forum.ziyouz.com

Kutubxona => Boshqa kitoblar => Mavzu boshlandi: Ansora 22 Iyun 2011, 12:51:28

Nom: Oybekning "Ulug' yo'l" romani haqidagi fikrlaringiz qanday?
Yuborildi: Ansora 22 Iyun 2011, 12:51:28
Assalomu-alaykum, forumdoshlar.

Ilgari "Qutlug' qon" romani haqidagi fikrlaringizni bilish uchun mavzu ochgandim, xozircha hech kim fikr bildirmabdi, kutaman mayli:)

Xozirgi kunda bu romanni tarjimasi bilan bandman. Asar Sovet paytida yozilgani uchun albatta o'sha davrni ruhi, talabi bilan yozilgan, bunga qanchalik salbiy yondoshmaylik, qabul qilmay ilojimiz yo'q.

Menda bir savol bor edi:

Romanda Saidakbar Buzruk eshonni honaqohida Payg'ambarimiz (S.A.V)ga oid soqol va tishlari toshni ichida ko'milganligi haqida yozilgan.

Bu haqda eshitganingiz bormi?

Turkiya- Istambulda Payg'ambarimizni (S.A.V) soqollari rostdan ham saqlanadi, xuddi shunday bizni tuproqlarga ham kelganmikan, deb o'ylab qoldim...
Nom: Re: Oybekning "Ulug' yo'l" romani haqidagi fikrlaringiz qanday?
Yuborildi: Ansora 22 Iyun 2011, 14:41:51
Rahmatli Oybek domla hayot bo'lganlarida Mustaqillikdan so'ng nimalar yozgan bo'lardilar, judayam qiziqaman bunga.

Har ikki asarni o'qir ekanman, menga alam qilgani, Rossiya, Chor podishohligi nima uchun bizni Turkiston uchun bunchalar muhim edi, deb alam qiladi.

Ahir oramizda minglab kilometr bor, undan tashqari ular boshqa millat, boshqa din. Yaqinligimiz nima?

Tarixni yaxshi bilganlar biladi, albatta buni sabablarini.
Bechora xalqimiz yomg'irdan qutilib, do'lga tutildi, yani Chor ketti, Bolshevik balosi keldi.

Asarda Oybekning Jadidlar haqidagi fikrlarini, umuman tushunmadim. Chunki "Qtlug' qon"da judayam yomonlangandi, bu asarga kelib biroz maqtash sezdim...

Nom: Re: Oybekning "Ulug' yo'l" romani haqidagi fikrlaringiz qanday?
Yuborildi: Ansora 22 Iyun 2011, 14:45:39
Keyin har ikkala romanda kambag'al oilalarni o'tini qachon qarasang ho'l bo'ladi, nam o'tinni yoqquncha o'lib bo'lishadi xotinlar.

Hay, dedim, evi bilan-da. Bu insonlarni aqli yo'qmi, Allohni quyoshli kuni bor, quritishga aqli yetmaydimi, albatta yozuvchi bu ho'l o'tin detayi bilan eskidan ota-bobolarimiz shunday edi, demoqchi bo'lganlar, lekin sovet paytida ham yonimizdan gaz oqib Rossiyalarga qarab oqarkan biz tezak yoqardik...

Honaqohda eshon, maxsumlarni boylargagina xizmat qilib, ziyofat berishlari judayam oshirib yuborilgan. 
Nom: Re: Oybekning "Ulug' yo'l" romani haqidagi fikrlaringiz qanday?
Yuborildi: Ansora 11 Iyul 2011, 14:02:37
"Qutlug' qon" romanida dinga qarshi fikrlar unchalik berilmagandi. Lekin "Ulug' yo'l"da judayam qattiq fikrlar bildirilgan.

Tarjima qilarkanman, "tavba tavba" deyabman, to'htamay.

Inshalloh Oybek domla, o'sha paytni siquvi bilan yozgandirlar bu fikrlarini, bo'lmasa,,,,,o'ylagim ham kelmayabdi boshqa sababini.

