forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: maknuna 15 Iyun 2006, 17:09:58

Nom: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 17:09:58
Assalomu alaykum!
Ushbu maslahatlar sevimli shoirimiz Tursunoy Sodiqovaga tegishli.

QIZIM, SENGA AYTAMAN

Qizoyim, ro‘zg‘oringda falokat yuz berdi: jufting senga xiyonat qildi! Qanday o‘ylaysan, nega shunday bo‘ldi? Osmonga sakrashdan burun o‘zingni obdon taftish qil:
Yo tiling yomon, yo sarishta emassan yo tatimli ovqat qilishni bilmaysan! Shunaqaliging rost bo‘lsa, sendan ko‘ngil qolishi tabiiy, chunki bunday xonadonda rohat bo‘lmaydi, qizim!

* * *

Ro‘zg‘or — eng qaltis joy! Ayniqsa, tilingga ehtiyot bo‘l!
Eru ayolning umr yo‘ldoshidan yashirin bir siri bo‘lishi shart: juftingga uni g‘oyat sevishingni, usiz yashay olmasligingni izhor qilgan zahoting uning uchun qizig‘ing qolmaydi, shuni yodda tut!
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 17:10:24
* * *

Agar jufting asli u shoxdan bu shoxga qo‘naveradigan xilidan bo‘lsa, u erkakkina juvonmarg bo‘lsin! Chunki u avlod va jamiyatga ziyon keltiruvchidir! Bunday odam tuzalmaydi, buzug‘lik uning suyagida bor! Undan qutulsang, suyun, falokating ariydi!..

* * *

Jufting xiyonat qildi, deylik. Shu kungacha risoladagiday edi, bu vaziyat nogahonda yuz berdi. Bu holatda sen uni darhol yer bilan bir qilma! Erkakning zaifligi — g‘oyat samimiyligida! Shuning uchun u ta’sirga tez beriladi. U kimgadir ilakishib qolgan bo‘lsa, sendan ko‘ngli qolgani uchun emas, tashqi ta’sirning o‘tkirligi uchun ham shunday bo‘lishi mumkin.
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 17:10:47
* * *

Ayol zotining aynishidan Xudo saqlasin! Chunki u aynisa, juftidan ko‘ngli sovib, yo mo‘ljallagan odamiga ishqi tushib, reja bilan, astoydil ayniydi. Vaqt o‘tishi bilan ham shu rejasida qat’iy turaverishi mumkin. Bu haqiqiy xatar! Shuning uchun ham xiyonatkor ayol kechirilmaydi!
Ammo erkak ta’sirga berilganda, tahlilni yo‘qotadi. Shaytonga tez qul bo‘ladi. U goho ta’sirga qanday tez berilgan bo‘lsa, shunday tez qaytishi ham mumkin. O‘ziga kelgach, qilgan ishidan astoydil afsuslanishi, yurakdan chiqarib tavba qilishi mumkin. Mana shu o‘zi sening hech narsa yo‘qotmaganing emasmi? Sabr darkor.

* * *

Jufting xato qildi, sen bu holatga uning do‘sti sifatida baho ber va do‘stning ishini qil. U adashdi, do‘st do‘sti adashganda kuniga yarasagina burchini bajargan bo‘ladi. Qolaversa, uning uydan bezishiga o‘zingning ham hissang bor! Hozir sening vazifang qo‘lingga ro‘molcha olib yig‘lab o‘tirish emas, qanday qilib bo‘lsa ham, uni xatodan qaytarishdir.
Ro‘zg‘orchilik beorchilikdir, qizim, turmush kechirimlilik bor joyda turmush bo‘ladi!
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 17:11:06
* * *

Deylik, ro‘zg‘ordoshing sendan ketib boryapti. Shuni bilki, sen xo‘mrayaversang, janjal yasayversang, "œtopganing mendan a’lo bo‘libdimi?" deb yoqasiga osilaversang, uning sendan uzoqlashishi tezlashadi!

* * *

Sendan uzoqlashgan erkakni qo‘rqitish, arizabozlik, el o‘rtasida sharmanda qilish bilan qaytarib bo‘lmaydi! Bu ishlar unga haddan ziyod og‘riq beradi va bu og‘riqlarni sen tashkil qilayotganing uchun, unga yanada xunukroq ko‘rinasan. Qarabsanki, u narigi tomonga avvalgidan badtarroq intila boshlaydi.
Haligi ayol esa bunday paytda yana halimroq bo‘lib oladi. Hamma yoqdan esa urilib-surilgan erkakka u xaloskor bo‘lib tuyuladi va uning tadbirkorlik bilan ko‘rsatgan "œmehribonchiligi"dan panoh topadi. Mana, qizim-jonim, janjal-suron bilan erishganing shu bo‘ldi: o‘z qo‘ling bilan ularni yanada yaqinlashtirib qo‘yding! Bu ham yetmaganday, o‘rtaga tushib sharmanda bo‘lding!
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 17:11:29
* * *

"œBir etak bolali bo‘lsam, uyda faloncha yumush menga qarab turgan bo‘lsa, bir erga yoqish uchun, oynakka qarab bejanishim, uyimni yasatib o‘ynashim bachkanalik emasmi?!" — dema!
Jufting — senga Olloh bergan muqaddas mulking. Mulkingga esa o‘g‘ri tushib turibdi! Ehtiyotini qilasan-da! Agar u yo‘qolib qolsa, qo‘l siltab qolavermaysan-ku! Zohiringda qo‘l siltasang ham, ichingda kuyib kullar bo‘lasan-ku! Demak, o‘zingni asrash uchun ham, juftingni boy bermasliging kerak!

* * *

Ammo hargiz erkagingning kelish-ketishini surishtirma, o‘zingni uning qaerda yurishi bilan qiziqmayotganday ko‘rsat. Yo‘qolib ketib, yana paydo bo‘lsa ham, "œqaerda edingiz?" dema! Boyagiday oldiga choyini, nonini qo‘yib, kir ko‘ylagini tozasiga almashtirib qo‘yaver.

