forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Donishmand 03 Oktyabr 2011, 18:40:40

Nom: Yo'lnoma
Yuborildi: Donishmand 03 Oktyabr 2011, 18:40:40
Assalomu alaykum! Birni ko'rib fikr qil, mingni ko'rib shukur qil, - degan ekan ajdodlarimiz. Har kuni ko'chada turli kishilar bilan hamroh bo'lib qolamiz, albatta tasodif! Ba'zan yo'lovchilarning suhbatlari qulog'imizga chalinib qoladi. Shunda qiziq-qiziq gaplar ham uchrab turadi, chunki xalqimiz ijodkor, xalqimiz so'zamol! Har bir so'zida qandaydir hikmat bor.
Do'stlar, shunday tasodifiy qiziqarli, ma'noga boy, kutilmagan, qisqa suhbatlardan bir shingil yozamizmi....
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Donishmand 03 Oktyabr 2011, 18:55:39
Kecha ishdan uyga kech soat sakkizlarda qaytdim. Piyoda qolganligim sabab, mashina to'htata boshladim. Oldimga bir "damas" kelib to'htadi, ichida shofyordan tashqari ikki kishi. Manzilimni aytdim, tashlab qo'yishga rozi bo'lishdi. Shofyor va yonidagi bola yoshroq, orqadagi mening yonimda ketayotgan odam esa ancha to'lishgan, basavlat, yoshi ham 60 dan oshgan ekan. Uchovlarining suhbati qizg'in, men esa jim ketayapman. Gapdan-gap chiqdiyu, yonimdagi tog'a boshladi:
He o'sha... Ozimizni tushunmayman, hech normalniysi yo'q! Bu o'zbeklarni otish kerak, menam o'zbekman - meniyam otish kerak! Yo'qotish kerak hammasini, "pokoleniya"ni yangilash kerak, to'g'rimi uka?! - qarasam otaxon menga qarab turibdi. Men ham nima derdim, deganim shu bo'ldi:
- Gap yo'q, tog'a! Ketovring, bo'shating yerni, mana biz - yangi "pokoleniya"!
Bir kulgi bo'ldi, lekin ota samimiy inson ekan, sodda, to'pori, ko'nglidagini shartta aytib qo'yadigan...
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Musliha 03 Oktyabr 2011, 21:35:10
Bugun taksi toxtatdim,soch soqoli oqargan boshida döppi yoshi 70larga borib qolgan amaki töxtadilar.manzilni etdim hop didilar,beradigan pulimni etdim hop didilar,ötiring deb orqa örindiqni imo qildilarda eshikni ochmoqchi bulgan edim shartta mashinalarini haydab ketdilar,
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Usmon 03 Oktyabr 2011, 22:22:16
Bu qanaqa qiliq bo'ldi endi?? xotira yo'qolganmikin, yoki narx yoqmaganmikin...
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: BelleQizcha 03 Oktyabr 2011, 22:25:54
Bugun taksi toxtatdim,soch soqoli oqargan boshida döppi yoshi 70larga borib qolgan amaki töxtadilar.manzilni etdim hop didilar,beradigan pulimni etdim hop didilar,ötiring deb orqa örindiqni imo qildilarda eshikni ochmoqchi bulgan edim shartta mashinalarini haydab ketdilar,
ahahahhahahahahhaahhahahah rosssaaa kulibman.,...
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Humayro 04 Oktyabr 2011, 09:20:54
Bir kuni dugonam bilan starexga (shunaqa markali mikroavtobusla bizda yuradi) o'tirdik, bir urindiq oldinda, bitta orqada bo'shakan, man oldinga, dugonam orqaga o'tirdi, yolda yolovchilar almashib dugonam o’rtaga, yoniga esa bir amaki o’tirdi, xullas manzilga etib keldik, svetofordan  15 metrcha oldinroqqa tushaydigon bo'ldik. Moshina to’xtadi, man muvaffaqiyatli tushvoldim. Amamkiyam ogir setkalarini moshinada qoldirib dugonamga yo’l berish uchun moshinadan tuhsdi. Moshina yolni chetiga judayam yaqin to’xtatgani uchun amaki moshinani orqasiga otib turdi, dugonam otvolsin deb. dugonam xayoli nimada edi bilmadim, moshinadan tushdiyu, eshiki shappa yopdi, shofyoram kutib turgandek g'izillab haydab ketib qoldi, man voy deb qoldim, amaki esa moshinani orqasidan lapanglab chopib ketdi. Dugonam nima qilganini tushunmay turdi anchagacha, yaxshiyam svetofor qizil yonib moshina toxtadi, amakiyam jon jahdi bilan moshinaga yopishib eshiki ochib o’tirvoldi, kegin derazadan kallasini chiqarib ha silami degandik ishora qildi.
hammasi shunaqa tez bo’lgandiki  biz hatto kechirim so’rashga ham imkonimiz bo’lmadi )))
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Usmon 04 Oktyabr 2011, 10:14:20
Man tushungandek bo'ldim...o'sha amakini qizlada alamlari qogan, keyinchalik moshin olib taksi qivotganlarida Muslihadan oganla alamlarini :p
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Musliha 04 Oktyabr 2011, 10:18:59
Bu qanaqa qiliq bo'ldi endi?? xotira yo'qolganmikin, yoki narx yoqmaganmikin...
Özimam hayronman, yaxshiyam yonimda hech kim yögidi bumasam rosa ustimdan kulgan bularmidi :-)
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: _IYMONA_ 05 Oktyabr 2011, 01:23:42
Bir kuni avtobusda bir ayol manga kulib qarab qo'ydi. Manam kulib qo'ydim javob tariqasida. Avtobusni u bowidan bu oxirigacha mani kuzatib keldila. Keyin qarasam man tuwgan ostanovkada birga tuwdik. Orqamdan kimdir: hoy wowmang, siz falonchi atel'eda iwlab ketganmidiz deb qoldila o'wa ayol. Uzr, siz rosa o'wa qizga o'xwarkansiz deb qoldila :)
ko'cha-ko'yda notaniwlardan tasodifiy ko'p ewitadigan gapim: "siz falonchimasmisiz?", "siz rosa falonchi kursdowim, sinfdowim, yaqin dugonamga, qarindowimizga, taniwimizga" va hokazo savollarni ko'p beriwadi. Bilmadim, balki manga o'xwaw chehralar ko'pdir... :7
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: BelleQizcha 05 Oktyabr 2011, 01:55:47
kochada bogan qiziq voqealar.. ha mayli bittasini etib beraman
bir kuni, kochada dugonam minan akula akula oynavotgandik( forumdagi user haqida gap ketvotgani yo albatta) oynavotgandik, bir ayol kulib kelayotgandi.. kiyin yaxshi qarasam dugonami onasi, ooh mahpuz mamashken kevotti dib akula akula oynimizani davom etirdik (forumdagi usuer haqida gap ketvotgani yoq albatta) kiyin u ayol yana yaqinlashdi, yana mahpuzga oying kevotila didim, kiyin duganam manga qarab,
-jinni sani oying-ku digandi..
yaxshi qarasam rostanam ozimi oyimakan ;D ;D ;D7
kiyin yana akula akula oyinini davom etirdik( albaatta bu sapar ham forumdagi akula haqida gap ketmayapti)
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Donishmand 05 Oktyabr 2011, 10:33:39
Bir kuni avtobusda bir ayol manga kulib qarab qo'ydi. Manam kulib qo'ydim javob tariqasida. Avtobusni u bowidan bu oxirigacha mani kuzatib keldila. Keyin qarasam man tuwgan ostanovkada birga tuwdik. Orqamdan kimdir: hoy wowmang, siz falonchi atel'eda iwlab ketganmidiz deb qoldila o'wa ayol. Uzr, siz rosa o'wa qizga o'xwarkansiz deb qoldila :)
ko'cha-ko'yda notaniwlardan tasodifiy ko'p ewitadigan gapim: "siz falonchimasmisiz?", "siz rosa falonchi kursdowim, sinfdowim, yaqin dugonamga, qarindowimizga, taniwimizga" va hokazo savollarni ko'p beriwadi. Bilmadim, balki manga o'xwaw chehralar ko'pdir... :7
Buning sababi ikkita bo'lishi mumkin. Birinchisi, haqiqatdan ham sizga o'xshash chehralar ko'p. Ikkinchisi, sizga atayin gap tashlamoqchi bo'lishadi shekilli, bu ham bir bahonada... :)
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Donishmand 06 Oktyabr 2011, 19:08:37
Taksida ketayapman ishga. Yo'lda ikkita xola turishgan ekan, ularni ham olvoldik. Xolalar o'zaro gaplashib ketishayapti:
 - Kecha mahallamizdagi to'yni eshitdingizmi, ikkita to'y bo'ldiku, qiz chiqarishdi. Kuyovjo'ralar yor-yorni baralla qo'yib kirib kelishdi, kelinnikiga. Biz ham kuyov-kelinni kuzatib qo'yish uchun to'planib turgandik. Kelin turgan uyga kirgach kuyovbola qo'lidagi gulni berayotib - "Iye! Uyamas, kelin boshqaku!" - deb baqirvorsa bo'ladimi... Ahmatakaning kuyovi adashib birinchi uchragan to'yhonaga - Mirkomil tog'anikiga kirib ketibdi....
Rosa qotib kuldik! Ishhonaga borgach, buni ishchilarga aytib berayotsam bir sherigimiz - "O'sha kuyovjo'ralar bizlar edik," - deb turibdi-yu!
Ana kulgu...
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Arkmon 06 Oktyabr 2011, 20:46:59
bir ozna bozorda namozdan qoytib ketayotsam, orqimdan  ikki Artichlik Uyg'ur suhbat qurib chiqiyobti:
___ qolpoqqa bob Qirg'iz yo'q, deganday, munu jomada jumaga tushli iymom yo'q ekana?
___ hoy odash, Qirg'iz burodarlar ishtsa noxushlighi tutmasin, Qirg'izgha bob qolpoq yo'q desangchi!
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: BelleQizcha 06 Oktyabr 2011, 21:43:41
Nimaaaaa
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Best friend 08 Oktyabr 2011, 00:34:56
bir ozna bozorda namozdan qoytib ketayotsam, orqimdan  ikki Artichlik Uyg'ur suhbat qurib chiqiyobti:
___ qolpoqqa bob Qirg'iz yo'q, deganday, munu jomada jumaga tushli iymom yo'q ekana?
___ hoy odash, Qirg'iz burodarlar ishtsa noxushlighi tutmasin, Qirg'izgha bob qolpoq yo'q desangchi!

