forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: maknuna 15 Iyun 2006, 16:36:16

Nom: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 16:36:16
MATODAGI DOG‘LAR

Guash va akvarel bo‘yoqlari sovuq suvda yaxshi ketadi.

* * *

Matodagi oq yoki qizil vino dog‘larini yo‘qotish uchun uni ichi chuqur idishga solib, ustidan qaynoq suv quyish kerak.

* * *

Agar oppoq dasturxonga qizil vino to‘kilib ketgan bo‘lsa, shu zaxotiyoq dog‘ ustiga suv sepib qo‘ying. Ifloslangan tuzni olib tashlab, yana yangisini seping. Keyin dasturxonni issiq suvda yuvib tashlang.

* * *

Lab bo‘yog‘idan qolgan dog‘ni spirt bilan tozalash mumkin, lak dog‘ini juda extiyotkorlik bilan atseton orqali tozalash mumkin.

Mavzu arxivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=liter&action=display&thread=1124806398&page=1)
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:11:46
SOCH HAM HUSN

· Bir-ikki dona tuxum sarig‘ini bir osh qoshiq o‘simlik moyi (kanakunjut, zaytun yoxud kungaboqar moyi) bilan obdon aralashtirib, bosh terisiga ishqab surtib, «edirilgach»: ustiga polietilen bilan yopib, sochiq bilan bog‘lab qo‘yiladi. Bir soatdan so‘ng yuvilsa, soch ildizlarini mustahkamlab, o‘sishga yordam beradi.

* * *

· Sochning sog‘lom o‘sishida uni tarash katta ahamiyatga ega. Sochni siqib o‘rish, qattiq tang‘ib bog‘lash natijasida, qon bilan ta’minlanishi buziladi. Bu esa, o‘z navbatida sochni siyraklashishiga olib keladi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:12:05
· Sochni teskari taramang, aks holda oziqlanishi qiyinlashib, mo‘rtlashadi, oqibatda ko‘plab to‘kiladigan bo‘lib qoladi.

* * *

· Soch o‘z-o‘zidan to‘kilsa boshingizni sovunsiz iliq suvda yuvib, osh tuzi bilan 10-15 daqiqa ishqalang, so‘ngra yuvib tashlang. Bosh terisi quruq bo‘lsin. Bu tadbir olti bora qo‘llangandan so‘ng soch to‘kilmaydigan bo‘ladi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:12:11
XAMIRNING SIRLARI

· Eng yopishqoq xamirni ham sovuq suv to‘la shisha bilan yopib olish mumkin.

* * *

· Ko‘tarilayotgan xamirni idishdan oqib tushmasligi uchun uning ustini xo‘llangan oq qog‘oz bilan yopib qo‘ying.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:12:18
· Oddiy qorilgan xamir shirin bo‘lsin desangiz, xamir qorayotganda unga biroz konyak qo‘shing.

* * *

· Qat-qatli shirinliklarni pishirishdan oldin ustiga tuxum surtmang, bu ularning yaxshi ko‘tarilishiga xalal beradi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:12:25
· Achitqili xamirga saryoq o‘rniga margarin qo‘shsangiz bulochkalaringiz bir necha kun davomida yumshoq turadi.

* * *

· Undan tashqari achitqili xamirni xaddan ziyod issiq joyga qo‘yish kerak emas. Bunda xamir ko‘tarilmay qolishi ham mumkin.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:12:47
Agar mebelingizga yoki kiyimingizga saqich yopishib qolgan bo‘lsa, o‘sha joyga muz parchasini qo‘yib, bir necha daqiqa ushlab turing.

* * *

Yod dog‘i nashatir spirti yoki tiosulfat natriy (giposulfit) yordamida osonlik bilan ketadi. Agar mato sovuq suvda yuvilib, kraxmal bilan tozalansa, dog‘ ketadi. Bu operatsiyani ikki-uch marotaba takrorlagan holda, tozalangan joyni sovunli suvda yuvib tashlash kerak.

* * *

Kiyimdagi ko‘kat va maysa dog‘larini yo‘qotish uchun salitsil spirti bilan artish kerak, keyin suv bilan yuvib tashlash kerak. Bu dog‘larda yana meditsina efiri va spirti bilan ham ketkizsa bo‘ladi.

* * *

Sut dog‘i sovuq, sovunli yoki nashatir spirti qo‘shilgan suvda ketadi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:13:08
samo:

juda kam uhlagan bolsangiz masaln 3-4 soat
soat 11 gacha sabr qiling keyin 15 minut maximum 30 min uhlasangiz 8 soat uhlaganday bolsiz
(soat 11- to 14-15 gacha Sunnat uhlash vaqti!)
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:13:26
samo:

Kechasi bosinqirasangiz
falaq va nos surasi
hamda oyatal kursini oqib uhlang hudo hohlasa hech narsa bolmaydi
hatto yomon tush ham kormaysiz hudo hohlasa
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:13:35
samo:

PC (Koputer) kop ishlasangiz umuman Kozingizni kop ishlatsangiz :)
Palming degan mashq bor. shuni qiling
Palming mashqi:
qol kaftlarini bir biriga ishqalang 10-20 soniya.
chap qol ustiga(ichki tomoni) ong qilni qoying. chap qol barmoqlarini ong qol barmoqlari berkitsin. yoruqlik kirmasligi kerak. shu holda burnimiz ustiga qoyamis 2 koz qovogi berkiladi. koz qovoqlari botmasligi kerak. kozga nur kirmasligi kerak. keyin kozni yumamiz. ana endi 3-10 minutgacha ushlab turing. (kozizni qancha yahshi korsangiz shuncha ushlab turing :) )
foydasi mutlaqo bor SEZASIZ!
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:13:46
samo:

Kayfiyatingiz yomon bolsa
yahshilashni eng oson yoli
Vujudiy tarafdan nazoratga olish kerak (oson yoli shu)
yana boshqa yollari bor: kayfiyatni yahshilash, fikrlarni ozgartirish. ammo qiyini.
hullas mashq shunday.
Oynaga qarab 3-10 minutgacha Kulib turasiz Ozingizdan hursang bolasiz. BOR bolganingiz uchun... bir sinab koring...

kayfiyatizni buzgan insonlar KECHIRIB yuborasiz bu ENG SAMARALI yoli...
barcha buyuk insonlar shunday qilgan. biz esa yahshi insonlar orqasidan yuramiz..
kin nafrat kabi hislardan yiroq bolamiz...
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:14:02
Nioza:

ASAL haqida.........

Quruq-issiqligi ikkinchi miqdor,
Yara bilan illat undan toru mor.
Badandagi har bir tosiqni ochar.
Asab illatlari undan tez qochar.
Sovuq me'da uchun quvvattidir yor,
Zaif ko'zga yana nur qilar nisor,
Kishida ishtaha ochadi doim.
Yoyilsa - qorinni qilar muloyim.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:14:24
TISH OG’RIGANDA

"¢ Rayhon, sirka va ozroq miqdorda tuz qaynatmasi tish og’rig’ini qoldiradi.
"¢ Asal va tuzni qorishtirib, kuydirib, toza dokaga o’rab, tishga ishqalansa og’rig’i to’xtaydi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:14:30
QULOQ OG’RIGANDA

"¢ Sarimsoq suvini quloqqa tomizilsa og’rig’i qoladi.
"¢ Xom oshqovoqning sharbatidan tomizilsa ham yaxshi natija beradi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:14:40
YURAK XASTALIGIDA

"¢ Osh rayhon yoki sadarayxon qaynatmasini dokadan o’tkazib, 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichib yurishlik yurakni kuchli qilar ekan.
"¢ Isiriqni tuyib mayda qilib, elakdan o’tkazib, kunjut moyi qo’shib har kuni 15 grammdan tanovul qilinsa yaxshi natija beradi.
"¢ Oq tutning bargini damlab 2-3 osh qoshiqdan ichib yurish ham davo.
"¢ Behi urug’ini yanchib itte’mol qilib yurishlik yurak xastaligiga shifo bo’lar ekan.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:14:55
Dog’langan yog’ingiz sachrab ketmasligi uchun qozonga picha tuz soling.

Yog’larni mis idishlarda saqlamang,sifati buziladi.Yog’larni,ayniqsa saryog’ va maskayog’ni qorong’l yerda saqlash kerak,chunki quyosh nuri ta’sir etsa,undan yog’ kislotasi hosil bo’ladi,bu kislota esa inson organizmiga zarar.

Sirli idishlar qaynoq suvga ko’p solinsa siri ko’chib yoki yorilib ketadi.

Metaldan,ayniqsa alyuminidan yasalgan idish va asboblarni qum bilan ishqab yuvish yaramaydi,
chunki qum idish-asboblarni tirnab, ularni tez kirlanadigan qilib qo’yadi.

Ro’zg’orda ishlatiladigan tovani osongina tozalash mumkin.Oq qog’oz bilan yaxshilab artgach , yirik tuz bilan ishqalaysiz va sovuq suvda yuvib tashlaysiz.
Idish yuvganingizda suvga bir oz tuz yoki soda solsangiz idishning kiri tez ketadi
Shisha va metal idishlarni g’ijimlangan qog’oz bilan artsangiz toza bo’ladi.

Chinni idishlarni yuvayotgan suvga bir choy qoshiq sirka va ozgina tuz solsangiz, idish yaltirab ketadi.
Pishloq qotib qolmasligi uchun uni sho’rtak suvda ho’llangan lattaga o’rab qo’ying.

Biror idishga yog’och qipig’I solib oshxona javoniga qo’ysangiz oziq-ovqat mahsulotlari buzilmaydi va javonni hid bosmaydi.Qipig’ni har kuni yangilab turish kerak.

No’xat,mosh,loviya kabi dukkakli donlarni issiq suvda ivitib bo’lmaydi,qotib,pishoshi qiyin bo’ladi.Pishirganda sovuq suvga solib solib sekin qaynating,tuznietilib pishgandan so’ngina soling.

Guruch,so’k,makaron.vermeshel kabi mahsulotlarni esa qayniq suvga solib tez qaynating,aks holda mahsulot idishning ostiga yopishib qoladi.

Suyuq ovqatlar shaqirlatib qaynatilsa xira tortadi,mildiratib qaynatish lozim.

Sabzavotlar tuzli suvda qaynatilsa mazali bo’ladi.
Qatiq.qaymoq,sut,tomat,sirka,pomidor,piyoz solingan taomlarni hatto qish faslida ham uzoq saqlab bo’lmaydi,ular tez achishi mumkin. Bunday taomlarni maxsus idishlarda , sovuq hovoda
Yoki muzlatgichda saqlanadi.

Go’shtni to’g’ralgan piyozga aralashtirib spool idishga solib qo’ysangiz,2-3kungacha buzilmaydi.Go’shtga tuz sepib qo’vursangiz,seli yaxshi chiqadi.

Go’shtniho’llangansochiqqa o’rab,biron sopol ko’zachaga solib,ko’zachani esa namakobli kastryulkaga botirib qo’ysangiz go’sht yaxshi saqlanadi.

Go’sht hidlangan bo’lsa yoki mog’orlasa,yoxud yangi go’shtning sirtiga chang yopishgan bolsa och pushti rangli margansovka suvi bilan yuvib,so’ng sovuq suvdachayqasangiz tozaladadi.

Qiymaning tuzi roso bo’lishi uchun 1kg go’shtga 1osh qoshiq tuzni namakob qilib qo’shing.

/beauty.freenet.uz
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:15:03
FOYDALI MASLAHATLAR.
OShQOZON-IChAK KASALLIGIDA

"¢ Turp urug‘ini un qilib, asal bilan aralashtirib, iliq choyga qo‘shib 3 mahal bir osh qoshig‘ida ichib yuring.
"¢ Noxorda och qoringa qaynatilgan isiriq urug‘idan bir osh qoshiqdan iste’mol qiling.
"¢ Tog‘ yalpizi damlamasini ichib yuring.
"¢ Har kuni uch maxal qattiq non yeb, ketidan bir piyoladan qatiq iching.
"¢ Nonni suvga to‘g‘rab yesangiz hazm oson kechadi, rang-ro‘yingiz tiniq bo‘ladi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:15:10
YO‘TALGA ChALINGANDA

"¢ Anjirni sutda qaynatib ichilsa yo‘tal qoladi.
"¢ Qora qo‘yning dumbasidan sho‘rva qilib piyozdan ko‘proq qo‘shib, uch kun ichilsa shifo bo‘ladi.
"¢ Sholg‘omni asalli yoki shakarli suvda qaynatib 1 osh qoshiqda ichib turilsa yaxshi foyda beradi.
"¢ Bug‘doyni qaynatib, sutga qo‘shib kechasiga ichish lozim.
"¢ Turpni qaynatib, asal bilan aralashtirib ichilsa yo‘tal qoladi.
"¢ Anorning po‘stini sutda qaynatib 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichilsa shifo bo‘ladi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:15:22
QON BOSIMI BALAND BO‘LGANDA

"¢ Kartoshkani qo‘rga ko‘mib yeb yuring.
"¢ Limonli choy ichib yuring.
"¢ Beda gulini choy kabi damlab, yarim stakandan 2-3 mahal ichib yuring.
"¢ Ozgina asalga lavlagi sharbatini aralashtirib bir osh qoshiqdan 3 mahal ichib yuring.
"¢ 2-4 dona siren bargini choy kabi damlab 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichib yursangiz qon bosimini tushiradi.
"¢ 3 ta yirik sarimsoq boshini va 3 ta limonni olib, maydalab ezib, ustiga 250 gramm qaynagan suv quyiladi, idish qopqog‘i zich qilib yopilpdi, bir sutka muzlatkichda saqlanadi, so‘ng aralashtirilib 2 qavat dokadan o‘tkazilib, kuniga 3 mahal 1 osh qoshiqdan ovqatdan oldin iste’mol qilinadi.
"¢ Ukrop qaynatmasini 3 foizli brom bilan qo‘shib 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichib yurilsa yaxshi natija beradi.
"¢ Ukrop qaynatmasini dokadan o‘tkazib, qimizga qo‘shib ichsangiz ham foyda beradi. Faqat undan so‘ng 3-4 stakan qg‘aynagan suvga limon va sharbati va ozgina asal qo‘shib ichish kerak.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:15:30
QAND XASTALIGIDA

"¢ Qizil lavlagini sharbatini xomligicha 2-3 qoshiqdan 3 mahal ichib yurishlik qand xastaligining oldini oladi, qandni tushiradi.
"¢ hom baqlajon sharbati ham qand xastaligini oldini olib qandni tushiradi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:15:38
BAVOSIL QANDAY PAYDO BO‘LADI?

