forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: XALIF 16 Aprel 2011, 20:01:26

Nom: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: XALIF 16 Aprel 2011, 20:01:26
        Ассалому алайкум форумдошлар. Ман бу мавзуни очишимдан сабаб нихостда куп оилалар бузилиб кетмокда, фалончи оиласи билан ажирашибти деган гапни ешитиб сабсбини сурайдиган булсак, вактида овкат пиширмаган, кейимни утюкламаган ёки ховлини супурмаган шунга ухшаш ажралишга арзимайдиган сабаблар.Ажралишга арзийдиган холатлар хам учраб туради. Мархамат кимда канака холт булган ёки ким канака холатларнинг гувохи булган.
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: XALIF 16 Aprel 2011, 20:38:04
      Uzim boshlaydigan bulsam man kup shunaqa xolatlarni guvoxi bulaman yoki bunaqa xolatlar xaqiqatan xam kupaygan. Bir devor qushnimiz bor edi,ichib kelib arzimas baxonalar bilan turmush urtogini shunaqa duposlar edi bir qiz bir uglinig qiyqirigiga qaramay, qun qushnilar ajratishga eshikni taqilatishsa eshik berk bulardi na iloj tomasabin kupayardi qanchadan qancha nasixatlar or bulmadi ayol shunchalik sabirli ekan eri uydan xaydasa xam ketmay farzandlarini etim ustirishdan qurqib sabir qilardi qanchadan qancha ayollar bilan zino qilib yursa xam ayol bilsa xam sabir qilardi. Oxir oqibat uzini er deb yurgan erkak uyni sotib nexi olib xaydash niyatiga turib oldi, ayol qanchalik urinmasin uyga xaridor chiqdi uzini erkak deb yurgan erkak farzandlarini oilasini uylamay uyni sotib nexili xam buldi xatini bilan farzandlarini qain onasinikiga olib borib quydi. Shunday bulsa xam ayol oila buzilishini xoxlamay eri bilan yashaga tayor edi xatoki xarakat qildi lekigin samarasiz buldi 2 ta yosh gudak bilan oansiniki xalixam yashab kelmoqda ayol boshi bilan farzandlarini bekami kus ustirishga xarakat qilb farzandlarini xuzurini kurish niyati bilan yashamoqda. Allox uzi bu ayolga kuch quvvat bersin amin   
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: JaviK 17 Aprel 2011, 08:40:28
Bunday holatlar hayotda juda ko`p uchraydi, lekin Qori akamiz menga shunday maslahat bergandi, Uylanishingdan oldin hech kimga ko`nggil berma agar ko`ngil berganingga yetisha olmasen, uylangan ayolinggni ko`nggil berganingga solishtiraverasan, unga o`rgana olmesan har ishidan ayb topaverasan, yashaging kelmay qoladi, shuning uchun ota onang rozi bo`lishiga ishonsen sevib uylanishing mumkin deganlar....
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: XALIF 17 Aprel 2011, 09:14:23
               OILA XALOVATI-ULUG NEMAT.
      Inson kimligi ikki ogiz suzidan, mabodo gapirmasa, kuzidan bilinadi. Suz va kuzda manaviy olam aks etadi. Ayniqsa, oilasi tinch, xuzur-xalovatli kimsalarga kupchilik xavas bilan qaraydi. Ammo oila notinchligi bezovtalikka sabab buladi. Shu bois doim oilaviy tinchlik-xotirjamlik tilab duolar qilinadi. Xol-axvol surashilganda aslo oilaviy chetlab utilmaydi. Zeroki, goxida oilada yuz beradigan urush-janjallar kuni-kushnilarning tinchligini buzadi; maxalla-kuyda gap-suz tarqalib, oilaning shanini bulgaydi.     SHOIRA NURITDINOVA
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: XALIF 17 Aprel 2011, 09:30:28
        Oila xalovati juda ulug nemat sanaladi. Shu manoda oila xayotining baxt-saodati va xotirjamligida er va xotin, qaynona va kelin, ota-ona va farzandlar urtasidagi muomalalarga etibor berish lozim buladi. Oila muxitidagi yuksak manaviy muxitni tashkil etishda oila azolarining, ayniqsa, er va xotinning uzaro murosa-madorga borishi, gazabi kelganda uni engishi va shirin suzli bulish, shu bilan birga, oilaviy sirlarni kuchaga olib chiqmasligi singari bir qator omillar juda katta axamiyat kasib etadi. SHOIRA NURITDINOVA
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: azizbek_mx 17 Aprel 2011, 11:01:41
Yana bir narsa, oila ishonch va rostgo'ylik poydevoriga qurilishi kerak, shundagina u mustahkam bo'ladi, Shaxsiy fikrimcha... Yana vallohu a'lam
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: ibnUyayna 17 Aprel 2011, 17:39:52
Yana bir narsa, oila ishonch va rostgo'ylik poydevoriga qurilishi kerak, shundagina u mustahkam bo'ladi, Shaxsiy fikrimcha... Yana vallohu a'lam
 