 А­мне Кс‹ргс‹здардс‹н устунон кулуп жатасс‹нарбс‹? Ис? Одон коро Озбекке мас топпу жок скен десенер жакшс‹ болмок сле. Dеgаn bo'lardi eshitib qolishsa.
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Muslimahon 17 Oktyabr 2011, 06:06:21
 :bsm3:
 :asl3:
New york ga birinchi kelgan vaqtlarim edi. "hi" "bye" dan boshqasini (og'zaki gaplashishda) ishlatolmasidim. Bir kuni qaysidir addresga borishim keragidi. Bus ga chiqsam adashaman dib "walking" (pishkom)midi)  :) yurdim. 15 minutda boradigan joyga 1 soatu 25 minut aylanib qidiribman. Yoz chilla edi. Charchab oxiri bir yo'lovchidan to'g'ri yo'lni sorashga axd qildim. "bus stop" ga borib bir amakidan "you know where is this addres?" deb qo'limdagi qog'ozni korsatdim. U amaki ham "siz so'rayotgan adres to'rizda turibti qizim" dedi o'zbek tilida.  :D shu vaqt ustimdan bir chelak yax suv quygandak joyimdan qo'zgalmadim  :o kn atrofdagi odamlarga qarasam hammasi o'zbek, rus, turk ekan  :D issiq kunda, begona joyda hech kimmi ko'rmabmanam  ;D
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Musannif Adham 08 Dekabr 2011, 10:59:34
Assalomu Alaykum. Yangi mavzu ochmoqchi edim. Lekin ushbu mavzu ham safarimga mos kelar ekan. Xullas, bundan 20 daqiqa oldin Toshkent - Qarshi yo'nalishida yo'lga chiqdim. Agar Beeline ning maqtalgan Click ta'rifiga ulangan sim karta pand bermasa yo'l taassurotlarini yozib boraman, Insha Alloh. P.S. Beeline bilan amaliy sinov bo'yicha shartnoma tuzsam bo'larkan.  :)
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Musannif Adham 08 Dekabr 2011, 11:13:13
Avvalo yo'llar va yoqilg'i muammosi haqida. Biz chiqqan mashina haydovchisi kecha kechqurundan bugun ertalab soat 05:50 gacha gaz quydirish uchun navbatda turibdi. Oldin benzin muammosi bo'lardi. Endi gaz ham "otliqqa yo'q matoh"ga aylandimi? Otchopar yaqinidagi yo'llar esa dam olish kuni bo'lishiga qaramay o'ta tirband. 
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Musannif Adham 08 Dekabr 2011, 11:18:20
Chinoz tumani Olmazor qishlog'i hududida bir necha gektar yerda paxtazorlar hali ham turgan ekan. Qolib ketgan ko'saklar oppoq bo'lib ochilib turibdi. Bunaqasini birinchi marta ko'rishim. Qor o'rniga paxta. 8 dekabrda-ya!?
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Musannif Adham 08 Dekabr 2011, 11:37:28
Hozircha Beeline ning interneti "uchyapti" :). Sirdaryo viloyatiga kirdik. Yo'llar ancha bo'shab qoldi. Lekin 747 km lik "Katta O'zbek trakti" ancha ta'mirtalab bo'lib qolibdi. Mashina sakrab-sakrab ketyapti. P.S. Yo'l nazorati bo'yicha mas'ul idoralar bilan ham shartnoma tuzsam bo'larkan :).
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Muhammad Sanjar 08 Dekabr 2011, 11:46:56
Sirdaryo viloyatiga kirdik. Yo'llar ancha bo'shab qoldi. Lekin 747 km lik "Katta O'zbek trakti" ancha ta'mirtalab bo'lib qolibdi. Mashina sakrab-sakrab ketyapti.