Bavosil, gemorroy — to‘g‘ri ichak pastki bo‘limidagi venalarning varikoz kengayishidir.Doim ich qotib yurishi, bachadonning qayrilgan bo‘lishi, to‘g‘ri ichakdagi yallig‘lanishlar, uzoq vaqt o‘tirib mehnat qilish bavosil paydo bo‘lishiga imkon yaratadi.
Yengil hollarda bemorlar hech qanday noxushlik sezmaydi; kasallik zo‘rayganda orqa chiqruv teshigiqichishib achishadi, qizib turadi og‘riydi,qon keladi. Hojat vaqtida ichkaridagi bavosil tugunlari tashqariga chiqishi va qisilib qolishi ham mumkin. Hojatga borib kelinganidan keyin har safar orqa teshik va oraliqni qaynagan iliq suv bilan yuvish muhim. Bavosil bo‘lgan kishi albatta vrachga ko‘rinishi kerak. Vrach tavsiya etgan sham dorilar og‘riqni yo‘qotishga yordam beradi.Bavosilning og‘ir formalarida operatsiya qilish zarur.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:15:45
ACHCHIQTOSH ERITMASI

Achchiqtosh — burushtiruvchi va qurutuvchi ta’sirga ega bo‘lgan kristal modda. Achchiqtoshning kaliyli, xromli va alyuminiyli xillari bor.Kuydirilgan va quritilgan achchiqtosh farqlanadi. Achchiqtoshning barcha turlari nordon mazaga ega. Alyuminiyli achchiqtosh tibbiyotda teri va shilliq qavatlarni quritish hamda dezinfektsiyalashda qo‘llaniladi. Achchiqtoshning 0,5-1% li suvdagi eritmasidan og‘rig‘i, yallig‘lanishida (og‘iz chayqash), kuydirilgan achchiqtosh upasi (prisipka)dan oyoq terlaganda, qurug‘idan traxoma va kichik jarohatlarni yengil kuydirishda foydalaniladi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:15:52
BALIQ MOYI

Baliq moyi, baliq mahsuloti — treska oilasiga mansub baliqlar jigaridan olinadigan moy.Sarg‘ish va tiniq suyuqlik bo‘lib, baliq hidi va mazasi bor. Tarkibida yog‘ kislotalari, xolesterin, fosfatidlar, A va D vitamini bor. Tibbiyotda va chorachilikda keng qo‘llaniladi.Baliq moyi raxit, shabko‘rlikning oldini olish va davolashda, suyak singanda bitishini tezlashtirish uchun ishlatildi. Bolalarga 2-3 oyligidan kuniga 1 marta 1-2 tomchidan ichirib, har kuni 1 tomchidan ko‘paytirib bir choy qoshiqqa yetkaziladi.Homiladorlarga, emizikli ayollarga ham beriladi. Yozda baliq moyini berish tavsiya etlmaydi. Jarohat, yara-chaqa va kuygan joylarni davolashda sirtdan ishlatiladi. Yosh mollarga, tovuqlarga kuniga oz-ozdan berib borilsa, kundalik vazni, tuxum qilish va bu tuxumlardan ochirilgan jo‘jalarnig yashash qobiliyati ortadi. Baliq moyi qorong‘i va salqin joyda, og‘zi berk idishlarda saqlanishi lozim.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:16:00
LAB YORILSA...

Lab juda nozik bo‘ladi, salga shikastlanadi. Chekish, achchiq narsalarga o‘ch bo‘lish yoki juda issiq ovqat labning qizil hoshiyasiga va nozik pardasiga ta’sir qiladi. Organizmda ba’zi vitaminlar, jumladan, A va V guruhi vitaminlari yetishmaganda ham lab yoriladi. Ba’zan labning yorilishiga lab bo‘yoq, yog‘upa, tish pastasi sabab bo‘ladi.
Agar lablar shishib, mayda pufakchalar paydo bo‘lsa, terisi yorila boshlasa, bunday allergik reaktsiyaga bo‘layotgan vositalardan darhol voz keching. Aks holda lab yallig‘lanib ketib yorilgan joylar chuqurlashib og‘riydi, po‘st tashlaydi va xeylit kasalligi paydo bo‘ladi.
Lab yorilmasligi uchun quruq labga g‘oz moyi yoki gigiena lab buyog‘i surtish tavsiya etiladi. Gigiena lab buyog‘i tarkibida biologik moddalar (vitaminlar, o‘simlik ekstraktlari) bo‘ladi. Ular lab shilliq pardasiga yaxshi ta’sir qiladi, uni yumshatadi, shamoldan, quruqshab ketishdan saqlaydi.
Uyda o‘zingiz yumshatadigan surtma tayyorlashingiz ham mumkin. Bir choy qoshiq vazelinga to‘rtdan uch qism choy qoshiq kanakunjut moyi qo‘shib aralashtirasiz.Kuniga uch mahal surtib turasiz. Lab yorilmasligi uchun sariyog‘, sut, sut-qatiq mahsulotlari, tuxum, qora non, petrushka yeb turish kerak.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:16:07
NEGA HUSNBUZAR TOSHADI?

Husnbuzar toshgan odamlarning yuz terisi yog‘li bo‘ladi, zero bu kasallikda teri ko‘plab yog‘ ajratadi. Agar bu yog‘ muntazam ravishda yo‘qotilmasa va yog‘ bezlarining chiqarish yo‘llarida to‘planib qolsa, mikroorganizmning ko‘payishi hamda yallig‘lanishning yuzaga kelishi uchun sharoit yaratiladi. Buning uchun ular kuniga ertalab va kechqurun atir sovun bilan yuvinishlari tavsiya etiladi. Husnbuzar to‘plangan joy sovun ko‘pigiga yaxshilab ho‘llangan paxta tampon bilan yuviladi, so‘ngra suvda chayib tashlanadi. Suv o‘rniga dezinfektsiyalovchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyati bor o‘tlarning iliq qaynatmasini ishlatish mumkin.
Husnbuzarni aslo sitmaslik, igna bilan yiringini chiqarmaslik kerak, aks holda uning o‘rni dog‘ bo‘lib qoladi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:16:15
Yuzdagi tirishlarni g‘oz yog‘i, baliq yog‘i yo‘q qiladi.

* * *

Qonning ifloslanish (uremiya) kasalidan tez-tez qatiq zardobini ichish, qaynagan isiriq suvida tez-tez jom qilib turish asraydi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:16:29
Har kuni temir ushlab ish qiluvchilar qo‘llarini tez-tez namakobda yuvib turishlari lozim, kechqurun yotish oldidan qaynatilgan isiriq suviga to u soviguncha solib tursalar kasal bo‘lmaydilar. Bir bog‘ isiriqning qaynatilgan suvini 1 oy qayta-qayta isitib ishlatsa bo‘laveradi.

* * *
Ich ketishini oq xo‘rda, narfos suvi, oddiy jiyda va qattiq non to‘xtatadi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:16:37
Uyqusi qochgan odam asal yalasin.

* * *

Kumush qoshiq va umuman kumush idishlar oshqozonga davo bo‘lib, uni kasalliklardan asraydi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:16:45
Kesilgan joyning qonini to‘xtatish uchun oq qandni tuyib bosish, otquloq bargini yopish, mo‘miyo surkash mumkin.

* * *
O‘pka sili kasalini davolashda asosiy dori: oftobga toblanish va bodom iste’mol qilish.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:16:52
Tikanli kaktus bargini archib, xomligicha tanovul qilish ich ketishini to‘xtatadi. Bu davolanish mijozi quruq-issiq odamlarga to‘g‘ri keladi.

* * *
Gullar ichida inson sog‘lig‘iga eng foydaligi — atirgul.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:17:00
Milk, burun, tomoq kabi a’zolar qichishsa, demak, issig‘ingiz oshib ketibdi. Endi sovuq ovqatlarga o‘ting. Masalan, qatiq, suyuq xamir ovqatlar, xom bulg‘or qalampiri, shaftoli, shakarob va hokazo. Shuningdek, hammomga tushib turing.

* * *
Yuzdagi ajinlarni yo‘qotish uchun har kuni 1 soat sekin, lo‘killab yugurish lozim.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:17:08
Aqlni, zehnni ziyoda qilishda g‘oz, o‘rdak, kabutar, tustovuq, qirg‘iy, tovuq, kurka tuxumlarini iste’mol qilish katta ahamiyat kasb etadi.

* * *
Choyni va suyuq ovqatlarni doim iliq holda iching. Issig‘i nafas yo‘llarini va qizilo‘ngachni kasal qiladi. Ya’ni, tomoq, qizilo‘ngachdagi yupqa parda kuyadi, natijada qichishish tufayli yo‘tal paydo bo‘ladi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:17:23
Suvni idishlarga olib qo‘yib, ertasiga ishlating. Mabodo suv loyqa bo‘lsa, unga achchiqtosh soling, yaxshi tinadi.

* * *
Kabob, qazi, norin, mantini "œo‘ldirilgan" piyoz bilan iste’mol qiling.
   
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:17:29
Yomg‘ir, qor suvlaridan choy qaynatib ichish, hazm yo‘llariga davo bo‘ladi.

* * *
Issiqdan paydo bo‘lgan bosh og‘rig‘ini tut, yerqalampirning bargi, otquloq, ko‘lob suvda suzish qoldiradi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:17:37
Kunjutning oqi ham, qorasi ham xotirani tiklaydi. Kunora 2 gr.dan bir oy mobaynida iste’mol qilinadi.

* * *
Yotish oldidan ikki piyola qatiqni ichib uyquga ketgan kishining katta tahorati ravon bo‘ladi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:17:44
Uxlash oldidan yong‘oq iste’mol qilish sog‘liqqa zarar.

* * *
Asal bilan yong‘oqni hech qachon birgalikda tanovul qilmang. Yong‘oqni quruq mevalar (mayiz, bodom kabilar) bilan tanovul qiling.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:17:50
Chayon chaqsa, chayon eritmasini surkang yoki ko‘p marta o‘sha joyni so‘rib, tuflab tashlang. Ilon chaqsa ham shunday qiling. Yana bir dori — chaqqan joyga gugurt cho‘pining boshidagi dorini qirib olib, ho‘llab chaplash kerak.

* * *
Oqar suvda ko‘p cho‘milish ko‘z nurini qirqadi, buyrakka ham zarar, badanni zaxlatadi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:17:57
Qoningiz kam bo‘lsa, har kuni qizil lavlagidan pishirib tanovul qiling. Kuniga yarim qadog‘i yetarlidir. U qoningizni ham tozalaydi.

* * *
Gazeta, kitob qog‘ozlariga ovqat, non o‘rash zarar, unda qo‘rg‘oshin moddasi bor.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:18:06
Buyrak va o‘t pufagidagi toshlarni chiqarib tashlash uchun bir yillik na’matak tomirini choy o‘rnida damlab ichilsa-yu, ertalab 100-150 misqol qirilgan sabzi iste’mol qilinsa, ayni muddao bo‘ladi.

* * *
Bir qancha kasalliklarga, masalan, o‘pka siliga qor, yomg‘ir suvlaridan choy damlab ichish foydalidir.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:18:15
TISH... KAMHARAKATLIKDAN OG‘RIYDI

Tajriba qilinayotgan kalamushlarni tor qafasga solib qo‘yishdi.Kalamushlar yuz sutkagacha harakatlana olishmadi. Ularni rentgenda tekshirib ko‘rishdi: kalamushlarning suyak to‘qimalari siyraklashib, suyaklar zichligi kamayib qolgani aniqlandi. Olimlar bir necha tajriba o‘tkazib, uzoq vaqtgacha kam harakatda bo‘lish, tishlarning minerallanishini yomonlashtiradi va tish kasalligi — kariesning rivojlaniga olib keladi, degan xulosaga keldilar.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:18:57
Сутни кайнатишда устини ёпсангиз унинг витаминлари узида сакланиб колади.

* * *

Сутни кайнатишдан олдин унга битта канд ёки бир чимдим истеъмол содаси кушсангиз — сут тез бузилмайди.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:19:04
Томат-пастангиз могорлаб комаслиги учун устидан усимлик ёгидан куйинг ва озорк туздан сепинг.

* * *

Ун халтангизга бир-иккита саримсокдан солсангиз кунгиз пайдо булмайди.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:19:11
Кийимдаги елимдан пайдо булган догни истеъмол содаси аралаштирилган сувда ивитиб,кейин илик сувда 2-3 ош кошик спирт кушиб ювиб ташлаш керак.

* * *

Чой догларини икки чой кошик глицерин хамда 10 % ли нашатир спирти аралашмаси билан кеткизиш мумкин.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:19:18
Сабзавотларни куёш тегмайдиган,салкин жойда саклаш лозим. Куёш нурларидан улардаги каротин моддаси тугайди.

* * *

Пиёзни тур халтага солиб, курук жойга илиб куйсангиз, куп вакт яшхи сакланади.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:19:25
Кайнатилган махсулотни узи кайнаган сувда сакламасангиз улар уз таъмини йукотмайди.

* * *

Узок вактгача сувда сакланган картошка крахмал хамда С витаминини йукотади. Айникса, картошка майда булакларга булинган булса.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: maknuna 06 Iyul 2006, 07:19:35
Сабзавотлар кайнаётган сувга икки дона канд кушсангиз, ажойиб таъмга эга булади.

* * *

Ловияни тезрок пишириб олмокчи булсангиз, идишни совук сув билан ловияни бостиргунча тулдиринг,кайнагач эса яна совук сув кушинг. Шу холатни бир неча бор такрорласангиз, ловия 30-40 дакикада тайёр булади.

* * *

Картошкали пюрега совук сут кушманг. Бундан унинг ранги хунуклашади. Пюрега кушишдан олдин сутни яхшилаб кайнатиб олинг.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: sevar 29 Sentyabr 2007, 17:28:31
Assalomu alaykum.
 Bo'g'doy shamollashni davolashda ahamiyati juda katta.
Demak bo'g'oy olasiz va qalinroq matodam yostiqcha tikasiz so'ng ichiga bo'g'doy tuldirasiz, hamma chetlarini yahshilab tikisiz tukilib ketmasligi uchun.
Xullas bu yostiqchani mekrovalnofkada issiq bulguncha isitasiz,qizigndan sung og'riq bor joyga quyilasa davo bo'ladi og'riqni tortib oladi. Bu bel, quvuq, qorin va boshqa ko'p og'riqlarga davodir.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: sevar 29 Sentyabr 2007, 17:34:02
Lemon C vetaminiga boy.
Bu ham shamollashni olishga yordam beradi.
1 banka suvga lemon bo'laklarini tashlab qo'ying bir necha soatdan so'ng uni ichsangiz shamolashlarni oldini oladi va tana C vetamin bilan oziqlanadi.Ayniqsa ayollar bu muolajani tez tez qilib turishlari maqsadga muvofiqdir.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: sevar 10 Noyabr 2007, 16:51:53
            O'NTA BEBAHO MASLAHATLAR !


