forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar => Mavzu boshlandi: Lobar AZIZ 14 Avgust 2011, 11:28:50

Nom: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Lobar AZIZ 14 Avgust 2011, 11:28:50
Borishga yuragim betlamay internet orqali ko`rmoqchi bo`ldim.
kutdim, joylanmadi...
sabrim chidamay o`qishga yo`l oldim, o`zimni ruhan tayyorlab bordim, "yig`lamayman, ahir ish bilan bo`lib tayyorlana olmadimku, o`zimda ayb..."
ro`yhatga qo`rqa pisa qaradim.
raqamlar raqamlar...
menikiga o`xshab ketarkanmi?...
HA-YA...
NAHOTKI?!
ko`zlarimga ishonmadim.
qayta qayta qaradim...
MEN...
MEN...
kiribmaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaan!
GRANTgaaaa!!! ;D :D ;) :7 :1 : )
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: IXLOS 14 Avgust 2011, 11:48:28
kirolmapman ;D
azizbek_mx, men xam Akbarjon akani gaplariga qo'shilaman, inshaAlloh kelgusi yili kirasiz...

Suyunchi Suyunchi.
tabriklaymiz...tabriklaymiz...tabriklaymiz...

Borishga yuragim betlamay internet orqali ko`rmoqchi bo`ldim.
kutdim, joylanmadi...
sabrim chidamay o`qishga yo`l oldim, o`zimni ruhan tayyorlab bordim, "yig`lamayman, ahir ish bilan bo`lib tayyorlana olmadimku, o`zimda ayb..."
ro`yhatga qo`rqa pisa qaradim.
raqamlar raqamlar...
menikiga o`xshab ketarkanmi?...
HA-YA...
NAHOTKI?!
ko`zlarimga ishonmadim.
qayta qayta qaradim...
MEN...
MEN...
kiribmaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaan!
GRANTgaaaa!!! ;D :D ;) :7 :1 : )
albatta sizni xam tabriklaymiz...
Xammalaringizni kelgusi ishlaringizda muvaffaqqiyat tilab qolamiz...
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: AbdulAziz 14 Avgust 2011, 11:59:31
Ziyouz talabalarini qutlaymiz!
Hozircha Lobarxonning talaba bo'lganligi haqidagi quvonch xabarni oldik.
Tabriklaymiz!
Domlalarni orqasidan quvib, referat, kurs ishi, yakuniylardan bezib yurish nasib etsin!
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Ansora 14 Avgust 2011, 12:01:25
Assalomu alaykum. Kunni bunday xushxabar bilan boshlash judayam yaxshi:)

Tabriklayman barcha talabalikka nom qozonganlarni. Kira olmaganlar ham ruhan tushkunlikka tushmay, yana ham kuchli tayyorlanishsin kelgusi yilga.
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Ansora 14 Avgust 2011, 13:08:39
Bu sahifada meni ham tabriklash nasib bo'lsin iloyim-ey:) keyingi yilga doktorantura uchun murojaat qilmoqchiman, nasib bo'lsa.
Talabalik hayajonini haliyam his qilaman. Nizomiyga kirgan kunlarim esimga tushib ketdi. Talabalik oltin davrimda baribir:)
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Aqoid 14 Avgust 2011, 13:43:30
Biz ham tabriklaymiz. Kirolmaganlarga sabr, kuch-quvvat tilayman.
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: AL_laziz87 14 Avgust 2011, 14:12:52
Javik Endi talaba. Tabriklab qo'yselar bo'ladi!
Azizbek xafa bo'lmeng keyingi yili Xudo xoxlasa kirasiz.
Yana xush xabarlarni yozilar naxot shuncha abituriyentlardan sado chiqmasa.
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: AbdulAziz 14 Avgust 2011, 14:23:53
Tabriklaymiz, Javlonbek!
Bundanda zafarli marralar nasib etsin!
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: NANO 14 Avgust 2011, 15:19:44
Uqishga kira olmaslik kotta ayb ish emas bori shu ekan bo'ldi!

Kelasi yili kirasiz kelasi yili bo'masa undan keyingi yili keyingi yili bumasa undan keyingisi albatta nasib qiladi!
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: NANO 14 Avgust 2011, 15:22:43
- Uxlab yotgandim uyogitishdi tur borib qarab jegin kiribsanmi yo'qmi deyishdi.

- Man uqishga kirmaganman buni aniq bilaman dedim  :1

Dtm.uz ga kirib shundo tekshirsam Siz talabalikka tavsiya etilmadingiz deb turibdi mayli deb qo'ya qoldim kelasi yili topshiramizde!
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: BelleQizcha 14 Avgust 2011, 18:03:58
Barcha Abuterentlarga va Bolajak Talabalarni chiroyli tilaklar bilan tabriklimiza... Yaxshi-yaxshi o'qib, kirolmaganlar uchun ham o'qishilarni tapsiya qilamiza..

