forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumchilar blogi => Mavzu boshlandi: Lobar AZIZ 11 Aprel 2011, 17:41:13

Nom: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 11 Aprel 2011, 17:41:13
Umr. Qanchalar uzun va qanchalar qisqa...
Hayot. Naqadar tekis va naqadar murakkab...
Biz kim? Umr bog`iga qadalgan daraxtlar. Kimdir hali ko`chatlik darajasidan o`tib, nihollik bosqichiga ham yetgani yo`q, kimdir yetilib meva tuga boshlagan, kimdir esa...
kimdir soyasi, kimdir manzarasi, kimdir mevasi bilan o`z daraxtlik vazifalarini o`tasa, kimdir hatto asli qanday daraxt ekanligini bilmay turib o`tinga aylanadi...

Tong otadi. Quyoshning ilk zarrin nurlari bugun amalga oshirishimiz mumkin bo`lgan va lozim bo`lgan zaruriyatlarni yodga soladi go`yo.
Kun botadi. Yana bir kunning(imkoniyatning) boshiga yetamiz. Ulgurmay qolamiz ko`p ishlarga. Kelasi kundan umid qilamiz. Vaholanki har bir kun g`animat, omonat...

Har o`tayotgan kunimiz- bitta-bitta uzilib tushayotgan yaproqlarimiz.
Siz shunday yashangki, har bir uzilgan yaproqning ortidan afsus bilan emas, shukronalik bilan qarab qoling.
Siz shunday yashangki, umr bog`iga faqatgina soyangiz orqali nafingiz tegmasin...

E'tibor qiling.
Hayot tashvishlari, mayda yumushlar bilan chalg`ib, ko`pincha e'tiborimizdan chetda qolayotgan tabiatning har bir manzarasi, har zarrasi- gulga burkangan daraxt, oyoq ostida qolib ketgan kuzgi yaproqlar, yerdan endigina unib chiqayotgan mittigina maysa tanasi, bandidan yulinib, kimningdir quvonchiga sabab bo`lib, ohir so`lib bir chetda mung`ayib qolgan gul, yomg`ir, qor... umuman har bir ko`rinish bizga hayotning hali biz anglab yetmagan haqiqatlaridan darak berayotgan bo`lishi mumkin...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 11 Aprel 2011, 17:51:31
Qizig`-a? Odamzod salgina og`rib qolsa, dard cheksa darhol onasini eslaydi. Hech bo`lmasa "Oh onajon!" deb qo`yadi.
Nega shunday? Ahir onalarning hammasi ham shifokor emasku? Otasini, aka-opasini, hatto turmush o`rtog`ini ham emas, aynan onasini eslaydi, chaqiradi...
Aytishlaricha, ayol kishi dard tutganida ham "Ona!" deb chaqirarkan. Garchi onasi uzoqlarda bo`lsa-da, kelolmasligini sezsa-da...
Ozroq mazamiz qochib, ko`nglimizga qil sig`may qolsa onamizga qo`ng`iroq qilamiz: "Ona, mazam yo`q..."
Onamiz esa odati bo`yicha vaqtida oldini olmagan ishlarimizni(yupun kiyinganmiz, vaqtida ovqatlanmanmiz, va hokazo..) aytib koyiydi, tergaydi..
Go`shaki qo`yamiz-u... negadir yegil tortamiz. O`nta dori berolmagan davoni onaing bir lahzalik kuyinishi, qayg`urishi, mehri beradi goho...

Ho`sh nega shunday? Bunga dunyoning manaman degan olimlari ham javob topolmasa kerak...

To`g`rimi, ona?
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Музаффар 11 Aprel 2011, 18:29:04
Жаннат хам оналар оёғи остида, бу дунёдаги снг улуғ ва мътабар зот хам ОАА бслади.
Ман бир воқеа сшитганман: бир аскар харбий харакатлар вақтида ботқоқликка ботиб қолади, силласи қуриб охирги умиди хам сснганида ОААЖОА! деб қичқириб йиғлаб юборади. Онаси сса шу оннинг сзидаёқ кснгли бехаловатланиб, сғлига нимадир бслганини сезади ва дархол сша жойдаги харбийларни каттасига қснғироқ қилади, натижада аскарни чалажон холда бслса хам топишади.
Бу воқе кинода ёки қайсидир китобда смас реал хаётда бслган, она америкада, сғил сса ссимда йсқ, ёки Куба, ёки Ланамада, хуллас марказий американинг умуман бошқа давлатида жанг қилаётган бслган...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: BelleQizcha 12 Aprel 2011, 03:14:32
dardalarini, ko'nglindagini, suvga aytsang-uu oqizziiiiiiiibbbbbb ketsa.............
Do'stlarning shuncha yaqin bo'sin, ichinagini o'zin hohlaganday etolmasakansan...
ehh...hozir ko'nglimdan o'tyotganlarni yozay diman-uu-kuch topilmaydi-daaa
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: azizbek_mx 13 Aprel 2011, 21:12:34
Yuragimga boqmang, iltimos,
U egasiz... Ko'rganday jabr...
Yonayotgan Muhabbat emas,
Ko'zyoshlarga yuvilgan sabr...
SMS dan...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Sofdil 14 Aprel 2011, 02:50:13
dardalarini, ko'nglindagini, suvga aytsang-uu oqizziiiiiiiibbbbbb ketsa.............
Do'stlarning shuncha yaqin bo'sin, ichinagini o'zin hohlaganday etolmasakansan...
ehh...hozir ko'nglimdan o'tyotganlarni yozay diman-uu-kuch topilmaydi-daaa

Mana bizaga PM qivorasde bunaqa paytlada kutaramiza bunaqa odamlani ichidi gaplani ewitvurip "Filtr" ga o'xshap qoganmiza uje :)
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Sofdil 14 Aprel 2011, 02:53:12
Ogahiy Navoiyga Muhammas bog'laganini wu paytgacha bilmaganakanmaneee.
Ammo lekin "sochvorganakanla".

Falakkim yaxshilar bazmida qadrimni baland etmas,
Dami yo'qkim yamonlar majmaida mustamand etmas,
Bu hasratdin ko'zim ashki yo'lin bir lahza band etmas,
Mani man istagan o'z suhbatida arjumand etmas,
Mani istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.

Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Yaratganga shukr 14 Aprel 2011, 12:37:19
Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo‘lib gulladi...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Aqoid 14 Aprel 2011, 15:09:13
HAR KIMA HAR XIL YOZAR ARSH MIRZOSI SANA
AYLANUR OINA BU, HECH BITTA ISH QOLMAS PANA
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Sofdil 15 Aprel 2011, 00:25:28
Fig'onkim dahru dun ichra rafiqi topmadim ogah,
Qayon borsam bo'lurlar g'ulvashlar hamdamu hamrah,
Tilarlar bahra mandin, men tilab topman biridin, vah,
Na bahra,topg'oman ondinki mandin istagay bahra,
O'zi ham bahramand o'lmas,mani ham bahramand etmas.

Davomi to be continued :)
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 19 Iyul 2011, 23:32:27
Teng bölmadi senga tengdosh körganlarim...
Dil sitamga chömib töydi, erka könglim!
Kuydirdiyu, kuyuk böldi suyganlarim,
Muhabbatni kömib qöydim yerga könglim...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: AL_laziz87 20 Iyul 2011, 00:10:37
Шафкатсиз дунёда сшаб не килдим
Кунглимга сигмади хатта бу ёшлик.
Жисмимни тарк стсин майли бу жоним
Узгани севганда бевофо ёрим.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: akula 20 Iyul 2011, 00:18:51
Hayotdan tuyib ketim yashashni ham xoxlamiy qoldim (((  nega nega savollar qiynab ...    :'(

Ichimdagi gaplarni aytishga suz topilmiydi
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: AL_laziz87 20 Iyul 2011, 00:25:20
Hayotdan tuyib ketim yashashni ham xoxlamiy qoldim (((  nega nega savollar qiynab ...    :'(
Бу Дунёда улишдан кура сшаш кийинрок. Азизларим дунёни кабул килинг борича
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: BilmasOY 20 Iyul 2011, 19:57:08
Umr. Qanchalar uzun va qanchalar qisqa...
Hayot. Naqadar tekis va naqadar murakkab...
Biz kim? Umr bog`iga qadalgan daraxtlar. Kimdir hali ko`chatlik darajasidan o`tib, nihollik bosqichiga ham yetgani yo`q, kimdir yetilib meva tuga boshlagan, kimdir esa...
kimdir soyasi, kimdir manzarasi, kimdir mevasi bilan o`z daraxtlik vazifalarini o`tasa, kimdir hatto asli qanday daraxt ekanligini bilmay turib o`tinga aylanadi...

Tong otadi. Quyoshning ilk zarrin nurlari bugun amalga oshirishimiz mumkin bo`lgan va lozim bo`lgan zaruriyatlarni yodga soladi go`yo.
Kun botadi. Yana bir kunning(imkoniyatning) boshiga yetamiz. Ulgurmay qolamiz ko`p ishlarga. Kelasi kundan umid qilamiz. Vaholanki har bir kun g`animat, omonat...

Har o`tayotgan kunimiz- bitta-bitta uzilib tushayotgan yaproqlarimiz.
Siz shunday yashangki, har bir uzilgan yaproqning ortidan afsus bilan emas, shukronalik bilan qarab qoling.
Siz shunday yashangki, umr bog`iga faqatgina soyangiz orqali nafingiz tegmasin...

E'tibor qiling.
Hayot tashvishlari, mayda yumushlar bilan chalg`ib, ko`pincha e'tiborimizdan chetda qolayotgan tabiatning har bir manzarasi, har zarrasi- gulga burkangan daraxt, oyoq ostida qolib ketgan kuzgi yaproqlar, yerdan endigina unib chiqayotgan mittigina maysa tanasi, bandidan yulinib, kimningdir quvonchiga sabab bo`lib, ohir so`lib bir chetda mung`ayib qolgan gul, yomg`ir, qor... umuman har bir ko`rinish bizga hayotning hali biz anglab yetmagan haqiqatlaridan darak berayotgan bo`lishi mumkin...