Odamzod organizmi genetic jixatdan 150 yoshgacha yashashga mo’ljallangan bo’lsada, inson uni qo’lidan kelgancha qisqartirishga "œxarakat" qiladi. Bunga turli faktorlar sabab bo’lishini hisobga olib uzoq umr ko’rgan insonlar hayotini o’rganib chiqib ba’zi bir hulosalar chiqargan holda ,uzoq, sog’lom umr ko’rmoqchi bo’lganlar uchun o’nta bebaho maslahat taklif qilinadi. Unga rioya qilsangiz yerdagi xayotingizni bir muncha uzaytirish mumkin.
   1-maslahat: Ortiqcha ovqat yemang. Agar siz og’ir jismoniy ish qilgan taqdiringizda ham sizga bir kecha-kunduzga 2000 kkal yetadi.
   2-maslahat: Iste’mol ozuqangiz yoshingizga mos bo’lishi kerak. Vaqti-vaqti bilan yong’oq va jigar yeb turish 30 yoshdagi ayollarda ajin tushishini kechiktiradi. 40 yoshdan oshganlar beta-karatin moddalari bo’lgan sariq va qizg’ish-sariq sabzavotlar iste’mol qilishlari kerak. 50 yoshdan so’ng kaltsiy suyak mustaxkamligini ta’minlaydi. Magniy-yu yurak ishini yaxshilaydi. 40 yoshdan oshgan erkaklarga selen zarur bo’lib, u pishloq va buyrak tarkibida uchraydi. Bu mineral turli stresslarni oldini olishga yordam beradi. 50 yoshdan so’ng ko’proq baliq va dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish yurak va qon aylanish a’zolaringizni ishini yaxshiladi.
3-maslahat: Nafaqaga chiqishga shoshilmang. Ishlamagan odam ozining yoshidan o’rtacha 5 yoshga katta ko’rinadi. Ayrim soxalar salomatlikni saqlab qolishga yordam beradi.Bu— derijo'rlar,faylasuflar,rassomlar, ruxoniylar, bog'bonlar. 4-maslahat: Jjnsiy xayot — bu salomatlikni ta'minlovchi fiziologik ehtiyoj. To'g'ri olib borilgan jinsiy hayot kechiradigan insonlar o’rtacha 14 yilga yosh ko’rinadilar, chunki jinsiy aloqa vaqtida organizmda endorfin , ya'ni "œbaxt" gormonlari ishlab chiqiladiadi.O’z navbatida ular immunitetni oshiradi.
5-maslahat: Hech qachon tushkunlikka tushmang! Optimistlar pessimistlarga qaraganda ko’proq yashaydilar.
6-maslahat ko' proq xarakatlaning. Kuniga hech bo'lmaganda bir-necha daqiqa jismoniy mashq qilish umrni uzaytiradi. Mashq vaqtida 30 yoshdan keyin o'z faolivatini qisqartiradigan garmonlar o'z faoliyatlarini kuchaytiradilar.
7-maslahat: Salqin xonada uxlang. 17-18 C(seltsiy) harorat ostida uxlaydigan odamlar uzoq vaqt yosh ko’rinadilar, chunki modda almashinuvi va yosh bilan bog’liq o’zgarishlar atrof-muxit xaroratiga bog’liq.
8-maslahat:Iloji boricha ko’proq kayfiyatingizni chog’ qilishga intiling. Goh-gohida o’zingizni hursand qilib, qattiq parhezga qaramasdan yaxshi ko’rgan taomingizni iste’mol qilish, uzoqqa cho’zilgan ziyofat, bir-necha soat o’yin- kulgi stresslarni yo’qotib umringizni uzaytiradi.
9-maslahat: G’azablansangiz ichingizga yutmasdan uni chiqarib tashlashga harakat qiling.Statistlar ma'lumotiga ko'ra 64% rak(saraton) kasaliga uchraydigan insonlar g’azabini ichlariga yutar ekanlar.
10-maslahat: Kulrang moddali xujayralaringizni ko’proq ishlating. Krossvord, skanvord yechish, o’qish, chet tillarini o’rganish, xisoblash, shaxmat o’ynash miya faoliyatini kuchaytiribgina qolmay, yurak, qon aylanish, modda almashinish jarayonini faollashtiradi

                         Doim Salomat Boling!!!
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: sevar 10 Noyabr 2007, 16:52:22
     

                                        UYQU-MUHIM FIZIOLOGIK HOLAT.

        Uyqu bu inson xayotidagi eng muxim aktiv fiziologik process. Inson umrini uchdan ikki qismini uquda o'tkazadi. Uyqu miyani ma`lum zonalarini boshqaradi. Miyaning talamus, gipotalamus qismlari o'z faoliyatini ko'chaytirganda uyqu keladi va biz uxlaymiz. Katta odamlar o'rtacha 8-9 soat bazilar 10 soatgacha uxlashi kerak. Statestik ma`lumotlarga ko'ra kaysi davlat axolisining o'rtacha uxlash vaqti xech bo'lmaganda 6-7 soat bo'lsa shu davlat iqtisodi yaxshi rivojlangan. Axolining sosiologik axvoli yaxshi xisoblanar ekan. Bunga misol qilib Koreya va Yaponiya davlatlarini olsak umumiy surovnomadan shu narsa ma`lum bo'ldi-ki II Jaxon urishidan so'ng axolining uxlash vaqti 6-7 soatni tashkil qilgan. Demak tunda yaxshi dam olgan axoli kunduzi yuqori ko'rsatkichlarga erishar ekan.
        Normal uyquning o'rnini xech narsa bosa olmaydi. Uzoo' uyqusizlik ko'pgina kasalliklarni keltirib chikarishi mumkin. Juda zarar agar uyquni televizor yoki kompyuter oldida o'tirishga almashtirsangiz. Surunkasiga 2-3 sutka davomida kompyuter oldida o'tirib o'tgan odamlar bo'lgan. Bunda organizm charchashi sodir bo'lib miya tuqimalariga oziqa va kislorod yetkazib bera olmagan. Ayrim odamlarda uyqusizlik kasalligi rivojlanib unga turli dorilarni iste`mol kilish, psixik o'zgarishlar, asabiylashish sabab bulishi mumkin.

       Uxlashni o'ziga yarasha gigienik koidalari bulib ularga rioya kilish maksadga muvofikdir.
         1. O'rinda kamroq yotish. Qancha tez uxlab, uyquga to'ygach, tez o'rningizdan tursangiz, olgan xordig'ingiz samaraliroq bo'ladi.
          2. Xar doim bir vaqtda uygonish (dam olish kunlari xam).
         3. Soatni uxlash xonasidan olib ko'yish sizni kechasi bir necha bor soatga karash odatingizni yuqotadi.
        4. Uxlashdan oldin tarkibida bo'lgan kofein, alkogol, tamaki maxsulotlarini iste`mol qilmaslik. Bu maxsulotlar uyqusizlikni keltirib chiqarishga olib keladi.
        5.  Uxlashdan bir necha soat oldin jismoniy mashqlar bajarish.
        6.  Engil taom istemol qilish
        7.  Uxlash xonasida oshiqcha narsalarni bo'lmasligini nazorat qilish.
        8.  Uxlashdan oldin asabiylashmaslik.
        9.   Karavotdan faqat uxlash uchun foydalaning.

    Tarkibida kofein saqlovchi maxsulotlar:
        50g qora shokolad - 31mg
        50g sutli shokolad - 9 mg
        50g kakao - 8 mg
        155g shokoladli sut - 1,25mg
        koka-kola - 46mg
        pepsi-kola - 35mg
       sprayt - 0mg
       dietik limonad - 0mg
         
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: sevar 10 Noyabr 2007, 16:53:32
                                                       TO'G'RI TUTILGAN PARHEZ.

          Hozirgi kunda ozish xaqida ko’p gapirilmoqda. Turli hildagi parhezlar zamonaviy rusmga aylanib qoldi. Lekin bu o’rganizmga kerakmikin? Ba’zi kerakli oziqalardan o’rganizmni mahrum qilib hato qilmayotganmikinmiz?Ma’lumotlarga ko’ra ohirgi yillarda avj olgan ozdiruvchi parhezlar ko’pgina kasalliklarga, jumladan xolsizlanish, stress, aqildan ozish, oshqozon-ichak kasalliklari, sklerozlarga sabab bo’lmoqda. Fotomodel bo’lishni orzu qiladigan qizlarda yog’ tanachalarningetishmasligi sababli farzandsizlik kasalliklari kelib chiqmoqda. Xammasini toshu taroziga qo’yib parhez qilishga ahd qilgan ekansiz ba’zi narsalarni bilib qo’yish kerak. Avvalambor oqsilni kohi bo’lmish go’shtdan voz kechish mumkin emas. Qon o’z funksiyasini to’liq bajarishi uchun kerak bo’lgan temirni biz aynan go’sht, baliq, jigar mahsulotlaridan olamiz. Voz kechish kerak bolgan mahsulotlar bu ozida uglevodlarni saqlovchi mahsulotlardir. Ularga hamir ovqatlar, kartoshka, pishiriqlar shirinliklar, hayvon yog’lari, tuzlamalar, dudlangan mahsulotlardir. Sut mahsulotlari, tuhum, sabzabot, meva, yong’oq, ko’katlar, pishloq doimiy rasioningizda bo’lishi kerak. O’simlik yog’lari hujayra va ichak faoliyati uchun juda zarur bo’lib, kundalik oyqatimizni ajralmas mahsuli bo’lishikerak. Oz miqdorda qand istemol qilish kerek, chunki uenergiya manbai, qolgan qand miqdorini shirin mevalarningi glukoza va fruktozadan oladi, Lekin oshirib yubormaslik kerak chunki qandning o rtiqchasi organizmda zahira holda yog’ga aylanadi. Parhezga berilib ketib miyani oziqlantirishni unutib qo’ymand. Bazi moddalar miya uchun zarur. Masalan:toyinmagan yog’ kislotasi miyani uchdan bir qismini tashkil qijib, qon aylanishini vamikrosirkulasiya jarayonini boshqaradi. U etishmaganda hotira pasayadi . Manbalari: o’simlik yog’I, hamma baliq turlari. Glusidlar-bu miyani energiya manbayi. Uni non, kartoshka , makaron mahsujotlari shakarqamishning jigarrahg qandidan olamiz. Konfet, pishiriqlar, oq qanddagi glusiddan ehtiyot bo’lish kerak,ortig’I giperglikemiyaga olib keladi. Bu esa o’z navbatida hotirani pasayishiga olib keladi. Proteinlar—bu hayvonlardan olinadigan oqsil bo’lib tarkibida hujayralarimiz o’zi sintez qilmaydigan (ishlab chiqarmaydigan) aminakislotalar bor. Ularni biz yog’siz mol va tovuq go’shtlaridan olishimiz mumkin. O’simlik proteinlarini guruc , soya, qizil loviyadan olishimiz mumkin. B guruhidagi darmondorilar —eslab qolish qobiliyatini kuchaytirishda asosiy o’rin tutadi. B2 hujayra va neru tolalari bog’ xosil qiladi. Ularni pishloq, no’hat, grechiha , yong’oqni hamma hillaridan olishimiz mumkin. Miyani faoliyati uchun mikroelementlardan ayniqsa temir, magniy elementlari kerak bo’lib ular yashil olma, bolgar qalampirida , mayiz, turshakda istimol qiling Ko'rib turganingizdek ozish uchun ko'p narsadan vos kechip bo'lmaydi. Eng asosiysi yoshishga kerak bo'lgan kaloriyalarni hisoblab osiqlanish, ko'plab suv ichishni unidmang. Shuni unutmangki inson gavtasini to'la yoki ozg'in bo'lishi genofondga bog'liq. U odamga irsiyatdan o'tadi bog'cha va maktab yoshidagi bolalarga ozdiruvchi parhez tutish mumkin emas.

Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: sevar 10 Noyabr 2007, 16:55:06
                                                         SUVDAN TO'G'RI FOYDALANAMIZMI?
 
               

           Suv- hayot uchun eng kerakli manba bo’lib, o’zida ko’plab inson uchun kerakli mikroelementlarni saqlaydi. Inson organizmini 85%ni suv tashkil qiladi.Bir kecha kunduzda inson 4 litrgacha suv istemol qiladi.Lekin bu kerakli suvmikin? Statistik malumotlarga ko’ra biz chanqog’imizni butunlay gerakmas suyuqlikiar bilan qondirar ekanmiz.Bunga televideniyadagi reklamalar sabab bolsa kerak.2 litrr sharbatni tugatayotgan qizaloq,pivoga kim borishini aniqlashayotgan o’smirlar yokikatta talofatdan bir shisha ko’ka kola bilan qutilib ketayotgan yiditcha ba h.k.z. Kundalik hayotimizda biz suvni o’rnini "œbegona" suyuqliklar bilan (choy, ko’fe , sharbatlar), to’ldiramiz-u organizm uchun zarur bo’lgan suvni esdan chiqaramiz . Natijada organism suvsizlanishdan aziyat chekadi. Tez-tez bosh og'riydi, teri quruqlashib, rangsiz bo'lishi,tez charchash, hotiraning pasayishi, diqqatni buzilishi, arterial bosimni o’ynab turishi, oshiqcha vazn muammolari ovnizmda ichimlik suvini etishmasligidandir. Katta yoshdagi odam organizmi issiq kunda 4litrgacha, salqin kunda 1.5-2 litr toza ichimlik suvi talab qiladi. Suvni meyorida istemol qilgan odamda oshiqcha choy, kofe, ovqatga talab bo’lmaydi. Organizm suv tanqisligini sezmasligi kerak, chunki suv tana harorati muayyanligini ta’minlash bilan birga oziq bilan kirgan mineral va mikroelementlarni erishini , oziq moddalarni kerakli "œmanzilga" etqazib berish ,moddalar almashinuvini boshqaradi. Shuni aytish o’tish kerakki choy, ko’fe, sut, sharbat, sho’rvadagi suyuqliklar o’rganizmda ma’lum vazifani bajarib suvni o’rnini bosa olmaydi.Olimlar fikricha kerakli miqdorda syv istemol qilish bel og’rig’i , revmatizm, megren kabi kasalliklarni kechishini engillashtiragi, qondagi holesterin miqdorini kamaytiradi. Kuniga 2.5 litr suv istemol qiladigan erkaklarda siydik pufagi saraton kasalligi havfini kamaytiradi. Suvni doim istemol qilishni odat tusiga kiritish ychyn o’zingiz bilan doim suv olib yurish tavsiya qilinadi. Olimlar fikricha ko’p gazlangan ichimliklar istemol qiladigan davlatlar aholisini oshqozon, me’da, ichak saratoni kasalliklari bilan kasallanish hollari yuqori o’rinda turadi. Qaynatilgan suvda temir va kalsiy cho’kindiga aylanadi. Distirlangan suv ham ichishga yaroqsizdir .Uni organizmni chiqindilardan tozalayi degan fikr noto’g’ri bo’lib, u faqat kerakli elementlarni yuvib chiqaradi. Bir kunda ichadigan suvni 1.5 litrdan kam 4 litrdan oshmasligi kerak. Inson vaznining har 1 kg.ga 40 ml. syv kerak bo’ladi,ya’ni 60 -70kg. li odamga bir kunda 2.5-2.8litr suv kerak. Tanada tuz-suv aimashinuvi,iqlim , insonni jismoniy aktivligi, milliy urf odatlarga qarab bu ko’rsatkich o’zgarishi mumkin. Issiq kunda, cho’milib bo’ldach, samolyotda, kuchli ovqatdan so’ng, ziyofat vaqtida, jismoniy mehnat yoki sport bilan shug’ullandanda bu ko’rsatkich yanada ortadi. Ozmoqchi bo’lgan odamlar, siydik haydoychi dori istemol qiluychi,chekadigan, yoshi katta,vazni qg’ir odamlarga suv
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Salmoni Forsiy 26 Noyabr 2007, 17:57:08
Тухумни снги, сскилигини аниқлаш учун банкага номокоп сув қуйиб, ичига тухумни соласиз.
Янги тухум чскади, сскиси сузади, сртада қолгани хали айнимаган бслади.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Salmoni Forsiy 26 Noyabr 2007, 17:59:42
Бирор нарса қовурилганда ортиб қолган ёғга озгина сув қсшиб қиздирилса, ёғдаги хид парланиб чиқиб кетади.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Salmoni Forsiy 26 Noyabr 2007, 18:00:51
Балиқ ва саримсоқ тозалаганда қслдан келадиган ёқимсиз хидни туз билан ишқалаб, сснг совун билан ювиб кетказиш мумкин.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Salmoni Forsiy 26 Noyabr 2007, 18:01:23
Летрушка баргларини чайналса, оғиздан келаётган саримсоқ хиди йсқолади.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Salmoni Forsiy 26 Noyabr 2007, 18:02:09
Това ва идишлардаги балиқ хидини қизитилган туз билан ишқаланса хид кстарилади.

