forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Quyuq taomlar => Mavzu boshlandi: Ansora 19 Dekabr 2011, 14:47:54

Nom: Yumurta barak- Tuxum barak- Xorazmning eng mashhur taomi:)
Yuborildi: Ansora 19 Dekabr 2011, 14:47:54
Tuxum barak.

(http://img511.imageshack.us/img511/812/8601281ee4.jpg)


2-3 kishiga.

Masalliq:
Un
tuxum 3-4ta
tuz
murch
bir oz yog'

Hamir:
Un bilan 1ta tuhum ozgina tuz (1 qq suv) solib hamir qilinadi. Hamir tindirib qo'yiladi.

Hamir ichiga:
2-3 ta tuhumni aralashtirib  tuz,murch,(ta'bga qarab biror bir zelin) solib aralashtiriladi.

Tingan hamirni o'rtacha qalinlikda yoyib doira shaklda kisib olinadi. So'ng hamirni yarmigacha yaxshilab qo'lda yopiladi , ochiq qolgan joyidan esa ihtiyotkorlik bn tuhum quyilibdi. Hamma tarafini yaxshilab oqib ketmaydigan qilib tugiladi.
Qaynab turgan suvga tugub bo'lish bn darrov solib 5-6 daqida qaynatib olinadi.
Hamma hamirni pishirib bo'lgandan so'ng alohida tavaga yog' solib ikki tarafini yingilgina qizrtirib olinadi.
(Asli bu taom qovurilmaydi) man qovurib  qildim holos. Istaganlar qovurmasligi mumkin. Ustiga smetana solib yeyiladi agar qovurilmasa.

Taomda ta'blaringga qarab qayla tayyorlasalaring ham bo'ladi.



PS: Usmonga yuqoridagi yozuvlarni yozib berganlari uchun tashakkur!