forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Hamyurtlar => Andijon viloyati => Mavzu boshlandi: Ansora 11 Sentyabr 2011, 19:15:24

Nom: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Ansora 11 Sentyabr 2011, 19:15:24
Assalomu alaykum. Ozgina oldin Xorazmga oid urf-odatlar mavzusini ko'rib to'g'risi "qizg'onib ketdim"  : )

Andijonliklar, kelinglar, bu mavzuda Anjonimizgagina oid bo'lgan urf odatlar haqida yozaylik. Men ham asta sekin unuta boshladim, afsus:(

Kelajakda ko'p foydasi tegadi, degan umiddaman...
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: aka sohib 12 Sentyabr 2011, 04:05:37
Andijonliklar chaqaloqni ham SIZLASHADI Andijonchasiga....
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Shoxjahon12 12 Sentyabr 2011, 22:09:09
Andijonliklar chaqaloqni ham SIZLASHADI Andijonchasiga....
Boshqa yo'qmi?
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Aqoid 13 Sentyabr 2011, 07:44:09
Anjon kichkina bo'gani b-n ashincha shevasi bor. Shaxar shevasi boshqa, Boliqchiniki boshqa.
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Humayro 14 Sentyabr 2011, 17:23:09
manga anjancha sheva rasa yoqadi-de, omalekin gapiromiyman  :(
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Oymoma 15 Sentyabr 2011, 00:42:19
Men tanigan Andijonliklar:

Hamma narsaga qiziquvchan, quvnoq, aldashni uddasidan chiqadigan, Mehnatkash, mehmon kutishni yaxshi köradigan, adabiyot, she'riyatga qiziqadigan böladilar.. Eng taniqli taraflari bu, köp gapirishlari.

Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2011, 12:32:12
Aniq bilmayman-u lekin Anjonni erkaklari choyxonani judayam yaxshi ko'rishsa kerak, haftada bir, oyda bir choyxonada yig'ilib, bir-biridan xabar olib turishlari yaxshi odat, harqalay mehr ko'zda:)
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Abu Muso 15 Sentyabr 2011, 12:51:08
 :asl3:

Choyxonani yaxshi ko'rmaydigan erkak bo'lmasa kerak... ;D

Haftada bir, bo'lsa deyarli borishmas ekan-ku!  ;)
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: azizbek_mx 18 Sentyabr 2011, 12:08:26
Jaa mehmondo`st-da Anjonlilar...  :)
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Lobar AZIZ 18 Sentyabr 2011, 17:58:31
boshqacharoq ma'lumotlar kutgandim. Masalan Andijonda qiz tomon to'ydan keyin qirq kun kuyovnikiga tog'ora yuborib turishiga o'xshash...
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Donishmand 18 Sentyabr 2011, 18:15:38
boshqacharoq ma'lumotlar kutgandim. Masalan Andijonda qiz tomon to'ydan keyin qirq kun kuyovnikiga tog'ora yuborib turishiga o'xshash...
Faqatgina Andijonda emas, vodiyda shunaqa. Bu yoqlarga kelin bo'lib qolsangiz - tamom! Qirq kun - uch mahal tog'ora! Vertolyot-pertolyot bormi, dovondan tez-tez toshib turgani??? ;)
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Mirоlim 18 Sentyabr 2011, 18:51:19
:asl3:

Haftada bir, bo'lsa deyarli borishmas ekan-ku!  ;)

va Alaykum Assalam va Rohmatullahi...

Haftada bir martaligi rost, haftada 7-kun bo'lsa ;) : mahalladegilar, sinfdoshlar (2-ta ;D) , ishxonadegilar, kursdoshlar, qarindoshlar (bu ikki tomonlama), ha keyin forumdoshlar bilan choyxonaga borishga yetadi  :). (albatta, rejaga qarab)

Faqatgina Andijonda emas, vodiyda shunaqa. Bu yoqlarga kelin bo'lib qolsangiz - tamom! Qirq kun - uch mahal tog'ora! Vertolyot-pertolyot bormi, dovondan tez-tez toshib turgani??? ;)

Birodar qizlarni bunaqa qo'rqitmeng, vodiydan turmush qiladigoniyam niyyatidan qaytib qolmasin tag'in ::), kun va tog'ora jaaa unchalimase  :D, sal ko'proq...  ;)
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Donishmand 18 Sentyabr 2011, 19:06:55

Ha, man oradagi bayramlardagi sarpolarni qo'shmabmanda ;)
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Nazrul Islom 18 Sentyabr 2011, 21:33:22
Ayollari(yoshi-yu qarisi) bir xil ---  orqasida tovusni rasmi bor kiyim kiyib yurisha(r)di!
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Lobar AZIZ 18 Sentyabr 2011, 21:37:32
ohhooo, Toshkanimdan qo'ymasina unda:))
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Nazrul Islom 18 Sentyabr 2011, 21:40:36
ohhooo, Toshkanimdan qo'ymasina unda:))

 :asl3:

"unda"si nimasi endi? ;)
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Oymoma 19 Sentyabr 2011, 08:48:32
Andijonlilar töylarni juda yaxshi körishadi. Ayniqsa ayollari.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Ansora 19 Sentyabr 2011, 12:38:26
Nasib bo'lsa qidirib, ensiklopedik ma'lumotlar qoldirishga harakat qilaman.
Ungacha urishmay talashmay faqat Andijonga hos urf -odatlarni gaplashib turinglar, bo'ptimi:)
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Rabella 19 Sentyabr 2011, 17:30:34
 :asl3:
Andijonda Qur`oni Karim hifziga ko`proq e`tibor beriladi, manimcha...
Boshqa viloyatlarga nisbatan Qori/ya lar ko`proq Andijonda chiqadi...
Shu tomonlari yoqadi...

