forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Munira xonim 17 Avgust 2006, 12:23:30

Nom: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 17 Avgust 2006, 12:23:30
 Assalamu alaykum!
Sizlarga Allohning rahmatini, mag'firatini va salomini tilayman.
Allohga hamdlar va Rasululloh s.a.vga va u zotning ahli batlariga, ashobi kiromlariga salovotu salomlar bo'lsin.
Bu bo'limda sizlar, Islom dinining rivojlanishiga katta hissa qo'shganRasululloh s.a.v.ning muborak oilalaridagi ayollar, sahobiy ayollar, hamda Alloh va Uning Rasuli yo'lini mahkam tugan va natijada Allohning roziligini topgan,valiylik darajasiga erishgan ayollar to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.
Bu soliha,mo'mina va qahramon ayollardan, hozirgi zamonamizning har bir ayoli va qizi o'rnak olsa va o'z hayotida oz bo'lsada ularga o'hshashga harakat qilsa va ular qilgan amallarni bajarsa,Allhning roziligini topadi, Inshaalloh.
Aziz, singiljonlar, bu ayollarni seving va ularga o'hshashga harakat qiling.
Sizga Allohning Rahmatini tilaymiz!
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 17 Avgust 2006, 12:35:35
Hazrati Hadicha.

Hazrati Hadicha r.a. Rasululloh s.a.v.ning ilk zavjalari, imon keltirib,"mo'minlar onasi" degan nomni olishga musharraf bo'lgan, ilk musulmono ayoldir. Hazrat Hadicha r.a. islomiy da'vatning boshlanishida Rasululloh s.a.v.ga dalda va ko'makchi bo'ldi va bu da'vatning yoyilishiga sobitlik bilan yordam bergan.Bu ayol Nabiy s.a.v.ning farzandlarining volidayi muhtaramasidir.
Otalari Huvaylid ibn Asad ibn Qusayy ibn Abduluzza, onalari Zaida ibn Asommning qizi Fotima edi. Asommning to'liq ismi sharifi Jundub ibn Harm ibn Ravoha ibn Xojar ibn Abd ibn Mois ibn Liay ibn G'olib ibn Fixrdir.
Hazrati Hadicha r.a. hijratdan tahminan 68yil, "Fil voqea"sidan 15yil avval sharafli va hayrli oilada dunyoga keldilar. Yoshliklaridan go'zal va yuksak ahloq egasi qilib tarbiya topdilar. Odobli va oqila bo'lganlari uchun u kishini "Tohira"(ozoda, pokiza) deb chaqirar edilar. Otalari Huvaylid Fijor jangidan oldin vafot etdi. Shu sababli marhumning oilasidagi barcha ishlar Hadichaning amakisi Amr ibn Asad zimmasiga tushdi.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2006, 06:30:51
Ilk turmushlari.

Hazrati Hadicha r.a. o'zib ulg'aydi. Hsarafli nasab va yuksak odob ahloq egasi bo'lganliklari uchun u kishiga juda ko'p joylardan sovchilar kelar edi. Hadicha Qusay ibn Abduddor o'g'illarining ittifoqchisi Tamim qabilasidan Abu Xola ibn Zurora bilan turmush qurdilar. Undan Xola va Hind ismli ikki farzand ko'rdilar.Johiliyat paytida "Ummu Hind" degan kunya olganlar. Hind uzoq umr ko'rdi. RAsululloh s.a.v.ning saodatli zamonlariga yetishdi va musulmon bo'ldi. Hazrati Alining r.a. halifalik davrigacha yashadi va Jamal jangida shahid bo'ldi. Hazrati Hadichaning eri Abu XOla vafot etgach, Hadicha Mahzum qabilasidan Otiq ibn Oiz Abdulloh ibn Umar ibn Mahzum bilan oila qurdilar. Lekin ular o'rtasidagi bu turmush ham uzoq davom etmadi. Shundan so'ng Hazrati Hadicha r.a. boshqa turmush qurmadilar. Tijorat ishlari va farzand tarbiyasi bilan mashg'ul bo'ldilar.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2006, 06:39:35
Savdo safari.

Hazrati Hadicha r.a.ning sarmoyalari va olib borayotgan ishlari juda katta bo'lib, buning ovozasi Shomgacha yetib borgan edi. Hadicha o'zlarining karvonblariga boshchilik qilish uchun halol va ishonchlik kishini ahtarar edilar. Bu davrda Makkada yolg'iz ishonchlik, halol va to'g'riso'z deb nom chiqargan yolg'iz Abdulloh o'g'li Muhammad al-Amin s.a.v. edilar. Hazrati Hadicha r.a. Muhammad al-Amin s.a.v.ga odam yuborib o'z karvonlariga boshchilik qilishni taklif qildilar. Aminus Sodiq bunga rozilik bildirdilar.Va karvon bilan Shomga ketdilar. Hadicha esa ularni qaytishini intizorlik bilan kutib, Makkada qoldilar. Oradan kunlar o'tib ular qaytishdi. Karvob bilan ketgan Maysara ismli qullari bu galgi savdo har diomgidan ham barokatli bo'lganini aytdi. Bundan tashqari safar davomida sodir bo'lgan bir qancha ajoyib hodisalarni aytdi. Bularni esihtib Hadicha r.a.ning bu ta'riflar sohibiga yanada mehrlari oshdi.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2006, 07:00:42
Bulardan keyin Hazrati Hadicha bir necha yillar avval ko'rgan tushlarini esladilar. Bu unut bo'lib ketgan tushni yana yodlariga tushishidan o'zlari ham hayron edilar. O'shanda tushlarida:Zim zimiston tun. Birdan osmonda quyosh paydo bo'ldi va bu quyosh to'g'ri Hadichaning hovlisiga tushdi. Bu tushdan o'shanda o'zlari ham hayron bo'lib, amakilariga aytgan edilar. Amakilari esa juda ilmlik va fasohatlik kishi bo'lgani uchun, yaqinda yana turmush qurishlarini va bu turmushlari oldingisidan ancha barakotli va hayrlik bo'lishini aytgan edilar. Hadicha esa, men hech qachon turmushga chiqmayman, degan edilar. Hozir esa nogoh shu tushlari yodlariga tushdi.
Muhammad al-Aminga s.a.v. ga bo'lgan mehr muhabbatlari kundan kunga kuchayib borar edi. "Ajabo, mening yoshim 40da, Muhammadning yoshi esa 25da, men bilan oila qurishga rozi bo'larmikin" deya o'ylardilar. Ana shunday kunlarning birida huzurlariga dugonalri Nafisa kirib keldi. Nafisa dugonasining qiynayiotgan savoldan bohabar bo'lgach,unga tasalli berdi. Va bu ishni o'zi hal qilishini aytdi. U yerdan to'g'ri chiqib Muahmmad al-Amin s.a.v.ning huzurlariga bordi. Va u zotga uylanish to'g'risida og'iz ochdi. Bu gapni Hadichadan chiqqanligini bildirmay u zot bilan suhbatlashdi. Va gapni orasida Hadichaga uylanasanmi, deya so'radi. Shunda Muhammad al-Amin s.a.v. agar u rozi bo'lsa uylanardim dedilar. Nafisa bu hushhabarni Hadichaga yetkazish uchun darhol yo'lga tushdi. Hazrati Hadicha bu hushhabarni eshitib behad hursand bo'ldilar. Alloh taoloning unga ehson qilgan baht va niyatlarining ijobat qo'lganiga shukrona qilib, faqirlarga infoq ehsonlar tarqatdilar.
Muhammad al- Aminning s.a.v. amakilari Abu Tolib, Hamza va Abbos Hadichanikiga sovchilikka borishdi. U kishining amakisi Amr ibn Asad bilan maslahatlashib to'y kunini belgiladilar. Bu habar butun Makkaga tarqaldi. Yigirmata tuya qiymatida mahr belgilandi. Kelinning uyida dasturhonlar yozildi, qurbonliklar so'yilib faqirlarga tarqatildi. Shunday qilib Hazrati Hadicha r.a. Muhammad al-Aminning s.a.v. ga zavja bo'ldilar. Hadicha Qurysh yigitlarining eng go'zali va fazilatlisi bilan turmush qurganidan bahtli edilar. Bu hayrli nikohdan:Qosim, Abdulloh, Zaynab, Ruqayya, Ummu Gulsum va Fotima nomli farzandlar dunyoga kelgan. Ba'zi manbaalarda Tohir yoki Toyyib ismlik o'g'illari ham bo'lgan deyiladi. Vallohi a'lam.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2006, 07:15:40
Iymon keltirgan ilk inson.

Muhammad s.a.v. 40yoshga to'lganlarida Hiro g'orida, Jabroil a.s. tomonlaridan, jaholatga to'lib ketgan zaminni titratib Allohning ilk kalomi yahgradi. Bu kalom zang bosgan qalblarni uyg'otish uchun, qabohat va jaholatga to'lib ketgan bechora zaminni poklash uchun, qalblarga malham bo'lish uchun va eng asosiysi shirkka botgan bandalarga Allohning Ahad ekanligini bildirish uchun ilk bor taraldi. Bu mujda kelganida Muhammad s.a.v.ga ilk  iymon keltirgan, Alloh oyatlarini tasdiqlagan, u kishining Rasul ekanlariga ishongan ilk inson va ilk ayol Hazrati Hadicha binti Huvaylid r.a. bo'ldilar. Rasululloh s.a.v.ni eng qiyin paytlarda qo'llab quvvatlagan, u kishini yonlarida doimo dalda, mashaqqatga to'la hayotlarida yonlaridan ayirilmagan ayol ham Hazrati Hadicha edilar.
Alloh taolo Jabroil a.s. tomonidan salom yuborgan ayol ham Hazrati Hadicha r.a. edilar. Bu salomni Muhammad s.a.v.dan eshitgan Hazrati Hadicha r.a.ning ko'zyoshlari yuzlarini yuvgan edi.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2006, 07:28:37
So'nggi oylar.