Lekin boylar haqidagi fikrlariga qo'shilmay iloj yo'q. O'zbekistonda ham, bu yerda ham boylarni ko'p ko'rdim, burni havoda, ularni yaqiniga yo'lab ham bo'lmaydi.
Nom: Re: Oybekning "Ulug' yo'l" romani haqidagi fikrlaringiz qanday?
Yuborildi: Shoxjahon12 11 Iyul 2011, 16:07:09
"Din afyundir", degan mudxish mafkuraning ta'siri ostida bo'lgan-da. Yoki asarlarda rus millatiga mansub obrazning albatta bo'lishi shartligini olaylik. Bu narsa nafaqat Oybek domlaning asarlarida uning deyarli barcha zamondoshlari asarlarida uchraydi. Lekin shunday bo'lsa-da barcha zamonlarda ham "Qutlug' qon", "Ulug' yo'l" kabi asarlar baribir badiiy go'zalligini yo'qotmaydi,deb o'ylayman.
Nom: Re: Oybekning "Ulug' yo'l" romani haqidagi fikrlaringiz qanday?
Yuborildi: Ansora 26 Iyul 2011, 14:33:14
Oybek domla, romanni bazi joylarida juda ezilib kettimda, yani siqildim. Bazan uyqumdan qizg'onib tarjimaga o'tiraman, varoq varoq zerikarli suhbatlar yozilgan, ayniqsa Rus masterlari maqtalgan joylar.

Keyin roman qahramonlaridan Zumradni boy tarafidan o'g'irlab olib kelingandan keyin haliyam tavbasiga tayanmasdan kechalari "qiz oshiga" borishi hech ham ishonchli chiqmagan. Bir oilani yakkayu yagona qizini nomusini poymol qilishdi, nimaga qiz tushmagur ota-onasiga aytmaydi bularni, hech ham ishonchli chiqmagan.

Badiiy asar hayotiy yozilgan bo'lsagina u sevib o'qiladi.
O'sha paytni siquvi bilan avvalo asarni skeleti chizilgan, shu qahramon bunday deydi, bu qahramon bunday harakat qiladi, deb, undan keyingina so'zlar, harakatlar bo'lishib chiqilgan, yani suniy chiqqan juda ko'p joy.

Umar Ali madrasada o'qiydi, faqat kelishgan, deyilgan. Madrasa talabasi bunchalik ham go'l bo'lmasligi kerak. İkki dona so'z eshittim deb darrov Ruslarga oshiq bo'lganiga esa umuman ishonmadim, Oybek domla, uzr lekin:(
Nom: Re: Oybekning "Ulug' yo'l" romani haqidagi fikrlaringiz qanday?
Yuborildi: Humayro 26 Iyul 2011, 14:59:44
Манам шу асарни мактаб даврида укиганман, программада бориди, билмадим негадир ссимда десрли комаган хеч нарса. жуда зерикарли китоб сди чамамда.

Капал опа сиз таржима килишингизда нимани максад килгансиз? бу буюртмами ёки узингизнинг шахсий ташаббусингизми? (саволим бегараз факат кизикаспман холос)
Nom: Re: Oybekning "Ulug' yo'l" romani haqidagi fikrlaringiz qanday?
Yuborildi: Ansora 26 Iyul 2011, 15:06:30
Манам шу асарни мактаб даврида укиганман, программада бориди, билмадим негадир ссимда десрли комаган хеч нарса. жуда зерикарли китоб сди чамамда.

Капал опа сиз таржима килишингизда нимани максад килгансиз? бу буюртмами ёки узингизнинг шахсий ташаббусингизми? (саволим бегараз факат кизикаспман холос)

Bir tanishim doktoranturada o'qiydi, O'zbek tili bo'yicha olgandi dissertatsiyasini. Vaqti bo'lmagani uchun men buyurtma oldim. Sovet paytida qanday asarlar yozilgan, degan savolga javob topish uchun bu romanlarni tanlashibdi.

Menga qolsa boshqa asarlarni tanlagan bo'lardim, tanitish uchun:)
Nom: Re: Oybekning "Ulug' yo'l" romani haqidagi fikrlaringiz qanday?
Yuborildi: Musannif Adham 31 Iyul 2011, 08:32:48
Rahmatli Oybek domla hayot bo'lganlarida Mustaqillikdan so'ng nimalar yozgan bo'lardilar, judayam qiziqaman bunga.

Har ikki asarni o'qir ekanman, menga alam qilgani, Rossiya, Chor podishohligi nima uchun bizni Turkiston uchun bunchalar muhim edi, deb alam qiladi.

Ahir oramizda minglab kilometr bor, undan tashqari ular boshqa millat, boshqa din. Yaqinligimiz nima?

Tarixni yaxshi bilganlar biladi, albatta buni sabablarini.
Bechora xalqimiz yomg'irdan qutilib, do'lga tutildi, yani Chor ketti, Bolshevik balosi keldi.

Asarda Oybekning Jadidlar haqidagi fikrlarini, umuman tushunmadim. Chunki "Qtlug' qon"da judayam yomonlangandi, bu asarga kelib biroz maqtash sezdim...