  manimcha shariat poydevoriga qurilishi kerak.
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: XALIF 17 Aprel 2011, 20:00:49
Baxtli oilalar tufayli baxtli jamoa maydonga keladi. Chunki baxtli ota onalar baxtli bolalarni ulgaytiradilar, bir birini sevgan ota onalarning farzandlari xam bir birlariga mexir quyadi.
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Andalus 17 Aprel 2011, 21:24:55
Yana bir narsa, oila ishonch va rostgo'ylik poydevoriga qurilishi kerak, shundagina u mustahkam bo'ladi, Shaxsiy fikrimcha... Yana vallohu a'lam
 
  manimcha shariat poydevoriga qurilishi kerak.
Ma'zo'r tutasiz, nima shariatda oila buzilmaydimi?
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Муҳаммад Соҳиб 18 Aprel 2011, 00:52:55
Бу мавзу кичкина мавзу смас. Бундай нохуш холатларнинг юзага келишига минглаб сабаб бор. Хатто баъзи холатларни умумий тарзда мухокама қилиб бслмайди. Ичоғич, пиёнисталарга қиз бермаслик керак. Ҳозирги пайтта бизда нисбатан қизлар кспчилиги сабаб, совчи келса, дарров шошиб қолинади. Аслида ота-оналар қизларини схшилаб тарбис қилиб, одоб-аҳлоқда атрофга намуна бсладиган тарзда восга етказсалар, бундай хусни хулқли ҳилқатга сга чиқиш учун бошқалар шошиб қолади. Ана шунда куёвни обдон суриштириб, танлаш имкони бслади. У пиёнистами, зиёлими, ҳунармандми, меҳнаткашми схшилиб билиб, маҳалла-куй, қсни - қсшнидан ссраб-суриштириб, кейин қиз узатилади. Таассуф-ки, бизда бундай ишлар кам бслспти. Қиз узатадиганлар ҳам, келин оладиганлар ҳам икки ёш ва уларнинг дийн-диёнатидан ксра, уй-жой ва пул моли қанақалигига кспроқ қизиқмоқда. Ўз навбатида бу нарса кспга бормай тсғри танлов смаслигини ксрсатиб турибди. Валлоҳу аълам.
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Sofdil 18 Aprel 2011, 01:26:56
Odamlarrrrrrrrrrrrrrrrrrrrr :)

Bu narsani 100 yil muhokama qiselayam tugamidi.
Man bitta ojiz fikrimmi etaman tushungan tushunvosin:

Ex: Vista urnatilishi kere bugan Laptopga XP ni tushmasayam binnimala qip himicht qip urnatsez, u to'liq funksiyada ishlamidi, yani doim u bu oshipkala ushlivuradi. 1 tasini tugirlasez 2-si chiqadi, uni tugirlasez, qaysidir software tushmidi hullas cheksiz muammola.

Chunki Laptoppi programmasi Vista edi, uni ishlap chiqargan zavod uzi chiqargan mahsulotti biladi qaysi soft da tugri ishlashini. Pri tom, zavod sotip olingan karobkasiga i qo'llanmasigayam yozip quygan bu Laptop faqat Vista bn ishlashi kereligini.
Shu oddiy Vistani urnatish bn hamma narsaga jovob topiladi.