Hazrati Hadicha r.a. og'ir kasallikka chalinib yotib qoldilar. O'limlari yaqin ekanini his qilib turardilar. Bosh taraflarida qizlari Zaynab, Ummu Gulsum va Fotimalar turishardi. To'rtinchi qizlari Ruqayya esa o'sha kunlari Habashistonda edi. Hazrati Hadicha Rasululloh s.a.v.ga so'nggi marta qaradilar. Mo'minlar onasining nigohlarida sog'inch va qayg'u, ayriliq armoni mujassam edi. Biroq Rasululloh s.a.v Hadicha onamizga Jannatda birga bo'lish mujdasini berdilar (Hadid, 21).Nabiy s.a.v.ning ko'zlaridan rahmat yoshlari oqdi. Qalblari chuqur alam bilan to'lib toshdi. Bu holni ko'rgan qizlari ham unsiz yig'lardilar. Makka, zamonasining sayyida ayoli Hadicha binti Huvaylid r.a. bilan vidolashdi.(Fajr, 27-30) Hazrati Hadicha r.a. vafot etgan yilni Rasululloh s.a.v. qayg'u yili deb atadilar. Hazrati Hadicha r.a. hijratdan tahminan uch yil oldin, 65 yoshlarida vafot etdilar. Hojun qabristoniga dafn etildilar. Alloh taolo Hadicha onamizdan rozi bo'lsin va u kishini ham ohirat ne'matlari ila rozi etsin.
Hazrati Hadicha r.a.  huzuri Ilohiyga ketdilar, lekin u kishining hotirasi ulug' honadon ahli va mo'minlar qalbida boqiy qoldi va to qiyomatgacha boqiy qoladi,Inshaalloh
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2006, 07:34:55
Rasululloh s.a.v.dan:"Menga qiyin damlarimda joni bilan, mol-mulki bilan yordam bergan barchadan qarzimni uzdim,lekin Hadicha bergan yordamlarni haqqini berlomadim. Uni rozi qilish Qiyomatga qoldi",degan ma'noda hadis rivoyat qilingan.
Rasululloh s.a.v Hazrati Hadichani juda qattiq sevardilar. Bu haqda Hazrati Oisha r.a. shunday deganlar:"Men Rasululloh s.a.v.ni hech bir ayoldan Hadichadan rashk qilganchalik rashk qilmaganman", deganlar. Holbuki, Hazrati Oisha Hazrati Hadichani o'limlaridan keyin Rasululloh s.a.v.ga turmushga chiqqanlar.Shu gapni o'zi ham Hazrati Hadicha Rasululloh s.a.v.ga qanchalik aziz va qanchalik sevikli ekanliklarini ko'rsatadi.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 18 Avgust 2006, 11:51:21
Nazrati Oisha binti Abu bakr r.a.

Mo'minlarning bu makarram onasi - Rasulullohga s.a.v. Alloh taolo Jabroil a.s. orqali dunyo va ohiratdagi juftlari, deya vahiy qilingan bahtli ayol, Qur'oni Karimning bir necha oyatlarining nozil bo'lishiga sababchi bo'lgan Muhammadning s.a.v. sevimli ayollar, Allohning sevimli bandasi Oisha r.a. binti Abu Bakrdirlar r.a. Allohning qilgan vahiysi sabab bo'lib Rasululloh s.a.v. Abu BAkrga Oisha haqida so'z ochganlarida Abu Bakr r.a. juda hursand bo'lgandilar. Chunki o'zlarining eng sevimli kishilari, do'stalri, eng asosiysi Allohning eng sevimli Rasulini kuyov qilish eng oliy baht edi. Rasululloh s.a.v. Oisha onamizga olti yoshlarida unashtirilganlar. To'ylari esa bir nech yil o'tgandan keyin, Madinaga hijrat qilishganidan keyin bo'lib o'tgan. Oisha r.a. Rasululloh s.a.v. muborak honadonlariga kelin bo'lib keldilar. U kishini seplarini ichida qo'g'irchoqlari ham bor edi. Bir kuni Rasululloh s.a.v. uylariga kirsalar Oisha onamiz qo'g'irchoqlarini bir nechalarini kelinchak libosida kiyintirib, yana bir nechasiga qanot taqib qo'ygan edilar. Rasululloh s.a.v.:"Nega bularga qanot taqib qo'yding?" deb so'radilar. "Bular Sulaymon a.s.ning otlari", deb javob berdilar.
"U holda ularga qanot ne hojat?"deb so'radilar Rasululloh s.a.v.
"Sulaymon a.s. otlarining qanoti yo'qmidi?"dedilar Oisha r.a.
Rasululloh s.a.v. buni eshitib kulib qo'yaqoldilar. Oisha onamiz kelin bo'lgan bo'lsalarda hali hanuz bolalaikdagi havaslari ketmagan edi. U kishi hamon bolalardek beg'ubor edilar.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2006, 10:15:09
Suyukli va vafodor zavja.

Hazrati Oisha r.a. muborak honadonda aql,ilm va fikr jihatdan tez kamol topa boshladilar. Bir beka sifatida Rasululloh s.a.v. ning barcha hizmatlarini bajarar,kerak bo'lganda tasalli berar edilar. Oisha onamiz Rasululloh s.a.v.ning amallari va muborak so'zlaridan iloji boricha ko'proq narsani o'rganishga harakat qilardilar. Bu fazilatlari Oisha onamizni Allohning Rasulini s.a.v. eng suyukli zavjalariga aylantirgan sabablardan biridir. Hazrati Oishada ham ayollar tabiatiga hos rashkchlik va shunga o'hshash hissiyotlar bor edi. Oisha onamiz Rasululloh s.a.v.ning eng sevimli ayollari bo'lsalarda, lekin boshqa ayollardan u kishini rashk qilardilar.
Rasululloh s.a.v. ba'zi kechalarda Madina qabristonini ziyorat qilar, u yerdagi birodarlari haqqiga duolar qilar edilar. Shunday tunlarning birida Oisha onamiz uyg'onib yonlarida Rasululloh s.a.v.ni topmaganlaridan ancha qayg'ulandilar. Birozdan keyin qaytib kelgan u muborak zot Oisha onamizni hafa holda ko'rgach:"Nima bo'ldi senga, ey, Oisha?" dedilar. Oisha onamiz javob bermaganlaridan keyin:
- ey Oisha, shaytonga mag'lub bo'libsan,- dedilar.Shayton so'zi u kishini e'tiborlarini tortib:
- Yo Rasululloh s.a.v. mening ham shaytonim bormi?- dedilar.
Nabiy s.a.v:"Albatta, har bir kishining shaytoni bo'ladi", deb javob berdilar. Shunda Hazrati Oisha r.a:"Sizniki ham bormi?" Deb so'radilar.
"Ha,meniki ham bor,lekin men Allohning yordami bilan uni mag'lub etganman",- deb javob berdilar.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2006, 10:32:07
Rasululloh s.a.v. ning Oisha onamizga muhabbatlari shunchalik kuchli ekidi, natijada boshqa onalarimiz u kihsini rashk qila boshlashdi. Bu holni Rasulullohga s.a.v. bildirish uchun u kishini eng sevimli qizlari Fotimani r.a.  jo'natishdi. Rasululloh s.a.v. qizlarining so'zini tinglagach,
- Qizginam Fotima, men sevgan kishini siz ham sevmaysizmi?, dedilar.Shunda Fotima r.a.
-Albatta sevaman, Yo Rasululloh s.a.v.- dedilar.
- U holda Oishani sevishingiz kerak,- dedilar Rasululloh s.a.v. Fotima onamiz jim bo'lib qoldilar. Rasululloh s.a.v. so'zlarida davom etdilar:
- Oishadan hech qachon rashk qilmasinlar. Rabbimga qasamki, Oishadan boshqa hech kimlarining yotoqlarida menga vahiy kelmagan,- dedilar.
Bani Mustaliq g'azotidan qaytishayoptganda munofiqlar Oisha onamizni badnom qilish uchun u kishiga tuhmat qildilar. Bundan Rasululloh s.a.v. va musulmonlar chuqur iztirobga tushib qolishdi. Va nihoyat Oyatlar, Nur surasining 11-13 oyatlari nozil bo'lib, Oisha onamiz Allohning Kalomi guvohligida oqlandilar.
Oradan yillar o'tdi. Rasululloh s.a.v. yuz mingdan ziyod musulmonlar ila Vido hajini ado etdilar. Madinaga qaytganlaridan keyin betob bo'lib yotib qoldilar. Kasallilari kuchayganida esa Oisha onamizni honalarida qolish uchun boshqa ayollaridan ruhsat so'radilar. Boshqa ayollari rozi bo'lgach, to Yaratganga qovushgunlaricha Oisha onamiz bilan bo'ldilar. Osha onamiz u muborak zotni hizmatlarini a'lo darajada qilib, sevgi va vafoda o'rnak ko'rsatdilar. Rasululloh s.a.v. vafot etganlaridan keyin Oisha onamizning honalariga dafn qilinmoqni vasiyat qildilar. Oisha onamiz Rasululloh s.a.v. bilan to'qqiz yilga yaqin birga yashashgan.U kishini vasiyatlariga ko'ra muborak jasadlari Oisha onamizning honalariga dafn qilindi.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2006, 10:50:22
Hazrati Oisha r.a. ilmiy saviyalari va fazilatlari bilan alohida o'rinda edilar. Bir necha shogirdlar chiqarganlar. Shogirdlari Islom rivojiga katta hissa qo'shishgan. Eng qiyin masalalardagi hadislar Hazrati Oishadan o'rganilgan. Madinadagi eng ma'lum va mashhur yetti faqihdan biri bo'lganlar. Hadis rivoyat qilishda esa Abu Hurayradan keyin ikkinchi o'rindagi roviy hisoblanganlar. Ba'zi manbaalarda esa beshinchi o'rinda deyilgan, Vallohi a'lam.Nima bo'lganda ham u kishi rivoyat qilgan hadislari doimo sahih deb topilgan. U kihsi taqvoda, ibodatda, hayoda va boshqa eng ulug' fazilatlarda hammaga o'rnak bo'lganlar. Rasululloh s.a.v. u kishini honalariga dafn qilinganidan keyin u honaga yana bir muborak zot Oisha onamizning otalari Rasululloh s.a.v. sodiq do'stlari, Qiyomatda Payg'ambarlardan keyingi maqomni egallaydigan zot Abu Bakr Siddiq r.a. ham dafn qilindilar. Bundan bir nech yil o'tgandan keyin bu honaga Hazrati Umar r.a. ham dafn qilindilar. Odin bu honada ikki ulug' zot yotishganida Oisha onamiz hijobsiz o'tirar edilar. Umar r.a. dafn qilinganlaridan keyin esa doimo hijobda o'tirdilar. Buni sababini so'rashganida Oisha onamiz shunday javob berdilar:"Birinchi zot Rasululloh s.a.v. mening erim edilar,ikkinchi zot otam edilar shuning uchun hijobsiz o'tirar edim,lekin Umar r.a. qo'yilganidan keyin hijobsiz o'ltirishim joiz emas, chunki bu zot menga nomahramdir", deb javob berdilar. Shuning o'zi ham u zoti sharifani naqadar taqvodor va fasohatlik ekanlaridan dalolat beradi.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2006, 10:55:38
Vafotlari.

