forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: Muhammad Yusuf 25 Iyun 2011, 22:40:15

Nom: Nur egalari
Yuborildi: Muhammad Yusuf 25 Iyun 2011, 22:40:15
Mehribon va Rahmli Olloh nomi bilan boshlayman !

Olloh yaxshi bandalarini yaxshi ko'radi.

Yot nazardan qochib parda tutib yuzga
Ibrat bo'lib bexayo-yu qaro yuzga
Endi xatto tosh otsalar tegmas sizga
Sizga zulm istaganlar o'zin tiysin
O'ralgan oy yuzingizni Olloh suysin.

Bu ne fayzu karomatkim sirlarga boy
Misli bulut orasida kulganday oy
Or -hayoga burkanibti oyday chiroy
Ochiq- sochiq yurganlar ham o'zin tiysin
O'ralgan oy yuzingizni Olloh suysin!
Nom: Re: Nur egalari
Yuborildi: Muhammad Yusuf 25 Iyun 2011, 22:58:12
Dunyo sinov , Haq yo'lida sobit qoling
Xatarlardan eson omon o'tib oling
Jannat uzra bunda poyondozlar soling
Sizga zulm istaganlar o'zin tiysin
O'ralgan oy yuzingizni Olloh suysin. . .