forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: muxlisa 18 Aprel 2011, 17:02:30

Nom: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: muxlisa 18 Aprel 2011, 17:02:30
Assalamu alaykum.

Ilm-fan taraqqiyotining zamonaviy etaplaridan biri kompyuterlar ixtirosi bo'lgani xech kimga sir emas. O'tgan asrlarda odamlar bir-birlariga qog'ozga xat yozib jo'natgan bo'lsa, hozirgi kunda asosan elektron manzil orqali foydalaniladi.

e-maildan xat yozishish qulay va oson bo'lgani bilan oq qog'ozga siyoh bilan yozilgan xat yoqimli deb o'ylayman. albatta gap bu haqda emas.

Mavzu xat yozishni o'rganish haqida...

Xat yozganda qaysi qoidalarga ahamiyat berish kerak?
Xat yozish odoblari nimalardan iborat?
Xususiy xat yozish haqida maslahatlar berishingiz, fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: azizbek_mx 18 Aprel 2011, 22:46:21
Rahmat Zeynab opa, to`g`risi xat yozishni uncha bilmiman. Balki uddalab yozib ham olarman, lekin pochtadan qanday jo`natish, kimga murojaat qilish... va h.k.lariniyam bilmiman ;D faqat e.mailga o`rganib qoganmiza :D :D :D
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: Anorushka 19 Aprel 2011, 01:38:48
Men uncha yaxshi tushunmadim? Bu yerda elektron xat yozish qoidalari haqida gap ketayaptimi yoki qog'oz qalam bilan yozilib, pochta orqali jo'natiladigan xat haqidami? Balki umumiy xat yozish haqidadir? : )
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: Sadulla 19 Aprel 2011, 06:44:10
 :as:

Hozirgi kunda qog'ozda xat yozadigan odamlarni topish qiyin bo'lib qoldi.Faqatgina rasmiy xatlar  pochta orqali keladigan bo'lib qoldi menimcha.Xat yozishda kerak bo'ladigan marka,pochta indeksi haqida bilmaydiganlar ham topiladi.Yoshlar ko'proq inetdan foydalanganligi uchun bu narsalarni bilmasa kerak.(Huddi o'zim qariyadek  ;D )
Qog'ozga xat yozilgan  yozgan odamning dardlari ham ko'rinib turgandek bo'ladi menimcha.Bu xuddi kitobni qo'lga olib o'qiganga o'xshaydi( kompda kitob o'qisham yaxshi,lekin qo'lga olib o'qigan yaxshiro mani fikrimcha).Keyinchalik rasmiy xatlar ham odamlarni telefonlariga keladigan bo'lib qolmasa bo'ldi  ;)

Men uncha yaxshi tushunmadim? Bu yerda elektron xat yozish qoidalari haqida gap ketayaptimi yoki qog'oz qalam bilan yozilib, pochta orqali jo'natiladigan xat haqidami? Balki umumiy xat yozish haqidadir? : )

Mavzu qog'oz qalam bilan  xat yozish haqida.
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: Nurdinboy 19 Aprel 2011, 07:54:10
Internetdaham, qog'ozdayam yoziwni bilaman. Bugungi kunda eng ommaviysi elektron maktublar.
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: muxlisa 19 Aprel 2011, 09:13:25
 :as:

Uzr, mavzudan maqsad nima ekanligini tushuntiromadim shekilli...

 Mavzu xat yozish odoblari, qoidalari haqida. Parqi yo nimaga yozsezam, qog'ozga yozasizmi, yoki e-maildan jo'natasizmi...

_________________________________________________________________________________________________________
Xat yozganda qaysi qoidalarga ahamiyat berish kerak?
Xat yozish odoblari nimalardan iborat?
Xususiy xat yozish haqida maslahatlar berishingiz, fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: Hadija 19 Aprel 2011, 10:29:06
:as:

Uzr, mavzudan maqsad nima ekanligini tushuntiromadim shekilli...

 Mavzu xat yozish odoblari, qoidalari haqida. Parqi yo nimaga yozsezam, qog'ozga yozasizmi, yoki e-maildan jo'natasizmi...

_________________________________________________________________________________________________________
Xat yozganda qaysi qoidalarga ahamiyat berish kerak?
Xat yozish odoblari nimalardan iborat?
Xususiy xat yozish haqida maslahatlar berishingiz, fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.


