forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Quyuq taomlar => Mavzu boshlandi: Ansora 19 Dekabr 2011, 14:39:16

Nom: "Dimlama" - qorni ochlar o'qimasin:)
Yuborildi: Ansora 19 Dekabr 2011, 14:39:16



"Dimlama"



(http://www.kuharka.ru/_gallery/img/1153321668_6973.jpg)
[/size]

Kerak bo‘ladigan masalliqlar:

-   1 kg qo‘y go‘shti va dumba yog‘i
-   500 g kartoshka
-   500 g pomidor
-   3 dona bulg‘or qalampiri
-   200 g piyoz
-   300 g karam
-   ukrop, kashnich urug‘i , sarimsoq piyoz va tuz

Go‘sht va dumba to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. Shakli tuxumdan keladigan kartoshka tanlab olinib archiladi.

Qizib turgan qozonga dumba yog‘i uni ketidan esa tuz, zira va kashnich urug‘i solinib, ketidan go‘sht bo‘laklari terib chiqiladi. Uni ustiga ham xuddi shunday ziravorlar sepiladi.
Go‘sht ustidan kartoshka terib chiqilib, unga ham ziravorlar ta’bga ko‘ra sepiladi.
Oldindan to‘g‘rab qo‘yilgan pomidor, bulg‘or qalampiri, piyoz va karam esa ularning ustidan solinib uni ustidan sarimsoq piyoz boshligicha qo‘yiladi.
Usti yopilgan qozon past olovda 1 soatcha turadi.

Tayyor taom issiq holda salat bilan dasturxonga tortiladi.