forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: MaxCmd 28 Avgust 2006, 19:15:23

Nom: Bizning oila, bizning mukammal oila.
Yuborildi: MaxCmd 28 Avgust 2006, 19:15:23
Assalomu alaykum!
Ko`p hollarda, o`z oilamizdagilar bizni tushunmaganday tuyuladi. Shunday paytda boshqa oilalar ko`zimizga yaxshi, inoqday ko`rinib ketaveradi. Odam ko`pincha o`zi ega bo`lgan narsaning qadriga yetmaydi. Uning yaxshi taraflarini payqamaydi. Yo`qotgandan keyin esa uning qanchalar qadrli ekanini anglab yetadi, lekin...
Xullas, oiladagi muammolar haqida gap ochmoqchiman. Har birimizning oilamiz, undagi yaxshi, yomon taraflar haqidagi fikrlarni o`rtaga tashlasak. Mukammal oila sizningcha qanday bo`lishi kerak? Hozirda oilangizda nima yetishmaydi-yu, nima ortiqcha?
Bilaman, bu ko`pchilikning oilaviy siri, lekin muhokama aynan sizning oilangizning siri haqida emas, "mukammal" oila uchun nimalar kerakligi haqida boradi. Qizlar ham, yigitlar ham o`z fikrlarini ochiq-oydin bildirsa yaxshi bo`lardi.

Kamoli ehtirom ila MaxCmd.
Nom: Re: Bizning oila, bizning mukammal oila.
Yuborildi: forumnnb 30 Avgust 2006, 09:59:21
Assalomu alaykum!

Yaxshi mavzu boshlabsiz. Menimcha kelishmovchiliklar va bir-birini tushunmovchiliklar farzand balog`at yoshiga yetayotgan vaqtda boshlansa kerak. Tabiyki, bu paytda farzand injiq bo`lib qoladi. Shuni unutmaslik ham kerakki, xarakter ham aynan shu yoshdan boshlab shakllanadi.
Farzand 7 yoshgacha podsho deyishadi, bu yoshda uning ra`yini qaytarmaslik kerak, ya`ni xuddi shohday muomala qilish kerak. 7-17 yosh orasida esa u esini tanigan va ancha-muncha narsani tushunadigan bo`lib qoladi, bu yoshda siz uni qattiq tutishingiz kerak. Aytganlaringizni so`zsiz bajarsin, ya`ni u sizga "qul" bo`lsin. 17 yoshdan keyin esa siz unga do`st bo`ling.......

Menimcha yuqoridagi fikrlar bo`yicha ish yuritilsa Farzand va Ota-Ona o`rtasida muammolar, kelishmovchiliklar tug`ilmasa kerak..

