forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 11 Aprel 2011, 01:31:03

Nom: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: AbdulAziz 11 Aprel 2011, 01:31:03
:bsm:
"œ...U (Alloh) O‘zi xohlagan kishiga qizlarni hadya etur va O‘zi xohlagan kishiga o‘g‘illarni hadya etur..." (Sho'ro surasi, 49-oyat).

Alhamdulillah! O'ziga behisob hamdu sanolar!
Bu kun biz ham bir o'gilga ota bo'ldik.
Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!

Boshqa birodarlarimizga ham o'zlari orzulagan farzandlarni nasib aylasin!
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: BelleQizcha 11 Aprel 2011, 02:25:43
chunmadik? ogilli boldizmi? yo ogili borlarga havasiz kevottimi.

Ishqib hayir bosin..

Agar og'il korgan bo'lsez unda quydagi gaplarni aytay....
Tabrikliyman..SHirin-shakar, quvnoq, diniga yordam beradigan, yurtiga shon-shuhrat qo'shuvchi OLIM BO"LSIN!
advakat bo'sin, kasmanovt bo'sin, domla bo'sin quruvchi bo'sin, svarchik bo'sin.. haa esdan chiqibdi.. DOKTUR bo'sin, o't uruvchi bo'sin..
Kenayimizaniyam siziyam butun oilangizni chin yurakdan tabrikliman. Hudo hohlsa biz bilan qo'shilib kotta bo'sin, ziyouzga o'xshagan forumlarni admini bo'sin!!!!!
Hayir bo'sin


agar og'li borlarga havas qilvotgan bo'sez
Unda OMAD!
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Chustiy 11 Aprel 2011, 02:41:38
Alloh muborak qilsin oshna, mavzu ochishga saal kechikibman :D
Iloyim, umrini uzin, riziqini butun va ota onasiga Jannatda toj kiydurguvchi zurriyotlardan bo`lib voyaga yetishishini tilab, so`rab qolaman...
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Mo'min Mirzo 11 Aprel 2011, 05:54:33
Alloh muborak qilsin, ota-onasining yuzini yorug' qilib ko'p rahmat keltiradigan solih farzandlardan bo'lib yetishsin.
Ajoyib xushxabar bo'ldi, mo'minlar oilasidagi safimiz yana ko'paydi.
Beshigu kiyimchalar muborak bo'lsin, kechki "navbatchi"liklar muborak bo'lsin.
Ismlari nima bo'ldi?
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: azizbek_mx 11 Aprel 2011, 06:33:05
Tel.da gaplashganimizda aytmadingizkt akaginam! Muborak bo'lsin. Ilmga, ziyoga chanqoq, mehrga boy, adolatli, tafakkurli, qalbi pok bo'lib voyaga yetishlarini so'rab duodamiz. Muborak bo'lsin!..
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Shoxjahon12 11 Aprel 2011, 07:51:07
Tabriklaymiz!!! Olloh umri va baxti bilan bergan bo'lsin!
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: muxlisa 11 Aprel 2011, 09:04:32
 :as:

Subhanalloh!! O'g'il mubore bo'sin! :)

O'zining xayrli, solih bandalaridan qilsin! Aqlli, ilmli, taqvoli, Islomga xizmat qilvuvchi din olimlaridan bo'lsin!!!
Ahli-oilezga ham  Alloh sog'lik-omonlik bersin!

Vapppshe to'palonchi bola bo'sin!  Abdulaziz 2.. :D



 
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Hadija 11 Aprel 2011, 09:29:44
Alloh muborak qilsin. Chin qalbdan tabriklaymiz sizni, ayolingizni va oila az'olaringizni ham.
Ikki dunyoda ko'zni quvontiruvchi, Jannatlarda toj kiydiruvchi solihlardan bo'lsin.
Kelajakda ota-onasining uka-singillarining g'amxo'ri bo'lsin.

Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: braupov 11 Aprel 2011, 09:34:32
 :as:
Alloh Umri bilan Rizqi bilan bergan bo'lsin. Kelajakda ota-onasi va vatanini ko'zini quvontiradigan solih farzand bo'lib voyaga etsin.
 
p.s.Barcha forum ahliga Yangi admincha muborak bo'lsin.  :7 :7  
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: AbdurRohman 11 Aprel 2011, 10:00:47
 :as:

Alloh umri bilan bergan bo'lsin. Islomda sobitqadam qilsin. Solih bandalar qatorida qilsin. Kamolini ko'rishni sizlarga nasib etsin.

PS: kecha telda bir yo'talibam qo'ymadiz og'a. ;)
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Habib 11 Aprel 2011, 10:21:22
МашаАллоҳ!
Муборак бслсин сғил фарзанд! Аллоҳдан снг ҳайрли тилакларни тилайман, кичкина АбдулАзиз ота-онасини бошига тож кийдирадиган сғлон бслсин!
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: registan 11 Aprel 2011, 10:28:14
Assalomu alaykum!

MashaAlloh, Alloh o'g'il farzand bilan siylabdi, o'zi muborak qilsin, tarbiyada madadkor bo'lsin, ota-onasini hech ham xafa qilmaydigan, gaplarini ikki qilmaydigan, oqil, solih farzandlardan bo'lsin.

P.S. Ismini nima qo'ydiz? AbdulAzizmi? ;D
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Musannif Adham 11 Aprel 2011, 10:55:10
Assalomu Alaykum.

Alloh muborak qilsin, Davronbek aka.

Alloh o'g'lingizni Islomga xizmat qiladigan, ilmiga amal qiladigan olimlardan, ota-onasini rozi qiladigan solih farzandlardan bo'lib yetishishini nasib qilsin.

Allohim, bu jiyanimiz - Davronbek akamizning ko'z quvonchi bo'lgan farzandlari uchun qiladigan duolarimizni ijobat qil.

Amiyn...
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Aqoid 11 Aprel 2011, 10:58:28
E, xush kelibsiz,Davronbek bizning safimizga. Behad quvondik. Alloh jiyanchamizni O'zi suygan bandalardan qilsin!
Yana Marg'ilonda osh yeymizmi?
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Lobar AZIZ 11 Aprel 2011, 11:29:00
Ur-raaa!!!
Suyunchi-i-i!!:))
Va nihoyat Abdulazizcha bizning dunyomizga tashrif buyuribdilar-da? Qadamlariga hasanot!:)
Shirintoy katta yigit bo`lsin! Ilohim Yaqin yillarda Muhsinani ham qo`lingizga olish nasib etsin!
Ota degan nom erkak kishi uchun eng muborak unvondir. Otalik muborak Davron aka!
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Muslimа 11 Aprel 2011, 14:19:21
 :as:
 :ms:
Alloh taolo muborak qilsin!
Ko'zlaringizni quvonchi, muttaqinlarga imom bo'ladigan, Islom diniga holis hizmat qiladigan va ikki dunyo ota-onasini yuzini yorug' qilib, ohiratda boshlaringizga toj kiydiradigan farzand bol'sinla og'ilchez!  :amn:
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Abdul_Malik 11 Aprel 2011, 14:56:48
 :ms:
Haqiqatda xursand bo'ldim,safimiz yana bittaga kopaydi.  Alloh ota-onasining ko'zini quvonchi va haqiqiy muttaqiynlardan qilsin.
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Abu Muso 11 Aprel 2011, 15:24:14
 :as:

Davronbek, biz otaxonlar safiga xush kelibsiz... :)

Alloh umri bilan bergan bo'lsin! Solihlardan bo'lsin...
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Ansora 11 Aprel 2011, 16:12:25
Assalomu alaykum.

Mana xushxabaru, ana surpriz : )

Alloh muborak qilsin jajjigina Muhammad Alayhissalom Ummatini, O'zbek farzandini, Marg'ilonlik jigitchani:)

Butun go'zal duolarga omin degan holda, uyingizni bolajonni hididan boshlab, qut-barakasi o'rab olishini tilayman Yaratgandan.

Forumdoshlarni farzandlari ko'payaversin, biz ham ularni Allohni buyruqlari bilan tarbiyalaylik inshalloh

Fursatdan foydalanib, hali turmushga chiqmagan, uylanmagan forumdoshlarimizga hayrli turmush o'rtoqlari, yangi oilali bo'lganlarga ham iymonli farzandlar tilayman.

Tabriklar bo'limida shunday mavzular ko'payaversin iloyim : )
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Saliha 11 Aprel 2011, 16:44:23
Allah hayirli qilsin, hayirli avlod bo'lsin inshallah..
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Shokir 11 Aprel 2011, 19:17:37
:as: Hayirli qilsin ,
umri va rizqi barokatli bölsin
 Din rivoji va Alloh roziligi yölida peshqadamlardan bölishligini sörab qolamiz - ameen...
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: AbdulAziz 11 Aprel 2011, 19:53:29
Barchangizga chin dildan tashakkularim!
Alloh sizni ham go'zal xabarlar ila xushnud aylasin!
Ismlarini AbdulAziz deya nomladik. Iloyim Aziz bo'lgan Allohga qulchilikda sobitqadamlardan bo'lishini nasib etsin!

Inshaalloh, yaqin kunlarda aqiqa qilamiz. Siz azizlarni ham taklif etamiz.