P.S. hulosa uzilaga havola
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Safida 18 Aprel 2011, 11:53:31
Assalomu alekum,bu juda ham dolzarb mavzu bu mavzu haqida hammani manim4a etarli4a fikri bor korgan ,ewitganlari,ln hamma ln faqat ozini oylawadi yowlar ham kottalar ham kop narsalardi bori4a qabul ham qiliw kk yowlar ham kottalar ham .Albatta sabir etiwadiku :Sabir bu badboy dori bemor uni i4ib ozorlanadi ln albatta wifo beradi:
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Al-Aziz 18 Aprel 2011, 17:22:33
bu manimcha xammamizni olilamizdayam bulgan .manimcha XAmma narsa Etishlaslikdan kelib chiksa kerak,kop shunakasini korgandim...(albatta Pulga borib taqaladi yana  :()  Bu borada Sabrli bulishi kerak ...lekin Hiyonatga chidolmasa kerak Erkak kishi ...
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Mutaallim-2010 18 Aprel 2011, 17:38:31
Мухаммад Сохиб akamiz juda to'gri aytdilar.

  Halqimizda bir ajoyib maqol; qush uyasida ko'rganini qiladi, deb bejizga aqytishmagan.

Yuqoridagi maqoldan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, bizningcha tarbiyani ota-onalardan boshlash kerak.

Ota-onalar bolalariga yaxshi tarbiya berishi uchun avvalo o'zlariga boqib, bola tarbiyasini shar'iat asnosida yaxshilab o'rgansalar naqarad go'zallik bo'lar edi.

Masalan:
Turmushda xar-hil vaziyatlar vujudga kelishi turgan gap.Shu to'siqlarga sabrli qilib bo'lajak kelinlarni tarbiyalash bo'linsa qandayham chiroylik bo'lar edi a?!

Shu o'rinda yana bir ajoyib maqolni keltirsam:
  <<Erni er qiladigan ham hotin, qaro yer qiladigan ham hotin>> , deb bejizga aytishmagan dono halqimiz.

   Bundan kelib chiqib - ota-onalarimiz qizlarining bo'lajak erlarini qaro yer qiladigan qilib tarbiyalamasalar, deb so'zimizni yakunlashimizga ijozat bergaysiz, azizlar!
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: XALIF 19 Aprel 2011, 01:21:29
Мухаммад Сохиб akamiz juda to'gri aytdilar.

  Halqimizda bir ajoyib maqol; qush uyasida ko'rganini qiladi, deb bejizga aqytishmagan.

Yuqoridagi maqoladan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, bizningcha tarbiyani ota-onalardan boshlash kerak.

Ota-onalar bolalariga yaxshi tarbiya berishi uchun avvalo o'zlariga boqib, bola tarbiyasini shar'iat asnosida yaxshilab o'rgansalar naqarad go'zallik bo'lar edi.

Masalan:
Turmushda xar-hil vaziyatlar vujudga kelishi turgan gap.Shu to'siqlarga sabrli qilib bo'lajak kelinlarni tarbiyalash bo'linsa qandayham chiroylik bo'lar edi a?!

Shu o'rinda yana bir ajoyib maqolni keltirsam:
  <<Erni er qiladigan ham hotin, qaro yer qiladigan ham hotin>> , deb bejizga aytishmagan dono halqimiz.

   Bundan kelib chiqib - ota-onalarimiz qizlarining bo'lajak erlarini qaro yer qiladigan qilib tarbiyalamasalar, deb so'zimizni yakunlashimizga ijozat bergaysiz, azizlar!

Uzi qaro er bulib bulgan, endi ochilgan rozalarni uz ichiga olib xorlaganlar xam tolaygina 
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Ansora 26 Aprel 2011, 14:21:09
"Shaytonning hiylalari" degan kitobning ma'ruzasida eshitgandim.

