forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Ansora 15 Sentyabr 2011, 16:25:06

Nom: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2011, 16:25:06
Assalomu alaykum. Chustiyni yangi kitoblari sabab bu mavzuni ochishga qaror berdim. Xo'sh, sizningcha xozirgi kunda Ona tilimizga qanchalik e'tibor beryabmiz. O'zbek tili "davlat tili", deb e'lon qilinganiga 20 yildan oshdi, shu vaqt mobaynida qanday ishlar amalga oshirildi, qanday kamchiliklar bor? Bu haqda fikrlaringizni bu mavzuda yozishingiz mumkin...
Nom: Re: Ona tilimiz -O'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2011, 16:28:05
Bir Qirg'iz dugonam Qirg'izlarni mashur yozuvchisi haqida shu fikrni aytgandi, "Shaxsan men uni bir Qirg'iz, deb qabul qilmayman, chunki u asarlarini Qirg'iz tilida emas, Rus tilida yozdi". Bu gap menga juda qattiq ta'sir qildi, albatta siz mashhur biri bo'lishingiz, asarlaringiz yuzlab tillara tarjima qilingan bo'lishi mumkin, lekin siz o'z ona tilingizni kamchilik tushunadi, qolganlar tushunadigan tilda yozay, deb boshqa tillarni tanlasangiz bir kuni kelib o'z qavmingizdan biri siz haqingizda shunday fikr bildirishi tabiiy...
Nom: Re: Ona tilimiz -O'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2011, 16:31:54
Biz qachongacha dunyo miqyosiga chiqish uchun Rus tilidan ko'prik sifatida foydalamiz, ahir "Tilga e'tibor- elga e'tibor" demaganmilar jafokash ustoz Navoiy...

Men xohlaymanki, O'zbekistonda chop etilayotgan asarlar uchun boshqa tilga tarjima qilish uchun insonlar O'zbek tilini biladigan odamlarni qidirib ter to'ksin, qiziqsinlar, bu qanday til ekan, ha bundan 20 yil avval Mustaqil bo'lgan davlatni tili to qaysi asrlarga borib taqalar ekan, deb hayratlarga tushishsin....

Bir o'z-o'zimizni hurmat qilmasak, odam o'rniga qo'ymasak, hech kim bizni hurmat qilmaydi, vaqt ham ajratmaydi tilimiz uchun.
Nom: Re: Ona tilimiz -O'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2011, 16:35:54
Tushunaman, qariyb 80 yil mobaynida turli sohalardagi terminlar asosan Ruschalashtirildi, xozirgi kunda turli sohadagi kitoblarning Rus tilida chiqishi menga qolsa TAMBALLİKDAN boshqa narsa emas! Chunki bosh qotirish, bu terminlarning O'zbek tilidagisini izlab topish, yoki tilning o'z hazinasidan foydalangan holda yangi terminlar o'ylab topib, xalqni iste'moliga havola qilish uchun avvalo vaqt, MABLAG' va Vatanparvarlik tushunchalari kerak, hurmatli o'rtoqlar!
Nom: Re: Ona tilimiz -O'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2011, 16:42:25
Bir yigit so'ragandilar mendan: Opa, Turklarda Vatanparvarlik qanday o'rgatiladi, alohida darslar bormi? deb. Men kulgandim. Chunki bunday dars yo'q. Bu bola tug'ilgan paytdan boshlab atrofida o'z tilidan yetarlicha foydalana olishidan boshlanadi. Bir anketa, blankada boshqa tilda yozilgan narsani ko'rsa Turkiyada (albatta u Ingliz tili bilan bog'liq bir narsa bo'lmasa) yirtib yuzingizga uloqtiradi, hech bo'lmasa siz bilan biroz tortishadi, men boshqa tilni bilishga majbur emasman, bu yer Turkiya emasmi, deb.
Bizdachi? Balki xozirgi kunda o'zgargandir (inshalloh) jiddiy bir anketa, blankada albatta Ruscha yozilgan bo'lardi...Oddiy misol, tashqi davlatga chiqish uchun yoningizdagi pul miqdorini bildirish uchun (garchi bu ham faqat bizda bor, aslida bu ham teskari narsa, chunki bu meni shaxiy cho'ntagim) blanka to'ldirardik, shu ham Rus tilida edi:(
Nom: Re: Ona tilimiz -O'zbek tilimizga qanchalik e'tibor beryabmiz?
Yuborildi: registan 15 Sentyabr 2011, 16:46:32
Bizdachi? Balki xozirgi kunda o'zgargandir (inshalloh) jiddiy bir anketa, blankada albatta Ruscha yozilgan bo'lardi...:(

O'zgargani yo'q, o'zgargan bo'lsa ham juda kam. Hatto ba'zi chiqqan qarorlarni o'zbekcha matnini qidirib topolmaysiz.
Nom: Re: Ona tilimiz -O'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2011, 16:49:39
Youtube'dan qo'shnim bilan palov haqidagi videoni ko'rayotgandik, O'zbek palovini o'rgatayotgandim. Video mashhur O'zbek ustalar tarafidan tayyorlangan, lekin Rus tilida edi. Qo'shnim so'rayabdi, nimaga Rus tilida? Sizda hamma Ruscha gaplashadimi, sen ham shuning uchun Ruscha bilasanmi, deb. Yer yorilmadi, yerga kirib ketmadim, yomon ta'sir qildi :3

Boshqalarni bilmadim-u, menga bir O'zbek palovini ta'rifini Rus tilida tinglash, (Ozbeklar tarafidan) xuddi Rus ovqatini yeyayotganday tushuncha uyg'otdi, O'tgan kunlarni Rus tilida o'qiganimda hech ta'sirlanmaganimday:(

Qo'shnim aytyabdi, agar O'zbekcha tayyorlashganda videoni, ishon, agar senday gapirishsa, yarimidan ko'pini tushunardim....hech narsa deya olmadim :3
Nom: Re: Ona tilimiz -O'zbek tilimizga qanchalik e'tibor beryabmiz?
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2011, 16:52:34
Masalan forumda ham bu mavzuni ochgandim ataylab:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5783.0

