forum.ziyouz.com

Maxsus bo'lim => Xorijiy bo'lim/Foreign board => Turk tili va adabiyoti => Mavzu boshlandi: Ansora 18 Dekabr 2011, 13:47:20

Nom: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Ansora 18 Dekabr 2011, 13:47:20
 :asl3:

Forumdoshlar, Turk tiliga ancha muncha asarlarimiz tarjima qilingan, Turk o'quvchisi O'zbek qahramonlari bilan tanisha boshlaganiga ancha bo'ldi. Bu mavzuda tarjima qilingan asarlardan bazilari haqida ma'lumot bergandim:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5475.0

Nasib bo'lsa, yangi rejalar arafasidamiz. O'zbek asarlaridan Turk tiliga tarjima uchun bel bog'lamoqchimiz.

Bu masalada sizlarni ham fikrlaringizni bilmoqchiydim:

Siz qaysi asar (roman, hikoya, qissa, bolalar uchun hikoyalar, she'rlar)ni Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?

Nima uchun bu asarni tanladingiz?

Oldindan rahmat...
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Музаффар 18 Dekabr 2011, 14:04:29
Узбек адабётининг шедевр асари бу - Уткан кунлар! шундан бошласангиз схши булса керак...
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Ansora 18 Dekabr 2011, 14:06:19
Узбек адабётининг шедевр асари бу - Уткан кунлар! шундан бошласангиз схши булса керак...


Bu asarni tarjimasiga ancha bo'lgan, bu mavzuda yozilgan, yana da rahmat.

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5475.0
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Shoxjahon12 18 Dekabr 2011, 20:13:13
''IKKI ESHIK ORASI'' -O'TKIR XOSHIMOV.
''UFQ''- SAID AXMAD.
Xalqimizning ikkinchi jahon urushi va undan keyingi og'ir davrdagi matonati va bardoshi, o'zaro mexr-oqibat haqidagi ajoyib asarlar.
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: ree7 18 Dekabr 2011, 20:16:05
Tog'ay Murod, Otamdan qolgan dalalar. (Turklar ham bir yig'lashsin))
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Ansora 19 Dekabr 2011, 13:01:17
 :asl3:

Fikrlaringiz uchun rahmat. Yon tarafdagi mavzularda yoritilgan asarladan tashqari bir qancha asar tarjima qilingan aslida, bu tarjimani asosan Universitetlarni O'zbek tili bo'limi talabalari dissertatsiya sifatida tarjima qilishgan, kitob nashr qilish judayam qimmat bir ish bo'lganligi uchun juda ko'p asar dissertatsiya sifatida qolgan.

Yana fikrlaringizni kutaman...
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Humayro 19 Dekabr 2011, 13:39:57
Pirimqul Qodirov YULDUZLI TUNLAR
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Usmon 19 Dekabr 2011, 14:24:23
Abdulla Qahhor hikoyalari
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: ан-Насафий 19 Dekabr 2011, 15:38:45
O' Hoshimovning "Dunyoning ishlari" judayam zo'r. Unda o'z onalari haqida yozgan. Onalarga, qizlarga ibrat bo'ladigan ona haqida hikoya qilinadi. To'g'risini aytsam, onalariga havasim kelgan. Barchaga o'qib chiqishni tafsiya etaman.

Hamda Said Ahmad hikoyalari, hajviyalari a'lo darajada yozilgan.
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Ansora 19 Dekabr 2011, 15:43:15
Rahmat fikrlaringiz uchun.

Bir dotsent domlamiz bor edilar, u kishini sohalari O'zbek tili, doktorantura mavzulariyam O'tkir Hoshimovni asarlari edi, adashmasam Ikki eshik orasi. Yana u kishidan yozuvchining qaysi asarlarini tarjima qilganliklarini surishtirib ko'raman.

Hamza Hakimzoda Niyoziyni "Yangi saodat" asarini o'zim tarjima qilgandim.
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Rumiy 23 Dekabr 2011, 02:56:03
Siz bergan savolga "Shaytanat" deb javob qaytarmoqchiman... Bo'lmasa So'nggi oq, Savohil ve Ov qissalari ham juda ta'sirchan...

Abdulla Qahhorning "Sarob" romaniga qiziqqan edim lekin o'qib chiqishnin ilojini topa olmadim. Turkchalashtirishga arzimaydigan kitob bo'lsa kerak. :)

Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Mo'min Mirzo 23 Dekabr 2011, 05:03:14
Kapalak opa, hozircha qaysi asarlarni tarjima qildingiz?
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Nazrul Islom 23 Dekabr 2011, 10:54:11
1. "Muvozanat"ni... (U. Hamdam)
2. "Otoyining tug`ilgan yili" (E.Azam)
3.  "Lolazor" (M.M.Do`st) -- bunisi og`irroq... mutarjimga qiyinlik bo`lishi mn
4. Mirzakarim Norbekovning har qanday asari!
Tarjimaning natijalaridan yuborib tursalar, shunga qarab, tarjimonga tashkiliy - moddiy yordam berishimiz mn(bajonu - dil...)
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Lobar AZIZ 23 Dekabr 2011, 13:00:57
Tog'ay Murod, ''Oydinda yurgan odamlar''
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Ansora 23 Dekabr 2011, 13:09:42
Siz bergan savolga "Shaytanat" deb javob qaytarmoqchiman... Bo'lmasa So'nggi oq, Savohil ve Ov qissalari ham juda ta'sirchan...