Hazrati Oisha r.a. hastalanganlarida Rasululloh s.a.v. ko'p ayollari dorulbaqoga rihlat qilgan edilar Oradan ko'p o'tmay Oisha onamiz ham bu dunyoda eng yaqin kishilari bo'lgan Muahmmad Mustafoga s.a.v. qovushdilar va Madinadagi Baqi' qabristoniga dafn qilindilar. Hazrati Abu Hurayra qabristondan qaytayotib ko'zlariga yosh olib shu unutilmas jumlalarni aytgan edilar:
- Alloh, Mo'minlarning onasi hazrati Oishani O'z rahmatiga olsin. Iffatli va sadoqatli bu zot ibratomuz bir hayot kechirdilar.
Mominlar onasi, Rasululloh s.a.v. eng sevimli zavjalari Oisha onamiz r.a.dan Alloh rozi bo'lgan bo'lsin va u zotni o'z rahmatiga olsin.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Laylo 21 Avgust 2006, 07:54:30
Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin!
Saodat asrining saodatli ayollaridan ibrat olish barchamizga nasib etsin!
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 21 Avgust 2006, 11:12:49
Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin!
Saodat asrining saodatli ayollaridan ibrat olish barchamizga nasib etsin!

Va alaykum assalam,Laylo!
Alloh sizdan ham rozi bo'lsin!
Alloh taolo hammamizni Ulug' Kunda
Saodat asri ayollari qatorida qilsin!
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 21 Avgust 2006, 13:10:38
Ummu Salama.(Hind binti Abu Umayya)r.a.

Ummu Salama o'z qavmining eng boy va jo'mard kishisi bo'lgan Suhayl ibn Mug'ira honadonida tug'ilgan. Uning otasi Suhayl jo'mardligi, karami va jasorati bilan mashhur bo'lgan. Suhayl "Yo'lovchilarning ozig'i"degan laqabini olgan. Buning sababi doimo safarga chiqqanda sherigiga ozuqa oldirmas, hammani ehtiyojini o'zi qondirar edi. Ummu Salama nomi bilan mashhur bo'lgan Hind ana shu oilada kamol topdi va shu yerda olgan yuksak ahloqiy tarbiyasi uning taqdirlanishiga va hurmat ko'rishiga sabab bo'ldi. U balog'atga yetganidan keyin, hammamizga Abu Salama nomi bilan tanilgan Abdfulasad ibn Abdulloh al-MAhzumiy bilan turmush qurdi. Soliha, vafoli va itoatli ayol bo'lgani uchun bahtli hayot kechirdi.
O'lik qalblarni tiriltirish uchun yer yuziga Islom nuri tushgan ilk kunlardayoq Abu Salama musulmon bo'ldi va unga ayoli Ummu Salama ham qo'shildi. Bu oila ilk musulmon bo'lgan oilalardan bo'lib, shuning uchun boshlariga juda ham ko'p musibatlar va balolar yog'ildi. Lekin ular sabr va matonat bilan hammasini yengib chiqishdi. Bunga Allohga va Uning Rasuliga bo'lgan cheksiz muhabbatlari sabab edi. Islom nuri ulardek fidokorlar bilan butun olamni oydinlatdi. Bu oila Habashistonga hijrat qilgan sahobiylar safida hijrat qilishdi. U yerda bir muddat bo'lishgach esa yana Nabiy s.a.v.ning oldilariga Makkaga qaytib keldilar.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 21 Avgust 2006, 13:32:58
Ilk musulmonlar qurayshiyliklardan ko'p jabru jafo ko'rib, bardosh berib bir qancha muddat Makkada qoldilar. Madinaga hijrat qilishga ruhsat bo'lganidan keyin ko'p sahobiylar Madinaga hijrat qilishni boshlagan edilar. Ular safida Abu Salamaning oilasi ham bor edi. Ular Makkadan yo'lga chiqishganida Ummu Salamaning qavmidan bo'lgan bir kishi ularning yo'lini to'sdi va Abu Salamaga:
- O'zingniku bizdan qutqararsan,lekin hotiningni bu yerdan olib ketishingga yo'l qo'ymaymiz, - dedi. Buni ko'rgan Abu Salamning qavmi esa:
- Agar siz bu ayolni eridan ajrtasangiz, o'g'limizni ham uni oldida qoldirmiaymiz,- deb Ummu Salamaning o'g'lini qo'lidan tortib olishdi. Shunday qilib uch kishilik oila uch tomonga ajraldi. Abu Salam Madinaga, Ummu Salama o'z qavmiga va o'g'illari Salama Abdulasad o'g'illarining qo'liga ketdi. Bu oilaning parokandaligi bir yil davom etdi. Bir yildan keyin Ummu Salamani qo'yib yuborishdi, o'g'lini ham qaytarib berishdi. Shunday qilib Ummu Salama o'g'lini olib Madinaga, erining oldiga yo'l oldi. Ummu Salama o'g'illari bilan tuyada yolg'iz Madinaga ketishar edi. Tan'im degan joyga kelishganida Usmon ibn Talhani uchratdi.  Usmon Ummu Salamaga:
- Ey, Abu Umayyaning qizi qayerga ketyapsan,- dedi.
- Madinada yashayotgan erimning oldiga ketayapman,- dedi Ummu Salama.
- Yoningda biror kishing  bormi?-  dedi Usmon.
- Alloh va shu farzandimdan boshqa hech kim yo'q,- dedi Ummu Salama.
- Vallohi, seni bu yerda yolg'iz qoldirmayman,- dedida, tuyaning no'htasini tutdi. To Madinaga yetib olgunlaricha ularga hamroh bo'ldi. Bu haqda Ummu Salama shunday hikoya qiladilar.
Alloh taologa qasamki, undan qadrliroq boshqa biron kishi bilan aslo orqadosh bo'lmadim. Tushadigan joyga kelganimizda, tuyani cho'ktirar, o'zi esa orqa tomonga o'tib ketar, men tushib olganimda keyin kelib tuyani bog'lab, o'zi esa mendan ancha masofa naruga ketib yotar edi. yo'lga tushadigan paytimizda yana shunday qilar edi. Toki Madinaga yetib kelgunimzcha shunday qildi.
Shu voqeadan ham ma'lum bo'ladiki, Saodat asri egalari nechog'lik Alloh uchun holis hizmat qilishgan va biz ulardan o'rnak olishimiz lozim.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 23 Avgust 2006, 12:19:36
Alloh yo'lida tarqalib ketgan oila yana Alloh yo'lida birlashdi. Abu Salama ayoli va o'g'lini katta hursandchilik bilan kutib oldi. Anchadan beri oila ustida suzib yurgan qora bulutlar tarqalib, uning o'rnini sevinch va hursandchilik keltiruvchi rahmat bulutlari egalladi.
Abu Salama Alloh yo'lida jang qiluvchilar safiga qo'shildi. Badrda qahramonlarcha jang qildi. Uhud tuprog'iga esa toza qoni to'kildi. Juda og'ir yaralangan edi,lekin Alloh unga shifo berdi. Rasululloh s.a.v. Asad o'g'illari ustiga yuborilgan qo'shinga uni amir qildilar. Ular musulmonlarning Uhudda yo'qotgan azamatlarini qaytarib olish bilan birga, ko'p mol va g'animatlarni qo'lga kiritishdi. Ammo bu jangda Abu Salamaning eski jarohati ochilib, ko'p qon yo'qotdi. Ahvoli og'irlashdi va bosh tomonida Rasululloh s.a.v. turganlarida abadiy dunyoga rihlat qilib shahid bo'ldi. Alloh u zotdan rozi bo'lsin.
Ummu Salama bu o'limni iymon to'la qalb va sabr bilan qarshi oldi. Alloh taoloning amriga bo'ysunib, eriga shahidlikni nasib qilganiga shukr qildi.
Abu Salamaning r.a. vafortidan to'rt oy o'tib Hazrati Abu Bakr r.a. Ummu Salamani r.a. so'rab keldilar. Lekin Ummu Salama rozi bo'lmadilar. Jihod va sharaf maydonlarida shahid ketgan buyuk kishilarni tul zavjalariga uylanib ularni nomuslarini ta'minotga olish arablarning odati edi. Shunday niyat bilan Hazrati Umar ham keldilar, lekin Ummu Salama buni ham rad qildilar. Bir kuni uyda yolg'iz o'tirganlarida erlari bilan bo'lib o'tgan suhbatni esladilar. Ummu Salama shunday degan edilar:"Eshitishimcha, jannat ahlidan bo'lgan bir kishi o'lib,uning ayoli boshqa turmushga chiqmasa, Alloh taolo u hotin bilan erini  jannatda birga qilar ekan. Huddi shu kabi hotin o'lsa erkak uylanmasa ham Alloh taolo ularni jannatda birga qilar ekan. Keling, siz bilan ahdlashaylik, mendan keyin siz uylanmang, sizdan keyin men turmushga chiqmayman".
Shunda Abu Salama:"Yo'q, men o'lsam sen turmush qurgin".dedilar va:"Allohim! Agar men o'lsam,mendan keyin unga mendan ham hayrlik er ato qil.U eridan hech ham hafalik va aziyat ko'rmasin", deya duo qildi.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 23 Avgust 2006, 13:06:19
Abu Salamadan hayrli zot.

Ummu Salama shularni o'ylab o'tirarkan, Rasululloh s.a.v. ichkariga kirishga izn so'radilar. Unga tasalli va taskin bermoqchi edilar. "Bu musibarda senga ajr va ehson berishini va hayrliroq er berishini duo qilib Allohdan tila..." dedilar. Ummu Salama yig'lab shunday dedilar:"Abu Salamadan hayrliroq kim bo'lishi mimkin, ey, Allohning Rasuli".
Nabiy s.a.v. uning bu so'zlarini o'ylay boshladilar va bu ayolni g'am ichida yolg'iz qoldirmaslik lozimligini angladilar. Natijada Allohdan unga bir ikrom bo'lishi, darajasining yuksalishi va tasalli topishi uchun Rasulullohga s.a.v. Ummu Salamani ham mo'minlar onalari safiga qo'shish uchun amr keldi.
Alloh taolodan Ummu Salamaga uylanish amri kelganida Rasululloh s.a.v. Xatib ibn Baltaani r.a. uning uyiga sovchi qilib yubordilar. Ammo Ummu Salama:"Rasulullohga s.a.v. Allohning salomi bo'lsin... Ammo unga mening yoshim o'tganligini, yetim go'daklarim borligini va buning ustiga juda rashkchi ekanligimni ayting", dedilar. Rasululloh s.a.v. shu gaplarni aytib yana sovchi yubordilar:"Yoshi o'tganiga kelsak, mening yoshim unikida kattaroq, kishining o'zidan yoshi ulug'roq kishi bilan turmush qurishi ayb emas. Yetimlar esa Alloh taologa va Uning Rasuliga oiddir. Juda ham rashkchiligi hususida esa men Alloh taologa undan bu hisni olishi uchun duo qilaman".
Ummu Salamaning valiyi Umar ibn Abu Salama edi. Rasululloh s.a.v. unga mahr o'laroq o'n dirham qiymatida mol berdilar. Bular ichida hurmo yaprog'i solingan ko'rpa, qozoncha, toboq va tegirmon bor edi.
Rasululloh s.a.v., hufton namozidan keyin Ummu Salamadan r.a. boshlab  zavjalarining huzuriga kirib chiqardilar. Chunki, Ummu Salama r.a. mo'minlar onalarining eng yoshi ulug'i edilar. Ummu Salamaning r.a. honasiga birinchi kirishlari unga ko'rsatgan ikromlari edi.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 26 Avgust 2006, 10:26:19
Soliha ayol!