Rozi bo'ling opajon gaplariz judayam yoqdi shuning uchun boshqa saytdagi o'zimni postlarimga qo'shib qo'ydim...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 21 Iyul 2011, 01:38:13
Eeeng katta baxt, boylik sog'liq ekannn... Qolgani bekor. :'(.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: azizbek_mx 05 Avgust 2011, 14:31:36
Uni kördim... Yana ösha eski suratida, eski qiyofasida kördim.... Uni yana tushimda kördim. Özim qanchalar orzu qilgan holatni kördim... Kördimu... Yöq, bunday bölmasligi kerak... Qanchalar istamay, qanchalar orzu qilmay röyoga chiqmasligini ham shunchalar istayman. Chunki uni arosatda qolishini istamayman... Yana ösha boqishlar... Yana ösha kulishlar, ösha nigoh, ösha tabassum... Unutishga harchand urinmay unutolmayapman. Faqat usizlikka könikib qoldim. Unutish qölimdan kelmadi...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: убайдилло 07 Avgust 2011, 11:56:06
Ona .
Bir qo'lida beshik bir qo'lida dunyo tebratgan ona mehiri bilan tosh qotgan dillardi eritgan. Ona farzandim deb bor burtidan kechkan. Eh ona. Onalar to'lg'oq azobini bo'yinlariga olmagan bo'lmaganda edi hech bir farzand duyoga kelish uchun yo'l topa olmagan bo'lar edi. Ona , ona ona. Har qanday inson onasiz dunyodan o'tmagan.  Hatto yetim bo'lsalar ham ahir ularni ham dunyoga onalari kelirganlar . Ona nomingiz bitar ekan man ko'zim yosh qalbim esa o'ksinishtan bo'shamas dilim g'ashligi holati yuzimdi mahzun ayladi. Ona. Onam onajon
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 15 Avgust 2011, 23:45:43
Ba'zan yolg'on kulib, rost gapiramiz, ba'zan yolg'on gapirib, rost kulamiz... Kulgiga qolmay turib, o'z o'zingni aldashni bas qil, Ko'ngil...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 16 Avgust 2011, 22:31:30
Shivirlab aytasiz:
 "œKechir yaxshi qol"¦
Bir bo`lmas taqdirlar qismati — ayro"
Bedil ko`ksingizni etdimi hushhol,
mening yuragimning bo`lgani vayron?!
Qayrilib, ketasiz"¦
Hammasi tamom.
Sochilar — singan ul ilinjlar uvol"¦
Yo`q bo`lib ketardim,
bilganim hamon-
Dunyoda borligim kelganin malol...
Urilib ketadi toshlarga boshim,
Tikanlar sanchilar ortimga qaytsam.
Toqat qilolmasa so`qir bardoshim,
Maylimi, so`nggi bor ismingiz aytsam?..
Hayrlar-
Gulbargga o`ralglan vido.
Ayriliq-
Sevgiga tutilgan og`u"¦
Ko`nglida ko`zlarim ko`rgandim, Xudo!
Ko`ksimda ko`nglini ko`rmadi, yohu!..
Uzilib boradi-
Rishtalar behol.
Uzoqlab ketadi qadamlar ayro.
Ayting, ko`nglingizni qildimi hushhol,
Mening yuragimning bo`lgani vayron?!

Shivirlab aytasiz:
Kechir.
Yaxshi qol"¦
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Donishmand 19 Avgust 2011, 12:08:08
Odamlar doim nimadandir ko’ngli to’lmay yuradilar. Doim nimanidir umid qiladilar"¦ Tug’ilishda bo’lgan beg’uborlik, ong tiniqligi hech qachon uchramaydi ularda boshqa. Men aslida shundayligimcha qolgan bo’lar edim, lekin bu ham yashash uchun ma’qul holat emas"¦
Istaklar mahsuli shuki, odamzod ulg’aygan sari bilimlar oshaversa, ilmlar uning hotirasiga yozilaversa-yu, lekin beg’uborlik, ongning tiniqligi o'sha-o'sha holicha qolaversa"¦
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 19 Avgust 2011, 12:12:47
O`yinchoqlardan uzilib ulgurmagan ko`nglim, umr kitobining yigirmanchi bobini o`qib(yozib) tugatayotganingni qachon tan olasan?...
Yana qancha bob qoldi?
O`nmi? Yigirma? O`ttiz?..
Kitob sarlavhasini nima deb qo`yamiz?
Mundarijasi muallifni uyaltirib qo`ymasmikin?
....
?
Balki o`yinchog`ingni tashlarsan....?

Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: braupov 19 Avgust 2011, 13:57:06

КЕЧИКИШ
Ҳаёт саҳросида кезиб сарсари сенга етмоқ истадим фақат.... Кездим қанча чслу ёбонни, сенга етмоқ сди ёлғиз мақсадим.
Оёғимни тирнади тошлар, тиконлар, изимга томдилар қонлар қизғалдоқ, вужудимни куйдирди саҳро оташи, чанқадим, танглайга ёпишди тилим. Дардимни айтмадим дайди елларга, алданмадим саробларнинг саробларига. Ҳамма қийинчиликларни ошириб елкамдан, сенга, сенга интилавердим фақат.
Ва бир куни, Худо ёрлақаган кун, мен сени учратдим умрим мазмуни.
Учратдим. Учратдиму... афсус...
Ҳаётда кечикиб қолишлар ксп бслади. Дарсга кечикиш, автобусга кечикиш, поездга кечикиш, ҳатто сшашга кечикиш... менингча снг қайғулиси бахтга кечикиш бслса керак.
Шунча азоблар, қийинчиликларга синмаган бардошим чил-чил бслиб кетди бахтим сгасининг ксзига қараб.
...сзимни алдадим, юпатдим ноилож, у ҳам мени кутгандир узоқ... кейин мажбуран...
...кейин снг ссшти илинжим-сенинг ксзларингни излай бошладим.
Ксзларингдан аранг илғаганим дардмиди, синиқликмиди... ёки мен адашдимми, бахтим?
Asolat Ahmatqul qizi
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 07 Sentyabr 2011, 15:40:01
Bugun chindan ayrilayapmiz.
Yetmay turib ishqning isiga.
Ters tomonga qayrilayapmiz-
Ergashgancha vido iziga,
Essizgina"¦
Ayrilayapmiz"¦
Gunoxlarni ahtarmoq bekor,
Xatolarga qolmadi hojat.
Toshib ketsa alamlar — beor,
Armonlarga etib munojat,
Sassizgina"¦
Ayrilayapmiz.
Yig`layotgan senmi yoki men?
Bo`zlayotgan ishqmi shumqismat?
Oramizdan esayotgan yel,
To`fonlarga aylanmoq istab"¦
Hissizgina"¦
Ayrilayapmiz"¦
Tutashmadi manzillar — yiroq,
Ulgurmadi ko`zyoshlar qurib.
Yuraklarni bir qilib biroq,
Ajab, bir bor uchrashmay turib-
So`zsizgina"¦
Ayrilayapmiz"¦
Aytilmaydi endi biror so`z.
Sog`inmoqlik ko`ngilga malol,
Bir ozgina"¦ Kelmay tursa kuz-
Baxtli bo`larmidik, ehtimol"¦?
Baxtsizgina"¦
Ayrilayapmiz"¦
(С)
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Ansora 07 Sentyabr 2011, 15:46:02
O`yinchoqlardan uzilib ulgurmagan ko`nglim, umr kitobining yigirmanchi bobini o`qib(yozib) tugatayotganingni qachon tan olasan?...
Yana qancha bob qoldi?
O`nmi? Yigirma? O`ttiz?..
Kitob sarlavhasini nima deb qo`yamiz?
Mundarijasi muallifni uyaltirib qo`ymasmikin?
....
?
Balki o`yinchog`ingni tashlarsan....?



Shunday o'ttiz kelib qoladi ki, ko'ngilni ishongisi kelmaydi:)
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Ansora 07 Sentyabr 2011, 15:53:11
Qizig`-a? Odamzod salgina og`rib qolsa, dard cheksa darhol onasini eslaydi. Hech bo`lmasa "Oh onajon!" deb qo`yadi.
Nega shunday? Ahir onalarning hammasi ham shifokor emasku? Otasini, aka-opasini, hatto turmush o`rtog`ini ham emas, aynan onasini eslaydi, chaqiradi...
Aytishlaricha, ayol kishi dard tutganida ham "Ona!" deb chaqirarkan. Garchi onasi uzoqlarda bo`lsa-da, kelolmasligini sezsa-da...
Ozroq mazamiz qochib, ko`nglimizga qil sig`may qolsa onamizga qo`ng`iroq qilamiz: "Ona, mazam yo`q..."
Onamiz esa odati bo`yicha vaqtida oldini olmagan ishlarimizni(yupun kiyinganmiz, vaqtida ovqatlanmanmiz, va hokazo..) aytib koyiydi, tergaydi..
Go`shaki qo`yamiz-u... negadir yegil tortamiz. O`nta dori berolmagan davoni onaing bir lahzalik kuyinishi, qayg`urishi, mehri beradi goho...

Ho`sh nega shunday? Bunga dunyoning manaman degan olimlari ham javob topolmasa kerak...

To`g`rimi, ona?


Haqlisiz. O'g'lim o'ynab, kulib yurganda men esiga kelmayman, qorni to'q bo'lsa bo'ldi, uydagilar uni parkka o'ynagani olib chiqishadi, yig'ladimi, deb so'rayman, yo'q deyishadi. Lekin vaqt o'tib qorni ochishi bilan "e-deee" deya boshlaydi.
Bazan bir joyini qattiq urib olib, joni achiganda uyda shuncha odam tursayam yana meni qidirib qoladi.