Yiqilganlarga, sabr-toqat, tilab, hech hapa bomasliklarini tilab qolamiza... nima o'qib olim bomisila-yu babir.. hehe
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: ibnUyayna 14 Avgust 2011, 19:43:09
 Tabrikliman yengi talabalari!!! :)
 talaba bomaganla hafa bomeyla,sabr qiliyla Alloh bundanda yaxshisini nasib qilsin InshaAllah
 qaysi oqishga kirganilaniyam yoziyla..qizude endi
 
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Secret 14 Avgust 2011, 22:58:09

                 :asl3:

  O'qishga kirganlarni "student"lik martabasini olganligi bilan, hamda bu martabaning egasi bo'laolmagan - ilm  egalarini  - "kontrakt" darajasidanda yuqori bo'lgan GRANT unvonini olishlikni tilab qolamiza...
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Aqoid 15 Avgust 2011, 02:20:14
Javik Endi talaba. Tabriklab qo'yselar bo'ladi!
Azizbek xafa bo'lmeng keyingi yili Xudo xoxlasa kirasiz.
Yana xush xabarlarni yozilar naxot shuncha abituriyentlardan sado chiqmasa.
iye Javlonbek qulluq bo'lsin!
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Humayro 15 Avgust 2011, 08:27:01
Bizam el qatori tabriklaymiz
Oqishga kirganlarga kuch-quvvat
Kirolmaganlargaya sabr-toqat
Omad!!!
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: G_u_l_i 15 Avgust 2011, 08:56:19
 :asl3:

Talabalarni tabriklaymiz, Alloh ikki dunyoingiz u-n manfaatlik ilm bersin!

O'qishga kirolmaganlar ruhingizni hech ham tushirmang, xayrlisi, har ishda bir hikmat borligini unutmang.
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2011, 09:47:50
Lobar, Javlonbek, qaysi oliy o'quv yurtining, qaysi fakultetiga kirdinglar?
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Lobar AZIZ 15 Avgust 2011, 11:11:53
Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining Ijtimoiy ish(aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo`llab quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya etish) fakultetiga
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Zamiraxon 15 Avgust 2011, 14:04:00
Lobar Aziz, Javlon va forumning boshqa öqishga kirgan userlarini tabriklayman. Men ham ötgan yili xuddi shu kunlari judayam xursand bölib forumdoshlar bilan xursandchiligimni bölishgandim.
Guli, aytganlaridek, ikki dunyo saodatiga yetaklovchi, manfaatli ilm bersin Allohim.
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2011, 17:11:36
Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining Ijtimoiy ish(aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo`llab quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya etish) fakultetiga

Fakultetingizning nomi juda uzun ekan  :). Odatda bunaqa fakultetlar Madaniyat institutida emas, yoki umumiy universitetlarda, yoki maxsus intitutlarda bo'lardi.
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Lobar AZIZ 15 Avgust 2011, 19:59:59
Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining Ijtimoiy ish(aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo`llab quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya etish) fakultetiga

Fakultetingizning nomi juda uzun ekan  :). Odatda bunaqa fakultetlar Madaniyat institutida emas, yoki umumiy universitetlarda, yoki maxsus intitutlarda bo'lardi.
fakultetni nomi ijtimoiy ish, qavs ichida soha haqda ma'lumot bergandim. Ha endi bizniki noodatiyda:) yangi ochilgan ekan o'tgan yili.
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Chustiy 16 Avgust 2011, 01:27:36
Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining Ijtimoiy ish(aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo`llab quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya etish) fakultetiga

Fakultetingizning nomi juda uzun ekan  :). Odatda bunaqa fakultetlar Madaniyat institutida emas, yoki umumiy universitetlarda, yoki maxsus intitutlarda bo'lardi.

Yozilmagan choyneni qopqog'i qopti holos dimoqchisizde a? :)))

Shu fursatdan foydalanib, ikki yosh baht, saodat ieee bu to'y emas a? ;D
kun ora to'y tabrigi mavzusini o'qiyverib, miyyalaga to'ynoma o'tirib qolibti :))
Talabalarni biz ham barcha el qatori tabriklab, muborakbod etib qolamiz ;) Oladigan bilimlari elu yurtga va jumlada o'zlariga va o'zgalarga manfaatli bo'lishini tilab qolamiz..
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: BelleQizcha 16 Avgust 2011, 01:37:57
Lobar kenayi, fakultetzi isimlari rostanam uzun ekan... o'zi u fakultetmi yo kitobdan ko'chirdizmi?
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: As-Samarqandiy 16 Avgust 2011, 02:57:30
Assalomu alaykum yaqinda talaba bo'lgan tolibi ilmlar,