PS. Tasodifni qarangki, ayni shu quvonchli xabar mening forumdagi 20000-chi postim bo'libdi :)
Aynan shu kunlari bundan 7 yil avval www.ziyouz.com portali dunyo yuzini ko'rgan edi...
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Shuhrat_ 11 Aprel 2011, 20:51:59
 :as:
Allox umri risqi bilan bersin
Farzandlarimiz ota onasiga islomga xizmat qiladigan farzandlardan bulsin :amn:
ALLOX taolo axli ayollarimizni xam iymonli,insofli,iboli xayoli farzand tarbiyasida sabrli qilsin. :amn:
DAVRONBEK farzand muborak bulsin
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Ummu Muslima 11 Aprel 2011, 22:08:11
 :as:
 :ms:
muborak bo'lsin,
Alloh umrini uzun rizqini keng qilgan Bahtlik bandalaridan qilsin,
Qiyomatda Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v  haqiqiy fahrlanadigan ummatlaridan bo'lsinlar.
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Музаффар 11 Aprel 2011, 22:14:16
Умри билан берган бслсин!!!
Оллох ризқини кенг, мартабасини улуғ, динини бақувват, илмини чексиз, хулқини А асулуллохнинг ахлоқларидай қилсин!
Қутлуғ бслсин Даврон ака!!!
сиз ва оилангизни икки дунё саодатига етиштирсин!!!
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Nоdirbek 11 Aprel 2011, 22:17:22
Mavzu nomini ko'rishim bilan miyamga shunday fikr kelgandi :)

Alloh umri bilan bergan bo'lsin, otasiga o'xshagan solih, mard, el-yurt xizmatida charchamaydigan bandalardan bo'lishlarini nasib aylasin!

Tabrigimizni qabul aylagaysiz og'a!
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Abu Muso 11 Aprel 2011, 23:07:29
Ismlarini AbdulAziz deya nomladik.

 :as:

Unaqada, Nikingizni Abu AbdulAziz deya o'zgartiring...  ;)
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Kamalak 11 Aprel 2011, 23:22:02
Oilangizga farzand muborak bulsin!Olloh umri bilan bergan bulsin.
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Sofdil 12 Aprel 2011, 01:15:26
 :as:

Chin dildan tabrikla Admin birodar. 
Bizagayam farzand kurish nasip qisin.
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Lu`lu` 12 Aprel 2011, 06:24:58
                                    :bsm:

Умар р.а.: « Кимга дуо қилиш илҳоми берилган бслса, ижобат бслиши у билан биргадир» деганлар. Аллох сизга баракаларини ёгдирсин.Фарзандлариз ихлосли,иймонли, 2 дунё саодат сгаларидан ва ота-онасини бошига тож кийдирувчилардан булишсин.
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Qodiriy 12 Aprel 2011, 07:25:09
Fаrzаnd muborаk! Аziz birodаr. Аlloh yаqinlаrigа lаziz, еlgа аziz fаrzаnd аto qilgаn bòlsin ilohim!
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Mahdiyah 12 Aprel 2011, 10:38:40
Assalamu alaykum.
Alloh muborak qilsin. Eshitib juda-juda hursand bo'ldik.
Bola barcha quvonchu-shodliklarimiz sababchisi, eng muborak tuhfa, eng aziz ne'matdir
Ilohim jannatda toj kiydiradigan murattab qorilardan bo'lsin.
Islom uchun, yurti, ota-onasi, musulmonlar uchun hizmat qiluvchilardan bo'lsin.

Bizni ham duo qilin, bizlarga ham nasib etsin ALLOHIM.


(http://s008.radikal.ru/i303/1104/92/276ad9b79250.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Sadulla 12 Aprel 2011, 11:48:31
 :as:

Muborak bo'lsin.Ota-onasiga doimo hizmatda bo'ladiga solih farzand bo'lsin.Hammaga shunday baxt nasib qilsin.
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Муҳаммад Соҳиб 12 Aprel 2011, 16:29:04
Хсш, табрикларни кеча телда ҳам айтган бслсакда сна бир бора чин қалбдан хурсандчилигимизни изҳор қилиб қоламиз. Ҳақ Таоло АбдулАзиз жиснимизни соғ саломат катта бслиб, солиҳ инсон бслиб етишишида сзи мададкор бслсин. Қараган ксзнинг қувончи бслсин!
Шу билан бирга фарзанд талабида бслган ҳар қайсики биродарларимизга Аллоҳ талаби мақсудларини берсин!

