forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumchilar blogi => Mavzu boshlandi: Donishmand 02 Dekabr 2011, 17:25:17

Nom: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 02 Dekabr 2011, 17:25:17
Hayot...
O'chirg'ich ham yozar ekan... ba'zida... qalamning holiga chidolmasa...

Bir dengizchidan, "Kayfiyatlar qalay?" deb so'rashsa, "Zo'r, cho'kayapmiz!" - deb javob bergan ekan.
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 02 Dekabr 2011, 18:39:21
Qiyinchiliklarning eng qiyini odamlar bilan ishlash bo'lsa kerak. Biri sizdan minnatdor bo'lsa, birining ko'ngli og'riydi. Kimdir "otasiga rahmat!" desa, kimdir "hee..." deb qo'yadi...
Eng yomoni qilgan ishiga yarasha jazo olganidan so'ng, sening ko'nglingda yuk qoladi "bekor qilmadimmi... boshqacha yo'l tutsam nima bo'lardi... endi nima qiladi" va h.k. Agar hatolarga ko'z yumsang, ertaga undan battari kelib chiqadi.
To'rt oy oldin ishdan ketgan birisini bugun odnoklassnikida ko'rib qoldim. Statusiga "qayerda yo'qotishingni va qayerda topishingni bilmaysan" deb yozib qo'yibdi. Shu kungacha uni o'ylab yurgandim, nima qilayapti ekan endi, deb. Chunki, yolg'iz edi, bir o'zi yashardi.
Ketayotganida achingandim, endi ham... Nima bo'lsa ham odam edi. Bilardim, uni yo'lga sololmasligimni, bilardim o'nglanmasligini va bir kuni haydalishini. Ammo... bir o'zi yashardi, yolg'iz edi... odam edi.
Insonlar o'zlarini bilmaydilarda, ular sabab boshqalar ko'o'o'p o'ylanib yuradilar, bekor qilmadimmi, - deb....
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 10 Dekabr 2011, 18:44:05
Yozaver o'chirg'ichim, o'chirma, yozaver...
O'chirsang o'rni dog' bo'lib qoladi. Undan ko'ra o'chirilishga mahkumlarni bir qatorga harflar sifatida safla, yozaver. Ko'ngil uchun dog'dan ko'ra yozuvlar afzalroq...
Yozaver ...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 15 Dekabr 2011, 12:58:50
Ba'zan hammasiga qo'l siltab ketgim keladi. Go'yo men maqsadsiz qadam bosayapman. Go'yoki men keraksiz odamman bu yerda. Qilgan ishlarim - hech narsa! Bekorga vaqtimni sarflayapman. Boshqa ish qilsam, yoki boshqa joyda shu isharni qilsam bundan ko'proq natija olaman...
Shunday o'ylar ta'sirida hech kimga indamay ketaman. Ikki kun o'tib telefon qilishadi: - Allo! Qayerdasiz? Sizga kaatta "salom" aytib yuborishdi! Bugun ertalab "falonchi" so'radi, mazasi yo'q deb qo'ya qoldik, unday bo'ldi, bunday bo'ldi...va hokazo.
Hayronman, bir oylab eslariga kelmaganman-u, ikki kun yo'q bo'lsam darrov so'rab qolishadi.
Besh kunligim bormi-yo'qmi, ko'proq narsaga ulgurgim keladi, ko'proq ishlarni qilgim keladi. Ammo sharoit, muhit, maydon degan narsalarni yaratib berishganida qaniydi...

Bobom bir so'zni ko'p takrorlaydilar: Sen aziz qilgan qulingni hech kishi xor aylamas!
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 17 Dekabr 2011, 12:34:09
Rahmat aytgin kim yuzingga bir shapaloq urar bo'lsa,
Shu ishi-la senga tole' berar bo'lsa, berar bo'lsa!
Agarki ming jafo cheksang - yetolmasang maqsad uzra,
Yuzing yorug', intildim - de, u yoqlarda so'rar bo'lsa!
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Maysara 18 Dekabr 2011, 10:36:26
Xalqimizda maqol bor: "Andishaning nomi - qo'rqoq".
Lekin bundayin "qo'rqoq"likdan aslo qo'rqmaslik kerak.
Chunki bu aslida Andishadir.
Andisha esa go'zal fazilatlar sarasiga kiradi.
Natijasi oldiniga qiyinlik bo'lib, keyin esa yaxshilik va yengillikka aylanadi.
Nom: Orzu qilmoq yaxshimi...
Yuborildi: Donishmand 22 Dekabr 2011, 12:48:19
Orzu nima?! U nimaga boshlaydi? Harakatgami, intilishgami? Muvaffaqiyatgami?... Balki halokatgadir?...
Bolalikdan paydo bo'lgan tasavvurlarga ko'ra orzu har bir inson uchun xos bo'lgan yaxshi bir tuyg'u! Aslidachi???...
Bolalikdagi orzu bizni intilishga, ko'proq o'qishga undagandi. Demak, bolalik orzusi - yaxshi!
Kattalardagi orzu... Kattalarda tushkunlikning, muvaffaqiyatsizlikning, hasadning, kasalliklarning boshi - orzu. Kattalarda orzu qilishlik - hato qilishlik!
"Orzu"ning o'rnini "maqsad"ga alishtirgan, yoki alishtira olgan odamlarning manzili - hamma ORZU qiladigan manzildir!
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 27 Dekabr 2011, 15:51:06
Bolalik paytlarimda, yetti yoshda edim chamasi, oppoqim (boboni bizda shunday atashadi) jum'a namoziga olib bordilar. U paytlarda jom'e masjidlari sanoqlik edi. Marg'ilondagi "Honaqoh" masjidiga borilardi asosan. Hali ham esimda, masjidning hozirdagi orqa darvozasidan kirgandik. Birinchi marta masjidda namoz o'qigandim. Ehhh... boshqacha paytlar edi unda. Oppoqimning yonidan jilmas, eng suyukli nabira edim.
Hozir ham uzoq bo'lishiga qaramay, shu masjidga borgim kelaveradi. Qandaydir boshqacha his qilaman o'zimni bu yerda. Imom-xatiblari ham o'sha men bundan yigirma uch yil avval birinchi marta orqasida jum'a namozini o'qigan odam - Sobirhojidada, Olloh umrlarini ziyoda qilsin!
Bugun masjidning ko'rinishi ko'zni quvontiradigan darajaga kelayapti. Lekin endi Bobomning suyukli nabirasi bo'lib, ularning yonida masjidga borishni faqat tushimda ko'rsam kerak...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: siddiqa 27 Dekabr 2011, 16:07:03
"Qancha yashash muhim emas,muhimi qanday yashash"  Imzoingizdagi bu hikmatni abiturentlik paytimda ona tili o'qituvchim esdalik daftarchamga yozgandilar. O'sha paytdagi kirish imtihonlari oldida turardik . Unversitetga kirolmaslik bu dahshat edi. Lekin yillar o'tib tushundimki haqiqiy imtihon oldida bu kabi sinovchalar hech nima ekan. Muhimi inson qanday yashayotganini anglashi. Haqiqiy sinovda "testlar"ni yecha olishida ekan. 
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 27 Dekabr 2011, 16:28:20
Iqtibos
"Qancha yashash muhim emas,muhimi qanday yashash"

Bu so'zlarni har kun yodga olaman. Ammo eslolmayman, avval eshitganmanmi, yoki yo'qmi. Hayolga kelganda yozilgan edi.
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 29 Dekabr 2011, 15:24:03
Ikki sevishgan bir-birlariga hayrli kech tilab ajrashishdi. Biroz yurgach qiz dugonasiga qo'ng'iroq qildi: - Voy, Durdon, bugun ham yigitimga ikki haftadan keyin to'yim bo'layotganini aytolmadim. Hhe, yana biroz o'zini bahtiyor his qilib yursin...
Yigitning qulog'ida telefon: -Allo, ayasi, ishdan chiqdim, biror soatlarda yetib boraman. Jamshidni bog'chadan oldingmi...
Hayot qiziq, kim shoxida-yu, kimdir bargida... Bir shamol tursa na barg qoladi va na shox!
Bular aslida hazonlar...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Музаффар 29 Dekabr 2011, 23:57:51
...Аимасини айтасиз?! Бундай "саргузаштпараст"лар хар қадамда. Чалашоирлар ва машшоқ ашулачиларнинг мухаббатдай илохий қадристни чайнаб, сийқасини чиқариб юборишгани, оиладаги хамист ва тарбиснинг ста пастликда сканидан келиб чиқса керак бундай лсттибозликлар...Қайтар дунё сканини хали билишмайди бечоралар.
Бугун айнан мавзуга доир бир ажойиб мақола сқиган сдим, сизларга хам илиндим:
http://www.e-adabiyot.uz/adabiyotshunoslik/sheriyat/680-maqola.html
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: NANO 30 Dekabr 2011, 05:23:53
Mavzu nomini o'qib Donishmand ashaddiy Romantik deb o'ylab turuvdim mavzu ma'anosi boshqa ma'noda kelgan ekan.

O'chirg'ichda rassomchilikda ko'p foydalanar edik ayniqsa xatlar yozishga.

Donishmandni so'ngi postiga qo'shimcha qilaman mandan hafa bo'lmaysizlar degan umiddaman!

Ishdan chiqib marshrutkaga o'tirdim. 2 ta qiz be malol yoshu qari etibor bermay balan ovozda yigitlarini hal qiloyatgandi.

