forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Sumayya 14 Avgust 2006, 04:59:20

Nom: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Sumayya 14 Avgust 2006, 04:59:20
Allohdan qo'rqishning alomati yetti narsada namoyon bo'ladi:
1.Tilda: Ollohdan qo'rqqan odam tilini yolg'ondan g'iybatdan
boshqalarga bo'hton qilishdan va bekorchi so'zlar aytishdan
tiyadi. Uni, Allohni zikr etuvchi, Qur'on o'quvchi va ilmiy
muzokaralar bilan mashg'ul a'zo holida shay tutadi.

2.Qalbda: Ollohdan qo'rqqan odam qalbida musulmon qardoshlariga
dushmanlik his qilmaydi: yolg'on, bo'hton va hasad qilish kai g'ayriinsoniy
tuyg'ularni qalbidan yo'q qiladi. Chunki hasad, kishining go'zal amallarini
mahv etadi. Shunga ko'ra, Ollohning rasuli buyuradi:
  Ey o'quvchi, bilki, hasad qalblarga joylashgan va jamiyat hayotida katta
zararlarga yo'l ochuvchi yomon bir kasallikdir. Qalblardagi xastaliklar, yani
yomon tuyg'ular, yomon fe'llar faqat ilm va amal bilan davolanishi mumkin.

3.Ko'zda:Ollohdan qo'rqqan odam yeyishda ham, ichishda ham, kiyishda
ham boshqa xususlarda ham ko'zini haromdan ehtiyot qiladi. Dunyoga hirs
bilan va har narsani qo'liga kiritish ishtiyoqi bilan emas, ibrat nazari
bilan qaraydi . Halol bo'lmagan narsalarga qarashdan tiyiladi. Shuning
uchun ham Ollohning rasuli buyuradi:
  - Kim ko'zini harom narsalar bilan to'ldirsa, Olloh ham qiyomat kuni
uning ko'zini olov bilan to'ldiradi.
 4.Me'dada: Ollohdan qo'rqqan odam me'dasiga harom luqma bermaydi.
Chunki harom luqma yeyish eng katta gunohlardan biridir. Shu bois Ollohning
rasuli buyuradi:
 - Inson zotining me'dasiga bir luqma harom luqma tushganda bu luqma
me'dasida qancha vaqt tursa, yeru ko'kdagi farishtalar ham shuncha vaqt
unga la'nat o'qiydilar.
 5.Qo'lda:Ollohdan qo'rqqan odam qo'lini haromga uzatmaydi, aksincha,
Ollohning rizosiga uyg'un narsalarga uzatadi.
 Ka'bdan shunday bir rivoyat qolgan:
 - Olloh yashil zumraddan bir bino yaratgan. bu binoda yetmish ming doira
va har doirada ming xona bor. Bu yerga faqatgina o'ziga harom narsa in'om
etilganda yolg'iz Ollohdan qo'rqqani uchun uni rad etgan kishilar kiradi.
 6. Oyoqda: Ollohdan qo'rqqan odam isyon yo'lida emas, Ollohga itoat yo'lida
odimlaydi. Ilm-ma'rifat va yaxshi axloq o'rganish maqsadida olimla va solih
kishilar majlisiga boradi.
 7. Itoata: Ollohdan qo'rqqan odam yolg'iz Olloh rizosi uchun unga itoat
etadi. Riyodan, insonlarga o'zini yo ishlarini ko'z-ko'z qilishdan va
ikkiyuzlamachilikdan saqlanadi.  *( Abu Homid G'azzoliy<< Mukoshafat-ul
qulub*)

 Ey mo'minlar, Ollohdan qo'rqinglar! Har kim ertasi uchun oldindan nima
hozirlab qo'yganini qarasin! Ollohdan qo'rqinglar, chunki Olloh chindanham
qilayotgan amallaringizdan xabardordir.( Qur'on, Xashr surasi, 18-oyat).
   

 
Nom: Re: Allohdan qo'rqish
Yuborildi: Munira xonim 14 Avgust 2006, 10:08:15
Assalamu alaykum,Sumayya.
Sizdan Alloh rozi bo'lsin.
Juda ham kerakli va foydali mavzuni ko'taribsiz.
Har birimizga Allohga nisbatan ham qo'rquv,
ham muhabbat bo'lsin qalblarimizda.
Nom: Re: Allohdan qo'rqish
Yuborildi: Abu Muslim 15 Avgust 2006, 00:42:22
Jazakalloh
Nom: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 22 Aprel 2008, 13:22:42

A'uzu bilahiminash shaytonir rojiym
Bismillahir rohmanir rohiym


Alloh taolo aytadi:

"œEy mo’minlar, Allohdan haq-rost qo’rqish bilan qo’rqinglar" (Oli Imron surasi, 102-oyat)

"œBas, kuchingiz yetganicha Allohdan qo’rqinglar" (Tag’obun, 16-oyat)

"œEy mo’minlar, Allohdan qo’rqinglar, to’g’ri so’zni so’zlanglar" (Ahzob, 70-oyat)

"œKim Allohdan qo’rqsa, U zot uning uchun (barcha g’am-kulfatlardan) chiqar yo’lni (paydo) qilur. Va uni o’zi o’ylamagan tomondan rizqlantirur" (Taloq surasi, 2-3-oyatlar)

"œEy mo’minlar, agar Allohdan qo’rqsangizlar, sizlar uchun haq bilan nohaqni ajratadigan hidoyat ato qilur va yomonlik-gunohlaringizni o’chirib, sizlarni mag’firat qilur. Alloh ulug’ fazlu marhamat sohibidir" (Anfol surasi, 29-oyat)

"œVa Mendan qo’rqinglar" (Baqara, 40-oyat)

"œParvardigori (huzurida) turihdan (ya’ni, o’zining Parvardigor oldida turib hayoti dunyoda qilib o’tgan barcha amallariga javob berishdan) qo’rqqan kishi uchun ikki jannat bordir" (Rahmon surasi, 46-oyat)

