forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: maknuna 15 Iyun 2006, 16:46:23

Nom: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 16:46:23
Asssalomu alaykum!
Albatta har birimiz oila quramiz, farzandlarga ota-ona bo'lamiz, xudo hohlasa.

Bundan oldingi mavzuda "Ismingiz ma'nosini bilasizmi?" degan savol tashlangandi. Shunda dugonamiz Noza shunday javob bergandilar:

Iqtibos: Noza
Abdulaziz kotta rahmat!
Man Olloh nasib qilsa albatta qizimni ismlarini Maknuna deb qo'ymoqchiman. Bu ismni birinchi marta kollejda o'qiyotganimda eshitgandim, va eshitishim bilan juda yoqib qolgan edi.

Bu javob yangi mavzuga asos bo'ldi.

Xudo xohlasa, oila qurib, farzandli bo'lsangiz, uning ismini nima deb qo'ygan bo'lardingiz?
a) o'gil bolaga
b) qiz bolaga.

Mavzu arxivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=jamiat&action=display&thread=1138190687&page=1)
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Shoxjahon12 16 Iyun 2006, 12:08:55

Manga o'gil bolalardan Komron, Shoxjahon, Xondamir kabi ismlar yoqadi. Nasib qilsa, o'g'illarimga shu ismlardan qo'yaman...
Qizlardan esa Xonzoda, Aziza kabi ismlar yoqadi....
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyun 2006, 20:04:17
Manga o'gil bolalardan Komron, Shoxjahon, Xondamir kabi ismlar yoqadi. Nasib qilsa, o'g'illarimga shu ismlardan qo'yaman...
Qizlardan esa Xonzoda, Aziza kabi ismlar yoqadi....
Otabek, sizga Boburmirzoning avlodlari ismi juda yoqarkan-da, Haqiqatda juda chiroyli ismlar.
Iloyim orzularizga yetib yuring.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 07:51:26
Assalomu alaykum barchaga!
Maknunahon juda yahshi mavzu ochibsiz.

Avval ham takidlaganimdek Olloh nasib qilsa qizimni ismlarini Maknuna qo'yish niyatim bor.
Agar o'g'illi bo'lsam Inshaolloh ismlarini - Mustafo, Yusuf yoki Muhammad Amin qo'ymoqchiman.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Muhlis 01 Iyul 2006, 09:13:20
Assalomu alaykum birodarlar,

Agar Alloh (s.w.t.) menga yana farzandlar bersa quyidagi ismlarni bersihni hohlayman:

o'g'illar: Abdul-Karim, Abdul-Qodir, Abdulloh, Muhammad Siddiq, Muhammad Ayyub, Salohiddin, Sayfulloh va hokazo.

qizlar: Muslima, Hadicha, Mubina, Sevinch va hokazo.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 02 Iyul 2006, 18:04:21
Va alaykum assalom!
Judayam go'zal ismlar.
Alloh nasib qilsin.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Shahina 03 Iyul 2006, 07:58:01
O'gil: Abdulmuttalib, Abbos.

Qiz: Oisha, Fotima
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: azizaxon 03 Iyul 2006, 13:17:35
Assalomu Alaykum
juda zo'rku .
O"g'il :Abdulaziz , Azizbek .
Qiz    :Mubina ,  Munisa.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Munira xonim 03 Iyul 2006, 14:37:49
O'gil: Abdulmuttalib, Abbos.

Qiz: Oisha, Fotima
Juda ham yahshi ismlar.Alloh niyatingiz yetkazsin,Ilohim. Va shu ismlarga munosib insonlar bo'lishsin.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Munira xonim 03 Iyul 2006, 14:40:31
Assalomu Alaykum
juda zo'rku .
O"g'il :Abdulaziz , Azizbek .
Qiz    :Mubina ,  Munisa.
Assalamu alaykum Azizahon.Sizni ham Alloh niyatlaringizga yetkazsin. Meni qizimni ismi ham Mubina.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Muhlis 03 Iyul 2006, 21:05:01
Iqtibos
Va alaykum assalom!
Judayam go'zal ismlar.
Alloh nasib qilsin.

Assalamu alaykum, aytganingiz bo'lsin. Alloh barchamizni murodimizga etkazsin.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: azizaxon 04 Iyul 2006, 12:09:01
Assalomu Alaykum
juda zo'rku .
O"g'il :Abdulaziz , Azizbek .
Qiz    :Mubina ,  Munisa.
Assalamu alaykum Azizhon.Sizni ham Alloh niyatlaringizga yetkazsin. Meni qizimni ismi ham Mubina.
Assalomu Alaykum  xa juda yaxshi .
Kechirasiz u   Siz Azizxonga Javob yozdizmi yo  Azizaxongami
no o'rin bo'lsa uzr so'rayman .
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Abdusalom 10 Iyul 2006, 16:10:38
O'g'il bola: Muhibb, mahmud
Qiz bola:   Muhlisa, muslima
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: mubashshir 11 Iyul 2006, 08:36:58
Assalamu alaykum. Alloh menga o'sha kunlarni nasib qilsa,o'zimni eng yahshi ko'rgan ismlarimni qo'yardim.
Mustafo, Umar, Muhammad Ali.
Jasmin, Gulsum, Hadicha.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: maknuna 12 Iyul 2006, 06:40:36
Juda ham go'zal ismlar ekan.
Alloh niyatingizga yetkazsin!