Qaysi biri bilan yuribsan
- Qoravoy bilan
Anu viloyatdan kelgani bilanmi
- Xa
Nu 4o qatga bordiyla
- Kinoga bordik kafeda o'tirdik anchaga tushirdim bolani
Turgan gap nimalani hal qildiyla
- Uylanishni
Ushanga tegasanmi
- Da ne brak tolko dlya vida. Unga propiska kere mani nomimga uy omoqchi
Rozi buldingmi
- Jinnimanmi rozi bo'lib
O'zing bilasan Nima oberdi bu gal
- Hech nima obermadi pulim yu turi chuning dip rosa yigladi.
Jal
- Ertaga ishga chiqmiyman etib qo'y shunaqa dip kasal bo'p qopti de.
Nime uchrashuving bormi deymande a...
- Ertaga boyvochcham keladi...

Shunaqa gaplarde...  Birovni gapini tinglarkan deb o'ylemela baqarib gapirgani uchun mani qulogim pasaytirib eshita olmaydi.

Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: siddiqa 30 Dekabr 2011, 18:45:07
odatda bunaqa narsalarni hech kimga aytmayman, oylashni ham hohlamiyman, lekin  bu gapni o'chirg'ichdan tochniy yozardim...
...

O'sha kuni, to'yga kelgan eding.. ko'rib men uchun keldingmi deb judaaaaa hursand bolgandim. To'yhona yoruq mas edi, odam kop bolgani uchun, meni kormay qosen nima boladi deb hovotir oldim, shuning uchun senga yaqin bolmasa ham uzoq joydagi chiroq tushib turgan joyga ottirdim.. va nihoyat meni ko'rdim, ko'rib iyaa bu yerda nima qilyapsan deb kozimga qarading...

bilarding hali beri to'yim bolmagani, hammasini bilardin.. lekin mag'rurligin bosh kelmadi, ko'zlaring menga qarashga majbur qilsa ham, Mag'rurligin ruhsat bermasdi..
to'y tugadi... hamma uy-uyiga kettdi... men ahmoq, seni yonimga kelib... jaa bolmasa hol-ahvol soraydi dib oylagandim, hatto yonimdan ham o'tmading... haaa faqat ishingni qilishga kelganding.. qilding ham, qoyil maqom qilib...
Hammasi tugadi... tongacha sen haqinda oyladim..shunchalik ahmoq ekanligimni sendak insonga nonga zor bolgandek zor bolganimini, sensiz bir daqiqa ham yasholmayman deb ozimga qayta-qayta aytardim.....

..
............
Bilishimcha, turmush qurganimni eshitgansan, seni yana bir kun korishimga ishonaman, lekin bu sapar yonimga kelib hol-ahvolimni kelib sorashingni kutib ottirmayman... mag'rurliginga mag'rurlik qoshilsin... senga omad va albatta baxt tilayman...
............

Mashhuuuuuuuuuuuuuur ashulalachi bolmoqchi eding, uyingdan chiqaningda qizlar dashatini olishga kutib turishlarini hohlarding.. niyyatinga yetding.. seni koraman-deb boshqa shahardan kelishadi....Nima hohlasen oshani olding.. ortiqchasi bilan..
artist bolib qolaver .....

Esingdami? tirnog'im singandi,  og'riyappdi diyatgandim...shunda qolimni qolinga olib, besh yildan kegin bu azobb ummmaaaaan esingdan chiqib ketadi diganding..
5 yildan keyin bu yozganim ham , senga qilgan azoblarim ham esimdan chiqib ketadi....

pufflash kere ochish uchun,,

bu qaysidr asardan olinganmi?:-) nima bo'gandayam qalbga ko'mib tashlanadigan narsalarni na qalamu na o'chirg'ichda yozish kerak.
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Humayro 03 Yanvar 2012, 12:57:56
bu qaysidr asardan olinganmi?:-) nima bo'gandayam qalbga ko'mib tashlanadigan narsalarni na qalamu na o'chirg'ichda yozish kerak.

qo'shilaman fikringizga, bu menimcha 1 kishiga emas, balki ko'pchilikka taaluqli so'zlar.
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Ansora 05 Yanvar 2012, 18:18:43
 :asl3:

Qani endi gunohlarimizni hammasi o'ch'irg'ichda yozilsa...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: AbdulAziz 06 Yanvar 2012, 09:43:14
:asl3:

Qani endi gunohlarimizni hammasi o'ch'irg'ichda yozilsa...

Asl musulmonning gunohlari o'chirg'ichda yoziladi.
Chunki asl musulmon gunoh qilishi bilanoq unga istig'for aytadi, tavba qiladi. Alloh taoloning va'dasi haq: istig'for bilan gunohlarni o'chiradi...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 06 Yanvar 2012, 17:48:58
U har kuni kechga yaqin xonasida o'tirib olib o'ylardi, o'tga kunlarini o'ylardi... Nima qildi shu kungacha... Nimalarga erishdi-yu, nima yo'qotdi... Nimalar qoldi...
Bosib o'tgan yo'llari Ollohning  irodasimi, yoki harakatiga yarasha nasibami, intilganlarining samarasimi, dangasalik qilganining jazosimi... Boshqacha bo'lishi ham mumkinmidi, yoki taqdir atalmish peshonaga yozilgani shumi?!...
So'nggi o'tgan olti oy eng qiyini bo'ldi. Olti yilda topganlarni mana shu olti oy ichida qurbon qilayozdi...
Bir-bir ko'z oldidan o'tadi...
Talabalik davridan qadrdon aka-ukadek bo'lib ketgan do'stlaridan taklif-iltimos tushdi. Firmalariga buyurtmalar ko'payib ketgan ekan. Ham yordam, ham daromad deganday... Yo'q demadi taklifga, demasdi, deyolmasdi ham. Hamma ishlarini yig'ishtirib, uch kunda ularning oldiga yetib bordi. O'n kunda hal qila oladigan ishi ustida bir haftagina ishlay oldi holos. Keyin do'stlariga yuk bo'lgani qoldi - bir oy!...
Bu boshlanishi edi...
Ko'pchilik uchun "zo'r mutahasis" edi u. Qo'ng'iroq qilishdi:
- Allo! Falon joyda shunday-shunday yig'ilish bor, yangi mahsulot chiqarish bo'yicha. Siz ham borishingiz kerak. Va shu ishning ustida turmog'ingiz lozim...
Bordi, lekin chidamadi, ko'p turolmadi. Tursada o'ziga ziyon qilardi. Hech kimga indamay ketdi... Odamlarning ko'ngli soviganday bo'ldi undan.
Ishlab o'tirganida xonaga besh yilda qadrdonlarday bo'lib ketgan bir aka kirdi, yonida yoshroq sherigi bilan. Kutib olish uchun o'rnidan turishga kuch topa olganidan ichida hursand bo'ldi. Aka iltimosining bir haftada bajarilishini eshitgach undan qattiq hafa bo'ldi, aytgan gapi esa:
- O'zgarib ketibsiz, odam bunday bo'lmaydi! Men shu bolaning oldida sizdan iltimos qilib turibman, siz uchun ikki kunlik ishni bir haftada deyish... Qo'ying-eee.., - hafa bo'lib chiqib ketdi.
Har kuni yoniga kiraverib be'zor qilib yuboradigan shogirdlariningda qadamlari kamayib qoldi. "Salomlariga yarasha alik" bo'lmaganidan keyin nima ham qilishsin.
Ba'zan haftalab, oylab to'htab qoldi ishlari, bajarishga qo'li bormadi.
Kundan-kun his qilib turardi, hammada ishonchsizlik uyg'otayotganini.
Telefonda suhbatlashayotganida, bir kuni loqaydlikda, e'tiborsizlikda, keyingi kun madaniyatsizlikda ayblashdi, begonalarmas - eng yaqin olganlari. Shunisi ko'p ezdi. Ularning borligidan quvonib yurardi, endi esa...Ular ham uzoqlashib ketayotgan edilar...
Ha, unga oson bo'lmayotgandi olti oydan beri ichidagi azobli og'riq bilan kurashish. Shunday og'riqki, harkatinida, fikrlarinida, so'zlarinida  cheklab qo'yadigan darajadagi og'riq. Ko'pam birovga aytmagani og'riq. Olti yilda erishganlarini olti oyda yo'q qilayozgan og'riq...

Ko'zini yumsa-yu, hammasidan qutulsa...

P.S. Yaqin do'stimning dardi bu, shu yerga yozishni losim topdim.
Bu so'zlarni uning kompyuterida o'qidim:

Ishonch ham yo'qoldi, armon yo'l oldi,
Men qurgan koshona sarhadlariga,
Izzatning borida, aqlim borida,
Qo'l siltab ketgum bor buning bariga!...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: muxlisa 06 Yanvar 2012, 19:33:12
Assalamu alaykum!

Uzr, Donishmand blogizda dabdurustdan yozib ketayotganim uchun. Oxirgi postizni ikka marta o'qib chiqdim.
Bu tanishiz qattiq depressiyaga tushib qolganmi?
To'g'ri odamga katta musibat kelsa, og'ir bo'ladi. Lekin olti oy davomida tushkunlikda yurish juda azobku...
Shunaqa bir odamni bilardim, chehrasi doim siniq. Hayotdan quvonch topolmasdi.  Allohning insonlarga berilajak musibat-sinovlari haqida  tushuntirishga urindim. Ozgina yengillashgandek tuyuldi manga. Qancha vaqt o'tti bilmadim, o'zini joniga ham tegdimi doimiy tushkunlikda yurish, og'irlikni ortga tashlay boshladi. Taqdirga rozi bo'ldi... iymoni ham mustahkamlana bordi...

uzoq vaqt qiynalish... odamning tomi ketib qolishi xech gapmas...
bilmadim, bunday cho'kib yurish irodasizlikmasmi?
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: BelleQizcha 06 Yanvar 2012, 20:09:23
Toshkentdagi bir dugonamga telfon qildim.. merhemet (qanday gapirilgan bolsa ashnaqa yozdim) #ajoyib

U: yangi yillarin bilan o'rto, yaxshi kutvoldimi? nima qiladila?
Man: o'zin nima qildin?
U: diskatega bordim, korsen qottib qomman uyga kelib kiyin uxladim
Man: o'g'lini kimga tashadin, obketmagandursa diskatega sakragani?
U: onamikiga tashadim, buvilari bilan yangi yilli kutvoldi, kotta bola bob qoldi korsen...ozin nima qildin? qattlaga bordila?
Man: biron joyga borishimiza keremidi?
U: bilin, to'ri gapir...
Man: hop hop, hech narsa qimadim, korsen 9lada uxlab qomman, shuuuu..
U: ko'rsen kecha, oglimi adasi bilan junatvorgandim, yangi yillga parkami chiqib kelishsin dib,...oglini  kormaganigayam 3 oy bogandim.. korsen yangi moshina ovopti... osha mashinasi boganda balki ajrashmagan bolarmidik..
Man: ..........

qaysi tovuq miyyam bilan telfon qildim bilmadim torisi....???
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: MUSLIM_uz 06 Yanvar 2012, 20:46:15

buni uqib maniyam bir voqiya esimga tuwib ketdi
yaqinda an4ada beri kurmagan bir og'aynimmi kurgani bordim zonaga dustlarim b.n birga.
Uning uchun qancha vaqt oz muncha pul ketdimi ug'irlik qlip qamalgandi.
Kurishtik.
Ahvollaring yahwimi dustim qynalmayapsanmi?
Ha yu ne 4o owna hayot zur jit qb yurimma beyda hama waroitla bor anu boru komil tros tortar uwa b.n hamtavoq buvoganman beyda chqgandan keyn birga ish qlamiz...
Bu gapini ewitp hayron qoldin bukrini gur tuzatarkanda.
Wunda sutda bulgan voqiya hayolmga keldi.
Sudya hukmni e'lon qldi Muslimga 8 yil berishti 'uwa og'aynimi ismi Muslim edi'
buni ewitkan oyisi hushida ketip qoldi sutda u kulip turipti. Uwanda man oldga borsam manga.qog'oz qalami bormi didi ha db berdim wunda u olib hat yoza boshladi sevgan qiziga hatni qisqacha mazmuni ''meni kut va men qayturman'' :p hushidan ketkan oyisi b.n ishiyam yuq. U qiz esa dustim qamalishi bilan boshqa bir bola bilan yurip ketdi.,
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 07 Yanvar 2012, 12:14:37
Uzr, Donishmand blogizda dabdurustdan yozib ketayotganim uchun. Oxirgi postizni ikka marta o'qib chiqdim.
Bu tanishiz qattiq depressiyaga tushib qolganmi?

Va alaykum assalom!
Yo'q, depressiyaga tushish u uchun begona. Ancha-muncha odamni tushkunlikdan chiqarib oladigan xarakteri bor.
Chehrasi ham siniq emas, doimo hazilkash. Shuning uchun hech kim bilmaydi, ichida nima borligini.
Uning dardi ruhiymas.
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 13 Yanvar 2012, 08:14:48
- Sovuqmi?
- Ha yo'q... Biroz...
- Buvim yaxshimilar, dadam tuzukmilar?
- Yaxshi, aka.
- Ma, manavini kiyib ol.
- Yo'o', o'zingizchi?
- Uyda boshqasi bor. Bor, o'qishingga kech qolma.
Uka ketdi, ko'zidan chiqqan yoshni akasiga ko'rsatmay ketdi.
- Sizdan iltimos do'stim, boshliqqa aytib qo'ysangiz, bugun borolmasakanman ishga. Ammo oyning ohirigacha rejani bajaraman.
Aka darvozasi tomon yurdi, hotirjam.
Endi mening ko'zimdan ikki tomchi yosh chiqdi... Qaniydi men to'nimni yechib berolsam unga...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: muxlisa 13 Yanvar 2012, 16:02:02

Nima bo'lgan ekan? yaxshi tushunmadim.
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Ansora 13 Yanvar 2012, 16:25:06
 :asl3:

eng_ojiz_banda'ni postlari o'chirg'ichda yoziladi ;D
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 13 Yanvar 2012, 16:54:12
Nima bo'lgan ekan? yaxshi tushunmadim.
:) Bu mening hatoim. Fikrimni aniq yetkazib berolmabman. Keyingiz safar bunday bo'lmasligiga harakat qilaman.
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: muxlisa 13 Yanvar 2012, 16:59:01
:asl3:

Qani endi gunohlarimizni hammasi o'ch'irg'ichda yozilsa...

Asl musulmonning gunohlari o'chirg'ichda yoziladi.
Chunki asl musulmon gunoh qilishi bilanoq unga istig'for aytadi, tavba qiladi. Alloh taoloning va'dasi haq: istig'for bilan gunohlarni o'chiradi...
Bu Donishmand deganlari hammamizni o'chirg'ichning yozishiga ishontirdi.
* * *
O'chirg'ich qanaqa qilib yozsinki, o'chirg'ichning o'zi o'chiradigan jism bo'lsa?
* * *
Musulmonning yaxshi-yomon amallari uning nomai a'moliga yoziladi deb o'rgangan bo'lsak-da, gunohlarimiz o'chig'ichga yozilishini orzu qilsak...
* * *
Agar gunohlarimizni hammasi o'chirilaversa, gunoh ishlarda hotirjam bo'lib qolardik...
* * *
Shunday gunohlar borki, ularni o'chirilishidan o'chirilmasligi afzal...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: muxlisa 13 Yanvar 2012, 17:04:51
:asl3:

eng_ojiz_banda'ni postlari o'chirg'ichda yoziladi ;D

eng_ojiz_bandaning o'chirg'ichini o'chirib qo'yish kerak. Chunki u kishi o'chirg'ichning xizmatini suiste'mol qilyapti:))
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Ansora 13 Yanvar 2012, 17:08:05
:asl3:

Qani endi gunohlarimizni hammasi o'ch'irg'ichda yozilsa...

Asl musulmonning gunohlari o'chirg'ichda yoziladi.
Chunki asl musulmon gunoh qilishi bilanoq unga istig'for aytadi, tavba qiladi. Alloh taoloning va'dasi haq: istig'for bilan gunohlarni o'chiradi...
Bu Donishmand deganlari hammamizni o'chirg'ichning yozishiga ishontirdi.
* * *
O'chirg'ich qanaqa qilib yozsinki, o'chirg'ichning o'zi o'chiradigan jism bo'lsa?
* * *
Musulmonning yaxshi-yomon amallari uning nomai a'moliga yoziladi deb o'rgangan bo'lsak-da, gunohlarimiz o'chig'ichga yozilishini orzu qilsak...
* * *
Agar gunohlarimizni hammasi o'chirilaversa, gunoh ishlarda hotirjam bo'lib qolardik...
* * *
Shunday gunohlar borki, ularni o'chirilishidan o'chirilmasligi afzal...

Bazan o'chirg'ichni ham yozishini xayol qilarkanmiz, nimaga endi gunohlarimizni o'chirilishini tilab, Jannatni istamaylik bonu ::)
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 13 Yanvar 2012, 17:15:58
Ehhh...O'chirg'ich... O'chira olasanmi?! Hayot so'qmoqlarida qilingan hatolarning yurakda qoldirgan izlarini o'chira olasanmi?! Dardni qalbdan o'chira olasanmi?! Gunohlarning asoratini o'chira olasanmi?! KITOBimning qora sahifalarini o'chira olasanmi?! Yo'q?! Unda yoz!!! Modomiki o'chirolmasakansan, modomiki o'z vazifangni qilolmasakansan - yoz!!! Yozginki, eslatib turginki, men qayta bu hatolarni qilmay, bu gunohlarni takrorlamay! Hech bo'lmasa yozib turgin... Yozaver...

O'chirish ENG ULUG' ZOTning ishi, sen endi yoz...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: muxlisa 13 Yanvar 2012, 17:27:34
:asl3:

Qani endi gunohlarimizni hammasi o'ch'irg'ichda yozilsa...

Asl musulmonning gunohlari o'chirg'ichda yoziladi.
Chunki asl musulmon gunoh qilishi bilanoq unga istig'for aytadi, tavba qiladi. Alloh taoloning va'dasi haq: istig'for bilan gunohlarni o'chiradi...
Bu Donishmand deganlari hammamizni o'chirg'ichning yozishiga ishontirdi.
* * *
O'chirg'ich qanaqa qilib yozsinki, o'chirg'ichning o'zi o'chiradigan jism bo'lsa?
* * *
Musulmonning yaxshi-yomon amallari uning nomai a'moliga yoziladi deb o'rgangan bo'lsak-da, gunohlarimiz o'chig'ichga yozilishini orzu qilsak...
* * *
Agar gunohlarimizni hammasi o'chirilaversa, gunoh ishlarda hotirjam bo'lib qolardik...
* * *
Shunday gunohlar borki, ularni o'chirilishidan o'chirilmasligi afzal...

