forum.ziyouz.com
Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Akbarjоn 04 Iyun 2011, 08:34:30
-
Atom bombasi — Uylangan erkaklarning o’ylab topgan so’nggi najot yo’li.
Xo’jayin — Vaqtli kelsang "nega erta kelding" deb, kech qolsang "nima sababdan kechikding" deb tanbeh beradigan shaxs.
Tamaki — Inson hayotini o’lim bilan bog’lovchi qog’oz bilan bezalgan zahar.
Notiq — Hammaga ovqat bir xil taqsimlansa ham o’zining ovqati ko’pligiga ishontiruvchi shaxs.
Konferensiya — Hamma gapiradigan, ammo hech kim eshitmaydigan majlis.
Va hokazo — Kallasi aqlli fikrlarga to’lib ketgan odamning ishlatadigan so’zi.
Tajriba — Insonning hayotdagi qoqilgan zinalari.
Va’da — Holvaning og’iz chuchimaydigan turi.
Bo’sa — Xamir uchidan patir.
Ayb — Bandalarga xos xislat.
Kulgi — Insonning portlashi.
Idora — Uy tashvishlari bilan charchagan vaqtingizda sizni boshqa tashvishlar bilan chalg’ituvchi muassasa.
Optimist — Eyfel minorasi qulasa, "yaxshiyam hech kimga ziyon yetmadi" deydigan odam.
Pessimist — ob-havo so’zidagi birinchi "o" harfini emas, oxirgi "o" ni yoqtiruvchi inson.
Riyo (ikkiyuzlamachilik) — Cho’milmoqchi bo’lgan odamni daryoga uloqtirib yuborib, yaxshilik qildim deb gerdayuvchilar toifasi.
Faylasuf — Tirikligida aytgan so’zlari boshiga balo bo’lgan, ammo o’lgandan so’ng tushunib yetilgan shaxs.
Tabassum — Kaliti yo’qolgan qalb qulfiga mos keluvchi mukammal kalit.
Vijdon — Sotishga ashyo topilmaganda, ba’zi birovlarning sotadigan so’nggi ilinji.
Giyohvand — Badavlat otaning bedavlat bolasi.
Klassik asar — Hamma ko’tarib yuradigan, ammo hech kim o’qimaydigan kitob.
Lug’at — Bo’ydoqlarning birinchi quroli.
Uylanish — Kishanlangan mahbus.
Esnash — Leksiyaga qo’yilgan baho.
Anaqa — Skleroz kasalligining birinchi belgisi.
manba (http://medped.ucoz.ru/news/ajoyib_lug_at/2010-06-29-62)
-
Ayb - bandalik alomati. Kamayishi komillikdan, ko'payishi johillikdan dalolat.
Aka - mansabdor shaxs.
Amal - ulov. Jilovini bo'sh qo'ysang, olib qochadi.
Aroq - shishaga qamalgan jin. Ichingga kirsa, jinni qiladi.
Ari - til. Dilozorning tili.
Begona - qashshoq qarindosh.
Bozor - savdogarning uyi va ishxonasi.
Bo'sa - xamir uchidan patir.
Va'da - xolvaning og'iz chuchimaydigan turi.
Vositachi - ikki onani emadigan bola.
Gap - ziyofat, istilohiy ma'noda ish o'rniga o'tmaydigan mahsulot.
Dollar - dunyoparast sig'inadigan ko'k qog'oz.
Musulmonlar taqvim kitobi, 2007/1428 y, 1-kitob.
-
Енгил кавалерис - харбий хизматдаги кизлар атамаси
Hi, калейсан? - замонавий саломлашиш
Маркетинг биржаси - номи бору, узи йук маркетинг
Замонавий техника - дунёнинг келажаги
Бокиралик юки- инсоний кадристларга карши реклама
Шахсий хуррист - хийла - найрангли биржа
-
Muzaffarjonni shunaqa mavzularni yo'qmidi?
-
Lug'atga gap yo'q lekin menga bowliqa berilgan ta'rif yoqmadi. Bizni bowliq 5 daqiqa kech qolsak chora ko'radiyu lekin negadir bir necha soat oldin kelganingiz yoki iwda uzoq uwlanib kech qaytganizga kelganda ko'z yumib o'tib ketadi.