Ummu Salama voqealarni nihoyatda chuqur o'ylab, oqilona qaror beradigan aqlli ayol edilar. Shu sababli Rasulullohning s.a.v. boshqa ayollari bilan tez til topishib ketdilar. Bundan tashqari Rasululloh s.a.v. qoshlarida u zotni ulug' bir mavqelari bor edi. Hudaybiya sulhi kuni bir hodisa sodir bo'ldi.
Quraysh elchilari bilan tinchlik shartnomasi tuzilgach, Rasululloh s.a.v. ashoblariga qurbonliklarni so'yishni va soch oldirishni buyurdilar. Ashoblar shartlarini og'ir deb bilgan bu sulhni vahiy bilan bekor qilinishiga umid qilib, Rasululloh s.a.v. buyurgan ishlarni bir muddat bajarmadilar. Rasululloh s.a.v. uch marta takrorlagach hech kim bajarmaganini ko'rib hafa bo'ldilar va Ummu Salamaning oldiga kirib ketdilar. Ahvolni unga tushuntirdilar. Ummu Salama:"Yo, Rasululloh s.a.v. ashobingiz bu vazifalarni bajarishini istaysizmi?Chiqing, hech kimga gapirmasdan qurbonlikni so'ying, sartaroshni chqiring, sochingizni olsin", dedilar. Rasululloh s.a.v. ham buni to'g'ri deb topdilar. Bunday qilish ashoblarni harakatga tushirish uchun bir fe'liy tashviq edi. Chunki ashoblar hammalari Rasulullohni s.a.v. juda sevishar va u zot uchun jonlarini berishga ham tayyor edilar. Allohning Rasuli o'rnidan turib, Ummu Salamaning r.a. oldidan chiqdilar va u zot aytganlaridek qildilar. Buni ko'rgan ashoblar ham qurbonliklarni so'ydilar va sochlarini oldirdilar.
Bunga o'hshash juda ko'p holatlarda Ummu Salama r.a. juda to'g'ri va foydalik fikr berardilar. Ummu Salama r.a. Rasululloh s.a.v. aytgan so'zlarini eslab qolib hadislar rivoyat qildilar. U kishi hotirasi juda kuchli tinglovchi va ishonchli roviy edilar.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 26 Avgust 2006, 10:57:38
Mo'minlar onasi Rasululloh s.a.v. vafotlaridan keyin sodir bo'lgan har bir hodisani diqqat bilan kuzatib bordilar. Insonlar va ularni idora qiluvchi halifa va voliylarning to'g'ri yo'ldan adahmasliklari uchun harakat qildilar.Tarixchilarning yozishicha, bir kuni Ummu Salama r.a. halifalikni qabul qilib olgan Usmon ibn Affon r.a. oldilariga kirib u kishiga nasihat qildilar.
"Ey, o'g'lim, menga nima bo'lyaptiki, odamlarning sendan uzoqlashib, himoyangdan chiqayotganini ko'ryapman. Rasululloh s.a.v. yo'llaridan boshqa yo'lda hayr qidirma. U zot o'chirgan o'tni yoqma. Do'stlaring Abu Bakr va Umar r.a. yo'llariudan yur. Ular ishni mahkam ushladilar va aslo zulm qilmadilar. Bir ona sifatida nasihat qilyapman.Bu maning haqqim, vazifam. San ham itoat qilishing lozim".
Usmon ibn Affon r.a:"Albatta, sen aytding, men tingladim. Sen tavsiya qilding, men ham albbata qabul qildim", dedilar.

Muoviya ibn Abu sufyon halifa bo'lgach insonlarni bay'at qildirish uchun Busr ibn Abu Ertani Madinaga yubordi.Busr:"Jobir kelmaguncha hech bir Bani Salamalikning bay'atini qabul qilmayman", dedi. Yoshi ulug'ligiga qaramay, Ummu Salama Jobirga:"Bay'at qil, men bu bay'atning yomonligini bilsam ham, birodarimning o'g'li Abdulloh ibn Zam'aga qoni va molini saqlash uchun bay'at berishini aytdim", dedilar.

Minbarlarda Hazrati Aliga r.a. la'nat o'qish buyurilganida,Ummu Salama r.a. Muoviyaga odam yuborib, shunday dedilar:"Siz Ali ibn Abu Tolib va uni sevganlarni la'natlash bilan minbarlarda turib Alloh va Uning Rasulini la'natlayotganingizni biling.Men shahodat beramanki, Alini r.a. Alloh taolo va Rasuli sevadi".
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 26 Avgust 2006, 11:06:16
Vafotlari.

Ummu Salama r.a. mo'minlarning onasi edilar. Tili bilan ularni zulmdan saqlashga harakat qilar, imkon boricha davlat odamlarni zulm qilishdan qaytarar edilar.
Hijratning 59-yili Zulqa'da oyida ko'ngillari behuzur bo'la boshladi va Alloh taolo u kishidan, u kishi ham Alloh taolodan rozi holda jon taslim qildilar. Janozalarini Abu Hurayra r.a. o'qidilar. Baqi' qabristoniga dafn qilindilar. Vafot etganlarida 84 yoshda edilar.
Ummu Salama r.a. vafodor zavja, sabrli mujohida, buyuk olima, ishonchli roviy,hullas, Haq yo'lida bayroqdor edilar.
Alloh taolo Ummu Salama onamizdan rozi bo'lsin. Amiyn.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 27 Avgust 2006, 08:56:06
Ummu Habiba binti Abu Sufyon.(Mo'minlar onasi)

Asl ismi Ramla bo'lgan Ummu Habiba hijratdan 25yil avval, ya'ni, Rasulullohga s.a.v. risolat mas'uliyati tushishidan 13yil oldin, Abu Sufyon oilasida tug'ildi. U nasl-nasabi yuksak, juda boy va go'zal qiiz edi. Hammaning ko'zi unda, makkalik yigitlarning har biri unga uylanishni orzu qilardi. Uning go'zalligi qurayshiylar ichida otasini obro'sini yanada ko'tardi. Ramlaga uylanishni hohlovchilar ichida Ubaydulloh ibn Jahsh sharafli qavmga mansub, yuksak mavqe sohibi va juda kelishgan yigit edi. Bundan tashqari diniy ilmlarga ham juda rag'batli edi. Nasroniy Varaqa ibn Navfaldan sira ajralmas edi. Varaqa johiliyat davridayoq butlardan yuz o'girgan edi. Abu Sufyon barcha so'raganlar orasidan Ubaydullohni tanladi va qizini unga berdi. Ramla porloq fikr va aql sohibasi, bilimdon va madaniyatli ayol edi. Eri Ubaydulloh hamma masalada unga murojaat qilar, uning fikrini bilishni hohlardi.
Kunlar shunday o'tardi.... Hazrati Muhammadga s.a.v. payg'ambarlik tushganda, Ubaydulloh ustozi Varaqa ibn Navfaldan eshitgan hikmatli so'zlar ta'sirida Rasulullohning s.a.v. nubuvvatlariga iymon keltirdi. Ammo bu iymon yuzaki edi.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 27 Avgust 2006, 09:04:45
Ubaydulloh bilan zavjasi Ramla ham Habshistonga hijrat qilishdi. Lekin Najoshiy vataniga oyoq bosar bosmas Ubaydulloh yana nasroniylikka qaytdi. Bir kuni Ramla juda ham dahshatli tush ko'rdi. Tushida erini g'alati bir qiyofada - oydin yuzli bo'lganidan keyin qop-qora, go'zal bo'lganidan keyin chirkin qiyofada ko'rdi. Bunday tushning yomonligidan Allohdan panoh tiladi. Ramla o'z ishlari bilan kuymalanashib yurganida Ubaydulloh nasoro bo'lganini bildirdi va uni ham nasroniylikka chaqirdi. Ramla bu taklifni rad qildi. Kechqurun ko'rgan tushining ma'nosini endi tushundi. Tushini eriga aytib, iymon va Islomda qolishga chaqirdi. Ubaydulloh esa qabul qilmadi. Hatto musulomnlarning yoniga borib:"Biz haqiqatni topdik, siz endi ko'rishga harakat qilyapsiz. Bundan so'ng ko'rolmaysiz", dedi. Ubaydulloh murtad bo'lgach, ichkilikka ruju' qo'ydi, ohir oqibat shu holda o'lib ketdi.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 27 Avgust 2006, 09:27:26
Ramla hijrat yurtida ikki qayg'u orasida yashadi. Biri vatanidan ajralishi bo'lsa,ikkinchisi beva qolishi. Ammo u mustahkam iymoni tufayli bu musibatlarga chiday oldi.
Rasululloh s.a.v. Madinaga hijrat etganlaridan keyin qo'shni davlatlarning hukmdorlariga maktub yo'llab, ularni Islomga chaqirdi. Bunday maktubni Najoshiyga Amr ibn Umayya ad-Damriy olib bordi. Rasululloh s.a.v. maktubda Najoshiyni musulmonchilikka chaqirib, Ramlani o'zlariga so'ratgan edilar. Najoshiy ikki taklifni ham qabul qildi. Va Abraha ismli bir joriyani bu hushhabarni Ramlaga yetkazish uchun yubordi. Abrahaning so'zlarini eshitgan Ramla hursandchiligini yashirib ham o'tirmadi:
- Alloh sening hayringni bersin,- dedi.
G'urbatda qolgan tul ayol uchun Rasululloh s.a.v. o'zlariga so'ratishlaridan ham hayrliroq nima bo'lishi mumkin?
Ramla to'y masalalarini oydinlashtirish uchun Xolid ibn Said ibn Osga vakolat berdi. O'sha oqshom Najoshiy musulmonlarni saroyga chaqirib shunday dedi:
- Muhammad s.a.v. menga bir maktub yozib, Ramla binti Abu Sufyonni o'ziga nikohlashimni so'rabdi. Men uning hohishini bajo keltiraman va Ramlaga 400 dirham mahr beraman,- dedi.
So'ngra mahrni yig'ilganlarning oldiga to'kdi. Shu payt Ramlaning vakili Xolid ibn Said o'rnidan turdi va:
- Allohga hamd bo'lsin, Undan boshqa iloh yo'qligiga shahodat beraman. Muhammad s.a.v. Uning to'g'ri yo'lga boshlovchi qilib, butun dinlar ustiga Haq din qilib yuborgan quli va Rasulidir. Men ham Rasulullohning s.a.v. istagini qabul qildim va Ramlani unga berdim. Alloh taolo Rasuli uchun muborak qilsin.
Dinorlar Xolidga berildi. Haloyiq tarqalmoqchi bo'lganida Najoshiy:
- O'tiringlar, uylanayotganda kelganlarga taom berish payg'ambarlarning sunnatidir,- dedi.
Taomlar keltirildi. Mehmondorchilik tugagach, duodan so'ng hamma tarqaldi....
Rasululloh s.a.v. bu nikohdan buyuk hikmat va yuksak maqsadlari bor edi. Birinchidan, g'urbatda qolgan beva Ramlaga yordam berish bo'lsa, ikkinchidan o'zlarining va dinning katta dushmani Abu Sufyon ibn Harb ibn Umayya ustidan g'alaba qilish edi. Abu Sufyon bu nikohni eshitgan payti:"Bu odamning burni yerga tegmaydi", degani rivoyat qilingan.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 27 Avgust 2006, 09:59:34
Muhojirlar uzoq ayriliqdan keyin Habshistondan qaytishdi. Bu voqea Haybar fath etilgan kunga to'g'ri keldi. Rasululloh s.a.v. shunday deb shukronalik keltirganlari rivoyat qilinadi.
- Qaysi biridan quvonay:Haybar fathidanmi,Navfalning qaytishidanmi?
Habashistondan kelganlar orasida Ramla ham bor edi...
Ummu Habibaning vafodor, iymonida sobit ekanini va dinga sadoqatini ko'rsatuvchi bir hodisa bo'ldi.
U bir iymonli ayol, buning ustiga Rasulullohning s.a.v. zavjasi... Ikkinchi yoqdan otasi haybat va hurmat-e'tibor sohibi,lekin kofir va mushrik... Taqdirda otasi Abu Sufyon bilna ham yuzma-yuz kelish ham bor ekan....
Hudaybiya sulhini birinchi bo'lib Qurayshning ittifoqchilaridan bo'lgan Bani Bakr buzdi. Shundan keyin Rasulullohga s.a.v. ittifoqchi bo'lgan Xuzo'a o'g'illaridan biri yordam so'rab keldi. Rasululloh s.a.v. unga yordam berishga va'da berdilar va ishonch bildirdilar. Qurayshning raisi ish nima bilan tugashini tushunib yetdi. Darhol Rasululloh s.a.v. bilan sulhni mustahkam tutish maqsadida Madinaga yo'l oldi. Madinaga kelgach, Rasululloh s.a.v. bilan o'rtalarida vositachilik qilishni so'rab qizi Ummu Habibaning r.a. oldilariga kirdi. Endi o'ltirmoqchi bo'lganida qizi ko'rpachani taxlab olib qo'ydi. Abu Sufyon:
- Ey, qizim, meni ko'rpachaga loyiq ko'rmayapsanmi yoki uni menga loyiq ko'rmayapsanmi?- deya so'radi.
- Sizni ko'rpachaga loyiq ko'rmayapman. Rasululloh s.a.v. ko'rpachalarida mushrik kishi o'ltirishini hohlamadim.
- Vallohi, senga bir yomonlik yetganga o'hshaydi, qizim.
- Yo'q, aksincha, Alloh taolo meni hidoyatga boshladi.Ey,ota, siz Qurayshning sayyidisiz. Qanday qilib ko'rmaydigan va eshitmaydigan butlarga ibodat qilasiz?Nima uchun Islomni qabul qilmaysiz?
Ummu Habiba faqat Alloh va Uning rasulini sevishini aytishi bilan birga, otasining saltanat va azamatidan qo'rqmay,uning iymon va kufr orasidagi o'rnini jasorat bilan tanitgan edi.
Otasi bu so'zlarni eshitib, g'azabi keldi. Jahl bilan ko'chaga chiqdi va Rasululloh s.a.v. huzurlariga bordi. Hazrati Payg'ambar s.a.v. uni rad qildilar va tarfkashligini qabul qilmadilar. oqibat Abu Sufyon hech qanday natijaga erisha olmay Makkaga qaytib ketdi.
Rasululloh s.a.v. Ummu Habiba r.a. bilan otasi o'rtasidagi suhbatni bilgach unga yanda hurmatlari oshdi. Dinga va Payg'ambar ahliga hurmat ko'rsatgani o'laroq,uni yanada ko'proq ikrom qildilar.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 27 Avgust 2006, 10:13:04
Rasululloh s.a.v. vafotlaridan keyin Ummu Habiba honayi saodatda qoldilar. U kishini butun musulmonlar e'zozlashar va hurmat ko'rsatishar edi. Bu hurmatning sababi Payg'ambarimizga bo'lgan ulug' bir sadoqatlaridan edi. Halifalar  u ksihini ziyorat qilishar, ro'zg'orga qarashishar va kerakli yordamalrini berishar edi.Qanchlik fitnalar zuhur qilsa ham, Ummu Habiba na so'z, na f'el bilan birortasiga qo'shilmadilar. Aksincha, musulmonlarni bir safda va yagona din yo'lida birlashishga, Allohga bog'lanib, Uning mustahkam arqonidan ushlashga chaqirar edilar. Ummu Habiba r.a. o'ta dono, vazmin va jiddiy ayol edilar. Rasulullohdan s.a.v. eshitgan ko'plab hadislarni rivoyat qilganlar va Islomiy ilmning rivojlanishiga hissa qo'shganlar.