Tunov kuni juda erkalatib yubordik, bundan keyin aytganini qilmayliki deb gaplashdik uydagilar bilan, qaynonam xazillashib Ensarni urishib bergandilar, birdan xuddi katta odamlarday ikki qo'lini ikki yoniga tashlab, pat pat qadam tashlab, dod soldi, arazlab, yana meni qidirdi: "e-dddd-eee" ah bolama : )
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Ummu Muslima 07 Sentyabr 2011, 16:25:55
O`yinchoqlardan uzilib ulgurmagan ko`nglim, umr kitobining yigirmanchi bobini o`qib(yozib) tugatayotganingni qachon tan olasan?...
Yana qancha bob qoldi?
O`nmi? Yigirma? O`ttiz?..
Kitob sarlavhasini nima deb qo`yamiz?
Mundarijasi muallifni uyaltirib qo`ymasmikin?
....
?
Balki o`yinchog`ingni tashlarsan....?



Shunday o'ttiz kelib qoladi ki, ko'ngilni ishongisi kelmaydi:)
o'ttizdan keyin shunaqangi yugiriib ketadiki hech nimaga ulgurmay qolayotgandek vaqtni qadriga ko'proq yeta boshlaysiz,,,

hozirgi mustaqillik yoshlariga havas qilaman,
ming afsuski bizni yoshligimizda ko'p vaqtimiz behuda ketgan ekan.....
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: bir_qizcha 07 Sentyabr 2011, 17:49:13
Yo'qotilgan narsalar naqadar "qadrli",naqadar..
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Maysara 28 Sentyabr 2011, 14:01:45
Shunday o'ttiz kelib qoladi ki, ko'ngilni ishongisi kelmaydi:)
Ayniqsa ko'ngli yosh insonlar ishonolmaydi. Kunlar kelib sochlarimiz oqara boshlaydi, bunga ham ko'nika boshlashimiz kerak bo'ladi. (Lekin ko'ngil istamaydi).
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Anonim 28 Sentyabr 2011, 14:59:06
Seni Eslatib yog`ar edi Oppoq qor!

Bugun yana qor yog`di, Tongda turib o`sha sen yoqtiradigon Sevgi adiriga yo`l oldim, Adir yonboshidagi Hurmo darahti hamon sevishganlar uchun qadrli va ardoqli bo`lib kelmoqda ekan, Sen bilan birga ismimizni o`ygan o`sha hurmo darahti, Ro`molcheni bog`lagan o`sha sevgi darahti. Adirga chiqar ekanman Ikki sevishgan qor bobo yasamoqda ekan, Azizzim Biz yasagan qorbobo ham ko`z oldimda Ikkimizga jilmaygancha boqib turganga o`hshardi, men esa hazilalshib seni undan rash qilib ko`zini olib qo`yganlarim shularni eslasam yurgim eziladi. Mana bir yil ham o`tdi o`sha mashun avtahalokat seni mendan ayirdi,
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Anonim 28 Sentyabr 2011, 14:59:39
Mana sensiz keyingi qish kirib keldi, birinchi qor ham yog`di Lekin sen yo`qsan balki yonimdadursan boshingni yelkamga qo`yib yig`layotgandursan men kabi"¦"¦Shomda uyga qaytdim, negadur boshim og`ridi uyquga ketdim, ko`zimni ochsam  Bir kasalhona palatasida ekanman, Yonimda onajonim stolga boshini qo`ygan holda uhlab qolgan ekanlar, Toliqqani yuzlaridan bilinib turar edi, Eh onajonim sizni rosa qiynab yubordim, Seni juda yahshi ko`rar edilar, o`z qizlaridek ko`rar edilar. Menga doim aytar edilar bolam Otangdan yolg`iz yodgorimsan o`zingni asra"¦"¦Hushimga kelganimni ko`rib uyg`ondilar, Duhtirlar ko`rigidan o`tdim, Honaga kirib derazaga boqaman tashqarida bir yigit va qiz qor bo`ron o`ynashmoqda , Ikkisin kuzatar ekanman, Sen bilan o`tkizgan o`sha bir gina qish yodimga kelaveradi, Nega meni erta tashlab ketding,"¦..Ko`rik
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Anonim 28 Sentyabr 2011, 14:59:52
Natijalari chiqdi, TEz tez behush bo`lishim, bemadorligim bir kassalik alomati ekan, Onam ko`zlari qizargan holda honaga kirib keldi, Men majburlab ohiri kasalim qanday ekanligini bilib oldim, Miyamda o`simta bor ekan ahvolim tobora o`girlashib borardi, Har kuni turli dorilar bilan tirik edim , bir kun duhtir oyimga o`g`lizga dorilarni to`htatsak ahvolli juda o`girlashadi, keyin yordam bera olmay qolamiz deb qoldi, Men esa oyimni qiynagim kelmas edi, Bir kun oyijonimga :Oyijon duhtirlarga aytin ukkollarini boshqa qilishmasin, yuragim og`rib ketdi, menga boshqa ukol qilishmasin ayting oyijon men sizni yahshi ko`raman, meni kechiring oyijon sizni orzularinggizni ro`yobga chiqara olmadim, Singlim meni kechir Seni bahtli qila olmadim, Oyijon meni kechiring faqat yi`glamen, men sizlarni yahshi ko`raman,,.. "¦.Bugun esa gapirishdan ham qoldim balki bu so`nggi bor qo`limga ruchka ushlashimdur"¦"¦"¦.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Shuhrat_ 28 Sentyabr 2011, 15:29:44
 :asl3:
bu qisqagina dunyoda ALLOH kimgadir dard kimgadir sog'lik beradi.
Ahir bu imtihon dunyo, utkinchi dunyo, hammasiga sabr qilamiz inshaalloh.

Abadiy dunyoda jannati na'im lardagi yahshi darajotlarga etishish uchun sabr qilamiz.

Alloh mo'minlarga jannatni na'imni ,jannati firdafsni nasib qilsin.

Alloh g'ofuru-rohim.
O'ziga oson
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: JaviK 01 Oktyabr 2011, 22:43:09
7-sinfda o`qir edim, darslarni o`zlashtira olmaganimdan ustozlarimdan dakki eshitar edim har darsda, Qo`shnimizni qizi men bilan birga o`tirar edi, u A`lochi edi, Menga yordam bera boshladi, darslarni tushunmaganimni uyga qaytishda yo`l y`olakay tushuntirar edi, kunlar shu zaylda o`ta boshladi, maktabni a`lo baholarga bitirdik bir kollejga o`qishga kirdik, Agar bir kun dars qilib bormasam ko`zlarini katta o`chib meni urushishar edi, shu paytda u men uchun eng aziz insonga aylanganini his qila boshladim, Birinchi bor unga gul berdim, Ko`zidagi quvonchni soz bilan ifodalay olmayman, Kun sayin unga muhabattim ortib bordi... Bir kun unga sevishimni aytish va menga turmushga chiqishligini so`rash maqsadida unga tel qildim,
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: JaviK 01 Oktyabr 2011, 22:44:24
U ham menga bir yangilik aytmoqchi ekanligini aytib qoldi, Uchrashdik, Sen aytaqol birinchi keyin men dedimda unga termulib turar edim, Negadur ko`zlari qizargan va mayus edi , u qo`lidagi qog`ozzni menga uzatdida.... uyi tomon yugurdi.. Yuragim urishda qiynala boshladi va qo`limdagi qog`ozga qarar ekanman Uning to`yiga taklifnoma ekanligini ko`rdim,, Yuragimdad dod degan ovoz eshitildi... Turgan joyimda soatlab qolib ketdim... Yomg`ir yog`a boshladi... yomgir ustimga yog`ar ekan qani endii, uni qalbimdan yuvib ketsa degan hohish ichimni qiynar edi..... Men uni sevar edim....

javik 01 mart 2011 -yil
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 05 Oktyabr 2011, 21:25:32
Kuz! Osmoning ko'nglim kabi g'amgin...
Yaproqlaring rangi sarg'ayib ketgan dil daftarimni yodga soladi.
Shamollaring betizgin xayollarim kabi sarson...
Yomg'irlaring derazamni chertgani sayin ko'zlarimdan oqib yo'lkalaringda ko'lmak yasaydi.
Shivirlaring bo'm bo'sh qalbning mahzun qo'shiqlariga uyqash...


Menga taqlid qilishni bas qilsangchi!
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: BelleQizcha 08 Noyabr 2011, 19:09:15
hamma shoiree
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Maysara 08 Noyabr 2011, 20:06:25
hamma shoiree
Voy, ilhom parilarmmi parölini etvordisku, endi maböladi?

Hamma shoiree, hamma shoiree.
Sher yozvurishar barcha qoyile.
Shug'ullanishga boshqa ishi yöq,
Shu bilan bölar köngillari töq.
Chunki odamlar g'amin yeyishar.
Asli mashxurlik dardin öylashar.
Qofiya topib takror sözlaree,
Hamma shoiree, hamma shoiree.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: NANO 08 Noyabr 2011, 20:52:33
hamma shoiree

Hamma sevgan sizdan tashqari! ;)

Yog'ayotgan oppoq qor seni eslatdi takror takror..
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: AL_laziz87 08 Noyabr 2011, 21:14:36
ажойиб Аано
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: UzMuslim 09 Noyabr 2011, 18:28:10
Ko'ngil Nolasi...

Salom Qadrdon,Man UchuN Aziz Inson,Bugun Ertalabda Negadur G'amgin Bu Ko'ngil,Balki Bugun huddi Sansiz Uyg'ondi Bu Ko'ngil,Har Kun  Tushlarimga Kirgan Ko'ngling,Bugun Negadur Mandan Ancha Olislarda,BalkI Manga SHundey Tuyilgan
,Eh Ko'ngiL Yana Nelar istaysan O'zi,..Ko'ngil Kutar Bittagina Maktub,Nima SHu Bitta Maktub bilan San Boyib Qolarmiding Ko'nglim?,Ha bu MaktuB Bilan Osmonlarga Uchardim Balki,Buni Qatdan Ham Bilarding..Ko'ngliM Tinchirdi Balki,LekiN Ko'ngil Buni O'zi BIlan Cheklanmaydi..
Sog'inch...Sog'indi Ko'nglim,Sog'indi Hattoki Sovuqdan Muzlagan Yurak,LekiN Bu Sog'inch,Ham Yoqimli,Ham Azobli...
Qizg'onadi....Kimdan?,HattO O'zi Ham Hayron.Ko'ngliM Ayt Nega Mayussan Endi,?
Rashk...Kimdan?BalkI Hammadan,Atrofdagi,San Tomon Qarab Turgan Ko'zlardan..