Safariz bexatar bo'lsin! Eson-omon, sog'-salomat ko'zlagan manzilizga yetib oling!
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Musannif Adham 08 Dekabr 2011, 12:30:49
Muhammad Sanjar, rahmat. Jizzax viloyati hududiga kirdik. Yo'llar "ilma-teshik". Bunaqa ko'p "yama"ni anchadan beri ko'rmagan edim. Lekin haydovchi ham ustasi faranglardan ekan. Tezlikni 100 km/soat dan tushirmayapti. Yo'l qoidasi - umr foydasi, deyisharmidi?:) Alloh barcha safarda yurgan birodarlarimizning safarlarini bexatar va manfaatli qilsin.
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Musannif Adham 08 Dekabr 2011, 13:04:22
Jizzax viloyatidagi tog'larga qor tushibdi. Shu yerdagi dovonda taxminan 10 km dan ortiq masofada MTS ham, Beeline ham ishlamayapti. Ucell ni tekshirib ko'rish imkoni bo'lmadi :).
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Musannif Adham 08 Dekabr 2011, 13:32:24
Samarqand viloyatiga kirdik. Tekisliklarga ham yaxshigina qor yog'ibdi. Yo'llar ancha yaxshilanib qoldi. Har holda mamlakatning ikkinchi raqamli shahriga olib boradi bu yo'llar :) Ko'hna va navqiron Samarqandga. Ochig'i shu antonim so'zlarning ushbu shahar nomiga sifat bo'lib yopishganiga tushunmayman. Qofiya kelganda ma'no odamgarchilik qilib yo'l berishi shumikan yoki?
Nom: Re: Yo'ldagi yo'lovchilar bilan tasodifiy suhbatlar...
Yuborildi: Musannif Adham 08 Dekabr 2011, 14:08:29
Katta trassa bo'yidagi Samarqand non bozoridamiz. Dunyoga mashhur nonlar 1100-1250 so'm oralig'ida sotilayotgan ekan. Har toifadagi odamlar. Hamma tirikchilik dardida. Tojikcha suhbatlar quloqqa chalinyapti. Ajoyib joy.
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: ree7 08 Dekabr 2011, 15:59:56
Iye Musannif Adham, tinchlikmi? Sizni nima jin urdi dermidi ))
-Rahmat aytdi: 2
Oxiri "bore" deb bosvoribsizda ))
Ko'zlagan manzilizga eson-omon yetib oling. Safar bexatar bo'lsin
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Musannif Adham 08 Dekabr 2011, 18:18:40
Alhamdulillah, manzilga yetib keldik. Bungacha Jomboyda yoqilg'i quyish shohobchasida 1 soat 50 daqiqa davomida gaz quydirdik. Keyin 140 km lik kimsasiz cho'l yo'li bilan Qarshiga yetib keldik. To'g'ri yo'lda qishloqlar, atrofi dalalar bilan qurshalgan kollejlar bor ekan. Lekin bunaqa odam siyrak uchraydigan yo'lni anchadan beri ko'rmagandim. Hozir Qarshi zim-ziyo ekan. Kamiga tuman ham tushibdi. Ertaga tong otsin, hammasini ko'rarmiz balki :).
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Musannif Adham 09 Dekabr 2011, 13:55:52
Mavzuning nomi o'zgargani yaxshi bo'libdi. Endi kim safar taassurotlarini yozmoqchi bo'lsa mavzu bor. Bahonada bormagan joylarimiz haqida ma'lumotga ega bo'lamiz. Endi bevosita o'z yo'lnomamizga qaytsak. Jum'a namozini Qarshidagi Ko'k gumbaz masjidida o'qidim. Masjid yaxshi ekanu, xonaqosi juda kichkina ekan. Ko'pchilik tashqarida, hovlida namoz o'qidi. Yer zax. Bundan tashqari masjidning kamida 1 gektarlik archa va ajriq (!) ekilgan bog'i bor ekan. Shuning o'rniga katta va issiq xonaqo bo'lsa yaxshi bo'lardi, deb o'ylab qoldim. Lekin tahoratxonasiga gap yo'q. Muhimi issiq suv bor. Yana bir xursand qilgan jihati masjidda yoshlar ko'p ekan. 3 yil oldin Shahrisabzdagi masjidda jum'a o'qiganimda eng yoshi o'zim edim, adashmasam. Yoshlar ko'pligi Islomning rivojidan darak, Insha Alloh. Shaharda din kuchli bo'ladi, deyishardi. Hozircha to'g'ri kelyapti...
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Musannif Adham 09 Dekabr 2011, 15:39:49
Qarshidagi Ko'k gumbaz masjidining ichidaman. Boya jum'ani hovlida o'qigan edim. Lekin xonaqo ham sovuqlikda tashqaridan qolishmaskan. Shoirona aytganda devorlardan va yerdan  "zax hidi ufurib turibdi" :). Ayni kunlarda Qarshida asr 15:20 da o'qilayotgan ekan.
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Donishmand 10 Dekabr 2011, 15:58:45
Mavzuning nomi o'zgaribdimi... Hayrli bo'lsin!
Hozirgina bo'lgan voqea:
Taksida kelayapman. Shofyor shu yerlik bo'lsa ham yo'lni yaxshi bilmas ekan, tez-tez "qayoqqa yuray" deb so'rab qo'yadi. "Мос мечта"ning oldiga kelganda hayollarni yig'ish uchun qo'limni yuzimga olib bordim. Qarasam taksichi rulni qo'yib yuborib yuziga fotiha tortayapti, mening harakatimni ko'rib "bu yerda qabriston bor ekan" deb o'ylabdi...
Keyin manzilga yetib borguncha qo'limni ko'tarmadim...
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Donishmand 10 Dekabr 2011, 18:26:30
Xalqda bir hazilomuz gap bor "Qirqta tentakni qozonga solib qaynatsa bitta traktorchi chiqadi" deyishadi. Bu voqeani bir traktorchi jiyanim o'zi aytib berdi, mana shu iboraga ilova qilib. Mana tanishing:
  O'tgan kuni silos o'rilayotgan edi. Bir oshnamiz fermaning yo'lini bilmas ekan, traktorimni qo'yib uning yoniga chiqib oldim, yo'lni ko'rsatib borish uchun. Fermagacha 15 kilometr. Ikki traktorchi bir bo'lib, o'zimizni hursand qilib ashulani baralla qo'yib, bilganimizcha kuylab ketayapmiz. Traktorning ovozi bizga muzika bo'layapti...
Fermaning oldida fermer akamiz kutib turgan ekanlar. Yetib borishimizga uch yuz metrlar qolganida qo'lini oldinga cho'zib bir nimalar deb baqira boshladi. O'zimizcha "anavi nimaga baqirayapti bizga, jinnimi..." deb qo'ydi-gu, yor-yorni aytib fermaning oldida to'htadik. Fermerga "Ha, nima deyapsiz aka?" -desak, - "Ahmoqlar, pritsep qani?" - deydi... Qarasak, pritsep yo'q! Silos to'la pritsep!
Yo'lning yarmida uzilib qolib ketgan ekan...

Shu joyiga rahmatlik Hojiboyakaning gaplari esimga tushib ketdi: - "To'rtinchi stolbadan keyin yettinchi katta tutdan shundoq burilsam uyim-da!"...
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Muslimahon 11 Dekabr 2011, 18:58:47
 :bsm3:
 :asl3:

Sovuq kunda, issiqina uyda, issiqina pizza yeb, issiqina ko'k choy ichib, qiziqarli saytlarga kirib o'tirganda kimmi ko'chaga chiqqisi keladi.... Ehh ketish kere ketish  :(
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Humayro 11 Dekabr 2011, 21:05:56
ha... zamon ozgarayabdi, oldinlari sovuqda issiq kok choy bn oq qand eb (pizza orniga), oyogini sandalga solib (internet orniga) otiriwni orzu qiliwgan.
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Donishmand 12 Dekabr 2011, 00:45:42
Shahar deputatligiga saylangan bir do'stimiz mashina olgan edi. Haligacha o'z nomiga rasmiylashtirmagan ekan. Ikkimiz yo'lda ketayotgandik, postga yetganda DAN hodimlari to'htatishdi. Hujjatlar chatoq, mashina birovning nomida. DAN hodimi bilan savol-javobni qarang:
- Hujjatlar?
- Mana hujjat!
- Iye, chatoqku! Tortamiz mashinani...
- Komandir, shahar deputatiman, hokim ishga buyurgandi, shundoq borib kelayapman!
- Mashina kimniki?
- Man qattan bilaman moshina kimikiligini?! Anavini min, - dedi, minib chiqdim!
- Bo'pti, oq yo'l, ketavering...
Postdan o'tdi-gu, "tortib qo'yganida nima qilarding?" - desam, - "Nima qilardik, piyoda ketardikda" - deydi.