Shu ismlarning ma'nolarini ham berib borsangiz yaxshi bo'lardi...
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Munira xonim 12 Iyul 2006, 12:09:03
Assalamu alaykum.
Alloh taolo hammalaringizni niyatlaringizga yetkazsin.
Ikki dunyoda sizlarga rahmat keltirguvchi farzandlar nasib qilsin.
Alloh sizlarga Jannatul Firdavsda boshingziga toj kiydiradigan farzandlar ato qilsin.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 02:54:36
Shamshir:

Men farzandlarimga ism qoyish borasida bir nima deyaolmayman, bizda ismni kattalar qo`yishadi.Dadamga Jamoliddin Mohinur degan ismlar yoqqan ekan(kundaliklarini oqigandim) Ayam bilan bu haqda gaplashmaganmiz...Menga Muhammad, Abdulloh,Abdulaziz, Madina, Amina,Fatima,Nuridiyda degan ismlar yoqadi balki nevaralarimga qoyarman...
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 02:54:54
Aziza Xalil:

Assalomu alaykum, juda qiziq mavzu topibsizlar. Men bir odatimizni tushunmayman, (albatta, ming yillik an'anamiz bo'lsa ham) nega farzandiga uni dunyoga keltirgan ota-ona emas, buvijon-buvajonlari ism qo'yishi kerak? Axir, shariatda ham farzandiga nom qo'yish ota-onaning pirovard burchi-ku! Rost, yosh ota-onaga ularning yaqinlari, ota-onalari ism tanlashda maslahat berishlari tabiiy. Lekin, butunlay shu vazifani o'zi bajaradigan buvi-buvajonlarimiz qancha...
Masalan, man farzandlarimga umr yo'ldoshim bilan maslahatlashib, o'zimiz yoqtirgan ism qo'yishni isratdim. Dugonalarim esa qaynota-qaynonang istagani bo'ladi, deyishadi.
Agar 0Olloh menga qiz farzand ato etsa uning ismini- Mahin, o'glon bo'lsa-Firdavs deb qo'ygan bo'lardim. Mahin-Oy nuri, Firdavs esa jannat degani...
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 02:55:18
Behzodbek:

Ota onalar, odatda, farzandlariga chiroyli va ma'noli ism qo'yishga qobil emaslar. Shuning uchun bu vazifa asosan buvijonlarimiz zimmasida.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 02:55:39
Feruza:

BArchaning fikri hisobga olinsa, hammasidan ham yaxshi bo'lardi!
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 02:55:50
Va alaykum assalom!
Iloyim, niyatlarizga erishing!

Bu "muammo" o'zbek oilalarida uchrab turadi. Lekin hammasida ham emas. Albatta bunda kattalarning fikrlarini olish, ular bilan maslahatlashish yaxshi. Lekin kattalar ham yoshlarning fikrlari bilan qiziqishsa yaxshi bo'lardi.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 02:56:14
Noza:

Man esa bu fikrda emasman.
Har bir ota-ona o'z farzandiga o'zi hohlaganicha ism qo'yishni hohlaydi. Afsuski o'zbeklarda bu kamdan kam uchridi.
Man ham masalan qaynota yoki qaynonamni o'z farzandlarimga ism qo'yishlariga qarshi bo'lardim.
Chunki farzand maniki.
Agar maslahatlashib birga chiroyli va ma'noli ism qo'ysak undanda yaxshi albatta.

Lekin farzandga aynan buva yoki buvajon ism qo'yishlari SHART degan gapga umuman qarshiman!!!
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 02:56:34
Gareeb:

Abdulloh, Aburrohman,Zubayr, Bilol
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 02:57:02
Assalom:

Allohim manga 4 og'il ato etsa ismlarini Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali deb atardim, inshaalloh!
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 02:57:18
Uztermbek:

lohim, ezgu niyatingiz ijobat bo'lsin!

Men aytadigan bo'lsam, farzandimga bobosining o'zlari nima deb ism qo'ysalar (Olloh nasib qilsa), shunisi bizga ma'qul bo'ladi :)
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 02:57:46
Yaxshi mavzuni boshlabsizlar.
Man bu haqda bir hikoya yozgan edim. Shu hikoyadan iqtibos keltiraman:

Farzand ko’ramiz. Birinchi farzand. Men uning o’g’il bo’lishini tilardim. Qizaloq bo’lsa ham shukrona aytaman. O’g’il bo’lsa ismini Abdulaziz qo’yamiz, qiz bo’lsa Muhsina. Onamning quvonchini ko’rmaysanmi? Hali tug’ilmasdan tikdirib qo’ygan kiyimchalarini senga taqdim etadi. Chaqaloqni qo’liga olarkan, Allohga shukronalar aytadi. Yuz-ko’zidan o’padi, erkalatadi. Beshikto’yga o’z qo’llari bilan kulcha yopadi. Uyimizni to’ldirgan yosh bolalarga kulcha tarqatasan. ...Hali ko’p bolalarimiz bo’ladi, bir-biridan shirin. Ular bag’rida yana yoshlikka qaytamiz.