Aqlsiz Ko'ngil Yana Nima Kerag Sanga Undan Ortiqroq,Bor Ko'nglim,Ko'nglidan Ko'ngil So'ra,BilgiN ahvolin,Afus man Shoir Ham,Yozuvchi ham Emasman,Hatto Bir So'zni Hatosiz Yozolmasman,LekiN Ko'nglim Sen TomoN O'shiqar Tinmay..Kechir Ko'nglim sani Muzga Tashladim,Sandan So'ramey...

Ko'ngil Oh Urmoqda,Yog'gan Sari oppoq Qor,
Sani Ko'rgiM Kelmoqda,Ko'ngil Istar Hoyna Hoy.
(http://i073.radikal.ru/1111/d2/6d986b11a733.jpg)
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Aqoid 09 Noyabr 2011, 18:55:03
Ey, qor yog'avergin betinim,
Xursand bo'lsin xotinim.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: NANO 11 Noyabr 2011, 08:57:13
Ey, qor yog'avergin betinim,
Xursand bo'lsin xotinim.


Asil aynimas sevgi...   :)

Yor yor yangaraydi yor yor Kimdur bu kuydan bahtiyor...  :1

Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Ansora 15 Noyabr 2011, 13:50:18
Uyimdagilardan olgan ma'lumotlarga qaraganda yaqinda amakimni o'gli bilan xolamni o'g'illari uylanayotgan ekan. Mana necha yillardan beri to'y xabarlarini olish boru, lekin to'yga borish yo'q...

Qarindosh urug'niyam sog'indi odam :-[
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: NANO 18 Noyabr 2011, 15:36:15
Ko'ngil kundaligini egasi ko'rinmay ketdilar! Ko'ngil tarki odat qilishi mumkun lekin u band bo'la olmaydi...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 28 Noyabr 2011, 17:16:30
Seni yaxshi ko`raman. Juda ham. Bilaman, sen ham meni yaxshi ko`rasan to`g`rimi?
Yo`qsa olis olislardan kelib mening bag`rimga, poyimga bosh urarmiding, sochlarimni siypalab, quchog`imga singib ketarmiding?
senga qarab ko`nglim yorishadi. Sog`inchdan intiq nigohlarim diydoringdan to`yib mazza qiladi. Qo`llarimga, yuzlarimga tegayotgan tafting yurak-yuragimni entiktirib yuboradi. Buncha yaxshisan?
Buncha yaxshisan?...

Qor...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 28 Noyabr 2011, 17:19:42
Adolatsiz dunyodan adolat izlash - tagi yirtiq cho`ntakdan oltin tanga izlashdek gap ekan. Foydasi yo`q.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: UzMuslim 28 Noyabr 2011, 20:23:52
                       
Negadur Yog'gan Sari oppoq Qor,Yuragimdan Uzoqlashayotgandey Huddi Kun,
Ko'ngil esa Huddi Qalami Singan,Erta So'ngan Shoirdek Hursinmoqda Tinmay,
Bilsangiz Sizsiz O'tmas Hatto Bir Soniyam,O'tmas Kunim,Balki Urmas Hatto Yuragim Ham Sensiz,Mung'ayib,Chalajon BO'liB Qolgan Ko'ngilni Orzularga Ko'mdingizku,..Hatto TEzroq Uhlashni Istayman,Chunki Tushlarimda Yonimda Turishingiz,KuliB Turgan Yuzlaringiz,MayiN Shabada Ostida Sochlaringiz Hilpirashi,Huddi Yonimda Bo'lgani Kabi Nafas Olishlaringizni His Etish UchuN Uhlashni Hohlayman,UyquM Keldi...LekiN Negadur Umid QiliB Kutarman,Kutarman Bittagina Habar,Habarlar Ketdidan Kelsa Edi Bir Xushhabar...

Oy Shulasin Izlayman QorlI Osmondan,
Nahot Bulutlar To'sdi,Oyning Shulasi,
Mayliga Yogaqol,Yog'gin oppoq Qor,
Men Baribr Toparman,Ko'ngil sari Yo'l..

P.s:Mana Yomg'ir Yog'ar BizninG ko'chada,Yog'giN Yomg'ir,qattiqroq Yog'in,
Bahonada Ko'zimdan Oqgan Yoshlar Ham,Sezilmasdan Sen Kabi,Yerga Singunga Qadar..
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: UzMuslim 07 Dekabr 2011, 00:14:32
Bugun Ertalabda Qor UChqunlardi,Bilsez HAr Bir Yuzimga Tushayotgan Qor Uchqunlari,Manga Tanishdek Tuyulardi...Yoqimli, Juda ham Yoqimli.Oldinlari Qorni Hushlamas edim,endi Esa Intizor Bo'liB Kutmoqdaman..Yog'aver,Yog'aver Endi oppoq Qor..
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Muslimahon 07 Dekabr 2011, 07:05:48
 :bsm3:
 :asl3:
Seni ilk bir 13 yoshimda ko'rganidim. Esimda, o'sha vaqtda baxor fasli edi. Seni ilming, Quron fayzi, taqvoing, xijobingni shamolda hilpirashi husninga yanada husn berardi. İlk bor ko'rganimda sen etibor ham bermagan eding. Qo'lingdagi kichkinagina Quronni yodlash bilan ovvora eding. Ertasiga esa, esingdami...?, esingdami o'shanda seni eng yaqin dugonang bilan urushib qolganidim. Shunda sen isming nima deb so'ragan edin. Men esa seni yoningda hayajonimni bosolmay duduqlanib sening ismingni aytganidim. :) 
Sen bilan tanishganimdan so'ng sendan ilm o'rgangim kelardi. O'qishda seni uyinga kuzatib to'g'ri sinfing tomon chopardim. Seni o'tiradigan joyinga borib o'tirardim. Butun bizni taniydiganlar meni Telba deyishardi, ha balki ular haq bo'lishgandur. Haqiqatdan ham telba bo'lgandurman. Ammo esingdami sen bir kuni qo'lingda uzuk bilan kelding. U vaqtni hech qachon unutolmayman. Shunda sen ko'zlarimga qarab "senga ham shunday go'zal baxtni tilayman" deganiding. Ammo bilmadim negadir o'sha vaqtda seni qattiq qizg'anganidim. Ko'nglimdan o'tganlarini faqatgina o'zim bilardim. 
To'ying ham bo'lganiga ancha yillar bo'lib ketdi. Ammo seni hamon unutganim yo'q. Farzandlaring ham katta bo'lib qolishgandur...?! Bilasanmi seni hamon o'sha o'sha yaxshi ko'raman. Hali hamon seni eslayman. Menga bergan ilming, mehring, hurmating ikki dunyo qalbimda saqlanib qoladi inshaAlloh. Alloh ikkimizni Firdavs Jannatida birga yurishlikni nasib qilsin.....Ameen :)
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: UzMuslim 15 Dekabr 2011, 00:50:44
SaloM Ko'nglim,Bugun Yana Bir Bor Nazar Soldim Sen Tomonga..
O'sha O'sha Ko'zlarinGiz Ketmas Ko'zim Oldidan,Bugun Rosa So'gindim,Oldingidanda Ko'proq...Bir Paytlar Hayotdan BeziB,hatto Urushdan Charchagan Yurak,Endi Juda ham Tez Urmoqda,Siz TomoN Talpinmoqda,Yashashni Istayman Juda Ham,Ahir Sizni Endi Topdim Quvonchim..Alamli Ko'z Yoshlar O'rnini,Quvonchli Onlar,To'kilgan Hazonlar O'rnida Esa Yangidan Yangi Kurtaklar OChila Boshladi...Buni Sababchisi Esa,Sizzz!!!...

Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lu`lu` 15 Dekabr 2011, 03:35:20
Лобархоним, сиз харидорли блог очибсиз.
Бир азиз инсон хакларида шу ерда ёзиб колдирсам, деб хадни сигдирдик :)
Бугун согинган олимимизни фикрлашлари, бадиий асарлар тугрисида узларига хос мушохадалари бн салохистли устоз сифатида ёд оламиз. Устоз Аавоий, Фузулий, Фирдавсий, А умий, Саъдий, Хофиз, Умар Хайём, Бедил каби Шарк мумтоз шоирларининг куплаб шеърларини ёддан айтардилар. Таржимон сифатида Гёте, Байрон, Шекспир, Мопассан асарларининг завоватли билимдони сдилар. Тарийкат машойихларига оид тарихий изланишлари бн купгина мухлисларни калбидан жой олганлар. Абу Хафс Кабир, Хожаи Жахон каби машойихларимиз хакларида сяенарийлар битганлар...
Умрларининг охирги пайтларида (хотирлашимиз буйича) азизларимизнинг кабрларида тез-тез куринадиган булиб колдилар. Закий, ахволни тушунадиганлар олимни зиёрат килиб, кунгилларини олган булишса, баъзилар бошка гумонларда булишди. Бизни сса мухаббатимиз кучлилигидан олимни хар ишларини ибрат килиб олардик. Охиротга рихлат килганларидан кейин азизлар кабрини зиёрати хамманисм кулидан келмаслигини тушуниб етдик.  Чунки мозий тарихида изланувчигина утганларга хакикий мухаббат кус оларкан. Мухаббат сса сухбатга тортавераркан. Тарихдаги азизларни ёдлаш, тарихга мухаббатдир, уларни зиёрат килиш, сухбатга мухаббатдир. Аллох рахмати билан кабрларини нурафшон килсин.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: UzMuslim 22 Dekabr 2011, 15:42:33
BuguN Qanchalik Homush Bu Ko'ngil,Buni Sezmading Yurak,Nega Yig'laysan Tinmay,Bunga Bormi Biron Sabab..
Ha Men Seni So'gindim,So'gindiM Yomon,Seni Ko'rishim Kerak,Ko'rmoqg'iM Gumon,Hayot Sinovlaridan Qoqildim Broq,Sen TomoN Talpinar Talpinar Yurak,Sen Esa Olisda,Anhcalar Olis,Yo'linga Ko'z Tikarman,Takror va Takror,Ozgina Yo'qliogin Man UChun Azob,Ozgina Mehr Ham Hozirda Sarob,Ne Qilay Hayotim,Yagonam Mani,Ko'nglim ham,Yurak Ham Tinmay-To'xtamay,Seni So'raydi,So'raydi holos...Afsuski, Sen Buni Bilmaysan Hech Ham,Bilsang Ham Nazarga Ilmaysan Sira...
Osmonga Qarab Turib,Yomg'ir Yog'ishin Kutdim,Mayliga Yomg'ir Emas,Yog'siN Endi Oppoq Qor,Chunki Oppoq Qor menga,Eslatar O'tgan Kunni...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Rabella 28 Dekabr 2011, 16:48:38
Deraza ortida o`ynoqlab yog`ayotgan qor shunchalar oppoq va beg`uborki,
qani endi hamma insonlarning qalbi qordek oq va beg`ubor bo`lsa...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 31 Dekabr 2011, 22:32:45
Bir lahzalik sog`inch qadri bilinmayotgan qadringizni osmon barobar ko`tarib qo`yadi. Bir lahzalik diydor his etilmagan sog`inchlarni ko`ngil ko`zlariga ko`rsatib qo`yadi.
Sizsizlikdagi bir lahzalik havotir... bir umrlik azobni bir nafasda hadya etishini bilasizmi?..
Qadri baland qadringizdan aylanayin, qadrligim...


Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 31 Dekabr 2011, 22:36:15
Meni tanimaysiz. Meni tanib olish uchun avval o`zingiz bilan tanishib oling.
Men - Sizda yashayapman...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 31 Dekabr 2011, 22:38:24
Yon atrofingdagilarni hech qursa bir nafas baxtli qila oldingmi?
yo`q?
Sen qanday baxtli bo`lmoqchisan?..
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 31 Dekabr 2011, 22:41:25
Sen xohla. Chin yurakda ista. Intil. Izla.
Qora rangda oq ranglarni ham ko`rish mumkin!
I-e, pushtisi ham bor ekan...

...baxtsizlik - baxt sari olib boruvchi yo`lni ko`rsatib qo`yadi.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 31 Dekabr 2011, 22:42:32
Ko`ngling nima deyapti?..
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: UzMuslim 31 Dekabr 2011, 23:52:49
Endi...
Ko'ngil Tinch,Hotirjam Yurak,
So'ginch Esa,Boradi Oshib,
Bulutlar ham,Turar Jilmayib,
Siz Bir Bora,Qoysangiz Kulib.

Ko'ngil xatin,Yozib Tinmayman,
Ko'ngil Esa So'rab,Tolmaydi,
Bilsangiz Bu,Men Uchun Bir Baxt
Yaxshi Ham Siz bor,borsiz Qadrdon...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: azizbek_mx 01 Yanvar 2012, 08:01:35
Ko`ngling nima deyapti?..
Köngilmi?.. Köngil ham gapirarkanmi? Azob berishdan boshqaga yaramadi... Köngilning og'ziga talqon solib, skochlab tashladim. Qani g'ing desin-chi?!..
Baribir böshda, köngil bösh :2
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: azizbek_mx 01 Yanvar 2012, 10:26:52
Ko`ngling nima deyapti?..
Köngilmi?.. Köngil ham gapirarkanmi? Azob berishdan boshqaga yaramadi... Köngilning og'ziga talqon solib, skochlab tashladim. Qani g'ing desin-chi?!..
Baribir böshda, köngil bösh :2

Bekor skochlabsiz u baribir kun o'tib eskiradi,super kleyda chiroylik qilib oppoq qog'ozga o'rab sandiqchaga solib qo'ya qomapsiz.



bu sapar shunday qilarman
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Aqoid 01 Yanvar 2012, 12:03:43
Skoch(o'zbekchasi nima bo'ladi?) bilan kleyda nima ayb. Uylaning. Tamom. Hammasi hal bo'ladi-qoladi.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Музаффар 01 Yanvar 2012, 13:07:43
ман тишим оғриганда олдириб ташлагандим...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: UzMuslim 11 Yanvar 2012, 13:45:46
Bilsez Sizsizlik Azob,Yetmaydi Bardosh,Kutarman noiloj,Qani Endi,Qani Endi Ko'ngil Tinchisa,yo'q,Aslo Tinchimas Ko'rmaguncha,His Etmaguncha,Yonimda Ekanligiz Bilmagunicha,Ungacha Esa Yurak,Ko'ngil Yig'lar Tinmay...Ozgina Yo'qligingiz Man Uchun Azob...ishonmeysizda.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: BelleQizcha 11 Yanvar 2012, 19:10:53
Vaayyyy shu odamlaga qarab? muncha siqildila Undan Ko'ra Sabodan Bahra ol digim keladi behazil;;
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Aqoid 12 Yanvar 2012, 03:23:05
To'g'ri gap.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Humayro 12 Yanvar 2012, 09:33:30
Vaayyyy shu odamlaga qarab? muncha siqildila Undan Ko'ra Sabodan Bahra ol digim keladi behazil;;

Ko'ngil - bo'yinsinuvchi narsa. Uni hamisha nimadir boshqarib turadi: yo aql, yo iymon, yo nafs...qaysinisi kuchliroq bo'lsa ko'ngil shunisiga bo'ysunadi.

Alloh asrasin nafs tanda kuchli bo'lsa ko'ngilning holiga voy: Nafs istagan narsaga og'rinadi va nafs istagan narsaga quvonadi.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: NANO 12 Yanvar 2012, 10:32:59
Vaayyyy shu odamlaga qarab? muncha siqildila Undan Ko'ra Sabodan Bahra ol digim keladi behazil;;

Sabo pangizni tanimayman man o'rgili!

P.S : Hamma narsani ko'ngilga qo'yib berurse yomon buladi.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: MUSLIM_uz 12 Yanvar 2012, 10:51:47
Eh kungil kungil.. Unga quyib bersangiz nimalarni hohlamaydi..bir kunda 10qizniyam yoqtirbam qoladi.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: AL_laziz87 13 Yanvar 2012, 18:10:55
Qulog'imga shivirlab aytganlarin eslayman
Rasminga qarab xar dam jamolinga töymayman
Kunlar ötar ma'nosiz shodlik nima bilmayman
G'ururimni unutib sog'inib zor yeg'layman!
Javobsiz savol berib men özimni qiynayman
Agar u sevgan bölsa nega ketdi bilmayman
Nima uchun ayrildik sababini izlayman
TO XAYOTMAN SEVGIMGA SODIQ BÖLIB
YASHAYMAN!
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Ansora 13 Yanvar 2012, 18:12:55
Ko'glima ko'nglima, ko'nglim...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Muslimahon 15 Yanvar 2012, 09:20:47
Ko'nglim, senga rahmim kelyapti...
Seni bu qadar azoblanayotganingni ko'rib, men ham kuzning sarg'aygan barki misoli bitta bitta umrim hazon bo'lyapti. Seni, sendan o'zligingdan butun borlig'ingdan ayirishdi. Qanchalar azobdasan.... Qancha dardni yutasanu ammo sado chiqarmaysan. Faqatgina mening ko'z yoshlarim ila armonlaringni yuvasan. Kun bo'yi seni chalg'itishga xarakat qilamanu ammo kech kirganda yana o'z hayollaring bn hamnafas bolib mening jismim ko'zyoshim ila armonlaringa qaytasan. Ko'nglim taskin beray imkon ber. Seni bu zorlikka va bu qiynoqlarga tashlaganlardan o'ksima. Sen yolg'iz emassan. Senga o'xshagan va senga intizor bo'lganlarni unutma. Qaydadir u ham senga o'xshab jismini azoblayotgandir. Senga o'xshab uning ham ko'z yoshlari qon ila to'kilayotgandir. Sabr qil, o'ksinman, yeg'lama.... Bu kunlar ham o'tar ketar... Orzularing seni qurshab olganda, bilginki demak hali umid bor. Senga umid beruvchi qaydadir u ko'ngil ham bor..... Taskin bo'l....! Sen yolg'iz emassan Ko'nglim.....
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 16 Yanvar 2012, 15:53:59
Hafsala yoki ishtiyoq uchun buyruqning o`zi kamlik qiladi, yo rag`bat yo rahmat bo`lishi kerak
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: AL_laziz87 17 Yanvar 2012, 14:12:26
Hech kimni könglida armon bölmasin
Ayriliq dardini hech kim bilmasin
Ötkinchi dunyoda hammamiz mehmon
Insonni insondan köngli qolmasin...!
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Donishmand 17 Yanvar 2012, 16:08:11
Hafsala yoki ishtiyoq uchun buyruqning o`zi kamlik qiladi, yo rag`bat yo rahmat bo`lishi kerak
rahmat uchun azizbek_mx ga, rag'bat uchun admin.ga murojaat qilasiz... :)
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 23 Yanvar 2012, 20:11:13
"œTushunmaysiz baribir!" "œQo`ysangizchi, sizga nima?" "œTushunmagan ishingizga aralashavermasangiz-chi!"
Onasi mung`aybgina jilmayib turaveradi.
Go`yoki o`zi zamonaning daxosiyu, onasi zamondan orqada qolgan, hech nimani bilmaydi, tushunmaydi. Qayerdan ham tushunishsin? Hozir zamon boshqa.
Yillar o`tadi. Ishidagi bir muammoni hal qilolmay tinchini yo`qotgan o`g`liga ichi achiydi, yo`l ko`rsatmoqqa urinadi.
-   Ey-y, tushunmagan narsasiga aralashmasada odam!
Ichida birnima "œchirt" uziladi. Indamaydi, bola-da, jigargo`shasi-da ming qilsayam"¦
"¦Tushlariga onasi kirib chiqadi"¦
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Lobar AZIZ 23 Yanvar 2012, 20:45:48

