forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Ansora 15 Dekabr 2011, 14:18:39

Nom: Beshamel sousli tovuqli bo'rek
Yuborildi: Ansora 15 Dekabr 2011, 14:18:39
(http://s50.radikal.ru/i130/0911/6f/6f05ceaa7eb8.jpg) (http://www.radikal.ru)


(http://i024.radikal.ru/0911/12/8a9b51e548bb.jpg) (http://www.radikal.ru)


Beshamel sousli tovuqli bo’rek

Masalliqlar:

1.   4 dona tayyor yufqa
2.   500 gr suyaksiz tovuq go’shti
3.   Tuz (0.5 qoshiq)
4.   Murch (1 choy qosh’ig’i)
5.   Suv (o.5 stakan)
6.   Salat yog’i (0.5 stakan)
7.   Qizartilib maydalangan non tolqoni

Beshamel sousi uchun:

1.   1.5 qoshiq saryog’
2.   3 qoshiq un
3.   1 stakan (250 gr) sut

Tayyorlanishi:

1.   Tovuq go’shtini qaynatib, yaxshilab pishiring. Tayyor bo’lgandan keyin maydalab titib tuz, murch bilan aralashtiring.
2.   Beshamel sousini tayyorlash uchun saryog’ni eriting, unni solib bir necha daqiqa qovuring. Sutni oz-ozdan to’king va vzbivalka (tuxum ko’pirtirgich) bilan aralashtirib qorishma tayyorlang. İligandan keyin tovuq go’shtiga aralashtiring.
3.   Yufqalardan birini oching, ustiga suv va salat yog’ini surting va 2 chi yufqani ustiga yopib teng 12 parchaga bo’ling. Har bir bo’lakning keng tarafiga tovuqli qorishmadan solib o’rang. Qolgan 2 dona yufqani ham shunday tayyorlang. Bo’rekning har ikki uchiga sut va suv aralashmasidan surting(yumshoq bo’lish uchun). Tolqonga botirib yog’langan duxovka listiga tering.
4.   Oldindan qizitiligan 200 darajali duxovkaga bo’reklarni joylang. 40-45 daqiqadan keyin tayyor bo’ladi inshalloh. Osh bo’lsin