Agar Oybek tirik bo'lganida Mustaqillikdan keyin nima haqida yozishini men bilmayman. Bu g'ayb va Alloh biladigan ishdir. Lekin Oybek bilan zamondosh bo'lgan shoir va yozuvchilarni ko'rsak, balki u ham shu yo'ldan borarmidi, degan fikrga kelish mumkin.

Aniq ismlarni keltirish shart emas. Kimga dalil kerak bo'lsa, Mustaqillikkacha va undan keyin ham yozuvchilik va shoirlik bilan shug'ullangan kishilarning asarlarini xronoligik tartibda o'qib ko'rsin. Deyarli hammasi (100% desa ham bo'ladi) shu yo'nalishda ketgan: Sovet davrida Sovet tuzumini maqtash, undan oldingi davrlarga "feodal", "o'tmish sarqiti", "xonlik yoki amirlik zulmi" va boshqa "chirkin" holatlarga loy chaplash. Mustaqillikdan keyin esa teskarisi: "Biz Sovet davrida majbur edik", "Tariximizdan mahrum qilingandik" va hokazolar ("Oddiy odamlarga o'xshab jim o'tirsangiz bo'lmasmidi", deydigan odam yo'q). Hattoki Amir Olimxon va unga o'xshagan "mustabid hukmdorlar" ham endi maqtov bilan yozila boshlandi. (Aslida Amir Olimxon ham juda maqtovga sazovor ish qilmagan. Ruslar vagonga yuklagan tillalari bilan zamonaviy, o'sha rus armiyasiga qarshi turib bera oladigan muntazam qo'shin tuzsa bo'lardi. Hech bo'lmaganda, o'sha davrda Farg'onada moddiy ko'makka muhtoj bo'lgan "bosmachilar" - aslida esa milliy ozodlik harakati vakillariga yordam bersa bo'lardi. Mavjud siyosiy vaziyatdan foydalanib, Angliya, Fransiya va boshqa Ga'rb davlatlaridan ko'mak olsa bo'lardi. Xullas, Sovet bosqinidan qutulish yo'llari bor edi. Ammo muhtaram "amirul-mu'minin" bunday ishni qilmadilar yoki qilishga aqllari yetmadi. Bu odam ideali bo'lgan kishilardan ushbu fikrlarim uchun uzr so'rayman.)

Mavzuga qaytsak, "Ulug' yo'l" romani sovet targ'ibot asarlaridan biri. Oybek unda "zo'r mahorat bilan Sovet davrining vujudga kelishi, uning millatchi va aksilinqilobiy yot unsurlar bilan kurashi, Sovet kishilarining fazilatlarini ochib bergan. Ayni kezda hali to'la yo'q bo'lib ulgurmagan feodal va eskilik tarafdorlari bo'lgan sinflarning basharasini ochib tashlagan. Asarda juda boy tasviriy ifoda va obrazlardan ijodiy foydalanilgan" - Bu sovet davri tanqidchisining asarga yozgan "madhiyasi". Menga qolsa, bu asar bugun o'qilmasa ham zarar qilmaydi. Chunki uni bugun o'qigan kishi yaxshiroq o'ylab ko'rsa, asardagi notabiiy va buyurtmaga yozilgan sahifalar anchagina ekanligini tushunib yetadi. Zamira opamiz bu haqida ancha misollarni keltirganlar.

Asosiysi, men ko'pincha mana shunga qarab kitoblarga baho beraman: Tarix va Haqiqat buzilgan.
Nom: Re: Oybekning "Ulug' yo'l" romani haqidagi fikrlaringiz qanday?
Yuborildi: Ansora 01 Avgust 2011, 18:31:11
Menga qolsa, bu asar bugun o'qilmasa ham zarar qilmaydi.

Faqat bu fikringizga qo'shilmayman. Chunki yomon bo'lmasa, yaxshini qadrini hech kim bilmaydi. Mendaylar-ku ozgina bo'lsa ham o'sha davrda yashadik, ko'rdik. Xozirgi avlodchi? Meni fikrimcha, Turkiyadagi kabi Sovet paytida yozilgan asarlarni tahlil qilish kerak.
Nom: Re: Oybekning "Ulug' yo'l" romani haqidagi fikrlaringiz qanday?
Yuborildi: Ansora 01 Avgust 2011, 19:46:55
Asarni bir joyida Unsin Shokir otaga "Ota, to'p otildi, choyingizni ichib oling" deydi.
Unsinni 17-18 yoshli dugonalari, Unsin ro'za tutishmagan...shunga hayronman.
Dinni yomonlayman, deb Oybek domla bazi joylarda faqat bir taraflama yondoshganlar (yoki yondoshtirilganlar)