Bir ikkita andijonlik qizlarni taniyman,  ilmi ham, taqvosi ham mashaalloh havas qilugudek..
Shundanmi "anjanlik"larga mehrim bo`lakcha...
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Anonim 20 Sentyabr 2011, 12:59:54
Assalamu alaykum adashmasam andijonda qiz kuyov tomondan katta bolsa qozon berishadi
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Anonim 20 Sentyabr 2011, 13:03:51
Eski odatlardan yana biri chaqaloqni ilk qadam tashlashni boshlaganda mahalladagi bollarni chaqirib bolani qadam tashlatadi ortidan tanga qand sochadi
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Aqoid 20 Sentyabr 2011, 20:25:20
Aynan shu urfni "chachala" deyishadi.
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Sofdil 20 Sentyabr 2011, 23:48:08
 :vsl3:

yaxshi mavzu bupti.
Ewitishimcha tuyda G'o'zapoya yoqip kelin kuyov atrofida aylanisharkanmi shu rostmi?

Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: aka sohib 21 Sentyabr 2011, 03:17:29
Choyni ko'p ichadi, andijonliklar. Ayniqsa palov yeb bo'lingandan keyin, dasturxon yig'ishtiriladi va oilani erkaklari choyxo'rlik qiladi, o'zaro suhbat qurib.
Ya'na garimdorini har bir taomga soladigan va eng ko'p iste'mol qiladigan ham Andijonliklar.
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Aqoid 21 Sentyabr 2011, 08:04:00
:vsl3:

yaxshi mavzu bupti.
Ewitishimcha tuyda G'o'zapoya yoqip kelin kuyov atrofida
aylanisharkanmi shu rostmi?

Bir zamonlar shunaqa qilinardi, Hozir unaa urf-odatlar qilinmay qo'yilgan, diniy bilimlar ortib bormoqda. bu shirk amalni qilishmayapti hozir, davomli bo'lsin ishqilib
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: moxlaroy 21 Sentyabr 2011, 10:08:54
ANDIJONDA mexmondo'stlik xam eng chiroyli urf odatladan biri.

Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: ree7 21 Sentyabr 2011, 16:09:04
Chaqaloq bilan bog'liq o'zim ko'rgan-bilgan urf-odatlar:
Chaqaloq tug'ilsa xolvaytar pishirib kulcha non o'rtasiga quyilib mahalla bolalariga tarqatiladi;

Yangi tug'ilgan chaqaloqni beshikka belaganda beshik ustidan qand sochiladi;

Bola ilk qadamlarini tashlaganda ustidan pul sochiladi;

Bolaga "sunnat to'y" qilinganda ot-arava opkelinib, mahalla bolalarini solib aylantirib, qaytishda muzqaymoq olib beriladi;

Bundan 4-5 yil ilgari shu urflar bor edi, undan keyin yo'qolib ketmagan bo'lsa bilmadim...

PS: aka sohib, qalampir yeyish bo'yicha Qo'qonliklarga yetadigani yo'q deb bilaman. Andijonliklar ham achchiq yeyishadi-yu, lekin Qo'qonliklarchalikmasov.. (22 ta harf)))
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Humayro 21 Sentyabr 2011, 16:41:04
Qo'qonliklarchalikmasov.. (22 ta harf)))

shundoqmasmikin??
Qo'qonliklarchamasdirov (22 harf)))
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Anonim 21 Sentyabr 2011, 20:07:37
Chaqaloqni tug'ilganida emas balki qirqi chiqanida  kulcha pishirib ichiga holvatar quyib tarqatiladi.. Eng kichik singlimni qirqi chiqanida menga kulcha yetme qolib rosa yiglagan ekanman
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: ree7 21 Sentyabr 2011, 20:14:58
Chaqaloqni tug'ilganida emas balki qirqi chiqanida  kulcha pishirib ichiga holvatar quyib tarqatiladi.. Eng kichik singlimni qirqi chiqanida menga kulcha yetme qolib rosa yiglagan ekanman