Bazan o'chirg'ichni ham yozishini xayol qilarkanmiz, nimaga endi gunohlarimizni o'chirilishini tilab, Jannatni istamaylik bonu ::)

Chunki jannatning eshigidan kirishimizning yakkayu-yagona yo'li Ulug' Zotning marhamatigina yordam berolidi, va gunohlarimizni faqat G'ofur, Rohim bo'lgan zot ochirolidi...
man shu hayolni boshqa hayollarga almashtirgim kelmadi...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Ansora 13 Yanvar 2012, 17:32:53
Adabiyotda majoziy ma'no, degan gap bor, bu yerdagi gaplarni asl ma'nosida qabul qilsak, zotan mavzuni sehri yo'qoladi...

Xayol der ekanman, rijo, iltijo, tavba, istig'forlarni o'z ichiga olgan tushuncha keladi "xayolimga"...

Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 13 Yanvar 2012, 17:35:43
:) Bu yerda hamma bir fikrda, faqat so'zlar har-xil. Ma'nosi siz-u biz o'ylagandek, Forumdosh.
Hammamiz O'chirishidan umid qilamiz.

(Tahrirlab qo'yganim uchun ma'zur tutasiz. Sizning postingizni o'qimagandim)
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Ansora 13 Yanvar 2012, 17:58:50
Turklarda bir gap bor: Insonning fikri ne ise, zikri ham shudir...

Demak meni aqlimdagi tushunchalar bu mavzuga qadar kelibdi...

Bir hikoya yozgandim forumda bir paytlar, bir inson Ka'bani eshigida faqat "Yo Olloh, Yo Olloh" dermish. Eshitganlar, Hey inson bolasi, sen Ka'badasan, duo qil, gunohlaringni avf etishi uchun yolvor...shunda boyagi odam degan ekan:

Olloh mening qalbimni egasi emasmi, nima demoqchi ekanligimni yaxshi biladi....

Dinni chegarasini buzganimcha ham yo'q, adashmasam ::)
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 13 Yanvar 2012, 18:00:25
Lekin men aqidamizdagi tushunchalarni adabiyotda ishlatiladigan majoziy ma'no degan narsaga aralashtirilmaslik tarafdoriman.
Adabiyotning bag'ri keng:) Har qancha almashtirilsa, ag'darilsa, o'girilsa ham ko'taradi...

Dinni esa chiziq tortilgan chegaralari bor...
Shu yerda ham tortishuv qilmaylik. Hech kim hato qilmadi, nojo'ya so'z yozmadi, lekin huddi o'zimizga mojaro uchun mavzu ahtarayotgandek bo'lib qolayapmiz. Buning nima keragi bor? Kimga foyda? Har qanday tortishuvlar samimiyatning susayishiga olib keladi holos. Sizlardan iltimos, buning qadriga yetaylik.
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: muxlisa 13 Yanvar 2012, 19:28:55
Voy sila chaqqonlardan o'rgili:))) Man postimni o'chirgan edimu, sila darrov javobam yozibsila, aylanib kelgunimcha.

Lekin men aqidamizdagi tushunchalarni adabiyotda ishlatiladigan majoziy ma'no degan narsaga aralashtirilmaslik tarafdoriman.
Adabiyotning bag'ri keng:) Har qancha almashtirilsa, ag'darilsa, o'girilsa ham ko'taradi...

Dinni esa chiziq tortilgan chegaralari bor...
Shu yerda ham tortishuv qilmaylik. Hech kim hato qilmadi, nojo'ya so'z yozmadi, lekin huddi o'zimizga mojaro uchun mavzu ahtarayotgandek bo'lib qolayapmiz. Buning nima keragi bor? Kimga foyda? Har qanday tortishuvlar samimiyatning susayishiga olib keladi holos. Sizlardan iltimos, buning qadriga yetaylik.

Odam o'zni fikrini bildirsa samimiyatdan chiqib qoladimi? :)
manimcha hamma xolis o'z fikrini bildirdi. gaplarimni xech kimning shaxsiyatiga ham tegishtirganim yo'q. Umumiy tarzda fikr bildirdim. ::)

Ha,mayli. Fikrlarim kimgadur og'ir botgan bo'lsa uzr.
Nimani nimaga o'xshatsangiz ixtiyoringiz.
Sizlar bilagan narsalarni man ko'pini bilmayman.
Alloh ilmlarimizni ziyoda qilsin.

Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: NANO 21 Yanvar 2012, 20:25:14
Nima bo'lgan ekan? yaxshi tushunmadim.
:) Bu mening hatoim. Fikrimni aniq yetkazib berolmabman. Keyingiz safar bunday bo'lmasligiga harakat qilaman.

Chundik bu oddiy so'zlar emas...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 23 Yanvar 2012, 18:01:52
Yaxshi niyyat.

...Umr bo'yi hech kimga og'iri tushmasdan yashadi. Muhtojlik sezsa ham Yaratgandan so'radi, sabr qildi... Kam bo'lmadi.
Bir kun qo'liga tesha, belkurakni olib qabristonga jo'nadi.
Qabr kavlayotganida qorovul keldi, qiziqsinib:
- Hormang, tinchlikmi?
- Bor bo'ling, tinchlik, tinchlik. Ohiri shu yerga kelib qolgan ekan, kavlab qo'yaverdim. Oldingizdan bir o'tmaganim uchun uzr.
- Mayliku-ya, kim bandalik qilibdi, mahallada tinchlik edi?
- Ha-ya. Bu o'zimga. Odamlarni ovvora qilmay deb kavlayotganidim... Yaxshi niyyatda bu ham. O'lsam kafanlab, janozamni o'qiysizlar. Shu yerga olib kelib ko'masizlar, mozorim aniq bo'ladi. Bolalarim vaqt topsalar kelib habar olishadi...
Indamaygina cho'kkaladida qo'liga bir siqim tuproq olib, barmoqlarida ezg'iladi: - Kafansiz ketganlar qancha....
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 25 Yanvar 2012, 18:10:34
Ilgari ko'pchilikning e'tiboriga tushgan odam "yulduz" hisoblanardi. Hozir kim ko'p birovning "ijodiy cho'ntagiga" tushsa ham yulduz bo'lib ketayapti...

Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 22 Fevral 2012, 12:42:12
Ro'para xonada ishlaydigan bir qiz kirib keldi:
- Bir narsa so'ramoqchi edim, maslahatingiz kerak.
- Nima ekan? Eshitaman?!
- Men musulmon qiziman, boshqa dindagi bir bola bilan bir-birimizni yoqtiramiz. Lekin men uning diniga aralashmayman, u menikiga - shunday kelishganmiz. Shunga turmushga chiqishim mumkinmi?
O'zini o'ta zamonaviy deb hisoblovchi, hatti-harakatiyu, kiyinishi ham yevropacha, oddiyroq odamlarning ustidan kulib yuruvchi bu qiz avvaliga "bilmayman" degan javobni oldi.
- Nega bilmaysiz, bilasiz-u menga aytgingiz kelmayapti! Ayting, mumkinmi yoki yo'qmi, yo'q bo'lsa - nega?
- Ho'p, unda eshiting! Agar islomga amal qilib, diningiz me'yorlarida yurganingizda sizga biror narsa deyishim mumkin edi. Siz unday emassiz-ku, sizga baribir-ku, sizga bo'laveradi, turmushga chiqavering kimga bo'lsa ham ...

Na achinishingni bilasan, na ...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 16 Mart 2012, 11:54:20
Dunyoni suv bossa o'rdakka nima g'am... Bu gapni o'rdak eshitib qolib to'ng'illabdi: - "O'rdak bo'lsang bilasan..."
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: UzMuslim 21 Mart 2012, 23:46:06
Yaxshi Do'st Oldingdagi Sharobni Olib To'gri Yo'l ko'rsatishga Harakat Qilar ekan,Yomoni Yana Ich,Ta'sir qilmasa undan Zo'rlari Bor Derkan...
Avvalo Tushkunlik Insonni Shu Ahvolga Keltirib Qo'yar ekan,Insonni Keyingi Taqdiri esa Tanlagan Do'stlariga Qarab O'zgarib Ketavearkan...
Barchamizni Iyomonimizni Butun Qilsin Alloh...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: gayrat17 23 Mart 2012, 13:27:37
схши нарсалар ёзилибди.
Блог муаллифига рахмат!
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Skromnaya 25 Mart 2012, 00:57:20
Ehhh...O'chirg'ich... O'chira olasanmi?!
Hayot so'qmoqlarida qilingan
hatolarning yurakda qoldirgan izlarini
o'chira olasanmi?! Dardni qalbdan
o'chira olasanmi?! Gunohlarning
asoratini o'chira olasanmi?!
KITOBimning qora sahifalarini o'chira
olasanmi?! Yo'q?! Unda yoz!!! Modomiki
o'chirolmasakansan, modomiki o'z
vazifangni qilolmasakansan - yoz!!!
Yozginki, eslatib turginki, men qayta bu
hatolarni qilmay, bu gunohlarni
takrorlamay! Hech bo'lmasa yozib
turgin... Yozaver...
O'chirish ENG ULUG' ZOTning ishi, sen
endi yoz...
ASSALOMU ALEKUM
manawu post yoqdi manoli judayam

man yozaman san o'cir o'cirg'icim
ocirgin yozganlarimmi u oqimasin
icimda xeckimga etolmagan gaplariimi yozay ocirgin sir sirligica qolasin xayotimda men qorqoqlik qilgan sahifalarni o'cir ociraolasammi?
yooq. xamasi xayol... :( :( :(
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Secret 25 Mart 2012, 18:01:52