Qizoyim, ro‘zg‘oringda falokat yuz berdi: jufting senga xiyonat qildi! Qanday o‘ylaysan, nega shunday bo‘ldi? Osmonga sakrashdan burun o‘zingni obdon taftish qil:
Yo tiling yomon, yo sarishta emassan yo tatimli ovqat qilishni bilmaysan! Shunaqaliging rost bo‘lsa, sendan ko‘ngil qolishi tabiiy, chunki bunday xonadonda rohat bo‘lmaydi, qizim!
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 17:11:54
* * *

Ro‘zg‘or — eng qaltis joy! Ayniqsa, tilingga ehtiyot bo‘l!
Eru ayolning umr yo‘ldoshidan yashirin bir siri bo‘lishi shart: juftingga uni g‘oyat sevishingni, usiz yashay olmasligingni izhor qilgan zahoting uning uchun qizig‘ing qolmaydi, shuni yodda tut!

* * *

Agar jufting asli u shoxdan bu shoxga qo‘naveradigan xilidan bo‘lsa, u erkakkina juvonmarg bo‘lsin! Chunki u avlod va jamiyatga ziyon keltiruvchidir! Bunday odam tuzalmaydi, buzug‘lik uning suyagida bor! Undan qutulsang, suyun, falokating ariydi!..
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 17:12:15
* * *

Jufting xiyonat qildi, deylik. Shu kungacha risoladagiday edi, bu vaziyat nogahonda yuz berdi. Bu holatda sen uni darhol yer bilan bir qilma! Erkakning zaifligi — g‘oyat samimiyligida! Shuning uchun u ta’sirga tez beriladi. U kimgadir ilakishib qolgan bo‘lsa, sendan ko‘ngli qolgani uchun emas, tashqi ta’sirning o‘tkirligi uchun ham shunday bo‘lishi mumkin.

* * *

Ayol zotining aynishidan Xudo saqlasin! Chunki u aynisa, juftidan ko‘ngli sovib, yo mo‘ljallagan odamiga ishqi tushib, reja bilan, astoydil ayniydi. Vaqt o‘tishi bilan ham shu rejasida qat’iy turaverishi mumkin. Bu haqiqiy xatar! Shuning uchun ham xiyonatkor ayol kechirilmaydi!
Ammo erkak ta’sirga berilganda, tahlilni yo‘qotadi. Shaytonga tez qul bo‘ladi. U goho ta’sirga qanday tez berilgan bo‘lsa, shunday tez qaytishi ham mumkin. O‘ziga kelgach, qilgan ishidan astoydil afsuslanishi, yurakdan chiqarib tavba qilishi mumkin. Mana shu o‘zi sening hech narsa yo‘qotmaganing emasmi? Sabr darkor.
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 17:12:37
* * *

Jufting xato qildi, sen bu holatga uning do‘sti sifatida baho ber va do‘stning ishini qil. U adashdi, do‘st do‘sti adashganda kuniga yarasagina burchini bajargan bo‘ladi. Qolaversa, uning uydan bezishiga o‘zingning ham hissang bor! Hozir sening vazifang qo‘lingga ro‘molcha olib yig‘lab o‘tirish emas, qanday qilib bo‘lsa ham, uni xatodan qaytarishdir.
Ro‘zg‘orchilik beorchilikdir, qizim, turmush kechirimlilik bor joyda turmush bo‘ladi!

* * *

Deylik, ro‘zg‘ordoshing sendan ketib boryapti. Shuni bilki, sen xo‘mrayaversang, janjal yasayversang, "œtopganing mendan a’lo bo‘libdimi?" deb yoqasiga osilaversang, uning sendan uzoqlashishi tezlashadi!
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 17:12:54
* * *

Sendan uzoqlashgan erkakni qo‘rqitish, arizabozlik, el o‘rtasida sharmanda qilish bilan qaytarib bo‘lmaydi! Bu ishlar unga haddan ziyod og‘riq beradi va bu og‘riqlarni sen tashkil qilayotganing uchun, unga yanada xunukroq ko‘rinasan. Qarabsanki, u narigi tomonga avvalgidan badtarroq intila boshlaydi.
Haligi ayol esa bunday paytda yana halimroq bo‘lib oladi. Hamma yoqdan esa urilib-surilgan erkakka u xaloskor bo‘lib tuyuladi va uning tadbirkorlik bilan ko‘rsatgan "œmehribonchiligi"dan panoh topadi. Mana, qizim-jonim, janjal-suron bilan erishganing shu bo‘ldi: o‘z qo‘ling bilan ularni yanada yaqinlashtirib qo‘yding! Bu ham yetmaganday, o‘rtaga tushib sharmanda bo‘lding!

* * *

Bolajon, bunday paytda o‘zingi ko‘rib ko‘rmaganga, sezib sezmaganga ol. Indamay xonadoningni obod qilaver, shu kungacha beparvo bo‘lgan tutumingni zimdan yaxshila, epchil ayollardan ayollik san’atini o‘rgan! Ya’ni, kiyinish, ovqat qilishdagi nozikliklarni va h.k.
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 17:13:14
* * *

"œBir etak bolali bo‘lsam, uyda faloncha yumush menga qarab turgan bo‘lsa, bir erga yoqish uchun, oynakka qarab bejanishim, uyimni yasatib o‘ynashim bachkanalik emasmi?!" — dema!
Jufting — senga Olloh bergan muqaddas mulking. Mulkingga esa o‘g‘ri tushib turibdi! Ehtiyotini qilasan-da! Agar u yo‘qolib qolsa, qo‘l siltab qolavermaysan-ku! Zohiringda qo‘l siltasang ham, ichingda kuyib kullar bo‘lasan-ku! Demak, o‘zingni asrash uchun ham, juftingni boy bermasliging kerak!

* * *

Ammo hargiz erkagingning kelish-ketishini surishtirma, o‘zingni uning qaerda yurishi bilan qiziqmayotganday ko‘rsat. Yo‘qolib ketib, yana paydo bo‘lsa ham, "œqaerda edingiz?" dema! Boyagiday oldiga choyini, nonini qo‘yib, kir ko‘ylagini tozasiga almashtirib qo‘yaver.

Qovog‘ingni uyma. Ammo ochilib-sochilib ham muomala qilma. Faqat savoligagina javob ber. Ering mayda gaproq bo‘lsa, nega qiziqmayotganing bilan qiziqishi mumkin. Shunda: "œKo‘chada bizning ziyonimizga ish qilarmidingiz, eson-omon kirib keldingiz, shu kifoya!" — qabilida so‘ppaytirib javob qilib qo‘y. Ammo gazaksiz ayt!
O‘zing esa ko‘chaga atagan chiroyli kiyimlaringni kiyib, o‘sma-surmangni quyuq qilib yurgan bo‘lgin! Ana o‘shanda uning miyasiga tok uradi. Yuragiga g‘ashlik tushadi, "œnega men bilan qiziqmayapti, ochilib ketganini qarang buning, meni oldingiday qizg‘anmayapti ham, bu turishida birovga ko‘ngli tushib qolgan bo‘lsa-ya", degan vahima paydo bo‘ladi. Qanday qilib bo‘lsa ham, uning yuragiga shu vahimani solish kerak! Natijasini o‘shanda ko‘rasan!
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 17:13:34
* * *

O‘rni kelganda mag‘rur bo‘la bilish ham — ilm! Senga xiyonat qilgan erkagingga yalinma, iltijo qilma! Mag‘rur bo‘l, ammo uning ko‘ngli qoladigan ish qilma. Sabr qil, bugun bo‘lmasa ertaga seni unga solishtiradi. O‘shanda sening fazilatlaring ustun kelguday bo‘lsin. Nikohning ohangrabosi, ko‘z ochib ko‘rgan ro‘zg‘orning mehri o‘lmaydigan narsa, bir kuni jufting ostonangga zor bo‘lib qaytib keladi. Xalqning "œkel-kel desa kelmaydi, kelma desa keladi", naqli ro‘zg‘orga ham taalluqli! Sabr qil!
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 17:13:47
XOTIMA

"œTug‘iladigan bola qiz bo‘lsa, to‘lg‘og‘i achchiq bo‘ladi", — derdilar onam. Dunyoga inqilobiy jarayon bilan kelayotganining o‘zi bu zot oddiy emasligi, unda bir gap borligiga ishora. Buni qarangki, o‘g‘il bolaga qaraganda, qiz bola jismonan pishiq tug‘iladi va oson katta bo‘ladi, bu ham bir sir! Qolaversa, ayol zoti nisbatan uzoqroq yashaydi, bu ham sinoat! Yana: yo o‘qiganman, yo eshitganman — agar erkak yillabmas, aqalli bir necha kun davomida bir ayol o‘taydigan yumushni surunkali bajarib ko‘rsa, charchabgina, kasal bo‘libgina emas, hatto o‘lib qolishi mumkin ekan! Ayol esa uzilaman, deb turgan qilday beli, gulday nozik jussasi bilan bu dunyoning erkaklar ko‘tarolmagan zil yuklarini ko‘tarib o‘tadi! Uning harakatlari bamisli asfaltni yorib chiqayotgan maysaday! Yana buning ustiga birday yashnab turaverishini aytmaysizmi! Esimni tanibmanki, o‘z toifamni hayrat bilan kuzatishdan charchamadim! Ayol — asrorxona! Ayol — mo‘’jiza!
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 17:13:59
* * *

Mo‘’tabar oyim. Dunyo seni shunday intiqlik bilan qabul etdi, seni o‘zi aziz qildi, ammo bu bilan faxrlanmagaysan, aksincha, yelkangga qo‘yilayotgan yuk juda og‘ir, uni ko‘tara olish, torta olish mushkuloti bor. Hamma mo‘’jiza sendagi o‘sha yukda! Atrofdagilarga balogardon bo‘ladigan va ularni saodatmand qiladigan ne’mat bor senda! Sen uni odamlarga tiling bilan, qo‘ling bilan ulashib yashaysan. Ilohim, shu yo‘lda adashtirmasin!
Bebarakot ro‘zg‘orlar, qo‘ydi-chiqdilar, bolalardagi badfe’llik, og‘a-inilar o‘rtasidagi uzilishlar, farzandlarning boshiga tushadigan kulfat, asosan, ayol zotining xatolari tufaylidir! Bilib qo‘y, sendan, ya’ni ayol zotidan, faqat yaxshilik tarqalishi kerak! Chunki jisming to‘la xosiyat! Seni Ollohning oliy ne’mati atadilar! Shu buyuk ne’matni, bu bebaho imkoniyatni isrof qilib qo‘yma.
Odamlarga baxt ulash va o‘zing ham baxt ichra yashab bor!
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: Munira xonim 15 Iyun 2006, 19:56:13
Bismillahir rohmanir rohiym. Umomaning qizi Ummu Inasni turmushga berayotganida qilgan nasihatlari:"Jonim bolam! Bir kimsani yahshilikka undash uchun nasihatlar beriladi.Odob - ahloqli  yoki boy kishining farzandi bo'lish yoki barchaga maqbul hislatga ega bo'lishning o'zi inson uchun kifoya qilganida edi, senga nasihat qilib o'tirmasdim. Aslida nasihat unutilganlarni eslatadi. Shunga ko'ra nasihatlar juda foydalidir. Suyukli qizim! Agar birorta qiz otasi boy bo'lganidan turmushga chiqishga muhtoj bo'lmasaydi, sening hech qachon bunga mutojliging bo'lmasdi. Ammo bu hayot qonuni. Erkaklar biz uchun biz erkaklar uchun yaratilganmiz. O'zing tug;ilgan uydan chiqb mutlaqo begona bir uyga borasan. hech ko'rishib gaplashmagan, hulq atvorini bilmagan bir kishining umr yo'ldoshi bo'lasan. Sen uning hizmatkori bo'lgilki, u ham sening yordamching bo'lsin. Bolam! Kel endi senga ba'zi nasihatlar berayin.Ularni o'rganib chiroyli amal qilsang umr bo'yi rohatda yashaysan.Umr yo'ldoshing bilan hech qachon orangiz buzilmaydi. Bu dunyoda bahtli hayot kechirganing kabi, ohiratda ham abadiy saodatga erishasan InshaAlloh.
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: Munira xonim 15 Iyun 2006, 20:38:01
1.Qanoatli bo'l, umr yo'ldoshing olib kelgan oziq - ovqat va kiyim - kechakni hammasini doimo mamnuniyat ila qbul qil. Chgunki qanoat qalbga huzur halovat bag'ishlaydi.
2.Aytilayotgan gaplarni doimo diqqat ila eshit va hamisha itoatda bo'l. Umr yo'ldoshingga e'tiroz bildirma. u bilan hamfikr bo'lishga harakat qil. Bunday harakatlaring bilan Janobi Haqni ham roziligini topasan.
3. Umr yo'doshingni ko'zi tushadigan hamma joyga e'tiborli bo'l, shunday qilgilki uning ko'zi hech qachon nojo'ya holatlarga tushmasin.
4.Yomon hid chiqishi mumkin bo'lgan narsa va yerlarga diqqat qil. Ularni topib tozala.Uyingdan har doim hushbo'y hid taralib tursin.
5. Shuni yahshi bil: tozalik va latofat suvga bog'liq. har qanday narsa suv bilan toza bo'ladi. Uyda suvlar toza turishiga ahamiyat ber.
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyun 2006, 21:14:14
1.Qanoatli bo'l, umr yo'ldoshing olib kelgan oziq - ovqat va kiyim - kechakni hammasini doimo mamnuniyat ila qbul qil. Chgunki qanoat qalbga huzur halovat bag'ishlaydi.
2.Aytilayotgan gaplarni doimo diqqat ila eshit va hamisha itoatda bo'l. Umr yo'ldoshingga e'tiroz bildirma. u bilan hamfikr bo'lishga harakat qil. Bunday harakatlaring bilan Janobi Haqni ham roziligini topasan.
3. Umr yo'doshingni ko'zi tushadigan hamma joyga e'tiborli bo'l, shunday qilgilki uning ko'zi hech qachon nojo'ya holatlarga tushmasin.
4.Yomon hid chiqishi mumkin bo'lgan narsa va yerlarga diqqat qil. Ularni topib tozala.Uyingdan har doim hushbo'y hid taralib tursin.
5. Shuni yahshi bil: tozalik va latofat suvga bog'liq. har qanday narsa suv bilan toza bo'ladi. Uyda suvlar toza turishiga ahamiyat ber.
Assalamu alaykum!
Judayam to'g'ri maslahatlar.
Har bir qizimizda mana shunday xulq bo'lishini hohlardim...
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: Munira xonim 16 Iyun 2006, 08:34:44
6.Eringni ovqatlanish soati bilan uyqu vaqtiga diqqat qil.Ovaqtni hamisha uning odati bo'yicha tayyorla.Vaqtida uhlashi uchun ishlaringni vaqtida tamomla. Chunki ochlik kishini tajanglashtiradi, uyqusizlik esa hafalikka sabab bo'ladi.
7. Uyingdagi mol - mulk va jihozlaringni ehtiyot qil, bu narsa sening ishbilarmonligingni ko'rsatadi.
8.Eringni yaqinlariga doimo chiroyli muomalada bo'l.Bu narsa sening yahshi uy bekasi ekanligingni bildiradi.
9.. Eringni sirlarini zinhor birovga aytma.Agar sirlarini atrofga yoysang, sendan ranjiydi.Bevafolik yo'liga ham kirib ketishi mumkin.
10.Eringni hurmat qil, buyruqlarini bajar, gap qaytarib unga qarshi chiqma. Agar qarshi borib isyon qilsang,jahli chiqib ranjishiga,hatto dushman kabi harakat qilishiga sabab bo'ladi.Ering hafa bo'lganida o'zingni hursand tutma,agar ering hursand bo'lsa o'zingni hursand tutishga harakat qil.
( Menimcha bu nasihatlarga izohni hojati yo'q)
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: Munira xonim 22 Iyun 2006, 09:26:26
Har bir ayol ( qiz) eriga qanchalik hurmat va itoat etsa, shunchlik suyukli bo'ladi. Qanchalik rozi qilsa shunchalik muhabbat ko'radi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, har bir ayol bularga, faqat uning istakalrini o'z hoyu-havaslaridan, uning roziligini o'z orzularidan ustun qo'yish bilan uddalaydi. Janobi Haq bizga o'zining kuch qudratini ko'rsatish uchun yaratgan mahluqlarini dunyoda ko'paytirib qo'ydi. Shu sababdan erkak bilan ayolni bir birlariga muhtoh qildi.Aql-zakovat bialn sharafladi, ularni boshqa mahluqlardan ustun qildi.Insonlar birlashib yuzaga keltirgan jamiyatlar kuchli va mustahkam bo'lishi uchun ayol va erkakning o'zaro munosabatini nikoh vositasida shar'iy holga keltirdi. Ehtiyojlarini ta'minlashga shu yo'l bilan izn berdi.Erkak bilan ayolning birgalikdagi turmushi shar'iy nikohga asoslanadi. Bu amr olamning nizomi, insonlarning go'zal ahloqli bo'lishlari va sog'lom jamiyatning vujudga kelishi uchundir. "Tafsiri Kabir" muallifi Fahriy Roziy hazratlari " Va jaalna baynakum mavaddatan va rohmatan"oyati karimasini shunday tafsir qiladilar:" Er-hotin o'rtasidagi sevgi faqat nafsoniy lazzatdan iborat emas.U muhabbat bevosita Allohning lutfiga oid kayfiyatdir. Chunki nafsoniy lazzatsiz ham muhabbat davom etaveradi.Agar er - hotin orasidagi rishta faqat shahvatdangina iborat bo'lsaydi, shahvat bo'lmagan vaqtlarda o'zaro kelishmovchilik kuchayib,ayirilishlar yuzaga kelardi". Demak, shar'iy nikoh sevgiga, murosa ila yashashga va yahshi hayot kechirishga sabab bo'ladigan yagona bog'dir. "Nikohda karomat bordir" iborasi ham shu tajribalar tufayli maydonga kelgan haqiqatdir.O'zaro chiroyli munosabat insonlar uchun juda zarur. Dunyo hayoti ham bizdan shuni talab qiladi. Rasululloh s.a.v. hazratlari:" Siz hammani molingiz bilan o'zingizdan mamnun qilolmaysiz. Hech bo'lmasa ahloqingiz bilan mamnun eting", deya marhamat qilganlar.
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: Munira xonim 22 Iyun 2006, 10:31:09
Buyuk olim Abu Lays Samarqandiy bu mavzuda shunday deganlar:"Inson yumshoq so'zli, go'zal ahloqli bo'lishi kerak. Hech kimga yaltoqlanmasligi va birovni yuziga maqtamasligi kerak. Ahloqi va maslagi buzuq kishilar bilan suhbatda ehtiyot bo'lishi kerak. Ularning noto'g'ri fikrlarini ma'qullayotganga o'hshab jim turish juda katta hatodir". Bundan tashqari hamma bilan yahshi munosabatda bo'lish, yomonlikdan yiroqlashish lozim. Janobi Haq Muso va Horun a.s.ga:" Fir'avnga yumshoq so'zlar bilan gapiring", deb buyurmaganmidi? Insonlar orasidagi munosabatlarda shirinso'z va ochiq yuzli bo'lishga buyurilgach, er-hotinning bir-biriga mehr - muhabbati ortishi tabiiy. Demak, nikohlar har ikki tomon tashabbusi bilan yanada kuchayishi kerak. Er - hotin zimmalaridagi vazifalarni chiroyli bajarishlari bilan bu munosabatning yanada mustahkam bo'lishiga zamin tayyorlaydilar. Bir-birlarini arzimas kamchiliklariga ahamiyat bermasdan hayotlarini tinch - totuv o'tkazadilar. Aks holda, ya'ni, o'zaro yomon muomala-munosabat o'z haqlariga amal qilmaslik oqibatida oradagi mehr muhabbat yo'qoladi.Keyin arzimas kamchiliklar tuyadek ko'rinib, shu thlit kelishmovchiliklar yuzaga keladi.Urush-janjal kun sayin kuchaya boradi. Bunday oilada halovat ketadi, tinch - totuv yashash mumkin bo'lmay qoladi.Mana shu sababdan ayollar erlariga oid haq va vazifalarini bilib, unga amal etishlari kerak. Erlarining tabiatlarini o'rganib, uni rozi qilishlari, osoyishta hayot kechirib, dunyodan o'tgach, yahshi hotiralar bilan eslanishlari kerak.
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: Munira xonim 22 Iyun 2006, 10:57:28
Janobi Haqning amriga binoan hamma ishda erga itoat shart. Allohning roziligiga yetishish uchun eri bilan go'zal hayot kechirishni istagan ayol erining so'zlarini diqqat bialn tinglashi va buyruqlarini o'z vaqtida bajarishi lozim. Mashhur arab adabiyotchisi Asmuiy bir kuni yo'lda ketayotib er-hotinga duch kelibdi. Ayol nihoyatda go'zal, er esa o'ta hunuk ekan. Asmuiy ayolga qarab:
- Ey honim! Shu husn bilan nega bunday hunuk odamga turmushga chiqding, u bilan qanday qilib yashaysan?- debdi.
- Jim bo'l, ey ahmoq odam! Nega o'ylamasdan gapirasan? Kimbiladi balki erim Allohning rizoligini topgandir. Janobi Haq unga mukofat qilib mendek go'zal honimni nasib qilgandir.Balki mening qaysidir gunohim uchun Haq taolo shu bandasini menga ravo ko'rgandir. Biz taqdiri ilohiyni bilmasmiz va unga aralasha olmaymiz,- deya javob qilibdi. Ilohiy haqiqatni anglagan bunday ayollar naqadar bahtli... Boshqa bir toifa ayollar, men chiroyliman yoki boyman, deb erga itoat qilmaydi. Eri esa oilasining buzilishini istamay bunga sabr etadi.Bunday ayollar Allohning huzurida qilmishlari uchun javob beradi.Inson o'z vazifasini bilsa go'zallashadi va, aksincha bilmasa hunuklashadi. Erkagu ayol o'z zimmasidagi vazifasini bilsa va unga amal qilsa ikki bahtli hayot kechiradi. Agar erkak o'z vazifasini bajarmasa ayol atayin teskarilik qilishi yahshi fazilat emas. Balki go'zal muomala haqiqiy fazilat sanaladi. Rasululloh s.a.v.dan:" itoat qilishda erkaklarning ayol ustidagi haqqi mening sizning ustingizdagi haqqim kabidir". Yana ul muborak zot shunday marhamat qiladilar:" Ayol kishi erining jabr-zulmiga sabr ila chidasa janobi Haq unga hazrati Osiyoga nasib qilgan savobi ajrni beradi".Bunday fazilat sohibi bo'lish uchun esa doimo yahshilikka intilish kerak.
Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: Mashhura 10 Avgust 2006, 10:00:03
Kelin bo’luvchi oyimga          


Qiz uzatish bir ko’chatni joyidan sug’urib olib, boshqa boqqa qo’ndirish demakdir. Bir tilgina uqadigan qushchangni mutlaqo boshqa tilda sayraydiganlar to’piga qo’shish, qovurg’alaring orasida o’stirgan gulira’noingni to’rt tomondan yelvizak urib turgan sahnda qoldirish demakdir! Seni u yoqdan bu yoqqa ko’chirayotgan bog’bonlaring va xaridorlaringga unchalik qiyin yemas! Hamma jabr, hamma urinish-surinishlar tomirlari uzilayotgan ko’chat, ona uyidan uchirma bo’layotgan polapon — senga, senginaga yuklangay.  Axir birgina ko’ylak tikishni bilish uchun, bemorga igna sanchish, mashinaga murvat o’rnatish uchun, qo’ychi, to’p tepish sirlarini o’rganish uchun ham yillab o’qiydilar, zahmatchekadilar. Kelinlik-birovning uyiga, birovning qalbiga beozor o’rnashish, yangi odamlarga o’zini tushuntirish, ularni ham tushuna olish, bir xonadonning fayzi, keragiga aylanish, suyaklaring qatidan "farzand" degan shirin jonni yasab olish va uddalab uning suyagini qotirish demakdir.    Oy qizim, sening toifang uchun kelinlik ilmi — baxtli bo’lish ilmi, boshqacha aytganda, baxsizlikdan qutilish ilmidir. Va u serqirra, ko’p bobli ilmdir. Biz bu risolachada shu daryodan bir hovuchginasini uzatmoqdamiz, xolos. Umid qilaylikki, saodatmand bo’lishingda o’gitlarimiz senga yordamchi bo’lsin!     "Hamma narsa niyatga bog’liqdir" deyiladi Qur’oni karimda. Avvalo, baland va chiroyli niyat qil. Xuddi quriyotgan yekiniga yomg’ir so’rayotgan deqqonday, bemor bolasiga shifo tilayotgan ona kabi ixlos bilan niyat qil! Ota-onang, yaqinlaring, hattoki bola-chaqangdan ham xoxlagan narsangni so’rolmaysan, hammasi hisob-kitobli. Faqat yaratgandangina istaganingcha tilashing mumkin. Uning dargohi keng va ugina be-minnat muruvvatga qodirdir! Niyatingni ulug’ qilaver. Ixlos bilan niyatlar qilganing sari jismingda o’sha darajada faoliyat uyg’onadi.        Har ishni boshlashdan avval "uni albatta a’lo darajada bajaraman", deb niyat qil va shunday qilishingga ishon, mana ko’rasan, shunday bo’ladi ham! Qizoyim, astoydil tilab borginki, borgan joyingga istarangni issiq ko’rsasin. Sen kuyovning uyiga ko’chingni yemas, umringai ko’chirib boryapsan. Chamanzormi, tikonzormi, to yuzga kirguningcha shu yer yendi senga vatan! Shu borishda o’zingni yaxshi-yomon holatlarga sozlab borgin. Fe’li tekis bo’lmagan qaynonani ham yomon ko’rmayman, yeritib olaman, shu uyga albatta ko’nikib ketaman deb niyat qilgin! Bu niyat senga kechirimlilik, sabr va ko’ngil topishda izlanuvchanlik beradi.  Yor-yor aytilib, nikoh o’qilib bo’ldi! Ro’parangdagi jufting oltin chiqadimi, mis chiqadimi, yendi orqaga qaytish yo’q, peshonangning yozig’i shu! Shugina yerkakdan oilang uchun, o’zing va farzandlaring uchun yaxshi o’g’il, yaxshi juft va yaxshi ota yasab olaman deb niyat qil! O’z foydangni astoydil o’ylasang, shu niyatni amalga oshirasan. Chunki jufting ota-onasi, aka-singillari bilan yaxshi bo’lmasa, senga kun yo’q. Qolaversa, yaxshi kelin oila a’zolarini kelishtirgani, qovushtirgani keladi. Jufting ota-onasi bilan yaxshi bo’lib, seni tushunmasa, yana bir balo! Bolalariga namuna bo’lishi uchun ham avval otasini yaxshilash kerak. Ammo qo’rqma, bu ishlar unchalik mushkul yemas. Birinchidan, sening niyating yaxshi, yo’lingni xudo o’zi ochadi.Ikkinchidan, yerkak odam samimiy, tashviqotga tez beriladi. Uchinchidan, sendan ko’p narsa ketmaydi, faqat MEHR, MEHR va yana MEHR KO’RSATIS’H, xolos!     Hyech qachon juftimni yegib olaman deb niyat qilma! Bu yomon ayolning ishi! Yerni xayrli ishlarga yetaklash boshqa, bunday harakatning nomi — do’sti sodiqlik! Ammo uni faqat o’zining yaxshi-yomon istaklarini ijro yetadigan laqmaga aylantirib olish olchoqlikdir. Agar shu yo’lni tusang, farzandlaringdan tortib qolasan, ya’ni bolalaring senga beye’tibor bo’ladilar, keksaliging g’arib kechadi...    Niyatingga qachon yetasan? Duolaring qachon ijobat bo’ladi? Qachonki, duo tilayotgan tillaring beozor bo’lsa, qo’ling xarom pul ushlash, xarom mol tutishdan uzoq bo’lsa, dilingda birovni qarg’amasang, qasd olguvchi, hasad qilguvchi bo’lmasang!   Ko’ngling ko’zi ochiq bo’lishini, dunyo go’zalliklarini ko’ra olishingni nasib yesin. Yaxshi odamlar, ko’ngilparvar munosabatlar, tabiat in’omlari — bari osmoniy ne’matlardir, bu yaxshiliklarni tanigan saring o’zing ham yaxshilanib borasan.      "Cho’li iroq" yangrayotganda saqich chaynab o’tirgan ayol, bir quloch yerga gul yekishni orzulamagan, hyech qoshiga o’sma qo’yib orolanishni bilmagan ayol, kulib, yayrab turgan insonni so’zi bilan sindirib, vayron qila-digan ayol dunyoda yeng xunuk ayoldir!  Uyingdagi, atrofingdagi, jismi joningdagi mavjud imkoniyatlar uchun tinmay, dildan shukrona aytishni odat qil va bu amalni yuragingdan o’chirmasligini  yaratgandan yolborib so’ra! "Unim yo’q, bunim yo’q" dema, o’zingga berilgan imkonlarni ko’ra bil, o’qsiy boshlagan zahoting qo’lingdagi boring ham bir-bir keta boshlaydi!     Qo’ling buyurgan ishingni ijro qilyapti, tiling xohlagan kishingni yeritib beryapti, oyoqylaring istagan joyingga yeltib qo’yyapti. Buning shukronasini tunu tong ayt!     Yaxshimi, yomonmi atrofingda senga qarashli odamlarning borligi baxt! Kimgadir charchab xizmat qilib, kimningdir g’amida yugurib yurish ham baxt! Seni suyab turganlarni his qilish, o’zingning ham kimgadir suyanch bo’lib qolganingni anglash bu yayrash, bu yaroqli bo’lish saodatidir!            Bu dunyoning falsafasi — qilmish-qidirmish! "harakatim ko’pu omadim nega kelmaydi?" deya nadomat qilma! Ba’zan qo’lingning mehnatini dilozor, yolg’onchi yoyinki maqtanchoq tiling yuvib ketadi. Gohida yesa adovatga moyil diling yuvib ketadi. Ba’zan filning ishini qilasan, ammo uni xarom-harijni ajratmagan fe’ling yuvib ketadi. Tavba qil va yaxshilik izidan chiqma.     Hyech kimga hasad qilmayman, deb niyat qil! Bu illatni o’zingda sezgan zahoting hayot-mamot uchun qanday kurashsang, yuragingdan uni shunday sitib chiqar! Baxillik avval yegasini o’ldiradi. Yana shuni bilki, sen qancha hasad qilsang, yomon ko’rayotgan odaming shuncha gurkirab o’saveradi!     Ro’zg’or - chumolini filga, filni chumoliga aylantiradigan, Alloh yaratgan bir xilqat. Insonlarning sarasini saraga, puchagini puchakka ajratib beradigan sinov xonasi! Ro’zg’or na ovozi, na ko’rinishi bir-biriga mutlaqo mos kelmaydigan ikki toifa yer va ayol birligidan iborat.             Yerkak va ayol musbat va manfiy hodisadirlar. Demak, ular shunday birlikki, oralaridan doimo o’t chiqib turadi. (hatto ikki yaxshidan ham!) Bu ikki fe’l bir-biriga moslashguncha yer va ayolning boshida necha bor ozib, necha bor to’zish savdolari bor. Mazkur moslashuvga qadar odamzotning bu besuyak tili nimalarni demaydi, shayton ne ko’ylarga undamaydi deysan!               Bilgil, moslashuv baribir sodir bo’ladi, RO’ZG’OR YAXS’HIYU YOMONNI BIR-BIRIGA KO’NDIRIB QO’YADI! Ammo kimdir bunga sabr, aql va tadbirkorlik bilan yerishadi. Kimdir yesa hadeganda tom boshida nog’ora qoqib, yuzsizchilik, sharmandachilik bilan yetib keladi. Yeru ayolning zoti, mag’zi, fahmu farosati qanday yekanligini oshkor qiladigan xuddi shu jarayondir.Dunyoda hyech bir ayol turmush qurgach, og’a-ini, jigar-bag’ridan nari bo’lib ketmagan. Ammo yerkaklar ichida undaylar soni mingta! Bunga sabab yesa ularning ayollaridir! Aka-ukalarning orasidan oqibat qochsa, kelinlarni jazolash kerak!             Qoshingni chimirmay, bu yog’ini yeshit: sen juftingga jigarlarini yomonlamayapsan, bu yaxshi! Ular kelsa-kesa joningni sajdqa qilib kutib olyapsan, barakalla! Ammo shugina bilan sen hali yaxshi kelin atalmaysan, oyim! Shunday qilki, yerkaging qarindoshlariga avvalgidan ham ye’tiborliroq bo’lsin. Ya’ni; juftingga aka-uka, yegachi-singlisi haqida yaxshi gaplarni uzluksiz aytib tur, ularni yo’qlab turishga unda! Tushgan joyingdagilarni yarashtiruvchi, kelishtiruvchi bo’l! Bundan avvalo o’zing yutasan. Qaynilaring seni xaloskor deb biladilar, mehr qo’yadilar. Bora-bora sening maslahating bilan ish ko’radigan bo’lib qoladilar. Bu — yendi bu uyda hyech kim sening kayfiyatingni buzmaydi degani! Undan ham zo’r yutug’ing shuki, bu savob yevaziga xudo farzandlaringni oqibatli qiladi, hamisha bir-birlarini ardoqlab o’tadilar!    O’g’il onaga yaqin bo’ladi. Ona ham qizlardan ko’ra ko’proq o’g’ilga talpinadi. Kelin kelishi munosabati bilan go’yoki yet bilan tirnoq ajraydi! Bu albatta og’riqli! Yeng yaxshi ayolda ham sal bo’lsa-da, o’g’lini kelindan qizg’onish hissi bir-bir kechadi! Na faqat onada, yegachi-singillarda ham bu hol seziladi. Ayolning aqllisi ichiga yutib ketadi,yengiltagi yesa o’rtada tomosha bo’lib o’ynaydi.   Kelin oila muvozanatini saqlaydigan o’q tomir bo’lgani uchun ham, bizning urf-odatlarimizda shunday yo’l tutganlar:
1)  kelinchak oila a’zolari qoshida kuyoviga hyech qachon gap qotib, yuzlanmagan;
2)          kuyov ham uydagilar yeshitadigan joyda kelinning otini atab chaqirmagan,hatto umr bo’yi bir-birlarini farzandlari yoki qaynilarining nomi bilan chaqirganlar;
3)uydagilar qoshida kelin-kuyov bir-biri bilan pichirlashib gaplashmagan;     
 4) qaynona-qaynota va qaynilar oldida kelinning kuyovga noz-istig’no qilishi yoki kuyovning kelinga atoyi lutf qilishi uyat hisoblangan... Shuni bilginki qizoyim, chimildiqqa kirib ketayotgan o’g’il onadan abadiyga uzoqlashib borayotgan jon parchasidir va uni uzib olayotgan sendirsan! Yuqoridagi qadriyatla-rimiz yesa shu jarayonni yumshatgan. Kelinni xunuk ko’rinib qolishdan asragan. Shunday yo’llar bilan kelin kuyovning  yaqinlariga botmaygina singishib borgan...    Hovli supurar bo’lsang, ovsining tomondan boshlab supur, bu "men sizni hurmat qilaman" deganing bo’ladi. (Aslida yesa  bo’lajak raqibni zararsizlantirishdir)      Ovsinlarning tili bir bo’lsa, yerlarning yo’li bir bo’ladi.     Rashk — muhabbatdan tug’iladigan shirin  bir tuyg’u. U yuraklarning tagida ming  andisha ostida yashirin yashaydi. Uni faqat yengiltak, kalta o’y kishilargina oshkor qiladilar. Rashkning oshkor bo’lishi sharmandalik. Chunki o’zi suyuq odamgina, yo shu kungacha suyuqlik qilmagan bo’lsada sharoit tug’ilguday bo’lsa, aynib ketishi tayin bo’lgan odamgina rashkchi bo’ladi. Qo’yningga solib olganing — shayton ko’nglingda mingta gumon tug’adi, quloq osma, o’zingni tiy!    Agar uzilganni ulaydigan, kemtikni to’ldiradigan, urishganni yarashtiradigan bo’lsa, yolg’onni ham gapir.   Yengil tabiat ayollar fe’li bo’sh yerkaklarni quyidagi yo’llar bilan o’zlariga qaratadilar: ularning tillari g’oyat shirin bo’ladi; o’zlari orasta va tutumlari pokiza bo’ladi; taomni shirin tayyorlaydilar. Shu fazilatlar o’zingda jam bo’lsa, juftingdan ko’ngling to’q bo’lsin!          ko’nglida bo’lsa ham, qaysi so’zni qachon aytishni bilmay turgan bo’lishi mumkin. Agar ko’nglida ham yo’q bo’lsa, o’sha fazilatlarni unda o’zing uyg’ot.            Juftingni farzandlaringning yeng injig’i, ye’tibor talabi deb bil, uning tilini topishga harakat qil. Yaxshi yer tu-tish uchun yeng yaxshi artist bo’lish kerak!           Yerkaklar maqtovni yaxshi ko’radilar — juftimga yoqay desang, juftingni o’zini o’ziga maqta.       Juftidan qasd oladigan ayol — yesi yo’q ayol! Chunki ota-ona o’tadi, bola-chaqa o’z yo’liga ketadi. Umringning oxirigacha birga-birga ketadigani — shu jufting!             Yerkaklar sodda bo’ladilar. Sen ulardan har tomonlama o’ylangan ye’tibor va odamgarchilikni kutma.          Bolalaringga otasini otasiga yeshittirib turib maqta.Jufting sen allaqachon biladigan narsa haqida gapirsa, bilag’onlik qilma, xuddi birinchi marta yeshitayotganday hayrat bilan tingla. Yerkaklar har borada ustuvor turishni yoqtiradilar. Seni qoyil qoldirib, bir yayrasa, yayrabdi-da! Uning xush kayfiyatidan oilangga faqat unum olasan!    Onang olib kelgan sovg’ani bir marta, yerning urug’i olib kelgan sovg’ani yesa ming marta aytib maqta!      Juftingni jon qadar sev, ammo unga hyech qachon muhabbat izhor qilma. Inson ham alpinistga o’xshaydi — yegallangan cho’qqining uning uchun qizig’i qolmaydi!      Jufting uchun hamisha sirli sandiq  bo’l.  Kir to’plamagan kelinning uyiga dur to’planadi.     Kelinning mo’l narsadan zo’r narsa yasaydigani yemas, yo’qdan bor qiladigani — yaxshisi!Gap qaytarmagan kelin — haqiqiy bolang. Chunki u seni ayadi!     Juftingga yegilib turib, baland ishlaringni bitirib ol! Aytganingni qiladigan kelinga rahmat. Ammo aytmaganingni ham qiladigan kelin — Allohning ne’mati!          Yaxshi kelin musavvirdir — ro’zg’orini badiiy asarga aylantiradi.Ayolning baxti tilidandir!           Yaxshi kelini bor xonadon bosh taragan qizday yaraqlab turadi.            Avvalo yaxshi kelin so’ra, keyingina o’g’il so’ra. Kelining yomon bo’lsa, o’g’ilsiz qolaverasan         Agar o’g’illar ota hovlini sosalar, yo yer talashib janjalxonaga aylantirsalar, ruhlarning qo’li kelinlarning yoqasidadir!         Butun boshli avlod shajarasini tuzadigan xam, buzadigan xam kelinlardir. Kelin — zanjir, kelin ko’prikdir.              Qo’li ochiq kelinning yo’li ochiq bo’ladi.    Yaxshi kelin "meniki" degan so’zni ishlatmaydi.          Avval o’g’lini hurmat qilib, keyin onasini ye’zozlang. Bola onaning jonidir.            Kelinimning o’g’limga dashnom berayotganini yeshitish o’zimning badnom bo’lishimdir.                          O’g’limga qo’lini paxsa, ovozini qilich qilib gapirayotgan kelin — meniki yemas!         Onam rahmatli dangal ayol yedi. O’zi bilgan ayrim xonadonlarning to’yiga ham shartta kirmay qo’yaqolardi. "Uy tutmay nari borsin shu ayol, umr bo’yi to’shagi oqarmay o’tdiya", — der yedi.              Kelinning chatog’i ko’rpachasidan ma’lum bo’ladi.      Bolalarini og’ritmay katta qilgan kelin — dono kelin, uyidan shiptir hidi kelmagan kelin undan ham a’lo kelindir.             Doimo nimanidir o’rganayotgan kelin bo’ladigan kelin.      Kelinning savol beraveradigani yemas. Tinglaydigani - yaxshisi!           Kelinlarimga yuragim bilan intilishim rost. Chunki, og’zimdan chiqqanini bolalarimdan oldin ijro qiladigan beminnatlarim ular!    Bolaligingda onang ardog’ida qanday yayragan bo’lsang, kelinli bo’lgach, uning bag’rida yana onasini topgan boladay mazza qilasan. Ilohim, o’g’il boqqanki ona hamma yo’qotganlarini kelinginasidan topsin!     To’y kechasi chimildiqqa kirib ketayotgan o’g’lini bir-bor chaqirib o’ziga qaratish udum yemish. Toki onasining chorlab turgan ovozi qulog’iga, intizor nigohi nigohiga yozilib qolsin uchun...
Oyimqiz, yaxshi kelin atalay desang, juftingga ortda qolgan onasini tez-tez yeslatib tur...

         



Nom: Re: Qizim, senga aytaman...
Yuborildi: maknuna 11 Avgust 2006, 14:05:30
Tashakkur sizga Mashhura.
Judayam yaxshi post qilibsiz.

Taklifim: postni bunday uzun-uzun qilmang, o'qishga qiyin bo'ladi. Keyin o'quvchi psixologiyasi shunaqa agar kotta postni ko'rsa o'qimay qo'ya qoladi. Shuning uchun katta postni bo'lib-bo'lib bersangiz a'lo ish bo'ladi.