Sizlarga ko'p gapirib utirishni hojati yo'q, chunki sizlar osmonda uchib yuribsizlar, bo'lsa bo'lmasa quloqlaringiz og'izda bo'lsa kerak. Shuning uchun bitta so'z bilan kifoyalanaman.
TTTTTTTTTTTTTaaaaaaabbbrrrrrrrrrrikkkkllllllayyyyyymmmmmmaaannnnnnnnnnnnnnnn!!!!!! (Hayajondan odam tutilib ham qolarkaney)

Hamma aytar so'zlarim o'qish o'qish deb kechayu kunduz miq etmay uxlagan o'qishga kirolmaganlarga. Azizlarim hech ham qayg'urmang, asosiysi motivatsiyanii yo'qotib qo'ymasalaringiz bo'lgani, qancha kerak bo'lsa shuncha uxlang, ammo umidni sundirmang. Yana bitta gap, biz kabilarning hammasi "yolg'on" o'qishga kirishgan, haqiqiy o'qish Hayot universitetining Iymon-e'tiqod  fakulteti bo'ladi  ::). Sizlar esa ayni paytda ushbu Universitetning tolibi ilmlarisiz, bu o'qishga hech kim imtihon topshirib kirmiydi (yana ham bilmadim), ammo imtihon qilinib o'qishni tugatadi.  Mana Bu Universitetda Yaxshi Baholarga Ega Bo'lib, Muvaffaqiyatlarga Erishingizlarni Tilab Qolaman. Imtihonlarni Yaxshi Baholarga Topshirib olinglarr.  : )

Kungilni cho'ktirmang Alloh hamisha siz bilan, ham yaxshi, ham yomon ishda hikmat bor.
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Nоdirbek 18 Avgust 2011, 04:48:00
Talaba bo'lganlarni tabriklayman. O'qishga kira olmaganlarga esa sabr tilayman. Hech ham xafa bo'lmang, xursand bo'lavering, inshaAlloh bundanda yaxshiroq joylarga o'qishga kirasiz!
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: IXLOS 18 Avgust 2011, 08:45:03
Biz xam barcha ezgu niyatlarga qo'shilgan xolda o'qishga kirgan forumdosh
talabalarni tabriklaymiz...
Oladigan ilmlaringiz o'zingizga va o'zgalarga manfaatli bo'lishligini tilab qolamiz...
Kira olmaganlar xaqiqatdanda xafa bo'lmanglar, sizlarga bundanda yaxshirog'i nasib
etadi inshaAlloh...
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Ansora 18 Avgust 2011, 15:40:57
Javlonbek uchun ham juda xursand bo'ldim. (Qaysi o'qishga kirdilar?) Mana bu yil forumdan uzoq turib, imtihonga yaxshilab tayyorlandilar shekilli, haqqini berganliklari uchun ham o'qishga kiribdilar:)
azizbek ham shunday qilsinlar, imtihonga qattiq tayyorgarlik ko'ring xozirdan keyingi yil uchun, forumda odamni xayoli boshqa joylarga ko'proq ketib qoladi:)
o'zimdan misol:)
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: AL_laziz87 18 Avgust 2011, 15:54:21
Жавлонбек Андижон  кишлок хужалик институтига кирди.
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Ansora 18 Avgust 2011, 15:58:05
Жавлонбек Андижон  кишлок хужалик институтига кирди.

Yarashadi ukamizga:) mashalloh. Asosiysi bundan keyin ham shijoatni qo'ldan bermasinlar. Garchi forumdagi faoliyatlaridan ham sabrli ekanliklarini bilamiz.
O'qishni otiyam chiroyli ekaney:)

Lobarxonni o'qishlari judayam o'zlariga mos ekan, bundan keyin ko'proq homiy bo'ladigan odamlardan intervyu oling xozirdan ;D
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: BilmasOY 22 Avgust 2011, 13:45:55
  :asl3:
  Hamma o'qishga kirganlarni tabriklayman!! Bizga ham sizlarni yo'llarizni bersin ilohim!!  :)
  Kirolmaganlarga esa, sabr tilayman, xafa bo'lmanglar, nimaiki bo'lsa yaxshilikka,  Alloh shuni xayrli deb bilibdimi, shunday bo'libdi, kelasi safar, Inshaalloh talaba bo'lasizlar!!
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: BelleQizcha 22 Avgust 2011, 18:39:42
man tabrikladimi? yo?
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Humayro 23 Avgust 2011, 12:12:17
yana tabriklang zarari yo'q..xursand bo'lishadi talabalar  :)
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Nurdinboy 27 Avgust 2011, 22:14:05
    Javik okamizga ham Lobar Aziz opamizga ham talabalik yillarida omad tilaymiz.

   Oltin davr ostonasiga hush kelibsizlar, deymiz sobiq talabalar
Nom: Re: Talabalarni tabriklaymiz!
Yuborildi: Shuhrat_ 27 Avgust 2011, 23:30:19
 :asl3:
Uqishga kirgan bulsangiz sizni tabriklayman.

bundan kegingi uqishlarda xam omad tilayman

Alloh sizu bizni o`z panoxida asrasin :amn3: