forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Bolalar tibbiy tarbiyasi => Mavzu boshlandi: Ansora 07 Mart 2011, 14:14:20

Nom: Chaqalog'ingiz qulog'i yaxshi eshitadimi? Tekshirib ko'ring.
Yuborildi: Ansora 07 Mart 2011, 14:14:20
Bola:

Tug'ilganidan boshlab 3 oygacha

- To'satdan paydo bo'lgan tovushdan cho'chiydi yoki ko'zini pirpiratadi;
- Gapirayotganingizda yig'lashni to'xtatadi;
- Gapirishni boshlasangiz emishni to'xtatib qo'yadi;
- Sizning ovozingizni taniydi;
- Tovushdan uyg'onib ketadi.

3-6 oyda

- Sizning ovozingizga boshini o'giradi;
- Ovozingizni taniydi va unga reaksiya qiladi;
- U bilan muloqot qilganda kuladi;
- Gapirganingizda o'zicha javob beradi;
- Qo'shiqqa tinchlanadi.
Nom: Re: Chaqalog'ingiz qulog'i yaxshi eshitadimi? Tekshirib ko'ring.
Yuborildi: Ansora 07 Mart 2011, 14:14:42
6-9 oyda

- Yangi tovushni qidirib boshini o'giradi;
- Ko'p tovushlar chiqaradi;
- Talablarini tovushlar bilan izohlaydi.

9-12 oyda

- Ismidan orqasidan turib chaqirsangiz o'giriladi;
- Gapirayotgan odamga qaraydi;
- Siz qilayotgan tovushlarni qaytaradi;
- Suhbat davomida e'tiborli bo'lib o'tiradi.
Nom: Re: Chaqalog'ingiz qulog'i yaxshi eshitadimi? Tekshirib ko'ring.
Yuborildi: Ansora 07 Mart 2011, 14:14:53
12-18 oyda

- "Yo'q" so'ziga qarshilik ko'rsatadi;
- "Ada", "Opa" so'zlarini aytadi;
- Tanish narsalarga nom berib aytsangiz, o'sha narsaga qaraydi;
- "Koptokni tashla" degan talabingizni bajara oladi;
- "Xayr qil" desangiz, qo'li bilan bajaradi.

18-24 oyda

- 10 ga yaqin so'z ayta oladi;
- Sizning gapingizni qaytaradi;
- Ko'rsatishdan ko'ra talabini so'zlar bilan izohlaydi;
- Sizning talabingizni og'zingizga qarab turgan holda emas, balki yuzingizni ko'rmasdan ham tushunib bajara oladi (agar gapirayoganingizda bolangiz har doim og'zingizga termilib turishini payqasangiz mutaxassisga qaratib ko'ring)

Bola eshitish qobiliyatidagi kamchiliklarni vaqtida oldini olish lozim.