forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Ansora 15 Dekabr 2011, 14:42:00

Nom: "Hangel-Hıngal" Kafkazya Turklari- "Terekeme"larning eng yoqtirgan taomlari
Yuborildi: Ansora 15 Dekabr 2011, 14:42:00
 :asl3:


(http://s39.radikal.ru/i084/0910/4b/a3af953b2cfb.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: "Hangel" Kafkazya Turklari- "Terekeme"larning eng yoqtirgan taomlari
Yuborildi: Ummu Muslima 17 Dekabr 2011, 12:07:00
 :asl3:
Kapalakhon shu taomni retseptini yozsangiz ,bir tayyorlab ko'rardik :)
Nom: Re: "Hangel" Kafkazya Turklari- "Terekeme"larning eng yoqtirgan taomlari
Yuborildi: Ansora 17 Dekabr 2011, 13:17:00
 :vsl3:

Opa, ozgina oldin Pazandada yozgandim:) mana ma'lumot, savollar bo'lsa marhamat...

Terekeme Turklarinin asl Vatani- Kafkaziya. Ho'jayinimni ham ota, ham ona tarafi Terekeme. 1927-yil, Armanilarning bosqinidan qochib, Turkiyaning Kars viloyatiga joylashishgan ekan.

Karsda judayam ko'p Kafkaz xalqi yashaydi. Kars- deyilganda yeguliklardan esga- saryog', pishloq, g'oz keladi.

Hangelni bir necha ismi bor. Biznikilar "Hangel" deyishadi. Karsda "Hangel"ni yoqtirmagan inson yo'q, deyishadi. Bir qadrli mehmon kelganda darrov Hangel pishirishar ekan. Men ham qaynonamlarnikiga birinchi marta kelganimda Hangel pishirgandilar, judayam yoqqandi.

Ko'rinishdan oddiy: xamir, qatiq, piyozli qiymaday ko'rinsa ham lekin mazasi hech bir taomga o'hshamaydi.

Qaynonam shu shaklda pishriradilar:

1 kg un.

4 dona tuxum

3 stakan un

0.5 qoshiq tuz bilan qattiqqina, ser tuxum xamir qoradilar. Xamirniusti yopilib, ichiga masalliq tayyorlanadi.

200-300 gr sof saryog' yaxshilab qizitiladi, 500 gr qiyma qovuriladi. Biznikilar piyozni yomon ko'rishgani uchun piyoz solmaymiz afsus, lekin men, qaynona-qaynotamga bazan alohida piyozli qiyma tayyorlaymiz.

Xamir 5-6 bo'lakka bo'linib, unchalik ingichka bo'lmagan holda yoyiladi. Keyin to'rtburcak shakllarda 2X2 kattaligida kesiladi. Xamirni ocha boshlaganingizda bir tarafda keng qozonga suv solib, qaynating. Suv qaynab tursin. Chunki xamir ochila boshlagandan keyin ishlarni tez qilish kerak:)

Bir tarafda kattakon idishga (sini deyiladi) sarimsoq ezilgan qatiq sepib chiqiladi. Bu xamirni idishga yopishmasligi uchun va mazali bo'lishi uchun.

Suvda pishirib olingan to'rtburchak xamirlar suzib, darrov sinining ichiga yoyiladi, ustiga sarimsoqli qatiq yoyiladi va eng ustiga qiymali, piyozli saryog' yoyib chiqiladi.

Tahminan 1 kg qatiq, sarimsoq esa xohishingizga qarab ezasiz. Aralshtirasiz.
Nom: Re: "Hangel-Hıngal" Kafkazya Turklari- "Terekeme"larning eng yoqtirgan taomlari
Yuborildi: Ansora 17 Dekabr 2011, 13:24:44
(http://s009.radikal.ru/i307/1112/98/be1fd81b2db7.jpg) (http://www.radikal.ru)


Xatto Karsda "Hangel bayramlari" ham uyushtirilar ekan:)


(http://s014.radikal.ru/i328/1112/3e/0a00bd72813c.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://s017.radikal.ru/i400/1112/b3/2e34be64dfa6.jpg) (http://www.radikal.ru)

"Hangel" bayramiga marhamat:)