  Qo'lingizga qog'oz bilan qalam berildi, u yerga nima yozish sizni ixtiyoringizda. Qo'lizga o'chirg'ich ham berildi, ammo u shundayki siyoh qurigach o'chirolmay qoladi, yangi vaqtida o'chirib olsangiz ulgurasiz. Yana atrofda chivinlar ham uchib yuribti, oppoq qog'ozga qo'nishi tabiiy. Siz ulardan ham ximoya qilib turmasangiz, qog'ozda qora dog'lar paydo bo'ladi, hatto ular bir yerda jamlanib qolsa hech qachon yo'qota olmaysiz. Bilganizcha yozaverasiz, xatolaringiz o'sha qog'ozda namoyon bo'laveradi. Vaqtida sezganizni o'chirib to'g'irlay olasiz. Vaqt o'tgan bo'lsa to'g'irlay olmaysiz, afsuslar ham foyda bermaydi. Yozib yozib oxiri o'sha qog'oz to'ladi. Endi u yetilgan holatga keldi. Unga endi hech narsa yoza olmaysiz, o'chira olmaysiz, magaram Muallimning o'zigina o'zgartira oladi. Ko'p o'tmay sizga baxoyingiz taqdim qilinadi, yozganizga qarab baxo olasiz! Uning ortidan Maqtov yoki dashnom eshtasiz. Bu sizning baxtli yoki baxtsiz ekaningizni belgilab beradi.
Qog'oz-farzand, qalam-tarbiya, chivin-tashqi muxit, muallim-taqdir!    IRFON
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 16 Aprel 2012, 17:41:37
Yaqinlar bir joyni tavsiya qilishdi, tibbiy diagnostika uchun. O'zim ham qiziqsinib bordim...
Emishki, bir notebookka ulangan apparat, yonidagi quloqchinini quloqqa taqsangiz butun organizmni tahlil qilib chiqadi - boshingizdan to oyoqqacha. Buni "kompyuternaya diagnostika" deb atashibdi.

Ho'p, dedik va quloqchinni taqdik. Tahlil boshlandi. Kompyuter qurg'ur menda kasallik topmagan a'zo qolmadi. Bosh miyada chayqalish, burunda gaymorit, tomoqda angina, orqa miyada o'tkir shamollash, nafas yo'llari va o'pkada kislorod yetishmasligi, qon o'ta quyuqligi, o't pufagining noto'g'ri ishlashi, jigarda zo'riqish, buyrakda shamollash va yallig'lanish, oshqozon osti bezida kasalliklari, oshqozon va ichak yo'llarining nuqsonlari, oyoqda shamollash....
Doktorga hazillashib dedim: - Man hozir qabrda yotibmanakanda-a?

Faqatgina yurak sog' ekan! Yurak sog' bo'lsin! Chunki u bevafo emas-da, menga vafosizlik qilmaydi, doimo sodiq. Hamma o'zini kasallikka solib olsa ham u bunday qilmaydi. Shuning uchun yuragimni yaxshi ko'raman.

Doktorning keyingi so'zlari:
- Sizni zudlik bilan davolash kerak. Bizda Malayziyadan keltiriladigan tabiiy dori mahsulotlari bor shulardan bir kurs olsangiz soppa-sog' bo'lib ketasiz. Narhi? Narhi uncha qimmat ham emas, sog'likning oldida. 1500000 gacha boradi holos, shu bilan ikki oyda ancha yaxshilanasiz. O'zi dengiz tubidan olingan minerallar, damlamalar....

Eee, mana maqsad, bu yog'i endi "setevoy marketing"ga tortayapti. Ketdik yuragim, sen sog' bo'lsang ancha-muncha kasallikdan qo'rqmaymiz, malaylar qilgan damlamalarni biz qilolmaymizmi?! Qilolamiz, qani Ibn Sino bobo, bir kitobingizni varaqlaylikchi...
Shunday qilib Tib qonunlarini varaqlab yuribmiz. Ha aytgancha, hozircha kechki ovqatdan voz kechdik. Ochlik bilan davolanishdan maslahatchilar bo'lsa "Hoy" devoringlar...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Aqoid 16 Aprel 2012, 17:51:22
Endi o'zizga kebsiz. Pol Breg degan bitta akaxon borlar, "Ochlik mo'jizasi" degan kitobini so'rang, berib turadi.
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 16 Aprel 2012, 19:46:19
Bugun kechga borib bir gap aytishdi: - "O'zingga tavsiyanoma yoz. Borini boricha yoz. Maqtab yoz. Rosa zo'r qilib yoz. Shunday yozginki, o'qigan odam senga qoyil qolsin. Keyin biz qo'l qo'yamiz ostiga..."
Ohoo, gapni qarang. Qanday yozaman man uni.... Undan ko'ra, bir gektar yerni chop, deyishganida osonroq bo'larmidi...

Nima bo'lsa ham buyruq...
Endi o'tiribman, nima deb boshlashga hayron. "Men buyuk odamman, aprelda tug'ilganman..." - deb boshlayinmi, yoki bo'lmasa "Bizkim mulki Turon, amiri Turkistonmiz..." deyinmikin.

Ha mayli, yozaveraychi, bir gap bo'lar...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 17 Aprel 2012, 16:38:06
Hech narsa yozolmadim. O'zim haqimda yozish menga emas ekan. Tug'ilgan yilim, o'qish, ish ... hullas xronikadan u yog'iga o'tolmadim.
O'tgan yillarimni eslasam...
Yuraveribmiz-da...
Yana "o'zing haqingda yoz..." mish...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Aqoid 17 Aprel 2012, 19:41:31
Qalam bilan qog'oz bering, mana biz yozamizda
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 18 Aprel 2012, 00:15:21
Qalam bilan qog'oz bering, mana biz yozamizda
O'chirg'ichda yozolmaysizmi?
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Aqoid 18 Aprel 2012, 00:20:36
Baribir o'chirvorasiz-da
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Муҳаммад Соҳиб 18 Aprel 2012, 02:42:07
Ассаламу алайкум!
Очлик билан даволанишни қандай олиб бориш тсғрисида маълумот керакми?
Менимча, бунинг фойдалари хақида маълумотга сгасиз.
Очлик олиб борилаётган пайт сътибор қаратилиши керак бслган муҳим жиҳатлардан бири очликни тугатиш пайти бирданига кучлик ва ошқозон учун оғир келадиган озуқа билан тсйиб олмасликдир. Бундай пайт кспроқ Ломидор, олма каби нарсалар билан овқатланиш бошланса иншоАллоҳ мақсадга муофиқ бслади.
Очлик сталаётган вақт мобайнида организмда турлик жараёнлар, хусусан токсинлардан тозаланиш ишлари жадал суратда кетаётгани учун турфа ҳолатлар бслиши мумкин. Бош оғриши, кснгил озиши, иситма каби. Ана шундай пайтларда қсрқиб қолмаслик керак. Шунинг учун дастлабки, очликни бошлашда бирданига 3, 5 кунлик қилмасдан аста-аста аввалига бир кун кейинроқ 3 кунлик очлик қилса ҳам бслади.
Қайнатиб совутилган сув ва ёинки турфа дамламалардан фойдаланиш мумкин.
Булар дастлабки умумий маълумотлар. Лол Брегнинг китоби адашмасам шу форумда ҳам жойланган бслиши керак. Акбаржон ошнамиз ҳаракат қилгандек бслгандилар. Агар бслмаса, слектрон вариантини топишда ксмаклашамиз.
А­нг схшиси, русча "Чудо Голоданис"сини сқиганингиз. Сабаби, сзбекчага таржима жараёнларида баъзи хатоликлар бслиши мумкин.
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 18 Aprel 2012, 17:03:55
Rahmat! Pol Breg akani topdim, kitobini so'ramasdan tortib oldim.
Shu bahona u bilan tanishib ham oldik. Uning o'zi haqidagi hikoyasini ohiridagi o'lgan joyi bir narsani eslatvordi:

  Yumronqoziq inidan boshini chiqarib, tulki yo'qmikin deb atrofga qarabdi, burgut yo'qmikin deb osmonga qarabdi. Keyin, hursand, ikki qadam yurgan ekan moshina bosib ketibdi...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 08 May 2012, 16:51:39
Tole yo'qki, jonimga balolig' bo'ldi,
Har ishniki ayladim, hatolig' bo'ldi,
O'z ishni qo'yib net sari yuzlandim,
Yo Rab! Netay, ne yuz qarolig' bo'ldi...