Қошиқ ва санқичлардан балиқ хиди келса, уларни совунли совуқ сувда ювиб, ссимлик ёғи суртиб, юмшоқ сочиқ билан артиш керак.

Тахтача ва пичоқлардаги пиёз хидини қуруқ туз билан ишқалаб кетказиш мумкин.

Сут қайнатаётганингизда тошиб кетса, сут тскилган жойларга дархол туз сепиб устига қоғоз босиб қсйсангиз, хиди хона бсйдаб тарқалмайди.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Salmoni Forsiy 26 Noyabr 2007, 18:03:22
Агар уйингиздаги тамаки хидини йсқ қилмоқчи бслсангиз, ойналарни очинг ва уйнинг 3-4 жойига сочиқларни ҳсллаб ёйиб чиқинг. ҳсл сочиқлар хидни сзига тез тортиб олади. Сочиқларни ювиб юборсангиз, ундаги хид йсқолади.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Salmoni Forsiy 26 Noyabr 2007, 18:04:37

Хамир тезроқ кспчисин десангиз, хамирга 3-4та макарон бслакларини суқиб қсйинг
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Salmoni Forsiy 26 Noyabr 2007, 18:05:25
Юмшоқ хамир қслга ёпишиб қолмаслиги учун, қслингизни ёғлаб олинг.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Salmoni Forsiy 26 Noyabr 2007, 18:06:09
Агар тухум ёрилган бслса, уни шср сувда қайнатсангиз ичидаги тухум ташқарига чиқиб кетмайди.

www.muslima.uz ga tegishli
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 23 Iyul 2009, 15:54:33
Insonlarga yoqishning besh qoidasi:
1. Suhbatdoshingiz bilan chin dildan qiziqing!
2.Insonlarga ochiq chehra va nimtabassum bilan munosabatda bo’ling!
3.Unutmang, insonning ismi — u uchun eng yoqimli va eng muhim ohangdir!
4.Eng yaxshi tinglovchi bo’ling! Boshqalarga ko’proq o’zlari to’g’risida gapirishlariga imkoniyat bering!
5.Suhbatdoshingizni qiziqtiruvchi mavzular to’g’risida ko’proq gapiring!
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 23 Iyul 2009, 15:55:08
Insonlar e’tiboriga erishishning o’n ikki qoidasi:
1.Tortishuvlar paytida ma’naviy balandlikda bo’lishning yagona yo’li — bu tortishuvdan voz kechishdir!
2.Suhbatdoshingizning har qanday fikriga hurmat ko’rsating. Insonlarga hech qachon "œnohaqsan" demang!
3.Agar siz nohaq bo’lsangiz, tez va keskin tan oling!
4.Suhbatni do’stona ohangda boshlang!
5.Suhbatdoshingizni har qanday masalada fikringizga "œHa, to’g’ri", deb aytishga undang va erishing!
6.Suhbat davomida kamroq gapiring, uning ko’proq gapirishiga imkon yarating!
7.Mazmunli fikrlarni suhbatdoshingiz o’ziniki hisoblasin!
8.Har bir masalaga suhbatdoshingizning nuqtai nazari bilan qarang!
9.Boshqalarning fikri va xohishlariga ta’sirchan bo’ling!
10.Marhamatli inson ekanligingiz bilinib tursin!
11.Kinolarda va radiolardagi eng yoqimli harakatlarni o’zingizga singdiring va kinoradio qahramonlaridek harakat qiling!
12.Otashin, aniq, insonga ma’naviy quvvat beruvchi gaplarni gapiring!
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 23 Iyul 2009, 15:55:40
Insonlarni xafa qilmasdan ularga ta’sir ko’rsatish va hurmatiga  sazovor bo’lishning to’qqiz qoidasi:
1. Gapni suhbatdoshingizni maqtab va yaxshi tomonlarini tan olish bilan boshlang!
2. O’zgalarning xato-kamchiliklarini to’g’ridan-to’g’ri aytmang, boshqalar misolida gapiring!
3. Oldin o’zingizning xatolaringiz to’g’risida gapiring va shundan so’ng suhbatdoshingizni sekinlik bilan tanqid qiling!
4. Suhbatdoshingizga buyruq bermasdan, unga savol berish orqali ishni bajartiring!
5. Insonlarga o’z muvaffaqiyatlarini saqlab qolishlari va yanada amalgam oshirishlariga imkoniyat bering!
6. Har bir insonning eng kichik muvaffaqiyatlarigacha qo’llab gapiring!
7. Odamlar o’rtasida sog’lom, obro’li muhit yarating va natijada ular shu darajada qolishga harakat qilsinlar!
8. Shunday qilingki, inson yo’l qo’ygan xatoliklarini osonlik bilan to’g’rilashi mumkinligini va bu qiyin emasligini his etsin!
9. Shunga erishingki, insonlar sizning bergan taklif-mulohaza va ko’rsatmalaringizni bajarib, natijalaridan o’zlari zavqlansinlar!
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 23 Iyul 2009, 15:56:19
Oilangizni yanada baxtli qilishning o’n qoidasi:
1. Hech qachon tortishmang!
2. O’z umr yo’ldoshingizni o’zgartirishga urinmang, balki unga moslashishga harakat qiling!
3. Bir-biringizni tanqid qilmang, yaxshilab o’ylab, so’ng gapiring!
4. Bir-biringizga doimo e’tiborli bo’ling!
5. Bir- biringizga chin dildan minnatdorchilik bildirib turing!
6. Doimo har bir masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashing!
7. Bir-biringizdan doimo yaxshi tomonlarni qidiring!
8. Jahlingiz chiqqanda masala yechimini keyinga qoldiring va maqsadga erishish uchun to’g’ri yo’l tuting!
9. Oilaning or-nomusini hamma narsadan ustun qo’ying!
10. Oilaning jamiyat o’rtasidagi obro’-e’tibori uchun har bir oila a’zosi mas’uldir!
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 24 Iyul 2009, 13:37:30
Òabiiy kislotalarga boy bo'lgan kofe ovqatni yaxshi hazm qiladi. Kuniga 2-3 finjondan kofe ichib yuruvchilar, kofe ichmaydiganlarga qaraganda 25 foiz kam ziqnafas (astma) kasali bilan og'rir ekanlar. Kofe tarkibida inson hayoti uchun zarur bo'lgan V darmondorisi ko'p miqdorda bo'lib, bu esa yo'g'on ichak saratoni, jigar sirrozi, o't qopi kasalligining oldini oladi. Bizga yoshligimizdan kofeni qon bosimi yuqori yuradigan kishilar ichishi mumkin emas, deb uqtirganlar. AQSh va Angliyada o'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra, bir kunda me'yorida ichilgan kofe qon bosimi borlarga ham, sog'lom kishilarga ham salbiy ta'sir ko'rsatmas ekan. Vrach-diyetolog Marina Lushinaning aytishicha, kofe ichilgandan 15-20 daqiqadan so'ng qon bosim bilinar-bilinmas ko'tarilib, bu holat ham tezda o'tib ketar ekan. Qon bosimi past kishilarga kofe ichishni tavsiya qiladilar. Kun davomida ichilgan 1-2 finjon kofening kishi uchun hech qanday ziyoni yo'q. Kuniga 5 finjondan ortiq ichilgan kofe ayollardagi hayz siklini o'zgartirib yuboradi.

Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 24 Iyul 2009, 13:37:47
Bundan tashqari, yuragi tez uradiganlar, oshqozon-ichak kasali bilan aziyat chekuvchilar, asabi bo'sh, behalovat kishilar, uyqusizlikka duchor bo'lganlar kofe ichishda me'yorga e'tibor berganlari ma'qul. Ólar uchun kundalik me'yor 1-2 finjondan oshmasligi kerak.

Òadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kofe ichgandan so'ng kishining diqqati bir joyga jamlanadi, kayfiyati ko'tarilib, bosh og'rig'ining ba'zi turlari tuzaladi. Òarkibida tabiiy kislotalar ko'pligi sababli ovqatni yaxshi hazm qiladi. Kofe peshob haydovchi ham hisoblanadi. Qadimdan sharqda uning shifobaxsh xususiyatini bilib, aqlni charxlaydi, kayfiyatni ko'tarib, ko'zga quvvat bo'ladi deb hisoblaganlar. Ertalab ichilgan kofe uyquni tez tarqatadi. Kishini tetiklashtirib, ishchanlik kayfiyatini baxsh etadi. Òadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, 2 finjon kofedan so'ng matn teruvchining ish tezligi oshib, kam xato o'tkazibdi.

Ba'zi kishilar kofe ichgandan so'ng jahldor bo'lib, asabiy holatga tushadilar. Qon bosimi oshgan, ateroskleroz, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakda yarasi bor bemorlarga, gastrit va oshqozon kislotasi yuqori bo'lgan kasallarga kofeni me'yorida iste'mol qilish tavsiya etiladi.

Kofeni ertalab, ishdan, o'qishdan oldin ichgan ma'qul. Òo'yib ovqatlangandan keyin ham kofe ichish tavsiya qilinadi. Shuni aytish joizki, kofe hech qanday xavfli kasallikka sabab bo'lmaydi!

M. ERGAShEVA tayyorladi.

Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 24 Iyul 2009, 13:39:09
YUZINGIZ SUTDAY BO"LSIN

Qish kunlarining ayozi, sovug'i har qanday yuz terisiga ta'sir qiladi. Ayniqsa, nozik yuz terisi quruqlashadi, quyosh nuriga ta'sirchan bo'ladi.

Quyidagi oziqlantiruvchi muolajalar har xil ta'sirlardan asraydi. Yuz pista yoki zaytun yog'ida ohista artiladi. 2-3 daqiqadan so'ng loson bilan tozalanib, meva sharbati yuzga surtiladi. Har safar har xil meva sharbatidan foydalangan ma'qul. 10-15 daqiqadan so'ng yuz yumshoq (qaynatilgan yoki iste'mol sodasi aralashtirib yumshatilgan) suv bilan yuviladi. Momolarimiz qatiq zardobi, sutdan ham foydalanishgan. Zardobni yuzga tekis surtib, yumshoq suv yoki buloq suvida yuvishgan. Yarim piyola sutga (echki suti bo'lsa yanayam yaxshi) shuncha miqdorda suv qo'shib, paxta bilan qayta-qayta surtishib, iliq suvda yuvib tashlashgan.

Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 24 Iyul 2009, 13:40:13
Moychechak, arg'uvon guli, atirgul, quritilgan yalpiz yaprog'i 1 choyqoshiqdan teng miqdorda olinib, aralashtiriladi. Stakanga solinib, qaynagan suvda tindirib qo'yiladi. 3 soatdan so'ng suzib olingan suvga salfetka botirib, yuzga qo'yib yotiladi. 5 daqiqadan so'ng salfetka olinib, boshqa salfetkada yuz engilgina artiladi. Bu niqobdan bir hafta davomida muntazam foydalanilsa, yuz terisi S, A, RR va boshqa vitaminlar bilan oziqlanadi. Yuz terisi ishqalab emas, sekin artiladi. Ba'zilar bilib-bilmay o'zicha uqalashadi. Bunday holda yuzga barvaqt ajin tushishi mumkin.

Agar yuzingizga moyupa surgan bo'lsangiz, darrov upa qo'yish tavsiya etilmaydi. Yarim soat oldin yuzni artib, keyin upadan foydalangan ma'qul. Singmagan moyupa upa bilan aralashib yuzda har xil dog' paydo qilishi mumkin.

Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 24 Iyul 2009, 13:41:09
NUQTALI DOG'LARNI TOZALASh
Qora nuqtali dog'lar yuz, burun atrofida, iyakda 15-20 yoshlardan boshlab paydo bo'lishi mumkin. Òozalanmasa ular borgan sari ko'payaveradi. Yillar davomida teri teshikchalarida ichdan yog' to'planib, tashqaridan tushgan chang, kir bilan aralashib qora nuqta ko'rinishiga aylanadi.

Nuqtali dog'larni o'zbilarmonlik bilan sitib tashlash mutlaqo noto'g'ri. Dog'lar ko'zga tashlanadigan bo'lsa, albatta, kosmetologga murojaat qilish zarur. Aks holda dog' izi qolib chang, kir to'planib, yana kattaroq nuqtali dog'ga aylanadi. Bunday holatlarning oldini olish uchun kechqurun yotishdan oldin yuzni sovun bilan yuvgan yaxshi. Loson yoki yuz tozalash uchun mo'ljallangan salfetka (sotuvda bor) bilan tozalasa ham bo'ladi. Yuz sovutilgan yumshoq suv bilan yuviladi. Iliq, issiqroq suvda yuvilsa, teri bo'shashib, qora nuqtali dog'lar kattalashadi. Sovun bilan yuvgach, tuzli suvda yuzni chayib, 5-10 daqiqadan so'ng yana sovuq yumshoq suvda yuviladi. Muolaja takror qo'llab turilsa, nuqtali dog'lar kichrayib, asta-sekin o'z-o'zidan yo'qolib ketadi. Òuzli suv yuzingizni achishtirsa, iste'mol sodasi aralashtirilgan suvdan foydalanishingiz mumkin.