Umuman olib qaraganda: Zamira, siz ovora bo'lmang, baribir hammasi Rus tilida, degan gapni eshitganday bo'ldim. Bu mavzular shunday boshlanadi o'zi. Men o'rtaga tashlayman, narigi bir ikki yangilik kiritadi, uchinchisi esa iste'mol qiladi bu so'zni. Qayerda ekan oson rizq?
Nom: Re: Ona tilimiz -O'zbek tilimizga qanchalik e'tibor beryabmiz?
Yuborildi: Donishmand 15 Sentyabr 2011, 17:28:21
"Shaxsan men uni bir Qirg'iz, deb qabul qilmayman, chunki u asarlarini Qirg'iz tilida emas, Rus tilida yozdi".
Agar yozuvchi haqiqatdan ham iste'dodli bo'lsa, asarlari jahon adabiyoti durdonalari safidan joy ola bilsa, bu asar boshqa ko'plab tillarga tarjima qilinishi turgan gap. Ommalashsin uchun boshqa, ko'pchilik foydalanadigan tilda yozish shart emas. O'sha adibning asarlarini ko'p o'qiganmiz, haqiqatdan ham zo'r asarlar. Menimcha, u qirg'iz tilida bunday ijod qilolmas edi deb o'ylayman. Afsuski, asar qanchalik zo'r bo'lmasin, millatdoshi haqli ravishda baho berib qo'yibdi.
Nom: Re: Ona tilimiz - O'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Sentyabr 2011, 17:40:34
Afsus, mavzuning nomi ham tahrirga muhtoj bo'libdi. "Ona tilimiz - O'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?" deyilsa to'g'riroq bo'ladi.
Nom: Re: Ona tilimiz -O'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2011, 17:42:26
Afsus, mavzuning nomi ham tahrirga muhtoj bo'libdi. "Ona tilimiz - O'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?" deyilsa to'g'riroq bo'ladi.

Darrov tuzatamizda, koshki butun til masalalarini darrov tuzata olsak:)
Nom: Re: Ona tilimiz -O'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryabmiz?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Sentyabr 2011, 19:37:19
Afsus, mavzuning nomi ham tahrirga muhtoj bo'libdi. "Ona tilimiz - O'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?" deyilsa to'g'riroq bo'ladi.

Darrov tuzatamizda, koshki butun til masalalarini darrov tuzata olsak:)

Ona tilimiz -O'zbek tilimizga qanchalik e'tibor beryabmiz?
Nom: Re: Ona tilimiz -O'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2011, 20:35:54
Afsus, mavzuning nomi ham tahrirga muhtoj bo'libdi. "Ona tilimiz - O'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?" deyilsa to'g'riroq bo'ladi.

Darrov tuzatamizda, koshki butun til masalalarini darrov tuzata olsak:)

Ona tilimiz -O'zbek tilimizga qanchalik e'tibor beryabmiz?

Buning sababi Turk tili, masalan Turk tilida "kattan" (qavatdan) so'zida +tan qo'shimchasi olganda, O'zbek tilida+dan jarangli qo'shimcha oladi, shuning uchun "b" yozdim shekilli shoshilib...
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Mo'min Mirzo 16 Sentyabr 2011, 08:24:32
"Аега она тилида схши сқимаганмана" деб доим сзимни сзим койийман.
Х ва Ҳ харфларини ҳеч срнида қсллай олмайман, бу айниқса матн тераётганимда билинади. Тез тез қоғозга қараб олишга тсғри келади.
Х ва Ҳ ҳарфларини ажратиш ҳақида китоб ҳам бормиди? сшитгандай бслспману, лекин сслай олмаспман
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: AbdulAziz 16 Sentyabr 2011, 11:01:26
X va H harflari imlo lug'ati mavjud. Kichkinagina cho'ntak kitob. Kitob do'konlaridan topsangiz bo'ladi.
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Abu Muso 16 Sentyabr 2011, 11:46:01
 :asl3:

Yumshoq H mi, qattiq H mi?  ;D (Hojiboy Tojiboevdan)
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Ansora 16 Sentyabr 2011, 12:00:47
:asl3:

Yumshoq H mi, qattiq H mi?  ;D (Hojiboy Tojiboevdan)

Valaykum assalom. Menga qolsa shu "x" ni umuman olib tashlash kerak. Yumshog'i yetadi:)

Xayr so'zini "x" bilan yozilishini bilsam ham ataylab "h" bilan yozgim kelaveradi, nimagalini so'rasangiz "x" harfini yomon ko'raman:)

Yaxshiyam qattiq "s" yumshoq "s" ni ajratishmabdi olimlarimiz.

Men shuni tushunmayman, Kiril alifbesiga o'tayotgan paytimiz shuncha muammo turib nimaga endi 2 ta h belgilangan. Bu ortiqcha, meni shaxsiy fikrim.

Turk tilida 1 dona "h" bor, kamayib qolgani yo'q. Qolaversa Arab tilidagiday "x" ni o'rnida "h" yozsak boshqa ma'noga kelib qolmaydi xozirgi O'zbek tilida.
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Ansora 16 Sentyabr 2011, 12:07:33
Qo'shni cumhuriyatlarda ham O'zbeklar ko'p. Ularni maktablarida O'zbek tili darslari o'qitiladimi? O'zbekiston O'zbek tili masalasida ularga qanday yordamlar beryabdi ajabo?
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Музаффар 16 Sentyabr 2011, 12:10:06
Мавзуни очган инсондан Оллох рози бслсин. Она тилимиз милатимизнинг снг муқаддас ва мукаррам қадристларидан бири!!! Лекин...
Бу мани хам снг катта камчиликларимдан бири. Ўзбек тилининг қандай жозибадорлигини билган холда русча аралаштириб гапириш одатидан тийилишга доимо интилиб келспман. Ишхонамдаги касбимизга оид адабиётларни бирорта хам Ўзбекчаси йсқ. Хамаси русча ва инглизча. Икки йилдан буён уларни она тилимизга таржима қилишни бошлаганман. Лекин ксплаб техник терминларни Ўзбекчасини топиш қийин бслспти. Баъзилари сса умуман йсқ. Шундай бслса хам хар қандай маълумотни Ўзбек тилида аниқ ва тушунарли ифодалашни 100% га бажарса бслади.
Бошқа тарафдан қаралса, орамизда хали хам "Совет инеряисси" бсйича сшаётганлар кспчилик бслса керак. улар учун рус тили сз сзидан бирламчи тил хособлашади.
  қаттиқ ва юмшоқ х ларни фарқини ман хам хали хам ажратолмайман. кейин лотин алифбосидаги шу муаммо билан боғлиқ баъзи нарсалар хам мавжуд, масалан "асхоб", дасхат ва шу каби ссзларни лотинча ёзилганда "ашоб" каби бслиб бузилиб қолади. Шу холат учун қандай синткаксислар ишлатилинади?
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Ansora 16 Sentyabr 2011, 12:26:13
Kecha aytdim-u, bazi masalalarda biz haliyam dangasamiz. Masalan shu Lotinni ham kompyuterdagi harflardan foydalana qolaylik, deb shunga qarab alifbo tuzildi. Buni o'rniga biroz pul sarflab tilimizdagi butun tovushlarni bera oladigan alifbo tuzilib, shunga qarab harflar islab chiqarilsa yaxshi bo'lardi. Chunki ha deganda o'zgaravermaydi bu alifbo.
Marmara Universitetida O'zbek tili o'qituvchisi bilan gaplashgandim, Lotin alifbosidan "dod" deydi har safarida. Talabalar esa umuman yoqtirishmaydi, bu nima o'zi, deb...yarmi inglizcha, yarmi umuman boshqa mantiq, deb shikoyat qilishgani qilishgan.
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Ansora 16 Sentyabr 2011, 12:44:45
Tilni ravnaqi uchun ajratilgan pul hech kimga botmasligi kerak. Pul ajratishga majburmiz, chunki bir xalqni xalq qilib turgan narsasi eng boshda uni tili.