P.S. Hadeb DANning ketmoni uchavermas ekanda, bizniki ham uchib turarkan gohida ;)
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Музаффар 12 Dekabr 2011, 04:46:12
Бир акахонимиз бор, бу инсонни жуда қаттиқ хурмат қиламан. Ўзи нихостда бадавлат бой бслишига қарамай, ста камтар ва хушмуомала одам. Бунда 10 йиллар илгари бирга ёнма-ён савдо қилар сдик. кейин у бошқа ишга, ман сса сқишга кириб, кетган бслсак хам, алоқамиз жуда схши сди. У пайтлар бу инсон оддий савдогар, лекин сзидан ортмайдиган холатда сди. кейин ишлари схши юришиб кетди, хозирда хамма хавас қилади, қсли очиқ, феъли кенг одам. Кеча шу одам билан бирга бир жойга сафарга чиқдик, йсл узоқ, у-ёқ бу ёқдан сухбатлашиб кетспмиз. гап орасида ман ундан "шунча муваффақистларга қандай сришдиз ака?" деб ссрасам, у бир кулиб қсйида, шундай жавоб берди:
"Шу саволизи кутаётгандим, Ука, хама муваффақистларимнинг калити шуки, хеч қачон қиблага ва ота-онам тарафга оёқ узатмадим, қайси бир ишни бошласам аввало ота-онамдан дуои хайр олиб кейин ишга киришдим"....
бу жавобдан анчадан бери таъсирланиб юрибман...
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: UzMuslim 12 Dekabr 2011, 07:33:02
Ertalab Yo'lni Bo'yida Ketib Tursam,Bir Gala Ko'cha itlari Man Tarafga Qarab Kelyapti,aniq sonini bilmadinku lekin 3-4tadan ko'p edi,Tog'risi Agar Qochsam Quvlashi Aniq Edi,Ko'zimni Yumdimda Oyatal Kursini Baland ovozda O'qib yurushni To'xtatmadim,,Ko'zimni ochmadim,.Lekin Ich ichimda Qo'rquv egallagandi,Allohga Tavakkal,Agar Allloh O'shanaqa bo'lishini Hohlasa,Ming qochsa ham o'sha ish Bo'ladi,Allohga Tavakkal qildim,.Alloh o'zi Rahmli zot,Ko'zimni Ochib qarasam Atrofimda haligi Itlarni ko'rmadim,Hatto orqa tarafga Qaradim,yon atrofga Qaradim,lekin Na o'zi na ovozini eshitdim..Subahanalloh,Subahanalloh,Subahanalloh...
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: azizbek_mx 12 Dekabr 2011, 09:09:35
Inshaalloh, bugun ruxsat tegib, Toshkentga yöl oldim dadam bilan. Ilojini qilib yöl taassurotlarini yozib borishga harakat qilaman. Aslidaku, doim yölda hayol bilan band bölardim. Bu gal sergakroq bölishga harakat qilaman.
(Musannif Adham akaga havas qilib)
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Muslimahon 12 Dekabr 2011, 10:27:38
Inshaalloh, bugun ruxsat tegib, Toshkentga yöl oldim dadam bilan. Ilojini qilib yöl taassurotlarini yozib borishga harakat qilaman. Aslidaku, doim yölda hayol bilan band bölardim. Bu gal sergakroq bölishga harakat qilaman.
(Musannif Adham akaga havas qilib)

O'sha toshkent ko'chalarini bir rasmlaga omisizmi..., rasmga olib forumga qo'ysayiz duolarimizzi tagida qolardiz janob....  :5
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: azizbek_mx 12 Dekabr 2011, 12:34:12
Yo tavba, yölda bitayam antena chiqmaydiya... Uni ustiga zaryadkayam tugay db qopti. Yöllar öwa öwa, lekin dovon böylab rosa GAI köp ekan. Uch marta töxtatishdi... Qoganlaridan odobli bölib ötdik... Ohangaronda yomg'ir...
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Donishmand 12 Dekabr 2011, 22:31:33
Yo'lga chiqayapmiz, Farg'onaga. Shofyor vokzaldan ikkita odam olvolaylik, degandi, Shimoliy vokzalda  20:00da keladigan poyezdni kutdik. Poyezd ham "ko'p kutdirmay" 21:30 da  shoshilib yetib keldi...
Mana yo'lga ham chiqdik, qor yog'ayapti. Yo'l o'sha-o'sha, o'zlaringiz bilgandek. Agar birorta sarguzasht bo'lib qolsa yozib yuboraman. Agar uhlab qolsam, tushimda nima ko'rsam o'shani yozib yuboraman ;) tuzukroq uhlamaganimga ham 42 soat bo'ldi.  ..
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Muhammad Sanjar 12 Dekabr 2011, 23:13:08
Yo'lga chiqayapmiz, Farg'onaga...

Donishmand aka, safariz bexatar bo'lsin! Sog'-salomat yetib kevolinglar..
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: BelleQizcha 12 Dekabr 2011, 23:53:31
kichkina tor kochalarda moshina haydasham qiyin.. asason man uchun, tez haydaydigan betayin haydovchilarga bunday kichkina yolda haydash huddi tog'da baland poshnali tuflik bilan yurgandek boladi..
mana, shu shaharga keganimdan beri bugun moshinani olib, bir bozorga Hilola qiladigan ishlarni qilish uchun yolga tushdim, birinchi BulaAKAni ishga tashab, soat 8 yarimlarda Bozorga yo'l oldim... yolda haydavoman-u, telfon smsi kelurib  hit qivordi.. ochib qarasam, bulaAKA, sekin hayden, sekin mayhayden, oziz-ku mayli moshinani asrang dib qayta qayta yozvoribdila... (hazilashibmi unisini bilmiman, erke zotini tushinish qiyin)
Ishqib, maniyam jahlim chiqib 8;45 diskni qoyib, kuchlik tezlikda yura boshladim... juda tez yurdim. hech kimni-ku oldirib nogiron qilganim yog'-u.
ishqib, bozorga yetib kelib, hudoyimga SHukur dib tursam, qolimdagi soatga qarayman-dib, yonimdan kelyotgan bir Ho'kiz moshinani urvordim..
Agar kichkina moshina boganda, ha mayli kormiy qoldim digam bolardim, lekin moshinani haybati odami qo'rqitadi... Boshida, hayolimda boldi dib turib kozimni ochsam, haqiqatrdan ekan,.. o'zimga lanatlar aytib moshinadan tushsam, moshinaga hech narsa bomapti., lekin haybatli moshinaga ozgina qirilibdi...
haydovchini yuziga qarab kulgim keldi..
yaxshi odam ekan-mi, agar 40$ bersen, politsiyasiz qoyvoraman didi.. ha nima palitsiyani chaqirib qamalib ketmiy dib, 30$ bervordim.. ;D(albatta narh ustida kelishdik)
mana hozir hech narsa bomagendey uyga keldim.. bu hodisani, faqat forumdagilar, ozim va osha haybatli moshina haydovchisi biladi holos, chaqmachaqirlik bolmaydi dib oyliman...
eyyy.... odami eri bogandan kiyin qo'rqarkanaman... yashirincha ish qilish qiyin erke zoti bilan..
o'ziga buyursin moshinasi, boshqa haydaganim bosin-eee...
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Donishmand 13 Dekabr 2011, 00:28:59
Yo'lga chiqayapmiz, Farg'onaga...

