forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Muslim_4101 14 Mart 2011, 15:53:04

Nom: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Muslim_4101 14 Mart 2011, 15:53:04
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar. Sizlarni kirib kelayotgan Navruz bayrami bilan barchangizni muborakbot etaman. Aziz birodarlar har qanday holatda ham yon atrofingizdagi insonlarni qilgan hatolarni chin qalbdan kechira olasizmi? Aziz forumdoshlar balki bunday mavzu forum bo'limlarida bordur oldindan uzr so'rayman. Olindan sizlarga Rahmat   
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: muxlisa 14 Mart 2011, 21:00:18
 :as:

Manga nisbatan hali xech kim kechirib bo'maydigan xato qilmagan... faqat kechirib bo'ladiganini qilishgan:)

 kechirib bo'maydigan xato qanday bo'ladi o'zi?
Buyuk Robbimiz bizni qanchadan qancha xatolarimizni kechirib tursayu, biz ojiz bir xatokor inson bo'laturib boshqalarni xatolarinini kechiromasak..
bilmadim, xafa bo'lurib-xafa bo'lurib oxiri xafa bo'lmaydigan odamga aylanarkan odam...
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Aqoid 14 Mart 2011, 22:10:18
Alloh buyukdir,biz ojiz bandalarmiz, kechira olish judayam katta ish. Shu katta ishni eplay olish undan ham katta ish. Menga ham juda jiddiy tuhmat qilishgan, hozirgacha kechira olmayman,garchi kechirim so'rashmagan bo'lsa ham.
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Anorushka 14 Mart 2011, 22:34:45
Agar qilingan xato uchun chin qalbdan pushaymon bo'lishganini bildirishsa, va men bunga ishonsam, kechira olaman deb o'ylayman. albatta provided that bu xato juda katta yo'qotishlarga sabab bo'lmagan bolsa. Aks holda, kechirish uchun vaqt kerak...
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: As-Samarqandiy 15 Mart 2011, 04:24:08
 :bsm:

Eng muhimi gap kishining kechira olishida emas, balki kechirim surash olishidadir. Kishi kechirim surashni bilish kerak. Avval biz kechirim surashni urganaylik, kechirim surayotgan kishingizning kechirish yoki kechirmasligini Allahga quyib bering, uning kechirmagani hech narsa emas, u ham siz kabidir. Ammo siz kechirim surang, siz bilan men bilmaymiz, kim haqu kim nohaq, tavakkal qiling, sizni hafa qilgan bulsa ham kechirim surang, kishining kechirim surashi aybdor ekan degani emas.

PS: Bu mening shaxshiy fikrm. Ushbu mulohazamni bugungu kun mulohazalari mavzusiga yozmoqchi edim, qarasam yangi mavzu ochilibdi, shu yerga yoza qoldim.
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Aqoid 15 Mart 2011, 06:25:58
Assalamu alaykum! Taqsir, birov sizga tuhmat qilib tursa, siz undan kechirim so'ravorsez,garchi u nohaq bo'lsa ham, yo'q aybni bo'ynizga olgan bo'p qolasizku. Sizning fikrlaringiz qaysidur o'rinlarda to'g'ri.
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Ansora 15 Mart 2011, 14:38:53
 :as:

Kechira olmaydigan birovlar bor, ulardan mahshar kunida, Allohni huzurida haqqimni olaman inshalloh...
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: muslima_sodiq 15 Mart 2011, 17:49:02
  :as:
ba'zida kichkinagina xato qilib qo'yib keyin insonlardan kechrim so'raseyiz "nega kechirim so'raysiz axir kechirimga loyiq ish qilmadizku! " deyishadi. ammo o'sha kichkina xatolarga e'tibor bermasak ertaga katta xatolarga munosabatlarimiz qandey bo'larkin?

lekin bizlarga shunday qilishsachi? o'shanda kechirarmidik?
shunday paytlarda beixtiyor Allohning marhamatli rahmati keng ekanligi, u kechiruvchilani yaxshi ko'rishligi ko'z oldimga keladi. Rasululloh s.a.v. ning hayotlarini o'qiganim sari u kishining "rohmatullil a'lamiyn"liklariga yana bir bor hayratda qolaman...  shunda inson o'z holati bilan U kishining holatlarini taqqoslasa, inshaAlloh kerakli javob topadi. yo kechiradi yoki ...

Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Mufazzala 15 Mart 2011, 18:00:26
 :as:

Kechira olaman! Kim bo'libmanki kechira olmasam, lekin....
yana qayta hafa qilishsa bitgan yaram qayta tirnaladi xolos.
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Muslim_4101 15 Mart 2011, 20:07:12
Assalomu alaykum. Aziz birodarlar sizlarni har bitta qoldirgan fikrlaringizni sinchiklab o'rganib, o'zimga tegishli xulosalar qildim. Alloh sizlardan rozi bo'lsin aziz forumdoshlar. Agar qarshi bo'lmasangiz shu mavzu davom etsa menga o'xshagan odamlar qancha deysiz? o'zlariga to'g'ri xulosalar qilishgan bo'lardi
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: AbdurRohman 16 Mart 2011, 12:31:13
 :as:

Kechirimli bo'lish insonning juda go'zal fazilatlaridan biridir. Kechirimli bo'lish bilan bir qatorda, kechirim so'rashni ham bilish kerak ekan. Kechirim so'rash ham turli xil bo'larkan. Masalan "uzr" deganda odatda til uchida kechirim so'raladi, "kechirasiz" deganda esa ba'zida kesatiq ba'zida esa chin yurakdan so'raladi. "Kechiring" deganda esa ko'p hollarda chin yurakdan so'raladi. Bu so'z aytolmaganlar esa yuqoridagi ikki so'zni ishlatarkan.

Shaxsan man "kechiring" deb aytishga odatlanganman. Bu so'zni aytishda qiynalmas ekanim. Mandan kechirim so'rashganda ham so'rashmaganda ham kechirib yuboraman. Ba'zida juda qattiq xafa qilishgan bo'lsa, kechirim so'rashini kutaman va kechirishga tayyor turaman. Manimcha o'sha ko'ngilsiz voqealarni imkon boricha unutib yuborish kerak.

Shunday ekan, aziz birodarlar, qadrdon forumdoshlar! Sizlarga maslahatim,
Kechirimli bo'ling, Allohga xush keladi.
Bo'lib o'tgan ko'ngilsiz voqealarni unuting yuragizga og'ir yuk bo'lmaydi.
Qilgan aybiz uchun chin yurakdan pushaymon bo'lib kechirim so'rang, yengil tortasiz, InshaAllah!
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: ibnUyayna 17 Mart 2011, 17:14:06
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar. Sizlarni kirib kelayotgan Navruz bayrami bilan barchangizni muborakbot etaman.
(Ааврсз айёми муносабати билан) - Шу жойини учириб ташланг, илтимос.
 Булиб ҳам бу мажусийларни байрами булса.

Узи шундоғам тазийқ, босим ва зулм остида куп солиҳ амалларни қила олмаспмиз. Ҳеч бумаганда, бизга гап тегмийдиган, фитна чиқмийдиган мавзуларда, бунақа ҳурофотларга амал қилмайлик.
Узимизни, сқинларимизни аста секинлик билан, ҳикмат ва ширин суз билан туғри йулга чақирайллик.
 (iydbek,arbuz)
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Hadija 18 Mart 2011, 16:36:16
Muslim-4101: Avvalo kechirim so'rashning o'zi bir jasorat bo'lsa kechira olishlik undan ham katta jasorat odamiylikning bir qiyofasidir... Boya aytganimdek, Mavjudotu mahluqotni yaratgan Alloh shirkdan boshqasini kechirganda biz bandalar kim bo'libmiz...
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: siddiqa 27 Aprel 2011, 00:13:01
 :as:
Barbir bandalik qilib ichimda kek qolib ketar holatlar bo'lsa ham ,qiyomatga qolgani yomonda shunchun kechirvorovramiz .alhamdulillah. :) :)

