forum.ziyouz.com
Jamiyat va inson => Pazandalik => Suyuq taomlar => Mavzu boshlandi: Mo'min Mirzo 29 May 2011, 09:25:47
-
Go'ja tayorlashni biladiganlar bormi?
-
:asl3:
Bizzi uyga yaqin joylarda juda ko'p joyda go'ja sotishadi.Og'aynilarim bilan tez-yez ichib turamiz go'ja,ayron,sharbat degande.Go'jani bug'doy,qatiq va suvga tuz solib tayyorlashadi.Agar sizga batafsil ma'lumot kerak bo'lsa,bilib berishim mumkin.
-
Bilib bering qori.
Go'jani tayorlashda bug'doyni qanday yumshatadi. Tahminan 1litrli taomga qancha bug'doy, qancha sut va qatiq ketishi, qaysinisini qachon solinishi haqida.
Biz ham qishloqda go'ja, okroshka, ayron tayorlab sotsakmikan deb o'ylab qoldim.
-
:asl3:
Harakat qilamiz bilib berishga.Yoz kunlarida bu narsalar juda yaxshi ketadida.Bizda katta yo'lni chetida deyarli har 100 metr joyda bor,qatorasiga 4-5ta lekin har birida ko'pincha odam bo'ladi.O'tirib ichishga vaqti yo'qlar baklashkada sotib olib ichib ketaveradi.Bunaqa narsani yo'lni chetiga ochsa yaxshiroq bo'ladi meni fikrimcha.
Bilib bering qori.
??? :D ;D
-
meni bilishimcha oddiy mastava qilinganday qilinadi
guruch o'rniga esa bozorga chiqib go'ja sotib olasiz va shuni qo'shasiz
bug'doy deganlarizga tushunmadim, go'jaga bug'doy emas o'z nomi bilan go'ja qo'shadi
shunaqa don turi bor moshdan kichik oq rangli, tariqdan kata. Bizning bozorda narxi 2400 edi oxirgi marta olganimda
Faqat pishganidan keyin qatiq va ko'katni ko'proq qo'shasiz
meni bilganim shu, sizlar nazarda tutgan taom balki boshqadir :)
-
Mo'min Mirzo bu savolni qayerda yozdingiz? Toshkentda yozgan bo'lsangiz Sadullaning gapi to'g'ri. Anjonda bo'lsa Akbarjonning gapi to'g'ri.
-
Акбаржонни фикрларида жон бор. Гсжа асосан гсжа донидан таёрланади. Ааманганда жевара гсжа деган таом бсларди ёшлигимда. Тановул қилиб турардик. Жевара гсжа маставага сҳшаган бсларди. Лекин биз айтаётган гсжа сузма, қатиқдан тайёрланади, Валлоҳу Аълам.
Гсжа тайёрланадиган "точкалар" :
Қсйлиқ массив йсли, Мебельний деган жойлан стгач, мозорга етмасдан йсл бсйида. Яримтаси 1000 ссм, бутуни 1500 ссм.
Комолон масжиди ёнида Жумаъ куни сотишади. 1.5 литри 2500 ссм.
-
Мана бу сайтда перловкадан тайёрлангани бор скан ))
(http://pazanda.ucoz.com/_nw/0/10275.jpg)
САЙТ (http://pazanda.ucoz.com/news/2009-04-29-16)
-
juda hush kuraman shu taomni birinchi matta yoshligimda Jizzahda istemol qilgandim shundan beri yoqadi juda mazali chnqoq bosti taom.
Bizayam perilovkadan tayorlaymiz suvda qaynatib qaynash jarayonida piyoz qushiladi sovutib chakki bilan aralashtiqamiz ham parhez taom.
-
Aqoid aka hozir Chinoboddaman, go'jani sog'indikda. Ochlikdan keyin bir go'jaho'rlikni dilga tugib qo'ydim, ungacha tayorlashni o'rganib olay : ) Akbarjon aytganni ya'ni go'jali mastavani biz "go'ja osh" deymiz.