"œEy mo’minlar, Allohdan qo’rqinglar! Har kim ertasi uchun oldindan nima hozirlab qo’yganiga qarasin! Allohdan qo’rqinglar, chunki Alloh chindan ham qilayotgan amallaringizdan xabardordir" (Xashr surasi, 18-oyat)
Nom: Allohdan qo’rqish haqida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 22 Aprel 2008, 13:24:21
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib aytadilar:
"œAlloh taolodan qo’rqqanligidan tomgan bir tomchi yoshdan nam bo’lgan chehraga Alloh do’zax o’tini harom qilgandir".
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 22 Aprel 2008, 13:25:50
Xazrati Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam dedilar:
"œMusulmon kishi Alloh taolodan qo’rqqanidan titrasa, uning gunohlari xuddi daraxtning barglari to’kilganidek to’kilib ketadi".
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 22 Aprel 2008, 13:26:40
Yana bir hadis borki, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:
"œAlloh taologa ikki xil tomchi benihoya azizdir: Alloh taolodan qo’rqish oqibatida oqadigan ko’z yoshi va Alloh taolo yo’lida oqadigan qon tomchisi".
Muhammad Zakariyo Kandehlaviy ning "œSahobiylar tarixi"
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Olimxon 23 Aprel 2008, 05:56:34
Juda qimmatli ma'lumotlaringiz uchun rahmat.
Sizdan bir narsa so'ramoqchi edim. Alloh Taolodan qo'rqib ko'z yosh to'kishning yo'llari bormi?
Shu haqida ma'lumot bo'lsa joylashtirsangiz hursand bo'lar edim
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Robiya 24 Aprel 2008, 11:02:37
Imom G'azzoliyning "Mukoshafat ul-qulub" asarlarining I-tomida shu haqda ajoyib fikrlar keltirilgan.
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Muzayyana 25 Aprel 2008, 14:22:41
Payg'ambarimiz aytganlar" To'kilayotgan ko'z yosh agar chin dildan bo'lsa, Allox albatta ko'z yosh to'kib qilingan doularni ijobat qiladi." 
Namozda xam yig'lab ibodat qilish bu juda yaxshi.(agar ko'z yoshlar xaqqoniy bo'lsa albatta).
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 14:39:04
Juda qimmatli ma'lumotlaringiz uchun rahmat.
Sizdan bir narsa so'ramoqchi edim. Alloh Taolodan qo'rqib ko'z yosh to'kishning yo'llari bormi?
Shu haqida ma'lumot bo'lsa joylashtirsangiz hursand bo'lar edim


Allohdan qo’rqishning alomati etti narsada ayon bo’ladi:

1.TILIDA — yа'ni, tilini yolg’ondan, g’iybatdan, ortiqcha so’zlardan tiyаdi, Allohning zikri, Qur'on tilovati, ilmiy muzokaralar bilan mashg’ul qiladi;
2.QORNIDA — yа'ni, faqat halol narsani va xojati miqdoricha eydi;
3.KO’ZIDA — yа'ni, xaromga boqmaydi, dunyoga rag’bat nazari bilan emas, ibrat nazari ila qaraydi;
4.QO’LIDA — yа'ni, uni xaromga cho’zmaydi, Alloh toatidagi ishlarga uzatadi;
5.OYOG’IDA — yа'ni, Alloh gunox, degan ishlarga yurmaydi;
6.QALBIDA — yа'ni, undan birodariga dushmanlik, g’azab, hasad kabi illatlarni chiqarib tashlaydi va musulmonlarga nisbatan mehr-shavqat uyg’otadi;
7.TOATDA — yа'ni, toati Alloh yo’lida xolis bo’ladi, riyo va nifoqdan saqlanadi.

Abu Lays Samarqandiy
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:01:19
Ali raziyallohu anhu aytadilar:
"Yig'lash uch ko'rinishda bo'ladi:
1-Alloh azobidan havf qilish
2-Alloh g'azabidan havf qilish
3-Uzilib qolishdan qo'rqish
Bularning birinchisi - gunohlarga kafforatdir. Ikkinchisi - ayblar uchun tozalanishdir.
Uchinchisi - yaxshi ko'rgan narsasiga rozi bo'lish bilan birga unga ega bo'lishdir. Gunohlarga kafforat bo'lishning mevasi uqubatlardan najot topishdir.
Ayblardan tozalanishning mevasi doimiy ne'mat va oliy darajalardir. Yaxshi ko'rishga muyassar bo'lish farishtalarni ziyorat etish va fazilatning ziyoda bo'lishidir".
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:04:53
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:
"œAlloh taolodan qo’rqish barcha yaxshiliklarning ildizidir".
Nom: Alloh taolodan qo’rqish namunalari
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:05:57

Sahobalar Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu Alloh taolodan qo’rqqanidan shunchalar yig’lashga odatlanib qolgan ediki, oqibatda ko’zlari hatto ko’rmay ham qoldi.
"œsen mening yig’laganimga hayron bo’lyapsan. Alloh taolodan qo’rqqanidan hatto quyosh ham yig’laydi", degan edi o’zini kuzatib turgan bir kishiga.
Nom: Alloh taolodan qo’rqish namunalari
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:06:36
Payg’ambarimiz sollalohu alayhi vasallam kunlarning birida Qur’on tilovat qilib o’tirgan bir sahobaning yonidan o’tib qoldilar. U: "œEndi qachon osmon yorilib, (qizil) teri kabi qizarib qolganida"¦" (Rahmon surasi, 37) oyatiga kelganida qo’rquvdan badanidagi tuklari tikkayib ketdi. Shu qadar qattiq yig’ladiki, ovozi bo’g’ilib qolay dedi. Yig’i aralash: "œAttang osom yorilsa, u kunda men qanday ahvolda bo’laman? Holimga voy bo’ladi!" deya nola qildi.
Payg’ambarimiz sollalohu alayhi vasallam unga:
"œSening yig’ingdan hatto farishtalar ham yig’lab yuborishdi", deb mujda berdilar.
Nom: Alloh taolodan qo’rqish namunalari
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:07:14
Bir ansoriy tahajjud namozidan so’ng o’tirib, rosa yig’ladi.
"œMen Alloh taolodan jahannam o’tidan xalos etishini so’rab yig’layapman", dedi.
Janobi Payg’ambarimiz sollalohu alayhi vasallam unga ham: "œBugun sen farishtalarni ham yig’latding", deb marhamat qildilar
Muhammad Zakariyo Kandehlaviyning "œSahobiylar tarixi" kitobidan