Bir vaqtlar oilamdan biroz uzoqda yashaganim uchun, tez-tez xat yozishib turganmiz.
Ozroq bo'lsada bor tajribamga suyangan holda eng avvalo
Har bir ishni "Bismillah"dan boshlagan kabi, Allohning zikri bilan boshlab, salom-alik, hol-ahvol so'ralgandan keyin, xat yozilishidan maqsad yoziladi.

Xat yozishda avvalo imloviy qoidalarga rioya qilish kerak deb o'ylayman. Chunki ona-tilidagi har bir imloviy qoidalar gapingiz ma'no mazmunin to'ldirib o'z ko'rinishida yoritib beradi.

Xat yozish odoblariga avvalambor sokinlik bilan, shirin so'zlik bilan xatingizni o'qiyotgan odam yana, yana qayta o'qish ilinjida bo'lish ehtimoli darajasidagi odob bilan yozilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Har bir masalahat berganingizda ham, avvalo o'sha maslahat berayotgan odamingiz holati, ruhiyatiga o'zingizni qo'yib ko'rib, uning boshidan kechirayotganlarini his qila turib maslahat berish darkor hamda, berayotgan maslahatlaringizga to o'zingiz amal qilmaguningizcha maslahatingizga rioya qilishi amri mahol bo'ladi. SHunga e'tibor bering-ki, siz berayotgan maslahatingizga avvalo o'zingiz rioya qilishingiz kerak.

Imkon qadar savollaringizga javob berishga harakat qildim Zeynabhon, kamchiliklar bo'lsa uzur...

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -  - - - -

O'sha vaqtlarda yozilgan xatlarimni hisoblab ko'rsam, 15 donaga yetibdi, har bir kelib ketgan odamdan xat olardim, javob xati yozardim. Ular ham man uchun shirin xotira va o'tkan kunlarimdan ajib bir estalik...
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: muxlisa 19 Aprel 2011, 14:22:13
Raxmat, Hadijaxonim.

Demak, xat yozganda, xatni ravon, ozoda, o'qimishli yozish kerak bolar ekan. Va haddan tashqari ko'p undov va so'roqlarni qo'yish ham xatning chiroyini buzishi mumkin bo'lar ekan..

Yana shunday xatlar borki, masalan tabrik, taklif gulqog'ozlariga javob yozish shart emas. :) Ammo sizni izzatlab gulqog'oz yuborgan insonga ko'rib qolganingizda minnatdorchilik bildirib qo'ysangiz yaxshi bo'ladi. Yoki telefonini bilsangiz, qo'ng'iroq qilib, raxmat aytib qo'ysangiz, nur ustiga a'lo nur bo'ladi...

:as:
Qog'ozga xat yozilgan  yozgan odamning dardlari ham ko'rinib turgandek bo'ladi menimcha.Bu xuddi kitobni qo'lga olib o'qiganga o'xshaydi( kompda kitob o'qisham yaxshi,lekin qo'lga olib o'qigan yaxshiro mani fikrimcha).
Manam shunaqa deb o'yliman. Lekin hozir deyarli xech kimni vaqti yoqdek, qog'oz olib xat yozib o'tirishga...


Yana, qog'ozga xat yozilganda, siyohli ruchkada binafsha siyoh bilan yozilsa yaxshi.
 
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: muxlisa 19 Aprel 2011, 17:18:51
ZeroHero kepqoptila-yu-a, bu mavzugayam? : )

Jahl qimadim, o'zbecha qilib chuntirishga harakat qildim.
shunaqa bir gap bor bilasizmi, ZeroHero? Tog' o'rnidan siljibdi deyishsa ishoning, odamning fe'l-atvori o'zgaribdi deyishsa ishonmen degan.. Biza haliyam o'sha-o'shamiza:)...

Mavzu bo'yicha gaplariz bo'sa, marhamat.
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: muxlisa 20 Aprel 2011, 21:33:39
 :vslm:
Bilmaganlarim haqida ma'lumot keltiribsiz, tashakkur. Sizdan ham Alloh rozi bo'lsin!
Haqiqatan, Tohir Malik aka namunaga misol qilgan maktublarni hozirda uncha-muncha odam yozomasa kerak. Yana Alloh bilguvchi.

Mahmudxo'ja Behbudiyning "Kitobatul atfol" degan kitoblarida xat yozish shartlaridan o'zim tushungan ba'zi qoidalarini keltirmoqchiman: (Agar bu haqda yana ham yaxshiroq ma'lumotga ega bo'lgan insonlar bo'lsa, xato joylarimni to'girlab qo'ysela xursand bo'lardim.)


