forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar => Mavzu boshlandi: Nоdirbek 26 Aprel 2011, 20:32:46

Nom: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Nоdirbek 26 Aprel 2011, 20:32:46

Forumimizning eng odobli va faol ishtirokchilaridan biri bo'lmish, do'stimiz Abdulhafizning nikoh  to'ylari munosabati bilan chin yurakdan tabriklaymiz.
Alloh ushbu qurilajak oilaga baxt va saodat ato qilsin!
Do'stimizga baxt-saodat tilaymiz.
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: registan 26 Aprel 2011, 21:18:19
Alloh muborak qilsin.
Birinchi va oxirgisi bo'lsin.
Shirindan shakar o'g'il va qiz farzandlar ato etsin.
Chin dildan duo qilib qolamiz.
Safimizga xush kelibsiz. :)
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Chustiy 26 Aprel 2011, 22:00:53
Ikki yoshga baht tilaymiz,
Qo`sha-qo`sha farzanddan naqt tilaymiz
dermidi gulbazimlada? :)

Alloh ikki yoshni oralarini mehr, hayr ila ja`m qilsin, qo`sha-qo`sha zurriyotlardan ato etsin.


p/s: Nodirbek "nomard" :) mavzu ochmang, ochmang, to`y keyingi oyga bo`ladi, to`yga yaqin ochamiz deb deb o`ziz 2 kunda ochvoribsizu ;D

Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Shuhrat_ 26 Aprel 2011, 22:21:11
 :as:
Rostamni? :7
Biz sal bumasa tuyga ketyapgan edik u :3
Mayli nima bulsa xam ,qachon bulsa xam,
2yoshga baxt tilaymiz :amn:
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Chustiy 26 Aprel 2011, 22:31:30
:as:
Rostamni? :7
Biz sal bumasa tuyga ketyapgan edik u :3
Mayli nima bulsa xam ,qachon bulsa xam,
2yoshga baxt tilaymiz :amn:

Yo`q yo`q, to`y kuni aniq yani sizlarga to`g`ri habar kelgan, hotirjam to`yga boraveringlar :)
Prosto mavzuni man ochib qo`ymasligim uchun, Nodirbek keyingi oyga deb aksiya qilganlade :))
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: azizbek_mx 26 Aprel 2011, 22:39:39
Iloyim, baxtli-taxtli oilalardan bo`lishsin, musulmonlar safi ortishiga hissa qo`shib, haqqa da'vatgo`y farandlar otasi bo`lishliklari, va farzandlari tomonidan Janatda toj kiydirilishlarini nasib qilsin, InshaAlloh
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: AbdurRohman 26 Aprel 2011, 23:50:00
 :as:
Alloh xayrli qilsin. Eshitib juda xursand bo'ldim. Chin yurakdan tabriklayman. Alloh fayzli va barakali oilalardan qilsin.
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: ibnUyayna 27 Aprel 2011, 01:09:06

   jannattayam birga boliyla yoshla  :)
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Aqoid 27 Aprel 2011, 02:36:56
:as:
Alloh xayrli qilsin. Eshitib juda xursand bo'ldim. Chin yurakdan tabriklayman. Alloh fayzli va barakali oilalardan qilsin.
Yuqoridagi barcha tilaklarga biz ham qo'shilib qolamiz. 2 dunyo saodatiga yetishinglar.
To'y manzili sizlargayam ko'rinmayaptimi? :)
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Sofdil 27 Aprel 2011, 02:43:47
 :as:

Alloh hayirli qisin.

Bizagayam nasip qisin.


Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: G_u_l_i 27 Aprel 2011, 05:49:03
 :vslm:
Alloh xayrli qilgan bo'lsin, ikki dunyo saodatiga yetishtirsin!
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: BelleQizcha 27 Aprel 2011, 06:00:50
Tabriklaymiz
Baxtli bolila
Taxtli bolila
Serfarzand bolila
Kotta uyli bolila
Iymonli bolila
Moshinali bolila
Gilamli bolila
Davomini kutib qoling
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Музаффар 27 Aprel 2011, 09:10:52
Оллох никохингизни мустахкам ва оилангизни исломий, тангри сзи рози бсладиган, саодатли оилалардан қилсин, хар икки дунё саодатини сиз ва ахли аёлингизга насиб қилсин...
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: muxlisa 27 Aprel 2011, 09:15:04
To'ylar muborak bo'sin! :)

Alloh nikohilani xayrli qilsin!
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Nurdinboy 27 Aprel 2011, 09:23:16
Yangi Oilaga bitmas tuganmas va beadad baxt, Robbimizdan ularga tole'dan taxt tilaymiz. Baxtli saodatli bo'lib, solih va soliha farzandlarning ota-onalari bo'lishlarini yaratgandan tilab qolamiz. Baxt hamisha yor bo'lsin.
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: siddiqa 27 Aprel 2011, 09:32:47
 :as:

Abdulhafiz sizga va oilangizga  Alloh bu nikohni hayrli va barokatli qilsin .va barcha yahshilik eshiklari ,Allohning rahmati sizlarga ochilsin .shijoatli ,muttaqiy va go'zal sifatli farzandlar nasib qilsin .
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Habib 27 Aprel 2011, 09:57:55
Аллоҳдан бу икки ёшга бахт тилаймиз. Умрларигаю ризқларига барака, сзлари Аллоҳдан ссраганларидек фарзанди аржумандларни ота-онаси бслиш насиб қилишини ссраймиз.
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: AbdurRohman 27 Aprel 2011, 11:35:45
To'y manzili sizlargayam ko'rinmayaptimi? :)

Faqat manzilimas, sanasiyam ko'rinmayapti
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Ansora 27 Aprel 2011, 12:41:23
:as:

Forumni eng odobli yigitlaridan biri uylanyabdilar ekan-da:)

Alloh hayrli qilsin nikohingizni.