Qolaversa O'zbek tili judayam boy til, Arabcha, Forscha so'zlar bo'lsa ham asrlardan beri bu so'zlarni ishlatilishi O'zbekchalashib ketgan.

Oybekni romanlarini Turk tiliga tarjima qilar ekanman, tilimizning qanchalar boy ekanligiga yana bir bor ishondim, chunki bazi iboralar, so'zlarni bir xilini topishni iloji bo'lmadi, har qalay tushunsa bo'ladi bu so'zlarni lekin "mazasi" tilimizdagiday emasdi.
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Ansora 16 Sentyabr 2011, 12:53:40
Men til bilan shug'ullanadigan katta hodim bo'lsam, (ya'ni gapim o'tsa) shaharma shahar, mahallama mahalla kezib, shevaga oid so'zlarni to'platib, ham kitob ham kasseta chiqargan bo'lardim. Bizda shevalarga oid ma'lumotlar judayam kam. Bularni hammasi hazina. Qolaversa eski so'zlarni bilib, ishlatayotganlar ham kundan kunga kamayib bormoqda...
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Donishmand 16 Sentyabr 2011, 13:58:21
Mavzu hozirgi paytda eng muammoli deb hisoblasak adashmaymiz. O'zbek tiliga "Davlat tili" maqomi berilganiga 22 yil bo'ldi. Shuncha vaqtdan beri ko'p ishlar qilindi tilimizni bu maqomga olib chiqish uchun. Ha, ko'p ishlar qiindi, lekin hali yana shuncha qilinishi kerak bo'lganlari yotibdi.
   Har kuni ertalab ishga kelaman, honamni ochaman, bir ko'zdan kechiraman... Stolimda bir dunyo qog'ozlar - hammasi ruscha! Bo'lishi mumkin birorta gazeta yoki taklifnoma - o'zbekcha! (shu taklifnomani ham nahorgi oshga emas, kechki bazmga aytishganida ruscha yozisharmidi...)
To'rtta o'zbek majlis o'tkazamiz, tabiiyki bayonot ruscha yoziladi. ("Протокол"ning "Bayonot" bo'lishini hozir zo'rg'a esladim - ishlatmasangiz esingizdan chiqib qoladida har qanday so'z). Nega bunday?, qachongacha? degan savollar har kuni o'ylantiradi. Bunga yetarlicha sabablar ham bordir, lekin hamma muammo ana shu sabablarning bartaraf qilinmayotganligida. Birinchi navbatda adabiyotlar (texnik adabiyotlar), ikkinchisi katta korhonalarda hujjatlarni to'liq o'zbek tiliga o'tkazish uchun ko'p vaqt va sarf-harajat talab qilinishida. Ammo bu harakat qilinmasin degani emasku, mayli vaqt ko'p ketsin, lekin qachon boshlaymiz?... Savollar, savollar, savollar...
To'rt-besh yil oldin, bir odamdan -"Aka, mana hamma imkoniyatlarimiz bor, nomzodlik dissertatsiyasini qachon boshlaymiz?" - deb so'raganimda, -"Hozir qilsak rus tilida yozishimizga to'g'ri keladi, biroz vaqt o'tsin. Lotin alifbosida o'qiganlar maktabni tugatib institutga kirishdi. Ertaga institutni ham tugatishganidan so'ng o'z-o'zidan yozuv o'zgaradi, shunda o'zbekcha dissertatsiya yozish boshlanadi. Biz o'z tilimizda yozamiz, va ko'rsatamiz o'zbek tilida ham texnikaga oid dissertatsiyalarni zo'r qilib yozsa bo'lishini," - degan edi. Menimcha, hali-beri bunday bo'lmaydiganga o'xshaydi.
Yana bir narsa, ko'chalardagi reklamalar, yoki nomlar! O'tgan kuni bir AYOQSHning tepasidagi yozuvni ko'rdim. "Zapravka"ning eski nomi "Olmos" edi. Endi yangicha yozishibdi: "AvtoAlmaz" - deb. Qarang, bu lotin yozuvidami, ingiliz tilidami, yoki rus tilidami?! Nega lotin yozuvi bo'lsa "AvtoOlmos" emas, nega inglizcha bo'lsa "Diamond" emas, ruscha bo'lsa nega "Алмаз" emas, lotin yozuvida?! Ruslar ham lotin yozuvini qabul qilishibdimikin yoki... Mana bu haqiqiy "каша"! Bilamizki, har bir shaxar va tuman hokimiyatida bu bilan shug'ullanadigan kishilar bor, faqat ular saaal uyquchiroq...(uyg'otib qo'yay desam shu kunlarda ko'rinishmayapti:) )
"H" va "x" ning farqiga kelsak, bu tilimizda katta rol o'ynaydi. (To'g'risi, o'zim ham bu harflarda adashaman). Vodiyliklarning talaffuzida bu tovushlar unchalik ham bilinmaydi, lekin Samarqand, Buhoro, Xorazm taraflarda buni oson farqlashadi. Bu ikki harfni birlashtirish kerak deganlarning fikriga qo'shilolmayman. Tilimiz shunday ham omonim so'zlarga boy, ularni yana ham ko'paytirishning nima keragi bor? Ba'zi hollarda ma'no o'zgarishi ham mumkin gapimizda. Masalan, shox bilan shohni bir hil qilib qo'yish to'g'ri bo'lmasa kerak. Eski o'zbek yozuvimizda ham bu harflar alohida mavjud edi. Tilimizdagi tovusharni boshqa xalqlarning tili bilan so'lishtirolmaymiz. Ba'zi bizdagi tovushlar bizga yaqinroq bo'lgan turk tilida ham yo'q.
Qanchalik to'g'ri yoki yo'q - bilmayman, biroq menga shunday tuyuladiki, krill alifbosiga asoslangan yozuvimizni lotin alifbosiga asoslanganiga qaraganda mukammalroq tuzishgan edi.
Baribir ishonib qolamiz, O'zbek tili mutloq Davlat tili darajasida bo'ladi bir kun!
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Humayro 16 Sentyabr 2011, 14:13:38
Ma'lumot uchun:
Qo'shni jumhiriyatlarda O'zbek maktablari sekin-asta yopilmoqda. Bundan o'zga iloj ham qolmadi. Sabab adabiyot yo'q! Bori tugadi yirtilib.