Nom: Alloh taolodan qo’rqish namunalari
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:08:34
Mashhur sahoba Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhu yig’lab o’tirgan edi, buni ko’rib xotini ham yig’lay boshladi.
"œSen nega yig’layapsan?", deb so’radu u xotinidan.
"œSizni nima yig’lashga majbur etgan bo’lsa, meni ham o’sha narsa yig’latyapti", deb javob qildi xotini.
Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhu dedi:
"œJahannam utidagi Sirot ko’prigidan o’tishimga to’g’ri kelishi haqidagi fikr meni yig’lashga majbur qildi. Bilmayman, men undan o’ta olamanmi yoki jahannamga qulab tushamanmi?"
Nom: Alloh taolodan qo’rqish namunalari
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:09:35
Zirora ibn Avf roziyallohu anhu masjidda namoz o’qiyotgan edi. "œChunki qachon (qiyomat qoim bo’lgani haqida xabar berib) burg’u chalinganida, ana o’sha kun qiyin kundir" (Muddasir, 8-9) oyatlariga kelganida birdan yiqilib tushdi va jon berdi.
Nom: Alloh taolodan qo’rqish namunalari
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:10:09
Hulayd namoz o’qiyotgan edi. Qiroatida: "œHar bir jon o’limni totguvchidir" (Oli Imron, 185) oyatiga yetganida, bu oyatni qayta-qayta o’qiy boshladi.
Shu payt xona burchagidan:
"œYana necha marta qaytarmoqchisan bu oyatni? Sening o’qishingdan hozirning o’zida allaqachon to’rtta jin o’lib qoldi", degan ovoz eshitildi.
Muhammad Zakariyo Kandehlaviy ning "œSahobiylar tarixi"
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 25 Aprel 2008, 15:14:35
Sobit Banoniy rahmatullohi alayh ko’z og’rig’idan azob chekayotgan edi. Tabibi unga shart qo’yib:
"œAgarda yig’lamaslikka va’da bersangiz, ko’zingiz hech qachon og’rimaydi", dedi.
U javob berdi:
"œYig’lamaydigan ko’zning nima keragi bor".
Musulmonlar taqvimi 1999 yil II chorak
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Muzayyana 25 Aprel 2008, 15:50:54
NOZA opajonim Allox rozi bo'sin, tashakkur! O'qib odam maza qiladi.
Nom: Allohdan qo’rqish haqida hadislar
Yuborildi: Mahdiyah 27 Aprel 2008, 08:43:56
Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "œBandamga ikki qo’rqinchni birvarakayiga ravo ko’rmayman va ikki xotirjamlikni ham birvarakayiga bermayman. Mabodo bandam Mendan bu dunyoda qo’rqmasa (ya’ni, beg’am, bexovotir yashasa), Men unga narigi dunyoda qo’rqinch beraman. Va mabodo u Mendan bu dunyoda qo’rqsa, oxiratda uni barcha qo’rqinchlardan xalos qilaman (ya’ni, xotirjam qilib qo’yaman)".

Xazrati Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "œKimki Alloh taolodan qo’rqsa, undan hamma narsalar qo’rqadi. Kimki Alloh taolodan boshqadan qo’rqsa, unga har bir narsa qo’rqinch manbai bo’ladi".
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 27 Aprel 2008, 08:44:49
Yig’i

Tabaroniy rivoyat qiladi:
"œMuoz ibn Jabal raziyallohu anhu vafot etar chog’i yig’lardilar. Undan:
-Nega yig’layapsan?-deb so’rashdi.
-Vallohi, men o’limdan qiynalib yoki orqamda mol-dunyo qolib ketayotgani uchun yig’layotganim yoq,-deidlar. — Janobi Payg’ambarimizdan sollallohu alayhi vasallam: "œInsonlar ikki hovuchdirlar. Bir hovuchi otashda, bir hovuchi esa do’zaxda", deb eshitganman. Man shu hovuchlardan qaysi birida ekanimni bilmaganim uchun yig’lamoqdaman".
"œHayotus-sahoba" kitobidan.
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 27 Aprel 2008, 08:47:28
Qiyos

Bir kuni Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: "œEy Rasululloh, namozda o’qib yurishim uchun menga bir duo o’rgating", deb o’tindi. Shunda ul zot sollallohu alayhi vasallam: "œAllohim, men o’zimga ko’p zulm qildim. Gunohlarni faqat Sen mag’firat qilasan. Bas, huzuringdagi mag’firat ila meni afu etgin, menga rahm aylagin. Albatta, Sen mag’firatli, rahmli Zotdirsan", deb o’rgatdilar.
Ha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu duoni "œo’ziga ko’p zulm qilgan" kishiga — Abu Bakrga o’rgatganlar. Ummatlari orasida eng ulug’ zotga, iymoni eng mukammaliga, Qur’on o’qiganida ko’z yoshini tiyolmaydigan qalbi halimiga, o’zlari jannati, deb bashorat berganlari, butun mo’minlarning imoni tarozining bir pallasiga, uniki boshqasiga qo’yilsa, ikkinchi pallaga qo’yilgan uning iymoni og’ir keladi, deb vasf etganlari, umarning xulqi uning axloqi oldida dengizdan bir tomchi, deb baholaganlari o’sha Abu Bakrga o’rgatganlar!
Rostgo’y Abu Bakr, risolatni tasdiq etgan kunidan to umrining oxirigacha jonini va molini Alloh va Rasuli uchun baxshida etgan rostgo’y Abu Bakrki, "œo’zimga ko’p zulm qildim"¦" deb duo etib tursa, boshqalarning ahvoli qanchalik bo’ldi ekan?! Bizlar nima derkinmiz?!
Musulmonlar taqvimi 1999 yil III chorak
Nom: Janobi Haq uchun ko’z yosh to’kish
Yuborildi: Mahdiyah 30 Aprel 2008, 11:56:30
Qul yig’laganida Alloh uning ko’z yoshlaridan bir daraxt paydo qiladi, ismi Saodat daraxtidir. Qo’rquv va qayg’u ro’zg’ori (shabodasi) ul daraxtga esganida, undan: "œYo, Muhammad ummati!", degan ehtirosli bir xitob chiqadi. Alloh ul sasni Muhammad sollallohu alayhi vasallam ruhiga yetishtiradi, u ham qabrida yig’lay boshlaydi, uning ko’z yoshidan Alloh taolo bir daraxt paydo qiladi, ul daraxtga Shafoat daraxti ismi beriladi. Nubuvvat (Payg’ambarlik) ro’zg’ori (shabodasi) ul daraxtga tekkanida, ul daraxt tanasidan, "œYo ummati Muhammad", degan bir sas keladi. Alloh ul sasni ko’kdagi malaklarga yetishtiradi. Malaklar Allohga sajdaga boradilar, niyoz va sajdada bo’ladilar:
Alloh malaklaridan:
- Ey, malaklarim! Nega duo qilib yig’laysizlar? — deb so’raydi.
Malaklar:
- Yo, Rabbiy! Sen bizning niyozimizni (iltijolarimizni) bilasan, - deydilar.
Janobi Haq:
- Mening muhabbatim va mening qo’rqinchimdan yig’lagan qullarim va ularning majlislarida bo’lganlarni avf etdim, - deb buyuradi.

Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan
Nom: Alloh uchun yig’lagan ko’zlar
Yuborildi: Mahdiyah 30 Aprel 2008, 11:59:19
Allohning buyuk Payg’ambari Shuayb alayhissalom shu qadar ko’z yoshi to’kar ediki, Alloh shavqi muhabbatidan yig’lay-yig’lay ko’r bo’lgan edi. Janobi Haq Shuayb alayhissalomga vahiy yubordi:
- Yo Shuayb, bunchalik yig’lashing va ko’zlaringning yoshini to’kishing jahannam qo’rquvsidan bo’lsa, seni jahannamdan ozod qilaman. Jahannam otashi seni yoqmaydi. Bu yig’lashning agar jannat hasratida bo’lsa, jannatni senga beraman. Bular uchun ko’z yoshi to’kib, yig’lama, - deb buyurdi.
Shuayb alayhissalom:
- Yo Rabbiy! Ey Buyuk Rabbim! Mening yig’lashim na jahannam qo’rquvsidan, na jannat hasratidandir. Ularning hech biri emas. Mening ko’z yoshlarim Senga bo’lgan ishqim va muhabbatimdan, ishtiyoqimdandir, - dedi.
Janabi Haq:
- U holda yig’layver, yo Shuayb, yig’la! Zero bu hasratning bir iloji yig’lashdir. Bu dardning chorasi ko’z yosh to’kishdir, - deb Payg’ambar Shuayb alayhissalomga vahiy etdi.

Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 30 Aprel 2008, 12:05:09
Suyukli Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "œKimki Alloh deb va Unga bo’lgan sevgisidan ko’z yoshlarini yerga to’ksa, qiyomat kuni г ko’zlarga jahannam otashi tegmaydi. Yig’lagan г ko’zlar azobga yo’liqmaydilar. Jahannam alangasi ul ko’zlarni yoqmaydi".
Hakim rivoyati
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 30 Aprel 2008, 12:07:40
Imom Buxoriyning sahih to'plamida Abdulloh ibn Mas'ud raziyallohu anhudan ushbu rivoyat keltirilgan:
      "U dedi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga Qur'on o'qib bering dedilar. Sizga nozil qilingan bo'lsa-yu, men sizga o'qib berayinmi, dedim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Men boshqalardan eshitishni yoqtiraman dedilar. Men "NISO" surasini o'qib, "Biz barcha xalqlardan guvohlik keltirib, sizni ularning barchasiga guvoh qilib keltirsak qanday bo'ladi" oyatiga kelganimda, "Bo'ldi" dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qaradim ...
U zotning ko'zlaridan yosh quyilar edi. Abu Hurayra raziyallohu anhu dedi: "Ey mushriklar, hali sizlar mana shu so'zdan, ya'ni Qur'ondan ajablanursizlarmi, undagi oyatlarni benazir va bemisl o'git nasihatlaridan ta'sirlanib yig'lamasdan, g'ofil bo'lgan hollaringizda kulursizlarmi..." oyati nozil bo'lganda sufadagilar yig'ladilar, hatto ularning yuzlaridan ko'z yoshlari oqdi...
Ularning tovushlarini eshitgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham yig'ladilar. U kishini yig'laganlarini ko'rib biz ham yig'ladik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Allohdan qo'rqib yig'lagan kishilar jahannamga kirmaydilar dedilar".

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu "Mutaffifun" Surasini o'qir ekan "Odamlar barcha olamlar robbisi bo'lgan Alloh qarshisida turgan" oyatiga kelganlarida yig'lab yiqildi va undan keyingi oyatlarni o'qiy olmadi.
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 30 Aprel 2008, 12:17:48
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozda turganlaridan yig’ilari sabab xuddi qozonning qaynashiga o’xshash ovoz eshitilardi. Ul zot insoniyatning eng ulug’i, gunohsiz bo’lsalar-da ko’p yig’lardilar.

Abu Bakrning "œyig’loqi" degan laqablari bo’lgan.

Umarul Foruq ko’p yig’laganlari sabab yuzlarida ko’z yoshining izi qolgan.

Abdulloh ibn Abbos ham ko’p yig’laganlar, hatto hayotlarining oxirida ko’zlari ojiz bo’lib qolgan.

Abu Bakrning huzurlarida Qur’oni karim tilovatini eshitgan Yaman ahli ko’z yosh to’ka boshlaydi. Buni ko’rgan Xalifa: "œAvval bizlar ham shunday edik. So’ngra qalblar qotib ketdi", degan ekanlar. Ibn Abu Shayba rivoyati
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 30 Aprel 2008, 12:21:49
A’mash aytadi: "œAbu Solih namozda bizlarga imomlikka o’tib berar, ovozining qaltiraganidan qiroatni aniq tushunib bo’lmasdi".

Ibn Burayda aytadi: "œAgar yer yuzidagi butun odamzotning yig’isi to’plansa, Dovud alayhissalomning yig’isiga teng kelmaydi. Agar Dovud va yer ahlining yig’isi to’plansa, Odam alayhissalomning jannatdan yerga tushgan paytida yig’lagan yig’isiga teng kela olmaydi".
Ibn Abu Shayba rivoyati

Ummatlarini ko’p kulishdan qaytarib, Payg’ambarimiz alayhissalom shunday deganlar: "œAgar men bilgan narsani bilganlaringda edi, albatta, oz kulib, ko’p yig’lagan bo’lar edinglar".
Termiziy rivoyati
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 30 Aprel 2008, 12:25:15
Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan o’tirgan edilar. Shabboda esdi va daraxtning qurigan barglarini uchirib keldi. Yashil yaproqlar uzilmay qoldilar. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam sahobalarga savol berdilar:
- Bu daraxt kimga o’xshaydi? Ayting-chi, kimga o’xshatar ekansiz?
Ashob:
- Alloh va Rasuli yaxshi bilishadi, yo Rasululloh, - dedilar.
Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam:
- Bu daraxt Allohdan nihoyatda qo’rqqan vaqtda gunohlari bu yaproqlar kabi to’kilgan va yaxshiliklari, savoblari o’zida qolgan mo’minga o’xshaydi, - dedilar.
(Ibn Habbon va Bayhaqiy rivoyat etganlar)
Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Muhyiddin 01 May 2008, 12:21:59

Абдулқодир Гийлоний қуддиса сирруҳу ҳазратларини ксрдиларки, Ҳарами Каъбада юзини тошлар устиға қсйуб дер срди: "œА­й Худойи мутаол, мағфират айлағил ва агар азобға лойиқ бслсам, Қиёмат кунида мани ксзсиз ҳашр айлагил, токим схшилар рсбарссида хижил ва шармисор бслмайин".

Туфроқ узра юзум қсйуб дерман,
Ҳар саҳар вақтидаки, келгай бод.
А­й, ки асло Сени унутмасман,
Ҳеч Санга бандадин келурму ёд.