To'g'ri, shunaqa edi. Meni biroz yodimdan ko'tarilibdi
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Anonim 22 Sentyabr 2011, 14:27:51
Boshqa viloyatlani bilmadimu lekin andijonda payshanba yakshanba kunlari osh qilinadi
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: Mo'min Mirzo 22 Sentyabr 2011, 16:28:05
Bu Andijonliklar odati emas, o'zi O'zbek halqiga duo ketgan, Payshanba kuni tochno osh yeydi : )
Nom: Re: Faqat Andijonga hos urf-odatlar:)
Yuborildi: ree7 23 Sentyabr 2011, 14:43:04
To'y kuni kelinni chimildiqqa olib kirishgandan keyin kuyovni yaqinlaridan bo'lgan yosh bolalar kelin ko'rgani kirishadi. Shunda kelinchak hammasiga ro'molcha (dastro'mol) beradi. Ilgarilari yana bitta bemaza odat bo'lardi, kuyov kelinni ko'tarib opkirardi. Hozir bu umuman yo'qolib ketdi shekilli.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Shoxjahon12 25 Sentyabr 2011, 05:49:10
To'y kuni kelinni chimildiqqa olib kirishgandan keyin kuyovni yaqinlaridan bo'lgan yosh bolalar kelin ko'rgani kirishadi. Shunda kelinchak hammasiga ro'molcha (dastro'mol) beradi. Ilgarilari yana bitta bemaza odat bo'lardi, kuyov kelinni ko'tarib opkirardi. Hozir bu umuman yo'qolib ketdi shekilli.
Bu faqatgina Anjandamas, deyarli hamma viloyatlarda bor.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Абдурроҳман 25 Sentyabr 2011, 09:59:36
Choy ichish degani Andijonda (ehtimol butun vodiyda bo'lsa kerak) Tamaddi qilmoq, Ovqatlanmoq ma'nosini anglatadi. Masalan:
- Kiring aka choy ichamiz - mehmonga, ovqatlanishga, dasturhonga taklif qilish.
- Ertalab choy ichmadingmi? - Ertalab nonushta qilmadingmi?
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: azizbek_mx 25 Sentyabr 2011, 20:15:54
choy ichish namanganda nonushta qilish degani :)
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Ansora 17 Mart 2012, 12:28:08
 :asl3:

Boshqa odatlar yo'qmi:)
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Sofdil 17 Mart 2012, 14:31:07
"Kiydiradi anjanchasiga", "Aka ishonovurin" yo "Bo'ldi aka es qilamiza" layam Anajanga hos urf odat busa kere.
Wu kunlada bu narsa borligiga shaxsan, bevosita guvoh bub turimman  ;D
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: gayrat17 17 Mart 2012, 21:06:18
 ;D
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Donishmand 18 Mart 2012, 10:59:09
Andijon - bu anavi Eshonov Bohodirlar tarafmi?...
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Sofdil 18 Mart 2012, 11:38:44
Andijon - bu anavi Eshonov Bohodirlar tarafmi?...

Huddi uzi  ;D
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Mo'min Mirzo 18 Mart 2012, 12:51:39
Eshonov Bahodir kim bo'ldi?
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Ansora 18 Mart 2012, 13:19:16
Eshonov Bahodir kim bo'ldi?

Belleqizcha kop ishlatarilar bu ismni:)

Iltimos jiddiy urf-odatlar haqida yozaylik...
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Abu Muso 18 Mart 2012, 14:23:04
 :asl3:

Men biitta gap eshitgandim: Andijonda uyni ta'mirlovchi ustalar juda hurmat qilinarkan...

Kimnikida usta ishlasa, ertalab nonushta ham qilmay kelishib, to'rt mahal ovqatlanishar

ekan. Shundan ikki mahali eng kamida osh yoki manti kabi tansiq taom, nonushtada

qaymoq va issiq non bo'lishi shart deishgandi... Andijonliklar, bu gap neqadar rost? ;)
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Donishmand 18 Mart 2012, 15:16:11
Bu yerda yozilgan urf-odatlar faqat Andijonga emas, butun vodiyga tegishli, ot-aravada bolalarni aylantirib muzqaymoq olib berishidan tashqari. Usta boqish masalasida ham shunday. Usta ertalab shogirdlari bilan keladi, "yo'q" deyishiga qaramay qaymoqli nonushta qilib berasiz (usta hohlamasayam uy egasi qo'ymaydi). Tushlikka qo'y-yog'i, qo'y-go'shtiga sho'rva (bu eng kamida), kechki menyuda osh! Uy qurib usta boqqan odamlarning o'zidanmas, ayollaridan so'rang - ana ular bor gapni aytib berishadi, diydiyolari bilan. :)
Bu yerda keltirilgan faqatgina bitta narsa andijonliklarga hos - Eshonov Bahodir!
Eshonov Bahodir kim bo'ldi?
Eshonov Bahodir - lotoreyalar reklamasining yuzi, andijonlik "milliarder"! Chorsuda lotoreya o'ynardi ilgari...
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Mo'min Mirzo 18 Mart 2012, 17:28:19
Abu Muso aka. Chindan ham bizda ustalarga uch mahal taom tortiladi. Ertalab kelishganda nonushtaga non, murabbo, sliv.maslo beriladi. Agar uy qurilish bolib uyda yotib qolishsa, nahorga mastava tortiladi.
Tushlikda albatta osh, yengil ovqatga unashmaydi:-) Kechga esa ixtiyoriy, ko'pincha mastava, achchiq sho'rva ketadi.

Toshkentda ustalarga ovqat bir mahalmi?
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Sofdil 18 Mart 2012, 17:35:26
offtop busayam:
toshkenda, ustala asosan nonushtani uyida qip keladi. Abetta baquvvatrooqat beriladi: ow, moshkichiri shunga o'xshash. Kechga yaqin choy - saryo paryo, mayda chuyda digande.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Zohid85 18 Mart 2012, 22:57:06
Tibbiyot institutida o'qib, bir necha xonadonlarda ijarada turganmiz. Bir odatlarini yaxshi ko'rardim: naxorda bomdod namozidan keyinoq xamma uylar darvozasi (Andijonda 'ravot' deyilarkan) yoki ko'cha eshigi qiya qilib ochib qo'yilardi. Bu odatni rizqqa daxldorlgini bir buvidan so'rab bildim. Albatta bir xikmat borligiga ishonib, mana o'qishni bitirib kelib, bu odatni uyda va ishxonada amalda qo'llayapman.
 Bizda bu odatni uyida katta buviyu buvasi borlar qilishadi xolos.
Baribir xar tomonlama foydali yaxshi odat. Erta turish, keng halol rizqqa umid, kelgan xar qanday mexmonga, tangri berishi mumkin bo'lgan uqubatu mukofotlarga eshik doimo ochiqligi pamzi bo'lsa ne ajab!
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Mufazzala 19 Iyun 2012, 08:43:02
 :asl3:

Darvozani qiya qilib ochib qo'yishdan avval ko'cha eshigini
atrofi yaxshilab supurilib, suvlarni ko'llatib sepib qo'yiladi.
Bu ish toooo qish kelib qor yoqquncha davom etaveradi.
Agaaaar kelini bor yoki qizlari bor oilani ertalabdan
erkaklar bomdod nomozidan qaytib kelayotganlarida
eshigini tagi supurilmasdan qolib ketsa bormi...
Uxx, shuni deb Onamdan ko'p kaltak yeganman.
-"Tur bo'l tezroq, eshilardi supur, xozir kishilar qaytadi nomozdan".
Mazza qilib uxlayotganda eng yomon ko'rgan gapim shu edi ;)))
Kim chiqarganikin shu bemaza odatni, derdim. Yomg'ir yoqqan kuni bayram)))
Yana shu bilan qutulib qolsangiz ham mayliga, undan keyin
gehtarga(paxta dalasi(c))Olg'a, ketdik. Nonushtagacha ikki agat(egat(c)) chiqib, ikki agat
tushib, orada qo'y-molga o't qilib qaytib kelardik. Maktabga ketgungacha
aaancha ishga ulugurardik. Barakali bo'lgan ekan o'shanda vaqtlar ham...
Ha aytgancha shu ishlarni orasida o'sma ham qo'yib olardik, maktabga ketayotib
yuvib tashlardik ;)))
Maktabdan kelgandan keyin esa asosiy vazifalar boshlanardi.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Mufazzala 19 Iyun 2012, 08:52:38
 :asl3:

Ha yana bitta urf esimga tushib ketdi. Anjonni boshqa yerlarida
qanaqa bilmadimu biz taraplarda to'ydan bir kun avval "Savzashti"(sabzi archdi)
kuni kechqurun atrofdagi to'rtta mahallaga bittadan odam yuborila(r)di.
valasapet(velosiped)i bilan. Ularni vazifasi ertangi to'ydan hammani ogoh qilish bo'ladi.
Buni "To'yga aytish" deyiladi. Qisman mana bunday:
"Yoppasiga to'ygaaaa, Polonchi akalarnikigaaaaa".(ovoz booricha)
Buni eshitgan kim bo'lsa nahorgi oshga keloradi(qiyshayiib))).
Obedda xotinlar, savati, dasturxoni bilan.
Ashnaqa gaplaar...
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Mo'min Mirzo 19 Iyun 2012, 12:50:13
Mufazzala opa qaysi qishloqda turardiz?
Shaharda deyarli bunday urflar qolmadi, afsus. To'yga to'y egasi eshikma eshik yurib aytadi, aytganda ham faqat yaqin atrofdagi qo'shnilar, mahallaning yarmini.
Eshik tagini supurish ham kelini bor uylarda kuzatiladi. Ba'zi qizi bor uylarda qizlar ham ertalab eshik tagini chiniday qilib shipirib qo'yishadi, baraka topishsin. Lekin bomdoddan oldin emas, quyosh chiqqandan keyin qurollarini ko'tarib chiqishadi.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Aqoid 19 Iyun 2012, 13:08:09
Mufazzala opa ning gaplaridan ,ishono'rilar, sog'inch hidi kelyapti.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Муҳаммад Соҳиб 19 Iyun 2012, 14:12:23
Tibbiyot institutida o'qib, bir necha xonadonlarda ijarada turganmiz. Bir odatlarini yaxshi ko'rardim: naxorda bomdod namozidan keyinoq xamma uylar darvozasi (Andijonda 'ravot' deyilarkan) yoki ko'cha eshigi qiya qilib ochib qo'yilardi. Bu odatni rizqqa daxldorlgini bir buvidan so'rab bildim. Albatta bir xikmat borligiga ishonib, mana o'qishni bitirib kelib, bu odatni uyda va ishxonada amalda qo'llayapman.
 Bizda bu odatni uyida katta buviyu buvasi borlar qilishadi xolos.
Baribir xar tomonlama foydali yaxshi odat. Erta turish, keng halol rizqqa umid, kelgan xar qanday mexmonga, tangri berishi mumkin bo'lgan uqubatu mukofotlarga eshik doimo ochiqligi pamzi bo'lsa ne ajab!