Abdulaziz menga o’xshaydi! Hech tinch turmaydi. Seni doim qiynayveradi. Lekin sen bundan rohatlanasan. "œOg’ilginam" deb erkalatasan. Asta-sekin tili chiqadi. "œDadadzon" deya boshlaydi. Keyin "œoyijon"ni o’rganadi. Endi uning xizmatidan sen ham bahramand bo’lasan. Saxar uxlab yotganimda uni boshimga qo’yib qo’yasan. U meni uyg’ota boshlaydi:
- Dadadzooon! Turiin! Nomoz o’qiysimiii?
- ...ha, hozir..., - deyman erinibgina.
- Dadadzooon! Dadadzooon!
- Abdulaziiiiz!
- Turiiiiin, dadooooo’.
- Xoooo’p. Mana. Turdim, o’g’lim...
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: DIMKA 11 Avgust 2006, 17:38:07
Assalomu akaykum!
O'gil bo'lsa, Bobur, qiz bo'lsa, Marjon.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: SHahinur 10 May 2007, 22:47:23
Assalomu alaykum.
O'gil bolaga-Ibrohim,Umar,Zubayr,Kamron.
Qiz bolaga-Hadicha,Maknuna,Muslima,Farzona. :)
Insha Alloh
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Mahdiyah 20 May 2007, 13:03:53
O'g'il bolalarga chiroyli bir ismni eshitdim. Juda yoqdi

Safiyulloh, Halilulloh, Habibulloh

Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Salmoni Forsiy 26 Noyabr 2007, 17:49:12
Assalom alaykum!
 Alloh (swa) o'g'il farzand nasib etsa "Muhammad"  deb ism qo'yish niyatim bor. Qizaloqni ham juda yaxsi ko'raman.Alloh farzand bersin ilohim hammaga!
Nima bo'lganda ham iymonli,sog' salomat,yuzlari nurli va eng asosiysi  Allohdan qo'rqadigan bo'lsin.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Seyfullah 15 Dekabr 2007, 22:44:29
Assalomu a'leykum!
Allohdan barcha farzand talablarga farzand berishini, berganda ham ahli ilmlardan qilb va islom dini yo'lida hismat qiladigan bandalaridan qilib berishini so'rayman.
Man Alloh nasib qilib agar O'g'il farzand ko'rsam ismlarini Abdurahmonqori va MuhammadIbrohim qo'yishlik niyatim bor.
Alloh barchalarimizga fazandni halolidan bersin!
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2007, 08:20:28
Va alaykum assalom!
Masahallah, juda go'zal ismlar.
Allohim, ezgu niyatlaringizni amalga oshirsin!
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: ikbaljohn 16 Dekabr 2007, 14:25:51
Dicle ve Necla ismlari yoqib qoldi. Xudo xoxlasa,qiz ko'rsam,shu ismlarni qo'ymoqchiman.
Abdulbosit ismini inshoAlloh, o'g'il ko'rsam qo'ymoqchiman
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: ikbaljohn 19 Dekabr 2007, 15:25:36
Vaalaykum assalom Diydor opa!
Tanbehingiz uchun rahmat!
PS:Post qoldirishgayam qo'rqib qoldim.Darrov postimga antipost yopishtiryapsizlar :)
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: ALLADIN 19 Mart 2008, 16:59:18
O'G'IL BOLA( JAMSHIDBEK, MARDONBEK )
QIZ BOLA   (  DILOROM,  DILFUZA )
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Jakonda 19 Mart 2008, 17:46:43
Aziza Xalil:

Assalomu alaykum, juda qiziq mavzu topibsizlar. Men bir odatimizni tushunmayman, (albatta, ming yillik an'anamiz bo'lsa ham) nega farzandiga uni dunyoga keltirgan ota-ona emas, buvijon-buvajonlari ism qo'yishi kerak? Axir, shariatda ham farzandiga nom qo'yish ota-onaning pirovard burchi-ku! Rost, yosh ota-onaga ularning yaqinlari, ota-onalari ism tanlashda maslahat berishlari tabiiy. Lekin, butunlay shu vazifani o'zi bajaradigan buvi-buvajonlarimiz qancha...
Masalan, man farzandlarimga umr yo'ldoshim bilan maslahatlashib, o'zimiz yoqtirgan ism qo'yishni isratdim. Dugonalarim esa qaynota-qaynonang istagani bo'ladi, deyishadi.
Agar 0Olloh menga qiz farzand ato etsa uning ismini- Mahin, o'glon bo'lsa-Firdavs deb qo'ygan bo'lardim. Mahin-Oy nuri, Firdavs esa jannat degani...

Bu fikrlaga 100 foiz qo'shilaman.Farzandga uni ota-onasi ism qo'yish kere. Hudo hohlasa,bunga erishaman.
Man ko'proq qizimga ism o'yliman. MUBINA ismi juda yoqadi. Munira opa, sizni qizizni ismi shunaqekan, ma'nosini bilasmi? bilsez eting,iltimos.Juda bilishni xohliman.
O'g'limga (ahamiyat bermela,man har doim o''glim-qizim dib gapiraman)  Ibrohim yoki Mustafo dib qo'ysam mumkinmi? Mumkinmas diganlaniyam eshitdim. Lekin manga Mustafo juda yoqadi.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Zakiya1 28 Mart 2008, 02:58:13
Assalamu Aleykum .
Men ham ba'zi bir ismlarni niyat qilib qo'yganman.InshaAlloh farzandlik bo'lsam farzandlarimga islomiy,ma'noli ismlar qo'ymoqchiman.Turmush o'rtog'im bilan maslahatlashgan holda albatta.Qiz farzandlarga Sumayya,Hadicha ismlari ,o'g'il farzandlarga Muhammad, Sayfulloh,Asadulloh,Abdulloh degan ismlarni qo'ymoqchiman.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Shirinqiz 28 Mart 2008, 15:37:10
Assalamu aleykum
Man Alloh nasib qilsa o'g'il farzandimga MuhammadIbrohim, qiz bulsa Ayşe quyishshi niyat qivomman.
Alloh barchalarimizga fazandni halolidan bersin!
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Shoxjahon12 28 Mart 2008, 17:05:51
O'gil bo'lsa Komron;
Qiz bo'lsa Xonzoda yoki Zabarjad.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Munira xonim 29 Mart 2008, 07:57:45
Aziza Xalil:

Assalomu alaykum, juda qiziq mavzu topibsizlar. Men bir odatimizni tushunmayman, (albatta, ming yillik an'anamiz bo'lsa ham) nega farzandiga uni dunyoga keltirgan ota-ona emas, buvijon-buvajonlari ism qo'yishi kerak? Axir, shariatda ham farzandiga nom qo'yish ota-onaning pirovard burchi-ku! Rost, yosh ota-onaga ularning yaqinlari, ota-onalari ism tanlashda maslahat berishlari tabiiy. Lekin, butunlay shu vazifani o'zi bajaradigan buvi-buvajonlarimiz qancha...
Masalan, man farzandlarimga umr yo'ldoshim bilan maslahatlashib, o'zimiz yoqtirgan ism qo'yishni isratdim. Dugonalarim esa qaynota-qaynonang istagani bo'ladi, deyishadi.
Agar 0Olloh menga qiz farzand ato etsa uning ismini- Mahin, o'glon bo'lsa-Firdavs deb qo'ygan bo'lardim. Mahin-Oy nuri, Firdavs esa jannat degani...

Bu fikrlaga 100 foiz qo'shilaman.Farzandga uni ota-onasi ism qo'yish kere. Hudo hohlasa,bunga erishaman.
Man ko'proq qizimga ism o'yliman. MUBINA ismi juda yoqadi. Munira opa, sizni qizizni ismi shunaqekan, ma'nosini bilasmi? bilsez eting,iltimos.Juda bilishni xohliman.
O'g'limga (ahamiyat bermela,man har doim o''glim-qizim dib gapiraman)  Ibrohim yoki Mustafo dib qo'ysam mumkinmi? Mumkinmas diganlaniyam eshitdim. Lekin manga Mustafo juda yoqadi.

Assalamu alaykum.
Jakonda, javob kechikkani uchun uzr so'rayman. Ko'rmay qolibman.
Ha, meni katta qizimni ismi Mubina.
Bu ismni o'zim qo'yganman va juda yaxshi ko'raman bu ismni.
"MUBIYN" QUr'oni Karim sifatlaridan bo'lib, "Ochiq-ravshan-aniq"degan ma'nolarda keladi.
Vallohi a'lam.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Umayyah 29 Mart 2008, 16:55:39
http://www.names4muslims.com/muslim-names.php

Manabu Linkda  barcha Islomiy Ismlar Bor :)
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Muzayyana 31 Mart 2008, 15:29:13
http://www.names4muslims.com/muslim-names.php

Manabu Linkda  barcha Islomiy Ismlar Bor :)

141414 Allox rozi bo'sin, man ko'rib chiqdim xammasini. Tashakkur sizga........Forumimizga xush kelibsiz diyman.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Olimxon 17 Aprel 2008, 23:12:51
Man inshaAlloh qiz farzand ko'rsam Oysha ismini qo'yish niyatim bor.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Muzayyana 18 Aprel 2008, 16:11:38
Olimxon, iloxim niyatizga yeting, chindan xam juda go'zal ism. Payg'ambarimiz(s.a.v.) aytgan edilar, "Ismlar ichida eng chiroylisi Abdulloh va Abdurohman" deb. Chindan xam ikkala ism xam chiroyli.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: otash_2004 22 Aprel 2008, 22:01:49
Assalomu alaykum
Ollohga Behad shukr bir qizim bor ismini Amina deb quydim. Olloh nassib qilsa yana qiz farzand umidim bor ismini "Iymona " quymoqchiman, lekin shu ismning ma'nosini hech qaerda topa olmayapman. Iltimos shu ism tugrisida nimalar bilasizlar shu haqda yozib yuborsangiz. Olloh sizdan rozi bulsin.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Olimxon 23 Aprel 2008, 06:12:56
Amina ismi juda chiroyli ism. Payg'ambarimiz Rosululloh Sollalloh 'alayhi vasallamga nubuvvat kelmasidan oldin ham u kishiga Qurayshliklar tomonidan Amin sifati berilgan edi. Chunki U zot umr bo'yi yolg'on gapirmaganlar. Aminning ishonchli,ishonarli,emin,erkin degan ma'nolari bor. Buni Amina ko'rinishida qiz bolaga ham qo'ysa ham bo'ladi. Lekin Iymona ismini hech eshitmaganman va arab tilida iymon so'zi bor, lekin iymona so'zi bo'lmasa kerak.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: shoir 23 Aprel 2008, 10:37:26
Iymona ismi iymonli, e'tiqodliu ayol degan ma'noni bildiradi.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: otash_2004 23 Aprel 2008, 20:32:57
Iymona ismi iymonli, e'tiqodliu ayol degan ma'noni bildiradi.

Bu ismni aniq biron joyda kurganmisiz? Yoki Iymon suzining ma'nosiga qarab etivossimi?
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Olimxon 24 Aprel 2008, 18:44:52
Man Baranov lug'atini qarab ko'rdim. Unda 42 000 ta so'z joylashtirilgan. Iymona so'zining o'zi yo'q. Iymona faqatgina gapda tushim kelishigidagi so'z bo'lib kelishi mumkin xolos, yani "iymonni" degan ma'noni anglatadi.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: otash_2004 24 Aprel 2008, 18:57:01
Man Baranov lug'atini qarab ko'rdim. Unda 42 000 ta so'z joylashtirilgan. Iymona so'zining o'zi yo'q. Iymona faqatgina gapda tushim kelishigidagi so'z bo'lib kelishi mumkin xolos, yani "iymonni" degan ma'noni anglatadi.

