forum.ziyouz.com

Kutubxona => Boshqa kitoblar => Mavzu boshlandi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:40:53

Nom: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:40:53
HAYOT HIKMATI

Viktor ALIMASOV,
falsafa fanlari doktori

Muhtaram ustozim Aziz Po‘latovich Qayumov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlayman.

* * * * * * * * * * * * *
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:41:06
Mansab va masnadning emas, balki insoniylik keltirgan dovruqning umri uzun.

***

Ezgulik ezgulik qadrini ulug‘laydigan qalbnigina xushnud etadi.

***

«Sen» degan til qahru g‘azabni sochishga shay, «siz» esa qahru g‘azabni axloq, odob doirasida ushlab turadi.
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:41:15
«Har safar yovuzlikka duch kelganimda Isoni xochga ilgan mixlar mening ham qo‘l-oyoqlarimga qoqilgandek tuyuladi» (Ye.Yevtushenko). Har safar aqli noqis menga ta’na toshini otganida Kopernikni kuydirgan olov meni ham o‘z domiga tortayotgandek bo‘ladi.

***

«Kim axloqli bo‘lsa, u so‘zsiz, yaxshi gapiradi» (Konfutsiy), ammo yaxshi gapiradigan mudom axloqli bo‘lavermaydi.

***

Me’yoridan oshgan ezgulik ­tilyog‘lamalikdir.
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:41:25
Qo‘shnisiga mehr, izzat ko‘rsatmaganning eliga mehr, izzat ko‘rsatishi dargumon.

***

Pokdamon, or-nomusli qalb no­o‘rin taqdirlashdan ham ozor chekadi.

***

Vaqti kelib kishi bezmaydigan narsa yo‘q, valek u insoniylikdan hech bezmaydi.
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:41:32
Atrofingdagilarning ehtiyojini hisobga olmasdan yashay olmaysan, ammo yashash hikmati o‘z hayotiy maqsadingni ­boshqalar maqsadiga qurbon etmaslikdadir.

***

Mangulik mudom shu ondadir.

***

Sukut ham yarata oladi.
   
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:41:40
Bema’ni chop-choplardan tolganingda osoyishtalikdan ham zo‘r purhikmat ne’mat yo‘qligiga iqror bo‘lasan, kishi.

***

Kishining boshqalar haqidagi o‘y-xayollari uning o‘zi haqidagi o‘y-xayollarining davomidir.

***

Ijtimoiy muhitdagina kimligingni va nimaga qodirligingni bilasan, lekin bu muhitga ko‘r-ko‘rona ergash degani emas.
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:41:48
To‘kin dasturxon ustida ichilgan qasam hali elparvarlikdan ham, insonparvarlikdan ham darak bermaydi.

***

«Yerning Quyosh atrofida aylanishini Galileyning zamondoshi ham bilardi, lekin uning uyida xotin, bola-chaqasi bor edi» (Ye.Yevtushenko). Haqiqatni aytishga hammada ham iroda topilmasligining boisini endi payqagandirsiz.

***

«Yoy o‘qi bizga haqiqatni qanday izlashni o‘rgatadi» (Konfutsiy). Qani edi, barcha haqiqat izlaganlar yoy o‘qidek o‘z nishoniga yetsa...
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:41:55
Ha, umr qisqa. Ammo dilingdagini qilolmasang yoki aytolmasang, u yanada qisqadir.

***

Har dilning o‘z haqiqati bor, shuning uchun ham hech bir dil umumiy haqiqatni topolmaydi.

***

Haqu haqiqat yakka bo‘lsa-da, uning ko‘rinishlari ko‘p. Ko‘rinishlarini topib manmanlikka berilgan kishini haqu haqiqat bir kuni pushaymonga soladi.
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:42:06
«Men bir haqiqat yordamida barcha narsani bilaman» (Konfutsiy). Ming vahki, ushbu haqiqat nimaligini orif aytmagan.

***

Aqlli fikrlarni beaql fikrlardan ajratish oson bo‘lganida edi, odam hech qachon nodonligini fazilat atamasdi.

***

Kishilarni erk emas, takabburlik yo‘ldan uradi.
   
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:42:13
Nodonning savoli ba’zan oqilni ham mot qiladi.