Kelinbolaga: Kelinjon, Alloh sizga juda yaxshi turmush o'rtog'i nasib etti inshalloh...Men shaxsan Abdulhafizni ko'rmagan bo'lsam ham u kishini havas qilsa arziguday yigit ekanliklarini his qilaman. Adashmasam ko'pchilik bu fikrimga qo'shiladi.

Barcha havas qiladigan, diniy, dunyoviy amallarni Alloh rizosi uchun bajaradigan oilalardan bo'lishingizni yaratgandan tilab qolaman...
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Sadulla 27 Aprel 2011, 15:42:26
 :as:

Muborak bo'lsin.Olloh solih va soliha farzandlar bersin.Boshqalarga ham shunday baxt nasib qilsin  ;) .
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Mahdiyah 28 Aprel 2011, 09:50:47
Alloh muborak qilsin.
Islomga hizmat qiluvchi zurriyotlardan bersin.
Musulmonlar safida hayrli oilalar qatorida bo'lsin ilohim!

Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: AbdulAziz 28 Aprel 2011, 11:55:18
Alloh xayrli qilsin!
Ko'zga nur bo'luvchi farzandlar bilan siylasin!
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: azizbek_mx 28 Aprel 2011, 14:38:22
To'ylari kecha bo'lib o'tdi, Shuxrat aka Mamadaliyev bilan birga bordik. U yerda Umid aka bilan kuyov kutib oldilar. Nasib qilsa, rasmlani joylab qo'yamiz :)
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Shuhrat_ 28 Aprel 2011, 15:56:02
 :as:
Tuylani yaxshi eson omon utkazvoldinami
biz tuyni oxirgacha bulolmadik
Abdulhafizdan uzr suraymiz
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Ziyovuddin 28 Aprel 2011, 16:05:32
Alloh nikohingizni harli qilsin  :) Solih soliha farzandlar, totuv hayot tilayman  :)
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: azizbek_mx 28 Aprel 2011, 18:14:10
O`ngda chapga tanishtiradigan bo`lsak, Eng chekkada Umid aka, yonlarida ko`k futbolkali kamina, o`rtada Kuyov - Abdulhafiz aka, Yonlarida Shuhrat aka Mamadaliyev, yonlarida Shuhrat akani do`stlari, shofyor aka billalashib bordik :)
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: ree7 09 May 2011, 21:27:50
Tabriklayman. Baxtli bulinglar:)
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Akbarjоn 10 May 2011, 02:10:36
Biz ham yuqoridagi samimiy tilaklarga qo'shilib qolamiz
Bu dunyoingiz va oxiratingizga foyda keltiradigan turmush o'rtoqg'i nasib qilgan bo'lsin
Alloh shirindan shakar farzandlar berib farzand kamoli bilan sizlarni quvontirsin
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Abdulhafiz 18 May 2011, 16:12:11
:bsm:
:as:
Uzoq muddatli tanaffusdan so'ng(hali buncha ko'p vaqt forumdan uzoqlashmagandim) yana online bo'lib turganimdan xursandman va davomli bo'lishini Allohdan :jl: so'rab qolaman.
Barcha tabriklab duolarida eslab o'tgan azizlarimizni Alloh ikki dunyoda saodatli qilsin.  Dimu aka Shuhrat_Mamadaliyev aka va Azizbek_mx ukamizga alohida tashakkur, kelib xursand qildilar...
To'y manzili sizlargayam ko'rinmayaptimi? :)
Ming bor uzr! To'yni ortiqcha dabdabasiz, ixchamro qilib o'tkazganimiz uchun, uzoqdagi yaqinlarimizni qiynab qo'ymaylik deb aytmagandik ma'zur tutasizlar...
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: azizbek_mx 18 May 2011, 16:40:11
Eeeeeeeee aka bormisiz? Kelib qoldizmi? Eson omon o`tkazib oldilarmi? Mehmonlarni kutb-kuzatib charchab qolmasdan? Ishlariz yaxshimi sog`liqlar, uy ichlari hammalari yaxshimilar? Xush kebsiz, Siz yo`q to`yizi e'lon qilib, yakunlab ham qo`ydik. Lekin yo`qligiz bilindi aniq....
Nom: Re: Abdulhafiz To'ylar Muborak!
Yuborildi: Abdulhafiz 18 May 2011, 16:53:21
Eeeeeeeee aka bormisiz? Kelib qoldizmi? Eson omon o`tkazib oldilarmi? Mehmonlarni kutb-kuzatib charchab qolmasdan? Ishlariz yaxshimi sog`liqlar, uy ichlari hammalari yaxshimilar? Xush kebsiz, Siz yo`q to`yizi e'lon qilib, yakunlab ham qo`ydik. Lekin yo`qligiz bilindi aniq....
Alhamdulillah bormiz uka, yaxshi o'tkazib oldik, uy-joyla tinch, ishlaniyam boshlavoldik,  buyog'iga inshaAlloh shu yerdamiz.