Shaytonning bir o'g'lini vazifasi faqat er-xotinni ajratish bilan ovora bo'lar ekan!!!
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: ummugulsumm 26 Aprel 2011, 15:23:56
Hozirgi kunda kup oila\ bir bir\ini tushunmay arzimas sabab\ bilan ajralishmoqda\.Er-hotin bir birini yahshi bilmogi darkor.Bilamizki hech kimga tanqid yoqmaydi nafsimizga tanqid emas balki maqtov yoqadi.Maqtov tufayli biron narsamiz kamayib qolmaydi aksincha inson\ mehrini qozonganimiz qoladi.Umr yuldoshingizga shirin suz aytib kunglini kutarsangiz,olam guliston.Aksincha bulsa,oiladan ahillik va halovat kutariladi.Etti yot begona\ga kursatadigan ehtirom va nazokatni er-hotin bir-bir\iga kursatgan\i afzalroq.Oilaviy baht ishdagi muvaffaqiyatdan ustun.Binobarin tabassum va kichik maqtov orqali biz oilamizni saqlab qolishimiz mumkin.     
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: XALIF 27 Aprel 2011, 00:27:55
      Bir tanishim uz xayotida bulib utgan xaqiqatni aytgan edi.         
Ikki ugilni otasi bula turib uylarida juda kup urush janjal bular edi xatoki turmush urtogi bilan arazlashib 2-3 oygacha gap qushmay yurishar edi yana kimlardir sababchi bulib yarashib ketishardi. xullas kunlarnig birida biz yana diydorlashib qoldik oldingidan kura ancha yaxshi xolatda edi turmush urtogi bilan xam fikir ish yuritar va eng asosiysi oilalari tinch bir-birlarini xurmat qiladigan bulib qolishgan ekan. U kishi shunday degan edi menga oilad eng asosiy ishlardan biri TUSHAKDA XAM BIR BIRINI TUSHUNISH KERAK ekan degan edi man birdan bu fikirga qushildim chunki buxaqda kupgina xadis eshitgandim   
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Safida 05 May 2011, 12:05:43
Assalomu alekum man bugun bir afarizm o'qib qoldim bu 'Kelin-kiyovlar nikohga qadar hamma narsaga ko'zlarini kattaroq ochib qarashlari,nikohdan keyin esa ba'zan ko'rib ko'maganga olishlari kerak' Madlen Skyuderi nima dedilar  :)
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Ansora 06 May 2011, 13:36:35
Buning yana bir sabablaridan biri, hayot shartlari yengillashgani bilan, insonlar sabirsizlashib bormoqda, istaklarni ohiri kelmayabdi...
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: NANO 16 May 2011, 08:43:22
Xojiboy Tojibooyev etardiyu! Tuydan 1 oy utgandan keyin qayonona shivr shirini boshliydi bumaydi bu tugmaydi dip!


Gap anashunda busa kere!

Do'xti dan o'tmaydi tanish bilish qivoradi!
Oila qurgandan keyin xayotni tanish bilish qilib bo'lmaydi!

Qaysidur gazetada o'qib qolgandim narkoman yigitni uylantirgan onasi haqida!

O'sha onaga savol berilmoqda--

O'glizni narkomanligini bilib turib to'y qildizmi
- Xa

Nimaga

-Chimildiqni ko'rib ketsin u dunyoga degandim!

---------

Ana shunaqa onalarimizu Qulog'ini tishlatib yani tug'ilmasidan turib yoki go'daklik paytidayoq unashtirb qo'yib erkaklik Lafzim deb yurgan otalarimizdan ko'pincha shu xol kuzatiladi!

yana bilmadim kimga qanaqa...

ana shunaqa ko'rib ketadigan yoki ko'rib bo'lganlardan saqlanish kere!
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Ansora 11 Avgust 2011, 13:18:31
Qo'shnimizni qizi uyiga arazlab keldi. Aniq ajrashmoqchi. Sababi erining oilasi qattiqqo'l emish. Erni tinglasangiz ayolim ovqat qilishni bilmaydi, ota-onamga hurmati yo'q, deb shikoyat qilarmish.

Qiz bola kelajakda turmushni achchiq chuchugiga bardosh beraman, desagina  turmush qurgani yaxshi. Bo'lmasam, shunchaki "dugonalarini ko'zini kuydiraman", deb erga tegishni keragi yo'q! Chunki turmushni "achchig'i" ko'proq!
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Usmon 11 Avgust 2011, 13:41:13
Naga qo'rqitasiz bechara qizlani. :o.... yarashib ketishsin ishqilib...
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: JaviK 01 Oktyabr 2011, 01:39:52
bu fikrim kulgili tuyulishi mumkin lekin, Seriallar ham sababchi...

Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 01 Oktyabr 2011, 07:02:04
Mehnatdan bo'lsa boylik, turmush bo'lar chiroylik...
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Maysara 02 Oktyabr 2011, 23:41:36
Qiz bola kelajakda turmushni achchiq chuchugiga bardosh beraman, desagina  turmush qurgani yaxshi. Bo'lmasam, shunchaki "dugonalarini ko'zini kuydiraman", deb erga tegishni keragi yo'q! Chunki turmushni "achchig'i" ko'proq!
O'sha "achchiq"ni shirin qilish uchun hamma kurashib yashaydi. Hayotni o'zi odamni shunga majbur qiladi. Bu uchun eng asosiysi O'z ustida ishlash va bu yo'ldagi sabr-matonat.

Lekin, hammasiga chidayman deb o'zini xorlatib qo'yadi ko'p ayollar, bu to'g'ri deb o'ylamayman. O'zbek KELINlariga ancha qiyin. Bir kinoda aytadi "Bu odam emas, bu kelin" deb. Mana shunday tushunchalar yotadi katta muammolarning zamirida.
Nom: Xushmuomalalik-yarim Baxt
Yuborildi: Хадича 05 Oktyabr 2012, 13:57:16
( ps. Bir hikoyatlar haqda kitobim bor,judayam eski. Kimdur yoshligida muqovasini yirtib olgan,muqovasi yo'q,lekin judayam tarbiyaviy hikoyatlar bor. Ushbu kitobdan yozmoqchi bo'lgan hikoyatim ham qaysidur ma'noda oila farovonligiga foydali gaplar yig'indisidan iborat :)  )

Xushmuomalalik - Yarim Baxt.

Bir yurtning donishmandlari to'planishib,qanday odamlar baxtli hayot kechiradi,degan savolini o'zaro muhokama qilishibdi. Donishmandlarning biri mansabdor va badavlat kishi baxtlidir desa,ikkinchisi chiroyli va xushovozlar bahtiyor debdi,uchinchi donishmand shoir va olim kishilar baxt topadi,deb ishontirishga harakat qilibdi. Serg'ayratlik va mehnatsevarlik ham baxt manbaidir degan va yana boshqa ko'p fikrlar o'rtaga tashlanibdi. Har kim o'z fikrini tasdiqlash uchun salmoqli dalillar keltiribdi.
Donishmandlar tortisha-tortisha,bu xususiyatlarning hech biri yolg'iz holda kishilarga tom ma'nodagi baxtni bera olmaydi,degan xulosaga kelishibdi. Hatto insonning eng oliy fazilati- Mehnatsevarlik ham kishini yuksaklikka ko'tara olmaydi. Odam mehnatkash bo'lsa-yu,ayni paytda serjahl,g'iybatchi yoki dimog'dor va ginachi bo'lsa,uning hamisha dushmani ko'p bo'ladi,umri janjal bilan o'tadi.
-Shuning uchun,-debdi donishmandlardan biri, - Xushmuomalali odam o'z baxtini topadi,chunki uning dushmani bo'lmaydi,do'stlar davrasida yashaydi.
Bu fikrni donishmandlar yakdillik bilan quvvatlayotganlarida ko'pni ko'rgan bir nuroniy mo'ysafid gapga aralashib debdi:
- Azizlarim,xushmuomalalik yarim baxtdir. U baxt eshigini ochishi mumkin xolos,biroq bu bilan baxtni uzoq ushlab bo'lmaydi. O'zingiz o'ylang,odam xushmuomala bo'lsa-yu,mehribonlikni va g'amxo'rlikni bilmasa,birovning mushkulini oson qilmay,faqat o'zining shaxsiy manfaati uchun ish yuritsa hurmatga sazovor bo'lmaydi,bora bora yakkalanib qoladi. Hatto bu toifadagi kishilarni " Shayton odam " ham deyishadi. Xullas , xushmuomalalik zamirida mehnatsevarlik va g'amxo'rlik qaynab tursagina,unday odam umrbod baxtli hayot gashtini surishi mumkin.
- Xo'sh,mehribonlik nimadan boshlanadi? Deb so'rashibdi mo'ysafiddan. Shunda bu nuroniy :
- Eng oliy kalom- Assalomu alaykum, -deb javob qilibdi. Masalan,xotin erning ishdan qaytishidan oldinroq bolalari bilan hovli va xonalarni tozalaydi,ko'rpacha va yostiqlarni to'shaydi,dasturxonni tuzaydi. Ayol kishi o'zini tartibga solib,yoqimli ko'rinishda bo'lishga harakat qiladi. Halqimizda " Onangni otangga bepardoz ko'rsatma", degan maqolda hikmat ko'p. Kechqurun oila sultoni kun bo'yi ro'zg'or tashvishida o'zini yuz yoqqa urib,charchab va toliqib uyiga keladi. Shu daqiqa ona boshchiligida bolalar yugurishib kelib,uni xursandchilik bilan qarshi olishadi. Oila mehri otani tetiklashtiradi,g'ayratini oshiradi,zavqlantiradi va uyiga bo'lgan muhabbatini metindek mustahkamlaydi. Natijada ota hamma vaqt uyiga shoshiladi,orziqadi va oilasi uchun tinimsiz mehnat qilgisi keladi. Mehribonlik iplari barcha oila a'zolarini bir-biriga chambarchas bog'laydi. Bunday oilada farzandlar mehnatsevar,odobli,mehribon va farosatli bo'lib yetishadilar. Axir " Qush uyasida ko'rganini qiladi",deganlaridek, Ota Ona mehr-muhabbati,oilaga sadoqati farzandlar uchun yaxshi ibrat bo'ladi.