Шайх Саъдийнинг Гулистонидан
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 02 May 2008, 12:06:07
Yig’lab ko’zlari ko’r bo’lgan aqlli qiz

Bir kuni bir zot Hasan Basriy Hazratlari huzurlariga kelib yolbordi:
- Hazratim, Alloh uchun bizga yordam bering, - dedi.
Hazrati Imom Hasan Basriy:
- Qanday darding bor. Senga qanday yordam qilay? Agar dardingni va ehtiyojingni aytsang senga yordam berishim mumkin, - dedi.
U odam:
- Hazrat! Meni juda aqlli bir qizim bor. Endi esa bu aqlli qizimga nimadur bo’ldi. Kecha-kunduz yig’laydi. Qur’on o’qidi — yig’laydi, namoz o’qiydi — yig’laydi. Hadisi Sharif o’qidi — yig’laydi. Mana endi ko’zlari yaxshi ko’rmay qoldi. Ko’r bo’lib qolmasa, deb qo’rqaman. Sizdan o’tinib so’rayman, bir borib ko’rib qizimga nasihat qilib qo’ysangiz, - dedi.
Hasan Basriy Hazratlari rozi bo’ldilar. Ul odamning uyiga bordilar.
Hasan Basriy qizga:
- Qizim, nega yig’laysan? Yig’layversang ko’zlaring ko’r bo’lishi mumkin. Nega yig’lashingni sababini bizga aytsang, senga yordam beramiz. Iltimos qilsam sababini aytasanmi? — dedi.
Qiz:
- Hazrat, men sog’man, hech qanday xastaligim yo’q. ko’zlarimning ko’r bo’lay deyishiga ikki sabab bor:
Bu ko’zlarimiz Oxirat olamida Alloh Taoloni yo ko’radi yo ko’rmaydi. Agar, Janobi Haqni ko’rish ne’matiga erishsa, buning uchun minglarcha ko’z uni ko’rmoq uchun fido bo’lsin. Agar ko’rmasa, u holda Alloh Taolo o’z zotini ko’rishga loyiq etmagan ko’zlarni ko’r qilsin. Allohni ko’rmaydigan ko’zni ko’zim bor, deb nima qilaman, - dedi.
Hasan Basriy Hazratlari bu javobdan juda hayajonlandi, ko’zlaridan yoshlar oqdi va bunday dedi:
- Nasihat qilgani kelgan edik. O’zimiz nasihat oldik. Hakim bo’lish uchun kelgan edik, hakimimizni topdik.
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 02 May 2008, 12:10:42
Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so’radi:
- Yo Rasululloh! Jahannamdan qanday saqlansa bo’ladi?
Sevikli Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallambunday deb javob berdilar:
- Ko’z yoshlaring bilan saqlanasan, chunki Allohga bo’lgan muhabbatdan Alloh uchun yig’lagan ko’zlarga jahannam alangasi hech qachon tegmaydi.
Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan
Nom: Allohdan qo’rqish va to’g’rilik
Yuborildi: Mahdiyah 02 May 2008, 12:13:13

Savdogar Yunus bin Ubayt do’konida turli-tuman qimmatbaho matolar bor edi. Bularning bir qismi ikki yuz, bir qismi to’rt yuz dirhamga sotilardi.
Bu zot do’konida do’stining o’g’lini qoldirib, Juma namoziga ketdi. Shu onda do’konga qishloqda yashovchi bir xaridor kirib, ikki yuzga sotiladigan kiyimlik matoni to’rt yuzga oldi. Do’kondan chiqib ketar ekan, yo’lda do’kon sohibi bilan uchrashib qoldi. Do’kondor matoni tanib so’radi:
- Bu matoni qanchaga olding?
- To’rt yuzga oldim, - javob berdi u.
- Yanglishibsan, bu ikki yuz dirham turadi, yur men senga qaytimini beraman, - dedi Yunus bin Ubayt.
- Bu bizning yurtimizda to’rt yuz dirham turadi. Men o’zim shunchaga oldim, roziman, - dedi mushtariy.
- Men Allohdan qo’rqaman, mato ikki yuz dirham turadi, - deb unga ikki yuz dirhamini qaytib berdi. Do’konga kelib, o’rniga qo’yib ketgan yigitchaga:
- Sen Allohdan qo’rqmaysanmi? Uning qullaridan uyalmaysanmi, musulmonlarga ko’rsatilgan to’g’ri yo’ldan qaytib, nega bunday qilding, - dedi.
- Men xohlamagandim, xaridor o’zi shu narxga oldi, - dedi shogird.
Unga javoban Yunus bin Ubayt:
- O’zinga ravo ko’rmaganingni boshqaga nega ravo ko’rasan, o’zing rozi bo’lmaydigan ishga nega boshqa uchun rozi bo’lasan? — dedi.
Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 02 May 2008, 12:14:52
Yig’layverib ko’zlari ko’r bo’lgan xotin

Ayol avliyolardan Alloh do’sti bo’lmish bir muborak zot xonim shunchalik yig’ladi, shuncha ko’z yoshi to’kdiki, ko’zlari ko’r bo’lish holiga keldi. Do’stlari, aqrabolari unga:
- Yig’layverib ko’zlaringiz ko’r bo’lib qolishidan qo’rqamiz, - dedilar. Ul avliyo ayol:
- Jahannam azobi ila, jahannam otashining alangalaridan ko’r bo’lgandan ko’ra bu dunyoda Alloh ishqi ila yig’lab-yig’lab ko’r bo’lmoq afzaldir. Agar ko’z sevgilisini ko’rishdan mahrum va hasratli bo’lsa, bu ko’z qanday yig’lamaydi? — dedi.
Yig’lyverib, oxiri ayol behold, bemajol bo’ldi. Shunday bir xarob ahvolga keldiki, namoz o’qiy olmaydigan bo’lib qoldi. Unga tushida bunday dedilar:
- Yig’lama va ko’z yoshlaringni to’kma. Hasrat chekuvchilarning ohi ularning shifolaridir. Namozingni o’qi, ibodat qil, namozni o’tkazma! Alloh deganlarning, Allohga talpingnlarning yo’li ibodat va namozdur"¦
Bu muhtarama xonim darhol namoz o’qiy boshladi, namoz o’qishni davom ettirdi.
Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 02 May 2008, 12:15:46
Hazrati Umar roziyallohu anhuning Allohdan qo’rqishi

Bir kuni Hazrati Umar roziyallohu anhu ot minib ketar ekan:
- Yo Umar, Allohdan qo’rq, - dedilar.
Hazrati Umar roziyallohu anhu sur’at bilan ot ustidan tushib sajda qilib, boshini yerga qo’ydi, yuzini tuproqqa surdi, rangi sarg’ayib, ovozi xirillab:
- Umar kimki, Allohdan qo’rqmasin! — deb boshini sajdadan ko’tardi va: "œAllohdan qo’rqish hikmatning, hidoyatning, saodatning yorug’ yulduzidir. O’zining insonligini bilgan odam faqat Allohning buyukligi oldida sajdaga egiladi. O’zining insonligini bilmagan Allohning buyukligini qayerdan bilsin?" dedi.

Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 02 May 2008, 12:17:55
BIR SHAMNI O’CHIRIB BOSHQASINI YOQDI.

Bir kuni Abdurahmon ibn Avf, mo’minlarning Xalifasi Hazrati Umar roziyallohu anhuning ziyoratiga keldi. Salom berdi-da kutib turdi.
Xalifa Hazrati Umar roziyallohu anhu yonib turgan shamni o’chirib, keyin boshqasini yoqdi.
Bu ahvol mehmon diqatini tortdi, u Hazrati Umarga:
- Ey Amiral-mo’minin! Oldingizda sham yonib turardi, uni o’chirdingiz. Yana unga o’xshash boshqa shamni yoqdingiz, buning bir hikmati border? — dedi.
Amiral-mo’minin Hazrati Umar tabassum qilib:
- Yo, Abdurahmon! O’chirganim davlatning shami (moli). Yoqqanim esa o’zimning shaxsiy shamim, o’z pulimga olganman. Davlat ishlarini qilganimda, davlatning shamini yoqaman. Hozir sen bilan suhbat qurib o’tirganimda, davlat shamini yoqshim halollik bo’lmaydi., shuning uchun uni o’chirdim, o’z shamimni yoqdim. Shunday qilmasam, Allohga qanday hisob beraman, - dedi.
Abdurahmon ibn Avf:
- Yo Rabbiy! Hattob o’g’li Umarni boshimizdan nari qilmagin, deb duo qildi.

Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 02 May 2008, 12:19:21
To’g’ri so’zlik namunasi

Hazrati Bilol Habashiy roziyallohu anhuning huzuriga bir tanishi kelib, bir qizning uyiga sovchilikka borishini iltimos qildi. Uz ot tanishining so’zini qaytara olmasdan, qizning uyiga bordilar. Ota-onasining oldiga kirib:
-Men Bilol ibn Rabohman. Bu yigit mening do’stim bo’ladi. Unga qizingizni so’rab keldim. Ammo shuni aytishim kerakki, do’stim din va ahloq jihatidan yaxshi odam deb aytolmayman. Shuni bilib qo’ying. Qizingizni shunga qarab berasiz, - dedilar.
Qizning ota-onasi:
-Unday bo’lsa nega sovchi bo’lib keldingiz? — deb so’rashdi.
-Yolg’on so’zlay omayman. Alloh qiyomatda mendan so’raydi, - deb javob berdilar Hazrati Bilol.

Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 04 May 2008, 09:19:29
Allohim, bu dunyoni saodatga boshlagin,
Hech tuganmas azobni halovatga boshlagin,
Erta tongda O’zingga yig‘lab munojot aylay:
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Chingizdan qutulsak-da, ammo nedir yetmaydi...
Osmon ko‘rinay dedi, qora bulut ketmadi:
Ahli solih bizlarni o‘ziga do‘st etmadi?!
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Faqat mozorlar uchun joriy qildik Qur’onni,
Qulatdik uzoq yo‘ldan kelgan diniy karvonni.
Turli mahzun yo‘llarda boy bermasdan iymonni
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Yurtda kezmish dahriylar izlab ming-ming hamxona,
Tog‘utlar ila qurib kufrga liq koshona.
Endi Buxoriysi-yu, Navoiysi afsona...
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Bir paytlar bu millat titratgan edi Sharqni,
Ko‘fasi-yu, Shomidan tortib Bog‘dod va Balxni...
Bugun sendan O’zgaga topshirib bo‘lmas xalqni,
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

O’zing ko‘r, Rabbim, bugun namozlardan yiroqmiz
Dunyo qarshisida-chi, qulmiz, mute’, titroqmiz.
Qodiriy aytganidek, birlashmagan tarqoqmiz,
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Kimdir Haqqa undasa, tinmay kulguvchi ham biz,
Undan albat o‘zimiz ongli bilguvchi ham biz.
So‘ng tinmasdan mo‘minlik da’vo qilguvchi ham biz
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Zanjirlar ovozidan seskanmagan xilqati
Aro yo‘lda yig‘lagay ozgina sof fitrati...
Buxoriy-yu, Termiziy, Zamaxshariy hurmati
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Har qanday yovni ko‘rdik, bizni toptar kim qoldi?!
Toptay-toptay ne millat oxir kuchdan ham toldi.
Endi boshqa najot yo‘q, bugun hamma tan oldi:
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Hayrulloh Hamidov
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Mahdiyah 16 Avgust 2009, 09:26:04
Bu maqolani "Oila jamiyat"dagi "Erkak kishi qachon yig'laydi?" mavzusidan Ziyoda86ning postlaridan oldim.
Shu mavzuga ta'luqli va boshqalar uchun kerakligi uchun joylamoqdaman.
Maqola uchun rahmat. Alloh rozi bo'lsin.

Xеч сътибор берганмисиз, йиғлаган инсон юпангач, унинг юзига тикилганмисиз? Ҳатто, чақалоқлар бслса ҳам майли. Менимча, йиғлаган инсоннинг юзи кулгидан тсхтаган инсондан ксра нурлироқ бслади. Гсзалроқ бслади. Аега?

Йиғлаш қалбни даволайди. Қалбни юмшатади. Инсоннинг йиғлаши унинг сз ёри томон сқинлашмоғидир. Қалбини, қонини, жонини Унга фидо стмоқдир. Йиғламоқ англамоқдир.

Йиғласак ксзларимизга зарарми? Майли шундай бслсин.

Кулгидан қалбларимиз қорайгандан ксра, кср бслсин ксзларимиз йиғламоқдан.

Йиғламоқ бу тилсиз, қалб билан гапирмоқдир. Йиғлаган қалбга Аллоҳ таолонинг сзи меҳмон бслади. Йиғлаб роҳат олишимиз балки шундандир.

Йиғламоқ бу нафс йслларини ксз ёш билан ювмоқдир.

Бир олимдан, «сизнинг устингиздан кулишларига қандай чидаб турасиз?» деб ссрашганда:

- Бу устимдан йиғлашларидан минг карра схшироқдир, - деб жавоб берган скан.

Келинг азизлар, атрофимизга, сзимизга, қалбимизга холис боқайлик. Ана сшандагина бизни йиғлатадиган ва йиғлашга арзийдиган ҳолатлар орасида қолганимизни снада схшироқ англаган, сзимизни йиғидан тсхтата олмаган бслармидик.

Ҳаққини тслиқ бажармай сқиётган намозларимизга йиғлайлик.

Турли дунёвий ҳасрат билан сгилиб туришимизга ва буни намоз деб номлаётганимизга йиғлайлик.

Бизни сратган, гапиртирган, ризқ берган, слдирадиган ва ссроқ қиладиган Аллоҳ билан висол онларимиз бслган саждаларимиздаги ҳолатимиз учун йиғлайлик.