Donishmand aka, safariz bexatar bo'lsin! Sog'-salomat yetib kevolinglar..
Rahmat, Olloh sizning umringizni behatar va boamal qilsin!
Azizbek_mx aytganlaridek, antenna yaxshi chiqmayapti yolda. Shunga ko'ra forumda biroz tanaffuss qilamiz. Ya'ni "Леривалнас пауза" ...
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Muslimahon 13 Dekabr 2011, 06:49:43
Belle honim,
Dunyoda 2 ta narsani yomon koraman. Biri moshina xaydashni ikkinchisi siz yashirincha qilishga majbur bogan shunaqa holatlani. Torirog'i kimdur ota onayizdanam qattiq qo'l,
Xo'jayin bolishini... :@
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Donishmand 14 Dekabr 2011, 18:50:48
Insonlar, taqdirlar, yo'llar xilma-xil.
Shimoliy vokzaldan 40 yoshlardagi bir odamni, Qo'yliqdan 23 yoshdagi yigitni olib yo'lga tushganimizda men o'ylamagandim mashinamizda ikkita  bir-birigra ummuman zid qarashlar, taqdirlarni olib ketayotganimizni...
Tirikchilik ilinjida Ufa shahrida ishlab kelayotgan bu odam o'zi gap ochib qoldi:
- Bu yerda qiyin, u yoqlar bilan umuman solishtirib bo'lmaydi. Biz hali ancha orqadamiz! ...
Hullas, u yer unaqa, bu yer bunaqa, degandek diydiyo boshlandi. Odamlar qiziq.
"Jahongashta sayyoh"dan reportajni boshladik:
- Qancha ishladingiz u yoqda?
- Bir yilcha bo'ldi.
- Daromad yaxshi bo'ldimi?
- Nolimayman, nasibaga yarasha.
- Bolalar bu yerda qolishganmi?
- Ha, shu yerda. O'g'illar-qizlar, hammasi.
- Hozir shu topib kelganlaringizni uyingizga olib borasiz-a? Oilangiz bilan behavotir yaxshiliklarga ishlatay deysiz, shundaymi?
- Ha, albatta-da!
- U yoqda bir yil yurganingizda uyingizdan ko'nglingiz hotirjam, tinch bo'ldi. Chalg'imay ishladingiz, pul topdingiz-a?
- Ha, telefonlashib turardik, har hafta. Ba'zan yangiliklardan ham habardor bo'lib turardik.
- Ha, rahmat, yashang! Agar uyingizda qandaydir tashqi havotir bo'lganida u yoqqa ishlagani borarmidingiz, ishlab pul toparmidingiz?
- ...
Aka sukut saqladilar. Edni yosh yigitchadan so'radik (asida u o'zi gap boshladi, ismimni qayerdandir bilib olibdi. Ismimni aytib murojaat qildi).
- Siz Qarshidan kelayapsizmi?
- Ha aka. Biroz ko'rgulik bor ekan, shuni o'tab kelayapman, olti yarim yil.
- Juda yoshsizku, nima bo'lgan edi o'zi?
- Yoshlik qilib ozgina egrilikka aralashib qolgan edik. Mana endi shuning jazosini o'tadik.
- Hmm, olti yarim yil - aytmoqqa oson-u, odam bir joyda olti kun majburlikdan o'tirsa qay holga tushishini bilaman. Hozir o'zingizni qanday his qilayapsiz, hamma narsa ko'zingizga boshqacha, zavqli ko'rinayaptimi?
- Ey aka, o'zimga sig'may ketayapman, rosa baqirgim kelayapti-yu... Uyga borsam, agar katakda tovuqlar bo'lsa katakni buzib tashlayman, kaptarlar qafasda bo'lsa qo'yvoraman, itni ham bog'lamayman aka! Ozodlikning, erkinlikning qadrini ... (Keyingi gaplarini ikkinchi yo'lovchiga qarab aytdi) Shukur qilish kerak, hafa bo'lmag-u, siz noto'g'ri fikrlar ekansiz!
- Endigi maqsadlar qanaqa, biror kasbingiz bormi, nima ish qilmoqchisiz?
- Kollejda o'qirdim, undan haydaldim. Endi yana o'qiyman, biror ishni mahkam ushlayman, degan niyatlar bor aka.
- Har qanday dog' vaqtlar o'tgan sari yuviladi, unutiladi. Faqat uni yana yodga tushiradigan ish qilmaslik kerak. Shunday qilolasiz deb o'ylayman?
- Aka, maqsadim ham shu, men bu dog'ni yuvaman. Hayotning qadriga yetdim. Olti yil u yoqda qilgan mehnatimni uyimda qilganimda ostonam oltin bo'lar edi. Demak, ishlasa bo'lar ekanku, halol ishlab pul topsa ham odam boyiy olarkanku. Tarbiyalashdi, tarbiyalandik, boshqa ko'rmaylik...