Qars ikki qo'ldan chiqadi. Ayolning mehribonligini erkak ham nihoyatda qadrlashi,unga sodiq bo'lishi,ko'nglini ovlashi,vaqti bilan sovg'alar hadya qilishi va uy-ro'zg'or ishlariga ko'maklashishi lozim. Erkak kishi mehnatsevarlik,mehribonlik,xushmuomalalik,saxiylik,mehmondo'stlik,mardlik va sodiqlik singari oliy xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirmog'i lozim. Bordi-yu, -deb davom etibdi o'z so'zida mo'ysafid, -xotini eri ishdan kelganda boshini bog'lab, xa deb o'zini kasallikka solib cho'zilib yotaversa,hovli-uylar iflos bo'lsa,bolalar qayerdadir sang'ib yurishgan bo'lsalar,u vaqtda uning kayfiyati buziladi,charchog'iga charchog' qo'shiladi.
Tabiatan dangasa va beparvo xotinlar mehnat va mehribonlik qilishdan ko'ra o'zlarini kasallikka solishni afzal ko'radilar. Bu qaytalay bersa,unga odatlanib qolinadi. Pirovardida bunday ayollar chinakam kasallikka chalinadi. Chunki o'zini urintirmaslik va ishyoqmaslik kasallikning uyasidir. Ishyoqmas ayollarning kuch quvvati tiliga to'planib,g'iybat,haqorat va janjal qilishga berilib ketadiladilar. Natijada andisha va xijolat ular uchun ahamiyatsiz bir narsaga aylanib qoladi.
Oiladagi e'tiborsizlik erkakning ham,xotinning ham ko'nglini sovutadi. Erkak uyiga shoshilmay choyxonadami,oshna-og'aynisinikidami va boshqa joylarda sang'ib yurishga odatlanadi,uyga uxlash uchungina keladigan bo'lib qoladi. Shu tariqa Ota,xotin va farzandlar bir-biridan uzoqlashib boradilar,beboshlik va oqibatsizlik yuzaga keladi. Bunday oiladagi farzandlar dangasa,tartibsiz va mug'ombir bo'lib yetishadilar. Pirovardida,oilada chiqishmovchilik va janjal tobora avjiga chiqib,odam baxtsiz hayot girdobida yashashga majbur bo'lib qoladi...
Xullas,inson xushmuomalalik,mehribonlik va g'amxo'rlik iplarini qattiq bog'labgina to'la baxtga erishishi mumkin,-deb xulosa qilibdi mo'ysafid. Donishmandlar uning so'zlariga qo'shilishibdi.