Maktub yozuvchi yozayotgan maqsadini, muddaosini avval o'zi yaxshilab tushunib olib, so'ng yozishi kerak.

O'zi bilmaydigan lug'atni mumkin qadar yozmagani ma'qul.

Har bir til va lug'at so'zini o'z qoida va imlosi bilan yozish shart.

Xatni olib o'qiydigan odam haqida mulohaza qilib, uning fahm va bilimiga muvofiq yozish lozim.

Xatda yoziladigan so'zlar ichida hamma ham tushuna olmaydigan, bilmaydigan lug'atni yozmasligi, omi va ko'cha iboralarini, ayb sanaladigan so'z-kalima va laqablarni yozmaslik kerak.

Halq orasida unutilib ketgan  eski so'z-kalimalarni  yozib xat o'quvchini qasddan zehnini tashvishga  solmagan (qiynamaslik) yaxshiroqdir.

hozircha shu, davomi bor...
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: ibnUyayna 21 Aprel 2011, 01:17:30
 :as:
 
 Maktublar kimga,nima maqsadda yozilishiga qarab bir-biridan farqli boladi.
 Misol Business Lettersla bor bula endi jiddiyro boladi.Har bir sozga,nuqta-vergullarga etibor berish lozim.Oz navbatida bulayam juda kop turlarga bolinib ketadi :)
 Endi dostlarga,yaqinlarga yoziladigan hatla bor.Bulari ula bn odatda qande muomala qisek shunday yozuvramiza. :) Lekin bu yerda ham mavzuga etibor berish kere.Taziyaga oxshagan habar yozadigan bosa oxshatib yozish kere. :-[   Yengi tugilgan chaqaloqni habarini berganda  urreeeeeee  suyunchiiiiiiiiiiii (oyim qiz tug'dilaaaa) dip boshlash kere  :D
 
 zor mavzu..davom etiyla 
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: muxlisa 22 Aprel 2011, 19:37:16
Xat yozganda:

Turkiycha  yozilganda va bir bir iboraning turkiysi bo'la turib, uni o'rniga rusiy yoki ajnabiy iborasini yozishlikdan  qaytarilgan ekan..

Ahli fan, ulamo, adiblarga mahsus yoziladigan xatlar, mahkama va muassasa maktublari, ilmiy va siyosiy maqolalar yaxshi va adabiy suratda yozilishi kerak. Bunday xatlarda arabiy, forsiy, hatto rusiy va fransaviy ba'zi bir lug'atlarni yozmaslikka iloji yo'qdir. Shunday paytlarda, imkon qadar o'sha so'zlarning turkiysini topib va topilmaganda jumla bilan tafsil qilish lozim..

Xatni o'qilishi yoqimli, kamso'z, serma'ni yozishga harakat qilish kerak.

Yozib bo'lingan xatni avval o'qib, undan keyin yuborish ham xat yozish shartlariga kirar ekan.

prodoljenie sleduet...

Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: muxlisa 26 Aprel 2011, 16:16:16
 
 G'azab va xafalik, yoki nihoyatda xursand vaqtlarda xat yozmay, mo'tadil holatga kelgandagina maktub yozish a'lodir.

Maktubga haqorat, ta'na, fisq, va gunohga taaluqli so'zlar yozilmasin.

Bir narsani va yoki odamni nihoyatda madh ila ta'rif etish, yoki yomonlash, mubolag'a etishdan tiyilmoq, barcha holda o'rtacha qalam ishlatmoq kerak.