-   Yana ichdingmi bolama, nima zaril-a senga shu zaqqumni ichib? Ko`zlaringni kirtayib qolganini qara, ranging somondek sarg`ayib ketibdi"¦
Mahallaga qayerdan, qachon kelib qolgani noma’lum, birov yarimning tomorqasida ketmon chopib, ishini qilib topgan puliga kunini o`tkazib yuradigan Sashka alkash o`zbek tilini "œo`" harfini tushunmasa ham Savri momoning gaplarini tushunadi. Iljayib turaveradi. "œLadno momay, bolshe ne budu! Otvechchayu"¦ hiq"¦"
Savri momo tutgan joyini qo`yib yubormoydi, har kuni bo`kkunicha ichib, uyiga yetishiga besh olti qadam qolganda dumalab qoladigan Sashkani qo`lidan tortib tug`azadi, suyab-suyab uyiga olib boradi. Tavbasiga tayantirmaguncha nasihat qiladi. Biladi, baribir foydasiz, ertasiga yana shu ahvol"¦
"¦ Har kuni eshigi ostida o`tgan-ketganga termulib o`tiradigan Savкi momoning darvozasi oldida to`planib turgan bir gala odamni ko`rgan Sashka alkashning qo`lidan shishasi tushib ketadi. Darvozaga qarab yuguradi.
Yolg`izgina o`g`li Rossiyaga ish izlab ketgancha bedarak yo`qolgan, bittayu bitta suyangani - cholining vafotidan so`ng bir o`zi qolib, ertayu kech ibodatini kanda qilmagan Sarvi momoning janozasida Sashkaning ovozi hammanikidan o`tib tushadi, yig`lamaganni ham yig`latadi.
-   Ay momaa-ay! Indi kim minga ichma diydi momaa-ayy?!
"¦Sashka alkash uch to`rt kun ko`rinmay qoladi. Uni do`konchi va qadrdon shishadoshi — maktab qorovulidan boshqa hech kim eslamaydi. Faqat bir haftalardan so`ng mahalla ayollari orasida shivir-shivir oralab qoladi:
-   Hay eshitdingizmi, anovi alkash bor-u, Sashka, Savri momoni janozasidan keyin uch kun erta-yu kech qabristonda, momoni qabri tepasida o`tirganmish. Do`konchi "œNega kelmayapsan?" degan ekan, "œEndi ichmayman" debdi.
-   Sashka alkashni masjid atrofida o`ralashib yurganda ko`rib qolishibdi.
-   Xudoyim ko`ngliga solaman desa hech gap emas ekan, Sashka kecha jum’a namoziga chiqibdi"¦
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Sirojiddin Tursunov 23 Yanvar 2012, 22:56:29
 :bsm3: Umrni bosib ötilgan va bosib ötiladigan yölga öxshataman. Muximi uning tekis ravonligi emas, olib borar manzilining xayrli ekanligida deb bilaman.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: NANO 24 Yanvar 2012, 04:14:38
Ko'ngil ham hor bo'ldi...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: UzMuslim 24 Yanvar 2012, 23:19:26
Salom Singiljon...
Bugun Ertalabda Uyg’ondimda Birinchi Bo’lib Telefonimga Qaradim,Yaqin Insonimdan Kutganimni,Undan Habarni O’qib Suyundim,Lekin ikki Qadam Tashlarkanman,Sen Yotgan Joyga Qarab,Yana Mayuslik Meni O’z Domiga Tortardim.Qanisiz Singiljon"¦Qanisiz?Kechagina Joyingni To’ldirib,Uyimiz Fayziga Fayz Qo’shib Turardingku Kulib,Endi esa,endi esa"¦.Og’riqlar Azobiga Ko’milib,Kelgan Odamlarga Mayus Boq’ib,Mittigina Ko’zchaliringni Miltillatib,Ichingdagini Aytolmasdan,Ko’z Yoshlar Bilan Kuzatmoqdasan Ularni.
Kitoblaringni Oldiga Borib,Qo’limga Ushlagancha Ko’zlarimdan,Duv Duv Yosh Oqmoqda Bilsang.Ko’zlaring Ko’ziM Oldidan Ketmayapti,Qiynalib Turganingni,og’riqlaringni His Etib Turibman,Nega Bunday Bo’ldi Singiljon,Yo’q,Yo’q Shirk keltirmoqchi Emasman,Albatta Nimayiki Bo’lsa Allohni Irodasi Bilan Bo’lgan,Faqat Kimdur Sababchi holos"¦
Singlim Shu Kungacha Balki Man Juda ham Qattiq Qo’llik Qilgandurman,Uni Kiyma Buni Qilma Deb Koyigandurman,LekiN Bron MArtda Gap Qaytarmasdin,Qattiq Urushib Bersam Ham,2 daqiqadan So’ng Yana Akajon Deb,Ko’zlarimga Qarolmasdan Yerga Qarab,Kulimsirab Yana Nimanidur So’rarding,Akajon Magazinga Chiqib Kelsam Maylimi Deyishlaringni So’gindim Darrov..
Akajon Bugun Dugonamni Tug’ilgan Kuni Shunga deb uyog’ini Aytolmasding,Nima Oldialring Nech Puldan Yig’dilarng Desam yana Gapni SekiN Ulab Ketishlaringni So’gindim Singlim..
Bizni Qo’rqitding Singiljon,Juda ham Qo’rqdim,Qo’llarimga Ushlab OliB Chiqib KetiB Turgan Paytimda,Aka Manga Nima Bo’ldi,Aka Man Qayerdaman..Bo’ldi Nozim Ozgina Moshina Turvoribdi Desam,Aka endi Man O’lamanmi Deganing,Hali Ham Qulog’larim Ostida Qayta Qayta Eshitiladi.Har Eslaganimda Ko’zimdan Yosh Tinmay Oqayapti..Jinnovoy Hali Uzoq Umr ko’rasan,Bu Nima Huddi Qo’linga Tikan Kirib Ketgandey Gap Nozim,Hammasi Yaxshi Bo’ladi Singlim.Hammasi Yaxshi Bo’ladi...
Qo’g’irchoqlaring Oldiga Keldim,Eh Singlimey,Hatto Yoshligingda Olib Bergan O’yinchoqlaringacha Saqalab Qo’ygansan-a.Oldinlari Hech Etibor Berib Qaramagan Ekanman..Buni Ko’rganalr Kichkina Qizcha Deb o’ylashsa Kereg,Man UchuN Esa Hali Ham Kichkintoy,Erkatoy,Quvnoq Qizaloq"¦
Singlim alloh Dardlaringa Shifo bersin,Tez Oyoga Turib,Oldingidek O’ynab Kulib,Quvnoq Bo’lib Yurgin,,Ahir Biz UchuN Eng Katta Baxt Mana Shu-ku Singlim..Biz Esa DoiM Yoningda Turib Farzlarimizni Ado Etaylik..Alloh Taolo Seni DoiM O’z Panohida Asrasin Singlim"¦.
Tezroq Tuzalib,Oyoqga Turing Singlim,Hali Ayam Bilan Kelinni Sepiga Bozorlikni Boshalashlarin Kereg Ekan,u...

Iltimos Duo Qilib Turinglar Forumdoshlar Singlim Oyoqga Turib,Dardlaridan Qutulub Ketsin Tezroq..Alloh Barcha Dardi Borlarni Dardlariga O'z Shifohonasidan Shifoyu Komil Bersin...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Sirojiddin Tursunov 25 Yanvar 2012, 05:41:10
Kimdir seni yölingga qarab,
Sog'-salomat kelishing ketsa.
Yana kimdir könglingga qarab,
Hokisorlik bayrog'in tutsa.
Kimga kerak bölib ba'zida,
Gohida töy yoxud azada.
Xayollarga sen kelsang avval,
G'ururlanib yursang mazzada.
Yurishing- baxt, ötirishing- baxt,
Chidab, yarab tik turishing- baxt,
Bitta joyga jamlab diqqatni,
Shirin hayol surishing ham baxt...
Mana bizga oddiy holatlar,
Baxt degani osmonda emas.
Biz örgangan ba'zi odatlar-
Havas holos, ASLIYAT EMAS.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Yaratganga shukr 27 Yanvar 2012, 04:15:50
Ishon sensiz bir oz ham yashay olmayman
Beg'uborliging oldida bosh egaman
Saratonga soyar tunga oy kerak deb
Sen menga keraksan Ismigul....................
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: NANO 27 Yanvar 2012, 17:17:28
Ishon sensiz bir oz ham yashay olmayman   (Oldin shunaqa deb o'ylar edim)
Beg'uborliging oldida bosh egaman              ( To aslida kimligingni bilmaganumcha)
Saratonga soyar tunga oy kerak deb           (Romantika)
Sen menga keraksan Ismigul....................  (Sen menga yoqar eding bir paytlar)

Tepadagi odam manda hafa bumasin ilhom kelganida yozib quydimde!
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Maysara 27 Yanvar 2012, 18:29:42
Uchinchi qatorni notög'ri yozibsiz:
Saratonga soya, tunga oy kerakdek..
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: NANO 28 Yanvar 2012, 11:49:31
Suvlari oqib ketgan anhorda kutganim kutgan...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: azizbek_mx 14 Fevral 2012, 14:50:51