Men hozir Toshkentda yo'l chetlarida sotiladigan qatiqlimi suzmalimi bo'ladigan salqin taomni nazarda tutgandim, kimda kim tayorlashni bilsa o'rtoqlashinglar. Qo'l shirin chiqib o'rganib olsam "go'ja" biznesini yo'lga qo'yib ham yuborarman : )
Go'ja doni nima ekanligini rosti bilmayman, Chustiy buni "ustidagi yupqa klyonkasi olingan bug'doy..." degandi. Yana kimdandir "supurgi doni" deb esittim. O'simliklarga oid kitoblardan "go'ja" degan donni topolmadim, ensiklopediyasi bor birodarlar bir qarab yuborishsa xursand bo'lardim.
Bozor (Chorsu, Oloy)larda sotilyapti, tayor donni sotib olish osonu faqat qiziquvchanligim ham borda. Yeyayotgan narsamda qanday vitamin, oqsilu uglevodlar bor, mijozi qanday, asabga ziyonli emasmi va hokazo.
-
Bilib bering qori.
Go'jani tayorlashda bug'doyni qanday yumshatadi. Tahminan 1litrli taomga qancha bug'doy, qancha sut va qatiq ketishi, qaysinisini qachon solinishi haqida.
Biz ham qishloqda go'ja, okroshka, ayron tayorlab sotsakmikan deb o'ylab qoldim.
Menimcha hamma bozorlarda maydalangan bugdoy(yorma deyiladi) sotilsa kere.Ammo 1litr suv kamli qiladimi deb uylayman chunki kup qaynatiladi 2litrga tahminan 250gm yorma ketadi qatiqni qancha solish uz ihtiyorizda ammo sovigach soling aks holda uz tamini yuqotadi
-
Go'ja doni nima ekanligini rosti bilmayman, Chustiy buni "ustidagi yupqa klyonkasi olingan bug'doy..." degandi. Yana kimdandir "supurgi doni" deb esittim. O'simliklarga oid kitoblardan "go'ja" degan donni topolmadim, ensiklopediyasi bor birodarlar bir qarab yuborishsa xursand bo'lardim.
Supurgi o'simligiga o'hshash o'simlikning gulidan chiqadi bu don, adashmasam.
-
Go'ja tayorlashni biladiganlar bormi?
:asl3:
Go'ja, go'ja osh- o'g'irda tuyib oqlangan jo'hori yoki bug'doydan tayyorlangan suyuq ovqat. O'zbek tilining izohli lug'ati. 201-sahifa.
Bazi viloyatlarda "ko'cha oshi" ham deyiladi.
Bu yerda ham ma'lumotlar bor ekan:
http://www.arbuz.com/archive/index.php/t-56025.html
Bu ovqatni hamma har xil tayyorlaydi. Masalan bizni Jizzahlik qo'shnimiz bor edi, 1 kunda pishardi bu ovqat. Keyin sovutib, 3-4 kungacha iste'mol qilishardi.
-
Гсжа оши ҳақида интернетдан топилган маълумот
гсжа оши
Гсжа ош жуда тсйимли, инсонга қувват бағишлашда женьшень ва сумалакдан кейин туради ҳамда уни тайёрлаш учун ота-боболаримиз, момо-оналаримиз ҳафталаб тайёргарлик ксришади. Туршак, нсхат, ловис, қсй ва мол гсшти, буғдой, арпа, жсхори, мошдан тайёрланган ушбу таом халққа баробар тарқатилади. Момоларимиз: "Омонлик, сомонлик, ҳеч ксрмайлик ёмонлик", дес таом ейишни бошлаб берадилар. Ҳақиқатан ҳам "гсжа ошини" еган одам йил бсйи бардам юради.
-
Буғдой ёрмасидан тайёрланади шекилли чиндан ҳам. Бу ҳақида сзим учун батафсил билиб олишга ҳаракат қиламан тез кунларда ))
(http://azu.uz/upload/iblock/035/gudja.jpg)
Гсжа ҳақида русча маълумот (http://www.azu.uz/recipes/detail.php?ID=1466)
-
Буғдой ёрмасидан тайёрланади шекилли чиндан ҳам. Бу ҳақида сзим учун батафсил билиб олишга ҳаракат қиламан тез кунларда ))
(http://[img]http://azu.uz/upload/iblock/035/gudja.jpg)
Гсжа ҳақида русча маълумот (http://www.azu.uz/recipes/detail.php?ID=1466)
Habibjon, adashmasam, hamma topgan mahsulotidan pishiradi. Qaysi viloyatda nima ko'p yetishsa, ularga ko'ra qaysi dukkakli o'simlik oson hazm etilsa, yoki to'q tutsa, asrlardir davom etib kelgan odatlarga ko'ra tayyorlanadi.