Bu ikki odamni manzillariga yetkazgunimizcha yana ko'p suhbatlar qildik. Ularni kuzatib qolarkanman, ichimda duo qildim: "Olloh boshqa adashmaslikni, to'g'ri yo'lda sobit bo'lishni nasib qilsin"...
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Musannif Adham 19 Dekabr 2011, 12:07:14
Subhanallaziy saxxoro lana haza va ma kunna laha muqriniyn. Va inna ila robbina lamunqolibiyn. (Safarga chiqqanda va ulovga minganda o'qiladigan duo. Tarjimasi: "Bizga buni bo'ysundirib qo'ygan Alloh Pokdir. Biz bunga qodir emas edik. Va albatta Robbimizga qaytuvchimiz".) Assalomu Alaykum. Yana yo'ldaman. Yo'nalish: Shahrisabz-Toshkent. Masofa 400 km dan ortiq. Taxtiqoracha dovonidan o'tar ekanmiz. Menimcha bu yerdan birinchi yurishimiz. Kitobdamiz ayni paytda. Insha Alloh yana o'sha Beeline ning Klik ta'rifidagi sim karta ishlab tursa yo'l taassurotlarini yozib boraman.
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Musannif Adham 19 Dekabr 2011, 13:05:47
Taxtiqoracha dovonidan o'tish 40 daqiqacha vaqtni oldi. Shundan yarim soatini videoga oldim. Dovonda Beeline ishlamadi. Samarqand viloyatiga kirib, Qoratepa suv omboriga yetgandan keyingina antenna paydo bo'ldi. Dovon ajoyib ekan. Tog' yonbag'irlariga yaxshigina qor tushgan. Shahrisabzda siyrak tuman bor edi. Dovonda quyosh chiqib ketdi. Samarqand qup-quruq. Hech qayerda qor yo'q.
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Musannif Adham 19 Dekabr 2011, 13:38:57
Samarqand non bozorida to'xtab pastga tushdik. Quyosh chiqib turgan bo'lsa-da, izg'iringa chidab bo'lmadi. 4 ta non olib tezda mashinaga o'tirdik. Keyin Zarafshon daryosidan o'tdik. Qish bo'lgani uchunmi ancha sayozlashib qolibdi. Jomboyda Case traktorini ko'rdim. 5-6 yil burun AQSh bilan oramiz buzilganida mana shu Case ham malomat qilingandi: "yerni qotirib tashlarkan, o'zimizning traktorlar yaxshi". Lekin bu baquvvat traktor hali ham xizmatda ekan. Aytishadi-ku: "Eshakning go'shti harom, xizmati halol" deb :). Bulung'urdamiz.
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Musannif Adham 19 Dekabr 2011, 14:55:26
Jizzax viloyatiga kirdik. Toshkent-Qashqadaryo orasidagi yo'llarda g'alati tartib paydo bo'libdi. Yo'lning muayyan nuqtalarida DAN xodimlari uzoqdan tasvirga oluvchi Lasetti mashinasini chetga olib tezlikni oshiruvchilarni kutib o'tirisharkan. Mashinada YPX ga tegishli ekanini bildiruvchi belgi ham yo'q. Lekin shunday mashina yonidan bilmasdan yuqori tezlikda o'tib ketsangiz, orqangizdan quvlab yetib yaxshigina jarima solarkan. Lekin haydovchilar ham anoyi emas. Bunaqa mashinalar qayerda turishini yodlab olishgan. Yaqinlashishi bilan tezlikni keskin pasaytirib, oradan bir km o'tgandan keyin tezlikni yana 100 km/soat dan ham oshirib, uchirib ketaverishadi. Bu tartibdan kimga foyda? Ochig'i uncha tushunmadim.
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Musannif Adham 19 Dekabr 2011, 15:10:48
G'allaoroldagi Anton-5 yoqilg'i quyish shohobchasida 40 daqiqa turib metan gazi quydirdik. Abu Muso akamiz aytganlaridek navbat yo'q deb bo'lmaydiyu, lekin navbat kilometrlab cho'zilmaganini ta'kidlash lozim. Taqqoslash uchun - 12 kun oldin Jomboydagi AYoQShda 2 soat kutgan edik. Haqiqatan Jizzaxliklar kon topganga o'xshaydi :) Ayni paytda G'allaorolning mobil telefonlar ishlamaydigan baland tog'laridan o'tyapmiz. Quloq xuddi samolyot uchib-qo'nayotgandagi kabi shang'illab bitib qolyapti. Bu postni antenna chiqishi bilan chop qilaman.
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Musannif Adham 19 Dekabr 2011, 15:53:15
Sirdaryo viloyati hududidamiz. Telefon aloqasi sifati yaxshilanib boryapti. Yo'llar esa g'alvirga o'xshab teshilib ketgan. Jizzaxdan Sirdaryoga kiraverishdagi yo'llarni chiroyli qilib ta'mirlab qo'yishibdi. Keyinroq bu yerga ham yetib kelar balki. Safarim qariyapti, telefonimning zaryadi ham tugayapti.
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Musannif Adham 19 Dekabr 2011, 16:48:41
Va nihoyat Sirdaryodan o'tdik.  Bu Toshkent va Sirdaryo viloyatlari o'rtasidagi tabiiy chegara edi. Toshkentgacha 60 km dan kamroq masofa qoldi.
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: UzMuslim 22 Dekabr 2011, 16:17:43
 :asl3:
Kecha Uyga Qaytyapman,Shofyor KeliN Bir Kishi Bilan Ketamiz,oldida Ketasiz,Orqada Bit Oila Bor Dedi,Hop Deb Narxini Kelishdigu,Mashinaga Chiqib Uyga Otlandik...........
   Quloqga Chalingan Gaplar Ya'ni Orqadagi Bir Oila bir biriga SHunaqa Gaplar AytiB Kelyaptiki Ularni Eshitmasligni Iljochisi yo'q,Orqa O'rindiq Bilan Oldingisini Farqi Bo'sa 30sm Bo'sa.
   Eri Hotiniga Aytyapdi:Qara Bolenga shokoladni Hamma Joyga Ishqalayapti Desa,Hotini Esa O'ziN Qara Iflos BU Sani Ham Bolenku Deyapti...Astag'firalloh,Astag'firalloh Ana Sizga Oilayu Mana Oila,MAn Hijolat Bo'b ketdim Oldida O'tirib,Shafyor Ham Bir Manga Qareydi,Bir Oynaga,Nimadur Degisi Keldiyu u Ham Indolmadi Bu Ahil Oila Vakillariga....O'shanchuN Aytishsa Keregda: Odobni-Odobsizdan o'rgan Deb...
Nom: Yo'lnoma: Шилқим ва Сержант
Yuborildi: Музаффар 29 Yanvar 2012, 16:11:06
Бу воқеа сқингинада бслиб стди. Хам кулгили, хам ачинарли.
Ишга одатда â„–13 йсналишдаги таксиларда бориб келаман. Бу йсналиш бсйлаб йслда ксп ташкилотлар бор. Хусусан Сержантлар мактаби ва Харбий қисм мавжуд. Ўша куни хам ишдан қайтаётган сдим. Одатдагидек â„–13 дамасни тсхтадим. Ўрта қатор сриндиқлари бсш скан, чиқиб жойлашдим. Хайдовчи ёшроқ йигит скан. Хайдовчи олдидаги сриндиқда хам йсловчи смас, хайдовчининг сртоғи стириб кетаётган скан. Биргаликда кира қилишади шекилли...
Хайдовчику, босиқ, тузук бола скан. Лекин ёнидаги бола, бир ссз билан айтганда махмадона ва лсттибоз. ёки Шилқим. Йсл йслакай хамма нарсага гап топиб, гап отиб, жавраб кетспти. Яна "Хаммом барибир хаммом" деб минғирлаб ашулла хам айтиб қссди. Хуллас АҚМАЯЛТИ.
Ўша сержантлар мактабидан кейинги Остановкадан бир малласоч, чиройлик қиз машинага чиқди. А­нди босги шилқим унга гап ота бошлади, рус деб сйлади шекилли, русчани сзбекча акяент билан чаплаб:
-Девучкахон, куда идеш? деб ғижимликни бошалди. Қизни ғаши келди.
-Девушкамас, опа!!! -деди қаттиқохангда халиги қиз. Шилқимнинг баттар жағи очилди:
-А­сс, узбечками? Танишийли? Қақа кетспсиздисппанда?...
-Ака, илтимос тек кетинг, сзи ишдан чарчаб чиқдим.. - илтимос охангида гапирди халиги қиз.
-хеч бсмаса телефонизи беринг, намунча вей..... босги шилқим счай демасди. Шу пайт хайдовчи ундан одоб сақлашни илтимос қилди. Лекин у хеч кимни назарига олмай сз авжида давом старди. Қинғир қийшиқ, ахмоқона гаплар сна бироз давом стди. Қизнинг асаби қайнаб бораётгади. Охири у тушиб қолишни маъқул ксриб дамасни тстатди. машинадан тушиб, пул олиш учун сумкасини кавлаётган сди, шилқим:
-сй девушка ОЛА, номиримни сслаб қолинг - деб бир номерни айта бошлади.
А­нди қизнинг асаб толалари узил кесил ёрилди. Шилқим стирган тарафдаги сшикни очиб, уни бсйнида тортиб судраб пастга туширди. Кейин иккита мушт ва бита тиззамачаси зарба билан уни ерга ағанатди. Хамма хайратда, стган кетган йсловчилар хам бу томошадан лол. Фақат босги жабрдийда шилқим юзини ушлаб "вой-вой"лайди холос....Уни бир нарса қилиб қайтиб дамасга стқазди шофер. Манзилга етгунча бечора ерга қараб қизариб, йиғлаворай деб зсрға кетди. у сз "таъсирли нутқи" учун мукофот олганди. Хама кулспти. орқа сриндиқда стирган аёллар сса баттар бслишини тилаб, ширин нистлар била уни олқишлашспти. ман у болани таниб олган сдим. Хозир қизларга гап отиш тугул, қарагани хам "духи" етмайди бечарани...
қиссадан хисса:
Шилқимлар, қизларга гап отишдан аввал, бронижилет ва тез ёрдам бригадасини тайёрлаб олинг...