Бу одат Ааманганда хам бор. Факат шахар ва шахар атрофидаги туманларда. Муфаззала опа айтганларидек 80 градус совук булса хам ёгингарчилик булмаса, кучалар сркаклар бомдоддалигида саранжом булиши керак :)
Келини ёки кизи танбал бечора катталарни баъзан масжидга кетаётиб ёки кайтаётиб узларини супурги ушлаганларини кураман. Каранг, узларини смас, фарзанд ёки келинларини ёмон отлик килишни хохлашмайди. Шунакаларни угли огайним булса, шунака игна санчаман шукр куп марта натийжа берган :)
Машнака кип туриш кереда а. Бумаса бу тушмагурлар урп одатларимизни йукотворади
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Abdulloh_8800 19 Iyun 2012, 14:52:34
Mufazzala opa aytgan iwlar yilda 2 bor hayitlarda kuzatilayapti holos (afsus)
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Mufazzala 20 Iyun 2012, 00:49:20
 :asl3:

Mo'min Mirzo, biz Andijon tumani Hakan qishlog'ida turamiz.
Quyosh chiqqandan keyin supurish shunaqangi uyat edi (bizi davrimizda)
undan ko'ra o'shanday qolib ketgani yaxshiydi. O'sha kuni kechgacha hammadan
gap eshitib o'sal bo'lib yurardik.
Qo'shnimizni kelini boridi, hich shu kelindan erta supura olmasdigey. Kechasi
poylab soat ikkida chiqsek ham supurib kirib ketgan bo'lardi, baraka topgur.
Qachon ulgurardi haliayam bilmayman :)
Onam doim shu kelinni ibrat qilib ko'rsatardi. Keyin shunday kelinlarni mahallada
ham obro'si baland bo'lardi.

Aqoid, hidi kelish han gapmi....sog'inchdan qovurilarkan odam.
Vatanimni, qishlog'imni yomonam sog'indim omalekin.
Agar xozir borib qolsam mazza qilib, havasga qilardim ishlarni.

Muhammad Sohib, Namanganni Sardobasida urug'larimiz bor,
mexmonga borib yotib qolganimizda odatlarini, odoblarini huddi
Anjanga o'xshatvorardim.(qarindoshlik yeri boroov))

Abdulloh_8800, haliyam jiyanlarimdan so'rab turaman, sahar
eshilardi supurishyapsanmi, deb. Ha ammajonim, deyishadiyu.
Yolg'on gapirishyaptimikin-a:)
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Mufazzala 20 Iyun 2012, 01:02:59
 :asl3:

Ha yana bitta odatimiz esimga tushib ketdi.
Har non yopganimizda bitta non ustida kulchasi bilan
bitta qo'shnimizga berardik. Issiqinaligidan sochiqqa o'rab
olib chiqardik.  Boshqalar han shunday qilishardi.
Xoziram bormikin bu odat deb so'rasam, allaqachon "Qizil kitob"ga
kirib ketganini aytishdi, hafa bo'ldim :(
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Sofdil 20 Iyun 2012, 01:25:57
 :asl3:

Andijonlila to'ylaga taaluqli urf odatlani yoritsela, hammaga birde qiziq bulardi. Man ewitiwim bo'yicha kelin tarap kuyov bolaga "kiyinin kuyov bola" dip $ berarkan wu gap rostmi?
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Aqoid 20 Iyun 2012, 02:14:04
Ha, rost. Kuyov taraf ham beradi
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Mo'min Mirzo 20 Iyun 2012, 04:46:37
To'yga aytish deganda bir narsa esga tushdi. Mahallamizda masjid boridi (u vaqtlarda masjidlar juda ko'p edi), nahorgi oshga o'sha kichkinagina masjidda e'lon qilinardi. "Masjid ahli oq soqollari, ertaga Bomdod namozidan so'ng falonchinikiga..." deb e'lon qilardi. Bu chaqiriq "oq soqollar"ga bo'lsa ham biz burnini endi artib yurishni boshlagan bolalar ham salla-doppi kiyib nahorgi dasturhonga qiyshayib kirib boraverardik.

Mufazzalopa bizda non tarqatilmay ketgan, afsus. yoshligimda boridi bu odat, yon qo'shnimizga yo bir mahallada turadigan qarindoshimizga ikkita non chiqarardik.
Hozir farzand ko'rishsa yo erimi farzandimi uzoq safardan qaytgan bolsa onaxonlarimiz har qo'shniga ikkitadan non va holvaytar chiqaradi. agar kamhajroq oila bolsa faqat holvaytar chiqaradi.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Sayyid90 20 Iyun 2012, 07:14:26
bu urf odatlar bor markazlardan tashqarida,ammo ilgarigidek  emas.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: NANO 20 Iyun 2012, 11:02:00
Toshkentda ustalarga ovqat bir mahalmi?

Ja yerga urvordizu oka!

Towda ustala 2 xil variantda gaplawadi! Ovqat iw beruvchidan yoki ovqat ustani uzidan!
Ustani uzidan busa pull kupro tulanadi iw beruvchidan bo'sa kamro.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Shokirbek 20 Iyun 2012, 12:08:16
89-90-йилларда Андижонда турганман, у ердаги бир ажойиб одатлардан бири маҳалла ксчасидан стган кишининг йслда ёки сшиги олдида турган кишиларга албатта салом бериб стиши сди, хоҳ таниш бслсин, хоҳ бслмасин. Аамоз ҳақида ҳеч нарса билмайдиганлар ҳам (у вақтда ундайлар жуда ксп сди) бу схши одатга срганишган сди.