Bir odam haqida xat yozilar ekan, o'sha odamni kelajakda do'st va yoki dushman, yaxshi va yomon bo'lishi ehtimolini yodda tutib, "ishlarning xayrlisi o'rtachasidir" degan hikmatga amal qilib yo'l tutmoqlik lozimdir.
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: Anorushka 27 Aprel 2011, 04:02:47
       Qog'oz xat yozilar ekan, albatta, uni yozish uchun ko'proq etibor beramiz va kamchiliklardan xoli qilib yozishga harakat qilamiz. Lekin man hozirgi kunda ommabop bo'lgani uchun emaildan xat jo'natishda ko'rinib turadigan kamchiliklar haqida yozgim keldi.
       Internetdan foydalanadigan har bir inson o'z shaxsiy pochta manzili (yoki pochta manzillari)ga ega va aniqki, inbox yoki sent qutilarida yuzlab, yoki minglab xatlar saqlanib turadi. Lekin ularni tiktiklab ko'rsangiz, juda ko'plari sizlar yuqorida aytib o'tgan "xat yozish talablari"ga javob bermaydi.
       Ulardan eng asosiysi yana imloviy xatolar...Buning sabablaridan biri hammamiz ham har bir emailni alohida e'tibor bilan yozmaymiz. Balki vaqtdan qizg'anamiz. Imloviy xatolar so'zni qanday yozilishini bilmaganimiz uchun emas, balki shoshilib yozgandan va e'tiborsizlikdan kelib chiqadi. Hatto ba'zan gapni bosh harf bilan boshlash uyoqda tursin, hatto ismlar ham, masalan, murojaat etilayotgan insonning ismi kichik harf bilan yozilgan hollar ko'p. Shaxsan, shunday xatlar ham olganmanki, bir gapning qayerda boshlanib, qayerda tugaganini tushunolmay qayta-qayta o'qib ko'rishimga to'g'ri kelgan   :( ;D
Bundan tashqari o' harfi u tarzida, sh -> w tarzida, g' o'rniga g, ch o'rniga 4 yozish ko'pchilik uchun odat ekanligi sir emas. ;)
       Imloviy xatolar nafaqat xat o'qishni qiyinlashtiradi, balki ba'zan xatdagi ba'zi so'zlarning noto'g'ri tushuniliga ham olib kelishi mumkin. Asosiysi, ba'zi qo'pol xatolar xat o'quvchiga hurmatsizlik hamdir.

p.s. emaildagi yana bir keng tarqalgan holat o'zbek tili bilan rus tilini (ingliz tilini bilganlar o'zbek bilan ingliz tilini) aralashtirib yozishlari  :1 ::)  Bu haqda sizlar qanday fikrdasizlar bilmadim-u, sometimes I myself can't help not mixing.. :3 :-[
Iloji boricha bir tilda yozishga odatlanishim kerak.


 
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: AL_laziz87 02 May 2011, 13:36:10
Мен ташкилотим номидан хат ёзаман факат. Бундай хатларни Е маилдан жунатишни иложи йук! Бундай холатларда купрок почта хизматидан фойдаланаман! Кафолат, Алока ва хамкорлик хатларини ёзиш жуда кийин мен учун. Чиройли жумлаларни конун билан чамбарчас богле олиш керак. Чунки шу хатлар оркали корхонага бахо бериш мумкин. Инсонни шахсий мактубида хам шундай булса керак!
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: Mas'ud 02 May 2011, 14:29:12
Хат стмишда қолдими?
 
Мен ва уйим орасидаги масофа 500 километрлар чамаси. Бу ерда каминани боғлаб турган сгона сабаб сса адабиёт. А­ндигина ишдан бсшаб, оромкурсига стирдим. Дсстимга қснғироқ қилишим керак. Ҳозир бармоқларим аллақачон ёдлаб олган рақамларини бирин-кетин тин олмасдан босади-ю, бироз жимликдан кейин олисларда мудраб ётган телефонингни ларзага келтиради. Орамиздаги масофа тобора қисқариб борар, ҳозир айтилажак одатий ссз ҳаммасига бир зумда нуқта қссди. Буёғи ҳамманинг оғзидаги гаплар. Ҳар гал мен шу ссзларни сқинларим учун сна бир бор такрорлашга мажбурман. Ҳарчанд уринмай, қулоқ срганган айрим жумлалардан воз кеча олмайман. Салом, аввало Худонинг қарзи. Ундан кейинги ҳолат умумий гаплар. Аҳволларингиз схшими, чарчамаспсизми, менинг ишларим схши"¦

Тунов кунги суҳбатимиз ҳам шундай бошланган сди. Зерикарли ҳолат. Озми-кспми адабиёт кишиси бслганлигим учун менда бундай ҳиссиёт тезда уйғонади. Шунинг учун сенга хат ёзмоқдаман. Гарчи ХХ1 асрда сшаётган бслсакда"¦ Столим устида турган бежиримгина телефон устимдан кулгандай бслади.