Bunaqada sal bo'lmasa Bobur bo'lib ketaman...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 10 May 2012, 16:16:16
Angishvona barcha ignalarning zarbini o'ziga olarkanda, keyin bir chetda qolib ketarkan. Maqtov igna bilan ipga bo'larkan...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Aqoid 10 May 2012, 21:25:46
Siz ham katta-katta ishlar qilasiz. ;-(
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: gayrat17 10 May 2012, 22:49:11
Yuzni qaro qiladurg'on saytlarg'a kirmangizda mavlono. manabu odnoklasniq kabi saytlarg'a aslo ko'z tashlamangiz. U saytga bir kirsangiz, tizzang'izgacha, ikki kirsangiz beling'izgacha, uch kirsangiz kallang'izga botib, ishing'izni mazzasi qolmagay.  ;D
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Abdulloh_8800 11 May 2012, 09:17:47
Yuzni qaro qiladurg'on saytlarg'a kirmangizda mavlono. manabu odnoklasniq kabi saytlarg'a aslo ko'z tashlamangiz. U saytga bir kirsangiz, tizzang'izgacha, ikki kirsangiz beling'izgacha, uch kirsangiz kallang'izga botib, ishing'izni mazzasi qolmagay.  ;D
Andoq  bo'lsa taqsir qayu saytlarg'a kirmog'imizni maslahat beradursiz. Bizni odatda o'lturadig'on saytlarimiz. Forum.ziyouz birla savollar.islom.uz
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 11 May 2012, 22:39:56
Ehh... Biz odnokalishnikiga unchalik ham mukkasidan ketgan emasmiz. Trnetda ko'proq ziyouz.com bilan band bo'lamiz. Ba'zan chiqqimiz kelmay, ish ham bir chetda qolib ketayaptida...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Maysara 12 May 2012, 00:39:21
Bu hammani ochiq etolmaydigan dardi bölsa kerak. Xar narsani yaxshi va yomon tarafi bor. Trnetni eng yomon tarafi vaqtni yemiradi.

Fikr va axborot almashinish esa baxt! :D
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: gayrat17 14 May 2012, 01:26:19
ундок булса учиргичда ёзаверинг.
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 25 May 2012, 17:32:03
Savodsiz yuqorilasa nima bo'ladi? - Savodsiz yuqorilasa til buziladi!
Yana buni "tilning rivojlanishi" deb qo'yishadi...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 04 Iyul 2012, 07:10:40
Gar jabrga qilsang sabr, zulm sendan nihon bo'lgay,
Sabrsizlik jabri asli zulmdanda yomon bo'lgay...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 08 Iyul 2012, 16:42:08
Mevali daraxtga tosh otiladi...
Shunday deb o'zimizga taskin berib yuraveramiz-u, bu toshlar ta'sirida mevalarimizdan butkul ayrilganimizda o'tindan boshqasiga yaramay qolishimizni o'ylaydigan yo'q...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Shuhrat_ 08 Iyul 2012, 21:32:41
Besh kunlik Dunyo...
qani edi shu O`tkinchi Dunyoni o`tkinchligini xamma bilganda edi,Dunyoga mexmonligini xam bilganda edi Dunyoda yaxshilik ,tinchlik hukm surgan bo`lar edi...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: UzMuslim 22 Iyul 2012, 16:58:36
O'zimiz Adolat Talab Qilamizu,Adolatga chiday olmaymiz...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Muhammad Said 22 Iyul 2012, 19:38:14
Xaq gap.
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 15 Avgust 2012, 12:37:57
Донишманд, блогингиз муборак булсин.
Rahmat, hush kelibsiz blogimizga.
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 15 Avgust 2012, 13:09:39
Vaqt....
Bir yaxshi, ta'sirli so'zni ko'p qaytarilaversa "maza"si ketadi. Ta'siri qolmaydi. Uni eshitgan odamda bir seskanish, e'tibor berib ma'nosiga tushunish degan narsa qolmaydi.
Vaqt qadri haqida ham bolalikdan ko'o'p eshitib kelamiz-u, mana shunday, e'tiborsiz qoldiraveramiz - bizga unchalik ham ta'sir qilmaydi. Agar boshimizdan o'tkazsak-chi? Ana unda haqiqiy maktab bo'ladi.
Hozir har kuni 5:30 da ishga shoshayotganimda, kechki payt sakkiz-to'qqizlarda "Tezroq uyga yetvolsam-u, iftorlik qilsam. Tarovehga ulgurmadim, uhlab qomasmikanman, hufton namozini yana qazo qilib qo'ymasmikanman..." - degan o'ylar bilan uyga qaytayotganimda, minutlar bilan hisoblashayotganimda ... tushunayapman.
Men qachon vaqtida iftorlik qildim o'zi?...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Aqoid 15 Avgust 2012, 20:11:13
Rahbarlar!
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 21 Avgust 2012, 18:30:23
Xato qilganingda yaxshiliklaring o'chirilib turarkan, yaxshilik qilganingda avvalgi xatolaring o'chirilib turarkan... (odamlar nazdida)
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: _IYMONA_ 21 Avgust 2012, 19:21:38
Alloh taolo birini olib, ikkinchisini berarkan, lekin odamzod ko'nikuvchan qilib yaratilgan...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: azizbek_mx 24 Avgust 2012, 23:58:05
noshukr ekanmiz... vas-vasa bo`g`ib olarkan odamni...
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 25 Avgust 2012, 17:43:54
Vaqti kelib o'zingni eng rasvo odam deb hisoblab turganingda sendan ko'ra o'n chandon rasvoroq odamni ro'para qilib qo'yarkanda Hudo: -"ana endi hulosa qil, senga in'om qilgan tarbiyam undan ancha a'lo," -  degandek.
Qattiqqo'llik bobida o'ta oshib tushganingda yo'lingdan bir zolim chiqarkanda, o'ylashga majbur bo'larkansan: -"Men ham shunga o'xshab qolmayapmanmi...to'xtatishim kerak o'zimni."
Juda o'zingni aqlli sanab yuborganingda ustingga shunaqangi yumushlarni yuklanar ekanki, imkoniyatlaring haqida "o'ta chiroyli" hulosaga kelishga shuning o'zi kifoya qilarkan.
Hullas, osmonga uchayotganingda yuqoridan qulab tushayotganlarga ko'zing tushar ekanda, pastroq yurishni ma'qul ko'rarkansan.
Faqat atrofni kuzatib, bularning barini mulohaza qilolsang bas. Yo'qsa so'qirlikdan o'zga unvon sen uchun ortiqcha.
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Wonder 17 Sentyabr 2012, 18:48:37

O`chirg`ichingiz o`tkir bo`lsin  :3
Nom: Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 22 Noyabr 2012, 13:03:31
Bugun bir onaxonning fotihasiga kirdik.
Kecha bomdoddan oldin o'g'liga: - "Bolam, masjidga chiqmay turing, namozingizni shu yerda o'qing. Bizga o'lim habari kelib turibdi," - degan ekan. Shundan besh soat keyin 11.00 da janozasi o'qildi, Olloh rahmatiga olgan bo'lsin.
Kimgadir bir ishora kifoya, kimlardir boshiga tushganda ham sezmaydilar...
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 28 Dekabr 2012, 18:11:04
 - Avtoruchkada yozgan yaxshimi, yoki qalamda yozaymi?
- Menga desa qorakuyada yoz! Faqat yaxshi narsa yozsang bo'lgani...
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 10 Yanvar 2013, 23:21:35
Ne bo'ldi - bog'landim dunyo ishiga,
Bu dunyo qilganmi vafo kishiga...
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 24 Yanvar 2013, 19:05:22
Hattoki dunyoni boshqara oladigan qobiliyat bor menda - ongimning bir burchagida berkinib yotibdi. Ammo men uni umrimning ohirigacha ham topa olmasam kerak...
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 28 Yanvar 2013, 18:13:15
Payti kelsa qurigan cho'pni yerga suqib qo'yib, unishiga umid qilamiz....
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 03 Fevral 2013, 18:16:59
Bolaligimda miyamga "Taqvo" degan antivirus o'rnatib qo'yishgandi. Hozir shu antivirusning bazasi eskirib qoldi shekilli, zamonaviy viruslardan himoya qilolmayapti. Bazani yangilatganiyam qo'ymayapti, jaa yomon virusakan...
Duo qivorasizlar, man bazamni yangilamasam bo'lmaydi.
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Abdulloh_8800 03 Fevral 2013, 18:27:54
Bolaligimda miyamga "Taqvo" degan antivirus o'rnatib qo'yishgandi. Hozir shu antivirusning bazasi eskirib qoldi shekilli, zamonaviy viruslardan himoya qilolmayapti. Bazani yangilatganiyam qo'ymayapti, jaa yomon virusakan...
Duo qivorasizlar, man bazamni yangilamasam bo'lmaydi.

Assalamu alaykum. Aka shu bazani yangilaganda menga ham ssilka berib yuboring.
Oxirgi paytlarda menda ham shu dard juda avj oldi ;)
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Abdulhafizaka 03 Fevral 2013, 18:57:38
Bolaligimda miyamga "Taqvo" degan antivirus o'rnatib qo'yishgandi. Hozir shu antivirusning bazasi eskirib qoldi shekilli, zamonaviy viruslardan himoya qilolmayapti. Bazani yangilatganiyam qo'ymayapti, jaa yomon virusakan...
Duo qivorasizlar, man bazamni yangilamasam bo'lmaydi.
Агар билсангиз антивирусни базасини снгилаш учун аввал лияензиссини олиш керак акс холда база снгиланмайди, мени лияензисм сскирганди Ò›абристонга бориб бобом ва сÒ“лимнинг Ò›абрини устиларини обод Ò›илиш асносида лияензи беришди кейин базамни снгилаволдим оÒ“айни сиз хам шундай Ò›илинг.
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 07 Mart 2013, 19:48:21

Do'stim, bizga litsenziya miysoq kunida berib qo'yilgan.