Давронбек, Ақийқа хабарини сртароқ беринг. Билмасдан қорин тсйғазиб бормайлик :)
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 12 Aprel 2011, 21:30:31
ALLOHim umrini mazmunli va barokatli, eng asosiysi ibodatga boy qilsin!
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Nurilla 13 Aprel 2011, 05:35:28
Umri bilan bergan bo'sin, iymonli e'tiqodli, ota-onasini haqqini o'tovchi solih farzand bo'lsin.
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: muxlisa 13 Aprel 2011, 13:08:05
Nurilla degan usergacha aytilgan barcha raxmatlar soni 3 sahifali mavzuni o'zida 179ta bo'bti.. :)
 rekord qo'yvossilami, o'rtola?  :7 yo jajji bolakayni sharofatimi? ishqip buyog'igayam barakasini bersin. ;)

Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: JaviK 14 Aprel 2011, 13:11:34
Davron aka o`g`il muborak bo`lsin kech bo`lsada tabriklarimni qabul qilin:) Hudo Hohlasa aqiqasiga boramiz:)
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Ziyovuddin 28 Aprel 2011, 16:02:37
 :as:
Bu quvonchli xabardan xabarsiz qolishimga ozgina qolibdi. Kech bo'lsada men ham yuqoridagi barcha tilaklarga qo'shilaman. Otasi suyanadigan tog' bo'lsin  :)
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: G_u_l_i 29 Aprel 2011, 05:27:49
 :vslm:
Alloh muborak qilsin,solihlardan bo'lsin
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: dimu 30 Aprel 2011, 15:56:10
Аллох муборак килсин биродари азиз! Углингиз исмига мос солих фарзандлардан булишини Аллохдан сураб коламиз! Менимча бу биринчи фарзандингизми биродар?
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Nurdinboy 30 Aprel 2011, 16:47:42
:bsm:
"œ...U (Alloh) O‘zi xohlagan kishiga qizlarni hadya etur va O‘zi xohlagan kishiga o‘g‘illarni hadya etur..." (Sho'ro surasi, 49-oyat).

Alhamdulillah! O'ziga behisob hamdu sanolar!
Bu kun biz ham bir o'gilga ota bo'ldik.
Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!

Boshqa birodarlarimizga ham o'zlari orzulagan farzandlarni nasib aylasin!

Muborak bo'lsin. Alloh umri bilan bergan bo'lsin solih farzand bo'lib ota-ona duosini olgan farzan bo'lsin. Hammaga ham shunday shirin farzandlar bersin.
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: ree7 09 May 2011, 21:25:37
Assalomu alaykum AbdulAziz aka, kech bulsa ham tabriklayman. Olim-ulamolardan busin. Va yuqoridagi mendan ilgari yozilgan barcha tilaklarga qushilaman.
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Best friend 09 May 2011, 23:01:54
:bsm:
"œ...U (Alloh) O‘zi xohlagan kishiga qizlarni hadya etur va O‘zi xohlagan kishiga o‘g‘illarni hadya etur..." (Sho'ro surasi, 49-oyat).

Alhamdulillah! O'ziga behisob hamdu sanolar!
Bu kun biz ham bir o'gilga ota bo'ldik.
Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!

Boshqa birodarlarimizga ham o'zlari orzulagan farzandlarni nasib aylasin!
Bu mavzuga hech kirmagan ekanman... Abdulazizaka farzandingiz umri barakotli, rizqi ulig' bo'lsin. Ilohim Payg'ambarimizning yo'lida, Allohning nurida sobit mo'minlar qatorida bo'lsin.
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Abdulhafiz 18 May 2011, 19:18:41
Yuqoridagi barcha duo tilak tabriklarga qo'shilib qolamiz.
Alloh umri bilan bergan bo'lsin, ota-onasiga ko'z quvonchi bo'lib ulg'aysin.
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyun 2011, 11:19:19
Assalomu alaykum!
Yakshanba, 12 iyun, yakshanba kuni soat nahor 06:00 da o'g'limiz AbdulAzizning aqiqalariga taklif etaman.

Manzil: Marg'ilon shahri, Bahouddin Naqshbandiy ko'chasi, 218-uy.
Mo'ljal: 3-o'rta maktab, 1-tibbiyot kolleji.
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Aqoid 10 Iyun 2011, 15:12:40
Iye, muborak bo'lsin,ALLOH dargohida qabul qilsin! Boradiganlar bir narsa devorilar,billa-billa o'tib kelamiz,inshaalloh.
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: Музаффар 10 Iyun 2011, 16:48:34
Қутлуғ бслсин! Худойим Абдулазиз Давронжон сғлининг Аикох ва сғил тсйиларинисм (Яъни сизниннг невара тсйингиз)ни, ундан кейингиларнисм тсйини ксришни насиб стсин! Омин!...
 
Nom: Re: Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!
Yuborildi: azizbek_mx 10 Iyun 2011, 21:00:16
Muborak bo`lsin, yana bir bor xayrli tilaklar tilab qolamiz
Boradiganlar bir narsa devorilar,billa-billa o'tib kelamiz,inshaalloh.

- Bir narsa...  ;D