демак Бунака исм йук демокчисиз?
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Olimxon 24 Aprel 2008, 19:02:20
Man aytmoqchimanki, ismlar qandaydir ma'noni anglatadi, lekin iymona so'zi yolg'iz holda hech qanday ma'noni aglatmaydi. Albatta ism qo'yish bu sizning ixtiyoringizda, istagan ismingizni qo'yishingiz mumkin, lekin man bu so'z haqidagi bilganlarimni yozdim xolos.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: otash_2004 24 Aprel 2008, 19:08:26
Raxmat sizga.
Olloh sizdan rozi bulsin.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Muzayyana 01 May 2008, 15:55:04
Assalomu alaykum
Ollohga Behad shukr bir qizim bor ismini Amina deb quydim. Olloh nassib qilsa yana qiz farzand umidim bor ismini "Iymona " quymoqchiman, lekin shu ismning ma'nosini hech qaerda topa olmayapman. Iltimos shu ism tugrisida nimalar bilasizlar shu haqda yozib yuborsangiz. Olloh sizdan rozi bulsin.

Assalomu alekum!
Xaqiqatdan xam "Iymona" juda chiroyli ism ekan, Allox niyatingizga yetkazsin, Inshaallox!
MAnimcha bu ismni www.namesformuslims.com shu saytdan xam izlab ko'rsez bo'ladi.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: otash_2004 01 May 2008, 18:25:08
Assalomu alaykum
Ollohga Behad shukr bir qizim bor ismini Amina deb quydim. Olloh nassib qilsa yana qiz farzand umidim bor ismini "Iymona " quymoqchiman, lekin shu ismning ma'nosini hech qaerda topa olmayapman. Iltimos shu ism tugrisida nimalar bilasizlar shu haqda yozib yuborsangiz. Olloh sizdan rozi bulsin.

Bu saytga kirishning iloji bulmayapti

Assalomu alekum!
Xaqiqatdan xam "Iymona" juda chiroyli ism ekan, Allox niyatingizga yetkazsin, Inshaallox!
MAnimcha bu ismni www.namesformuslims.com shu saytdan xam izlab ko'rsez bo'ladi.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Usmoniy 07 May 2008, 00:49:53
Biz "Oysha Barro" deb ism qo'ygan edik ikki yil avval.  Xudo onlab farzand bersa birinchidaqa sevimli bo'la oladimi bilmayman. :) Lekin Alloh o'g'il bergan bo'lsa otamning nomi Muhammad bilan marhum qaynotamning nomini qo'shib beraman inshalloh.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Shoxjahon12 07 May 2008, 07:01:44
Menga Mironshox ismi yoqib qoldi. Amir Temurning 3-chi o'g'illarini ismi ham Mironshox bo'lgan. Lekin ma'nosini uncha tushunmayapman.   KIm biladi ma'nosini?
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 07 May 2008, 07:44:41
Menga Mironshox ismi yoqib qoldi. Amir Temurning 3-chi o'g'illarini ismi ham Mironshox bo'lgan. Lekin ma'nosini uncha tushunmayapman.   KIm biladi ma'nosini?

Mironshoh,
mir degani, amir, podshoh degani,
miron - mirning ko'pligi, ya'ni amirlar, podshohlar,
shoh - sulton, boshliq.

Umumiy ma'no - Amirlar sultoni, podshohlar shohi.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Mohira Xonim 14 May 2008, 10:39:20
Hudo o'sha kunlarga nasib qilsa albatta Ulug'bek qo'yamiz qiz bola bo'lsa Maxfirat
Hammaga Olloh shunday baxt ato etsin.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Shoxjahon12 14 May 2008, 15:13:56
Hudo o'sha kunlarga nasib qilsa albatta Ulug'bek qo'yamiz qiz bola bo'lsa Maxfirat
Hammaga Olloh shunday baxt ato etsin.

Yaxshi niyatlaringiz ijobatini tilayman!
Men ham yaqin kunlarda farzandlik bo'lishga yaqin turibman.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 14 May 2008, 16:53:43
Hudo o'sha kunlarga nasib qilsa albatta Ulug'bek qo'yamiz qiz bola bo'lsa Maxfirat
Hammaga Olloh shunday baxt ato etsin.

Yaxshi niyatlaringiz ijobatini tilayman!
Men ham yaqin kunlarda farzandlik bo'lishga yaqin turibman.

Iye, tabriklayman. Xabarsiz qolib ketmaylik aka.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Ulugbek-Uz 14 May 2008, 17:05:15
Muhammad Ali
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:07:34
Xabarda kelibdurki, Xudo azza va jallaga xush keluvchi hamma ismlardan eng azizlari bulardir: Abdulloh, Abdurahmon, Abdurahim. Munga o‘xshash ismlar va farzand tug‘ilgan vaqtdayoq ot qo‘ymoq sunnatdur.  "Kimiyoyi saodat"

O'zimga esa quyidagi ismlr yoqadi:

O'g'il bola - Muhammad

Qiz bola - Robiya :)
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Elcom 18 Iyul 2011, 20:35:29
Kelajagda ALLOH xoxlasa og`il  farzandli bo`lsam Abdulaziz ismini qo`yaman
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Lobar AZIZ 18 Iyul 2011, 20:57:40
aaanchadan beri könglimda yashaydigan niyat: ög'limning ismini Komron qöyaman inshaAllox...
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: registan 18 Iyul 2011, 21:03:30
Niyatlaringiz amalga oshsin!