So'ng qoshni jumhuriyatdagi o'zbeklar lotinga o'tmagan haliyam kirillda o'qishyapti, buyam juda kulgili hol, yani rasman mavjud bo'lmagan yozuvda dars berishmoqda?

Agar o'zbek bolasi O'zbekistonda o'qishni davom ettirish niyati bo'lsa nima qiladi degan savol ham javobsiz.
javobsiz savollar ko'p...

Xozircha ota-onalar bu savollarga javob topilguncha bolalarini rus maktabiga berishga majbur bo'lishyapti.
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Usmon 16 Sentyabr 2011, 18:42:07
Afsus, mavzuning nomi ham tahrirga muhtoj bo'libdi. "Ona tilimiz - O'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?" deyilsa to'g'riroq bo'ladi.

Darrov tuzatamizda, koshki butun til masalalarini darrov tuzata olsak:)

Ona tilimiz -O'zbek tilimizga qanchalik e'tibor beryabmiz?

Buning sababi Turk tili, masalan Turk tilida "kattan" (qavatdan) so'zida +tan qo'shimchasi olganda, O'zbek tilida+dan jarangli qo'shimcha oladi, shuning uchun "b" yozdim shekilli shoshilib...

Kapalak opaginam to'g'ri yozgan edilar, pikri ojizibizcha
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
Yuborildi: Usmon 16 Sentyabr 2011, 18:50:05
Ashinde qilib, til masalasi...judaa bizga manzur mavzu bo'libdi lokigin....

Alifboga keladigan bo'lsak, hali ham kechmas qaytish uchun, uncha ko'p yo'l yurib qo'yganimizcha yo'q hali. Lotinda yaratilgan ilmiy, badiiy va boshqa nashrlarni tarozini bir pallasiga qo'ysa-yu, kirilldagisini ikkinchi pallaga tashshavorsa, lotindagi nashrlar osmonu-falakka uchib ketsa keragooov....

Tilning o'zi esa.... ahvol judayam yomonmas, lekin maqtanadigan darajada ham emas, til deyarli boyimayapti... birgina inglizcha "hyperlink" (веб-ссс‹лка) so'zini tarjima qilolmay garang bo'ldim, ba'zi joylarda "havola", ba'zilarida "ishorat"... maxsus ilmiy terminlarni-ku gapirmasayam bo'ladi....