А­нди танишлар орасидаги ссрашишда сса мазкур схши одат устига сна бир ажойиб одат "сшикка стейлик, чой тайср" дейиш қсшиларди, бу барчада бор сди, ксплари ҳатто "ош тайср" деб қсйишарди сафарга отланиб, ксчага чиқиб қолишган бслишса-да. Бундай мулозаматда баъзан такаллуф ксринсада, лекин азбаройи қаршисида турган кишига қилинган ҳурмат ва сҳтиром юзасидан бслгани учун, буни жуда схши одатлардан, деб айтса бслади.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: registan 20 Iyun 2012, 12:26:51
Yangi ishtirokchi kelib qolibdimi? Xush kelibsiz, qadamlariga hasanot! )))
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: My Ummah 20 Iyun 2012, 12:50:14
menga nikon to'yida, ya'ni manzaredida kuyov bola surupni bosib o'tgandan keyin uylanmagan jo'ralari tortib olishini yoqtiraman
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Shokirbek 20 Iyun 2012, 13:14:22
Yangi ishtirokchi kelib qolibdimi? Xush kelibsiz, qadamlariga hasanot! )))
Хушвақт бслинг, раҳмат.
Оффтоп бслиб қолмасин, сна бир одатни айтиб кетай:
Андижонликлар (шаҳарда сшайдиганларни назарда тутаспман)да бошқа ерларда ҳурмат юзасидан қсшиладиган "лар" қсшимчаси қсшилмайди, съни, бир ҳурматли киши ҳақида "бордилар", "келдилар", "қилдилар" деб бошқалар қсшадиган ҳурматга далолат қилувчи "лар"ни қсшмайдилар. Бу асло беҳурматликни ифодаламайди, лекин, уларда бу қсшимчани қсшиш одат тусига кирмаган (ҳар ҳолда 20 йил бурун шундай сди), улар билан снги муомалада бслаётган ҳамда ҳурмат юзасидан "лар" қсшимчасини қсшадиганлар шундай муомалада тушунмовчиликка бориб қолмасликлари керак.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: My Ummah 20 Iyun 2012, 14:11:09
yo'q ba'zi-ba'zilar shunqayam deyishadi o'zim eshithanman
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Best friend 20 Iyun 2012, 15:27:01
menga nikon to'yida, ya'ni manzaredida kuyov bola surupni bosib o'tgandan keyin uylanmagan jo'ralari tortib olishini yoqtiraman

 Bu poyondoz tortish yoki talashish deyiladi. Andijonliklar va O'shliklarning yashash tarzi, shevasi, urf odati deyarli bir xil. Bizda ham xurmat yuzasidan "lar" qo'shimchasi qo'shilmaydi va bu xurmatsizlikni bildirmaydi, aksincha ba'zan "lar" qo'shilib qolsa, kesatiq ohangida bo'lib qoladi. Keyin faqat Andijonda chaqaloqni sizlamaydi, bizda ham sizlaydi. E hullas offtop uchun uzru lekin, o'zimni shaxrim haqida gapirmasam, hech kim gapimidida )))). Lekin Andijonlik qarindoshlarim ko'p, tanishlar ham bor ("q" harfini "k" deb gapirishadi)))) ochiq ko'ngil yaxshi odamlar lekin, soddagina bo'lib ko'rinishadiyu, bir kiydirib ketsa yomon alam qiladida ))).
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Best friend 20 Iyun 2012, 15:47:55
 :vsl3:

 Qanday misol keltirsa bo'ladi, har qanday so'zdagi "q"ni "k' deydida )), "karam"dagi "k" emas "Klara"dagi (yo'g'on) "k", unchalik bilinmaydiyu, yaxshiroq e'tibor bersez bilinadi.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: My Ummah 20 Iyun 2012, 15:49:41
o'shliklar haqidami manada
andijonni yaqin qo'shnisi uyerda o'zbeklar ko'p hatta ba'zi artistlar shu yerdan ekan(shuhrat qayumov)
faqatgina sheva sal boshqacharoqda
o'sh tinchmi o'zi
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Abdulhafizaka 20 Iyun 2012, 15:53:41
Войбсс раса Анжанлиларни чайнапсилару. Аммо лекин менхам қ срнига к ишлатилган ссзни ссломадим лекин Анжандахам шева ксп. Мени билишимча хазл хузл хам
Анжанда анча кучли шекилли мен сзим бир икки панд еганман, бирсафар Ааманганда, бир сафар Бухорода саааал қсполро ҳазлашиб қсйиб сзим ҳижолат бсп қоганман.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: My Ummah 20 Iyun 2012, 16:24:51
hamma shahardi ustalari bir xil ovqatlansa kere, yo oshqozoni har-xilmikin ustalardi
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: azizbek_mx 20 Iyun 2012, 16:52:33
ochiq ko'ngil yaxshi odamlar lekin, soddagina bo'lib ko'rinishadiyu, bir kiydirib ketsa yomon alam qiladida ))).
bir kiydirgandayam yomonidan kiydirib kettida ommo lekin :))) qaytib anjanliladan zakaz omasakanman dedim
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Mufazzala 20 Iyun 2012, 17:56:57
 :asl3:

Yana Anjanda erkak kishi (mabodo)ayoli haqida gapirsa "Bollarim",
deb gapiradi. Masalan: Bizi bollar onasinikiga ketgandi, deydi.

Akalar ukalarini ayollarini "Kelin", deyishadi.
Qaynonalar kelinini ismiga albatta "xon" yoki "oy"
qo'shib chaqirishadi. Masalan kelinni ismi Malika bo'lsa
Malikaxon, deb chaqirishadi.
Katta ota-onalarni nevaralar "Opoqidada", "Katabuvi"
deyishadi.