Yana bir narsani bilib olish mumkin bu jumladan, demak eskidan iftor paytida bizda ham to'p otilgan ekan:) Turkiyani juda ko'p joyida, ayniqsa baland qal'alari bo'lgan joyda iftorga azon aytilishi bilan to'p otiladi: "Gum"  : )
Nom: Re: Oybekning "Ulug' yo'l" romani haqidagi fikrlaringiz qanday?
Yuborildi: Ansora 07 Sentyabr 2011, 12:54:39
Rahmatli Oybek domla hayottda bo'lganlarida mendan balki qattiq ranjigan bo'lishlari mumkin edi, chunki fikrlarim asosan tanqiddan iborat bo'lyabdi:(

Asardagi ikki qahramon Umarali bilan Zumrad bir-biriga oshiq, lekin ikkalasi qachon ko'rishsa, albatta darrov Petrov amaki, Bolsheviklar haqida suhbatlashishadi, bu ham tuzumni tazyiqi afsus. Ishq insonni ko'zini ko'r qilib, aqlini boshidan olishini Sovet tuzumi tan olmasdi, demak!

Umarali judayam qo'rqoq meni nazarimda, chunki sevgan yorini hayotini poymol qilmoqchi bo'lganlarga qarshi hech qanday chora ko'rmadi:(

Asarni ohirida Umarali qo'lida qurol bilan ashaddiy jang qiladi, hay Oybek domla, Umarali madrasa talabasi bo'lsa, qachon o'rgandi bu qurolni ishlatishni  ;D bu yerlarini tarjima qilar ekanman, kulgidan o'zimni to'htata olmadim, yosh bola ham ishonmasdi agar bu ertak bo'lsa edi....
Nom: Re: Oybekning "Ulug' yo'l" romani haqidagi fikrlaringiz qanday?
Yuborildi: Ansora 07 Sentyabr 2011, 13:01:24
Asarni u yer, bu yeriga tashqaridan tazyiq bilan o'zgartirish kiritilgani yaqqol seziladi.

Umarali turib turib: Men ateistman, deyishiga nima deysiz. Alloh, Alloh, peshonamdan ter chiqib ketdi, bu yerlarida. Madrasa talabasisan, sen hammadan ham kuchli bilimga egasan, qanday qilib kambag'al bo'lding, bir iki zulm ko'rding, deb iymoningdan voz kechasan-a???

O'zimni ovutdim, Umarali yaxshi obraz, faqat bazilari shu jumlalarni kiritishni xohlagan, deb. Bo'lmasa qanday tarjimaga majburlay o'zimni.

Madomiki, Umarali ateist, unda nimaga Zumrad bilan nikoh o'qitamiz, deydi. Unda nimaga Lutfiy, Navoiy, Fuzuliyni asarlarni jondan ortiq sevib o'qiydi,...

Ah, xullas, juda qattiq azob edi, asarni bazi joylarini tarjiam qilish, hech bir mantiqqa sig'mas edi....
Nom: Re: Oybekning "Ulug' yo'l" romani haqidagi fikrlaringiz qanday?
Yuborildi: Ansora 07 Sentyabr 2011, 13:06:20
Asarni ohiri shoshilib tugatilgan, nazarimda. Zumrad uyidan qochib ketaverdi, ota-onasini xoli nima bo'ldi, bu haqda fikr yuritilmagan.

Umarali ishtirok etgan jang maydoni tasvirlanar ekan, o'ylanib qoldim. Muallif "oqlar" o'ldi, deb yozar ekan, Xudo biladi qanchadan qancha Musulmon avlodi faqat dindor, faqat boy, deb o'ldirildi haqiqiy hayotda?

Koshki o'sha kunlarda bo'lgan voqealarni haqiqiysini yozgan asarlar bo'lsa...

O'zbekistonimizni bundan 100 yilgina muqaddamki tarixini oydinlanishini judayam xohlardim....
Nom: Re: Oybekning "Ulug' yo'l" romani haqidagi fikrlaringiz qanday?
Yuborildi: Musannif Adham 26 Sentyabr 2011, 15:55:58
Mavzudagi so'nggi ikki postim o'chirilbdi. Ajoyib  :)

Qandaydir ishoratlarni sezyapman.  ??? Buning uchun rahmat. :)