Blog muallifi va boshqa userlar hafa bo'lmasinlaru, mashi mavzudigi postlani o'qisam 15-tramvay yo'lidigi shifoxonaga borib qogande bo'laman. Bittasi Oyga qarab "seni sevaman Oy" disa, boshqasi gulga qarab "seni sevaman gul" diydi. Kulurib qotibqolaman:))))))
özizam xafa bömangu, ösha kasalxonaga hayolan borib qolurmasdan, rostanam borib... iloji bösa bir ikki kun turib kelaqoling ;D
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: UzMuslim 13 Mart 2012, 14:19:56
Sensiz Hayot Zimziyo,Sensiz To’xtar hatto Vaqt.
Tonggimning Na Quyoshi,Na Yoqadi Havosi.
Sensiz G’amgin Ko’zlardan Oqar Ko’z Yosh Maydalab,
Sensiz Hatto Suvda ham Zaxar tamin Sezyapman,
Sensiz Ko’rinmas Kulgu,
Sensiz Kerakmas Quvonch,
Sensiz Qaltirab Qo’llar,
Sensiz Titrar bu Lablar,
Sensiz Sovuq Yozda Ham,
Sensiz Qorong’u Olam,
Sensiz Bo’m Bo’sh Bu Orzu,
Sensiz Azob BU Dunyo"¦.
Sensiz Tushunmas Olam,
Sensiz Kimga Kerakman,
Sensiz Qolishdan Qo’rqib,
Sensiz Qoldim,bir O'zim,.
Endi Kimman?
Sensiz"¦


Ps.Eslab Turing
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Muslimahon 14 Mart 2012, 01:47:36

Blog muallifi va boshqa userlar hafa bo'lmasinlaru, mashi mavzudigi postlani o'qisam 15-tramvay yo'lidigi shifoxonaga borib qogande bo'laman. Bittasi Oyga qarab "seni sevaman Oy" disa, boshqasi gulga qarab "seni sevaman gul" diydi. Kulurib qotibqolaman:))))))
özizam xafa bömangu, ösha kasalxonaga hayolan borib qolurmasdan, rostanam borib... iloji bösa bir ikki kun turib kelaqoling ;D
Qo'ying, keyin ulardan ham "Seni sevaman Kasalxona" degan po'st ko'rib yurmiylik....  :7
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: UzMuslim 13 Aprel 2012, 21:20:32
Umr. Qanchalar uzun va qanchalar qisqa...
Hayot. Naqadar tekis va naqadar murakkab...
Biz kim? Umr bog`iga qadalgan daraxtlar. Kimdir hali ko`chatlik darajasidan o`tib, nihollik bosqichiga ham yetgani yo`q, kimdir yetilib meva tuga boshlagan, kimdir esa...
kimdir soyasi, kimdir manzarasi, kimdir mevasi bilan o`z daraxtlik vazifalarini o`tasa, kimdir hatto asli qanday daraxt ekanligini bilmay turib o`tinga aylanadi...

Ohirgi Qator Huddi manga Atalgandey...Aqilli inson uzoqni ko'ra biladi deganlari ham rost..lekin ohiratni ham o'ylab qo'ying bir bora..Bu gapimdan hafa bo'lmang Aslo balki turti bo'lar,balki....Vaholanki har bir kun g`animat, omonat...
 
Kechir, kechir ko'nglim,Seni bugun ranjitdim,Kechir Tanim Azob bilan Siyladim,Kechir aqlim Aqilsizlik Qilib Qo'ydim,Kechir Gulim Asrab Avaylay olmadim...
Kechirin Mani...
Majburiyat qursun...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: OyishaBonU 09 Iyul 2012, 08:39:19
Mehr...
Sog'onch...
Ishonch...
Shirin orzular...
Ezgu niyatlar...
Kemtik ko'ngilda bor...
Ko'ngilda boru lekin 0'zi
wu tuygularga zor..
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Mufazzala 09 Iyul 2012, 17:58:51
 :asl3:

Bugun to'yib-to'yib rosa yig'ladim,
Ammo, nechun yig'laganim hanuz bilmadim...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Donishmand 11 Iyul 2012, 11:45:44
Xadicha, xayotni kitobga aylantirib yuboradiganlar har zamonda ko'plab uchraydi. Barchamiz ham qisman shunday bo'lganmiz bir paytlar. Lekin buning ham o'ziga yarasha foydali tomonlari bor.
Ammo vaqt kelib, bu holatdan chiqa bilish kerak. Ana shunda siz kitobdagilarni hayotda qo'llay bilasiz va bu sizning eng kuchli tarafingiz bo'ladi.

Yolg'izlik Yaratganga hos! Bandalaridagi yolg'izlik esa, asli shirin tuyulgani bilan, azobning eng yuksak ko'rinishidir. Iloji boricha undan chekinish lozim.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Bobur Sharipov 09 Oktyabr 2012, 13:28:01
Ertaga bugun kechaga aylanadi.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: albatros 27 Oktyabr 2012, 23:52:03
O'zimni baxtli qilib ko'rsatishdan charchadim. Sog'indim - chin qalbdan kulishni...
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: albatros 28 Oktyabr 2012, 00:30:42
Tun...
Olisdan oyning xura nurlarida ko'rinib turgan daraxtlar orasidan boyqush sayraydi.
Tun...
Chigirtkalarning dilni g'ash etguvchi ovozlariga, olis-yaqindan itlar ovozi jo'r bo'ladi.
Tun...
Deraza ortidan bog' oralab jildirab oqib o'tayotgan ariqdagi  suv, oyning nularida yiltillab so'zlaydi.
Tun...
Quloqlarim ostidan uchib o'tgan pashshalar qalbimga horg'inlikni chorlaydi. Takror holatlar, bir xil kunlar...Qalbim shu damda bir yupanch - YOLG'IZLIKni qo'msaydi. Tinchi bor olisga ketgim keladi.

Yolg'izman...
Xonamda, oy nuri xira.
Olisdan keladi itlar ovozi,
Ruhimda horg'inlik uyqum yo'q sira,
Bir yupanch izlaydi yuragim hozir.

Yotibman...
Uxlolmay, to'lg'onib,  notinch
Boshimga aylanar ming bitta xayol,
Menga begonadir, quvonch va sog'inch
Menga ortiqchadir hayot (ehtimol)...

Kecha...
Bugun...
Erta, yana shu holat,
Takror hayotimga yetib keladi.
Har bir kun tuyilar menga jaholat,
Yolg'iz, olislarga ketgim keladi...

(c)
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: xojar 28 Oktyabr 2012, 17:36:20
 :asl3:
Alloh bayram qilib bergan kunda shod bo'laylik.
Adashmasam shunday xadis o'qigandim,ma'nosi:  Bu bayram kunlarida kishi xursand bo'lsa, Qalblar o'lgan kuni unign qalbi o'lmaydi.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Nur_Ziyo 29 Oktyabr 2012, 07:32:08
Bu mavzuda nimani yozishni bilmadim dilimdan o'tkazayotgan hozirg holatimni yozdim:
Bu hayotni zavqlariga oshiq bo'lib hayotni zavqlari sari yugursangiz. Uni sohillari ko'p ekan, shu bilan hayoti dunyoga qanchalik bog'lanib qolganizni bilmay u sohildan bu sohilga oshiqib yuraverar ekanmiz. Esimizni taniganimizda maktabga ilk bor borganimizdayoq odamlarni etiboriga tuwishga harakat qilamiz. Bir oz katta bo'lgach o'zimizga oro berib kirinish yuruw turiwga diqqatimizni bog'laymiz, hayot qiziq ekan tehnikaga qiziqamiz internet olamiga sho'ng'igan kezlarim ham bo'lgan. Lekin bir narsani unitibman bu hayotga aslida nima u.n keldim va nimalar qilyapman? Aslida bu hayotga sinov u.n kelibmiz imtihondamiz. Alloh bizga bergan nematlar: ko'z nuri, ongimiz, har kunlik taom rizqimiz, qulaylik imkonyatlarimiz, barcha barchasiga shukrona aytishni hatto unitib qo'yibman. Ahir hozirgi holim sog' salomatligim har bir olayotgan nafasim Allohni manga bergan in'omi-ku. Wularni anglab yergach har lag'za g'animatligini ham anglab yettim. hozir hayolimdan shular o'tti.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: AL_laziz87 02 Noyabr 2012, 11:06:19
Тungi soat ikki. Ayolning uyqusi kelmay shiftga tikilib yotar, közlari yig'idan shishib ketgan, boshi tars yorilgudek og'riyapti. Bugun suyukli eri birinchi bor unga qöl kötardi. Yetti yil bir yostiqqa bosh qöygani, özi tanlab sevib turmush qurgani... Tarsaki ovozi shunchalik qattiq chiqdiki, yonlarida ötirgan ikki yoshli ög'ilchasi onasiga qöshilib yig'lab yubordi. Olti yoshli qizalog'i esa qöshni xonadan yugurib keldi. хонадан югуриб келди. Nima bölganini tushunmay hayron"¦ Ayol yon tarafga boqdi, eri yöq. Chekkani chiqqandir. Faqat qattiq siqilganida, ba'zan sigareta oladi qöliga. Аyol özini aybdor his qila boshladi. Bir gapdan qolmay teng aytishgani uchun. Eri tag'inam sabrli, boshida tög'ri tushuntirishga harakat qildi. Lekin "Siz ham erkakmisiz?" degan gapga har qanday erning sabr kosasi tölsa kerak. U özini bosib olgan, ichmaydi, yomon odatlari yöq, xotinboz emas. Faqat biroz yetishmovchilik bor oilada. Bugungi janjal ham eri bolalari sevadigan "œChokotellа" kremini olib kelmagani uchun chiqqandi. Shunga noshukrlik qilgani uchun ayolning vijdoni qiynadi. Uxlay olmayotgani sababi ham tarsaki emasdi. Bаlki erining dilini og'ritgani uchun özidan xafa edi... Eridan xavotir olib eshikni ochdi, uning bolalar xonasi oldida turganini körib hayron qoldi. Erining qölida bir parcha qog'oz bor edi, közlaridan esa yosh oqardi. Ayol bu manzaradan qotib qoldi, erining közlari namlanganini birinchi bor körishi edi. Bildrimasdan joyiga kelib yotdi"¦ Мiyasida ming hayol"¦ Ertasiga eri özini hech narsa bölmagandek tutar, doimgidek kulib, hazillashib bolalarini öynatardi. Оradan bir hafta ötgach ham ösha voqea haqida söz ochilmadi, ayolning köngli ham tinchlangandek böldi. Yakshanba kuni kiyimlarni yuvishga shaylangan ayol erining shimi chöntagidan bir parcha qog'oz topib oldi. Undagi yozuvlar kimniki ekanligini darrov angladi, qiyshiq harflar bilan bitilgan maktubni öqirkan qizalog'i Muxlisa köz oldiga keldi: "œEy Хudо, iltimos, adam oyijonimni urmasin... Endi hech qachon "œChоkоtеllа" yemayman..."
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: albatros 06 Noyabr 2012, 11:16:13
Оналар оёғи остида жаннат (Ҳадис)

 Онажон"¦
 Мен бугун кеч қолдим, кеч билдим қадрингизни"¦
 Қалбингиз тафтларидан соғинчларга қсшиб берган меҳрингизни билмабман.
 Мен сизни "œёмон" дебман-а"¦ Сизни "œзолим она" деб атабман-а"¦ Мен нотавонман, мен нодонман..
 Қани сди сша менга "œазоб" бслиб ксринган ссзларингиз сна тингласам. Қани сди сша мен гумроҳ ёмон деб қабул қилган танбеҳларингизни, насиҳатларингизни такрор сшитсам. Афсус"¦ Улар снди йсқ.
 Аслида мен бемеҳр сканман. Амон деб билган насиҳатларингиз меҳрга тсла скан. Аслида сша танбеҳларингиз менга суснчиқ скан. Бугун уларни соғиндим, Онажон!...