Ertalab limon sharbatiga paxtani namlab nuqtali dog'lar artiladi. Ko'zga suv sachrashidan ehtiyot bo'lish kerak. Agar yuzda nuqtali dog'lar ko'p bo'lsa, tuzli suvga yoki aloe bargi sharbatiga paxtani namlab artiladi. Bunday dog'larni ketkazishda xamirturushli niqob ham qo'l keladi. Ozgina xamirturush suyultiriladi. Paxta bilan yuzdagi dog'li joylarga tekkizib chiqiladi. 1-2 daqiqadan keyin yana takrorlanadi. Sovuq yumshoq suvda yuvib tashlanadi. Bu muolaja 1 oy davomida qo'llanilsa, nuqtali dog'lardan asar ham qolmaydi.

Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 24 Iyul 2009, 13:41:42
BARMOQLAR CHIROYI
Qo'l terisi ham nozik bo'ladi. Qishda qo'lqop kiyishga odatlanmagan ayollarning qo'l terisi tez dag'allashadi. Ayniqsa, bahor faslida qo'l terisining shamol, quyosh nuri, issiq, sovuq suvga ta'sirchanligi oshadi. Kechqurun yotishdan oldin qo'llarni tozalab yuvib, oziqlantiruvchi krem surtish kerak. Bunday kremni uy sharoitida o'zingiz tayyorlasangiz ham bo'ladi. 1 choyqoshiq gliserin, 1 choyqoshiq qaynagan suv (iliq holda) va 1 choyqoshiq limon sharbati aralashtirib, qo'lga surtiladi. 2-3 daqiqadan so'ng iliq suvda yuvilib, sochiqda ohista bosib-bosib artiladi. Òerlashga moyil qo'llarga novshadil spirti yaxshi. 1 choyqoshiq novshadil spirti 1 litr qaynagan suvga (iliq holda) aralashtiriladi. Ertalab, kechqurun shu suvga qo'l 1-2 daqiqa botirib turiladi. Qo'l terisi quruqlashsa, 1 choyqoshiq iste'mol sodasi 1 litr suvga aralashtiriladi. (Suv o'rniga moychechak damlamasidan foydalanilsa yanayam yaxshi.) Shu suvga qo'l 10-15 daqiqa solib o'tiriladi. Sochiqda ohista bosib artilgach, oziqlantiruvchi krem surtiladi. Barmoq uchidan boshlab engilgina uqalanadi. Barmoqlarning chiroyli bo'lishi tirnoq ko'rinishi, shakliga bog'liq. Ózun tirnoq uchlari arracha bilan tekislab turiladi. Òirnoqning salgina kemtilgani ham xunuk ko'rinadi. Haddan ziyod uzun o'stirilgan tirnoqlar uy yumushlarini bajarishga xalaqit beradi. O'rtacha oval shaklida olinsa, chiroyli ko'rinadi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 24 Iyul 2009, 13:42:05
OYOQDA

QADOQ BO'LSA

Oyoq qadog'i, tovon yorig'idan ham muntazam muolaja bilan qutilish mumkin. Ayniqsa, terlaydigan oyoqlar alohida parvarish talab etadi. Oyoq terisining qotgan joylarini yumshatish uchun sovun ko'pirtirilgan suvga botiriladi (bu suvga 1 oshqoshiq novshadil spirti yoki iste'mol sodasi solinadi). 20-30 daqiqadan so'ng yumshoq sochiq bilan artiladi. Òovon atrofi pemza bilan ishqab tozalanadi. Oyoqda qadoqlar bo'lsa, bir yuvganda ketkazaman demang: yoriqchalar paydo bo'lishi mumkin. Oyoq tirnoqlari ham barmoq uchiga moslab tekislanadi. Bir tomonga qarata egovlanadi. Oyoq iliq sho'r suvda vanna qilib turilsa (2 litr suvga 1 oshqoshiq osh tuzi solinadi) oyoqdan noxush hid kelmaydi. So'ng pemza bilan engilgina tozalab, oziqlantiruvchi krem surtiladi. Oyoq terlaydigan bo'lsa, yotishdan oldin doim limon sharbati surtib yoting. Barmoq va tirnoqning chiroyli ko'rinishi poyabzalga ham bog'liq. Keng yoki tor poyabzal kiyganda barmoqlar ko'rinishi o'zgarib, tirnoqlar xunuk o'sadi. Chiroyli, loyiq poyabzalda oyoqlar ham chiroyli ko'rinadi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 19 Sentyabr 2009, 09:56:43
SPORTGA TOBINGIZ QALAY?

Xalqimiz "œSog‘lom tanda — sog‘ aql", degan naqlni bekorga aytmagan. Siz qaysi kasb egasi bo‘lmang, salomatlikni asrash uchun, albatta, jismoniy mashqlar, iloji bo‘lsa, sportning qaysidir turi bilan shug‘ullanganingiz ma’qul. Ushbu test sizning kuchli va ojiz jihatlaringizni, jismoniy imkoniyatlaringizni aniqlashda va o‘zingizga mos sport turini tanlashda katta yordam beradi, degan umiddamiz.

1. Sigaret chekasizmi?

a) yo‘q (50 ball)

b) ha, kuniga besh-oltitadan (40 ball)

v) kuniga o‘ntadan ortiq (30 ball).

2. Tez yurib ketayotgan bo‘lsangiz, hansiray boshlaganingizni qachon his etasiz?

a) bir necha qadam tashlagandan so‘ng (10 ball)

b) bir necha yuz metrdan so‘ng (30 ball)

v) bir necha chaqirimdan so‘ng (40 ball).

3. Ikkinchi qavatga ko‘tarilayotib qanday nafas olasiz?

a) bir tekisda (20 ball)

b) nafasim bo‘g‘iladi (10 ball).

4. Jismoniy mashq qilayotganingizda to‘xtashga sizni nima majbur etadi?

a) nafas olishimning qiyinlashishi (20 ball)

b) mushaklarimning charchashi (40 ball).

5. Suv ostida qancha vaqt nafas olmay tura olasiz?

a) o‘ttiz soniya (30 ball)

b) qirq besh soniya (40 ball)

v) bir daqiqadan ortiq (50 ball).

6. Kuchli zo‘riqish va uzoq muddat jismoniy mashqlardan so‘ng hansirashingiz tez pasanda bo‘ladimi?

a) yo‘q (0 ball)

b) gohida tez, gohida anchadan keyin (20 ball)

v) ha (30 ball).

NATIJALAR:

160 dan 230 ballgacha. Sizning nafas yo‘llaringizga havas qilsa arziydi. Sizga basketbol, voleybol, tennis, suzish bilan muntazam shug‘ullanishni maslahat beramiz.

60 dan 150 ballgacha. Zudlik bilan jismoniy mashqlar qilmasangiz bo‘lmaydi. Yaxshisi, har kuni o‘n daqiqadan sakrash mashqlarini bajaring. To‘g‘ri nafas olishga o‘rganing.

50 va undan kam ball. Nafas yo‘llaringizda muammo ko‘p. Sportning biror turi bilan shug‘ullanishni boshlashdan oldin to‘g‘ri nafas olishni o‘rganganingiz ma’qul. Ko‘proq piyoda yurishni maslahat beramiz.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 19 Sentyabr 2009, 09:57:22
MUSHAKLARINGIZ QAY AHVOLDA?

1. Jismoniy mashqlardan so‘ng mushaklaringiz og‘riydimi?

a) ha (20 ball)

b) ba’zan yoki hech qachon (40 ball).

2. Velosiped haydab ketayotib, oyoqlaringiz og‘riydimi?

a) hamisha (20 ball)

b) gohida (30 ball)

v) hech qachon og‘rimaydi (40 ball).

3. Ko‘p qavatli uyning eng yuqori qavatiga piyoda chiqsangiz, oyoqlaringiz og‘riydimi?

a) ba’zida (20 ball)

b) og‘rimaydi (30 ball).

4. Suvda suzsangiz, velosipedda sayr qilsangiz qo‘l, yelkalaringizda og‘riq sezasizmi?

a) tez-tez shunday bo‘lib turadi (20 ball)

b) goho (30 ball)

v) yo‘q (40 ball).

5. Qo‘llaringizni yuqori ko‘targan holda sira qiynalmasdan qandaydir mashqlar bajara olasizmi?

a) ha (30 ball)

b) yo‘q (0 ball).

6. Mushak spazmasiga yo‘liqib turasizmi?

a) ha (10 ball)

b) yo‘q (20 ball).

7. Ko‘chada 3-4 soat sayr qilganingizdan so‘ng tanangizda charchoq sezasizmi?

a) ba’zan (20 ball)

b) ha (0 ball).

8. Jismoniy zo‘riqishdan so‘ng 2-3 soat o‘tgach, belingizda og‘riq sezasizmi?

a) ha (10 ball)

b) ba’zida (20 ball)

v) yo‘q (30 ball).

9. "œTo‘pponcha" mashqini bajarib ko‘ring. Ya’ni bir oyoqda o‘tirib, ikkinchi oyoqni oldinga cho‘zing. Qo‘lingizni ishlatmang. Xo‘sh, bu mashqni qanday ado etdingiz?

a) muvaffaqiyatli chiqdi (40 ball)

b) o‘tirishga o‘tirdim, ammo muvozanatni yo‘qotdim (30 ball)

v) qo‘lni ishga solishga majbur bo‘ldim (20 ball)

g) bajara olmadim (0 ball).

NATIJALAR:

200 dan 270 ballgacha. Mushaklaringiz juda yaxshi holatda. Sportning har qanday turi bilan shug‘ullanishingiz mumkin.

100 dan 190 ballgacha. Mushaklarni rivojlantirishingiz zarur. Buning uchun sizga gantel, shu jumladan, voleybol, basketbol asqotishi mumkin.

90 va undan kam ball. Afsuski, mushaklaringiz juda mo‘rt va siz jismoniy tarbiya bilan jiddiy shug‘ullanishingiz kerak. Gimnastik mashqlarni ko‘proq bajaring. Faqat organizmni zo‘riqtirib qo‘ymang.   

Hordiq plus gazetasidan yozib oldim.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 21:57:49
Banan oshqozon yaralari uchun juda foydalidir. Quvvat beradi. Asablarni yumshatib, qon bosimini kamaytiradi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:06:07
Karam va gulkaram pishirganimizda oshxonada nohush hid bo'lmasligi uchun qozonga bir burda non soling...
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:10:50
Sabzi vujudga, qalbga va hotira kuchiga katta yordam beradi.
Eng asosiysi -rakdan qo'riydi...Xolesterolni tushiradi...
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:16:24
Devorga mih qoqish oson ish emas, ayniqsa devoringiz endigina bo'yalgan, naqshlangan bo'lsa:)
Mihni qoqmasdan oldin sovunga botirib oling, oson qoqasiz:)
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:18:21
Kiyimingiz yoki buyumlaringizga qahva to'kilsa, darrov u yerni suv bilan ho'llab, bir-ikki tomchi glitserin to'king. Biroz kuting keyin yaxshilab ho'l latta bilan arting.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:21:05
Uydagi mebelingiz: stol, stul, shkaflaringiz oq rangda bo'lsa kiri chiqishi oson emas. Siz dog' bo'lgan joyda kartoshkani o'rtasidan bo'lib, surting. Keyin toza latta bilan arting.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:24:23
Bazan oq ko'ylaklarning yoqasidagi dog' osonlik bilan chiqmadi. Yuvishdan oldin ko'ynakning yoqasiga sovun surting va 15 daqiqadan keyin kir moshinasida yuving.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:25:44
Qo'lingizdagi piyoz va sarimsoq hidini yo'qotish uchun qo'lingizga qaynatilgan kartoshka surting.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:27:38
Sabzavotlarni tuzli suvda yuvsangiz tez va sifatli tozalaydi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:28:44
Yangi pishgan yong'oqning dog'ini ketkazish uchun ovuchingizga sirkaga botirilgan paxta surting, keyin mo'l suv bilan yuving.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:31:34
Sosiskalarni pishirayotganingizda yorilib ketmasligi uchun oldindan sovuq sutga botirib oling.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:33:03
Buyumlaringizda metal dog'i (zang) urgan bo'lsa, dog'ni ustiga limon siqib dazmollang.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:34:05
Go'sht mahsulotlarini pishiratotganingizda ustiga oz miqdorda limon siqing, ham tez pishadi ham lazzatli bo'ladi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:35:19
Taomlaringizga ortiqcha tuz solgan bo'lsangiz, qozonga 2-3 dona kartoshka archib soling, ortiqcha tuzini "shimib" oladi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:36:09
Noningiz tezda mog'or bosmasligi uchun non qutingizga oz miqdorda tuz solib qo'ying.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:38:15
Sut qaynatishdan oldin, sutni qaynatadigan qozonni suv bilan chayqab olsangiz, sutingiz tagiga yopishmaydi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:38:56
Zamokli buyumlaringizni kir moshinasiga solishdan oldin zamoklarini yopsangiz tez buzilmaydi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:40:20
Zamogingiz siqilib qolgan bo'lsa,(ochilmay yoki yopilmay) qora qalam bilan zamok izlarini bo'yang.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:47:25
Qaynatilgan tuhumni suvini sovugandan keyin tuvakdagi gullaringizga to'king, juda foydali gullar uchun:)
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:49:00
Bo'yoq sho'tkalari bazan qotib qoladi, yumshatish uchun sirka solib qaynatilgan suvga solib kuting, yumshaydi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:50:41
Apelsinni siqishdan oldin suvoq suvga solin, yarim soatdan keyin yanayam ko'proq apelsin suvi siqib olasiz:)
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:53:43
Baliq pishirgandan keyin tovangizni limon bilan ishqalang hidi tez ketadi...
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:55:54
Piyozni qovurmasdan oldin ustiga oz miqdorda un sepsangiz piyozlar qoraymaydi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 22:57:58
Guruch namlanmasligi, "kapalaklanmasligi" uchun shisha idishda saqlang.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 23:02:20
Limonni foydalari cheksiz-da. Limonni ishlatgandan keyin otmang, Quyoshda quriting. Oshxonangizdagi yog'li kafellarni shunday yaltiratadi-ki:)
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 23:03:38
Limon qurib qolgan bo'lsa, yumshashi uchun qaynoq suvga soling.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 23:05:22
Baliq sotib olar ekansiz, "svejiy" larini bilish uchun baliqning ko'ziga qarang, yaltiroq bo'lsa yangi baliq. Keyin qanotlari ham pushi yoki qizil rangda bo'lishi kerak.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 23:06:30
Muzlatgichingizdagi namni olish uchun latta haltaga tuz solib muzlatgicha qo'ying, yana ham yaxshi muzlatganini ko'rasiz.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 23:08:08
Gazli ichimlikarni gazi ketib qolmasligi uchun muzlatgichga teskari tarafi bilan joylashtiring.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 23:09:02
Pishloq tezda aynimasligi uchun qopqoqli bankada saqlang.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 23:11:42
Murabbo qilayotganingizda tosha boshlagan bo'lsa, tahta qoshiq bilan aralashtiring, tezda so'nadi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 09 Dekabr 2009, 15:25:43
Qo'ziqorin qoraymasligi uchun tozalan yuvib bo'lgandan keyin ustiga oz miqdorda limon siqing.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 09 Dekabr 2009, 15:27:29
Xozir qish- shamollaganlar bo'lsa na'matak, qoqio'tni aralashtirib choy qilib damlab ichsinlar. Tezroq tuzaladilar.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 12 Dekabr 2009, 15:52:34
Qatiqni suvi ustiga chiqib qolmasligi uchun ishlatganingizdan keyin idishini ichidagi qatiqni tekis qilib qo'ying.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Habib 03 Fevral 2010, 16:05:17
Assalomu Alaykum! Juda ko'p foydali maslahatlarni kiribtibsizlar! Barchangizga tashakkur. Bularni ko'chirib oldim. Onamga,singillarimga va ayolimga asqotadi degan umiddaman!
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 18 Fevral 2010, 16:23:18
Ovqat pishirayotganda, umuman issiq narsani aralashtirayotganda mumkin marotaba tahta qoshiq ishlatinglar. Chunki metal moddadan tayyorlangan cho'mich, kapgir, chunga o'hshash oshxona asboblari mahsulotning ichidagi temir moddasini yo'q qilib, qonslizlikka sabab bo'lar ekan. Ovqat tayyorlab bo'lgandan keyin metal moddali buyumlarda suzishingiz mumkin lekin qozonni ichida qolmasin.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 02 Mart 2010, 22:04:18
Xozir qish- shamollaganlar bo'lsa na'matak, qoqio'tni aralashtirib choy qilib damlab ichsinlar. Tezroq tuzaladilar.