У қиз сша сержантлар мактабида самбодан дарс береркан. Спорт устаси талабини бажарган, хуллас, унча мунча йигитларни хам қслидан келмайдиган жанг санъатини сзлаштирган скан.
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Donishmand 29 Yanvar 2012, 16:32:58
 :) :D ;D :D :D :D
Off: Muzaffar, o'sha qizni ham tanib oldingizmi?
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Aqoid 30 Yanvar 2012, 05:37:13
Juda ziyrakda oshnamiz...
Uchrashuvga chiqadigan yigitlar! Qizning sport b-n shug'ullanishini so'rab olinglar.
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Музаффар 30 Yanvar 2012, 10:51:33
:) :D ;D :D :D :D
Off: Muzaffar, o'sha qizni ham tanib oldingizmi?
Ички ишларда ишлайдиган дсстимиз схши таниркан. У орқали манхам таниб олдим.
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: NANO 30 Yanvar 2012, 10:59:14
Muzaffar aka ovda!

Bir joyda ishlaganimizda bir aspirantni xotini karatist deb eshitib yurardi. Kuyov bola ham rosa sodda edi. Bir kuni gapdan gap chiqdiyu gapirib qoldi. Bir kuni aftobusda bittasi shilqimli qigan ekan xotini 4 ta buklab avtobusni yulagiga joylab quyibdi. Kuyovni uzi kuladi undan battar biza kulamiz.

Toshentda hoz teskarisi kuzatilmoqda qizla bollaga gap otadigan bup ketgan.

Kafelada salfetkaga nomerini yozib tashab ketadimiyey.  :1

Man sizni uchrashuvga chaqirmoqchiman
- Man uchrashuvga chiqmiyman
Man hammani ham taklif qilavermayman
- Manam hammaga ham yo'q deyavermayman.  :5
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Музаффар 12 Fevral 2012, 22:36:51
Хозиргина Тошкентдан қайтиб келдим. Довон манзарасини таърифлашга ссз ожиз... Азда сланғоч турадиган қослар хам оппоқ қордан сктак кийиб йсловчиларга қуллуқ қилиб туришибди. Йсл йслакай шофер акамиз сзи билан содир бслган воқеани гапириб берди:
-Иккита одам тошлоққа, битта марғилонга ва биттта сшонгузарга йсловчи олган скан. Тошлоқлик ва марғилонликни манзилига слтиб, жуда кеч бслиб қолганлиги сабабли сзи хам қаттиқ чарчаб уйига кириб кетибди. Машинани гаражга қсйиб, апил тапил кириб уйқуга кетибди. Бир махал гарждаги шовқин, дсқ-дсқ овоздан чсчиб уйғониб кетиб, сғри деб гумон қилиб, қслига ошпичоқни олиб чиқиб қараса, бос сшонгузарга ташлаши лозим бслган йсловчи йиғламсираб, машина ичида бир ахволда стирганмиш.........
Йсловчи йсл йслакай ухлаб қолиб, қаерга келиб қолганини сзи хам англамай қолибди. Шофёр хам уйқу кучлилик қилиб, машинага қарамасдан тсғри кириб ётиб олган скан. Босги йсловчи табиий схтиёжи туфали уйғониб кетиб атрофга қараса, қоронғу, тор жойда скан. Бир ахқолда, бсғиқ овозда: "Ака тезроқ уйимга ташлаб қсйинг" дермиш.... :)  :)  :)
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Muslimahon 28 Fevral 2012, 21:50:00
 :bsm3:
 :asl3:
Bismillah ila boshlangan har bir ish hikmatli bo'lur....
Biz ham Bismillah deya yo'lga otlandik.
Toshkendaligimda esimda bor, ikki kun ichida bir nechta viloyatlarni aylanib chiqardik. Hozir esa ikki kun deganda bir shaxarda ikkinchi shaxarga yetib boramiz.... Bugun inshaAlloh Robbi ning qudrati ila Penselvaniya degan taraplaga otlandik. Alloh qodir qilsa Xayr bersa inshaAlloh sog salomat yetib boramiz. Yo'limizdagi ajabtovur qiziqarli voqealarni inshaAlloh asta sekin sizlar bn baham ko'rajakmiz....  :5
Sizlar ham duoda bo'ling forumdoshlar, Alloh nasib qilsa xayrli boshlagan ishimizni bitira olsak sizlarga ham suyunchimiz bo'ladi  ::)
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Muslimahon 29 Fevral 2012, 03:52:02
 :asl3:
Yo'l azobi go'r azobi - deyisharmidi..... Ayniqsa moshinada yurish! 18 soatlik yo'l bo'lsa.... Bundan zo'ri bo'masa kk  :5 o'zizzi shaxarizdan tashqaridagi shaxarni Magazini ga kirsayiz bor boshqacha bo'lasizdaa.... "Ayolmizde, ziynatlardan ko'z uzolmaymiz"  :7 erkaklarga bo'lsa farqi yo'q tavba...! Akam bn adajonim bittagina magazinni aylanib charchab qolishdi....

Yo'lda bardavommiz inshaAlloh duolaringiz ila..... :5
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Ansora 01 Mart 2012, 01:08:17
:asl3:
Yo'l azobi go'r azobi - deyisharmidi..... Ayniqsa moshinada yurish! 18 soatlik yo'l bo'lsa.... Bundan zo'ri bo'masa kk  :5 o'zizzi shaxarizdan tashqaridagi shaxarni Magazini ga kirsayiz bor boshqacha bo'lasizdaa.... "Ayolmizde, ziynatlardan ko'z uzolmaymiz"  :7 erkaklarga bo'lsa farqi yo'q tavba...! Akam bn adajonim bittagina magazinni aylanib charchab qolishdi....

Yo'lda bardavommiz inshaAlloh duolaringiz ila..... :5

 :vsl3:

Davomini kutamiz inshalloh:)
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Muslimahon 01 Mart 2012, 06:19:43
 :bsm3:
 :asl3:
Shuncha yo'l azobidan kn birgina quvonchli amal qancha charchoqlarni esimizdan chiqardiyaa... Allohu Akbar!
Philadelfiya, ko'p aktor va aktrisalarning shaxari ekan... Washington (oq uy) ga yarim soatlik yo'l..... Eng ajablanarlisi bitta ko'prik bor ekan, ettan to'o'o'o'ri New Yorkning Manhattoniga borish mumkun ekan mashaAlloh....  ::)
Biz uyimizdan ketgan kunning kechasi biz tarafda Tarnado bb o'tibti. Allohning qudrati ila (vaqtida chiqib) ketibmiz alhamdulillah. Qiziq, Philadelfiyada sovuq yeb yuribmizu, uyimiz tarafda esa Baxorning issiq kunlari boshlandi....
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Sofdil 31 Mart 2012, 14:51:51
To'g'ri reysla voqtinchali tuhtatip quyilgani uchun, transfer bn cherez piter uchishga turi keldi yaqinda.
Transfer zalida kutish 9 soat ekan. Pukovo 1 da kutip utirimman tabloda mani reysim hich chiqmidi chiqmidide :) borip surasam, evropaga Pulkovo 1 dan Pulkovo 2 aeraportiga utishim kerekan. Samalyot uchip ketishiga 1 soatcha voqt qogan :). Yuklarim qulimda. Kalla pentium 9 bub ishlap ketti yo taksida ketaman yo aeraport moshinasida.
Darrov transfer yo'lovchila mahsus bo'limga bordim. Borsam ish joyida hich kim yuq. It egasini tanimidi - aeraport bardak.
Nima qilishi bilmi radio elon joyiga borip odamini chaqirtirdim. 5 minutta bitta opoqi etip keldila. Darrov bitta minibus chqirtirip uzlarikuzatvordila. bir amallap etip borip zurga ulgurip qoludim samalyotga chiqishga.
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Музаффар 17 Aprel 2012, 09:04:06
Илгари куни бир нуроний хожиота билан бир жойга кетаётгандик. Светофорда тсхтаб турсак, келин куёвни Аикоҳ маросимига олиб кетаётган машиналар кортежи олдимиздан стиб кетди. Отахон санаб стириб, кейин бир чуқур хсрсиниб қсйди. Юзига қарасам ксзида бир икки томчи ёш пайдо бслибди...
-"тинчликми хожитоға?" - ссрадим ажабланиб.
-"хурсандлигимдна ксзимга ёш қалқиб кетди, хозирги ЗАГС мошинларни ксриб. 56-йилда холангиз билан турмуш қураётган куним, колхоз идорасидаг биттаю битта извош от аравани ижарага оломаганман. А айон яентридаги ЗАГС идорасига пиёда бориб келишга тсғри келган... Хозир замонамизи қаранг: келин куёвга чет сл мошини, орқасида ласетти. нексислар... нақ 16 та мошин санадим.... Бахтли бслишсин!" - дуо қилиб қсйдилар...