Yaxshilanishiga umid qiloviz endi...
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Ansora 16 Sentyabr 2011, 20:02:02
Shuning uchun ham tilshunoslarga kattaroq oylik berib, ularni holi qoldirish kerak bir muddat. Qidirishsin, izlanishsin, biroz qorin qo'yishsin, qaysi tilshunosni ko'rsam oriq:) biroz qorni to'ysa so'zlar ham o'zidan o'zi kelaveradi:)
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Shuhrat_ 16 Sentyabr 2011, 22:46:08
assalomu alaykum
ayrim uzbeklar ona tilini unutib ruslawib ketiwgan.
Bu holat towkentda kupro kuzatiladi
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Best friend 17 Sentyabr 2011, 03:16:08
Assalomu alaykum azizlar. Bugungi kunda til masalasi juda dolzarb masalalardan biridir. Nega rus tilidan o'zbek tilini kambag'al deb o'ylaydi aksariytat o'zbeklar? Tunov kuni "свежий" va "бегемот" so'zlarini  mot qilish maqsadida tarjimasini so'rab qolishdi. To'g'risini aytsam O'z tilini bilmaganlari uchun juda hafa bo'ldim. Bilganlari maylikuya, nega o'z tilini yerga urishadi? Buning hammasi o'zimizning aybimiz. "Свежий" so'zi o'zbek tilida deyarli biz qo'llamaydigan "Yashang" deganidir (o'zimizni aybimiz),  "бегемот" esa internatsianalny so'z bo'lib bu tarjima qilinmaydi! Bu ruscha so'z ham emas, inglizchada ham "behemoth" bo'ladi (bilmaganimiz, bu ham bizni aybimiz). Ruscha hech qanaqasiga o'zbekchadan boy emas, ruschada boshqa tillardan kirib kelgan so'zlarning krillda yozilishi ko'pchilikni ayniqsa bir paytlar qaram bo'lgan SNGni bu so'zni ruscha deb qabul qilishiga sabab bo'ladi. Misol uchun ko'pchilikdan "ZooPark"ning ruschasi nima deb so'rasangiz "Zapark"da degan javobni olasiz. "Beeline"ning "билайн" deb yozilishi ham shunga o'hshash. Hech qaysi til yakka tarixga ega emas. Barcha tillar bo'linish va birikish bilan tashkil topgandir. Zamon rivojlanib, taraqqiyot kuchayevarar ekan va ixtirolar ortib boraverar ekan yangi yangi so'zlar paydo bo'laveradi. Buni esa tarjima qilish shart emas, inglizcha bilan ruschani solishtirsangiz o'rtacha 40 foiz so'zlar o'hshash. Internatsianalny so'zlarni tarjima qilishga hojat yo'q! Aslida tarjima qilinmaydigan so'zning o'zi ham yo'q! Tilimiz boy ammo, bu sohadagilar qattiqroq ter to'kib ishlashlari kerak. Shu paytgacha  "Armon" so'zining ruschasi topilmadi. Tilimizga e'tiborni kuchaytirsak kifoya. Ruscha vapshe(umuman)  gapirmela!
 Endi yozuvga kelsak, menga nimadir lotincha yoqadi ko'p xato qilsam ham. Humayroning Qo'shni jumhuriyatlardagi o'zbeklar  haqidagi gapi juda to'g'ri. Ular hamon krillda o'qishadi. Avvallari O'zb.da ham kitoblar krillcha bosilgani bois, chetdagi o'zbek maktablarga ham shu kitoblar yetkazib berilib, darslik sifatida qo'llanilar edi. Hozir esa Qo'shni jumhuriyatlarda krill o'zbek alifbosida yangitdan nashr qilinmoqda. Bu esa unchalik ham quvonarli hol emas. U kitoblarni ayniqsa tarix kitoblarni o'qisangiz hafa bo'pketasiz, shuni naxot O'zbeklar o'qisa deysiz. Amir Temur bobomiz bosqinchi deb yozilgan. Bu masalalarni qanday hal qilish mumkin? Mening shaxsiy fikrim eski o'zbek yozuviga o'tib ketilgani yaxshi. Chunki arabiy yozuv olib qo'yilishi bilan ong zaharlangan edi, zora agar arab yozuviga qaytilsa onalar olim tug'ishni yana kasb qilib olishsa. "Dunyo Termiziyni topolmas endi, dunyo Buxoriyni topolmas endi, bu bir mahallaga oddiy ish edi... Dunyo ilmin hamma din deb bilardi, savodsiz ustidan hamma kulardi. Ulug'bek yulduzlar sonin bilardi..." dermidi? Arabiyga qaytish eng yaxshisi ham xayirlisi. Lekin buni iloji bo'lmasa kerak. O'zbek, o'zbek, o'zbek...
 Tilga e'tibor, avlodlarga e'tibor ekanini unutmaslik lozim. O'zbek tili boyligini sandiqda saqlashdan foyda yo'q, undan foydalanish lozim. O'zbek tili go'zalligini avvalambor o'zimiz ko'ra bilishimiz kerak. O'zbek tili mukkamal til ekaniga avval o'zimiz iqror bo'lmog'imiz lozim. Bu esa faqat amal qilish bilan bo'ladi.
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Музаффар 17 Sentyabr 2011, 17:51:15
   Халқаро тасарруфдаги ссзларнинг Ўзбекчасига келсак, бу фақат биз учун смас, барча тиллар учун умумий холат хисобланади. Масалан "прояессорр" ссзи Ўзбек тилида хам, рус тилида хам ва хатто папуаслар тилида хам худди шундай қолаверади. ХХ аср техника ва фан тараққиёти барча тиллар ва лексиконлар равнақини қувиб стиб кетди. А­нди тилшунослар ва терминологис мутахассисларининг бир неча авлоди бекор қолмаслиги аниқ. :)
  Шахарлик (айниқса Тошкентлик) сзбекларнинг нутқида русча ссзлар тош босади. Онда сонда гапирадига сзбекча ссзларини хам урғуни нотсғри қсйиб айтишганидан одамни кулгиси қистаб кетади. Беъзилари сса умуан Ўзбекча гапиришмайди хам. Баъзилар сса русча аралаштириб гапиришни маданистнинг қандайдир белгиси сифатида тасаввур стишади.... Қишлоқлардаги рус тилидан узоқ ахоли орасида сса сзи тушунмаган русча ссзларни носрин ишлатиш (айниқса ёшлари ичида) снг ксп тарқалган холат.
Тил билган албатта схши, лекин она тилини биринчи сринга қсйиш керак. А­ътибор қилинг, руслар иложи борича хеч қачон рус тилидан бошқа тилда мурожаат қилишмайди. Корейсларда бу нарса унча мунча меъёрлашган. Ман таниган корейслар аксаристи сзбек тилини мукаммал билишади.
Кейин, Бест Фриендимизнинг баъзи гапларига мулохаза: Бегемотнинг сзбекчаси манбаларда "Сув айғири", "Свежий"нинг сзбекчаси сса "мусаффо", "соф" лардан бири бслиши мумкин. Аввалги постимда айтганимдек, хар қандай ссзни сзбекча ифодаласа бслади. Тилимиз биз сйлаганимиздан анча мукаммал, фақат бизни кундалик нутқимиз ғариб. Бадиий адабиётларни сқимаслик ва китоблардан масофада юриш одамни нафақат она тилидан, балки одамгарчиликдан хам масофага олиб бориб қссди...
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Best friend 17 Sentyabr 2011, 22:48:09
 Misol uchun bir svejiy mevami biron narsa bo'lsa, uni musaffo, sof, yangi, barra, bardam deyilmaydi  "yashang - yashang ekan" deb qo'yiladi. Balki bu faqat biz tomondagi shevadir lekin, bu ham o'zbekcha so'z. Agar yuqoridagi so'zlar  ham qo'llanilsa, demak bu ham o'zbek tilimizning boyligandir! O'zbek tilida bitta so'z ko'p ma'noda qo'llanishi bilan birga, har bir chiqqan ma'noga yana ma'nodosh so'z topish mumkin. Omonimlar tilimizning boyligini ko'rsatsa, sinonimlar tilimizning go'zalligidan dalolat! So'fi Ollohyor: "O'tingda o'ting bo'lsa, o'tdan o't" degandi.
 O't - Qora jigar (yana bo'lsa kerak shevalarda)...
 O't - Olov, alanga, otash...
 O't - Ohla (shevada), yur...
 Va bu yerda ishlatilmagan "Ko'kat (pichan, maysa...)" so'ziga ham "O't" so'zini ishlatish mumkin.
 Naqadar boy va chiroyli a tilimiz?!
 
 P.S. Diqqat - siz xabar yozguningizga qadar mavzuga yangi javob yozildi.
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: azizbek_mx 18 Sentyabr 2011, 10:02:21
Iqtibos
лотин алифбосидаги шу муаммо билан боғлиқ баъзи нарсалар хам мавжуд, масалан "асхоб", дасхат ва шу каби ссзларни лотинча ёзилганда "ашоб" каби бслиб бузилиб қолади. Шу холат учун қандай синткаксислар ишлатилинади?
bu so`zlarda yumshoq h harfi ishlatishda s va h o‘rtasiga ' (tutuq) belgisi qo‘yilsa o‘rinli bo‘lardi menimcha. Keyin yana ba'zi so‘zlarda, masalan nusxa so‘zida x harfining qattiqligini talaffuzning o‘zi ko‘rsatib beradi... Shaxsiy fikrlarim xolos... :)
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: azizbek_mx 18 Sentyabr 2011, 10:05:04
yana bir narsa, dasxat so‘zini eshitmaganman, menimcha dastxat ko‘rinishida bo‘lardi...
Nom: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz? ВИП аббревиатураси...
Yuborildi: Музаффар 18 Sentyabr 2011, 18:10:13
тилимизга снги кириб келган аббревиатуралардан бири бу "ВИЛ"дир. Юқорида форумдошларимиз унинг снг кенг тарқалган маъносини келтириб стишибди - "Жуда А­ътиборли Шахс" ёки "Жуда мухим шахс"
Лекин бунинг бошқа ксплаб маънолари ва ёйилмалари хам бор:
VIP
 1) Video Image Processor - Видео тасвир прояессори.
 2) Video Information Provider - видеоахборот провайдери
 4) visually impaired person  - слабовидсс‰ий, инвалид по зрению - ксриш қобилисти паст шахс, ксриш бсйича ногирон.
 5) vasoactive intestinal peptide - вазоактивнс‹й пептид кишечника - ичакнинг вазоактив полипептиди.
 6) versatile information processor - универсальнас (радио)телеметрическас система - универсиал телеметрик тизим.  ВХК маънолари бор скан.
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Музаффар 19 Sentyabr 2011, 09:28:11
Nazrul Islom га  баъзи саволлар: ака, маълумотларингиз бухгалтерисга оид скан,
манга шу ссзларни Ўзбекчасини топишга ксмаклашиб юборинг:
А­лектрозадвижка; Отсекатель; Лротивогаз; Деталь; Сверхурочний, Верхолазний, троншей, маска подсети...
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Ansora 19 Sentyabr 2011, 12:36:50
Nazrul Islom, fikrlaringiz uchun rahmat. Bu so'zlarni kimlar o'ylab topishgan?