Alloh barchamizni solih va soliha, o'g'il va qiz farzandlarga yetishtirsin.

Amiyn!
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Музаффар 18 Iyul 2011, 21:34:12
 :bsm3:
Оллохим насиб стиб сғил фарзанд ксрсам, исмини Мухаммадислом қссман, бу десрли 10 йилдан бери ичимда тугиб юрган нистим. Агар қиз ксрсам исмин Мохинур қссман. Бу шу исмли бита қизни жудасм қаттиқ хурмат қиламан. Шунга, ахлоқи ва зехни, хусни шу қизга схшаса худо хохласа деган нистим бор...
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Aqoid 18 Iyul 2011, 23:10:50
Men farzandimning 1 chisi qiz bo'lishini, ismini Oisha qo'yishni niyat qilib Allohdan so'ragandim, Allohga behisob shukrki, niyatimizga yetkazdi. O'g'limizga ham niyat qilib yurgan ismni qo'yganman-Abdulboriy.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: siddiqa 18 Iyul 2011, 23:24:20
aaanchadan beri könglimda yashaydigan niyat: ög'limning ismini Komron qöyaman inshaAllox...
choliqushi tasirimasmi ishqilib:-) shu ismmi ma'nosiga qiziqaman.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: NANO 18 Iyul 2011, 23:34:50
KOMRON (f.t.) - maqsadga erishuvchi, saodatmand, kudratli, omadli, tolei porloq.

Choli qushini ta'siri albatta!
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: BilmasOY 24 Iyul 2011, 11:02:17
O'g'il bolaga - Firdavs, Shohjahon
Qiz bolaga - Muhsina.
Inshaalloh Robbim barchamizni niyatimizga yetkazsin!
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: akula 24 Iyul 2011, 11:23:05
Man xali xotin ham olganimcha yugu lekin niyat qilib quydim Inshaolloh 1chi ugili bulsam Temur degan ism quyaman negaki shu ismni Dadam manga quymoqchi bulgan ekanlar !
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: UzMuslim 24 Iyul 2011, 11:58:49
Niyatim ....Qiz Farzandga-Volida
O'g'il Farzandga- Muslimbek..

Alloh barchamizni yaxshi niyatlarimizga yetkazsin..
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Usmon 24 Iyul 2011, 12:04:11
Shamsimuhammad ismi yoqadi
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Ansora 26 Iyul 2011, 13:03:33
Alhamdulillah Abdulaziz ismi yoqardi, o'g'limni ismini Ensar'i bilan birga qo'yish nasib bo'ldi.

Rabbim barchaga nasib qilsin orzu niyyatlarini amalga oshishini....
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Zulfina 03 Yanvar 2012, 13:51:45
 :asl3:

InshaAlloh O'zi yetqazsa qizimga Zulfina dib ism qo'yaman dib niyat qiganman.
Bunga sabab, Zulfina digan qarindoshimiz borla, Allohni tanishimga sababchi bo'gan, taqvoda havas qilgulik xolamla. Ma'nosini qidirganimda Zulfina- eshik zanjiri zulfinjadek mustahkam qiz ekan :)

Bundan tashqari man mehr qo'ygan ismlar:Zinnura, Muhsina, Abdulloh, Muvohid, Abdulaziz...
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Mo'min Mirzo 03 Yanvar 2012, 15:27:07
Yoshlikdan Umar va Ismoil ismlarini qo'yish niyati bilan yurardim.
Hozircha farzandimiz bitta, Alloh qiz bersa Oysha, Fotima deb, o'g'il bo'lsa Ismoil, Ibrohim qo'yish niyatimiz bor.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Safida 03 Yanvar 2012, 15:42:42
Yaqinda Ismlar haqida kitobni oqidim rosa ham chiroyli ismlarni topdim ayniqsa manga yoqqanlari Abbos,Usmon,Umar,Ja'far,Zobir.
Safina ,Hadija,Tohira,'Tasnim.'
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Muhammad Said 03 Yanvar 2012, 15:47:52
InshaOlloh o'g'il ko'rsam Muhammad Sodiq yoki Xamidulloh qiz ko'rsam Sadiyaxon isimlarini qo'yishni niyyat qilaman. Sadiyaxon ismini manosini bilasizlarmi?
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2012, 16:23:44
InshaOlloh o'g'il ko'rsam Muhammad Sodiq yoki Xamidulloh qiz ko'rsam Sadiyaxon isimlarini qo'yishni niyyat qilaman. Sadiyaxon ismini manosini bilasizlarmi?