Pazandalik tarixiga yaxshilab nazar tashlasak, bu sohaning faqat ovqat pishirib yeyishdan iborat bo'lmaganligini, shu mintaqada yashagan xalqning urf-odatini davom ettirganini ko'ramiz.
Masalan Turkiyada birgina "merjimek" chechevitsa sho'rvasining yuzlab turi bor. Sababi yuqorida aytganimday, mintaqada yashaydigan insonlarni odatiga qarab o'zgaradi. Sho'rvada ishlatiladigan saryog'mi, pista yog'imi, zaytun yog'imi, hammasi sho'rvaning qayerda pishirilganligiga bog'liq.
Shuning uchun "go'ja"ni bug'doydan, go'jadan, makkajo'xoridan, xatto loviyadan pishirilishiga ajablanmaslik kerak:)
-
ha shunaqasi ham bor ekanda :)
mo'min mirzo o'rganib turavering, bir mavridi kelganda pishirib (pishirtirib ) berarsiz :)
-
Hammella go'jaho'rladanakansila...
bo'ja nimadi-unda?
-
buni chustiy akadan surash kere u kishi albatta biladi u kishi bilmagan narsa bumasa kere !
-
Kapalak opa rahmat, arbuzga bergan linkingizga endi kirdim, men izlagan mavzu shu edi.
-
Go'ja bilan Halimni hech yeb ko'rmagan ekanman. Yo ular meni yeyishimni istashmagan. Mazali ovqatga o'xshayapti lekin.
-
Juda mazali, chanqovbosdi taom.
Lekin halim chanqovbosdi salqin taom emas, atalaga o'xshaydi, yog'li. Mazasi umuman daxshat, halimni oldida qovurdoq, beshpanjayu oshlar ham qolib ketadi.
Faqat halim, qovurdoqlarni bir necha marta yesangiz ko'ngil tortmay qoladi, oshni esa har kuni yesangiz ham ko'ngil hech to'ymaydi.
-
:asl3:
Men ham oz-moz ma'lumotlar yig'ib qo'ydim shularni sizlar bilan baham ko'rmoqchiman :D foydasi tegsa xursand bo'laman:
Mo'min Mirzo aka odatda go'jani bir o'zini sotishmaydi Toshkentda,Uni oldiga ayron va o'rik sharbati ham qo'shib sotishadi.Bugun go'ja sotadigan mahallalik propisanal bo'p ketgan(24 yildan beri sotisharkan go'jani :o )bola bilan gaplashdim.Goja tayyorlashda birinchi maxsus go'ja uchun yanchilgan bug'doyni bozordan sotib olib kelib,suvga solib qaynatar ekansiz.Qaynaganda ham bug'doylar titilib ketmaydigan darajada pishib qaynagandan so'ng ularni olib quritib qo'yar ekansiz.Keyin bug'doy qo'shiladigan suyuqlikni qatiqdan emas suzmadan qilinsa yanada yaxshi chiqar ekan.Bozordan suzmani qattig'idan olib kelib(suzmaga barmog'ingizni botirib ko'rsangiz suzmaning qattiq yo yumshoqligini bilsa bo'lar ekan),qaynatib,sovutib qo'yilgan suvga aralashtirar ekansiz.Men so'ragan odam go'jani ko'p miqdorda tayyorlaydi shuning uchun 50 litr suvga,15kg suzma solar ekan.Keyin quyuq,suyuqligiga qarab ozgina qo'shishingiz ham mumkin ekan.Suzma solib yaxshilab aralashtirayotganningizda tuz solib,tuzini ham yaxshilab olishingiz kerak ekan.Keyin rayhon boshqa narsalarni qo'shsangiz bo'larkan.Keyin tayyor masalliqga bug'doy arlashtirasiz,qarabsizki go'ja tayyor :) .Ayron esa go'jani bug'doy qo'shilmagan suyug'i bo'ladi.Unga tuzdan boshqa narsa aralashtirilmagan bo'lishi kerak.O'rik sharbat uchun turshak va suv kifoya.Go'jani qatiqdan ko'ra suzmadan qilgan yaxshiroq bo'ladi dedilar ,lekin uni me'yorida chiqarish uchun ko'p ter to'kish kerak ekan propisanal bolaning aytishicha.