Bu fikrlaringizni tilshunoslar bilan hech tortishib ko'rganmisiz?

Xohlaymanki, bu so'zlar va fikrlar faqat bu mavzuda, forumlarda qolib ketmasin. hech bo'lmasa, bir tilshunos tarafidn fikr bildirilsa yaxshi bo'lardi, deb o'ylayman.

Men ham til sohasidaman, lekin 6-7 yildan beri Turkiyada bo'lganim va ko'proq Turk tili sohasida izlanish olib borganim uchun fikrlaringiz haqida bir narsa deyishga ozijman.
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Ansora 23 Sentyabr 2011, 22:30:18
Taomlar bilan bog'liq bir saytda shularni o'qib qoldim, siz nima deysiz:

Assalomu alaykum!

Saytingiz juda yoqdi. Bundan keyiniga ham omad tilayman.

Hafa bo'lmasangiz, til borasida biroz maslahat bersam:

O'zbek tilini tog'ri ishlatishga harakat qilsangiz - ruscha so'zlarni tarjima qilishga (cyr-pishloq masalan), bul'on -sho'rva) va oddiy orfografik xatolarga (angl*ya va x/hni tog'ri ishlatish) yo'l qo'ymaslikka intilsangiz.

Biz bunday xatolarga e'tibor qilmay o'rganib ketganmiz - inglizcha yoki ruscha aralashtirib yozamiz yoki so'zlashavemiz. Lekin hech ko'rganmisiz, ruscha yoki inglizcha internet sahifalarida rus tili yoki ingliz tilini aralashtirib/buzib yozilganini?! Deyarli uchratmaysiz - uchratsangiz ham darrov tanqid yoki kulgiga uchraydi. Bunday xatolar qoloqlik deb qaraladi.

Lekin afsus biz o'zbek tilimizga nisbatan jiddiy munosabatda bo'lmaymiz ko'pincha. Iltimos, ona tilimizni hurmat qilaylik :)

Bunga javoblar:

1. ASSALOMU ALEYKUM MAN HAM ....... SUZLARIGA QUSHILAMAN CHUNKI TIL BU QAYSI MILLATDANLIGING IZ VA TARIXIZ BORLIGINI BILDIRADI VA E TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.

2 Assalomu Alaykum...........!
Bildirgan fikringiz uchun katta raxmat. Albatta hatolarimiz bor. Qo'limizdan kelganicha ona tilimizni to'g'ri qo'llashga harakat qilyapmiz. Bu borada hali ko'p ishlashimiz kerak.
Fikralingizga va do'stona tanqidga doim muhtojmiz.

3. man esa tepadagi fikrga umuman qushilmiman
qaysi til bulishiga qaramasdan asosiy ichidagi content manimcha ahamiyatliroq, juda chiroyli suzlasangizu lekin u chiroyli suzlarga amal qilmasangiz tilni nima ahamiyati bor. recertlaringizn i hammasi ham uzbekchamasku amo lekin bu yerga kupincha uzbeklar kirsa kerak, siz aytganday ingliz saytida boshqa til bulmaydi chunki inglizlar ham amerikaliklar ham faqat bitta tilni biladi , 2 ta til bilgan odam esa olqishlanadi :)

4. Bu yerga manimcha til o'rganishni emas, balki ovqat pishirishni o'rganishga kiramiz, shunaqa kommentlarni o'qisam asabim buzuladi.



Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: aka sohib 24 Sentyabr 2011, 04:00:47
Forumda, internetda bunday hollarga juda ko'p uchraymiz. Aslini olganda internetga savodi bo'lgan insonlar tashrif buyuradi. Ya'ni internetga kirishlar cheklangan. Imkoniyati borlargina kiradi. Ma'lum ma'noda chegaralangan. Bundan hatolarni emas, ko'chalarda osilgan katta afishalardagi hatoliklar ko'proq insonni ta'bini hira qiladi. O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 22 yil bo'lish arafasida, lekin hali ham RUS tilidan qutula olmayapmiz. Savdo shohobgachalariga, dorixonalarga kirsangiz ham, jamoat transportlariga chiqsangiz ham ruscha yozuvlar... Meni hayratga solgani, yoshi kichiklar maylikuya, yoshi kattalar (30-....) ham o'zbekcha ruschani bir biriga qorishtirib KASHA (!) qilib tashlayotgani... (o'zim kuniga kamida 7-8 marta guvohi bo'laman. Kam ko'chada yursam ham). Hatto institutda DOMLAlarni o'zlari ham o'rnak bo'lmoqda...
O'ZLIGINGNI YO'QOTMA O'ZBEGIM!!!
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Usmon 26 Sentyabr 2011, 15:20:06
hammasi rasmiyatdan xalqqa o'tadi

(c) Usmon Toship
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: azizbek_mx 26 Sentyabr 2011, 21:02:07
Iqtibos
shu c ni kirilldagi "ts" o`laroq alifboga kiritish kerak

shu fikrga menam qo`shilaman :)
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: maftun 08 Oktyabr 2011, 22:44:36
Узбекистон халк шоири Икбол Мирзонинг шундай сатрлари бор:
Дунё кезсин, унта тилда суйласин,
Уйлаганда лек узбекча уйласин...