Shuncha kamchililarimizni Sattor Alloh bekityaptiyu biz bir kichkina insoncha bo'lsak ,Allohi rahmatini eslab ,o'zimizni foydamizniyam o'ylab kechirishga qattiq harakat qilamiz .
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Best friend 27 Aprel 2011, 09:30:07
 Assalomu alaykum. Agar bilmay qilgan bo'lsa va afsuslansa, Qasddan qilib so'ng qalbidan pushaymon yesa va har qanday holatda ham bo'lgan ishdan qattiq afsusda bo'lsa, kechirish kerak menimcha.  Inson kechirimli bo'lishi lozim. Kechirim so'rashining yoki so'ramasligining ahamiyati yo'q. Kimning qalbida adovat bo'lsa, undan yahshilik chiqishi qiyin. Adovat o'rnashgan qalb qora bo'ladi ammo, u inson bo'lgan voqeadan afsuslanmasa va aziyat yetkazishda davom etsa, aziyat yetkazgani uchun emas, mo'minlikka xos ish qilmagani uchun yomon ko'rish kerak, Alloh unday kimsalarni yomon ko'rgani uchun yomon ko'rish kerak... Hullas yomon ko'rish kerak bo'lsa, Alloh uchun yomon ko'rish kerak, zero bu mo'minlikka xosdir.

 Kimdir xato qilib, so'ng birodaridan kechirim so'rasa, birodari kechirmay xato qiladi, biroq xato qilishdan pok Robbimiz esa tavba qilsak albatta kechiradi.
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Музаффар 27 Aprel 2011, 09:54:35
тсғрисини айтсам, бировга нисбатан гина сақлаш, ғараз тутишни хохламайман, лекин баъзи бир оқеалар ва одамлардан ортиқча ранжиганман, хеч қачон кечиролмасам керак деб сйлайман. Барибир кснгилни снг чуқур жойида сша одамга нисбатан нохушлик сақланиб қоларкан.
Айтишадики, агар банда чин дилдан истиғфор айтиб, тангрида ёлвориб ссраса, худо уни албатта кечиради. Чунки ожиз, гунохкор бандани кечирмаслик унинг шаъни азмига тсғри келмайди. Лекин одам одамни кечириши қийин масала, айниқса қиёмат қоим бслган пайтда, хисоб бериладиган махалда савоби етишмай турганлар бировлардаги аламлари ва счларини сслаб қолиб сшалар свазига савоб талаб қилиб қолишлари хам мумкин скан...
шунинг учун хар қандай холатда хам одамни кснглини оғритиш, зарар етказишдан тийилиш, аввало хамма нарсанинг хисоби бир куни албатта берилишини фикр қилиш керак.
Ақоид биродаримизни бир имзолари бор:
Хар кима хар хил ёзар бу арш мирзоси сана,
 айланур оина бу хеч бири иш қолмас пана....
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Best friend 27 Aprel 2011, 12:15:44
тсғрисини айтсам, бировга нисбатан гина сақлаш, ғараз тутишни хохламайман, лекин баъзи бир оқеалар ва одамлардан ортиқча ранжиганман, хеч қачон кечиролмасам керак деб сйлайман. Барибир кснгилни снг чуқур жойида сша одамга нисбатан нохушлик сақланиб қоларкан.
Айтишадики, агар банда чин дилдан истиғфор айтиб, тангрида ёлвориб ссраса, худо уни албатта кечиради. Чунки ожиз, гунохкор бандани кечирмаслик унинг шаъни азмига тсғри келмайди. Лекин одам одамни кечириши қийин масала, айниқса қиёмат қоим бслган пайтда, хисоб бериладиган махалда савоби етишмай турганлар бировлардаги аламлари ва счларини сслаб қолиб сшалар свазига савоб талаб қилиб қолишлари хам мумкин скан...
шунинг учун хар қандай холатда хам одамни кснглини оғритиш, зарар етказишдан тийилиш, аввало хамма нарсанинг хисоби бир куни албатта берилишини фикр қилиш керак.
Ақоид биродаримизни бир имзолари бор:
Хар кима хар хил ёзар бу арш мирзоси сана,
 айланур оина бу хеч бири иш қолмас пана....
Gapingizda jon bor, kechirish qiyin ammo, o'tgan ishdan pushaymon bo'lgan kishini qanday qilib kechirmaslik mumkin. Kim kechirsa, shu og'ir ishni qilgani uchun ham ajr oladi inshaaloh. Bu gapim bilan hammani yahshi ko'rish kerak demoqchi emasman, shunchaki Alloh kifoya qilsin deb qo'yish kerak. Agar u hafa qilishda davom etsa, u bilan kurashish kerak.
 Bu mening shaxsiy fikrim albatta, balki fikrim qaysidir o'rinda noto'g'ridir.
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Nurdinboy 27 Aprel 2011, 17:08:10
Gina saqlash odatim yo'q. O'zim ginachilarni juda yomon ko'raman. Lekin chegaradan ortgan xatoni kechirish qiyinroq... 
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Muslim_4101 25 May 2011, 06:34:53
Assalomu alaykum. Shunday go'zal fikrlaringiz uchun katta Rahmat Alloh sizlardan rozi bo'lsin
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: As-Samarqandiy 25 May 2011, 16:56:23
 :bsm3:

