekkanda fig’on,
Insof yiroqlarda kezganda sarson,
E’tiqod sotilsa suvdan ham arzon,
Adolat bo’zlasa yo’lda beimkon,
Yig’lang,
Titrab yig’lang,
Ich-ichdan yig’lang"¦

Ajab, yig’ingizni to’xtatgan zamon,
Ajib bir yengillik tortar ekan dil"¦

(c) 2010
Nom: Javob: Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?
Yuborildi: mahzunaqiz 06 Iyun 2013, 14:45:20
Ассалому алайкум. Мен бугун йигладим. Бу йиги шу кадар юрагимдан чикдики куз ёшларимни тухтата олмай йигладим. Оллохдан 2 дунё саодатини умид килиб, Гунохларимизни кечиришлигини ва Кабр ва Охират азобларидан курккан холатимда анча йиглаб олдим......
Nom: Javob: Oxirgi marta qachon yig'ladingiz?
Yuborildi: IRFON-2012 06 Iyun 2013, 15:36:03
Saodat asri haqida bir voqeani yozayotib, oxirida Payg'ambarimiz (s.a.v), kim jannatiy insonni ko'rmoqchi bo'lsa bunga qarasin, deb hikoya qahramoniga bashorat berayotgan joyiga kelganimda ko'zimga yosh keldi. Qarang, ul zotlar qanday baxtga erishib ketdilar...