Аамозларда бутун гуноҳларимизнинг авф қилиниши фурсатини бой бераётганлигимиз учун йиғлайлик.

Уйқунинг қучоғида стказган ғафлат онларимиз учун йиғлайлик.

Ҳар куни гувоҳи бслаётганимиз, ибратга тсла воқеаларга қалбларимизнинг юмшамаётганлигига йиғлайлик.

Бу воқеалардан тусқуш каби бошимизни тиқиб қочаётганимизга, сзгармайдиган ҳақиқат -слим соатини сзимиздан, қалбимиздан узоқ тутаётганимизга йиғлайлик.

Дунёларни ютиб юборса ҳам тсймайдиган нафсимиз учун ва бу нафсга қул бслаётганлигимиз учун йиғлайлик.

Дуо қилинг, ижобат қиламан, деган, А аҳмон ва А аҳийм бслган Аллоҳга дуо қилмаётганимизга йиғлайлик.

Ссраган нарсангизни бераман деб ваъда қилган Аллоҳ қаршисида, гсёки, бу ваъда бажарилмай қолиши мумкиндек, ундан мукаммал иймон, ихлос ва тақво ссрамаётганимиз учун йиғлайлик.

Ҳеч слмайдигандек, тупроқ остига кирмайдигандек ва ссроқ қилинмайдигандек стказаётган кунларимизга йиғлайлик.

Ҳар қандай ифлосликни қилиб, қалбимизни тоза деб, сзимизни овутаётганимизга йиғлайлик.

Болаларимизни биздан, бизнинг сса улардан қочадиган паллада, Қиёмат соатида, бу ҳаётда борлиғимизни бағишлаб топган мулкимиз ёрдам бера олмаслигини тушуна олмаётганлигимиз учун йиғлайлик.

Баъзи амалларимизни гуноҳлигини ҳам билмасдан елкамизга ортиб олиб, тавбасиз Аллоҳ таолонинг рспарасига чиқишимиз хавфи ичида сшаётганимиз учун йиғлайлик.

Тоғдек гуноҳларимиз ксрсатилганда, бу гуноҳларни қачон қилгандим, сй А аббим, деб турадиган Кундан бехабар ҳолда сшаётганимиз учун йиғлайлик.

Қуръон бизга етар деб, суннатга орқа сгираётганлигимизга йиғлайлик.

Тилимизда ёдлаб олган, лекин маъносини билмайдиган, амал қилинмайдиган Аллоҳнинг ссзлари, токчаларимизда сувенир каби чанг босиб ётган Аллоҳнинг китоби, бизга даъво қилиши мумкинлигини билмаётганлигимиз учун йиғлайлик.

Ҳатто пайғамбарлар Муҳаммад (с.а.в.)нинг уммати бслишни орзу қиладиган кунда, ул зотнинг уммати бслишдан ва шафоатларидан бенасиб қолиш хавфидан огоҳ смаслигимизга йиғлайлик.

Олов стни еб тугатганидек, бутун солиҳ амал ва схшиликларимизни еб тугатадиган ғийбатдан қутула олмаётганимизга йиғлайлик.

Берувчи ва олувчи аниқлигини билган ҳолда, ҳасрат ва надоматларимизга йиғлайлик.

Гулнинг ҳам, тиконнинг ҳам, боғнинг ҳам, боғбоннинг ҳам соҳиби аниқ бслса-да, буларнинг сгасидек ҳаракатларимизга йиғлайлик.

Бу муҳташам салтанат остида сшаб ҳам. сзимизни улуғ ҳис қилишимизга йиғлайлик.

Йсқликдан борлиқни пайдо қилган ва абадий ҳаёт ваъда қилган А аббимиз учун бир кунда бир неча дақиқа ибодат қилишдан қочаётганлигимизга йиғлайлик. Қочиб охири қаерга боришимизни сйлаб йиғлайлик.

Бир оёғимиз билан қабрда бслсак-да, бойлик ортидан югураётганлигимизга йиғлайлик.

Аллоҳ таолони бор деб, гсёки У йсқдек сшаётганимизга йиғлайлик.

Ақл юритмайсизларми, сйлаб ксрмайсизларми, деб бизга хитоб қилган Қуръоннинг овозига жавоб берадиган овозимиз чиқмаётганлиги учун йиғлайлик.

Яхши кунда унутиб, ёмон кунда сслайдиганимиз Аллоҳимизга ксрсатаётган бевафолигимизга йиғлайлик.

Яхши-ёмон, динсиз-диндор, мусулмону-бутпараст демасдан барчамизга, ҳар куни неъматларини бераётган Аллоҳ учун қуллигимизни ифодаси бслган намоз, закот, рсза, силаи-раҳм, зикр, амри-маъруф каби ибодатларга сътиборсиз сканлигимизга йиғлайлик.

Аллоҳ А аҳмондир, барча гуноҳларимизни кечиради, деб шайтоннинг тузоғига тушаётганлигимизга йиғлайлик.

Йиғлайверинг, бу бизга нажотдир. Лайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в.) Аллоҳ учун йиғлаган ксзлар учун дсзахнинг харомлигини айтиб берганлар ҳаммамизга.

Биз шундай бахтли инсонлармизки, йиғлаган расулнинг умматимиз, ёш оқмайдиган ксздан асрагин Аллоҳим, деб нола қилган Муҳаммад (с.а.в.) нинг умматимиз.

Келинг, ҳаммамиз бирга йиғлайлик.

Йиғлашга арзигулик ҳолатимизга кулаётганлигимизга йиғлайлик.

Қуриган киприкларимизга, ёшармаган ксзларимизга йиғлайлик.

Йиғлай олмаётганлигимиз учун йиғлайлик.

Дунё шундоқ ҳам қсрқинчли бслиб кетспти. Қалбларимиз қотиб кетспти. Қалбимизни Аллоҳга бурайлик ва уни юмшатишини ундан ссрайлик. Ксз ёшини А аббимиздан йиғлаб ссраб олайлик.