Бир сйлаб ксрайлик. Айтмоқчи бслганларимизни қанча қисмини телефон орқали айта оласиз? Шундай ссзлар бсладики, уларни айтишдан ксра ёзиш осонроқ. Техника ҳарчанд уринмасин бир одамга хос ҳис-туйғуларни иккинчи бир кишига етказишга ожизлик қилади. Худди шу мавзуни таниқли адибимиз Тоҳир Малик сзига хос услубда қаламга оларкан, кснглимдаги сшириб бслмас иқрор танимни қуршаб олаётганлигини сезиб турдим:
"œТелефоннинг совуқ симлари фарзанднинг ота-онага меҳрини етказиб бера олмайди. Ошиқнинг маъшуқасига бслган севги оташини ҳам етказишга ожиз. Бу вазифани оқ қоғоз ва қалам уддалайди. Гарчи қоғозга тушадиган ҳарфлар ҳам совуқдай туюлса-да, бу ҳарфларда меҳр олови мавжуд. Бу олов тафтини мактуб сқиётган одам ҳис қилиб туради. Аммо"¦ афсус шуки, шу бир неча сатрни ёзишга қунт қилмаймиз, фаросатимиз етмайди"¦ Байрамлар стади, мактуб йслламаймиз. Туғилган кунлар стади, мактуб ёзишга тоқатимиз йсқ"¦ Аима бу? Қалбимиздаги меҳр булоғи қуриб борсптими? Аллоҳ сақласин!"
Мазкур сатрларни сзингизга атаб ёзилган очиқ хат, деб қабул қилинг ва охирги марта кимга, қачон хат ёзганингизни сслаб ксринг. Орамизда ҳаёти давомида бирон марта мактуб ёзмаганлар ҳам бор. Азизлар, бир неча дақиқа кундалик ташвишларни четга қсйинг-да, қоғоз ва қалам олиб сқинларингиздан бирига хат ёзинг. Орамизда бошқалардан хат олса-да, жавоб қайтармаганлар ҳам бор. Сиз сса жавоб ёзиб муштоқ кснгилларга қувонч юборинг"¦

Билсанг, хат ёзиш ҳам бир санъат. Адабиёт оламида ёзилган айрим мактубларга ҳозирда ҳам юксак асар даражасида қаралади. "œҒазал мулкининг султони" Алишер Аавоий 88 мактубни сз ичига олган "œМуншаот"ни дунёга келтириб, бағост гсзал юмуш қилганликларини снди тушунгандайман. Мени хавотирга солаётган ҳолат бир-биримизга хат ёзмаётганимиздир. Баъзида кимдир менга хат юборишини истаб қоламан. Аомимга юборилган номани хаёлан сқигим келади. Аввало унда мен таниган кишининг нигоҳлари, ёзуви бор. Мисралардан унинг қиёфаси ксз олдимга келади.
"œЎткан кунлар" да Отабек ва Кумуш бир неча бор мактуб орқали ссзлашадилар. Балки, Қутидор замонида усли алоқа воситалари бслганида сди, Ҳомид Отабекнинг номидан сохта хат ёзолмаган бслар сди, сҳтимол. Аима бслганда ҳам нозик, қочиримлар шодасидан тузилган сатрларни телефон орқали айтиб бслмаслиги рост.

Қуйида асардан олинган икки мактубни сринмасдан ёзишга қарор қилдим. Чунки ана шу парчани сқиб, ҳар доим ҳайратга тушардинг:
"œВафосизға. Мен сзимнинг бу мактубимни ксз ёшларим билан ёзаман. Аегаки, ҳозирда маним ёлғизгина ксз ёшларимгина смас, бутун борлиғим сиёҳдир. Мен снди оғизлардағи "œвафо" ссзига ишонмайман. Чунки мен сзимнинг вафосига ишонганим йигитдан улуғ вафосизлик ксрдим. Устимдан ксзларимни очолмайман. Аегаки, еру ксклар, тоғу тошлар ва дунёдағи барча нарсалар манинг алданғаним учун кулиб масхара қилгандек қарайдилар"¦ Бу кунимдан, бу ҳасратимдан қутилиш учун мен сзимга ажал чақираман. Лекин ажал ҳам мен шсрликдан нафратлангандек, гсё ул ҳам менга вафосизлик қиладир.
Бегим, гарчи аччиғлансангиз ҳам айтишка мажбурман: сизда виждон, инсоф, раҳм, ваъда, вафо, схшилиқни билиш, боринг-чи, одамгарчиликдан ҳеч гап йсқ смиш. Билъакс сиз: хийлакор бир тулки, оғзи қон бир бсри, раҳмсиз бир жаллод, устсиз бир йигит!