Л.С. Хожитоғани 8 та сғил, 4 та қиз фарзанди бор. Болалари барчаси схши ишларда ишлашади. хаётда моддий муаммоси бслмаса керак. Лекин шукр қилишдан ибрат ксрсатадилар доимо,
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Sayyid90 17 Aprel 2012, 13:30:57
Belle qizcha bunday voqealar yo'lda ko'p bo'ladi.
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Музаффар 22 May 2012, 10:31:17
кеча дамасда ишга кетааётган сдим. бир пасажир аёл шофёрда газ заправкасидаги узундан узоқ навбат хақида ссраб қолди. Шофёр хсрсиниб, "метан заправкада навбат кутиш ва унинг оқибатлари" мавзусида "лекяис" сқиб берди. босги аёл сса анча хазилаш ("бир қамчи бор") скан. Шофёрга қараб "касбизи сзгартиринг, бсмаса хеч ким қизини бермайди"деб қолди. Шофёр слт стиб савол назари аёлга билан қаради. аёл хотиржам охангда
-"кечаси билан заправкада очередда туриб, кундузи кира қиладига ср кимгасм керак?!, бу уйланиб, хотинни ташлаб россисга кетган билан тенгку" деб турибди....
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Хадича 15 Dekabr 2012, 05:58:53
Bu mavzuni endi ko'rib qoldim. Hecham esimdan chiqmaydigan bir voqea bor.
O'shanda maktabda o'qirdik. 7- sinfda. Maktabga 500 so'mga kinoga bilet kelgandi. "Men va Sen"degan Hind kinosiga. U paytda Sergelida yashardik. "el pasu"degan kinoteatorda ekan. Xullas,darsdan keyin butun maktab ketdi. Man dugonam Shirin bilan qolib ketdik. Kechro borganimiz uchun. Ikkalamiz ham to'g'ri maktabga borib kelganmiz,Sergelini boshqa joylariniyam bilmasdik.
Sergelida deyishganiga astanofkaga chiqib,Yarmarka tarafga boradigan avtobusga chiqishimiz kerak edi. Shirin "yo'q anu astanofkadan ketiladi"deb mani boshqa astanofkaga sudradi. Birinchi kelgan avtobusga chiqib ketganmiz. :D
Qarasam,Sergelidan chiqib ketvomiz. Qo'rqib ketdim,"ko'chani bilmiy adashib qolsek,keyin bizani melisa tutib olib ketib qoladi,rasa yig'limiz"degan hayol o'rab olgan.
Odamlardan so'rab, Kinochilar uyiga borganmiz. Borsek,unaqa kino allaqachon tugagan ekan. Yana yo'lda odamlardan so'rab, Konservatoriya taraf bo'ylab, Alisher Navoiy ( Panorama) kinoteatrga bordik. U joydayam bu kino yo'q ekan. Yo'lda kimdan so'rasek ham,bilmiyman,deyishadi. "El-pasu"kinoteatrni hech kim bilmiydi ???
Keyin uyga qanaqa qilib borishni bilmasdan, yana odamlardan so'raganmiz Chorsuga qanaqa qilib borishni. Sharmanda,bizaga hayron qarab,yo'lni tushuntirishardi :D chorsu bozorga kelgandim,bu joydan uyga ketishni bilardim-de
Navoiy ko'chani peshkom  yurib chiqqanmiz. Bir joyda 1ta qiz bilan 1 ta bola turgan ekan,borib so'ragandim. "Kechirasila,Sergeliga qanaqa qilib borsa bo'ladi"dib so'rasam,qiz jim,yonidagi bola "Avtobusda.."diydi.
"Bilaman avtobusda boradi. Qaysi avtobus"desam , "Bilmiyman"degan.
Navoiy ko'cha tugagan joyda turgan ekanmiz. Shundo orqaga qarasam Sirk.
"voy man bu sirkni Televizorda ko'rgandim.3-sinfda ustoz ham olib kelgandila, shu joyda astanofka bo'lishi kere"dib astanofka qidirib topib, 132 avtobusga "Sergeli" dib yozgan ekan,ushanga o'tirib uyga qaytib ketganmiz :D
Usha kun esimda. 5-mart. Opam 18 yoshga to'lgan kunlari edi. Kinochilar uyidan, Alisher Navoiy,keyin Navoiy ko'chadan yurib Hadraga peshkom yurib, 1hafta oyog'imiz og'rigan. Hirotni aylanib chiqqandek bo'lgandi. Shu bilan avtobusga o'qishga kirganda o'tirganman.
Ertasiga maktabga borgan hamma. Kino ko'rishgan. Biza bo'lsek bir olam ta'assurot bilan,ham kino ko'rolmiy qolib,ko'chada adashib qolganimiz uchun xafa bo'lib o'tirganmiz. :D
Nom: Re: Yo'lnoma
Yuborildi: Donishmand 21 Dekabr 2012, 10:30:16
Одесса, Южнс‹й.
Тепасига "Узбекский бар" деб ёзиб куйилган жойга кирдим. Карасам уша ёзувдан бошка узбекча нарса йук скан.
"Балодан хазар" деб факат балик ва товук еймиз шеккилли снди.
Харорат узимизникидакаю, шамоли билан чаток скан. Бир кор ёгворса расмга олардим....
Аммо денгиз... дахшат! А­х, ёзда келмабмандаа....
Nom: Javob: Yo'lnoma
Yuborildi: Donishmand 28 Dekabr 2012, 18:52:06
Yolda kelayapmiz. Bir hamrohimiz bilan suhbat qizib qoldi. "O'g'limni uyladim yaqinda..." - degan jumlalaridan keyin savol berdim:
- Necha yoshda uyladingiz?
- 19 yosh!
- Iye, namuncha tez? Yoki "uylanaman!" - deb turib oldimi? )))
- Ha-da! Har kuni telefon qilaverib, bezor qildi. Nimaymish, yaqinda "kones sveta" bo'larmish. "Uylanmasdan o'tib ketaveramanmi man?!" - deydi tirrancha. Keyin "mana sanga!" deb uylab qo'ydim , uch hafta oldin.
Rosa qotib kulibman:
- Aka, o'g'lizga "kones sveta" qilib qo'yibsizku... ))))