 Майли дсстлар кетсин, мендан юз буриб,
 Майли улар душман дес отсин тош.
 Фақат бугун сиз келсангиз бош уриб
 Лойингизга "œкечир" деб тсксам мен ёш.

 Афсус надоматдан снди йсқ чора,
 Сизни ёмон дебман, она мен гумроҳ,
 Ҳатто онажоним дес бир бора,
 Бағримга бир босмабман-а, сҳ воҳ!..

 Онанинг ризоси жаннатга йслдир,
 Мен дсзахий"¦
 Сизни қилайин дуо.
 Кечиринг, болангиз юраги чслдир,
 Сизни жаннат билан сийласин Худо"¦

(c)

Bir film lavhalaridan ta'sirlanib yozildi.
Nom: Re: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: albatros 11 Dekabr 2012, 13:09:04
Hatto nigohlarim bilan senga ozor berib qo'yishdan qo'rqaman. Avaylab boqaman sening nigohlaringga...
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: albatros 16 Yanvar 2013, 14:57:50
- Юр мен билан, кетайлик. Олиб кетгани келдим сени...
- ÒšаёÒ›Ò›а? - дейсанми...
- ЛуÒ“атларида "Армон", "Ò²ижрон", "АйрилиÒ›", "А азолат", "Ò²асад", "Амонлик" ссзлари йсÒ› маконга. Бу ссзларни билмайдиган маконга.
- Бу жой Ò›аерда? - дейсанми...
- Бу жой менинг Ò›албимда, бу макон менинг ёнимда...
  Агар мен билан бслсанг, агар менинг ёнимда бслсанг, сша "Армон", "Ò²ижрон", "АйрилиÒ›", "А азолат", "Ò²асад", "Амонлик" ссзларини унитиб юборасан.
  "Бахт", "Висол", "Вафо", "СадоÒ›ат", "Òšувонч", "МеÒ³р", "А­згулик" ссзлари хар куни сен билан бирга бслади. Сен улар билан бирга сшайсан.
  Юр мен билан, кетайлик. Олиб кетгани келдим сени...
(c)
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Donishmand 16 Yanvar 2013, 16:18:38
Qabrgami?... (degan savol tug'iladi behosdan).
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Aqoid 21 Yanvar 2013, 04:12:15
Òšабрда мазза Ò›илиб ётиш учун севгисм оригинал бслиш керак-да!
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: NANO 30 Mart 2013, 09:10:54
Ko'ngil kundaligini egasi Ko'nglimni ko'chasi dip yo' bo'p kettila! Yaxshi emas...
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Muxsiya 30 Mart 2013, 09:34:01
Кунгил кундалиги... Инсон кунглини, унинг кунглидагиларни ифодалаш учун кундалик камлик килмасмикан, умуман олганда инсон кунглини ифодалай оладиган калам ёки бунга бардош берадган когоз бу оламда йук булса керак
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: NANO 30 Mart 2013, 11:30:55
Ko'ngil ifodalanmaydi ko'ngil his etiladi.
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: NANO 04 May 2013, 18:48:09
Ismimni bemalol yozovursayiz xam qarshi emasdim :)
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: azizbek_mx 04 May 2013, 23:48:43
Ismimnimish, o'zi forumda uch-to'rt kishi bilsa kerak sizi ismizi :)
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Muxsiya 06 May 2013, 10:12:46
azizbek_mx (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=profile;u=4666)
va nihoyat tilga kiribdi
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: NANO 06 May 2013, 13:28:45
Tildan qoganmidila
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Abdumuhaymin 07 May 2013, 00:50:54
Ismimni bemalol yozovursayiz xam qarshi emasdim :)
nano ayolmi yo erkemi ??? xadicha tepadagi satirlarni ayol kishiga  yozibdi.
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: NANO 09 May 2013, 21:46:50
Odamlaga yetib bormasa qiyin ekan
(Radi prikol Off-Toop)
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Muhammad Sanjar 16 May 2013, 22:53:18
Shu she'rni rosa yoqtiraman. Muallifini bilmayman, lekin.

Nega ko'nglingizga qo'nibdi g'ubor
Yoki xomush bo'lish zamon zaylimi,
Sizga kichikkina  iltimosim bor :
" Bir shirin tabassum qiling,maylimi..? ! "

Ushbu satrlar muallifi forumdoshimiz Mas'ud aka (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1777.msg257413#msg257413) bo'ladilar.
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: Muxsiya 20 May 2013, 16:32:21
Oy nur taratadi chunki uning nurlari o'ziniki emas. Quyosh esa o'z nurlari bilan ziyo taratadi. Ikkisiyam insoniyatga ham, tabiatga kerak. Bulut esa ikkisining ham yuzini to'sib yerni, tabiatni, insoniyatni shu ne'matdan bebaxra qiladi. Xuddi shu kabi insonlar ham shu uch toifadan bo'ladi. Agar hamma ziyo tarqatuvchi bo'lsa bu dunyo allaqachon jannatga aylangan bo'lardi.
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: albatros 12 Iyun 2013, 15:59:05
АмÒ“ир Ò›сшиÒ“и

(http://img.uz/d/2013/06/51b853bac224e.gif) (http://img.uz/)
 
    Биз самонинг кумуш иплари, Ò›атимларимиз Ерга тушиб, табиат Ò›учоÒ“ида дала, Ò›ирларни сшнатамиз.
    Биз — фаришта Астарта — Иштар марваридларимиз, тонг Ò›изи бизни йиÒ“иб, далаларга сепади.
    Биз йиÒ“ласак, Ò›ир, адирлар кулиб, сшнайди, биз самодан пастга тушсак, гул, чечаклар кскка бсй чсзади.
    Булут ва дала — ошиÒ›-маъшуÒ›, биз уларнинг слчисимиз. Биз ташналаб дала, Ò›ирларнинг куйган баÒ“рини салÒ›инлатамиз.
    Момогулдирак ва чаÒ›моÒ› менинг келишимдан дарак беради, найкамалак менинг кетишимни билдиради. АмÒ“ир Ò³аёти самонинг Ò“азабли гулдирашидан бошланади ва далалар сшнашида умри тугайди.
    Мен денгиз баÒ“ридан Ò³авонинг Ò³арир Ò›анотларида самога парвоз Ò›иламан, чиройли боÒ“у бсстонларни ксрсам, осмондан тушиб, уларнинг новдаларини Ò›учоÒ›лайман.
    Сокинлик ичра дераза ойналарини чертиб, куйлайман, нафис кснгиллар мени тинглайди. Осмонда Ò³аво Ò›изиса, мен ерга тскиламан, Ò›изиган ерни салÒ›инлатаман.
    Мен денгиз нафаси, осмон ксз ёши, дала, Ò›ирлар табассуми. Севги — Ò³ис туйÒ“улар денгизи, тафаккур осмонининг ксз ёши ва кснгил даласининг табассуми менга схшайди.

   Жуброн ХАЛИЛнинг
   «Донишманд Ò³икматлари» китобидан Ò›исÒ›артириб олинди.
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: albatros 15 Sentyabr 2013, 13:42:00
КЎНГИЛ

(http://img.uz/d/2013/09/523571d9868e4.jpg) (http://img.uz/)

Улар учрашишди.
Иккисига ҳам маъқул бўлмади. Тўй бўлмайди энди.
-Нега?
-Чунки икки кўнгил ҳам норизо.

***
Улар учрашишди.
Иккисига ҳам манзур бўлди. Аммо ота-оналарига маъқул бўлмади.
Тўй бўлмайди энди.
- Нега?
- Чунки ота-оналар кўнгли норизо.

***
Улар учрашишди.
Қиз кўнгли рози бўлди, аммо йигитнинг кўнглига маъқул бўлмади.
Тўй бўлмайди энди.
- Нега?
- Чунки йигит кўнгли норизо.

***
Улар учрашишди.
Йигит кўнгли рози бўлди, аммо қизнинг кўнглига маъқул бўлмади.
Тўй бўлади энди.
- Нега?
- Чунки йигитнинг кўнгли рози.
Аммо…
Аммо, қизнинг кўнгли-чи? Ким қулоқ тутади унинг нолаларига? Ким?
Нега унинг қалби эътиборсиз? Нега? Нега? Нега?
Тссс! Тўй бўлади энди.Тўй...

(с) Комилжон Аслонов
Nom: Javob: KO`NGIL KUNDALIGI
Yuborildi: MUSLIM_uz 16 Sentyabr 2013, 01:04:25
kongil nimalani hohlamaydi quyib bersangiz.
yahshisi kungilni qulflab quyip dokan haqida o'yla Bobur sanga usha foydaliroo.