Ko'chadagi notanish kishilarga esa "Tog'a", "Xola" deb muroja'at qilishadi.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Mo'min Mirzo 20 Iyun 2012, 18:30:46
89-90-йилларда Андижонда турганман, у ердаги бир ажойиб одатлардан бири маҳалла ксчасидан стган кишининг йслда ёки сшиги олдида турган кишиларга албатта салом бериб стиши сди, хоҳ таниш бслсин, хоҳ бслмасин. Аамоз ҳақида ҳеч нарса билмайдиганлар ҳам (у вақтда ундайлар жуда ксп сди) бу схши одатга срганишган сди.

А­нди танишлар орасидаги ссрашишда сса мазкур схши одат устига сна бир ажойиб одат "сшикка стейлик, чой тайср" дейиш қсшиларди, бу барчада бор сди, ксплари ҳатто "ош тайср" деб қсйишарди сафарга отланиб, ксчага чиқиб қолишган бслишса-да. Бундай мулозаматда баъзан такаллуф ксринсада, лекин азбаройи қаршисида турган кишига қилинган ҳурмат ва сҳтиром юзасидан бслгани учун, буни жуда схши одатлардан, деб айтса бслади.
Hojiaka shunday tez-tez kirib forumni gullatib turing, postlaringizni odam sog'inib ketarkan. FBda ham kamnomasiz.
Salomlashish ham bizdagi odat edimi? Bilmaskanman, lekin o'zim mahallamizdagi tanishu-notanishga salom beradigan odatim bor, endi bilsam bu Andijonliklar odati ekanda.
Eshikka o'taylik, uyga kiring deb qo'yish hozir ham bor, hammani qo'li ko'ksida turadi "choy ichib keting" deb aytadi. Qizig'i, hatto rus millatiga mansub odamlar ham shunday "cho'yga" taklif qilib qolishadi, bunday taklif hozir og'izdan "avtomatik" chiqib ketadigan bo'lib qolgan : )

Iqtibos
Андижонликлар (шаҳарда сшайдиганларни назарда тутаспман)да бошқа ерларда ҳурмат юзасидан қсшиладиган "лар" қсшимчаси қсшилмайди, съни, бир ҳурматли киши ҳақида "бордилар", "келдилар", "қилдилар" деб бошқалар қсшадиган ҳурматга далолат қилувчи "лар"ни қсшмайдилар. Бу асло беҳурматликни ифодаламайди, лекин, уларда бу қсшимчани қсшиш одат тусига кирмаган (ҳар ҳолда 20 йил бурун шундай сди), улар билан снги муомалада бслаётган ҳамда ҳурмат юзасидан "лар" қсшимчасини қсшадиганлар шундай муомалада тушунмовчиликка бориб қолмасликлари керак.
LAR qo'shimchasi chindan ham bizda ishlatilmaydi, ishlatib qolinsa kulguga qoladi.
10 yilcha oldin edi shekili, bir sho'x jiyanim oshnam bilan tortishib qoldi, oshnamning eshigini ochib "gapizi qaytib omasez baqiraman" dedi, oshnam "baqirmang, dadamlar bor" degan edi jiyanimga xudo berdi "Aka qaren, baqiraman desam "baqirmang, dadamlar bor" deyapti, gapini qaren "dadalari borakan".
Kulaverib nafasim chiqmay qolgan edi.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Mo'min Mirzo 20 Iyun 2012, 18:41:02
Yana Anjanda erkak kishi (mabodo)ayoli haqida gapirsa "Bollarim",
deb gapiradi. Masalan: Bizi bollar onasinikiga ketgandi, deydi.
Bir odatimiz bor, shuni hech tushunmayman. Er ayolini chaqirganda kenja qizining ismini aytib chaqiradi, xotini ham erini chaqirganda katta qizining ismini aytib chaqiradi.
Masalan bir oilaning ikki qizi bo'lib kattasining ismi Nazokat bo'lib, kichigi Nazira bo'lsa ayol erini Nazokathon deb chaqiradi, er ayolini Nazirahon deb chaqiradi.
Nega bunday ekan, ko'pni ko'rgan forumdoshlar orasida shu odatimizning xikmatini biladiganlar bormi?

Iqtibos
Katta ota-onalarni nevaralar "Opoqidada", "Katabuvi" deyishadi.
Shaharning o'zida boboni Opodada deydi, buvini "buva" deydi.
Tumanlarida onani "buvi", buvini "katta buvi", boboni ko'pincha "ota", tog'ani "opodada" deydi.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Mufazzala 20 Iyun 2012, 18:55:06
 :asl3:

Meni Opodadam rahmatlik ham to hayotdan o'tgungacha Katabuvimi
holamni ismi bilan chaqirgan. Kamdan-kam chaqirardi shunday bo'lsada.
Bunaqa holatlar kattalarimiz orasida bor, kamyob.
Buni sababini Hayo dan deb bilaman. Boshqalarni oldida qo'lini tutish
tugul hatto o'z ismi bilan ham chaqirishga hayo qilishgan eskilarimiz.
Bizni millat shunaqa hayosi kuchli millat (edi).
Qanday go'zal edi o'sha damlar, ammo.... afsus.

Men shu paytgacha qarindoshlarimiz, yaqinlarimiz orasida
er-xotin bir-birini ismi bilan chaqirganini eshitmaganman.
Hech bo'lmasa ayasi, dadasi deyishadi bir-biriga.