Agar Sa'diya bo'lsa, arab tilidan baxtli, saodatli qiz degan ma'noni bildiradi.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: MUSLIM_uz 03 Yanvar 2012, 17:25:43
Inwooloh uylansam robbim farzant ato etsa agar ug'il bulsa A'zam mashabimiz imomlarini ismlarini quyiwni niyat qlib quydim
agar qiz buladgan bulsa Asmo db quyaman olloh nasib qlsa
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Donishmand 03 Yanvar 2012, 18:39:08
Farzand ko'rganimizda ism qo'yishga ho'o'o'p o'ylangan edik. Aylanib, aylanib Abdulazizda to'htab qolavergan edim. Uydagilar ham shunday deyishayotgandi. Ammo biroz qo'rqdim, ertaga ko'chada o'rtoqlari Aziz deb chaqirishsa nima bo'ladi, deb. Bunday atagan odam gunohkor bo'ladimi, uning gunohkor bo'lishiga men sababchi bo'lib qolamanmi, degan o'ylar rosa boshimni qotirgandi.
Ohiri "maslahat kengashi qaror chiqardi": Muhammad Ayyub qo'ydik, Olloh ismiga mos qilsin!
Qiz bo'lsa qiynalmasdim, ismi tayyor edi: Mas'uma.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: BelleQizcha 03 Yanvar 2012, 19:05:28
InshaOlloh o'g'il ko'rsam Muhammad Sodiq yoki Xamidulloh qiz ko'rsam Sadiyaxon isimlarini qo'yishni niyyat qilaman. Sadiyaxon ismini manosini bilasizlarmi?

Agar Sa'diya bo'lsa, arab tilidan baxtli, saodatli qiz degan ma'noni bildiradi.
Arab tilida Sahdiya yokiy Saadiya bolib, omadli soadatli, hursandchilik, kulgi manolllarini bildiradi.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: BelleQizcha 03 Yanvar 2012, 19:07:31
Qiz bo'lsa -Ibtissam
Og'il bo'lsa- torisi ogil bolaga juda kop.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: ree7 03 Yanvar 2012, 20:19:20
Inwooloh uylansam robbim farzant ato etsa agar ug'il bulsa A'zam mashabimiz imomlarini ismlarini quyiwni niyat qlib quydim
agar qiz buladgan bulsa Asmo db quyaman olloh nasib qlsa
Abu-Hanifa rohimahullohning asl ismlari No'mon bo'lgan. A'zam esa -  "buyukroq" degan ma'noni ifodalaydi. Buyuklik esa faqat Allohga xosdir. Menimcha bunday deb ism qo'yish to'g'ri bo'lmasa kerak VA. Yana bilmadim...
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: MUSLIM_uz 03 Yanvar 2012, 20:57:44
Inwooloh uylansam robbim farzant ato etsa agar ug'il bulsa A'zam mashabimiz imomlarini ismlarini quyiwni niyat qlib quydim
agar qiz buladgan bulsa Asmo db quyaman olloh nasib qlsa
Abu-Hanifa rohimahullohning asl ismlari No'mon bo'lgan. A'zam esa -  "buyukroq" degan ma'noni ifodalaydi. Buyuklik esa faqat Allohga xosdir. Menimcha bunday deb ism qo'yish to'g'ri bo'lmasa kerak VA. Yana bilmadim...

Bulmasa Abubakir quyamiz hudo hohlasa agar
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: ree7 03 Yanvar 2012, 22:37:52
Iqtibos
Bulmasa Abubakir quyamiz hudo hohlasa agar

Alloh o'sha kunlarga yetkazsin.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Mahdiyah 04 Yanvar 2012, 07:53:48
Qiz bo'lsa -Ibtissam

Ibtissam - ma'nosi nima? endi eshitishim bunaqa ismni
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Mo'min Mirzo 04 Yanvar 2012, 10:52:09
Men ham Bellening qizchasiga atalgan ismni o'qib hayron bo'ldim. O'zbek tarixidan shunday ism bormi deb o'ylab kordim, Undoshlar orasiga qo'shimcha unli ham qo'yib ko'rdim, matnni teskarisiga ham o'qib ko'rdim, baribir o'xshamadi.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2012, 11:07:35
Qiz bo'lsa -Ibtissam

Ibtissam - ma'nosi nima? endi eshitishim bunaqa ismni

Gugl domlaning aytishicha, bu ism arabcha bo'lib, kuluvchi, quvnoq degan ma'noni bildirarkan.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: BelleQizcha 04 Yanvar 2012, 19:03:48
Barakallo abdulazizbek topdiz, Ibtissam- aslida tabassum, lekin quvnoq manosini bildiradi, bu isimni anchadan beri oylab yuribmn
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Ansora 05 Yanvar 2012, 17:52:01
 :asl3:

Abdulaziz ismi yoqardi, shukr farzandimga qo'yish nasib bo'ldi:)
Abdulaziz Ensar, deb:)
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Humayro 06 Yanvar 2012, 09:53:26
Opa Ensarni ma'nosi nima?? yo bu familyasimi?
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Музаффар 06 Yanvar 2012, 11:35:56
Манга хам Абдулазиз исми жуда ёқади. Қани снди иложи бслса сғилимга шу исмни қссрдим. Лекин буни иложи йсқ. Чунки хеч замонда ксрганмисиз Ўзбек хонадонида бола билан амакининг исми бир хил бслганини? Укамни исми хам Абдулазиз, рахматли опоқим Саудис Арабистонининг сша вақтдаги қиролига тақлидан шу исмни қсйганлар укамга... умри узоқ бслсин илойим...!
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: ан-Насафий 06 Yanvar 2012, 20:15:07
Kapalak opa hafa bo'lmaysiz. Bir forumdosh "Abdulaziz kal" deb murojaat qilgandi bir mavzuda (adashmasam Abdulaziy Ensar degan mavzu edi). Men "Ensarni ma'nosi kal bo'lsa kerak" deb o'ylabman. Keyin bunday qarasam, Abdulaziz janoblari kal bo'lib tushgan rasmlari bor ekan... : )

Muhammad, Sofiya ismlari yoqadi.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: MUSLIM_uz 06 Yanvar 2012, 20:58:03
Hudo hohlasa Asmo db quyaman shu isim manga juda yoqadi
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: BelleQizcha 06 Yanvar 2012, 22:47:39
Ogil bosa eshonov bohodir
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: azizbek_mx 06 Yanvar 2012, 22:49:30
Ogil bosa eshonov bohodir
yaxshi niyat yarim mol, buyursin :)
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Ansora 07 Yanvar 2012, 12:37:52
Opa Ensarni ma'nosi nima?? yo bu familyasimi?

 :asl3:

O'g'limni ikki ismini ma'nolari:

Abdulaziz- Aziz bo'lgan Allohning quli.

Ensar-"Nasır" negizidan bo'lib, "yordamchilar", "mudofiylar" degan ma'noni bildiradi. 
Payg'ambarimiz (S.A.V) Madinaga hijrat etganlarida u kishiga yordam berganlarga Alloh tarafidan berilgan sifat, deb ham bilinar ekan.

Yana bir ma'nosi: "Sevgi-muhabbat ila quchoq ochgan, shafqat bilan yondoshgan, Allohning diniga yordam bergan"
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: ан-Насафий 07 Yanvar 2012, 13:59:46
Ensar - Ansor ekanda. Ansorlar madinaliklar.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: gayrat17 17 May 2012, 10:46:52
Форум, сна узинг схшисан.
Дадамнинг оналарини исмлари Бувиойша булган скан. Мен Оиша деб кусколайлик деб тортишспман. Биби, Буви каби олд кушимчалар хакида ким билса ёзворинглар. факат тезрок.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: ibnUyayna 17 May 2012, 13:48:37
Ensar - Ansor ekanda. Ansorlar madinaliklar.

 Ansor-yordam beruvchi degan manoni bildiradi.
 Muhojirga yordam bergan odam ansor hisoblanadi.Ansorlikni faqat madinaliklarga toraytirib qoyish togri emas.Hijrat qiyomatgacha davom etadi,qaysi diyorda bolmasin muhojirga yordam bergan odam ansor boladi.VA
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: ibnUyayna 17 May 2012, 13:52:35
Форум, сна узинг схшисан.
Дадамнинг оналарини исмлари Бувиойша булган скан. Мен Оиша деб кусколайлик деб тортишспман. Биби, Буви каби олд кушимчалар хакида ким билса ёзворинглар. факат тезрок.

 Siz qizizga metrka ovotganda Oisha dip yozdirin.Uydegla ozlari Buvioisha duvrsinla ))
 siz Oisha dip chaqiruvrin oz-ozidan keynchali Buvi si tushib ketadi...
 uydegla bn tortishmen yaxshimaaaas...
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Sayyid90 21 May 2012, 12:07:34
men kelajakda o'g'il ko'rsam ismini "Imronhon"qo'ymoqchiman.
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: _IYMONA_ 25 May 2012, 11:01:54
Турмуш сртогимга Абдужамил, Абдулазим, Ауруллоҳ исмлари ёқди. Манга бслса киз болалардан Музайсна исми ёқди  :7
Лекин хали тузукрок исм танлаб ксрмадик...
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Sayyod91 25 May 2012, 19:42:59
inshaAlloh o'g'il bo'lsa:Muslim, Mustaqiym, Abdulmatiyn, Abdurrahmon, Abdulboriy......
inshaAlloh qiz bo'lsa: Maknuna, Toyyiba, Mahdiya, .....
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Abdulloh_8800 26 May 2012, 08:22:27
menga Yaxyo,Ibrohim, MuhammadAmin, Abdulloh, Ismoil ismlari ko'proq yoqadi. Alloh nasib etsa manawu ismlarni adadicha o'g'illarim bo'liwini hohlayman
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Abdulhafizaka 26 May 2012, 10:52:04
assalomu alaykum men o'g'il farzand ko'rsam avval Alloh ning sifatlari bilan bog'liq key Rosullohning ismi bilan bog'liq ismlar qo'yaman deb niyat qilgan edim birinchi o'g'limga Abdumajid ismini qo'yganman va 11 may kuni yana o'g'il farzan ko'rdik ismini Muhammad ali qo'ydim. Barcha so'ralganlarni beradigan  Allohga shukrlar bo'lsin
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Abdulloh_8800 26 May 2012, 13:42:34
 :amn3:
Nom: Re: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Mahdiyah 26 May 2012, 18:52:09
Assalamu alaykum.
O'tgan yili kuz oylarida bir bog'chani yozuv-chizuv ishlarini kompda qilib bergandim.
Ro'yxatdagi bolajonlar ismini o'qib xursand bo'ldim.
Muhammadali,
Muhammadamin,
Muslima,
Mubina,
Madina,
Roziya,
Robiya,
Bilol,
Abdurrohman,
Abdulloh
......
deyarli har bir guruhda shunaqa ismli bolajonlar juda ko'p edi.
Nom: Javob: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: Muxsiya 04 Mart 2013, 15:57:44
o'g'il farzandimga - Behruz(yaxshi kun, yaxshi kunda tug'ilgan, yaxshi kunlarga yetkazuvchi degan ma'noni bildiradi)
qiz farzandimga - Oisha yoki Madina (menimcha bu ismlarga ta'rif shart emas deb o'ylayman)
Nom: Javob: Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?
Yuborildi: duvlaev 21 Mart 2013, 19:20:45
Ollohga shukur hozir bir o'g'il farzandim bor ismi Sultonbek(Rahmatli bobosini ismi).
Avvalo ohhoh har birimizni muqaddas bo'lmish oila qurishga va keyin shirindan shirin farzandlar ko'rishga yetkazsin.