Oiladagi er-xotin o`rtasidagi munosabatni oila qurganlardan eshitsak yaxshiroq bo`lardi. :-)
Nom: Re: Bizning oila, bizning mukammal oila.
Yuborildi: Munira xonim 30 Avgust 2006, 10:46:03
Assalamu alaykum!
Hurmatli Forumnnb,oradagi ikkinchi muddatni katta olibsiz. Yani bu siz keltirgan fikrlar ba'zi diniy kitoblarda ham keltirilgan, faqat sal boshqacharoq.
Farzand tug'ilgandan yetti yoshga kirguncha siz "qul", u esa "shoh" bo'lsin. Yetti yoshdan 13-14 yoshgacha siz "podshoh", u esa "qul" bo'lsin. Bundan keyin esa siz unga do'st bo'ling.
Oradagi uchunchi bosqich, bola bu yoshda balog'at yoshiga qadam qo'yadi. Unga do'stdek muomala qilish lozim. Shundagina uni har hil yomon yo'llardan va fikrlardan uzoq turtish mumkin.
O'zi aslida hozirgi bolalar juda tez rivojlanayapti. Fikr doirasi keng. Ba'zan kattalarning aqli yetmaydigan narsalar haqida so'zlashadi. Fikrlar bildiradi. Farzandf tarbiyasi juda ham qiyin. Oldin shunaqa gaplarni eshitsam hayron qolardim, hozir esa o'zimni boshimda bor bu kunlar. Haqiqatdan farzand tarbiyasi juda ham bir ma'suliaytli ish. 
tarbiyada ota-ona bir o'rinni egallashi lozim. Farzand tarbiyasida birinchi o'rinda ota-onaning fikri va dunyoqarashining yakdilligi turadi, manimcha. Chunki, agar ota-ona hamma narsa haqida farzandiga bir hil munosabatni bildirsa, farzand ikkilnmaydi va shuni to'g'ri deb biladi. Shunda oilada ham kelishmovchiliklar kamroq bo'ladi.
Forumnnb to'g'ri aytganlar,oilada farzand balog'atga yeta boshlaganda kelishmovchiliklar ko'payadi. buning sababi farzandga ota-onaning fikri ikki hil qilib tushuntiraladi, deb o'ylayman.Masalan:Bir hodisa bo'ldi. Unda ikki hil shahs qatnashgan Biri yahshi,ikkinchisi yomon fe'lga ega. ota birinchisini,ona ikkinchisini yoqlaydi va har ikkisi o'zini haq deb biladi. Bunday holatda farzand qanday yo'l tutadi? Albatta o'ziga yoqqanini  va osonrog'ini oladi, garchi u yomoni bo'lsa ham.
Yana bir misol: Farzand ayb qilib qo'ydi. Ota uni urishadi.So'zsiz onani unga ichi achiydi. Bu holatda ona qanday ish qiladi? Bazi onalar bor sabr qilib,otaning gapini ma'qullaydi. Ana shunda oila tinch bo'ladi va farzandning tarbiyasiga putur yetmaydi. Agar ona otani oldida,u bolani urishayotgan vaqtda bolani yonini olib, otaga qarshi borsa, so'zsiz farzandning fikrida bo'linish paydo bo'ladi. unga kim yoqadi:hafa bo'lib gap eshitib turganida yonini olgan ona yoqadi. Agar shu holat qaysiki oilada yuzaga kelar ekan, bilingki, shu oilada tinchlik ham bo'lmaydi, yahshi tarbiya ham.
Bu mening fikrim.
Nom: Re: Bizning oila, bizning mukammal oila.
Yuborildi: MaxCmd 30 Sentyabr 2006, 20:42:51
Bir hikoyacha esimga tushdi.

Bir oilada pishirilgan g`ozni bo`lish haqida kelishmovchilik chiqibdi. Ya'ni kim pishirilgan g`ozning qaysi qismini olishi kerakligi haqida. Shunda oila boshlig`i bir aqlliroq kishini yordamga chaqiribdi.
U kishi pishirilgan g`ozni shunday bo`libdi:
Oilaning boshlig`i Ota bo`lganligi uchun g`ozning boshini olibdi.
Oilaning vaziri, har ishda otaning yordamchisi bo`lgan Ona bo`ynini olibdi.
Ikki qiz oilani qanoti, qanotlari shularga tegibdi.
O`g`illar esa oilaning suyanchig`i, oila g`urui bo`lganligi uchun ikki oyog`ini olibdi.
Taqsimlagan kishi esa g`ozning tanasini o`ziga olib ketibdi... :)

Endi majoziy ma'noga o`tsak, bosh - Ota, bo`yin - Ona, qanotlar - qizlar, o`g`illar esa oyoqlar. G`ozning gavdasini esa OILA deb ataylik.
E'tibor bersangiz, Ota(bosh)dan tashqari hamma oila a'zolari oilaga(tanaga) to`g`ridan-to`g`ri bog`lanadi. Ota esa Ona orqali. Qiziq-a?

Ota Onasiz hech narsa qilolmaydi oilada. Oila Otasiz qayoqqa ketayotganini bilmaydi. Oilani yer bilan yakson qilish uchun "Qanot"larni sindirish kifoya. "O`g`il"larsiz esa hech qanaqa "siljish" bo`lmaydi.

Qisqasi, bularning hammasi mening fikrlarim. Mukammal oila haqida esa...
Nom: Re: Bizning oila, bizning mukammal oila.
Yuborildi: Robiya 15 Oktyabr 2006, 05:13:34
Mukammal oila menimcha bo'lmasa kerak.O'sha hech qanday kamukostsiz xonadonda ham kelishmovchiliklar bo'lib turadi.
O'zimni oilam haqida gapiradigan bo'lsam, bizning oilada tushunmovchiliklar ko'p bo'ladi.Ko'pincha ota-onam bilan kelishmay qolaman.Ular bo'lar-bo'lmasga bahslashaverishadi.Ularga bu noto'gri ekanligini aytsam meni sen yosh bola jim o'tir deyishadi.Axir men ham endi bola emasman yoshim ham 19ga qarab ketyapti.Lekin ular buni tushunishmaydi.Bu faqat muammoning uchi xolos, agar butun borligicha gapirsam unda...