Ummu Habiba r.a. faqat namoz uchun uydan chqardilar. Madinani faqat haj maqsadida tark qilganlar. Hijratning 44-yili og'ir kasal bo'lib qoldilar. Oradan ko'p vaqt o'tmay, 70 yoshlarida boqiy dunyoga rihlat qildilar. Baqi' qabristoniga dafn qilindilar. Alloh taolo Ummu Habiba onamizdan rozi bo'lsin, u zotni muborak, mavqrlarini ulug' qilsin. Amiyn.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 29 Avgust 2006, 10:06:37
Mo'minlar onasi Hazrati Maymuna r.a.

Hazrati Maymunaning Islomga kirishlari din uchun ham musulmonlar uchun ham hayr va barakot vasilasi bo'ldi.Chunki uning musulmon bo'lishi uzoq yillardan beri Islomga qarshi urush e'lon qilgan kishilardan jaholat pardasini ko'tardi,kibr to'la qalblarini tozaladi.
Hazrati MAymuna r.a. Rasululloh s.a.v. uylangan eng so'nggi ayoldir.U Payg'ambar s.a.v. honadonida yashagan qisqa davrda ko'ngilga og'ir botadigan biror ish sodir bo'lmagan. Hazrati Payg'ambarimizning s.a.v. vafotlaridan keyin u kishining butun hayoti, Rasululloh s.a.v. hotiralariga hurmat va taqvo bilan yashashning go'zal ramzi bo'ldi.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 29 Avgust 2006, 10:14:09
Nasablari.

Mo'minlar onasi Hazarti Maymuna r.a. qurayshning obro' e'tiborli kishilaridan bo'lgan Horis ibn Hilolning qizi bo'lganlar. Onalari Makkaning fazilat va yuksak nasab bilan mashhur bo'lgan ayollaridan biri Hind binti Avf bo'lib, Xolid ibn Validning holasi edi.
Maymunaning r.a. Ummul Fazl va Salma ismli qiz qardoshlari bor edi. Nabiyning r.a. amakilari Abbos ibn Abdumutallib r.a. Ummul Fazlga, Shahidlar sardori bo'lgan Hamza ibn Abdumutallib r.a. Salmaga uylangan edilar. Shu bois Abdumutallib ibn Hoshim o'g'illari bilan Hazrati Maymunaning opa singillari o'rtasida avvaldan juda mustahkam qarindoshchilik rishtalari bor edi.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 29 Avgust 2006, 10:29:55
Tug'ilishlari.

Maymuna Nabiyning s.a.v. payg'ambar bo'lishlaridan olti yil avval Makkada tug'ilganlar. Islomiyat kelganida ham yahshi yomonni ajrata olmaydigan yosh qizcha edilar. Johiliyat davrida tug'ilganlari bois o'zlari yasab olgan butlarga sigh'ingan ota-onani tarbiyasini olib, buzuq e'tiqod ta'sirida o'sib ulg'aydilar. Ammo u kishi payg'ambar, vahiy degan narsalar haqida eshitar va ularni tushunishga harakat qilar edilar.
Balog'atga yetgach uni Makkaning ko'zga ko'ringan yigitlaridan biri bo'lgan Mas'ud ibn Amrga uzatdilar. Maymuna Abbos ibn Abdumutallibning zavjasi bo'lgan opalari Ummu Fazlning oldilariga tez-tez borib turardilar. Opalaridan musulmonlar, g'azot, Badr va Uhud haqida eshitar va bular unga boshqacha ta'sir qilar edi.
Haybar G'azotidan keyin muslmonlarning g'olib bo'lganlarini eshitib Hazrati Maymunaning boshlari osmonga yetdi. Bu habarni u zot opalarining uyida eshitdilar. Hursand bo'lib o'z uylariga qaytib kelsalar erlarining hafa holda topdilar. Maymunaning hursand holda ko'rgan erlarining jahli chiqdi. U bilan tortishib qolishdi va ohir oqibat uni tark qilganini aytdi. Maymuna ham ortiq uning oldida qolmay, yana pochchasi Abbos ibn Abdumutallibning uyiga ketdi.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 29 Avgust 2006, 10:41:25
Hudaybiya sulhi tuzilganiga bir yil to'lgach, Rasululloh s.a.v. ashoblari bilan umra ibodatini bajarish uchun Makkaga keldilar. Nihoyat uzoq yillardan buyon ko'rish istagida intizor bo'lganlari, ular uchun eshiklar yopilgan Makka ko'rindi. Uni ko'rar-ko'rmas hamma yoqni musulmonlarning "Labbayka Allohumma labbayk...."dagan ovozlari tutib, butun zaminni larzaga keltirdi. Musulmonlar ulug'vorlik va haybat bilan Rasululloh s.a.v. atroflarini o'rab olgan edilar. Mushriklar Makkani tark qildilar. Chunki ular Muhammad s.a.v. va ashobi chorasiz kishilardek necha yillar oldin qorong'u tunda Makkani tark etganlaridan keyin, quvvatli va haybatli ko'rinishda, kechqurun emas, kuppa kunduzi shaharga bemalol kirib kelishlarini tasavvur ham qila olmagan edilar. Makkada faqat bir necha kishi, Alloh taologa iymon keltirgan ayollar qolishgan edi.
Maymuna r.a. musulmon bo'lgan, ammo iymonini yashirin tutib yurgan edilar. Rasululloh s.a.v. Makka ufqlaridan ko'tarilgach u jasoratlanib, Allohga iymon keltirganini hammaga bildirdilar. 
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 29 Avgust 2006, 10:52:53
Bu hayrli hodisadan keyin Hazrati Maymuna Rasulullohga s.a.v. zavja bo'lish maqsadida pochchalari Abbos ibn Abdumutallibni r.a. elchi qildilar. Rasululloh s.a.v. uning istagini qabul qildilar va unga 400dirham mahr berdilar. Hudaybiya sulhida ko'rsatilgan uch kun muddat tugadi. Mushriklar Rasulullohga s.a.v. elchi yuborib:"MAkkada qolish vaqting tugadi, endi chiqib ket", dedilar. Rasululloh s.a.v. kulimsiradilar va:"Meni o'z holimga qo'ying. Undan ko'ra bir to'y qilib siz uchun taom hozirlatsam va to'yimga siz ham kelsangiz bo'lmaydimi?", dedilar.
To'y uchun dasturhon tuzaldi. Qurayshning ulug'lari bu taklifni qabul  qilmadilar.
- Sening amalingga bizning ehtiyojimiz yo'q,- dedilar. Ular bu gaplarini Rasulullohning s.a.v. Makkada uch kundan ortiq qolishlaridan qo'rqishganini yashirish uchun aytdilar. Chunki Rasulullohning s.a.v. bu yerda uzoq muddat bo'lishlari kishilarga ta'sir qilishi mumkinligidan qo'rqishar edi. Masalan Hazarti MAymuna r.a. shuncha paytdan beri yashirib kelgan iymonlarni oshkor qilganlari, buning ustiga Rasulullohga s.a.v. zavja bo'lganliklari. Bular hammasi mushriklarning g'azabini keltirar edi.
Nabiy s.a.v. ushbu to'yda Hazrati Maymunga uylanganliklarini e'lon qildilar. Ammo Hudaybiya sulhiga amal qilib, darhol Madinaga qaytishni amr qildilar.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 29 Avgust 2006, 12:09:10
Makkadan chiqayotganlarida Hazrati Maymuna r.a. hayqirib qurayshiylarni musulmon bo'lishga chaqirdilar. U kishining ovozlari qurayshiylarga kuchli ta'sir qildi. Xolid ibn Valid va shunga o'hshash qurayshiylarning Islomga kirishiga sabab bo'ldi. Shundan keyin Xolid ibn Valid Amr ibn Os bilan birga Madinaga borib RAsulullohga s.a.v. bay'at berdilar. Ularning musulmon bo'lishlari bilan Islom yanada quvvatlandi. Hazrati Maymunaning da'vatlari bulardan tahsqari yana boshqalarni ham Islomga kirishlariga sabab bo'ldi.
Maymuna r.a. Madinaga kelganlaridan keyin Rasulullohning s.a.v. pokiza honadonlarida qadrli zavja bo'lib yashadilar. Musulmonlar uchun esa fazilatli ona bo'ldilar. Itoatli, samimiy, vafodor ayol sifatida zavjalik vazifalarini ado etdilar. Nabiy s.a.v. bu ayollariga Hamza ibn Abdumutallib r.a. beva qolgan opalari Salma bilan birga yashashga izn berdilar. Keyinchalik esa ularning turmush qurmagan singillari Umara ham shu honadonda qoldi. Nabiyning  s.a.v. katta qizlari Hazrati Zaynab vafot etganlarida Maymuna hali 25yoshda edilar. U kishi Rasulullohga s.a.v. tasalli berib,imkoni boricha dardlariga malham bo'lishga harakat qildilar.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 29 Avgust 2006, 12:15:48
Rasululloh s.a.v. vafotlaridan keyin Hazrati Maymuna r.a. uzoq yillar omon yashadilar. Odam o'g'illarining sayyidi,hidoyat elchisi va insoniyatning muallimi bo'lgan Muhammad Mustafoning s.a.v. hotiralarini hurmat qilib ellik yilcha umrini taqvo bilan o'tkazdi. U kishing Rasulullohga s.a.v. muhabbatlari shu qadar samimiy ediki, vafot etganlaridan keyin, turmush qurishgan joyga dafn qilinishlarini vasiyat qildilar. Shunga ko'ra u kishi Sarafga dafn qilindilar.(Makkada o'tgan to'ydan keyin Hazrati Maymuna RAsululloh s.a.v.bilan birinchi marta Sarafda ko'rishishgan edilar)
Alloh taolo Hazrati Maymuna onamizdan rozi bo'lsin.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 29 Avgust 2006, 19:15:02
Mo'minlar onasi Hafsa binti Umar ibn Hattob.

Hazrati Hafsa r.a. bilimli, yuksak ahloqli,irodasi mustahkam, sadoqatli bir sayyida ayol edi. U hijratning uchinchi yili Rasulullohga s.a.v. oilalariga qo'shilib,mo'minlar onasi bo'lish sharafiga erishdi.
Hafsa r.a. payg'ambarlik kelishidan besh yil avval Makkada tug'ildilar. Otalari Islom tarixida adolatli halifa nomini olgan, Rasulullohning s.a.v. sevimli va eng yaqin ashoblaridan bo'lgan, Umar ibn Hattob r.a.Onalari esa Zaynab Usmon ibn Maz'unning singlisi edi. Hafsa r.a. otalari bilan birga Makkada musulmon bo'lganlar. Ashobdan Hunays ibn Hazofa r.a. bilan oila qurganlar. Ilk musulmonlar safidan joy olgan bu bahtli oila Habashistonga,keyinchalik esa Madinaga hijrat qiligan. Hunays r.a.Badr va Uhud g'azotidfa ishtirok etgan. Har ikki jihodda mardonavor jang qilgan.Uhudda qattiq yaralangan Hunays Madinaga qaytgach shahodat sharbatini ichgan. Hazrati Hafsa juda ham yoshliklarida tul qolganlar.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2006, 08:24:42
Hazrati Umar r.a. qizining beva bo'lib qolishini hohlamas edilar. Bir ota o'laroq, qizlarini solih bir kishiga uzatishni niyat qilardilar. U kishi bu masalani juda ko'p o'yladilar. Hazrati Hafsaning iddasi tugagach, Hazrati Usmonning r.a. oldilariga bordilar. Chunki Hazrati Usmon o'sha paytda yolg'iz, zavjalari, Rasulullohning s.a.v. qizlari Ruqayya vafot etgan edilar.  Usmon ibn Affonning r.a. oldilariga borib Hafsaga uylanishni taklif qildilar. Usmon r.a. bu haqda o'ylab ko'rishi kerakligini aytib, bir nech kun muddat so'radilar. Oradan bir nech kun o'tib, Hazrati Usmon r.a. Hazrati Umarga r.a. uzrlarini aytib, hozir uylana olmasliklarini aytdilar. Bundan keyin Hazrati Umar bu taklif bilan Hazrati Abu Bakrning r.a. oldilariga ham bordilar. Lekin Hazrati Abu Bakr indamadilar. Hatto bir og'iz so'z ham aytmadilar. Bu hoilatdan Hazrati Umar r.a. hafa bo'ldilar. Hazrati Umar r.a. ikki do'stidan ijobiy javob ololmagach, Rasululloh s.a.v. oldilariga bordilar. Va shunday dedilar:
- Yo, Rasululloh!Men Usmonga hayronman, Hafsani unga nikohlab bermoqchi bo'ldim,u esa rozi bo'lmadi. Abu Bakr esa bir so'z ham demadi...
Ikki jahon quyoshi Rasululloh s.a.v. tabassum qilib:
- Yo, Umar! Hafsa Usmondan,Usmon esa Hafsadan hayrliroq bo'lgan birisi bilan oila quradi,- dedilar.
Hazrati Umar r.a. butunlay hayol ichida qoldilar. Usmondan ham hayrliroq kuyov kim bo'lishi mumkin?Shu tariqa bir nech kunni o'tkazdi. Bir kuni Rasululloh s.a.v. Hafsani o'zlariga so'rab keldilar va Hazrati Umarga r.a:
- Sen qizing Hafsani menga nikohla, Men esa qizim Ummu Gulsumni Usmonga nikohlayman,- dedilar.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2006, 08:39:05
Bu habardan Hazrati Umarning r.a.boshlari ko'kka yetdi. Rasululloh s.a.v. bu habar bilan Hafsani o'zlariga nikohlash Allohning amri ekanligini bildirgan edilar. Qisqa fursat ichida to'y taraddudlari tugadi. Hijratning uchinchi yili, Sha'bon oyida hazrati Hafsa eng ulug' zotga nikohlanib, mo'minlar onasi bo'lish bahtiga sazovor bo'ldilar.
Rasululloh s.a.v. bu tashabbuslari bilan uch ulug' ashoblari o'rtasidagi do'stlik birodarlikni yanada mustahkamladilar. Hazrati Abu Bakrning r.a. va Hazrati Umarning r.a. qizlariga uylanib, har ikkisini Mo'minlar onasi bo'lish bahtiga musharraf etdilar.
Hazrati Hafsa r.a. Rasulullohning s.a.v. muborak honadonlariga Savda va Oisha onalarimizdan keyingi kelin bo'lib keldilar. Saodat uyiga kelganlarida u kishi 20yoshlarda edilar. Savda onamiz Oisha onamiz kabi Hafsa onamizni ham ko'ngil hotirjamligi bilan qabul qildilar. Hafsa yosh bo'lishlariga qaramay oqila, otalari kabi bir so'zli edilar. Honayi saodatda bu ikki yosh onalarimiz Rasulullohga s.a.v. hizmat qilishda go'yo, musobaqalashayotgandek g'ayrat qilar edilar. Juda yuksak darajada sevgi-hurmat ko'rsatishar edi. Rasululloh s.a.v. bu ikki yosh zavjalari ikki aziz birodarlarini qizlari bo'lgani uchun ham imkon boricha sabr toqat bilan munosabatda bo'lar, ayollik zaifatlarini, yoshliklarini hisobga olib, yanada marhamatli, yanada shafqatli muomalada bo'lar edilar. Lekin barchalari ahli bashar emasmi, og'ir kinlar ham bo'lib turardi.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2006, 09:01:43
Hazarti Hafsa r.a. tabiatan qattiqqo'l edilar. Hazrati Oisha u kishini shunday ta'riflaganlar:"Hafsa tom ma'noda otasini qizidir. Mustahkam irodasi bor. Bir so'zli va qat'iyatli".
Bir kuni Rasuli Akram s.a.v. Hafsa onamizning oldilarida Hudaybiyada bay'at berganlarni eslab:
- Inshaalloh, Hudaybiyada bay'at berganlar jahannamga kirmaslar,- deya marhamat qildilar.
Hafsa r.a. esa:"SIZLARDAN HAR BIRINGIZ UNGA(JAHANNAMGA)TUSHGUVCHIDIRSIZ. BU PARVARDIGoRINGIZ (AMRIGA BINOAN) VOJIZ BO'LGAN HUKMDIR",(Maryam, 71) oyatini o'qidilar. Rasululloh s.a.v. unga:"SO'NG TAQVODOR BO'LGAN ZOTLARNI (UNDAN)QUTQARURMIZ VA ZOLIM KIMSALARNI TIZ CHO'KKAN HOLLARIDA JAHANNAMDA QOLDIRURMIZ",(Maryam,72)oyatini o'qib javob berdilar.

Hazrati Hafsa r.a. ibodatda mustahkam edilar. Juda ko'p namoz o'qir, nafl roza tutardilar. U kishining hayotlari ham boshqa onalarimiz kabi faqirlikda o'tdi. Yotoq o'rnida foydalanadigan birgina shochalari bor edi. Yoz kunlari taglariga to'shar, qishda esa bir tarafini ostlariga bir tarafini esa ustilariga yopar edilar. Ko'pincha yeyishga non ham topa olmas, lekin hech qachon bu holatlaridan shikoyat qilmas edilar. Doimo shukrda va ibodatda turar edilar. U kishi Rasulullohga s.a.v. sadoqat va muhabbat bilan bog'langan edilar. O'zlariga hadya qilingan narsalarni yeb ichmasdan Rasulullohga s.a.v.ikrom qilardilar. U muborak zotmni o'z nafslaridan yuksak va afzal bilardilar.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2006, 09:09:16
Hazrati Hafsa r.a. Fahri Koinotning s.a.v. vafotlaridan keyin ham munim hizmatlarni ado etdilar. Hazrati Abu Bakr davrida Qur'oni Karim oyatlari bir joyga to'planib Mushaf holiga keltirilgan edi. Hazrati Abu Bakr va Hazrati Umar r.a. vafotlaridan keyin bu Musahafi Sharif Hafsa onamizga topshrildi. Hazrati Hafsa r.a. uni sadoqat blan muhofaza qildilar. Hazrati Usmon r.a. davrlarida bu nusha ko'paytirildi.
Hazrati Hafsa onamiz oltmishga yaqin hadis rivoyat qilganlar. Hijratning 45-yili Hazrati Muoviyaning halifalik davrida 60yoshlarida dorulbaqoga rihlat qildilar. Janoza namzolarinii Madina voliysi Marvon ibn Hakam o'qidi. Baqi' qabristoniga, mo'minlar onalari oldiga, abadiy istirohatgohiga qo'yildi. Alloh taolo Hazrati Hafsa onamizni O'z rahmatiga olgan bo'lsin. Amiyn.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 02 Sentyabr 2006, 11:38:43
Mo'minlar onasi Hazrati Moriya al-Qibtiy.

Rasululloh s.a.v. shunday marhamat qilganlar:"Qibtiylar uchun hayr so'rangiz..."
Moriya al-Qibtiy nomi o'z davrida mo'minlarning qalbiga farah bahsh etgan. Bu nom tarixda abadiylashgandir.Alloh taolo undan rozi bo'lsin. Tarixda mashhur bo'lishiga qaramay,u haqda juda ham kam yozilgan. Tarixiy manbaalarda shahsiyatini oydinlashtiruvchi ma'lumotlar deyarli uchramaydi.

Hazrati Muhamad Mustafo s.a.v. hijratlarining 6-yilida Islom dini Arab yarim orolining deyarli barcha hududiga yoyilgan edi. Qurayshiylar bilan Hudaybiya bitimi tuzilgan yili, Rasululloh s.a.v. Eron hukmdori Qisrav, Rum hukmdori Qaysar, Habashiston podshohi Najoshiy, Qibtiylar ulug'i Mukavkis va yana bir qancha davlat raislarini Islomga da'vat qilib elchilar yubordilar. Mukavkis huzuriga Xatib ibn Abi Balta r.a. elchi bo'lib bordi. Mukavkis uni yahshi kutib oldi. Maktubni o'qidi. Yahshi muomalada bo'lib,izzat ikrom ko'rsatdi. Ammo Islomga kirish da'vatini qabul qilmadi. Xatib r.a. ketishidan oldin unga qimmatbaho sovg'alar berib kuzatdi. Xatib r.a. hadyalarni olib yo'lga chiqdi.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 02 Sentyabr 2006, 11:50:25
Rasulullohga s.a.v. yuborilga hadyalar ichida Mukavkisning joriyalaridan Moriya,uning singlisi Sirin, Duldul laqabli ot, Ofir laqabli eshak va Mabur ismli bir qul ham bor edi.
Moriyaning otasi Sham'un misrlik qibtiylardan bo'lib,onasi Rum aslzodalaridan edi. Moriya oqtanli,jingalak sochli edi. Unig tana oqligi onasidan,sochini jingalakligi esa otasidan o'tgan bo'lib,o'zi go'zal yuzli va  hushqomat edi. Moriya sinlisi Sirin bilna birga Xatib r.a.himoyasida Alloh taolo unga tayyorlagan yahshilikdan habarsiz Iskandariyadan Madinaga qarab yo'lga chiqdi...
Kelgusi hayotini o'ylab yuragi siqilar, qayerga katayotganini bilmasdi. Xatib r.a. uni qiynayotgan savollarga javob topishga harakat qilar, unga tasalli berardi.Moriya Islom dini haqida Xatibdan r.a. eshitib  Alloh taologa iymon keltirdi. Singlisi Sirin ham iymon keltirib musulmon bo'ldi. Lekin Mabur  Madinaga kelib, Rasulullohni s.a.v. ko'rmagunicha iymon keltirmadi.

Karvon Madinaga kirib keldi. Xatib r.a. Mukavkisning hadyalarini Rasulullohga s.a.v. topshirdi. Moriya Rasulullohdan s.a.v. ko'p marhamatlar ko'rdi. Uni o'zlariga joriya qilib,Madinaning Oliya degan chekka mahallasidan joy ajratib berdilar.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 02 Sentyabr 2006, 12:31:48
Hijriy  8-yilning ilk oylarida Moriyaning homiladorligi ma'lum bo'ldi. Rasululloh s.a.v. endi undan tez-tez habar olib turadigan bo'ldilar. Oy-kuni to'lib Moriya o'g'il ko'rdi. Rasululloh s.a.v. juda hursand bo'ldilar. Chaqaloqqa Ibvrohim deb ism qo'ydilar. Suyunchisiga bir qulni ozod qildilar. Chaqaloqni emizish Munzir ibn Zayd ibn Najjorning qizi Ummu Burdaga topshirildi. Rasululloh s.a.v. Ibrohimni juda sevardilar. Qayerga borsalar ham uni quchoqlarida ko'tarib yurar, hatto boshqa zavjalarining oldiga ham olib kirardilar. Ibrohimni ularga yaqin titib, erkalatib:"Qarang...Uni huddi mandan olingan bir parchaga o'hshatmaysizmi?-der edilar. Ibrohimning tug'ilishi onasi Hazrati Moriyaning r.a. ozod bo'lishiga sabab bo'ldi. Rasululloh s.a.v:"Uni o'g'il ozod qildi..."deya marhamat qilganlar.

Chaqaloqning tug'ilishi mo'minlar onalarining ba'zilarida rashk tuyg'usining kuchayishiga sabab bo'ldi. Ohir oqibat Rasululloh s.a.v:"Moriyani nafsimga harom qildim"- deyishgacha bordilar. Moriya esa bu so'zdan ranjimadi, aksincha sabr qildi. Shunda Alloh taoloning ushbu oyatlari nozil boldi:"Ey, payg'ambar, nega siz juftlaringiz roziligini istab, Alloh sizga halol qilgan narsani (O'zingizga)harom qilib olursiz?!Alloh mag'firatli, mehribondir".(Tahrim surasi, 1-oyat)
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 02 Sentyabr 2006, 12:47:03
Tasalli,umid va sevinch bulog'i bo'lgan Ibrohim Hazrati Moriyaning bag'rida 16oy yashadi. Bir yarim yoshli jajji Ibrohim yomon bir dardga chalindi. Onasi Moriya va holasi Sirin uni mehr bilan parvarish qilishdi. lekin undan dard chekinmadi. Nihoyat, yuzida o'lim ko'lankasi paydo bo'ldi. Rasululloh s.a.v. juda qayg'urdilar. Avval his qilmaganlari bir siqinti yuraklarini og'ritdi. Behol bo'lishlariga qaramay ashobdan biriga suyanib Moriyaning uyiga bordilar. Ibrohim yig'layotgan Moriyaning bag'rida so'nggi nafaslarini olayotgan edi. Rasululloh s.a.v. uni qo'llariga oldilar. Qalblarini tinchlantirish uchun uni bag'rilariga bosdilar. "Ey, Ibrohim, biz sening Alloh taolo huzuriga ketishingga qarshilik qilolmaymiz", dedilar va muborak ko'zalridan yoshlar oqib yuzlarini yuvdi. Moriya o'zini tutolmay faryod chekdi. Nabiy s.a.v. uni to'htatmadilar. Quchoqlaridagi jigarporalariga qaradilar, u unsiz va harakatsiz yotardi. Nabiy s.a.v:"Ey, Ibrohim,agar bu haqiqiy ish, to'g'ri va'da bo'lmaganida va bizdan keyin kleganlar oldin ketganlardan o'rnak olmagnida edi, senga bundan ham alamliroq shaklda qayg'urar edik", deya marhamat qildilar. Bu so'zlar bechora Moriyaga bir oz tasalli bo'ldi. U yoshlarini artdi va shunday dedi:"Ko'z qaynoq yosh oqizadi, qalb qayg'uradi,lekin biz Alloh taoloni hushnud etadigan so'zdan boshqasini aytmaymiz. Ey, Ibrohim, biz sening o'limingdan chindan ham juda-juda qayg'urdik".
Baqi' qabristoniga bordilar. Rasululloh s.a.v. janoza namozini o'qidilar va Ibrohimni ham shu yerga dafn qildilar. Rasululloh s.a.v. bir necha fursat qabr ustida turdilar va bo'g'zilaridan chiqayotgan so'zlarni ko'zlarida yosh ila zo'rg'a talqin qildilar:"Rabbim Alloh, otam Rasululloh, dinim Islom..."degin...
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 02 Sentyabr 2006, 12:53:38
Vafotlari.

Rasululloh s.a.v. Rafiqi A'loga ketganlaridan so'ng, halifalar Hazrati Moriyaning r.a. mavqeyini saqlab, unga Baytulmoldan maosh ajratib berdilar. Hazrati Abu Bakr va Hazrati Umar r.a. Nabiyga s.a.v. bo'lgan sadoqatlari tufayli uni e'zoz qilishar va hol-ahvolini so'rab borib turishar edi.

Hazrati Moriya r.a. hijratning 16-yili kasalikka chalinib, shifo topmay, ohiri jon taslim qildi. Halifa Hazrati Umar r.a. janozalarini o'qidilar. Moriyani r.a. Baqi' qabristoniga dafn qildilar. Alloh taolo unga cheksiz rhamat ehson qilsin, undan rozi bo'slin.Amiyn.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: sita 04 Sentyabr 2006, 14:12:27
Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin!
Saodat asrining saodatli ayollaridan ibrat olish barchamizga nasib etsin!

Va alaykum assalam,Laylo!
Alloh sizdan ham rozi bo'lsin!
Alloh taolo hammamizni Ulug' Kunda
Saodat asri ayollari qatorida qilsin!
ameennn ....
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 07 Sentyabr 2006, 07:21:50
Hazrati Zaynab binti Muhammad s.a.v.

Zaynab r.a. Rasuli Akram s.a.v. payg'ambarlik sharafiga noil bo'lishlaridan 10yil avval dunyoga keldi. Uning yuz ko'zlari boshqa farzndlaridan ko'ra Rasulullohning s.a.v. muborak chehralariga ko'proq o'hshardi. Muborak honadonda tug'ilgan ilk go'dak bo'lgani uchun ham hushbo'y bir chechak kabi bu uyni quvonch nasimiga to'ldirgan edi.
O'sha davr urfiga ko'ra uni ham enagaga berishdi. Zaynab r.a. sut onasidan nasibasini olgandan keyin yana muborak honadonga qaytib keldi.Olamlarga Rahmat bo'lib kelgan Raulullohning s.a.v. va Hazrati Hadichaning r.a. barcha go'zal ahloqlarini o'zida mujassam qilgan Zaynab r.a. bolaligidanoq yuksak ahloq va odob egasi bo'lib voyaga yetdi.
Balog'at yoshiga to'lganida holasining o'g'li Abul Os ibn Robi' uni nikohiga oldi. Ular bir-birlariga juda mehr-muhabbatli bo'lib eng bahtli oilalar safida yashashdi. Ularning biir-birlariga bo'lgan muhabbatlari haqida tarixiy kitoblarda ko'p rivoyatlar bor.
Ko'p o'tmay ularning Ali va Umoma ismli farzandlari dunyoga keldi. Er-hotin qalblari quvonchga to'lib, o'zlarini eng bahtli his etishardi.
Ammo bu mas'udlik onlari uzoqqa cho'zilmadi...
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 07 Sentyabr 2006, 07:51:56
Abul Os har galgidek safarda bo'lgan paytida bir hodisa, eng quvonchli va yer yuzini nurafshon qilguvchi quyosh bo'lib,Muhammad s.a.v. olamlarning Rabbi tomonidan payg'ambar sifatida tanlanib, buyuk ish bilan vazifalantirdilar. Zaynab r.a. onasi va singlisi qatorida Rasulullohning s.a.v. da'vatlarini qabul qildi. Xojasi safradan qaytgach, uni ham Haq dinga da'vat qildi. Ammo Abul Os bunga javoban:"Vallohi, men oatngizni hech bir ishda ayblamayman. Men uchun siz bilan birga bo'lish hamma narsadan avlodir. Ammo men "hotinini deb, o'z qavmini va ota bobolarini dinini tark qildi", degan gapga qolishni hohlamayman", dedi. 
Ana shu paytda go'yo ulanring o'rtasida ko'rinmas bir devor paydo bo'ldi.O'sha kech ularning ko'zlariga uyqu kelmadi. Qalblari qayg'uga to'lib, uylarini shodlik tark qildi.
Bu orada kofirlar va mushriklar Rasulullohga s.a.v. va mo'minlatga aziyat va zulmlarini kuchaytirib, iskanjalarini tobora avjiga chiqardilar. Zaynab r.a. ham bu holdan g'oytda mahzun bo'lib, gohida yig'alr, g'amga botar,keyin esa qoro tundan so'ng albatta tong otishiga ishonib, nurli bir tong otishiga umid qilib, Allohning hukmiga bo'yinsunar edi....
Ko'p o'tmay Zaynabning r.a. menribon onasi Hazrtai Hadicha r.a. vafot etdilar. Rasulullohning s.a.v. suyangan amakilari Abu Tolib ham hayotdan ko'z yumdi. Ana shunday keyin mushriklarning zulmlari yanada avjiga chiqdi. Bu holat Zaynabning r.a. bag'rini yoqib, jigarini parcha-parcha qildi.
Bir kuni Madinga hijrat qilish uchun chiqqan Rasulullohga s.a.v. yo'lda qurayshiylar hujum qilishgani haqida habat tarqadi. Zaynab r.a. bundan o'zini qayerga qo'yishini bilmay qattiq qayg'uga tushdi.Lekin tez orada Rasulullohning s.a.v. eson omon Madinaga yetib olganlarini bilib ko'ngli hotirjam bo'ldi.
Bir nech kundan keyin Rasululloh s.a.v.yuborgan bir kishi kelib Zaynabning singillari Fotima va Ummu Gulsumni Madinaga olib ketdi. Zaynab r.a. esa hojalarining uyida qolib, Allohning qazosi va amriga muntazir bo'lib kuta boshladi...
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 07 Sentyabr 2006, 08:16:11
Bir kuni qurayshiylar mushriklardan iborat mahsus qo'shin Makkadan yo'lga chiqqan karvonlarni qo'riqlash uchun Madina sari otlandi. Abul Os ham safga qo'shildi. Yo'lda esa ular musulmonlarga duch kelishdi. Ikki jamoa orasida jang bo'lib,bu jangda musulmonlarning qo'li baland kelib, Abul Os ham asirga tushdi. Rasululloh s.a.v. asirlarni fidya olib,ozod qilishga buyruq berdilar. Bu habar Makkaga yetub kelganidan keyin Zaynab r.a. ham bisotidagi birdan - bir boyligi bo'lgan taqinchog'ini chiqarib, qayninisiga berib va uni asir tushgan erini ozod qilib kelish uchun Madinaga jo'natdi. Bu taqinchoqni unga to'yida Mo'minlar onasi Hazrati Hadicha sovg'a qilgan edilar.
Rasululloh s.a.v. bu taqinchoqni ko'rib, sevimli zavjalari Hazrati Hadichani o'yladilar va qizlar Zaynabga r.a. rahmilari keldi. Uzoq jim qoldilar, keyin sahobiylatga yuzlanib, marhamat qildilar:
- Agar maqbul ko'rsangizlar, Zaynabning asirini ozod qilinglar va molini qaytarib beringlar.
Ashobi kiromlar shu amrni kutib turganlari uchun bir ovozdan:
- Albatta maqbul ko'ramiz, ey Allohning Rasuli,- deya javob qildilar.
Lekin Rasululloh s.a.v. Abul Osga Zaynabni Madinaga yuborish sharti bilan Makkaga jo'natdilar. Chunki Islom dini mo'mina ayolni mushrik er bialn oila qurishini man qilgan. Abul Os Makkaga qaytdi. Ayoli uni sevinch bilan kutib oldi. Ammo Abul Osning kayfiyati yomonligi shunady yuzidan ko'rinib turardi. Zaynabga r.a.qarab:
- Siz bilan vidolashgani keldim, ey Zaynab,- dedi va Rasulullohga s.a.v. bergan va'dasini aytib, vaziyatni tushuntirdi. Zaynab hojasi bilan hayrlashib ko'zida yosh, qalbida g'am bilan uyidan chiqdi. Ko'chaga chiqayotganida Abul Os:
- Nima bo'lsa ham,toki hayot ekanman,sizga vafodor umr yo'ldosh sifatidagi sevgim so'nmaydi. Hayotimizning bahtli onlari o'tgan bu uy har doim sizning yodingiz bilan munavvar bo'ladi,- deya Zaynab bilan hayrlashdi. Zaynab r.a. ko'z yoshlarini artib yo'lida davom etdi. Lekin mushriklar uning yo'liga to'sqinlik qilib, Makkadan chiqib ketishga yo'l qo'ymadilar. Ularning vajohatidan qattiq qo'rqqan Zaynab r.a. homilasidan ajralib qoldi. Sog'ligini tiklab olguncha yana Abul Osning himoyasida qoldi.
Nom: Re: Soliha ayollar! Ibrat oling!
Yuborildi: Munira xonim 07 Sentyabr 2006, 08:40:54
Nihoyat mushriklar g'aflatda qolgan kechada, Abul Os ukasi bilan Zaynabni r.a. Madinaga jo'natishga erishdi. Keyinchalik quraysh karvoni bilan Shom safariga chiqqan Abul Os Rasululloh s.a.v. tomonlaridan jo'natilagn Zayd ibn Horisa boshchiligidagi qo'shinga uchrab yana asir tushdi. Abul Os Zaynabdan r.a. himoya qilishini so'radi. Bomdod namozidan chiqayotgan Rasululloh s.a.v. qoshlariga kelib Zaynab r.a. hojasiga omonlik berishlarini so'radi. Rasululloh s.a.v.yana masjidga qaytib borib:
- Ey ashoblar, men eshitgan narsani siz ham eshitdingizmi?- deb so'radilar. Ashoblar:"Ha, eshitdik", deya javob qildilar. Shunda Rasululloh s.a.v. shunday marhamat qildilar:
- Nafsim qo'lida bo'lgan Zotga qasamki, siz eshitgan narsadan shu daqiqagacha aslo habarim yo'q edi. mo'minlar boshqalarga kafil bo'ladlar. Va omonlik beradilar. Zaynab omonlik bergan kishiga biz ham omonlik bardik.
Zaynab r.a. Rasululloh s.a.v. qaytganlaridan keyin yana oldilariga chiqib Abul Osdan olib qo'yilgan mollarni qaytarib berishlarini iltimos qildilar. Rasululloh s.a.v. undan olib qo'yilgan mollarni qaytarib berdilar. Ammo eri bilan uchrashmaslikni qattiq tayinladilar. Chunki eri toki mushrik ekan, Zaynab r.a. unga halol bo'lmas edi.
Abul Os Makkaga qaytib haqdorlarga mollarini qaytarib berdi va musulmon bo'lganligini hammaga ma'lum qildi. Keyin bir musulmon va muhojir sifatida Madinaga qarab yo'l oldi. Madinaga kelganida Rasululloh s.a.v. uni ochiq chehra bilan kutib oldilar. Va qizlari Zaynabni r. a. unga qaytarib berdilar. Shu tariqa parchalangan oila yana qaytadan barpo bo'ldi va honadonalri yana huzur halovatga to'ldi. Er- hotin Madinada yana bir yil birga yashadilar. Zaynab r.a. hijrat qilsh vaqtida qattiq kasallikka chalingan edi. Bu dard ularni umrbod ayirdi. Musibatdan Abul Os shunday qattiq qayg'urdiki, uning nolalari atrofdagi hammani yig'latdi. Rasululloh s.a.v. ko'zlarida yosh va qalblarida g'am bilan qizlarining uyiga kelib shunday marhamat qildialr:"Uni uch marta g'usl qildirib,keyin,kofur suring..."
Shundan so'ng janozsini o'qib, Zaynabni r.a. qabrga qo'ydilar. Alloh taolo Rasulullohning s.a.v.suyukli qizlari Hazrati Zaynabdan r.a. rozi bo'lsin. Boshiga tushgan musibatlarga ko'rsatgan sabri, mtonati va hammamizga o'rnak bo'ladigan iymoni uchun uni Jannatul Na'imlariga dohil qilgan bo'lsin. Amiyn.