Sabablar, tahminlar, farazlar va qiyoslar asosida javobni ham topdim. Dilning qorayishi dardning ketishida, dardning ketishi ishning bitishida, ishning bitishi omadning kelishida ekan. Omadning kelishi esa Ollohdan bo'lib, erishgach biz shukur qilishni, fikr qilishni his qilmay qo'yarkanmiz.
Bolaligimda onam Boborahim Mashrab haqida gapirib bergandilar. Keyinchalik bu haqida o'zim o'qib, izlanib chiqqan bo'lsam ham onamning o'sha hikoyasida gavdalangan Mashrab ongimda o'zgarmay qolgandi. Ana uning ruhiyati bizga etalon bo'lishi kerak-ku, ammo biz buni eplolmaymiz.
O'zimni bir yil oldingi o'zim bilan solishtirib ko'rsam... ehh-he, osmonga uchib ketibman. Ammo qanot yo'q! Qanot yo'q - demak najot yo'q! Yerga tushishga-da imkon yo'q - maqsad chil-parchinlik emas. Ammo uchmoq ham yo'q - qanot yo'q! Bor bitta imkon - Rahmon! O'zi yo'l ko'rsatsa - qanotga ehtiyoj-da yo'q!!! 
Ancha oldin bir forumdosh do'stimiz aytgandi: - "Oka, topishi zo'rmas, o'rtacha oylikka yashaydiganlar - hammamiz forumdamiz. Ish zo'r bo'lsa forumda nima bor? Qorin to'q - dard yo'q - forumda post yozmoq ham yo'q!" Shu gaplarni aytdi-yu,  ko'pam o'tmay o'zi ham forumda ko'rinmay ketdi - ishi yurishib ketdi shekilli.
Bizni qorni to'q, dardi yo'q bandalaringdan qilib qo'ymagin Hudo!
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 18 Mart 2013, 19:22:18
Yo Rab, ne qisin biz - esdan chiqqanlar?!
Vaqtin zoe qilib, bahtin yiqqanlar,
Ziyo vodiysida ham riyo tuqqanlar,
Havolanganlar-u, kibr yuqqanlar?!

Yo Rab, ne qilsin biz - nafsi bo'g'ganlar...

Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: NANO 19 Mart 2013, 16:24:01
Go'zallik oldida boshi egilganlarni chunmaydiganlardan charchadim!
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Shuhrat_ 23 Mart 2013, 06:53:48
 :as:
shundoq issiq kunlarda ham "shapka"kiyishadiya axmoqla,
shapkakiyma shapka kiyib bumaydi desangiz, shuning uchun ham shapka kiyay kegin shapkani yechiladi deydida... :2

Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 23 Mart 2013, 15:56:33
"Bolam, oyog'ingga katta kalish kiyma, kaloplab qolgani hammayoqqa eshitiladi," - degim keladi...
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Aqoid 23 Mart 2013, 21:54:44
Deng!
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Abdulloh_8800 24 Mart 2013, 07:18:00
:as:
shundoq issiq kunlarda ham "shapka"kiyishadiya axmoqla,
shapkakiyma shapka kiyib bumaydi desangiz, shuning uchun ham shapka kiyay kegin shapkani yechiladi deydida... :2
shu o'chirgichi o'tkir akalarimizdan iltimos qilaman. Shapkani ne sababdin kiymak ma'qul ermas, quyosh charaqlag'onidanmi yoki dinimizda joiz bo'lmaydurmi?
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Mo'min Mirzo 24 Mart 2013, 11:26:57
Bolaligimda miyamga "Taqvo" degan antivirus o'rnatib qo'yishgandi. Hozir shu antivirusning bazasi eskirib qoldi shekilli, zamonaviy viruslardan himoya qilolmayapti. Bazani yangilatganiyam qo'ymayapti, jaa yomon virusakan...
Duo qivorasizlar, man bazamni yangilamasam bo'lmaydi.
Qoriaka ko'pchilik tasavvuf mohiyatini tushunmay turib undan qocha boshlaydi. Shahsan o'zim sufiylar halqalarida o'tirib biror marta "Tasavvuf haqida tasavvur"dagiday g'alati qiliqlarga duch kelmadim. Jaloliddin Rumiy "...qalbni davolash uchun bir murshid zarurdir, odamlar qalblarini davolash uchun kitob o'qib o'z qalblarini davolamoqchi bo'ladilar, bu huddi saraton dardiga chalingan bemor kitobga qarab o'zini o'zi davolayman degan urinishiga o'xshaydi..."
Tasavvufda bir yaxshi amal bor, bu o'limni o'ylash va Allohni zikr qilish, shunda antivirus bazamiz to'lib yangilanadi.
"Hammadan holi bir xonaga kiring, ko'zni yuming, tinchlanib o'ylang... hozir ishdan kelyapsiz, bolalaringizni uchratasiz, dada deb quchoqqa otiladi, nima olib keldiz deb qo'llaringizga yopishadi...
Ertasiga shu kayfiyatda ishga ketyapsiz, onangiz va kelin duo qilib, bolalar esa shirinlik "zakaz" qilib ishga kuzatib qo'ydi...
Yo'lda esa falokat bosib avtohalokatga uchraysiz...
Onangiz farzandini yo'qotti, o'ziga kelolmay karaht ahvolda, sut berib, qiyin davrlarda o'zi yemay sizga yedirgani, kasal bolganizda tepangizda qimirlamay duo qilib yig'lab chiqqani, hammadan ko'p qayg'urgani. Ayolingiz beva qolib  endi bolalarni yolg'iz o'zim qanday boqaman, otasiz bularni qanday tarbiyalayman deb o'ylab ezilganini. Qorako'z bolalar otasiz qolib tepangizda yig'lab o'tiribdi, endi kimni dada deymiz, bizni kim o'ynatadi, o'rtoqlarimning dadasi maktabga yetaklab olib borsa biz qanday chidaymiz...
Sizni yuviladi, kafanga o'raydi, janoza o'qiladi, yelkama yelka qabrga olib borib qabrga qo'yiladi...
Endi dunyodan ayrildingiz, qorako'z bolalariz ortiga qarab yig'lab ketyapti, siz ularning qadam tovushlarini ham eshiti  turibsiz. So'ng ikki farishta oldingizga keladi, savol javob boshlanadi, diningiz iymoningiz haqida so'ralasiz...
siz qattiq afsuslanasiz, nega shu yomon ishlarni qildim, 35yillik umrim ham yoq ekan, faqat yaxshi ishlar qilsam bolmasmidi, endi jannatga kirsam qaysi pog'onasiga tushaman, Firdavs eshiklaridan kirishim uchun amallarim yetarmikan..."

Shularni o'ylang, ko'p ko'p yig'laysiz, yig'i qalbni yumshatadi, bu ko'z yoshlari qiyomat kuni sizga guvoh bo'ladi.
Inshaalloh bu antivirus bazasi uncha buncha viruslarni o'tkazib yuboravermaydi. Haftada bir marta bazani yangilab turish kerak.
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 24 Mart 2013, 16:31:11
shu o'chirgichi o'tkir akalarimizdan iltimos qilaman. Shapkani ne sababdin kiymak ma'qul ermas, quyosh charaqlag'onidanmi yoki dinimizda joiz bo'lmaydurmi?
Bizning xalq shapkani birinchi ko'rganida uning tagidagi odamlar juda sovuq bashara bir kimsalar (ЧК) bo'lishgan. Shundan shapka biznikilarda yomon taasurotlar qoldirgan. Aslida ayb shapkada emas, uni birinchi kiyib, bizi xalqqa oralagan odamlarda. Ularda shapkasizam ayblar ko'p.
Ikkinchi tomondan, shapka kiyib nomoz o'qiyolmaysiz, peshayvoni sajdaga halal beradi. Majbur teskari kiyib o'qiysiz. Kiyimni teskari kiyish esa bizda nomaqbul odat. Mana sunday noqulayliklari bor.
Lekin shapka kiyishda hech qanday yomonlik yo'q.
Shapkam qaniydi...
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Mo'min Mirzo 24 Mart 2013, 17:05:21
Zamon jadallashyapti rais buvo, shimni sho'rtili qilib, ko'ylakni maykali qilib, ko'zoynakniyam oq va qoralik qilib, velosipedni sumkali qilib, soatni android telefonli qilib, telefonni komyuterli qilib, moshinani motosiklli qilib hamma narsani o'rischasiga "dvaynoy" ishlab chiqarishyapti, kinoda Soatqulovning muallimi "subota desayam bo'ladi, shestnitsa desayam bo'ladi" dermidi, shunga to'g'ri kiysangiz quyoshdan himoya, teskari kiysangiz do'ppi, qiyshaytirib kiysangiz repper bo'lasiz qo'yasiz.
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Abdulloh_8800 24 Mart 2013, 21:15:27
shu o'chirgichi o'tkir akalarimizdan iltimos qilaman. Shapkani ne sababdin kiymak ma'qul ermas, quyosh charaqlag'onidanmi yoki dinimizda joiz bo'lmaydurmi?
Bizning xalq shapkani birinchi ko'rganida uning tagidagi odamlar juda sovuq bashara bir kimsalar (ЧК) bo'lishgan. Shundan shapka biznikilarda yomon taasurotlar qoldirgan. Aslida ayb shapkada emas, uni birinchi kiyib, bizi xalqqa oralagan odamlarda. Ularda shapkasizam ayblar ko'p.
Ikkinchi tomondan, shapka kiyib nomoz o'qiyolmaysiz, peshayvoni sajdaga halal beradi. Majbur teskari kiyib o'qiysiz. Kiyimni teskari kiyish esa bizda nomaqbul odat. Mana sunday noqulayliklari bor.
Lekin shapka kiyishda hech qanday yomonlik yo'q.
Shapkam qaniydi...
)) Alloh rozi bo'lsin. Katta rahmat, o'chirg'ichiz hech sinmasin
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: NANO 30 Mart 2013, 09:05:59
Ojiz odamni bazasi eskiradi. IMXO!
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Muxsiya 30 Mart 2013, 09:45:48
канийди инсоннинг билиб билмай килган ёмон ишларини айтган ёмон гапларини кунглидаги ёмон уй фикрларини учиргичда учиришнинг иложи булса
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Shokir63 30 Mart 2013, 20:15:30
канийди инсоннинг билиб билмай килган ёмон ишларини айтган ёмон гапларини кунглидаги ёмон уй фикрларини учиргичда учиришнинг иложи булса

Bunday o'chirg'ich mavjud!