( shu o'rinda qanoat,shukrona,sabr, iymon to'la qalbni ham qo'shimcha qilgan bo'lardim. Barchasi zanjir misol bir biriga bog'liq )
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Mahdiyah 23 Oktyabr 2012, 00:26:15
Bir tanishimning qaynisinglisi 2 farzandi bo'la turib eri bn ajrashmoqchi.
Sud necha oydiram muhlat beribdi.
Sudya ayolni yoniga kelib "Eri bn ajrashayotgan 14-si bo'lasan hijoblilarni, yilni boshidan beri" debdi. (Bu voqea may-iyun oylarida bo'lgan).

Yaxshiyam darrov ajralishga ruxsat berilmaydi.
Ko'pincha shu sabab ham oilalar tiklanib ketadi...

"Ajralish" degan so'zni o'zi hunuk o'ylab ko'rilsa.
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Abdulhafizaka 23 Oktyabr 2012, 00:47:54
Ўн йиллик оилавий хаёт тажрибасидан келиб чиқиб айтишим мумкинки сркак хам аёл хам инсон, уларнинг хар иккаласихам адашади, снг асосийси сса хар иккала томон бир бирига чиройли сабр қилса ва бир бирини тушкун ва нохуш вақтларда қслласа оила мустахкам бслади. Йигитлар жахли чиқса аламини хотинидан смас ишдан олиши керак, аёллар сса болажонлар билан сзини овутиши керак шунда оғиздан ортиқча ссз чиқмайди. Бир танишим беш марта уйланди хали хам бахтли смас. Биринчи никохдай мукаммал ва самимий бахтни одатда кейингиларида учратиш қийин. Хотин қсйвориш хақиқий сғилболани иши смас балки бир бегонани сзиники қиволиш хақиқий сғилболани иши деган гап бор.
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Mahdiyah 23 Oktyabr 2012, 00:59:30
Хотин қсйвориш хақиқий сғилболани иши смас балки бир бегонани сзиники қиволиш хақиқий сғилболани иши деган гап бор.

Kim etgan bo'lsa ham juda yaxshi va haq gap ekan.

O'sha SABR yetishmayabdida...
Nimaga avvalgilar buncha sabrli bo'lishgan, xozirgilar esa bir gapniyam ko'tara olishmaydi odam hayron qoladi?
Nom: Re: ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?
Yuborildi: Mo'min Mirzo 23 Oktyabr 2012, 06:08:56
Erkaklar hozir o'z zimmalaridagi vazifalarni unutgan. Avvalgi erkaklar oilasi uchun tinib tinchimagan bo'lsa, hozirgi erkaklar ortiqcha pul topsa nikohida bo'lmagan ayollar bilan yurish, diskoteka kafelarda hordiq chiqarish, ahli ayollariga hiyonat qilish kabi ahli ayollari chiday olmaydigan ishlarni qilish keng yoyilib ketdi.
Avvallari ayollarimiz ham erlarining izmidan chiqmasdi, qaynonalarining hizmatlarini qilaverardi, sharoit og'ir bo'lgani va ajrashish or bo'lgani sabab ayollarimiz g'oyat sabrli edilar, ajrashish hayollariga ham kelmasdi. hozirgi ayollar esa undoq emas, birgina shapaloqqa ajrashaman deb turib oladiganlari ko'p. Qaynonalari ish buyursa ko'tarisholmaydi. Ayrim dindan chala xabardor kelinlar "Dinda qaynona bilan yashash yo'q!" deb o'z obro'sini tushiradilar. O'ylamaydilarki, eri 40ta xotin olib barchasini qo'ysa ham bitta onasidan kecha olmaydi!
Bir qancha tanishlarim oilasi bilan ajrashishgani haqida eshitib attang deb qolyapman. Sabablarini surishtirdim, hech qaysi biri ajrashishga arzimasdi!
Ajabki bittasini hisobga olmasak barchasi "sevishib" uylanganlar edi.