Сизни хийлакор дедим: ссингизда борми, содда отамни, гсл онамни қандоғлар қилиб алдадингиз? Адингизда борми, шамъ ёнида мени алдаб айткан ссзларингиз, берган ваъдаларингиз, "œманим орзум" деб қилган хитобларингиз, тсккан ксз ёшларингиз?.. Бас, бу хийлалар, бу макрлар сиздан бошқа кимда топилсин?

Сизни оғзи қон бир бсри дедим: чунки сизда раҳм йсқ. Сиз сзингизнинг заҳарлик тишларингиз билан мазлумлар ксксини, баёвлар бағрини чок стасиз; снги очилган гулларни, снди бош тортқан лолаларни вақтсиз сслдирасиз, очилиб битмай слдирасиз!

Сизни устсиз дедим: илгари ваҳшатингиз билан сзингизнинг ҳаққингиз битканлигини билатуриб ҳам сна услмай-қизармай виждонсизлар амрини берасиз ва устсизлиғингизни сна бир қат ортдирасиз!

Мен сизнинг баъзи бир даъволарингизга ҳайрон қоламан: отам Тошкандда скан чоғида бу гапни айтишка услған смишсиз"¦ Гсё бунинг ила номуслик бслиб ксринмакчисиз шекилли?!

Онам баъзи вақтларда:
Янги ёр топқанда дсстлар, сскидан кечмоқ керак,
А­скини слган санаб, латта кафан бичмоқ керак,

байтини сқуб қсср, мен бслсам ул вақтларда бунинг маъносига тушунмас сдим. Аммо"¦ снди бу байтни кимга айтилганига ва унинг маъноларига хсб тушунмакдаман. Ташландиқликнинг сснг стинчи қилиб сиздан шуни ссрайман: учунчи ёр топқанда иккинчи бечорага ҳам шундай устсизлик қилинмаса сди. Бу тилагим учун ажабланмангиз, чунки, "œпичоқни сзингга ур, оғримаса сзгага сол", дейдирлар.

Сизга снги ёр, менга устсизликнинг қурбони бслиш муборак. Кумуш смас, Тупроқбиби ёздим 17 жавзо, 1265 йил, Марғилон."

Хатни минг дил қийноғи ила сқиган Отабекнинг мактуби ёдингдадир:

"œУмидим юлдузи, орзум чечаги, ҳаётим тиргаги Кумушимга!
Кинос ва аччиғлар билан тслиқ бслган мактубингизни олдим. Хатни ёзган чоғингизда тамом бир ст ичида, ғазаб денгизида сузганлиғингиз гавдаланиб ксз снгимдан стдилар. Ўтдиларгина смас, ҳатто менга шунчалиқ таъсир стдиларким, гсё маликасининг ғазабига учраған қул қай даражада сс-ҳушидан айрилса, қилар ишидан, сйлар сйидан снглишса, манинг-да ҳозирги ҳолим бунинг юз даража юқорисиға етди. Тсғриси, заҳар олуд мактубингизга одамларча тушуна олмадим ва тушунишка ҳам лузум ксрмадим, чунки ғазаб устида айтилган ссзлар ақлли кишиларча лойиқи муҳокама ва мутолаа бслолмас. Гулхандан сснг аланга ҳисобини ҳеч бир вақтда олинмас. Лекин мактубингизнинг бир срнига нима маъно бериш учун тамоман ожиз қолдим: "œИлгари ссзингиз билан сзингизнинг ҳаққингиз битканлигини билатуриб ҳам сна услмай, қизармай виждонсизлар амрини бериб қсссиз-да, устсизлиғингизни сна бир қат оширасиз..." ва "œОтам Тошканда скан кезда бу гапни айтишка услған смишсиз", "œгсё бунинг билан номуслик, устчан бир йигит бслиб ксринмакчисиз шекиллик?!"