***

Ikki johil bilan ikki g‘ofil birlashsa, ular «Dunyo bizniki» deb jar soladi.

***

Kishilar nodonlikdan oqillikni ajratolganlarida bu dunyo jannat bo‘lardi, jannat.
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:42:19
Ikki badniyat birlashsa, qirq xushniyat adolat izlab sarson-sargardon bo‘ladi.

***

Shubhasiz, talantsiz odam yo‘q, ammo har kim boshqalar talantini o‘z talanti doirasida o‘lchaydi.

***

Bir jumlaga jo bo‘lmaydigan asar yo‘q.
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:42:38
Asarlarning ham o‘z dardi bor, dardsiz asarlardan yo maddohlik, yo yoltoqlik hidi anqiydi.

***

Harflardan kitob yaratilgani emas, kitoblardan hayot yaratilgani hayratlidir.

***

Ba’zi dissertatsiyalar ilm-fan ustidan mazaxona kulishga o‘xshaydi.
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:42:45
Talant yaratishga undasagina o‘zini oqlaydi, aks holda u takabburlik uyg‘otadi.

***

Betakror syujetlar topish — yuqori talant, lekin tayyor syujetlarni buyuk asarlar darajasiga ko‘tarish ham buyuk talant belgisidir. Bunga Shekspir ijodi misol.

***

Takabbur emas odam yo‘q, biroq manmanlik talantni toptamasligi zarur.
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:42:52
Falsafada adashish emas, adashmaslik ayanchli.

***

Haqu haqiqat izlashni hayotidan ustun qo‘ymaganning falsafaga kirmagani ma’qul.

***

Eynshteyndan ikkini to‘rtga ko‘paytirsak qancha bo‘ladi, deb so‘rashibdi. «Istagan manbada bor narsalarni miyamda saqlab nima qilaman?» deb javob beribdi u.
Kim qaerda ishlagan, kim kimning urug‘i kabi mayda-chuydalarni bilishini donolik hisoblaydigan kishilarga o‘rinli javob bu.
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:43:14
Ma’nisiz jild-jild asarlarni o‘qimaslik uchun aforizmlar kashf etilgan.

***

Ikki yolg‘ondan keyin til yolg‘onni deyishni o‘z xislatiga aylantiradi.

***

Yolg‘onni deyish oson, biroq haqiqatni deyish uchun zabondan tashqari ruhiy jasorat ham kerak.
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:43:23
Kimdir najotni ko‘kdan qidiradi, kimdir - Yerdan. Najotni o‘zidan qidirgan menda hurmat uyg‘otadi.

***

Nokerak o‘git kutilmagan mehmondek halovatingni buzadi.

***

Iztirobli o‘ylar dilni charxlaydi. Goho qalamni ham.
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:43:30
Goho maqsadsiz dadillik maqsadli ehtiyotkorlikni dog‘da qoldiradi.

***

Qoldirgan narsangni joyidan topolmasang, bilki, uni sendan ko‘ra yuqori e’zozlaydiganlar bor ekan.

***

Bernard Shoudan so‘rashibdi:
— Qanday qilib aqlli fikrlar topasiz?
— Odamlar deganining aksini aytaman, ular o‘z g‘ofilligini yashirish uchun aytganlarimdan hikmat topishga majbur.
Nom: Re: Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:43:48
Boshqalarga ta’rif berib biz o‘zimizga ham ta’rif beramiz.

***

«Ochlikdan o‘lish — arzimas voqea, axloqni yo‘qotish — fojia» (Konfutsiy). Lekin negadir kishilar ochlikdan o‘lishni fojia deb biladilar?..

***

Umrini boshqalar uchun chiroqqa aylantirolgangina, mangulikka da’vogar bo‘lishga haqli.

***

Ha, yashash — hikmat, valek, yashashdan hikmat izlab yashashda yanada ko‘proq hikmat bor.

TAMOM
Nom: Re:Bizdan bu dunyoda nimadir qolish keraku?
Yuborildi: Muhammad Amin 02 May 2007, 17:31:04
Bu dunyoda sendan nima qoladi. Faqat qilgan ishing.
Buni unutmang hurmatli yshlar. Biz axr vatanimiz kelajagi.