Nama'tak bilan qoqio't--otliqqa yug'u.. :P

lekin tomo og'rivotti,biror maslahat bervorinchi,do'xtir opa...

A.alaykum. Alloh shifo bersin:)

Soda (karbonat)ni iliq suvda eritib g'arg'ara qiling.

Agar Zelyonka topa olsangiz vilkaga o'hshash uzun, ingichka narsaga bint bog'lab, zelyonkaga botirib tomog'ingizni atrofini arting. Ayam bizni yig'latib bo'lsa ham shunday qilardilar ::)

Keyin tuzni quruq qozonda (qovurib) isitib, qaynoq holicha sochiqqa o'rab tomog'imizga bog'lardilar...

Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Abdumuhaymin 02 Mart 2010, 22:44:08
eng yaxshisi tomoq og'rishidan oldin oldini olish kerede, muzde narsa o'tmasa tomodan balki ormasa kere, lekin boshqa sabaplariyam yog'amas.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 10 Mart 2010, 22:19:36
Agar sousli makaron tayyorlamoqchi bo'lsangiz (yani makaron alohida pishirib olinadigan bo'lsa) makaron suvda qaynab pishgandan keyin ustidan bir sidra sovuq suv yugirtirib olsangiz makaronlar bir-biriga yopishmaydi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 10 Mart 2010, 22:37:10
Salat tayyorlamoqchi bo'lganingizda sabzavotlarni mumkin qadar oz pichoq tekkizib maydalang, vitaminlar "o'lmasin". Yirik yirik bo'lsa ham petrushka va shunga o'hshash yashilliklarni qo'lingiz bilan maydalang. Pichoqdagi metal vitaminlarni "o'ldiradi".
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 02 Aprel 2010, 12:10:47
Kofedan ko'ra olma uyquni tezda ochadi : ) tajriba gapiryabdi
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: munisaxon 04 Aprel 2010, 17:24:47
Ertalab turgandan kiyin yana uyqiz kelsa.. Olma yeying uyqizni qochiradi..

Uxlamasdan oldin bir stakan muzdek suv ichsangiz Yaxshi uxlaysez.

Qizlar uchun Maslahat:

Agar pardoz qilishga voqtingiz bolmasa.. Faqat labingizni boyeng.. Yuzni ochadi..

Sochlingizni hech qachon boylab yotmang.. Soch tokilishiga sabab bolishi mumkin..

Yuzga Crem sursangiz Kozingizni orqasiga surish esdan chiqmasin.

Tush(mascara), Kozga surilgan qalamni.. crem yoki vazilin bilan osonlikcha ochirilsa boladi.

Husun buzar toshsa.. kartoshkani qirg'ishdan chiqazib yuzin buzurga qoysangiz husun buzur yoqoladi,..

Yuziingiz sog'lom bolsin desangiz, har kuni ertalab va kechasi yuvib yoting.

Ko'k choy kop iching.

Hech qachon birovlarni ziragini taqmen.

Va doim chiroyli bob yuringg////(boshqa maslahatim qomadiii)..
Lekin yotishdan oldin sovuq suv ichish sog`lik uchun ham g`ozallik uchun ham zararku uni yaxshisi erta tongda ichgan ma`qul ana o`shanda ovqat hazm qilish yo`llari tozalanib organizmdan keraksiz moddalar tiqinlar chiqib ketadi, ha yan yaqinda bir kursdoshim sochni yoyib yotish mumkin emas ekan bu diniy kitoblarda yozilgan degan edi unga ko`ra agar soch yoyib yotilsa shayton qandaydir amallar qilar ekan. yuzni oddoiy suvga yuvgandan ko`ra choyni muzlatib uning bo`lakchalari bilan yuvilsa yuz tiniqlashadi va tarang bo`ladi. Har kuni ertalab 2 oshqoshiq zaytun yog`i ichilsa teri mayin va toshmalar chiqmaydigan bo`ladi, yuqoridagi usuldan yunon ayollari foydalanganlar
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: BelleQizcha 04 Aprel 2010, 19:59:13
gapizga qo'shilaman..Munisaxon
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 08 Aprel 2010, 13:28:10
Kartoshkani qaynatib pishirmoqchi bo'lganingizda suvni ichiga oz miqdorda sirka solsangiz, kartoshka ham lazzatli, hamda sariq rangda pishadi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 08 Aprel 2010, 13:29:11
Agar taomingizga keragidan ortiqcha tuz solgan bo'lsangiz, hech hafa bo'lmang, qozonga 1-2 bo'lak xom kartoshka solsangiz, tuzini oladi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 08 Aprel 2010, 13:32:37
Bazan sarimsoq, baliq va piyoz hidlari qo'llarimizga o'rnashib qoladi. Bu hidni yo'qotish uchun kaftimizni ichiga oz miqdorda tuzni yoyamiz, 1-2 tomchi suv bilan namlandirib, yaxshilab tuzni ikki kaftimizni orasida ezamiz. Sovun bilan yuvgandan keyin ko'rasiz-ki hiddan asar qolmabdi...
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 08 Aprel 2010, 13:34:09
Gulkaram juda foydali sabzavot, lekin hidi bazan bizni rohatsiz etadi. Bu hid kelmasligi va gulkaramni rangi oppoq bo'lishi uchun qaynatayotgan suvingizni ichiga oz miqdorda sut soling...
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 08 Aprel 2010, 13:36:15
Karam ham oshxonada bazan o'tkir hid qoldiradi, bu hid bo'lmasligi uchun qozonga nonni yumshoq qismlaridan soling. Ovqatga aralashmasligi uchun esa bez haltachaga solgan holda qozonga joylasangiz, nonni qozondan olishingiz ham oson bo'ladi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 08 Aprel 2010, 13:39:18
Bazan sham uydagi jihozlarni ustiga tomib, jiddiy dog' hosil qiladi. Bu dog'lardan oson qutilishning yo'li esa, bu dog'ning ustiga 2-3 tomchi benzin to'kib, 5 daqiqa kutish va yaxshilab artish...
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 08 Aprel 2010, 13:41:58
Bazan mehmonlarimiz sigaret chekishadi, o'zini bilganlari chekmaydi yoki balkonda chekadi-da lekin mehmon, deb hech narsa ham deya olmaymiz. Hullas xonadan sigaret hidini tezda yo'qotmoqchi bo'lsangiz mum yoqing.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 08 Aprel 2010, 13:44:13
Suv idishlarimizni (grafin) og'zi kichkina bo'lgani uchun ularni yuvish oson emas, agar tagida dog'lar paydo bo'lgan bo'lsa, suvni ichiga bir hovuch tuz va 2-3 qoshiq sirka aralashtirib, suv idishda qoldiring. Keyin yaxshilab chayqang.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 08 Aprel 2010, 13:49:01
Baliq pishirmoqchi bo'lsangiz, tanlashda juda ehtiyot bo'lish kerak. Bazan baliqlar eski bo'lishi va bizga zarar berishi turgan gap.
Buning uchun avvalo baliqning ko'zlariga qarang, baliqning ko'zlari yaltiroq yani hali suvi qochmagan va (nafas olish organi) jabrasi pushti yoki qizil bo'lishi kerak.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: JaviK 08 Aprel 2010, 13:51:26
Yana bir maslahat kapalak opani maslahatiga amal qilib ko`rilar, albatta ;) :D ;D
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: munisaxon 08 Aprel 2010, 23:28:14
Agar taomingizga keragidan ortiqcha tuz solgan bo'lsangiz, hech hafa bo'lmang, qozonga 1-2 bo'lak xom kartoshka solsangiz, tuzini oladi.

Bundan tashqari biroz guruchni agar sho`rva bo`lsa dokaga o`rab, agar quyuq ovqat bo`lsa yuvib solsa ham ovqatning tuzini tortib olish xususiyatiga ega
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: munisaxon 08 Aprel 2010, 23:36:45
Bazan mehmonlarimiz sigaret chekishadi, o'zini bilganlari chekmaydi yoki balkonda chekadi-da lekin mehmon, deb hech narsa ham deya olmaymiz. Hullas xonadan sigaret hidini tezda yo'qotmoqchi bo'lsangiz mum yoqing.
[/q           
Nam sochiq qo`yish bilan ham bu muammoni hal etish mumkin
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 19 Avgust 2010, 00:43:15
Agar sabzavot yoki meva so'libroq qolgan bo'lsa, iste'mol qilishdan oldin sovuq suvga solib kutsangiz, "taranglashadi"
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: AL_laziz87 19 Avgust 2010, 12:17:45
Kapalak opa foydali maslaxatlarizni kitob qilib chiqarishni maslaxat beraman.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 19 Avgust 2010, 13:25:20
Kapalak opa foydali maslaxatlarizni kitob qilib chiqarishni maslaxat beraman.

Rahmat. Siz ham bir foydali maslahat beray, debsiz-da : )

Agar uyingizda chumoli ko'paygan bo'lsa-iniga tuz seping...
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 24 Avgust 2010, 16:10:40
Galstuk taqishni bilmaganlarga:

http://video.google.com/videoplay?docid=3881499853692850125#
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Shoxjahon12 24 Avgust 2010, 17:02:52
Kapalak opa foydali maslaxatlarizni kitob qilib chiqarishni maslaxat beraman.

Rahmat. Siz ham bir foydali maslahat beray, debsiz-da : )

Agar uyingizda chumoli ko'paygan bo'lsa-iniga tuz seping...
Yoki yong'oq daraxtining barglarini gilamlar ostiga qo'ying.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: As-Samarqandiy 24 Avgust 2010, 17:10:04
Bismillohir rohmanir rohiym!

Yaxshilar, mana shu foydali maslahatlarni kitob shakli, yoki yaxlit holatga keltirilgan shakli yo'qmi. Bizga o'xshagan omilarga ja qo'l kelarkanda, shuning uchun saqlab olmoqchi edim. E'tiborlaringiz uchun katta rahmat!
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Ansora 01 Sentyabr 2010, 11:25:41
Muzxonadagi tuxumni qaynatmasdan oldin 10 daqiqa sovuq suvga solib qo'ysangiz yorilmaydi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: AL_laziz87 01 Sentyabr 2010, 11:37:10
Yumshoq pishloqni kesishning oson yo'li -pichoqni xar zamonda issiq suvga botirib oling.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 13 Sentyabr 2010, 17:18:12
Hudo ko'rsatmasin biror joy kuyib qolsa og'riqni bosish uchun kraxmal yoki tuxumni oqini ishlatsa yaxshigina yordam beradi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 13 Sentyabr 2010, 17:26:29
Shokolad va konfetlarni muzlatkichda saqlash mumkin emas, mazasi o'zgaradi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: BelleQizcha 13 Sentyabr 2010, 17:39:08
Haladilnika, bitta kosodami idishgami to'ldirib soda sob qoyilsa haladilnikdagi hid yo'qolib qoladi, kiyin ovqatila svejiy turadi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: JaviK 14 Sentyabr 2010, 09:43:46
Haladilnika, bitta kosodami idishgami to'ldirib soda sob qoyilsa haladilnikdagi hid yo'qolib qoladi, kiyin ovqatila svejiy turadi.

So`dani hidi chiqmaydimi?
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 14 Sentyabr 2010, 17:17:14
Eng yahshi ko'rgan taomlarimizdan bo'lgan chuchvarani ushbu maslahatlarga amal qilib pishirsangiz yanada totli bo'ladi.
1-Chuchvaralar idishda siqilib qolmasligi uchuntanlagan kastrulangiz keng va unchalik ham baland bo'lmasligi lozim.
2-Suv kastrulkaning 4dan 3 qismini egallashi kerak.
3-Suv qaynab chiqishi bilan darrov tuz soling.Undan oldin solish tavsiya qilinmaydi.
4-Chuchvaralar bir biriga yopishib qolmasligi uchun suvga ozgina yog' solib yuborsangiz maqsadga muvoffiq bo'ladi.
5-Chuchvaralar suv ustiga qalqib chiqqanidan so'ng suv qattiq qaynab chuchvaralar ochilib ketmasligi uchun olovni pasaytiring.Va yana 3-5daqiqa qaynating.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 14 Sentyabr 2010, 17:18:16
Go'shtan bulyon qilib, go'shtdagi foydali moddalar saqlanib qolishini hohlasangiz, go'shtni sovuq suvga solib pishirish tavsiya etilmaydi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 14 Sentyabr 2010, 17:21:37
Kir yuvishni boshlashdan oldin suvdagi kir yuvish kukuni (soda) yahshilab eritib ketganligiga e'tibor bering.Bu kiyimlarga kukunning katta  bo'laklari yopishib qolib,undagi ko'k modda kiyimga o'tib qolmasligi uchundir.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 14 Sentyabr 2010, 17:22:37
Oshhona stolidagi klyonka vaqt o'tishi bilan har joyidan  yorilib ketishi mumkin. Bunday bo'lmasligi uchun uni vaqti vaqti bilan uksus va sutli aralashma bilab yuvib tursangiz bo'ladi.

Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 14 Sentyabr 2010, 17:24:04
Oyna yanada yaltirab turishi uchun uni yuvayotgan suvingizga ozgina krahmal qo'shib yuboring.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 14 Sentyabr 2010, 17:24:49
Qishda oynalar terlab yoki muzlab qolmasligi uchun ularni glitserin qo'shilgan suvda yuving.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 14 Sentyabr 2010, 17:25:23
Yaxlab qolgan oynalarni sho'r suv bilan artib chiqish zarur shunda muz tez eriydi. Muz erigandan so'ng quruqlab artib qo'ying.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 14 Sentyabr 2010, 17:26:06
Supurgini ishlatishdan oldin qaynoq sho'r suvga solsangiz u ko'proq hizmat qiladi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 14 Sentyabr 2010, 17:26:47
Zangni perekis vodorodi va ammiakning 10% eritmasi aralashmasi bilan ketkazsa bo'ladi.( Ammiakni ochayotganingizda ehtiyot bo'lib oching)
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 16 Sentyabr 2010, 19:54:21
Linoliumni aslo soda yoki nashatir spirti bilan yuvmang. Eng maqbuli 60 graduss issiqlikdagi suvga ho'jjalik sovunini qo'shib yuving.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 16 Sentyabr 2010, 19:59:22
Shkafdagi nohush hid, shkaf ichiga qog'oz qo'yib, uning ustiga maydalanmagan kofe donachalarini qo'yib qo'ysangiz ketadi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 16 Sentyabr 2010, 20:02:19
Non saqlaydigan idishdan mog'or hidi chiqsa uni uksus shimdirilgan ho'l latta bilan yahshilab artib, chayib tashlang va quriting.Mog'or hidi ketadi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 16 Sentyabr 2010, 20:05:45
Non soladigan idishga non bilan birga bir dona olma solib qo'ysangiz non ko'proq vaqt saqlanadi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 16 Sentyabr 2010, 20:08:48
Yangi kovlab olingan kartoshkalarni archlash biroz qiyin. Lekin uni avval issiq suv so'ngra sovuq suvga solsangiz ishingiz ancha yengillashadi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 16 Sentyabr 2010, 20:10:39
Ishlatilmagan lekin archlab, kesib qo'yilgan piyozni saqlash uchun kesilgan tarafini yog'lab qo'ying.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 16 Sentyabr 2010, 20:15:09
Lapshali sho'rvani rangi tiniq chiqishi uchun, avval lapshani 1 minutga qaynoq suvga solib, chavli bilan suzib oling, keyin sho'rvaga soling.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Abdumuhaymin 16 Sentyabr 2010, 23:02:50
Zangni perekis vodorodi va ammiakning 10% eritmasi aralashmasi bilan ketkazsa bo'ladi.( Ammiakni ochayotganingizda ehtiyot bo'lib oching)

amiakni qayodan topse boladi?
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 17 Sentyabr 2010, 04:49:55
Zangni perekis vodorodi va ammiakning 10% eritmasi aralashmasi bilan ketkazsa bo'ladi.( Ammiakni ochayotganingizda ehtiyot bo'lib oching)

amiakni qayodan topse boladi?

Assalom aleykum. Ammiakning ikkinchi nomi bu oddiy nashatir spirti.  U haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Uni aptekaladan topishingiz mumkin.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: siddiqa 17 Sentyabr 2010, 08:06:49
Sut qaynatilgan idishni qirindisini ketkazish uchun avval 10 daqiqiacha idishni tuz sepib ishqalab qo'ying .
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: UzMuslim 20 Sentyabr 2010, 22:32:15
Eng Foydali Va Eng Sodda Maslahat..
Tuxum Idhishiga Yopishib Qolgan Bo'lsa Uni Olish UChun Idishi Bilan Suvga 2 mniut solib Qo'yilsa Bemaol O'z O'rnidan Chiqar ekan...

(to'risi Mana Shundey Maslahatni Televizorda Beroishganidan Hayron Qoldim)
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 21 Sentyabr 2010, 00:14:58
Bu foydali maslahat dorilar bilan bog'liq. Yani qaysi dorilarni ovqatdan keyin iste'mol qilish kerak:
Vitamin va minerallarni ovqatlangandan so'ng, 30 daqiqa o'tgach iching;
Shamollashga qarshi va tarkibida yo'd moddasi tutgan dorilarni ham ovqatdan keyin iching;
Sulfanilamid ( streptodsid, ftalazol)larni ham ovqatdan so'ng ichsangiz maqulroq.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 24 Sentyabr 2010, 20:39:59
Bodringni marinovka qilganda uning chiroyli yashil rangi o'zgarishi mumkin bunday holat yuz bermasligi uchun marinadlashdan oldin bodringni 2-3 sekund qaynayotgan suvga solib oling.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 24 Sentyabr 2010, 20:44:19
Limon biroz eskiroq bo'lib, suvsizlanib qolgan bo'lsa uni muzdek suvga solib qo'yiing.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 24 Sentyabr 2010, 20:50:01
Muzxonada muzlab qolgan go'shtni suv bilan eritgandan ko'ra havoda asta sekinlik bilan eritgan maqul.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: BelleQizcha 25 Sentyabr 2010, 06:16:10
Muzxonada muzlab qolgan go'shtni suv bilan eritgandan ko'ra havoda asta sekinlik bilan eritgan maqul.

vaqt ko'p oladi opajonim vaqt!
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: _IYMONA_ 25 Sentyabr 2010, 11:32:15
 :as: Чучвараларни оддий сувда смас, бульонда пиширсангиз, мазали булади.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: _IYMONA_ 25 Sentyabr 2010, 11:35:09
Катик организмни зарарли моддалардан схши тозалайди. Таркибида калий, кальяий, фосфор куп булиб, бу сусклар, тиш ва юракка фойда.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: UzMuslim 25 Sentyabr 2010, 20:41:35
Agar Qaynatmoqdhi Bo'lgan Sutingiz Toshib Ketmasligini  istasangiz,Sut Solingan idishingizni chetlariga Sariyog' Surtib Chiqishiz Kereg Ekan.. :7
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: BelleQizcha 26 Sentyabr 2010, 02:51:06
lavlagi haqida maulumotlarni tashavorila iltimos.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 26 Sentyabr 2010, 08:54:00
Hilolaxonni iltimoslariga ko'ra lavlagi bilan bog'liq o'zim bilgan ayrim maslahatlar: Lavlagi A,B,C,B9,PP vitaminlari, yod, kalsiy, magniy minerallariga boy bo'lgani uchun uni ovqat hazm qilishni yahshilash, immunitetni ko'tarish uchun istemol qilish kerak.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 26 Sentyabr 2010, 08:59:35
Lavlagi sokiga albatta suv qo'shib iching. Bunda 1(suv). : 2(lavlagi) nisbatta aralashtiring.  Suv aralashtirilmagan lavlagi soki oshqozonga zarar yetkazishi mumkin.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 26 Sentyabr 2010, 09:03:18
Sok tayyor bo'lgandan so'ng 2 soatga muzlatkich yoki salqin joyda turganidan so'ng istemol qiling. Chunki 2 soat ichida lavlagi sokidagi zararli moddalar chiqib ketadi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: _IYMONA_ 26 Sentyabr 2010, 09:18:46
Lavlagi kamqonlikda eng zo'r dori! Lavlagini ustini archib, bo'laklab qaynatasiz (1,5-2 soat) pishishiga yaqin turshak, novvot solasiz. Pishgan lavlagi qirg'ichdan chiqarib elakdan o'tkaziladi. Sokini har kuni 5-6 marta ichilsa inshaAlloh tezda kamqonlik ketadi. Buni ko'p qilib turamiz.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: BelleQizcha 27 Sentyabr 2010, 01:23:41
Tashakurlar lavlagi sizlardan juda minnador bo'ladi bu gaplaringizni eshitib.. rehmet rehmet

Chehmik haddan oshish moddasidayam Sh harpi bor, lekin bu modani tez-tez istimol qilmasliklarni so'rab qolamiza.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 27 Sentyabr 2010, 03:46:37
Lavlagi bilan bog'liq yana bir ajoyib maslahat esimga tushib qoldi. Bilamizki lavlagi pishishi ko'p vaqt oladigan mahsulotlardan. Uni pishishini tezlashtirish uchun unga  mix qoqib qo'ysangiz bo'ladi.Bu maslahatni adashmasam Zakovat ko'rsatuvida eshitgandim.

Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 27 Sentyabr 2010, 03:47:25
Oyoq kiyimlarga qarashda turli hil oyoq kiyim uchun mo'ljallangan kremlarni kamroq ishlatishni maslahat beraman.Krem ishlatsangiz uni ko'p surtmang chunki bundan so'ng oyoq kiyimda yog'li dog'lar paydo bo'lishi mumkin uni ketkazish esa biroz qiyinroq .Shuning uchun  oyoq kiyimlarni kechqurun nam latta bilan yahshilab artib chiqishga odatlaning.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 27 Sentyabr 2010, 03:48:04
Agar sizda kumushdan bo'lgan idishlarmi yoki uzukingiz  biroz rangini yo'qotib qorayib qolgan bo'lsa uni 10%li nashatir spirtiga solib oling. Qora dog'lardan bir necha daqiqadan so'ng asar ham qolmaydi. Keyin uni sovuq suvda yuvib , yahshilab quritib qo'yish ham esingizdan chiqmasin.

Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 27 Sentyabr 2010, 03:50:31
Pishloqni uncha katta bo'lmagan yopiq idishga solib uning yoniga oq qand bo'lagini solib qo'ying. Ikki hafta o'tsa ham pishloq ta'mi o'zgarmaydi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 27 Sentyabr 2010, 03:52:06
Shim dazmollashga oid ayrim maslahatlar:
- Shimni dazmollashdan aval uni cho'tka yordamida tozalash lozim.
- Agar shimning tizza qismi cho'zilib qolgan bo'lsa, birinchi navbatta shu yerini dazmollang. Shimga nam matoni qo'yib, quriguncha ushlab turing ammo  qo'yib yubormang.
So'ng shimning ichki va tashqi tomonini tekislab, ho'l mato yordamida qattiq bosib dazmol qiling.
- Shimdagi yaltiroq izlarni yo'qotish uchun sirkali suvda ( 1 stakan suvga 1 qoshiq sirka) matoni ho'llab so'ng dazmollang.
- Shimning chizig'i siz hohlagandek chiqishi uchun uning ichki qismiga quruq sovun surting , so'ng odatdagidek dazmol qiling.


Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 29 Sentyabr 2010, 09:49:08
Agar oyoq kiyimingiz ho'l bo'lib qolsa va uni  tezroq qurutish kerak bo'lsa uni ichiga gazeta solib qo'ying. Bunda gazeta o'ziga suvni shimdirvoladi va oyoq kiyim tezroq quriydi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 29 Sentyabr 2010, 09:50:40
Charmdan bo'lgan oyoq kiyimingizga dog' tushgan bo'lsa uni uksus bilan arting. Dog'dan asar ham qolmaydi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 29 Sentyabr 2010, 09:54:51
Ipakdan bo'lgan matodagi dog'larni esa 10% nashatir spirtiga ozroq tuz solib dog' ustiga qo'yib qo'ysangiz, dog' bir zumda ketadi.
P/s: Buni o'zim sinab ko'rganman. Zo'r yordam beradi

Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 29 Sentyabr 2010, 09:56:12
Kabob mayin va takrorlanmas shirin ta'mga ega bo'lsin desangiz uni marinovka qilganingizda limondan foydalaning.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: UzMuslim 29 Sentyabr 2010, 14:44:25
Kitob mutolaa qilganda"¦

1. Hammasini o'qishga shoshilmang. Qancha ko'p tushuna boshlasangiz, shuncha kam yodda saqlashga urinasiz.

Yuzaki o'qimang. Tanaffus qiling va o'ylab oling. Agar kitobda sizga savol berilgan bo'lsa, uni e'tibordan chetda qoldirmang. Tasavvur qiling, kimdir sizga haqiqatda savol bilan murojaat qilyapti. Muammoning yechimini topishga o'zingizni qanchalik chuqur majbur qilsangiz, shunchalik ko'p ehtimollik ila, mavzuni eslab qolasiz va o'zlashtirasiz.

2. Mashq va topshiriqlarni bajaring.

Kitobda berilgan mavzuga oid mashq va topshiriqlarni albatta bajarishga harakat qiling. Yuzaki qaramang. Mashqlarni harakat qilib bajaring, masalan qalam bilan qog'ozda yoki kompyuteringizda kerakli dasturlardan foydalangan holda yozib bajaring. Ko’pgina dalillarga asoslanadigan bo’lsak, o'rganayotgan vaqtingizda jismoniy faollik o'zlashtirish samaradorligini oshiradi.

3. Uyqudan oldin kitob o'qimang. Hech bo'lmaganda, bilim olish maqsadida kitob o'qimang.

O'qigan ma'lumotlaringizni o'zlashtirish, «hazm qilish» jarayoni (ayniqsa uzoq muddatli xotirangizda o'rganganlaringizni saqlash) aynan kitobni yopganingizdan keyin boshlanadi. Demak, siz kitobni o'qiganingizdan keyin miyangizga barcha o'qiganlaringizni qayta ishlash va esda olib qolish uchun vaqt kerak bo’ladi. Bu vaqtda yana yangi informatsiya qo'shsangiz, oldingilarining bir qismi yo'qolishi mumkin.

4. Suv iching, Ko'p suv ichib turing.

Miyangiz suyuqlik muhitida yaxshi ishlaydi. Quruqlashishi (bunday holat hattoki chanqoqni his qilishingizdan oldin ham ro'y berishi mumkin) esda olib qolish funksiyasini pasaytiradi.

5. Ovoz chiqarib o'qing. Balandroq ovozda o'qing.

Nutq faoliyatiga miyangizning alohida boshqa qismi javob beradi. Agar nimanidir tushunishni yoki eslab qolishni xohlasangiz, baland ovozda o'qing. Yanada yaxshisi, uni kimgadur tushuntirishga harakat qiling. Natijada o'zlashtirishingiz tezlashadi, balki o'qishingiz davomida e'tibor bermagan yangi jihatlar sizga namoyon bo'lishi mumkin.

6. Miyangizga quloq soling.

Miya ma'lumotlarga to'lib qolmasin. Agar o'qiyotganingizda xayolingiz boshqa joyga keta boshlasa yoki hozirgina o'qiganingizni eslay olmasangiz, unda dam olish vaqti keldi. Qayta-qayta va ko'proq o'qishingiz bilan ko'p ma'lumotga ega bo'lish orqali siz tez o'zlashtira olmaysiz. Balki, o'zlashtirish jarayoniga zarar yetkazishingiz mumkin.

7. O'qiganlaringizni his qilishga harakat qiling.

Biror bir mavzuni o'qidindizmi? Uni his qiling. Qanday qilib? O'qigan ma'lumotlaringizni jonlantiring. Ularni qandaydir syujet orqali sahnalashtiring. Olgan ma'lumotlaringiz qayerda, qanday asqotishini o'ylang.

8. Me'yorga doim amal qiling.

Doim va barcha narsada me'yorga amal qiling. Hayotingizni yengillashtiring. Hech bir narsaga mukkasidan ketmang. O'rtahollik bu samaradorlik garovi. Chunki siz hech qachon o'sha narsadan zerikib qolmaysiz, ko'nglingiz qolib ketmaydi. Kitob o'qib bo'lib, hordiq chiqaring (yoki dam oling). Bir narsa yodingizdan chiqmasin, ilm olish ham ibodat. Ibodatdan hech qachon ko'nglingiz qolmasin.

Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: UzMuslim 29 Sentyabr 2010, 14:44:57
UYQU-MUHIM FIZIOLOGIK HOLAT.

Uyqu bu inson xayotidagi eng muxim aktiv fiziologik process. Inson umrini uchdan ikki qismini uquda o'tkazadi. Uyqu miyani ma`lum zonalarini boshqaradi. Miyaning talamus, gipotalamus qismlari o'z faoliyatini ko'chaytirganda uyqu keladi va biz uxlaymiz. Katta odamlar o'rtacha 8-9 soat bazilar 10 soatgacha uxlashi kerak. Statistik ma`lumotlarga ko'ra qaysi davlat axolisining o'rtacha uxlash vaqti xech bo'lmaganda 6-7 soat bo'lsa shu davlat iqtisodi yaxshi rivojlangan. Axolining sosiologik axvoli yaxshi xisoblanar ekan. Bunga misol qilib Koreya va Yaponiya davlatlarini olsak umumiy suro`vnomadan shu narsa ma`lum bo'ldi-ki II Jaxon urishidan so'ng axolining uxlash vaqti 6-7 soatni tashkil qilgan. Demak tunda yaxshi dam olgan axoli kunduzi yuqori ko'rsatkichlarga erishar ekan.
        Normal uyquning o'rnini xech narsa bosa olmaydi. Uzoo' uyqusizlik ko'pgina kasalliklarni keltirib chikarishi mumkin. Juda zarar agar uyquni televizor yoki kompyuter oldida o'tirishga almashtirsangiz. Surunkasiga 2-3 sutka davomida kompyuter oldida o'tirib o'tgan odamlar bo'lgan. Bunda organizm charchashi sodir bo'lib miya tuqimalariga oziqa va kislorod yetkazib bera olmagan. Ayrim odamlarda uyqusizlik kasalligi rivojlanib unga turli dorilarni iste`mol kilish, psixik o'zgarishlar, asabiylashish sabab bulishi mumkin.

       Uxlashni o'ziga yarasha gigienik qoidalari bo`lib ularga rioya qilish maqsadga muvofikdir.
       
         1. O'rinda kamroq yotish. Qancha tez uxlab, uyquga to'ygach, tez o'rningizdan tursangiz, olgan xordig'ingiz samaraliroq bo'ladi.
          2. Xar doim bir vaqtda uygonish (dam olish kunlari xam).
         3. Soatni uxlash xonasidan olib ko'yish sizni kechasi bir necha bor soatga karash odatingizni yuqotadi.
        4. Uxlashdan oldin tarkibida bo'lgan kofein, alkogol, tamaki maxsulotlarini iste`mol qilmaslik. Bu maxsulotlar uyqusizlikni keltirib chiqarishga olib keladi.
        5.  Uxlashdan bir necha soat oldin jismoniy mashqlar bajarish.
        6.  Engil taom istemol qilish
        7.  Uxlash xonasida oshiqcha narsalarni bo'lmasligini nazorat qilish.
        8.  Uxlashdan oldin asabiylashmaslik.
        9.   Karavotdan faqat uxlash uchun foydalaning.

    Tarkibida kofein saqlovchi maxsulotlar:
        50g qora shokolad - 31mg
        50g sutli shokolad - 9 mg
        50g kakao - 8 mg
        155g shokoladli sut - 1,25mg
        koka-kola - 46mg
        pepsi-kola - 35mg
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 30 Sentyabr 2010, 23:57:43
Ushbu maslahat hayoli parishon bo'lib, gazdagi choy esidan chiqib  qoladigan qizlarga as qotadi))). Choy esdan chiqib, chovgunda suv qurib ketgan bo'lsa hech havotirlanmasdan 1 qoshiq chayniy soda(korbanat) qoshib suv qaynatvoring o'sha chovgunda. Keyin yaxshilab chaying.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 01 Oktyabr 2010, 00:03:24
Sirka(uksus) eritmasi tayyorlashni bilasizmi? Unda eslab qoling 1 stakat suvga 1 osh qoshiq sirka solib tayyorlaysiz. Ushbu eritma har xil oyna, kiyimdagi dog'larni ketkazish uchun.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: yoqutxon 01 Oktyabr 2010, 00:09:48
Rangli buyumlaringizning rangi doimo yorqin bo'lib turishini hohlasangiz , ularni chayadigan suvga ozgina chayniy soda qo'shib chaying.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: _IYMONA_ 11 Oktyabr 2010, 08:54:30
 :as:
   
Асал кадимдан "снг схши табиб" унвонига сазовор булган. Асал билан нафакат шамоллаш даволанади, балки уни мунтазам истеъмол килганларда юрак, томир касалликлари кам учрайди.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: _IYMONA_ 11 Oktyabr 2010, 08:55:34
картошка буткаси тилла ранг булиши учун унга кайнаган сут ва тухум сариги кушинг.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: _IYMONA_ 11 Oktyabr 2010, 08:57:10
тухумлар кайнаш жараенида ёрилиб кетмаслиги учун суга бир оз туз солинг.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: _IYMONA_ 11 Oktyabr 2010, 09:00:16
балик ковураетганингизда сс‰илиб кетмаслиги учун ковуришдан олдин тузлаб, унга беланг. 10-15 дакика утгач ковуринг.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: _IYMONA_ 11 Oktyabr 2010, 09:01:22
асалари мумини сритиб, кулингизга суртинг. 10 дакикадан сс‰нг иссис‹ сувда ювинг. Кулларингиз майинлашиб, силлик булади.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: _IYMONA_ 11 Oktyabr 2010, 09:02:43
Узум шарбати теридаги модда алмашинувини тезлаштиради ва таранглаштиради. Узум таркибидаги антиоксидант ёш куринишни таъминлайди.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Mutaallim-2010 03 Noyabr 2010, 10:21:19
                                                    :bsm:
Islomi Aqidani o’rgansak,foydalari.

1.Aqidasi zaif mo’min shaytonga beparvolik ila ochiq qo’ldirilgan eshik.Umuman aqidasi juda pas darajadagi mo’min esa,  hech qanday  qurol,yaroqsiz, himoyasiz qolgan mo’min.
           
2.Aqida sozi bir narsani ikkinchisiga mahkam bo'g'lashlikni anglatadi.(Aqida o'ta ishonchli ilimga asoslangan). Demak Allohga qattiq bog'lanishlikni vositasi hamda qattiq bo'glangan ni yechish ham qiyin. Demak Iymon haqida gap ketayapti.Ha albatta Aqida sof bo'lsa,Iymon mukammaligidan darak.

Iymonimni kuchli bolishini istayman degan mo'min,Aqida ilmini o'rgansin.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Aqoid 03 Noyabr 2010, 15:59:24
Sog'lom islomiy aqida bu Ahli sunna val jamoat aqoididir.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Aqoid 03 Noyabr 2010, 16:27:29
Muso(a.s)ning qavmi 71 firqaga bo'lindi, 70 tasi zalolatda qolib halok bo'lgan, faqat bir firqasi qutulgan.
Iyso(a.s)ning qavmi 72 firqaga ayrildi,71tasi zalolatda qolib,halok bo'lgan, faqat 1 firqasi najot topgan.
Hz. Payg'aybarimiz(s.a.v) ning ummati esa 73 firqaga bo'lindi,72 firqa zalolatda qolib,halok bo'lgan. Faqat ahli sunnat val-jamoat mazhabi salomatda qolib,najot topgandir.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Mutaallim-2010 03 Noyabr 2010, 19:16:44
Muso(a.s)ning qavmi 71 firqaga bo'lindi, 70 tasi zalolatda qolib halok bo'lgan, faqat bir firqasi qutulgan.
Iyso(a.s)ning qavmi 72 firqaga ayrildi,71tasi zalolatda qolib,halok bo'lgan, faqat 1 firqasi najot topgan.
Hz. Payg'aybarimiz(s.a.v) ning ummati esa 73 firqaga bo'lindi,72 firqa zalolatda qolib,halok bo'lgan. Faqat ahli sunnat val-jamoat mazhabi salomatda qolib,najot topgandir.

Insha Alloh!
Alloh rozi bo'lsin! Kamchiliglaridan birini to'ldirdingiz
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Aqoid 03 Noyabr 2010, 22:07:51
Muso(a.s)ning qavmi 71 firqaga bo'lindi, 70 tasi zalolatda qolib halok bo'lgan, faqat bir firqasi qutulgan.
Iyso(a.s)ning qavmi 72 firqaga ayrildi,71tasi zalolatda qolib,halok bo'lgan, faqat 1 firqasi najot topgan.
Hz. Payg'aybarimiz(s.a.v) ning ummati esa 73 firqaga bo'lindi,72 firqa zalolatda qolib,halok bo'lgan. Faqat ahli sunnat val-jamoat mazhabi salomatda qolib,najot topgandir.
Buni "Savodul-A'zam" deydilar. Binobarin, ahli sunnat jamoatidan zarracha ayrilgan kishi Islomni egnidan yechgan, ya'ni Islomiyatdan uzoqlashgan bo'ladi.

Avvalo, kishi o'z iymonida shak-shubha qilmagay
Kishi, "Inshaalloh, men mo'minman", demaydi,balki qat'iy "Men haqqan mo'minman-Allohga ishonaman!" deydi. Zero insonlar 3 qismdir:
a)Mo'min
b)Munofiq
c)Kofir
To'rtinchisi yo'q.Binobarin, ishonch-e'tiqod egalari Allohga mo'mindirlar. Iymonsiz,mo'min bo'lmagan kimsa kofir deyilganidek, iymonli kishi ham mo'min deyiladi.
"Haqiqiy mo'minlar faqat Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirib,keyin(hech qanday) shak-shubha qilmagan va molu jonlari bilan Alloh yo'lida kurashgan zotlardir.Ana o'shalar (o'z iymonlarida) sodiq bo'lgan zotlardir".
("Hujurot", 15).
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Mutaallim-2010 03 Noyabr 2010, 22:20:19
Muso(a.s)ning qavmi 71 firqaga bo'lindi, 70 tasi zalolatda qolib halok bo'lgan, faqat bir firqasi qutulgan.
Iyso(a.s)ning qavmi 72 firqaga ayrildi,71tasi zalolatda qolib,halok bo'lgan, faqat 1 firqasi najot topgan.
Hz. Payg'aybarimiz(s.a.v) ning ummati esa 73 firqaga bo'lindi,72 firqa zalolatda qolib,halok bo'lgan. Faqat ahli sunnat val-jamoat mazhabi salomatda qolib,najot topgandir.
Buni "Savodul-A'zam" deydilar. Binobarin, ahli sunnat jamoatidan zarracha ayrilgan kishi Islomni egnidan yechgan, ya'ni Islomiyatdan uzoqlashgan bo'ladi.

Avvalo, kishi o'z iymonida shak-shubha qilmagay
Kishi, "Inshaalloh, men mo'minman", demaydi,balki qat'iy "Men haqqan mo'minman-Allohga ishonaman!" deydi. Zero insonlar 3 qismdir:
a)Mo'min
b)Munofiq
c)Kofir
To'rtinchisi yo'q.Binobarin, ishonch-e'tiqod egalari Allohga mo'mindirlar. Iymonsiz,mo'min bo'lmagan kimsa kofir deyilganidek, iymonli kishi ham mo'min deyiladi.
"Haqiqiy mo'minlar faqat Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirib,keyin(hech qanday) shak-shubha qilmagan va molu jonlari bilan Alloh yo'lida kurashgan zotlardir.Ana o'shalar (o'z iymonlarida) sodiq bo'lgan zotlardir".
("Hujurot", 15).

Va Allohu a'lam.


Va biron narsa haqida «Men albatta ertaga qilguvchiman», deya
ko‘rmang, magar «Insha Alloh — Alloh xohlasa» (deng. Bu so‘zlarni aytishni)
unutib qoldirgan vaqtingizda (yodingizga tushishi bilan): Parvardigoringizni
zikr qiling (ya’ni «Insha Alloh», deng) va: «Shoyad Parvardigorim meni
bundan ham (ya’ni, Ashobul-Kahf voqeasi haqida xabar berishdan ham)
yaqinroq (mening haq payg‘ambar ekanligimga yaxshiroq dalolat qiladigan)
To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilsa», deng!
                                                                                  Kahf surasi  23-24 oyatlar.


In sha Alloh!
Agar hohlasa Alloh!
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Muxsiya 12 Dekabr 2011, 15:18:32
Duxovkada qilingan nonlar odatda yaxshi ko'tarilmaydi va qattiqroq bo'ladg. Buning oldini olish ya'ni yumshoq non pishirish siri nimada
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Humayro 12 Dekabr 2011, 15:35:27
Avvalo xamirni bo'shroq o'ling, xamirni zuvolagandan so'ng ko'proq vaqt tin bering va duxovkani yaxshi qizdirib so'ngra noni qo'ying.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: ibnUyayna 12 Dekabr 2011, 22:55:00
Duxovkada qilingan nonlar odatda yaxshi ko'tarilmaydi va qattiqroq bo'ladg. Buning oldini olish ya'ni yumshoq non pishirish siri nimada
 
  hamir qivotganda unga azgina saryog`mi,slivichniymi yoki margarin va yana ozgina shakar qoshin.Keyin duxofkani azgina yog`len.
 
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Lu`lu` 13 Dekabr 2011, 06:01:51
Duxovkada qilingan nonlar odatda yaxshi ko'tarilmaydi va qattiqroq bo'ladg. Buning oldini olish ya'ni yumshoq non pishirish siri nimada
Хумайрахоним айтганларидек, хамирга купрок тин берилади,кейин схшилаб муштланади ва тиндирилади, ошгач сна муштланади. 3-4 марта шуни килиб, кейин духовкани тепарок кисмида уртача оловда пиширилади. Лиширишда устига Усйна айтганидек, ёг суртинг. Лишгач сса нон устига сочик ёпинг.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: Muxsiya 14 Dekabr 2011, 11:42:30
Vaqtingizni ayamay javob berganingiz uchun rahmat. Yana bir savolim xamir qorishdan avval drojni suvga ivitib qo'yib keyin xamirga qo'shgan ma'qulmi yoki xamir qorayotganda birato'la solishmi.
Nom: Re: Foydali maslahatlar
Yuborildi: ibnUyayna 14 Dekabr 2011, 12:46:52
Vaqtingizni ayamay javob berganingiz uchun rahmat. Yana bir savolim xamir qorishdan avval drojni suvga ivitib qo'yib keyin xamirga qo'shgan ma'qulmi yoki xamir qorayotganda birato'la solishmi.

 drojni suvga(suv iliq bolsin,issiq bolsa kuyib ketadi) ivitib qo`yib keyin hamiri suv(sut)iga qo`shgan yaxshiroq.