Чиндан хам бу сатрларда ЖОА бор...
Фарзандларим рус мактабда укийди. уйда гапирганларида русча суз кушмасликларини талаб киламан.
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: maftun 08 Oktyabr 2011, 22:50:41
Аарзул Исломнинг "лугат"ларига келсак...
Бошка тилдан олинган шундай сузлар борки, уни узлаштириш дейилади. Тил шу билан бойийди.
Тафсисларингиз орасида бошка тиллар, масалан, форсча, арабча сузлар бор. Бу хам бахсталаб....
Менимча,  А¦ивилизаяисни хам, тамаддунни хам ишлатавериш керак. ушанда тилимиз снада бойийди.
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: azizbek_mx 08 Oktyabr 2011, 23:09:20
lekin harflarni bir yoqlik qilinmasa bo`lmaydi. hozi ko`pchilikda kirillcha, lotincha aralash bo`lib ketyapti.
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2011, 14:38:05
Hurmatli forumdoshlar!
Mavzularda o'zbek tili qoidalariga e'tibor berganingiz kabi, bir-biringizga muomalada ham o'zbekka xos bo'lgan xushfe'llikka e'tibor bering.

Mavzudagi so'nggi mulohazalar muhokama doirasidan chiqib, shaxsiy ayblovlarga o'tganligi sababli o'chirildi. Ushbu besamar bahsni keltirib chiqarganlarga ogohlantirish beraman. Istalgan mavzudagi bu kabi beizzat muomalaga chek qo'yiladi.
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Best friend 17 Oktyabr 2011, 00:19:15
...замонамиз мусулмонлари ва зиёлилари
зиммасидаги бир вазифани ссга олиб стиш
даркор, деб сйлаймиз. Айтмоқчи
бслганимиз - кундалик турмушда
қслланадиган оддий исломий истилоҳлар
(терминлар) ҳақида. Мусулмон инсон бу
истилоҳларни срганиб, сз тилида сзлаштириб
бориши лозим. Чунки ушбу атамаларни
билиш инсон учун сзининг зиммасидаги
кундалик вазифаларини тсғри адо стишига
ёрдам беради. Исломий истилоҳларни билиш
чуқур илм ва машаққатли меҳнатни талаб
қилмайди. Бу маълумотлар атрофдаги
нарсаларга қизиқувчан бслиш ва фойдали
илм йслида сал фаоллашиш орқали қслга
киритилади. Бундай фаолликнинг шахс ва
жамист ҳаётига таъсири ижобий бслади.
Илм ва маърифатга чанқоқликнинг шахс учун
фойдаси ҳаммага тушунарли. Аммо бу
ишларнинг жамист учун фойдаси нималарда
ксриниши мумкин?
Агар мусулмонлар, айниқса, уларнинг
ораларидаги зиёли, маърифатли инсонлар сз
динлари ва тилларини схши билишга
интилсалар, Ислом ксрсатмаларини ҳаётга
оқилона татбиқ қилиб борсалар, бу улар
сшаётган муҳит ва даврнинг илм-фани,
маданисти ва сиёсатида сзининг муносиб
аксини топади. Бунга мисол қилиб Ўзбек
тилининг изоҳли Луғатини ксрсатиш мумкин.
Луғатда жуда ксп учрайдиган исломий
истилоҳлар китоб чоп стилган замон ва
муҳитдан, дарак бериб туради. Китобдаги
диний атамаларга қараб туриб, сша давр
кишиларининг, тилшуносларининг дунёқараш
ва тушунчаларини, билим ва маданистларини
англаш мумкин. Шунингдек, Луғатда Совет
империссининг сиёсати ва мафкураси акс
стади.
Шу айтилганлардан келиб чиққан
ҳолда Ўзбек тилининг изоҳли Луғатидаги
Ислом динига алоқадор атамаларнинг
ёзилиши ва уларга берилган таърифлар
жиддий танқид ва таҳрирга муҳтождир.
Баъзи ссзлар ва изоҳлар хато ёки чала
ёзилган. (Биз мисолларга тсхташни алоҳида
мавзу, деб биламиз). Ауқсонларнинг
айримлари муаллифларнинг мавзудан схши
хабардор смасликларидан келиб чиққан
бслса, баъзи хатолар давр сиёсати ва замона
шароитлари билан боғлиқ.
Ҳозир сса сиёсат ҳам, шароит ҳам тубдан
сзгарган. Шундай скан, Ўзбек тилининг
изоҳли Луғатини хатолардан тозалаш,
исломий таърифларни тсғрилаш, луғатга
кирмай қолган, аммо ҳаётда ишлатилаётган
ссзлар билан тслдириш зарур...
 ...нима
 бслганда ҳам олимлар ва мутахассислар сз
вазифаларини адо стиш йслларини
қидиришлари керак. Оддий одамларнинг
маърифатга томон интилишлари, сз
илмларини оширишга бслган ҳаракатлари сса
олимлар ва соҳа мутахассислари учун
иншоаллоҳ, туртки бслади, деб умид қиламиз.
 Islom Ovozi.
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Muhammad Sanjar 08 Dekabr 2011, 10:04:35
Nima uchun ko'cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun boshli bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?

(Abdulla Qahhor)
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Humayro 08 Dekabr 2011, 10:12:12
Hushtak chalsa odobsizlik bo'ladi, jarima to'latish kerak yoki ...)) (hazil)

Kamon otayotgan odamning xotosidan ko'ra so'zlashuvda qilingan xato kattaroqdir.
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: amir.temur 11 Fevral 2012, 05:05:52
  Eh, Zamira opa, manimcha mendek e'tibor beradigan bo'lmasa kerak. Man bu forum mavzusini hozir ko'rdim. Bundan sal oldin Oldin o'zbek tilini o'rganaylik degan mavzuda forum ochgandim. O'zbek tili masalasini hamma joyda ko'taraman. Hatto, O'zbekistonda Iqtisodiyot Universitetida o'qib yurganimda, milliy guruhlarga rus o'qituvchilar dars berishardi. Mani jahlim chiqib, ularga qarshi bosh ko'targanman, ishonasizmi, hech kim yonimni olmagan, aksincha o'zimning kursdoshlarim manga tanbeh berishgan, ruschani o'rganish kerak, hamma biladi-ku nimaga san bilmaysan deb. Man aytganman, ahir man Universitetga kirishda rus tilidan imtihon topshirmaganman-ku, bu milliy guruh, bu guruhda o'zbekcha dars berilishi kerak, man ruschani bilsam yaxshi ammo majbur emasmanku, deb. Eeee shu kunlarni eslasam...Hozirgi o'zbeklarning ahvolini ko'rsam ichim achiydi. Har bir gapida kamida 1 ta ruscha so'z bor. Ko'cha to'la ruscha reklamalar. Yaqinda O'zbekistonga borib kelgandim, MTS ofislarida, aviakassalarda ruslar ishlaydi, ko'pchiligi yillar davomida O'zbekistonda yashab o'zbekchani o' harfini ham bilmaydi. Man bilet olgani aviakassaga kirdim. Mani o'zbek ekanligimni bilib ham ruscha gapiryapti, man ham unga ataydan o'zbekcha gapirdim, u esa yana ruscha javob beryapti, xullas shunaqa gaplashib biletni oldim. Ko'chada manga ruscha biror narsa so'rab murojaat qilganlarga o'zbekcha gapirdim yoki man ruscha bilmayman dedim. Bu qilig'imni ko'rganlar mani millatchi deb o'ylashlari mumkin, ammo O'zbekistonda boshqa millatlardan o'zbekchani bilishi kerakligini eslatib qo'yishga mani haqqim bo'lsa kerak deb o'ylayman. Yoki boshqalar o'xshab zo'r-bazo'r ruscha gapiraymi ularga kulgi bo'lib, sizlar nima deysizlar?
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: amir.temur 11 Fevral 2012, 05:15:11
:asl3:

Yumshoq H mi, qattiq H mi?  ;D (Hojiboy Tojiboevdan)

Valaykum assalom. Menga qolsa shu "x" ni umuman olib tashlash kerak. Yumshog'i yetadi:)

Xayr so'zini "x" bilan yozilishini bilsam ham ataylab "h" bilan yozgim kelaveradi, nimagalini so'rasangiz "x" harfini yomon ko'raman:)

Yaxshiyam qattiq "s" yumshoq "s" ni ajratishmabdi olimlarimiz.

Men shuni tushunmayman, Kiril alifbesiga o'tayotgan paytimiz shuncha muammo turib nimaga endi 2 ta h belgilangan. Bu ortiqcha, meni shaxsiy fikrim.

Turk tilida 1 dona "h" bor, kamayib qolgani yo'q. Qolaversa Arab tilidagiday "x" ni o'rnida "h" yozsak boshqa ma'noga kelib qolmaydi xozirgi O'zbek tilida.

Zamira opa, x harfi hamda h harfining ham bo'lgani yaxshi. Turk alifbosi bilan solishtirganda bizning alifbo ancha soddaroq va osonroq, chunki ular o,ö va u,ü bor, shuningdek i va ı harflari bor. Shunday bir Turkiya aholisiga og'irlik qilmagan katta alifbo, biz o'zbeklarga o'zimizning soddagina alifbomiz og'irlik qilmaydi.
Masalan, mani o'zim x va h harflarini ajratishda unchalik qiynalmayman. Va doimo shunga e'tiborli bo'lishga harakat qilib kelaman. Bitta h qilib olsak, ko'p narsalar o'zgarib ketadi, talaffuzimizda ancha o'zgarish bo'ladi, ishonavering :)
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Shokir63 11 Fevral 2012, 14:18:28
:asl3:

Yumshoq H mi, qattiq H mi?  ;D (Hojiboy Tojiboevdan)

Valaykum assalom. Menga qolsa shu "x" ni umuman olib tashlash kerak. Yumshog'i yetadi:)

Xayr so'zini "x" bilan yozilishini bilsam ham ataylab "h" bilan yozgim kelaveradi, nimagalini so'rasangiz "x" harfini yomon ko'raman:)

Yaxshiyam qattiq "s" yumshoq "s" ni ajratishmabdi olimlarimiz.

Men shuni tushunmayman, Kiril alifbesiga o'tayotgan paytimiz shuncha muammo turib nimaga endi 2 ta h belgilangan. Bu ortiqcha, meni shaxsiy fikrim.

Turk tilida 1 dona "h" bor, kamayib qolgani yo'q. Qolaversa Arab tilidagiday "x" ni o'rnida "h" yozsak boshqa ma'noga kelib qolmaydi xozirgi O'zbek tilida.


Bu gapingizni Ho'ja Nasriddin Afandi eshitganda rosa xunob bo'lgan bo'lardi. Chunki "hih" deganda eshak yurimaydida, albatta, "xix" deyish kerak.

Bu hazil javobimni ko'ngillaringizga olmanglar, tag'in.

O'zbek alifbosida "c" harfi ishlatilmaydi, eski alifbodagi "я" harfini "ts"ning o'rniga "c" bilan ifodalashganida yaxshiroq bo'lardi, chamamda.
Nom: Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Ansora 01 Mart 2012, 14:09:26
 :asl3:

x va h muhim bolsa unda o, ö, u, ü lar undan ham muhim...

menga o' g' yozish qiyin keladi, bazan bolam bilan yozganimda judayam qiynalaman bir qolda.

Shunda oylanib qoldim, bir qollilar qanday yozsin bu o', g' larni:(
Nom: Javob: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Muxsiya 06 Iyun 2013, 14:27:14
ular tug'ma shunga moslashishadi. Kompyuter kursida o'qiyotganimda ayrim darslarni menga yoshi kattaroq bir qiz o'rgatgan edi. Qizning bir qo'li tirsak bilan kaft ulanadigan joygacha, ikknchisi esa barmoqlarning o'rnida 0.5-1 smlik barmoqlar bor edi. Lekin kompda shunaqa tez yozar ediki, sog' odamlar ham tenglasha olmas edi. Men u qizning irodasiga, matonatiga qoyil qolganman. Shu ahvolda bo'lishiga qaramay, hunar o'rganib, ishga joylashibdi. odamlarga foydasi tegyapti.
Nom: Javob: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Ansora 07 Iyun 2013, 15:57:54
Hammasi emasdir!
Nom: Javob: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: Muxsiya 07 Iyun 2013, 16:22:07
men o'qigan joyda rahbar nogiron odam bo'lgani ucun nogiron yoshlarni o'qitib keyin sihga olar, bu yoshlar boshqalarg kompyuter saboqlari berish va mijozlarga kompyuter xizmati ko'rsatish blan shug'ullanishadi. deyarli 50% ishchilari nogironlar edi.
Nom: Javob: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
Yuborildi: IRFON-2012 21 Yanvar 2014, 14:58:19
Har-xil ta'lim maskanlari, shifoxonalar, katta trassalar va boshqa joylarda ham milliy bayramlar munosabati bilan osib qo'yilgan qisqa tabriklarga ko'zimiz tushadi. Bayramona kayfiyat yanada uyg'unlashadi.
Yaqinda bir joyda ko'rdim, 14-yanvar Vatan ximoyachilari kuni, deb yozib qo'yibdi. Aslida "h" yozilishi kerak. Chetdan qaraganda, bu tilga e'tiborsizlik hisoblanadi. Bu xatoliklar o'sib kelayotgan avlodlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmasmikin, deb qo'rqaman.