Abdulla Qahhorning "Sarob" romaniga qiziqqan edim lekin o'qib chiqishnin ilojini topa olmadim. Turkchalashtirishga arzimaydigan kitob bo'lsa kerak. :)



Bundan bir necha yil oldin men ham o'ylagandim "Shaytanat"ni o'zim tarjima qilishni, keyin oraga o'qishim kirdi, farzandim kichkina edi, yana bir o'ylab ko'raman bu masalani, nasib bo'lsa...
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Ansora 23 Dekabr 2011, 13:15:02
Kapalak opa, hozircha qaysi asarlarni tarjima qildingiz?

Xozirgi kungacha O'zbek hikoyalaridan o'ndan ortiq, Hamzani "Yangi saodat" asarini, Oybekni 3 romanini tarjima qildim, lekin hammasi tanishlarimni dissertatsiya ishlari bo'lganligi uchun meni shaxsiy tarjimam hisoblanmaydi, kitoblar nashr etilsa ham meni ismim chiqmaydi, chunki bu asarlar qonunan ularni nomida:)

Bundan keyin nasib bo'lsa tarjima qilgan asarlarimni o'zimni nomimda nashr ettiraman. Shu paytgacha bu masalada jiddiy o'ylamagandim, qolaversa kitob nashr etish qimmat yuqorida aytganimday. Balki homiy toparmiz:)

Agar iloji bo'lsa, Oybekni so'nggi tarjima qilganim 3 romanini Turkchasini forumga joylash niyyatim bor, albatta romanlarni qonunan egasi bo'lgan shaxs ruhsat bersa:)
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Ansora 23 Dekabr 2011, 13:17:19
1. "Muvozanat"ni... (U. Hamdam)
2. "Otoyining tug`ilgan yili" (E.Azam)
3.  "Lolazor" (M.M.Do`st) -- bunisi og`irroq... mutarjimga qiyinlik bo`lishi mn
4. Mirzakarim Norbekovning har qanday asari!
Tarjimaning natijalaridan yuborib tursalar, shunga qarab, tarjimonga tashkiliy - moddiy yordam berishimiz mn(bajonu - dil...)

Siz bilan bu haqda maslahatlashsak bo'larkan:)

men uchun asarlarni topish ham muhim...
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2011, 14:06:30
1. "Muvozanat"ni... (U. Hamdam)
2. "Otoyining tug`ilgan yili" (E.Azam)
3.  "Lolazor" (M.M.Do`st) -- bunisi og`irroq... mutarjimga qiyinlik bo`lishi mn
4. Mirzakarim Norbekovning har qanday asari!
Tarjimaning natijalaridan yuborib tursalar, shunga qarab, tarjimonga tashkiliy - moddiy yordam berishimiz mn(bajonu - dil...)

Siz bilan bu haqda maslahatlashsak bo'larkan:)

men uchun asarlarni topish ham muhim...

Yuqoridagi uch asar www.ziyouz.com kutubxonasida mavjud.
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2011, 14:10:15
Yuqoridagilarga qo'shimcha:

1. Abdulla Qahhor hikoyalari.
2. Erkin A'zam hikoyalari.
3. Said Ahmad hikoyalari.
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Arkmon 24 Dekabr 2011, 15:25:04
Said Ahmad asarlarini Turk tiliga tarjima qilmoq lozim!
qisman asarlari Uyg'urchaga tarjima qilingan, man bak yoqtiraman!
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Sayyid90 06 Fevral 2012, 23:30:22
Mirkarim osimning "jayhun ustida bulutlar","temur malik","tömaris","shiroq",bu hikoyalarini tarjima qilinib turk öquvchiga borsa.
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: BelleQizcha 07 Fevral 2012, 02:22:39
DAYDI QIZNING daftari
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Nurdinboy 07 Fevral 2012, 07:23:28
Ikkita löli baronning bir özbek qizini talashgani haqidagi asarmi?
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Nurdinboy 07 Fevral 2012, 07:27:49
Men Nazar Eshonqul asarlarini tavsiya etgan bölardim. "Maymun yetaklagan odam", "Muolaja", "Shamolngg tuthb bulmaydi
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Nurdinboy 07 Fevral 2012, 07:31:04
Qolgan hikoyalari, qissalari ham tarjima qilishga tosh bosadigan asarlar.
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Nurdinboy 07 Fevral 2012, 07:42:54
Tarixiy asarlardan boshlasayiz zör bölardi.
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Nurdinboy 07 Fevral 2012, 07:52:40
"Ulug'bek xazinasi", "Navoiy", "Köhna dunyo" va M.Osim asarlari. Tariximizni qanchalik boy va sarka rdalarımıznıng jasoratınini kúrsadı
Nom: Re: Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?
Yuborildi: Akbarjоn 07 Fevral 2012, 11:17:33
Ўткир Хошимовнинг "Икки сшик ораси" "Дунёнинг ишлари" "Аур борки сос бор"  хамда Абдулла Қаххорнинг бир қанча хикосларини