-
Mo'min Mirzo, Go'ja pishirdingizmi shunday qilib:)
-
Yo'q opa, qozon tovoq menga bo'lmas ekan : (
bir kuni uyga kelsam hechkim yo'q, hammasi bozorga ketibdi. "Kel men ham bir pishirib onamni qoyil qoldiray, Chustiydan qayerim kam" deb kulinar saytlardan tezpishar taomni (halq tilidagi "dangasalar taomi" :) ) qidira boshladim. Eng osoni bo'lgan, tahminan 30 daqiqada tayor bo'ladigan tuxumli pecheneda to'htab, yengni shimarib pishirishga unnadim... yo Rabbiy, 30daqiqada pishadigan taomga 4soat vaqtim ketdi, avval tuxum tushib ketdi, un to'kildi, kartoshkani ko'p sovoribman, holiga keltiraman deb balo battar narsalar qo'shvoribman. Pishirayotib qo'l ham kuydi, pechenelarni ham bir qanchasi kuydi, ayrimlari chala pishdi, tuxum sinib tushib ketdi, ko'zimdan yosh chiqay dedi : )
-
:asl3:
og'aynilar go'ja bu shurvani bir turiku,bizda jevaradan qilingan taomni,goja deyiladi.
Go'jani yana bir turi bor.uni bug'doy goja deyiladi.unga 7 hil dukaklilar solingdi. Bug'doy gojani kattalar asosan ashuro oyida tayorlashadi.
Xamma joyda bu go'jani xar xil pishiriladi.
Bizda namanganda shunaqa pishiriladi.
Vallahi A'lam
-
Go'ja, rosayam foydali ham mazali...har yil toqqa chiqqanimda faqat go'jani suyib icholeman..qandey tayorlanishini bilmimanku ichida jo'hori bugdoy bo'ladi..hatto uyga qaytishda bakalashkalada ovolaman..
-
Go'ja odatda Shuhrat_ yozganlaridek juvaridan (shevada shunaqa diyiladi) - oq jo'xoridan qilinadi.
Oq jo'xori tuyilgan bo'lishi kerak.
(http://s018.radikal.ru/i504/1206/32/86f54db5854d.jpg) (http://www.radikal.ru)
(http://s019.radikal.ru/i610/1206/82/d5744dcc675f.jpg) (http://www.radikal.ru)
Agar oq jo'xorili go'jani ichsangiz xaqiqiy go'jani ta'mini bilasiz. Toshkentda sotadigan perlovkali go'jalar go'ja emas! :D
-
andijonda sotiladi lekin nomi bowqacharoq go'ja emas ko'cha deb yuritiladi
-
:asl3:
Andijonda Jahon bozoridagi urug' sotadigan yerda yarimtalik qoplarda
sotishadi. Kosalab o'lchab berishadi. Nomi "Ko'cha oshi".
-
:asl3:
Mufazzala manimcha siz aytgan kocha oshi Qoqonliklarning moshhorda taomi hisoblanadi. tagin bilmadim.
-
:asl3:
Andijonda Jahon bozoridagi urug' sotadigan yerda yarimtalik qoplarda
sotishadi. Kosalab o'lchab berishadi. Nomi "Ko'cha oshi".
aniqrog'i OQ JO'HORI deyiladi
-
Бугдойдан тайёрланган гсжа
(http://a1.sphotos.ak.fbcdn.net/hphotos-ak-prn1/s720x720/559296_10151140398549078_748271622_n.jpg)