Йиғлай олмасак ҳам, ҳеч бслмаса кулишдан тсхтайлик.
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Nafisa-Samarqand 16 Avgust 2009, 12:33:05
Assalomu aleykum,Mahdiyah Alloh rozi bo'lsin sizdan juda ajoyib maqolani kiritibsiz.Juda ham ajoyib maqola ekan.Raxmat.
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 18 Avgust 2009, 08:56:54
Yurtimizning ko’zga ko’ringan imomlaridan biri tomonidan  hikoya qilib berilgan voqea meni juda  ta’sirlantirgan edi,

Bir insonni juda yaxshi tanir edim. Haddan tashqari dunyoga mehr qo’ygan oxiratini unutgan edi. Oyoqlari har yili ikki marta hayit kunlari masjid hatlamasa boshqa mahal asosan mol dunyo uchun yelib yugurardi. Payg’ambarimiz Muhammad mustafo s.a.v umidsiz mushriklarni ham bir necha marota islomga chaqirganliklarini eslab, uni ham har ko’rganimda masjidga taklif qilardim, namoz o’qishga chaqirardim, ammo tosh erisa erirdiki uning qalbi erimasdi. Bir kun usha tanishim yashaydigan kuchadan masjid tomon ketayotganini ko’rib qoldim uni yo’l yo’lakay gaplashib ketaman deya asta sekin dunyo haqida so’z ochdim, u esa butun vujudimi titratib yuboradigan darajada sovuqqonlik bilan  nimaga masjid haqida namoz haqida gapirmayabsiz dedi. Man sal kesatgan bo’ldim baribir foydasi yo’qku kisatiq so’zlarimi aytib bo’lishim bilanoq uni yuziga qaradim, temirdan qattiq qalb soxibi bo’lmish tanishim yig’lardi nimagadir. Biroq shoshib qoldim tinchlikmi og’ayni tinchlik emas qori aka dedi. Uzr qattiq gapirib yuborgan bo’lsam qandaydir voqea ro’y berdimi.
              Ha bir voqea ro’y berdi va shu voqea sababli men  siz bilan birgalikda masjidga ketyabman, to’g’risi biroz tushunmayroq turib qoldim, chunki uning bu holatidan zarracha bo’lsin  hazil ohangini ajiratib olish mumkin emas, u hazillashmayotgan edi, chindan aytayotgan edi so’zlarini, uka olloh muborak qilsin masjidga borayotgan bo’lsangiz, lekin qanday voqea sodir bo’ldi dedim,  ming hayajon ila tanishimning namozga kirganidan ko’ra bunga sabab bo’lgan voqeaning nimadan iborat ekanligini bilish niyatida.
            Kecha endigina uhlashga kirayotganimda eshik taqilladi deb bo’lgan voqeani so’zlay ketdi suxbatdoshim. Borib eshikni ochsam o’g’lim qatori bir yigit turibdi yoshi 27 larda men ha  uka kel dedim. U yuzini yerga qarata turib akajon men sizning oldinggizga roziligingizni olish uchun keldim dedi. Men hayron bo’ldim keyin ma’lum bo’lishicha eshigimni tunda taqillatib kelgan yigit bundan bir necha yil oldin 1990 yillar boshida shaharda  ko’chayib ketgan jinoyat reket a’zolaridan biri bo’lgan ekan, yigit ushanda ollohni tanimaganini ollohdan qo’rqmay bu ishlarni qilganini ayta turib ayni paytda dini diyonatga kirganini ma’lum qildi. Ollohga hisob berish va ohirat duzax haqida qattiq oyatlar  o’qigandan so’ng uhlay olmay bor pulini to’plabdi. Shunday yo’l bilan mashinasi o’g’irlatgan bir necha kishilarni eshigini taqillatib pullarini berib yurgan va shu o’g’irlik sababli  ortirgan a’zobi uchun rozilik so’rab yurgan ekan.
          Ruparamda turgan hali 30 bahorni qarshi olmagan yosh bir yigitni ko’rib qo’rqib ketdim. U tinmasdan aka inson har bir kishi hisob berigon kunda baribir uchratilamiz, SHunday ekan hijolat bo’lsa ham, katta uyat sanalsa ham oldingizga keldim rozi bo’ling mana pullar derdi. Men uning qarshisida qotib qolgandim. CHunki bu yigit ertaga ollohning huzuriga borishini ich ichidan iymon keltirgan holda mendan uzr surardi. Men  pulni oldimda undan rozi bo’lganimni aytdim, lekin uyga 10 — 15 daqiqa kira olmay turib qoldim. Chunki endi men o’zimni o’ylay boshlagan edim. Bolam tengqur yigit qilgan gunoxlari uchun yig’lay joxiliyatda o’g’irlagan pullarini egalariga  topshirib yuribdimi, men nima uchun bunaqa be’malolman men kimman, qaysi amallarim bilan ollohning huzuriga boraman degan savol ichimni tirnay boshladi. Uyga kirdimu bo’g’ilib ketayotgande bo’ldim uhlolmadim va erta tongda masjidga chiqishni rejalashtirdim. Eng qizig’i birinchi marta ertalabgacha o’lib qolsangchi havotir o’tdi ichimda, men shu ayni shu uyqu qalbimni tirnab o’tib ketganida o’zimga o’zim musulmon bo’lding degan tashxisni qo’ydim. Haqiqatdan ham men haqiqiy islomni usha notanish yigitdan birgina amali sababli tanigan edim.
        Ilk marotaba o’z ihtiyori bilan masjid tomon yo’l olayotgan tanishimning ko’zlaridagi quvonch yoshlarini  ko’rdim. Allohga hamd aytib yubordim. Olloh o’zi hohlagan bandalarini hidoyatga boshlashiga yana bir bora amiyn bo’ldim. OLLOHU AKBAR
Nom: Re: Allohdan qo'rqish va yig'lash
Yuborildi: Ansora 18 Avgust 2009, 15:08:30
A.Alaykum. Hadisi Sharifda buyurildi: "Alloh Taolo qiyomat kuni ustimizga shunchalar ko'p rahmat yog'diradiki, hech kimsaning qalbidan bunchalik shafqat ko'rsatish kechmagandir. Hatto shayton ham marhamat qilinishini o'ylab boshini yuqoriga ko'taradi".
Hikoya qilishlaricha, Jahannamdan ikki kishi ciqarilibdi. Alloh Taolo:"Qilmishlaringizning jazosini ko'rdingiz, chunki men bekorga zulm qilmayman", deb buyurgandan keyin ularni takror Jahannamga olib keta boshlabdilar. Birinchi kishi shoshilib tez tez yurar, ikkinchi kishining esa hech yurgisi kelmasdi. Har ikkalasiga ham buning sababini so'rarlar. Tez tez yurgan kishi, Allohning buyruqlarini tinglamaslikning nimalarga olib kelishini ko'rdim, shuning uchun shoshilib boryabman, debdi. Narigisi esa, Rabbim haqida husni zan etdim. Yani faqat yaxshi fikr yuritdim. Jahannamdan chiqargandan keyin qaytarib jo'natmasa kerak, deb umidvor bo'ldim. Bu javoblaridan keyin, har ikkala kishini ham Jannatga olib borgan ekanlar.
Musulmon insonni oyoqda tutgan narsa uning umididir, shayton umidimizni, ishonchimizni qo'limizdan olish uchun ko'p urinar ekan. Alloh undan qo'rqqanmizchalik uning marhamatiga bo'lgan ishonchlarimizni ortishini nasib qilsin insholloh...