forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Ansora 10 Dekabr 2011, 12:58:04

Nom: "Sulton toji" sutli shirinligi (Turk tilidagi videosi bilan)
Yuborildi: Ansora 10 Dekabr 2011, 12:58:04
(http://s017.radikal.ru/i437/1112/6e/19713a157040.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://s49.radikal.ru/i126/1112/71/77eddc854fc1.jpg) (http://www.radikal.ru)

Masalliqlar:

1 litr sut

200 gr shakar

3 qoshiq un

2 qoshiq kraxmal

100-120 gr saryog' (ta'rifda margarin, men saryog' ishlatdim)

20-25 dona bolalar pechenyesi (kichkina, shirin)

1 paket vanilin (8gr)

Ustiga 100 gr shokolad

Tayyorlanishi:

Yog'ni biroz eritib, unni 5 daqiqa qadar qovuring, olovni pasaytirib ustiga sovuq sutni to'king, aralashtiring. Sut qizimasdan kraxmalni soling, ketidan shakarni solib, aralashtirishda davom eting. Sut qaynab, yumshoq krem holiga kelguncha aralashtiramiz, darrov vanilinni solaiz, aralashtiramiz. Darrov 2-3 bo'lakka bo'lingan pechenyelarni solib, aralashtiramiz va olovdan olamiz. Tayyor bo'lgan qorishmamizni oldindan xo'llangan keks qolibimizga to'kamiz. Yaxshilab tekislaymiz. Ustini oddiy tarelka bilan yopamiz. Iiligandan keyin 1 kun (men 10 soat tutdim muzlatgichda), muzlatgichda tuting. Bu vaqt o'tgandan keyin, keks qolibini kattaroq tekis idishda ag'daramiz. Shokolodimizni tagidan par kelib turgan holda eritamiz (men ichiga 2-3 qoshiq sut soldim) shirinlikni ustidan to'kamiz. 1 soat qadar muzlatgichda turgandan keyin ikrom etishingiz mumkin. Osh bo'lsin.

Men 1 haftada 2 marta qildim, Uydagilarga, qo'shnilarimga yoqdi:)

Turk tilida videosi:

http://www.youtube.com/watch?v=sWW_xZCQRcM
Nom: Re: "Sulton toji" sutli shirinligi (Turk tilidagi videosi bilan)
Yuborildi: Ansora 20 Dekabr 2011, 15:54:54
"Pazanda"da yozgandim, bir necha kishi qilib ko'ribdi, zo'r deyishdi, bizda hali tayyorlaganlar yo'qmi?
Nom: Re: "Sulton toji" sutli shirinligi (Turk tilidagi videosi bilan)
Yuborildi: Humayro 20 Dekabr 2011, 15:58:58
Man dam olishda pishirmoqchiman inshaalloh, kennayam shirinlik pishiraylik, biror yangi retsept olib keling devudilar.

O'shanchun sinchiklab oqiyapman.

Nom: Re: "Sulton toji" sutli shirinligi (Turk tilidagi videosi bilan)
Yuborildi: Ansora 20 Dekabr 2011, 16:05:25
Man dam olishda pishirmoqchiman inshaalloh, kennayam shirinlik pishiraylik, biror yangi retsept olib keling devudilar.

O'shanchun sinchiklab oqiyapman.



Videosida londa korsatilgan. Kechqurundan qiling, chunki, 10 soat kamida kutishi kerak qolibda...