forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Darsxona => Dizayn => Mavzu boshlandi: azizbek_mx 23 Aprel 2011, 15:54:48

Nom: Photoshop dasturida Milliy matoimiz - atlas chizish
Yuborildi: azizbek_mx 23 Aprel 2011, 15:54:48
Ma'lumki, ko‘plab g‘arb foto ustalari o‘z millatlari madaniyatiga doir turli xildagi san'at asarlarini yaratib kelishadi. Nahotki biz ham o‘z milliy ramzlarimizni ifodalovchi rasmlar yarata olmaymiz. Keling, quyida milliy ramzimizdan biri bo‘lmish Atlasni chizishni ko‘rib chiqamiz:

(http://s013.radikal.ru/i323/1104/7a/03967ed0f8dc.jpg)

Yangi oyna hosil qilamiz. Buning uchun File->New [Ctrl+N] buyruqlar ketma ketligidan foydalanamiz.

(http://s54.radikal.ru/i144/1104/96/a53ad71a2b00.jpg)

Orqa fondan [Ctrl+J] funksional klavishlari yordamida nusxa ko‘chirib olamiz

(http://s009.radikal.ru/i309/1104/03/3fedf97ccfa3.jpg)

Nusxa olingan qavat (layer) imizga rang beramiz:

(http://s48.radikal.ru/i120/1104/84/adc4b667b18b.jpg) (http://s50.radikal.ru/i127/1104/ed/3f02f9f9d665.jpg)

(http://i012.radikal.ru/1104/73/60c332f8ac97.jpg)

(http://s51.radikal.ru/i132/1104/b2/e3e5f0778089.jpg)


[Ctrl+E] funksional klavishlari orqa fon bilan yopishtirib olamiz.

(http://s09.radikal.ru/i182/1104/e6/1293d2765f00.jpg)



Filter->Distort->Shear filtr oynasini ochamiz va quyidagicha sozlaymiz:

(http://s44.radikal.ru/i103/1104/7a/7e533856654b.jpg)

(http://s40.radikal.ru/i088/1104/74/550b4a91da09.jpg)


Filter->Stylize->Wind filtr oynasini ochamiz va quyidagicha sozlaymiz:

(http://i004.radikal.ru/1104/91/fe941ba3e2f5.jpg)

(http://i073.radikal.ru/1104/28/836247596d41.jpg)


[Ctrl+F] funksional klavishlari orqali so‘nggi ishlatilgan filtrni takrorlaymiz va quyidagi ko‘rinishga keltirib olamiz:

(http://s015.radikal.ru/i330/1104/22/3905557541d8.jpg)


[Ctrl+Alt+F] funksional klavishlari orqali so‘nggi ishlatilgan filtr oynasini ochamiz va quyidagicha sozlab, filtrni avvalgisi barobarida takrorlaymiz:

(http://i040.radikal.ru/1104/f1/f2179c60af15.jpg)

(http://i028.radikal.ru/1104/f7/40f676d36f6f.jpg)


[Ctrl+Shift+N] funksional klavishlaridan foydalanib yangi qavat (layer) hosil qilamiz va gorizontal chiziq tushiramiz

(http://s006.radikal.ru/i214/1104/d8/2b3d12a4a5a2.jpg)


Mazkur chiziqqa ham orqa fonga foydalanilgan Shear va Wind filtrlarini qo‘llab quyidagi shaklga keltirib olamiz:

(http://i071.radikal.ru/1104/11/de10144c1058.jpg)


Mazkur shakldan nusxa ko‘chirib, quyidagi holga keltiramiz:

(http://i042.radikal.ru/1104/97/8168b180c84b.jpg)

Qarabsiz-ki, atlasimiz tayyor ;)