Faqat uni to'gri ishlatish kerak xolos.

Bu o;chirg'ich TOVBA.
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Muxsiya 26 Aprel 2013, 11:54:25
to'g'ri tovba bilan gunohlar yuvilishi mumkin lekin kimningdir ko'ngliga ozor bersangiz kechirim so'rash bilan u insonning ko'nglidagi jarohatni bitkazib bo'lmaydi garchi sizga kechirdim deb atygan bo'lsa ham. Singan narsani yamash mumkin lekin butlab bo'lmaydiku.
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 02 May 2013, 16:30:22
Ma'lum bo'lgan eng katta tezlik yorug'lik tezligi - 300 000 km/sek. Ma'lum bo'lmagan tezlik esa umr tezligi. Ammo shunisi aniqki yorug'lik tezligini topgunicha nechta olimning umri poyoniga yetib bo'lgan.
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 02 May 2013, 16:47:27
Ertalab, o'g'lim:
- Dada mangayam Mahmidjonnikidaqa moshinacha obkepbeyiiin..
Kechki payt ishdan qaytayotib chiroyli moshinacha oldim. Bu o'yinchoq Mahmudjonnikidan ancha yaxshiroq edi.
- Mana o'g'lim, sizga Mahmudjonnikidanam zo'r mashinacha!
- Uyyeee moshinachaaa! - o'yinchoqni quchoqlab biroz to'htab qoldida, dedi:
- Dada, Mahmidjongayam mashnaqa moshinacha opkepbeyiiin...

Boringga shukur bolam! Doimo shunday bo'lgin!
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 03 May 2013, 18:05:48
Tubsiz jarlik tomon shiddat bilan oqib ketayotgan qayiq ichida suvga qarmoq tashlab hotirjaam baliq tutayotgan baliqchiga o'hshaymiz...
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 04 May 2013, 19:17:14
Bir joyda o'tirbmiz. Dasturxon mo'l-ko'lchilik. Bir aka kelib mezbon sifatida dedi:
- Yaxshi kevoldiylarmi, kamchiliklar yo'qmi? Olishib o'tiriylar, olinglar, manavilardan olinglar, nimaga bundan yemayapsizlar? Olinglar, quying choydan, hov bola choydan opke! Nonni sindiring. Qorinni to'yg'azvolmanglar yana, xali uch xil o'vqat bo'layapti (!)
:) Mulozamating bor bo'lsin, o'zbegim!
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Aqoid 04 May 2013, 21:06:23
Unaqa joylarda biz ham 2 oylab ishlorardik.
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 10 May 2013, 16:48:26
Yaxshi bo'lib ketamiz...

Ba'zan "Yaxshi bo'lib ketamiz hali" - deb qo'yishadi. Ha albatta, yaxshi bo'lib ketamiz! Bir kunmas-bir kun olomon to'planadi, ro'paralariga bizni olib chiqib yotqizishadi, kimdir - "Qanday odam edi?" - deb so'raydi.
Hamma bir ovozdan: "yaxshi odam edi!" - deb javob berishadi. Shunday qilib yaxshi bo'lib ... ketamizda endi.
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Muxsiya 13 May 2013, 15:50:13
Yaxshi niyat qiling ungacha yaxshi bo'lib ketaylik
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 19 May 2013, 12:08:19
Yurayotgan har yo'ling tekkiz emas,
Olayotgan nafasing bejiz emas,
Har ishniki bordir hisob-kitobi -
Bu dunyoda hisoblashmak joiz emas...
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Shuhrat_ 20 May 2013, 08:56:19
Har kun Mozor yonidan o'taman,goh to'xta goh to'xtamay, qabrlar shundoq kurinib turadi...ey qabr axli siz bizdan avvalgisizla ,va albatta biz sizdan keyingi qaytguvchilardirmiz.
Kun buyi tinmaymiz, qaylargadir shoshilamiz, asli biz usha qabrga shoshilyapmiz...
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 20 May 2013, 10:51:13
Ko'zi ojiz bir odam yo'lakda borayotgan ekan. Yonidan bir kishi o'tib ketayotib chuqurchaga qoqinib, yiqilib tushibdi. Ko'zi ojiz odam uni suyab turgazayotib, taskin beribdi:
- Hechqisi yo'q, birodar, yomon tushmadingizmi, shu yerda bir chuqurcha bor, har kuni o'tayotib sezaman, shuni ko'rmay qolibsizda...
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Muxsiya 20 May 2013, 16:14:59
Bir o'g'ri kechasi bir odamni izidan kuzatib kelardi. U kishi uni qorong'uda tanimay birodari fahmladi va hammom yoniga yetganda hamyonini berib ushlab tur degancha kirib ketdi va ancha vaqt o'tgach chiqdi. Yaqinlashib yorug'da ko'rdiki begona va so'radi: Sen kimsan
O'g'riman
Bu yerda nima qilyapsan?
Seni izinga tushgandim hamyoningni o'g'irlamoqchi edim ma ol bugungi ishim o'ngidan kelmadi
Hamyonni shundagicha qo'linga topshirgandimku nega og'irlamading?
Sendan uni o'g'irlamoqchi edim sen esa menga uni omonat qilib topshirding, men o'g'riman lekin o'g'ri emasman, dedi
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Abdulhafizaka 20 May 2013, 19:22:13
мен сшитган бошка бир хикосда: men o'g'riman lekin hoyin emasman. Degan ekan o'g'ri haligi kishiga qarab.
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 06 Iyun 2013, 09:29:51
Qo'yning og'zidan cho'p olmagan odamlarni ham ko'rdik, lekin qo'ylar ulardan minnatdor bo'lmadi...
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: IRFON-2012 06 Iyun 2013, 09:42:30
Muxsiya keltirgan xikoyaga ko'ra, omonatga xiyonat qilish o'g'irlikdan ham yomonroq ekan. Afsuski, har qadamda xiyonatga duch kelamiz. Ko'zlar bildirmay xiyonat qiladi, qalblar yashirin...
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 07 Iyun 2013, 18:38:40
Ozim istayotgan narsalarni o'ylasam havotirlanaman, mendan istayotganlarini o'ylasam daxshatga tushaman!
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 25 Aprel 2014, 20:00:21
Birinchi yaxshilikni ko'rganda - rahmat-e, zo'r odamakan!
Ikkinchi marta yaxshilik ko'rganida - U o'zi shunaqa yaxshi odam-da!
Uchinchi marta yaxshilik ko'rganida - Nima bo'pti, bu  normalniy xol!
To'rtinchi marta yaxshilik ko'rganida - U bunga "obyazan'!
Beshinchi marta... hech narsa qilmasang - "Hey, odam-podamasakansan-u! Shu narsaginani bitkizib berolmasang... Berardiiik anavinaqasini! Qorning to'yib qolganda sani....
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: IRFON-2012 26 Aprel 2014, 14:09:26
Agar hamma donishmand bo'lganida donishmandlarga maqtov berilmas edi. Agar hamma nodon bo'lganida, nodonlik ayb sanalmas edi) Demak, bu dunyoda har bir narsaning o'z hikmati bor.
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 26 Aprel 2014, 15:18:11
U yoqqa qarasang - "Rossiya unday qilayapti..."
Bu yoqqa qarasang - "Ukraina bunday qilayapti..."
Yana bir sahifani ochsang - "Ertaga bizga bunday qiladi..."
Hey "taqvodor"! Qani seni talab qilgan taqvoing, ertani bashorat qilasan?!... Shunday deb mixda o'yib yozardim-u, joy topolmadim.
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Muxsiya 27 Aprel 2014, 14:20:47
Yurakka yozing
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Donishmand 12 May 2014, 18:47:38
Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda,
Ko'p ertak eshitgandim -
So'zlab berardi buvim.

Esimda o'sha damlar,
O'zi uchar gilamlar....

Amaki, stop, to'htang! Telefoningizni bering, o'ynaaab yotib uhlab qolaman.... (Jiyanlar sog' bo'lsin!)
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Aqoid 27 Iyul 2014, 03:50:30
bu tiponizda o'yindan boshqa biror narsa ham bormi?
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Pofiraxon 18 Oktyabr 2014, 07:49:36
Yurakka yozing
yurak tölgan bölsachi
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Muxsiya 18 Oktyabr 2014, 20:40:24
Ba'zida yurakdagi keraksiz narsalar bo'ladi insonga faqat azob beradigan ularni o'chirish kerak.
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Pofiraxon 19 Oktyabr 2014, 14:57:06
Mixdanam ötkir közga sig'magan yoshlar qalbga oqqanda yozilgan yurakni öchirib bölmasa kerak
Nom: Javob: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
Yuborildi: Aqoid 21 Oktyabr 2014, 03:36:26
Shu, nima o'chsa ham svet o'chmasin...!!!