Бу ссзларингиз билан нима демакчи бсласиз, танингиз соғми? Дуруст, мен отангизга бирга кеталмаслигимни, чарларни уч-тсрт кун кутиб қолишимни бир неча вақт айталмай юрдим ва ниҳост, отангиз кетишка рухсат ссрай бошлагач, отам орқалиқ узримни айттирдим, бас, бунда қандай устсизлик бслсин, гумонимча иситмангиз қаттиғ ушлаган ксринадир ва бу телбаларча мактубингизни иситма орасида ёзғон схшайсиз.
Мактубни иситма орасида ёзғанингизға тамоман қаноат қилдим. Шунинг учун сизни айблашка ҳаққим йсқ, ҳам сиз маъзурсиз. Бу кинос ва заҳарлик мактубни ёзишка сизни мажбур сткан, мени ҳийлакор тулки, оғзи қон бсри, устсиз йигит"¦ ва тағин алла қанча мартабаларга миндирилишларимнинг бош омили албатта отангиздан ҳам сшиткан бслсангиз керак, шу кунгача чарлар балоси билан тутқун бслишим орзу-ҳавас қайин отасининг оғриб ётиш шумлигидир. Аиҳост, сизнинг аччиғ хатингиз баракасида бу кун чарлар хабари ҳам келиб қолди. Сиз манинг бу хатимни сқуб гуноҳларимни срлақаб турган кезларингизда, албатта ман Марғилон йслида бслсам керак. Онангизнинг сқуйтирған байти манинг шаънимга тамоман тескари, чунки ота-она орзуси ҳеч вақт снги ёрлик вазифасини стай олмас ва ҳамиша бошқаларнинг орзу-ҳаваси бслиб қола берар. Сиз сзингизни тупроқ билан тенглашдирмакчи бслғансиз, лекин ман ҳозир Кумушка ҳам қаноатланмай Олтинбиби деб атамоқ фикрига тушдим"¦ Борлиғим муҳаббатингиз алангаси билан туташқани ҳолда завжангиз:

Отабек 26 жавзо, 1265 йил. Тошканд."

Хатни сқиганингдан сснг сенинг ҳам кснглингда аллақандай мулоҳазалар уйғонганига шубҳам йсқ. Менинг рақамимни теришга шошилма. Ахир мактубнинг қандай кучга сга сканлигини мендан ксра схшироқ биласан. Ан дафтаримга сзинг айтган мисолларни доим ёзиб борардим:
"œБилиб қсй, гарчи мактуб тезкорлиги жиҳатдан замонавий техникаларни ортда қолдира олмасада, маъно ксламдорлиги билан ҳамон у биринчи. Мумтоз адабиётимизда ҳам нома ёзишнинг сзига хос сир¬¬-асрорлари мавжуд бслиб, у шахснинг маънавий дунёсини белгилаб берган. Узундан-узоқ жумлаларни ҳамма ҳам ёза олиши мумкин. Аммо масаланинг туб моҳисти қанча ёзишда смас, қандай ёзишда. Ахир айтишадику, юрак қони билан ёзган одам узоқ ёзолмайди. Аома буюк кишиларнинг ҳам ҳаётида муҳим аҳамистга сга бслганлиги сенга снгилик смас. А ассомнинг сз ҳамкасбига ёзган мактуби билан ёзувчининг шоирга ёзган ёзишмалари орасида каттагина фарқ бор. Чунки улар сзларигагина тушунарли бслган оҳангда ссзлашадилар. Файласуф сз дсстига хат юборар скан, унда шундай ссзлар ёзилган сди: "œДсстим, мени маъзур тут. Вақтим кам бслганлиги учун узоқ ёзиб юбордим"¦ ". Деҳқон бу ссзларнинг маънисига етмаслиги мумкин. Чунки жумлалар анчайин фалсафий. Шу сринда деҳқоннинг бирор ёзишмаси файласуф учун қизиқ туюлмаслиги мумкин. Аммо тарихда шундай номалар борки, унинг ичида соддаликка аралашган мулоҳазалар ётади.

Аақл қилишларича, Амир Темур А­ронга қарши юриш бошлаганда, Исфахоннинг қамали кспга чсзилиб, қсшинни озуқа билан таъминлашга маблағ етишмай қолади. Аиҳост, Амир Темур Самарқандга чопар йсллаб, Сарой Мулкхонимга мактуб жснатади. Мактуб қисқа бслиб, «Қсшиннинг заҳираси тугади, хазинадан зар юборинг», дейилган сди. Сарой Мулкхоним мактуб мазмунидан огоҳ бслгач, мактубнинг орқа томонида «Улуғ Амир, зарингиз тугаган бслса, сиёсатингиз ҳам тугадими?» деб ёзиб, чопар орқали жснатади.

Темур мактубни олгач, Сарой Мулкхонимнинг киносли замзамасини сйлаб-сйлаб, ниҳост бир қарорга келади: Лашкаргоҳда ссйиб ейилган қсй, қорамол, от ва тус сускларини сша куниёқ йиғдириб, турли ҳажмларда қирқтириб, катта ҳажмдагисига катта қиймат, кичигига кичик қиймат белгилаб, унга пслат муҳрини қиздириб, тамға бостиради ҳамда пул срнига муомилага киритишга фармон беради. Аатижада, қсшни шаҳар ва қишлоқларда суск пулга қсшин учун озиқ-овқат сотиб олинади. Тез кунда Исфахон таслим бслгач, суск пуллар зар билан алмаштирилади...".
Менга нимадир демоқчи сканлигингни снада кспроқ ҳис қилиб борспман. Ауқта қсйдим. Ҳозир ушбу номани канвертга соламанда, сен томонга йсллайман. Балки срта-индин жавоб ёзиб қоларсан"¦

Бобур А­ЛМУА ОД

«Интернет журналистлари» жамоаси аъзоси

www.fikr.uz dan olindi
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: NANO 05 May 2011, 06:46:02
Xatni juda qisqa yozaman hol axvol surab o'tiradigan odatim rivojlanmadi hech :)

Maqsadni aniq ko'rsataman tamom!

Manga yoqmiydigan hatlar juda ko'p lekin!

Siz million yutib oldiz!
Sizga falonchi o'z merosini qoldirdi!
Siz avtomobil yutib oldingiz!
Sizni tabriklaymiz siz 100.000.000 bo'lib kirdiz saytga!

bla bla bla...

Alvida degan mazmundagi hatlar ham yoqmaydi!

Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: muxlisa 05 May 2011, 15:29:52
Maktub yozish madaniyati Islomda qanday? Shu haqda ham ozgina o'qib tushunganlarimni yozib o'tmoqchiman.

Islomda maktub yozish odoblariga rioya qilmoqchi bo'lgan insonlar avval Bismillahir rohmanir rohim deb boshlaydi.

So'ngra  maktubninig kimga ekanligi, xat yoziladigan insonning nomi yoziladi.  Undan so'ng xat kimdan ekanligi, maktub muallifi yoziladi.  Lekin avval maktub kimdan ekanligi keyin esa kimga ekanligini ham yozilish mumkin.

 Mana shundan keyin esa salom yo'llanadi.

Salomdan so'ng Alloh Taologa hamd aytiladi.  Va undan keyin asosiy maqsad, muddaosini yozish kerak bo'ladi.

Maktub oxirida  Assalamu alaykum va rohmatullohi deb, va xat yozilgan vaqt-sanasini ham yozib qo'yishlik esa Islom dinidagi maktub yozish madaniyati qanchalik yuksak  ekanligidan darak beradi.
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: muxlisa 05 May 2011, 15:58:04
Bundan tashqari  maktub egasiga javob yozish huddi salomga alik olish vojibligi darajasida ekanligi ham aytilgan.
Ya'ni bir kishi sizga o'z hojatlari, biror ma'lumot, xabarlari bilan maktub yozgan bo'lsa,  unga javob yozishlik Islomning ulug' madaniyat va odoblaridan ekan.

Xatga javob qaytarmaslik esa maktub mallifiga, ya'ni sizga xat yozgan insonga hurmatsizlik ko'rsatgan bo'lar ekan.


Islomdagi xat yozish madaniyati haqida to'liq va chiroyli ma'lumot olmoqchi bo'lganlar uchun hurmatli Shayximiz Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf hazratlarining "Odoblar hazinasi" kitobi, to'rtinchi ju'zidagi maktub yozish boblarini o'qib chiqishni taklif va tavsiya etaman. Aynan shu tavsiyani o'zim bir forumdoshimiz tomonidan qabul qilib mavzuda qisqa ma'lumot tarzida keltirdim.


Mavzuda o'z fikr-mulohazalarini bildirgan, shungdek go'zal va ajoyib  maqolalarni taqdim etgan forumdoshlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

 :as:
Nom: Re: Xat yozishni bilasizmi?
Yuborildi: UzMuslim 15 May 2011, 13:02:50
Xat Yozishni Unchalik yaxshi bilmasamda Tez tez uzoqdagi Tog'amga xat yozib Turaman.Balki maktabda o'qimaganligim pand berib qolar bazida.