Turk xotinlari ho'jayinlarini bemalol ismi bilan chaqirib, sensirab tursa
odam g'alati bo'lib ketadi. O'rganmaganimiz, loyiq ko'rmaganimiz uchun.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Abdulloh_8800 20 Iyun 2012, 19:50:31
meni dadamning ota-onalari ham bir-birlarini katta qizlarini ismi b.n chaqiriwadi "muyassar" deb. Bowqalarga g'alati tuyulsa k.k lekin biz o'rganib ketganmiz
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Mo'min Mirzo 20 Iyun 2012, 20:07:22
Yo tavba (youtube emas), forumda 5-6kishidan boshqa hamma andijonlikka o'xshaydi.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: AbdulAziz 20 Iyun 2012, 20:17:07
Yo tavba (youtube emas), forumda 5-6kishidan boshqa hamma andijonlikka o'xshaydi.

Toshkent va voha tomonlarda ko'pchilik vodiy viloyatlari va shaharlarini farqlay olmaydi. Andijondanman yoki Marg'ilondanman desangiz, "ha, Farg'onadan yoki Qo'qondan ekansizlar-da" deyishadi :)

Buni yozishim bejiz emas, zero bu yerda yozilayotgan urf-odatlar vodiy ahli uchun ham umumiydir. Ba'zi jihatlari farqlansa-da, bu xayrli odatlarni aynan Andijonga yoxud Namangangagina xos deb bo'lmaydi.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Sayyid90 20 Iyun 2012, 22:45:21
Aytilganidek hali ham kimlar bilan salom alik qilinsa "uyda choy tayyor edi"deb qo'yiladi.Biz buvimizni Opoq aya,buvamizni va amakimizni Opoq dada deb ataymiz.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Sadulla 21 Iyun 2012, 07:19:01
 :asl3:

Yo tavba (youtube emas), forumda 5-6kishidan boshqa hamma andijonlikka o'xshaydi.

Rostdan ham shu oxirgi kunlarda Andijonliklar sezilarli darajada ko'paydi,Andijonda forummi reklom qivormadilami mabodo   :D

Bir odatimiz bor, shuni hech tushunmayman. Er ayolini chaqirganda kenja qizining ismini aytib chaqiradi, xotini ham erini chaqirganda katta qizining ismini aytib chaqiradi.
Masalan bir oilaning ikki qizi bo'lib kattasining ismi Nazokat bo'lib, kichigi Nazira bo'lsa ayol erini Nazokathon deb chaqiradi, er ayolini Nazirahon deb chaqiradi.
Nega bunday ekan, ko'pni ko'rgan forumdoshlar orasida shu odatimizning xikmatini biladiganlar bormi?

Onam aytgandilar Buvim rahmatli Buvamlarni katta o'g'illarini ismlarni aytib chaqirar ekanlar.Bu er-xotining bir-biriga bo'lgan hurmatidan bo'lsa kerak.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: _dadasining erkatoyi_ 21 Iyun 2012, 09:31:10
 :asl3: Андижонда сна битта одат бор, туйда келин куев уйига келганда, кайнона сандик устига купгина курпачаларни тахлаб, устига чикиб, утириб олади. Биз келин олганимизда асмни шундай килиб уткизиб куйишган. Мен жуда хайрон булганман. Бунинг ма'носи шу сканки, кайнона иззит-хурматда утириб, келин хизматда булсин.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Nosirbek 22 Iyun 2012, 11:07:10
umuman olib karaganda, vodiydegi urf odatlar bir biriga judayam ohweydi ekan. men Kirgizistonning jalolobod wahridanman, ewik supuriwlar, savziarchtilar, "bollari" dep hotin bola-chakaga aytkanlari hammasi bir hil ekan. lekin men Anjanga borganda bir narsa hamon ko'zga tawlanas edi, Anjanning halki juda mehmondo'st, gapka chevar bolar edi. men agar ammamlarnikida, mahallada gaplawib kolsam..meni Anjonlik bolmaganimni hamon seziwas edi...:) kaerdansiz owna , dep sorawas edi..Lekin afsus 2007 yildan beri menga juda yakin bo'lip kolgan Andijonga borolmadim, endi Hudo hohlasa zamonlar tinchip, chegaralar ochilsa borip kelarmiz
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Best friend 22 Iyun 2012, 11:33:26
 Iye Xush kebsiz hamyurt!
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Nosirbek 22 Iyun 2012, 15:30:23
huwvakt boling, rahmat!
siz ham Qirgiziston'danmisiz? qaysi wahridansiz?
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: My Ummah 23 Iyun 2012, 05:19:50
Yana bir odat bor odatda darvozadan kirilganda parda tutilgan boladi juda kop xonadonlarda shunday
shu jumladan biznikidaham shunday : )
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Aqoid 26 Iyun 2012, 20:39:17
Ho'y! Akalar, qizishmelar! 2-3 kun kirmaseng shu ahvol. Xurshidbek! Agar Donishmand bizga hurmatsizlik qilsa, boshqalardan nima kutish mumkin? Xolis inson sifatida aytdim.
Nom: Re: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Abdulloh_8800 27 Iyun 2012, 05:40:00
ha har holda donishmand aka saytda mestniylarda nima ham deymiz endi... :13
Nom: Javob: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: Muxsiya 10 Aprel 2013, 11:08:47
урф-одатларимиз охирида жанжал билан скун топибдида кандай ачинарли холат буниси Андижонликоларга хос одат смас
Nom: Javob: Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)
Yuborildi: XurshidbekUZ 10 Aprel 2013, 16:38:59
«Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar (do‘st-birodar bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir» .(Hujurot surasi, 13-oyat)