Bugun bu yerdagi postlarni uqib, kechirmaslikka haqimiz bormikin deb uylab qoldim va uzimga savol qilib berdim. Shu ondan boshlab shu savolga javob izlab, kitob varaqlab qayerdan bu haqda ma'lumot topsam ekan deb, forum.islom.uzga kirdim, mana shu yerdan topsam ajab emas degan xolis niyatda. Oxirgi post qilingan mavzularni kurib, Bu - Rasululloh s.a.v degan mavzuga kirdim. Buni qarangki, ochgan sahifamda

199. Kechirimli bo'l, yaxshilikka buyur va johillardan yuz o'gir. (A'rof surasi)

deb yozib quyibdi. Demak biz kechirimli bulishga buyurilganmiz, kechirmaslikka emas.
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Ansora 25 May 2011, 17:17:06
Alloh Taoloni kechirmaydigan gunohlaridan biri "Qul haqqi", deb bilaman.
Shunday ekan, qul haqqi yeyishdan ehtiyot bo'laylik, azizlar...
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: ibnUyayna 25 May 2011, 23:30:44

  shart kechirvorish kere yuradimi ichiga yutib
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Munavvara 09 Iyun 2011, 12:11:40
Aziz birodarlar har qanday holatda ham yon atrofingizdagi insonlarni qilgan hatolarni chin qalbdan kechira olasizmi?   

Assalomu alaykum!
Inson qalbi bir oynaga o'xshidi, bu oyna kimningdur qilgan xatosi bilan sinsa uni yana bus-butun qilib bo'lmaydi.
Bir ilmli yaxshi opam bilan bir kun talashib qoldik ular mani hecham tushunmadila, ularni gaplarini eshitishniyam hohlamadim balki ayb mandanam o'tgandur  keyin umuman ular bilan gaplashmiy qo'ydim. Oradan ancha oylar o'tgandan keyin xat yozib iltimos qilib kechirim so'rabdila, manga yuk bo'ladila qoyomatda hali deb yozibdila  bo'ldi opa kechirdim deganim bilan yo'q siz kechirganiz bilan baribir avvalgidek gaplashishiz kerak sizzi qalbizda bir g'ashlik bor avvalgidek opa-singil bo'lib qolilik dedila boshida bu gapdan ensam qotti lekin o'ylab ko'rdim balki o'zimdan ham ayb o'tgandur ular ham ojiz banda o'ylamay gapirib yuborganlarda deb avalgidek gaplashib kettik. Hozir o'sha opamlar bilan ancha yaqinmiz tushunmasliklari hali ham qolmagan lekin ulardan hafa bo'lmayabman :)
 O'zi gunohlarimiz tog'day yana birovni kechirmasdan unga yuk qilib nima foyda topamiz axir o'sha inson ham birodarimizku nima bo'lsa ham birodaringizni  kechiring...
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Muslim_4101 11 Iyun 2011, 07:57:43
Aziz birodarlar har qanday holatda ham yon atrofingizdagi insonlarni qilgan hatolarni chin qalbdan kechira olasizmi?   
O'zi gunohlarimiz tog'day yana birovni kechirmasdan unga yuk qilib nima foyda topamiz axir o'sha inson ham birodarimizku nima bo'lsa ham birodaringizni  kechiring...
Valaykum assalom.
Men-ku chin qalbdan kechirib bo'ldim lekin men bilib bilmay ranjitib qo'ygan ko'ngilar meni kechirarmikan?! Shunga judayam qattiq qiynalyapman. Umid qilaman hammasi yaxshi bo'ladi InshaAlloh
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Muhammad Yusuf 02 Iyul 2011, 13:11:21
shaxsiy lekin , samimiy fikrim :

Biz kechirsak , bizlarni ham boshqalar kechiradi. Insholloh.

Ba'zida kimdir shunchalik dilozorlik qiladiki, uning qilgan ishi yoki gapirgan gapi butun umr esingizdan chiqmaydi. Lekin, nima bo'lganda ham yaxshi gumon ila shunday insonlarni ham kechirish kerak.

Barcha mo'min musulmonlar Rasulullohni yaxshi ko'ramiz. Yaxshi ko'rgan insonimizga har tomonlama o'xshashga, ularni hursand qiladigan ishlarni qilishga harakat qilsak , Insholloh, Rasululloh ham bizlarni yaxshi ko'radilar. . . . . .
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: siddiqa 02 Iyul 2011, 13:26:06
Aziz birodarlar har qanday holatda ham yon atrofingizdagi insonlarni qilgan hatolarni chin qalbdan kechira olasizmi?   

Assalomu alaykum!
Inson qalbi bir oynaga o'xshidi, bu oyna kimningdur qilgan xatosi bilan sinsa uni yana bus-butun qilib bo'lmaydi.
Bir ilmli yaxshi opam bilan bir kun talashib qoldik ular mani hecham tushunmadila, ularni gaplarini eshitishniyam hohlamadim balki ayb mandanam o'tgandur  keyin umuman ular bilan gaplashmiy qo'ydim. Oradan ancha oylar o'tgandan keyin xat yozib iltimos qilib kechirim so'rabdila, manga yuk bo'ladila qoyomatda hali deb yozibdila  bo'ldi opa kechirdim deganim bilan yo'q siz kechirganiz bilan baribir avvalgidek gaplashishiz kerak sizzi qalbizda bir g'ashlik bor avvalgidek opa-singil bo'lib qolilik dedila boshida bu gapdan ensam qotti lekin o'ylab ko'rdim balki o'zimdan ham ayb o'tgandur ular ham ojiz banda o'ylamay gapirib yuborganlarda deb avalgidek gaplashib kettik. Hozir o'sha opamlar bilan ancha yaqinmiz tushunmasliklari hali ham qolmagan lekin ulardan hafa bo'lmayabman :)
 O'zi gunohlarimiz tog'day yana birovni kechirmasdan unga yuk qilib nima foyda topamiz axir o'sha inson ham birodarimizku nima bo'lsa ham birodaringizni  kechiring...
menda ham shunga o'hshash holat bo'lgan.u opani kechirdim lekin gaplashishni hohlamayman 200 foiz. Chunki tildan tekkan o'qlarga boshqa toqat yo'q. Aytishadiku "davatingiz tasiri uchun,hulqingizni to'g'irlab oling."
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: birborekan 02 Iyul 2011, 20:35:31
Kim kimni qanday xafa qilganini o'zi va Alloh biladi, yaxshiyam ohirat kuni, so'roq savol kuni bor, bo'lmasa hech e'tibor bermagan bo'larmidik bu rizolikka.
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Muhammad Yusuf 02 Iyul 2011, 20:54:57
yomon ko'rganlarimizni faqat Olloh uchun yomon ko'raylik, yaxshi ko'rganlarimizni Olloh uchun yaxshi ko'raylik. Olloh yaxshi bandalarini yaxshi ko'radi. Yaxshi bandalarini ham Olloh uchun kechiraylik.


Shu o'rinda bir hadis qudsiy :

Insonlar bilganlariga amal qilmaydilaru. Bilmaganlarini so'raydilar.

,,Qiriq hadis qudsiy''
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Best friend 02 Oktyabr 2011, 12:58:41
"Sizlardan fazl va keng-katta mol-davlat egalari
qarindoshlarga, miskinlarga va muhojirlarga Alloh
yo‘lida infoq-ehson qilmaslikka qasam ichmasin,
balki ularni afv qilib, kechirsinlar! Alloh sizlarni
mag‘firat qilishini istamaysizlarmi?!
Alloh
mag‘firatli, mehribondir." (Nur surasi, 22 oyat)
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: bir_qizcha 02 Oktyabr 2011, 20:28:33
Nafrat-Shaytonning mulki! deganakan Omon Muhtor.Ba'zida kechirish juda qiyin bo'larkan lekin..
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Maysara 02 Oktyabr 2011, 23:23:28
Savol: Sizni hafa qilgan odamlar kechirim so'ramay yuraverishsachi? Ayniqsa ular yoshi katta odamlar bo'lsa, va yana aybini tan olmaydigan bo'lsa, hech nima bo'lmaganday yuraveramizmi? Bunday holatda inson nima qilgani ma'qul?
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Abdumuhaymin 02 Oktyabr 2011, 23:48:07
kechirim so'rashga arziydigan odamdan kutsez arziydi, arzimagan odamdan  kutib siqilmagan maqul.
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Usmon 07 Oktyabr 2011, 18:02:18
man umuman kechiromiyman, tovuq go'shtini ketchupga qo'shib yeganlani
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: BelleQizcha 07 Oktyabr 2011, 18:03:18
man esa, sevetni yoqib uxliydiganlarni kechirolmiman,.. isrop-kuuu
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: muxlisa 08 Oktyabr 2011, 14:38:59
Savol: Sizni hafa qilgan odamlar kechirim so'ramay yuraverishsachi? Ayniqsa ular yoshi katta odamlar bo'lsa, va yana aybini tan olmaydigan bo'lsa, hech nima bo'lmaganday yuraveramizmi? Bunday holatda inson nima qilgani ma'qul?

Aybini tan olmaydigan odam yo'q deb bilaman.  Inson borki, vaqti kelib har qandoq aybini qalb tubida bo'lsayam tan oladi.
Adolatsiz odamdan haqiqat, adolat, insofni kutish qanchalik befoyda bo'lsa, kechirim so'rashni bimaydigan yoki istamaydigan insonlardan nimanidir kutish shunchalik ma'nisizlik. Bunaqa odamlar bilan ularni haqqini rioya qilarlik darajada muomala qilgan yaxshiromi, bilmadim...

Lekin yoshi kotta odamlarni kichiklardan kechirim so'rashi  g'alati bo'lsa kerak. Agar ular ota-ona bo'lsa, ayniqsa, sabrli bo'lishimiz kere... o'zi savoliz uncha to'liq, aniq berilmagan ekan...
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Sitora Sayfullayeva 18 Oktyabr 2011, 22:45:33
Har qanday qilingan yomonlikni kechira olmayman
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Usmon 18 Oktyabr 2011, 23:15:59
vey Sitoraxon, man shu Sevolmasam she'riy to'plamidan boshqayodayam she'riymas post qoldirganizi ko'rib, ko'zimdan yosh chiqib ketiy didi... :-)
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Yaratganga shukr 19 Oktyabr 2011, 00:46:53
voyboyyyy bup ketdiyu buyog'eeee a endi kechira qolin... bir- birizni....
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: NANO 19 Oktyabr 2011, 07:21:57
Kechirish kerakmi asli!

Hadeb kechiraversangiz oxiri voy...  :1

Hech kimni hech qachon kechirmayman...
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: siddiqa 19 Oktyabr 2011, 15:25:32
 Nano oldindan hech ham kotta gapirmang. Payti kelib kechirim so'ramiman deganlar ham so'rashadi.
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: NANO 19 Oktyabr 2011, 16:52:32
Nano oldindan hech ham kotta gapirmang. Payti kelib kechirim so'ramiman deganlar ham so'rashadi.

Oldindan beshorat qilagnim yo'q kimni oldida javob berishimni bilaman baribir ularni kechirmayman... IMXO!

P.S Odamla yengi nikda....
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: As-Samarqandiy 06 Dekabr 2011, 19:00:42
Savol: Sizni hafa qilgan odamlar kechirim so'ramay yuraverishsachi? Ayniqsa ular yoshi katta odamlar bo'lsa, va yana aybini tan olmaydigan bo'lsa, hech nima bo'lmaganday yuraveramizmi? Bunday holatda inson nima qilgani ma'qul?

Bunday holatda kechirib yuborish kerak. Sinamaganlarga maslahat beraman, shunaqayam yengil tortasizki, o'zingizga o'zingiz nega vaqtliroq kechirib yubormadim deyishingiz aniq. Albatta bundan oppoqho'jalar mustasno. Kechirgan maqul, meni nazarimda albatta. Gina-kudrat, nafrat, kik bularning hammasi qalbi yemiradi. Bu kabi hech keraksiz narsalar, bekordan bekorga qalbni band qilib turadi. Qalbingiz tund bo'lib yuradi. Ichiga kirib svet yog'sa yorishmadigan holatda bo'ladi. Misol uchun: komputeringizda keraksiz narsalar ko'payib ketsa, komputer sekin ishlaydiku,  buyam xuddi shu holatga o'xshaydi, qalb kir narsalardan tozalanib turmasa, faqat va faqat bu o'sha kirlangan kishiga ziyon deb o'ylayman. Yana ham Alloh bilguvchi!

Kechiringizlar, sizni hafa qilgan kishiga dars bo'lsin! Yoki noto'g'rimi? :)
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: MUSLIM_uz 10 Yanvar 2012, 21:44:16
Man kupincha kechrmayman db uzimga aytamanu manda kechrim surashsa kechribvoraveraman esimdanam chqib ketadi. Yana ushanday ishanaman bu b.n kupincha yana ishonchimmi suistemol qlishiga uzim yul quyib beraman yana kechrim surasa kechrvoraveraman.kuynib bushta bu uzimga bog'lumaska uhshiydi manga hech shu harakterimmi uzgartirolmayman!
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: BelleQizcha 11 Yanvar 2012, 19:09:29
Man, ovqatni sho'r qilib qoyganlarni kechira olmayman..

Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Aqoid 12 Yanvar 2012, 03:20:58
Ayniqsa qorin judayam ochib turgan bo'lsa.
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Lu`lu` 05 Avgust 2012, 05:49:20
Кечирим сураш хам хар хил булади.
Кечирим сурашни одат килиб олганлардан узок юрган ма'кул.
Уларнинг узргохи фундаментсиз булганидан скин борганнинг устига кулаши хавфи бор.
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Akbarjоn 05 Avgust 2012, 08:06:18
Кечирим ссраш бир фазилат бслса кечиримли бслиш хам бир фазилат

Аллоҳ кечиримлидир, кечиримлиларни сусди.

Албатта кечириладиган ва кечирилмийдиган амаллар бор, кечириладиган ва нафсимиз тссиғга ксра кечирмай келаётган ишларимизда зулмкор бслиб қолмаслик керак
Кечирилмаслиги керак бслган амалларда кечириб унниг гуноҳига шерик бслмаслик керак, Инсонга нисбатан хиёнат, Аллоҳга нисбатан ширк, куфр. 
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Lu`lu` 05 Avgust 2012, 08:21:56

Албатта кечириладиган ва кечирилмийдиган амаллар бор, кечириладиган ва нафсимиз тссиғга ксра кечирмай келаётган ишларимизда зулмкор бслиб қолмаслик керак


Хаммамиз хатокормиз, шунгасм нафсим учун хафа булмайман, диним учун хафа буламан, ва диним учун узрини кабул килмайман, токи, тавба сшикларига буйнини сгмагунича.
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Maysara 09 Avgust 2012, 01:15:10
 :asl3:
Man tabiatan juda kechirimli inson böla turib biroq hayotimdagi ayrim shaxslarni kechira olmayotganim sababini tushunolmay yurgan edim. Endi esa yuqoridagi ikki pöst barchasiga oydinlik kiritdi, ya'ni kechirmay tög'ri qilibman. Zero, möminning Alloh uchun yaxshi körishi va Alloh uchun yomon körishi kabi sifatlari ham bordir!
Nom: Re: Kechira olasizmi?
Yuborildi: Akbarjоn 21 Noyabr 2012, 11:38:15
Kechirim xaqida gap ketganda xar doim bitta voqea ko'z oldimga kelaveradi

Studentlik vaqtim, ta'tilga chiqqanimizda bir tanishimga savdo-sotiq masalasida yordamlashyabman
Bir formadagi kishi narsa olmoqchi bo'ldi. O'zini narxidan ancha past tushirib olishni hohlayabdi, u kishi bilan ancha tortishdim, ohiri qattiq jaxlim chiqib aytilgan sumadan bir sum ham kamaytirmayman deb qattiq gapirdim
Birozdan keyin Bozor Uchastka nozirlarini boshlab kelib tanishimni ancha boshini qotiribdi, savdoda bo'lganim uchun buni bilmay qoldim
Hulas yana keldi o'sha organ hodimi, yana past narxda so'radi, yana o'sha javobni oldi,
Ozroq qarab turdida mayli deb aytgan narximga olish uchun pulini sanab berdi, Men esa bergan pularidan ozrog'ini qaytarib berib Rozi bo'lmasangiz menga nasib qilmiydi, bularni olib rozi bo'lib keting dedim
U kishini juda yomon ko'rib ketgandim o'shanda

oradan hech qancha vaqt o'tmay o'sha kishi orqa tarafdan kelib meni chaqirtirdi, oldiga borganimda, Qilgan ishi yaxshi bo'lmaganini aytib mendan kechirim so'radi, Ishonasizmi ko'zimdan yosh chiqib ketay dedi, yoshi katta odam kechirim so'raganiga ko'nglim yumshab ketgandi
Kechirdim, men ham qo'pol gapirgan gaplarim uchun uzr so'radim

Vaqtlar o'tdi, 1-2 oylardan keyin Praktikada yurganimizda o'sha odamni ko'rdim, bu safar endi u Formada emas balki mahbuslik o'rnida edi